🇺🇿🇯🇵 Yaponiyada yashab ishlamoqchimisiz?
🔴 Noldan yapon tilini 4 oy davomida o'rganing va Yaponiyada ishlash imkoniyatiga ega bo'ling!
💼 O'qish davomida Yaponiyada ish beruvchilar bilan suxbatdan o'tiladi
👩🏫 Darslar haftasiga 5 kun, 3 soatdan bo'lib o'tadi
📍 Agar siz viloyatdan kelib o'qimoqchi bo'lsangiz, YOTOQXONA imkoniyatlari ham mavjud
👇 Ro'yxatdan o'ting:
https://forms.amocrm.ru/rvtmrzm
+998901205551 Ruslan
+998901205559 Zuhra
@realize_uz
✍Yaponiya fuqarolari qaysi joyga borishdan avval hukumatdan ruxsatnoma olishlari kerak⁉️
195 ta davlatga vizasiz kirish huquqiga ega bo'lish orqali Yaponiya pasporti dunyodagi eng yaxshisi hisoblanadi. Ammo shunday bir hudud borki, yaponlar tashrif buyurishdan avval, hukumatga murojaat qilishlari va ruxsat olgandan keyingina tashrif buyurishlari mumkin. Bu qayer deysizmi?! Ha bu yer muzlik o'lkasi - Antarktida!
1997 yilda Yaponiya Antarktidani atrof-muhitga zarar etkazishdan himoya qilishga va'da bergan Antarktika shartnomasini imzoladi. Shartnomaning bir qismi sifatida Yaponiya fuqarolarning Antarktidadagi atrof-muhitga zarar yetkazadigan tadbirlarda ishtirok etishini cheklaydi.
Agarda bu qoida buzulsa 500.000 yen (3300$ atrofida) jarima qo'llaniladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❗️Yaponiyada kasal bo'lmang
Yaponiya hamma sohada rivojlangan. Iqtisodiyot (aslida ancha orqaga ketmoqda), texnika, binolar dizayni... Sanasa sanog'i yo'q. Ammo tibbiyotda emas. Ha aytishingiz mumkin, sug'urta tizimi yaxshi ishlaydi, borsangiz yaxshi qarashadi, tartib bilan kirasiz, dori retsept asosida beriladi, lekin sizda harorat bo'lsa kasalxonalar qabul qilmaydi. Qilishsa ham bir-biriga solib uzoq vaqt ketadi.
Shanba kuni, ertalabdan ishxonadan qo'ng'iroq bo'ldi. Ishxonamizda yurtdoshimizda istima borligi, bir kecha uxlamaganligini, birga doktorga borib kelishimni iltimos qildi. Men esa shu zahoti yo'lga chiqdim. Holati haqiqatda ham anchagina havotirli edi.
Shoshib, ketma-ket shifokorga telefon qila boshladim. Kasallik alomatlari, istima holati haqida aytdim. 4 ta shifoxona qabul qila olmasliklarini, bir sabab sifatida to'liq tekshiruv imkoniyati yo'qligini aytgan bo'lsa, yana biri ish vaqti tugaganligini aytishdi. Keyin hayolga yagona chora tez yordan chaqirish keldi. Tez yordam chaqiridim.
Tez yordam esa naq 45 daqiqada keldi. Ular kelib, tekshirib, haroratni o'lchashdi, tafsilotlarni eshitgach yaqin oradagi shifoxonani qidirishdi. Bunga ham 30 daqiqa vaqt ketdi. Biz turgan manzildan 5 km uzoqlikdagi shifoxona qabul qilishini, o'sha yerga olib borishlarini aytishdi. Bunga ham deyarli 20 daqiqa vaqt ketdi. Umumiy holatda tibbiy yordam yetib kelib, shifoxonaga olib borguncha 2 soatdan ko'proq vaqt ketdi.
Soat 11 da do'stimni uyiga borgan bo'lsam, soat 3 da shifoxonaga bordik. Menda olgan taasurot, istimangiz bo'lsa sizni Yaponiya shifoxonalari qabul qilmaydi, shu tufayli ham bildingizmi, vaziyat og'irmi, zudlik bilan tez yordam chaqiring. Shunda ham 2 soat yetib kelib, shifoxonaga olib borguncha vaqt ketishni inobatga oling. Avvalo o'zga yurtda o'zingizni ehtiyot qiling. Kasal bo'lmang!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
💴Yaponiyada taksi narxi qancha⁉️
Hozir sizga Yaponiyada eng ommabop foydalaniladigan taksi GO Japan taksi xizmati narxlari haqida yozmoqchiman.
🪫Dastlabki 1.2 km uchun 500 yen (40.681 so'm) bo'ladi. Keyingi har 257 metr uchun 100 yen (8136 so'm) dan qo'shilib boradi.
⏳Soat 22:00 dan 5:00 gacha taksi xizmati narxi 20% ga oshiriladi.
〽️Agarda taksi xizmati narxi 9000 yen (732,273 so'm) dan oshsa, sizga 10% chegirma qilib berishadi.
Ps: Taksi narxlari Yaponiyada anchagina qimmat, shunga taksiga chiqadiganlar ham anchagina kam hisoblanadi. 😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Oson Yapon tili podkast 1-son
Podkastda yapon tili o'rganish, daraja olish kerakli kitoblar, gapirish qobilyatini oshirish uchun foydali websitelar haqida gaplashdik. Suhbatdoshimiz til o'rganish uchun qunt, qiziqish, sabr va eng muhimi muhit kerak ekanligini ta'kidladi. Qolganini eshitib olasiz!
🎙Bizda Hori sensei mehmon bo'ldi.
💥Suhbat davom etadi. Yapon tilini biz bilan samaraliroq o'rganing! Unutmang: Haqiqiy bilim, barcha eng qimmatli narsalar kabi, osonlik bilan erishilmasligi kerak. Shunda yanada qadirliroq bo'ladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Demak bugun suhbat vaqti! Birgalikda podkastda ko'rishamiz. Soat 18:30 da boshlaymiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Orzular poyezdi Totoro🚂
Yaponiya va yapon tiliga qiziqqanlar orasida Totoroni bilmayidgan odam yo'q deb o'ylayman. Totoro poyezdi, ajoyib lavha🚂🚇
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Oson Yapon tili podkast 1-son
Bizda endi yangi loyiha: Oson Yapon tili podkast. Bunda nima o'rganasiz? Avvalo, yapon tilini o'rganish uchun kerakli kitoblar, dars qilish bo'yicha muhim tavsiyalar, N5 darajadan N1 darajagacha bosib o'tilgan yo'l, yapon tilini qanday qilib samarali o'rganish.
🎙Bizda birinchi mehmon : hammaga Hori sensei nomi bilan mashhur bo'lgan Xolmirza Ergashev
⌛️Uchrashuv vaqti: 1-noyabr (chorshanba) kuni soat 18:30 (Yaponiya vaqti bilan 22:30)
💥Endi yapon tilini qanday o'rganish va yanada samarali dars qilish haqida podkastda gaplashamiz!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yapon somsasi🍙🍘
O'zbekistonda eng mazali oson tayyorlanadigan yegulik bu somsa deb o'ylayman. Ham mazali, ham to'yimli, ham cho'ntakbop.
Yaponiyada ham おにぎり deb ataladigan yegulik bor. Men buni yapon somsasi deb nomlayman. Turli ta'mlilari bor. Videoda おにぎり男 (onigiri yigit) nomi bilan mashhur bo'lgan oshpaz yigitchani ko'rishingiz mumkin.
Yaponiyada yashaydiganlar uchun savol: ongiri sizga yoqadimi?
Ha har kuni yeyman👍
Juda ham mazali🔥
Boshqa narsa yo'qligidan yeyman😁
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Yapon tilini endi boshlagan va N5,N4 daraja uchun harakat qilayotganlarga tavsiya qilaman.
/channel/Yapontilidarslari_uz
‼️Albatta o'qib chiqing!
Tokyoda kecha tarqagan voqeaga nisbatan juda ham yaxshi munosabat bo'libdi. Bir o'qib ko'rsangizlar foydadan holi bo'lmaydi.
https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=pfbid02fFqx2vKe1CTrbfjmZkN2RBSjfpGUkowF3L3MpFeyA1cFZvW14qqqgGgi7Qimonyul&id=100004966715819
Bu link orqali esa poyezdda va avtobusda yurganda tuhmatga qolmaslik uchun qanday o'zini tutish bo'yicha yaxshi tavsiya yozishibdi. https://www.facebook.com/groups/1381781302093337/permalink/3616217985316313/
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#munosabat
Kecha Yaponiyada noxush xabar tarqadi. Bir akamiz sal noxush ish qilganliklari bo'ldi. Bu isbotini topgan, bazi joylarda esa beaybligi aytildi deb xabar berildi. Men bu yigit haqida emas, balki umuman Yaponiyaga kelgan va kelayotgan yurtdoshlarimizga ozroq murojaat qilmoqchiman.
Yaponiyaga kelgan yurtdoshim, siz o'zga yurtda bir yurt nomidan ish yuribsiz, bu yerga o'z oilangiz ta'minlash, o'z orzularingizni amalga oshirish uchun kelgansiz. Yaponiya shunday katta davlatki, 130 millionga yaqin aholi yashaydi. Yaponiya shunday kichik mamlakatki, chet ellik bir ish qilsa uni 100 martalab bo'rtirib, hammaga yetqazishadi.
Yaponiyada ochiqchasiga aytishmasada chet elliklarni yoqtirmaydigan odamlar juda ham ko'p, shu tufayli ham bir inson nimadir nomaqbul harakat qilsa, uni mamlakati haqida yozishadi. Shunga qadamni o'ylab bosaylik, chiroyli odatimiz, o'zimizni tutishimiz bilan, haloligimiz bilan o'rnak bo'laylik.Inson aybdor bo'lsa, e'lon qilishga shoshiluvchilar ko'p, lekin keyin uni oqlanganini e'lon qilishmaydi. Shuni unutmaylik.
Eng katta tavsiya yigitlarga kinoni kamroq ko'raylik, Yaponiya kinolardagi kabi emas.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
‼️Univeristet yaxshi reyting olishi uchun binosi chiroyli bo'lishi kerak?!
Kecha Tokyodan 100 kmga yaqin uzoqolikdagi Tsukuba shaharchasiga bordim. U yerda juda ham ajoyib bo'lgan bir kun o'tqazdim deb ayta olaman. Sizga tabiat manzaralari, u yerda ta'lim olaytogan do'stlarim, do'stim tayyorlab bergan mazali palov haqida emas, balki 258 gektarlik, hozirda dunyodagi 400 talik reytingga kiradigan, Yaponiya universitetlari ichida to'qqizinchi o'rinda turadigan (Yaponiyada 800 taga yaqin univeristet bor) Tsukuba univerisiteti haqida yozmoqchiman.
Bu shunchaki univeristet emas, haqiqiy shaharcha. Men o'zim o'qiydigan Tokyo chet tillar univeristeti Tsukuba univeristeti oldida o'quv markazdek tasavvur qildim. 300 ga yaqin sport turi mavjud bo'lib, tennisdan tortib, ot minishgacha shug'ullanish imkoniyati bor. Hududida esa halol do'kon ham, xattoki supermarket ham joylashgan. Univeristet ichida avtobus aylanib yuradi. Piyoda menimcha aylanib chiqish uchun 1 kum yetmaydi, har holda velesopedda 3 soat sarfladik. Lekin kutubxonasi va ijtimoiy fanlarga ixtisoslashgan tadqiqot markazi binosini hisobga olmaganda, binolar ichiga kirishga ulgurmadik.
Endi men men kirgan tadqiqot xonasi haqida gapirmoqchiman. U yerga kirganda, rasmda ko'rganingizdek xonada hamma narsani topish mumkin. Kitobdan tortib, kompyuter, o'quv doskasi, qozon, divan, yog, piyoz, kartoshka, kofe, choy.... Xullasi hamma narsa bor, ham o'qiysiz, ham uxlaysiz, ham ovqat pishirasiz. Sharti, o'qisangiz bo'ldi. Bino holati juda ham eski, ichiga kirgan odam, aniq aytaman agar birinchi marta Yaponiyaga kelgan bo'lsa, shumi univeristet, shumi Yaponiya. Qani chiroyli xonalar, chiroyli mebellar, zamonaviy kompyuter deb yuboradi va bu yerda o'qiy olmayman deydi. Lekin men ko'rgan yaponlar undey emas, ular uchun muhit muhimroq.
Binoni eskiligi esa, darz qilishga halaqit bermayapti. Xona bo'lsa, u yerda inson o'zini uyidek his qilsa bo'ldi. Muhimi ilm qilsin, u yerda ovqatlanadimi, uxlaydimi tadiqoqitini qilsin degan muhitni ko'rdim.
Shu o'rinda bir gap esimga, keldi. Kitobni muqovasiga emas, uni mazmuniga qarab, sizga beradigan foydasiga qarab baholash kerak.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Eshitmay qolmang! Albatta boring!
6-noyabr kuni Yaponiya universitetlari ko'rgazmasi bo'lib o'tar ekan. Borishni tavsiya qilaman. Hech bo'lmaganda shu akamizni /channel/aumirdinov suhbatlarini olish uchun ham boringlar!
Afsus qilmaysiz, menga ishonavering. Katta maqsad bilan qaytasiz. 6-noyabr kunini alohida belgilab qo'ying.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
⚡️Diqqat tanlov!
Qadrli vatandoshlar!
📖 “Vatandoshlar” jamoat fondi
21 oktabr - O'zbek tili bayrami munosabati bilan "Qadri baland ona tilim" nomli tanlovni e'lon qiladi!
✅ Tanlovda xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin.
📥Tanlovga ijodiy ishlar @vatandosh_tanlov_bot Telegram manzili orqali qabul qilinadi.
Mazkur ijodiy ishlar tanlovi shartlari bilan batafsil 👉🏻shu yerda tanishing!
💬Facebook | 📸Instagram |📹 YouTube |
🌍Web-site
🔥技能育成 tizimi "yapon tilini bilishning ma'lum bir darajasini" talab qiladi
Yapon tilini bilish ishlab chiqarish yoki qishloq xo‘jaligida unchalik zarur bo‘lmasligi mumkin, ammo hamshiralik, oziq-ovqat va restoran sohasida yapon tilida ma’lum darajada gapirmaguningizcha ish topa olmaysiz.
Amaldagi texnik stajyorlarni tayyorlash tizimiga ko'ra, stajyorlar Yaponiyaga kirgandan so'ng darhol yapon tilida so'zlasha olmaydigan holatlar nisbatan ko'p. Yangi tizimning afzalligi shundaki, u bu nuqtani yaxshilaydi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#motivatsiya
Wakamiya Masako 81 yoshida dasturlashni o'rgangan matonatli ayol. Yoshi ulg'ayib qolgan bo'lsada dasturlashni o'rganib, 2017-yilda Tim Kuk (Apple Ceosi) e'tiborini tortdi.
"Siz yoshingiz ulg'ayganda ko'p narsani : soch, chiroy, turmush o'rtoq, ko'z nuringizni yo'qotasiz. Ammo dasturlash yoki pionina chalish kabi yangi narsalarni o'rgansangiz, bu sizni ruhlantiradi" deb o'z nutqini yakunlaydi Masako xonim.
Hech narsani boshlash uchun kech emas deb bekorga aytishmagandir balki!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
📣 Qadrli Yapon tili o’rganuvchi talaba-yoshlar, “JLPT va“NAT-TEST”imtixonlariga ham oz qoldi.
✅ Ushbu kanal sizga JLPT va NAT-TEST imtixonlaridan oldin N3 va N2 darajalari uchun mock imtixoni topshirish imkoniyatini beradi.
❇️Ushbu imkoniyat Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti talabalari uchun bepul o’tkazilmoqda. Faqatgina imtixon materiallari(print qilingan qog’oz)uchun 45 ming so’m berasiz.
📆 Oʻtkazilish vaqti:
N3 7-noyabr, seshanba kuni soat 15:00 da
N2 8-noyabr,chorshanba kuni soat 15:00 da
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universitetida bo’lib o’tadi.
🕑Ro’yxatdan o’tish muddati:
5-noyabr 22:00 gacha
💬Roʻyxatdan oʻtish uchun: @Abdurahmonov177
Natijalar testning keyingi kuni ushbu kanalda e’lon qilinadi.👇
@yaponiston_jlpt
🔥Agar siz nimadir qilishga imkon deyarli yo'q deb o'ylayotgan bo'lsangiz, shu videoni tamosha qiling.
Yaponiyada bo'lib o'tgan maktablar o'rtasida o'tkazilgan basketbol musobaqasidan olingan tasvir.
Eng muhimi oxirgi soniyagacha to'xtamaslik!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❗️ Endi 12 ta ish sohasi qamrab olinadi
Biroz avval 技能実習 vizasi o'rniga ishlab chiqalayotgan yangi 育成技能 vizasida endi ish sohasi 12 ta ish turini qamrab oladi. Bunga esa 特定技能 (maxsus malaka vizasi) 12 ta ish sohasini qamrab olganligidadir.
12 ta soha esa qaysi sohalar:
1. Qariyalarni parvarishlash
2. Binolarni tozalash
3. Ishlab chiqarish, elektr bilan bog'liq ishlab chiqarish sohasi
4. Qurilish sohasi
5. Kemasozlik
6. Avtomobil ta'mirlash
7. Samalyotsozlik
8. Mehmonxona
9. Qishloq xo'jaligi
10. Baliqchilik
11. Restoran
12. Oziq-ovqat ishlab chiqarish
Ps: Bu yangi tizim uchun berilgan takliflar, bu haqida aniq va batafsil ma'lumot 2024-yil boshida aniq bo'ladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#iboralar
✅1-qism
✅쥐 구멍에 들어가고 싶은 기분이었다- sichqonning iniga kirib ketgandek bo'ldim
🇰🇷 T.ME/HABKOREAN 🇰🇷
‼️Yangi tizim 技能実習 emas 育成技能 bo'ladi
Biroz avvalroq stajor vizani almashishi va unga kiritilishi kutilayotgan yangiliklar haqida yozib o'tgandim. Endi stajor viza 育成技能 (ikusei ginou) deb nomlanadi.
Bu vizada oyliklar qanday bo'ladi?! Kutilayotgan yangilikka ko'ra, oylik avvalgidek 外国人への支払う給料水準 bo'yicha emas, balki 日本人へ支払う給料と同程度 ya'ni yapon ishchilari bilan bir xil darajada bo'lishi alohida belgilab qo'yilishi kutilmoqda.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
💦Yomg'irdan keyingi quyosh🌤 ko'rinishi. Go'zal tabiat manzarasi 🍃
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#fakt
📮Dunyodagi dunyodagi eng chuqur suv tubida joylashgan pochta qutisi (post box) Yaponiyaning Wakayama prefekturasida joylashgan mashhur baliqchilar shahri bo'lgan Susamida joylashgan. Suv ostidagi pochta qutisi 10 metr (30 feet)🌊 chuqurlikda joylashgan.
2002-yilda Ginnes rekordlar kitobiga ham kiritlgan. 1999-yildan beri 32 mingdan ortiq xat va xabarlar ushbu qutidan olingani haqida ma'lumot berilgan.
Ps: Suv tubiga pochtachilar qanday tushishar ekan. Daryo bo'yiga qurib qo'ya qolsa nima bolarkin😄. Shu yaponlarga ba'zida tushunmayman😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Oson Yapon tili podkast 1-son
Bizda endi yangi loyiha: Oson Yapon tili podkast. Bunda nima o'rganasiz? Avvalo, yapon tilini o'rganish uchun kerakli kitoblar, dars qilish bo'yicha muhim tavsiyalar, N5 darajadan N1 darajagacha bosib o'tilgan yo'l, yapon tilini qanday qilib samarali o'rganish.
🎙Bizda birinchi mehmon : hammaga Hori sensei nomi bilan mashhur bo'lgan Xolmirza Ergashev
⌛️Uchrashuv vaqti: 1-noyabr (chorshanba) kuni soat 18:30 (Yaponiya vaqti bilan 22:30)
💥Endi yapon tilini qanday o'rganish va yanada samarali dars qilish haqida podkastda gaplashamiz!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🍂🍁🍃Hokkaido juda ham chiroyli manzara. Shunday manzarada chuqur nafas olib, sayr qilishga hech nima yetmasa kerak!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Boooooooooooom
Stajor vizada bo'lishi kutilayotgan o'zgarishlar haqida qisqacha
Stajor viza muddati: Eng ko'pi bilan 5 yil ishlash mumkin edi (Tokutei ginou vizasiga o'tkazish cheklangan) → 3 yil ( Tokutei ginou vizaga o'tkazish orqali muddatini uzaytirish mumkin)
Stajor viza maqsadi: kadrlar tayyorlash orqali xalqaro yordam ko'rsatish → Kadrlarni shakllantirish va ularni tayyorlash
Ishni o'zgartirish: mumkin emas edi → Bir yildan so'ng almashtirish mumkin. Tarjibaga ega bo'lish va kamida JLPT N5 darajaga ega bo'lish.
Yapon tili darajasi: avval shart emas edi → Ish boshlashdan avval boshlang'ich darajada yapon tilini bilish
Tokutei ginou vizaga almashtirish: o'tkazish mumkin bo'lmagan sohalar mavjud edi → Hamma sohaga almashtirish mumkin
Ps: Ya'na batafsil bu haqida yozaman! Izohlab bu haqida maqola shaklida ham yoritib beraman. Stajor vizadagilar uchun ajoyib loyihalar bor. Kanalga a'zo bo'b qo'yila afsus qimaysila. Satjor vizada ishlayotgan va kelmoqchi bo'lganlar yuborib qo'yamiz😄
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
😁🤷♂ Sumo kurashchilari bilan to’la samolyot ortiqcha vazn tufayli ucha olmadi
Japan Airlines aviakompaniyasi Tokiodan parvozni boshlashidan oldin unga butun bir sumo jamoasi ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi. O'rtacha har bir kurashchining vazni 120 kgni tashkil qiladi, bu kompaniya hisob-kitoblaridan sezilarli darajada yuqori.
Oxir-oqibat, sportchilarning yarmini samolyotdan tushirish, yana bir maxsus reys tayyorlab, unda manzilga yetkazishga to’g’ri keldi.
Ps: Ba'zida shunaqasi ham bo'lib turadi🤷♂🤦♂
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🍂🍁Hademay Yaponiya degan rasm! 紅葉 sizga yoqadimi?
🍂Ha menga yoqadi👍
🍁Albatta🔥
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan