❗️Bugundan boshlab Yaponiyada maska😷 taqish majburiy emas. Ixtiyoringizga qarab taqish yoki taqmasligingiz mumkin. Ammo hukumat tomonidan jamoat joylarida xususan tibbiyot muassasalari, poyezdagi gavjum vaqtlarda maska taqish tavsiya qilinmoqda.
Yaponiya sog'liqni saqlash vaziri Katsunobu Kato "biz avvalgi kunlik hayotga qaytishni va ijtimoiy munosbatlarni qo'llab-quvvatlamoqchimiz" deb aytib o'tdi.
Ps: Shaxsiy fikrimcha hali veri yaponlar maskadan voz kechishmaydi. Ularga bu bir madaniyatga, kunlik hayotning ajralmas qismiga aylanib ketgan.
Manba: https://japannews.yomiuri.co.jp/politics/politics-government/20230211-90522/
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
TIU universitetida ta'lim olganman. Mening yo'nalishim xalqaro munosabatlar yo'nalishi bo'lgan. Ingliz tili orqali universitetga o'qishga kirdim.
Читать полностью…“TALABA DO‘STIMGA 78+ TAVSIYA” VA “XORIJDA MAGISTRATURA” KITOBLARI TAQDIMOTI
📔 “Yuridik adabiyotlar publish” nashriyoti tomonidan kitoblar taqdimoti o’tkaziladi.
📅 Taqdimot 2023-yil 14-mart kuni soat 15-00 da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi majlislar zalida (5-qavat) bo’lib o’tadi.
👨🏫 Unda “Renessans kitoblari” loyihasi rahbari Nagoya iqtisodiyot universiteti huquq fakulteti professori, vatandoshimiz Alisher Umriddinov tomonidan mahorat darsi hamda muloqot tashkil etiladi.
🎉 Tadbir davomida “Yuridik adabiyotlar publish” nashriyoti tomonidan e’lon qilingan “Omadli xatcho‘p-2” aksiyasining yakuniy bosqichi – g‘oliblarni aniqlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi.
🎁 Tadbiriga tashrif buyurgan omadli kitobxonlar uchun alohida sovgʼalar bor.
❗️* Kutubxona guvohnomasi yo‘q talabalar pasport olib kelishni unutmang!
Murojaat uchun:
☎️ +998 99 554-70-70
☎️ +998 93 554-63-70
Telegram | Facebook | Instagram
✍Yangi ibora
「恩を仇で返す」(おんを あだで かえす) sizga mehribonlik yoki yaxshilik qilgan insonga yomon ish qilish yoki zarar yetkazish ma'nosini beradi.
🔖恩を仇で返すことは絶対しない
Yaxshilik qilgan insonga umuman bunday ish qilmayman
Yana bir shunga o'xshash sinonim ibora bor yapon tilida.「飼い犬に手を嚙まれる」(かいいぬに てを かまれる)Ma'nosi boqilgan it egasini qopmoq, ya'ni yaxshilik qilgan insonga yomon ish qilish, zara yetkazilish.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Universal Studio🎢🎡 (Osaka)dan foto jamlanma!
Yaponiyada albatta borishingiz kerak deb tavsiya qilaman. Ayniqsa The Wizarding World of Harry Potter ga albatta kiring! Osaka haqida alohida batafsil yozaman.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🌔⚡️Tungi Kyoto manzarasi! Ta'rifga til ojiz, shunchaki bo'lishgim keldi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
‼️Iyulda bo'lib o'tadigan JLPT testi uchun hujjat topshirish jarayonlari 24-martdan 14-aprelgacha davom etadi.
Ma'lumot uchun yozgi JLPT imtixoni 2-iyul yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
✍Manba: https://info.jees-jlpt.jp/
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Keling birgalikda Dzudo o'rganamiz degan su'rat🧍♀🥋
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Let's Talk About 就活…
No, seriously!
Let’s talk about it 😃
Yaponiyada 就活 va karyera qilmoqchi bo'lgan O’zbek talabalari uchun maxsus tadbir.
Hozirda consulting, trading (商社), IT, manufacturing(メーカー), va boshqa turli sohalarda ishlayotgan tajribali “Senpai”lar, va Recruiting kompaniyalarda ishlayotgan O’zbek mutaxassislar bilan muloqot qilib, foydali maslahatlarni olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Tadbir offline va online formatda o'tkaziladi.
Manzil: Edogawaku Higashikasai Community Hall (2F)
東葛西コミュニティ会館 〒134-0084 江戸川区東葛西8丁目22番1号
Google Maps: https://maps.app.goo.gl/YsU541kRFPgTfwkp8?g_st=ic
Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi ilova orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc37TetxwT6eiz8-st70y3uBO-D8VGlv5R2nki0Jc5-YTKUaQ/viewform?fbclid=IwAR2ddxUSYUMq3zsHawqAoPPsfqnSaqVnEpFSgeGYMZURYBQ5FCTq50UK5ME
🔥Yaponiyada ta'lim imkoniyati
Osaka universitetida Engineering, Information Science, and Nuclear Physics yo'nalishlarida ta'lim olmoqchi bo'lsangiz, bu tadbir siz uchun. Quyidagi link orqali ro'yhatdan o'tib, zoomda tadbirda qatnashing. Ma'lumot oling va zamonaviy IT yo'nalishlarida o'qish bo'yicha batafsil bilib oling.
⌛️Juma kuni, 17-mart 2023, 16:00 - 18:00 (12:00-14:00 Uzb time)
Ro'yhatdan o'tish uchun link: https://us02web.zoom.us/webinar/register/WN_4oPc4aYxR12hoXZYj21krg
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
☘Yaponiyada hamma do'konlarda Sakura🌸 ifori sezila boshladi. Qayerga qaramang, Sakura tasviri tushurilgan shirinliklar, kofe, ichimliklarni ko'rasiz.
Sizga Sakura tasviri tushirilgan narsa yoqadimi?
Ha menga yoqadi❤️
Namuncha chiroyli 🔥
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🐶Shibuya maydoni, Hatiko haykali 1948-yil.
Manba: Japan inside
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
👤Tabiat go'zalligiga hayrat bilan boqadigan insoniyat hamma yerda bir xil?!
Sakura mavsumi ham boshlanib qoldi. Videodagi tasvir, uyim yonidagi parkdan olingan. Bir yoshi katta ayol bilan, buvijon bilan suhbat qilib qoldim. Uni birga gapi yoqdi: "Inson millati, tili turli bo'lishi mumkin, ammo tabiat go'zalligi oldida doimo bir xil holatda hayratda qoladi".
Savol sizga?! Nega biz gilos yoki bodom gullaganda shunday tabiat qo'yniga chiqib, oilamiz bilan birga bahra olib, dam olib, birga ovqatlanib o'tirmaymiz. Aslida bizdagi bodomlar guli Sakuradan farq qilmaydi menimcha.Dam olish faqat choyxona yoki uxlash bilanmi?! Men negadir bu narsalarga tushunmayman. Buni tushunish uchun, telefondan ko'zni uzib, videodagi kabi daraxt guli atrofida uchayotgan asal arini kuzatish kerak menimcha. Yana bilmadim...
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
‼️Bir oyda kamida 95 000 ming yen (700$)harajat
Yaponiya statistika byurosi tomonidan o'tqazilgan "Oila daromalari va xarajatlari" bo'yicha o'tqazilgan so'rovnomaga ko'ra: Yaponiyada bir kishi yashashi uchun bir oylik o'rtacha harajat 155,046 yenni (1130$) tashkil etar ekan. Bunga kvartira ijarasi, oylik oziq-ovqat, komunal to'lovlar, o'qish va maishiy harajatlar kiritilgan. Keling end shuni alohida ko'rib chiqsak:
🍔Ovqat
Yaponiyada o'rtacha bir oylik ovqat uchun harajat 38,410 yen (281$) ekan. Bu rasmiy statistika, ammo arzon supermarketdan mahsulot sotib olib, uyda ovqat tayyorlash orqali anchagina qisqartirish mumkin. Yoki aksincha ko'chada ovqatlanish orqali sezilarli darajada ortirish ham mumkin.
🪫Komunal to'lovlar
O'rtacha bir xonalik kvartira uchun komunal to'lovlar 11,383 yenni (83$) tashkil etadi. Bundan 3001 yen gazga, 2284 yen suvga va 5482 yen elektrga o'rtacha to'lovni tashkil etgan. Albatta faslga qarab bu ham farq qiladi.
👨⚕️Sug'urta uchun to'lov
Yaponiyada sog'liq sug'urtasi mavjud bo'lib, bu shifokorga borganingizgda harajatni 70% ni to'lab beradi. Shu tufayli ham bu sug'urta tizimi majburiy hisoblanadi. Talabalar uchun o'rtacha 1000 yenni (8$) tashkil etadi.
📞Telefon uchun to'lov
Siz ishlatadigan ta'rifiga qarab, bu ham farq qiladi. O'rtacha 3000 yenni tashkil etar ekan.
🏠Kvartira ijara haqqi
O'rtacha Yaponiyada yashash uchun kvartira ijarasi 22,116 yenni ekan. Lekin 2018-yilda Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligining Statistika byurosi (MIC) uy-joy va yerni o'rganish boshqarmasi ma'lumotiga qaraganda mamlakat bo'yicha o'rtacha ijara haqqi 55,695 yenni (408$) tashkil etgan.
🧮Demak hisoblab ko'ramiz:
Kvartira ijarasi o'rtacha 45,000 yen
Oziq-ovqat harajati: 30,000 yen
Komunal to'lov, sug'urta, telefon to'lovlari: 20,000 yen
O'rtacha harajat: 95,000 yenni tashkil etmoqda. Bunga hali shahar aylanish, kiyim sotib olish, shoppinglar qilish, sayohat qilish harajatlari kiritilmagan. To'g'ri bu miqdor, kvartirani 2-3 kishi birgalikda ijaraga olish, birgalikda supermarketdan harid qilib, navbat bilan ovqat qilish bilan kamaytirilishi mumkin, lekin shunda ham eng kamida 500-600$ harajat qilasiz. Demak kimdir sizga, shuncha mablag' topasan desa, avval harajatlarni bir o'ylab ko'ring!
📚Olingan raqamlar uchun manbalar:
✍️https://www.e-stat.go.jp/dbview?sid=0003000797
✍️https://www.e-stat.go.jp/dbview?sid=0003000797
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥YAPONIYADAGI O'ZBEKLAR TAJRIBASI #2
Yaponiyada karyera qilish... Bu vaqt va harakat talab qiladigan jarayon. Yapon kompaniyasida ishlash ishni noldan o'rganish, tartibli bo'lish va tom ma'noda yaxshi kadr bo'lish uchun birinchi qadam bo'lsa, chet el kompaniyasida ishlash esa yaxshi maosh, moslashuvchan ish soatlari, shaxsiy o'sishga ko'proq imkoniyat beradi.
Bu haqida ham yapon kompaniyasida, ham Yaponiyadagi chet el kompaniyasida ishlab tajriba ortirgan Muhriddin aka bilan suhbatlashdik.
Yanada batafsilroq bilmoqchi bo'lsangiz, suhbatni tinglashni tavsiya qilaman. Ketgan vaqtingizga achinmaydigan suhbat bo'ldi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
10 daqiqada suhbatni boshlaymiz! Yaponiyada ishlash bo'yicha masterklass bo'ladi! Sizni kutamiz.
Читать полностью…🔥Yaponiyada Navro'z bayrami!
ウズベキスタン共和国"ナウルーズ"の日記念レクチャーコンサート
O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi sizni Navro'z bayramiga taklif etadi. Madaniyat bayramiga yurtimizdan mashhur xonanda va san'at vakillari tashrif buyurishadi.
🕝19-mart 14:00ー16:00
📍Manzil: 民音文化センターB2 ミュージアムホール
Qatnashmoqchi bo'lsangiz quyidagi Reply Sheetni to'ldirib, belgilangan mail adressga yuboring. Biz sizni tadbirda kutamiz.
Hurmat bilan O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥YAPONIYADAGI O'ZBEKLAR TAJRIBASI #2
Yaponiyada karyera qilish uchun shubhasiz birinchi qadam o'zingiz ishlamoqchi bo'lgan kompanyangizni belgilab olish hisoblanadi. Kimdir Yaponiyadagi chet el kompaniyasida maosh yaxshi desa, kimdir yapon kompaniyasida ish o'rganish yaxshiroq deydi. Keling birgalikda ham yapon kompaniyasida, ham Yaponiyadagi chet el kompaniyasida ishlab tajriba ortirgan Muhriddin aka bilan suhbatlashamiz. Bu suhbat sizga manzur keladi.
💥Uchrashuv joyi: Yapon tili va Yaponiya kanali
⏰Uchrashuv vaqti: Ertaga (11-mart) soat 17:30 (21:30 JPN)
‼️Bunday ajoyib suhbatni o'tqazib yubormang. Biz sizni kutamiz!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Osaka shahri tungi manzarasi! Ajoyib go'zallik namunasi!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🎊🪄Har qanday buyuk insonlarni ayollar onalik mehri bilan tarbiyalaydi.
Bayram muborak, aziz singil, mexribon ona, suyukli rafiqa va qadrli opa!
🪅国際女性の日おめでとうございます
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Kyoto manzarasidan ajoyib fotolar!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Ishni sidqidildan bajarish
Qo'yilayotgan videolardan ko'rib turganingizdek hozir Kyoto shahridaman. Biroz yumush, bahonada sayohat deganlaridek. Avtobus Yaponoyida o'z vaqtida kelishi bilan nom qozongan, minutini minutiga to'g'rilab keladi. Buni ko'pchilik biladi. Bu safar boshqa narsa haqida yozmoqchiman.
205-yo'nalishdagi avtobus to'satdan to'xtatadi. Keyin esa biroz bekatga, orqaga qaytdi. Avtobusdan tushib, rasmdagi ayol yoniga bordi."Sizni ko'rmay qolibman, ketasizmi? " deb so'radi. Ayol esa boshini qimirlatdi. Haydovchi avtobus ichidan, nogironlar aravachasi chiqishi uchun mo'ljallangan qurilmani o'rnatib chiqarib qo'ydi. Avtobus esa vaqt jadavalidan 1-2 daqiqa ortaga surildi.
Ko'rib demak asosiysi doimo ham vaqtida bo'lish esa, hammaga birdek xizmatda bo'lish, ishni sidqidildan bajarishda ekanda deb o'ylab qoldim.
Siz nima deb o'ylaysiz? Vaqt muhimmi yoki insonga qaysi holatda bo'lmasin, birdek muomalada bo'lib, ishni sidqidildan bajarishmi?!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Bugun Suginami degan shaharda an'anaviy o'tqazib kelinayotgan notiqlik san'ati (日本語スピーチ大会 ) musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 8 ta davlatdan 11 nafar istirokchi qatnashdi. Koreya, Mongoliya, Veytnam, Rossiya, Belarusiya, Xitoy, Nepal davlatlari vakillari qatorida yurtdoshimiz Davronbek Ruzimatov ham O'zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi. Bu yigit g'olib bo'lmadi, ammo juda ham o'ziga ishonch bilan nutq so'zladi. Xatto hakamlar hay'ati ham, bu yigitni gaplarini eng esda qolarli va ta'sirli deb alohida aytib o'tishdi.
Mana shunday vatandoshlarimizni ko'rsam, ularni harakatini ko'rsam juda ham faxrlanib ketaman. Malades Davronbek. Katta sahnaga chiqib nutq so'zlash o'zi katta shijoat, g'oliblik esa vaqti kelib albatta keladi. Lekin bugun men uchun g'olib bo'lding. Har holda yapon tili mahorati, so'z talafuzi, uni ijro etishda hammaga dars bera oldi bu yigit. Muhimi o'ziga bo'lgan ishonch, jasorat kelajakda as qotadigan tajriba bo'lib xizmat qiladi.
✍Su'rat tadbirdan boshlanishidan avval olingan.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Ajoyib tungi manzara va chiroyli Sakura☘
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥O’zbekistonlik talabalar barchaning e’tirof va e’tiborida…
Yaponiyaning Maizuru shahri va O’zbekistonning Farg’ona viloyati Rishton tumani o’rtasida imzolangan kadrlar almashinuviga oid imzolangan memorandium doirasida Farg’ona viloyatining Rishton tumanida joylashgan Noriko yapon maktabidan kelgan talabalar 2021 yilning mart oyida Maizuru shahridagi Politexnika kollejida o’qishni boshlashgan edi. Oradan roppa rosa 1 yil o’tibdiki, Talabalar nafaqat ta’lim olayotgan mutaxassisliklari bo’yicha, balki, shaxsiy kariyeralarida ko’pgina yutuqlarga erisha olishdi. Ular o’zlarining ilm o’rganishga bo’lgan ishtiyoq, shiddatliliklari bilan har doim Maizuru shahridagi ustozlari, yapon do’stlarininng e’tirofi va e’tiboridadir. Xususan, ushbu maqolada, vatandoshlarimizning Yaponiyadagi ish faoliyatlari haqida boshliqlari tomonidan ijobiy fikrlar bildirilgan.
Shu o'rinda men o'zim ham O'zbekistonlik yoshlarning salohiyatlari, ilm o'rganishga va maqsadlari sari intilishini aslo to'xtatmasliklari haqida ham Yapon do'stlarimizga yetkazishga harakat qilganman.
Mana shunday O'zbek yoshlarimizni qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish, Yaponiya texnologiyalari va unga oid bilimlarni yetkazish maqsadida Aprel oyida ham Noriko maktabidan yan 3 nafar o’quvchilar Politexnika kollejida Maizuru shahri granti asosida ta’lim olishni boshlashadi.
Quyidagi link orqali Maizuru shahrida har oy chop etiladigan maxsus to'plamda O'zbekistonlik talabalar haqida chop etilgan maqola bilan tanishishingiz mumkin.
https://www.city.maizuru.kyoto.jp/shisei/0000010822.html
Manba: /channel/kouryu_uz_jp
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Let's Talk About 就活…
No, seriously!
Let’s talk about it 😃
Yaponiyada 就活 va karyera qilmoqchi bo'lgan O’zbek talabalari uchun maxsus tadbir.
Hozirda consulting, trading (商社), IT, manufacturing(メーカー), va boshqa turli sohalarda ishlayotgan tajribali “Senpai”lar, va Recruiting kompaniyalarda ishlayotgan O’zbek mutaxassislar bilan muloqot qilib, foydali maslahatlarni olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Tadbir offline va online formatda o'tkaziladi.
Manzil: Edogawaku Higashikasai Community Hall (2F)
東葛西コミュニティ会館 〒134-0084 江戸川区東葛西8丁目22番1号
Google Maps: https://maps.app.goo.gl/YsU541kRFPgTfwkp8?g_st=ic
Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi ilova orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc37TetxwT6eiz8-st70y3uBO-D8VGlv5R2nki0Jc5-YTKUaQ/viewform?fbclid=IwAR2ddxUSYUMq3zsHawqAoPPsfqnSaqVnEpFSgeGYMZURYBQ5FCTq50UK5ME
#bilasizmi
Dastlabki raincoatlar poxoldan tayyorlangan?!
Mino (蓑) Yaponiyadagi dastlabki raincoat (yomg'ir va qorda ishlatiladigan plash) hisoblanadi. Mino poxoldan tayyorlagan. Rasmda 1956-yilda Niigatalik bolalarni Minoni kiyib olib, Yangi yil bayramiga ketayotganlarini ko'rish mumkin.
Manba: Japan inside
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
💦🌨Hokkaido, Sapporo shahri! Qish oxirida ham qor yog'moqda.❄️
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Yaponiyaning kosmosdan tungi ko'rinishi!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan