❗️ЭНДИ 99 МИНГ СУ́М
ТИК ТУТИШ УЧУН, БОЛАЛАР ВА КАТТАЛАРГА ВИБРАЦИЯЛИ ЕЛЕКТРОН КОРСЕТ ЕТИБ КЕЛДИ.
➥ Корсет ёмон ҳолатни сезади. Агар умуртқа поғонангиз 25 даражадан кўпрок эгилган бўлса, корсет сизга қаддингни тик тут деган маънода бирдан ВИБРАЦИЯ беради.
➥ Ушбу ажойиб, ақилли КОРСЕТ танангизнинг асосий жойларига: бўйнингиз, елкангиз, орқа умуртқа поғонангизни текислаш учун ёрдам беради.
➥ Умуртқани самарали даволаш учун дунёдаги биринчи табиий, жарроҳликсиз ечим. Кийим остидан билинмайди.
💰 Нархи: 99.000 сўм
🔥 Каналимиз обуначилари учун махсус чегирма: 1+1=3 яни 2 та олсангиз +1таси совғага берилади.
БУЮРТМА БЕРИШ👇👇👇
👉 https://100k.uz/oqim/200168
👉 https://100k.uz/oqim/200168
📧Телеграм: @ZakazOluvchi
🚛 EТКАЗИБ БЕРИШ МУТЛАҚО БЕПУЛ. Тўловни маҳсулотни қўлингизга олганда қиласиз✅
♻️ БОШҚА МАХСУЛОТЛАР 👈
🌐#防災速報
Tabiiy faolkatlar sodir bo'lgan vaqtda aniq ma'lumotlarni tezkor holatda qabul qilish juda ham muhim. Sizga bir nechta foydali ilovalarni tavsiya qilmoqchiman. Zilzila yoki tayfun kabi Yaponiyada ko'p uchraydigan falokatlarni bir necha soniya bo'lsada avvaldan bilishga yordam beradi.
🔖Safety Tips (https://play.google.com/store/apps/details?id=jp.co.rcsc.safetyTips.android)
🔖Yurekuru Call (https://play.google.com/store/apps/details?id=jp.co.rcsc.yurekuru.android)
Yuqoridagi ikki ilova ham juda ham oson va qulay hisoblanadi.
Avvalo Alloh o'zi bunday falokatdan asrasin. Turkiyadagi insonlarga esa sabr bersin.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
‼️特定技能(特定Ginou) vizasiga qizaqanlar uchun ajoyib imkoniyat.
Xalqaro mehnat yarmarkasi
2023-yil 4-5-fevral kunlari onlayn formatida bo'lib o'tadi.
✍Ma'lumot uchun:
https://info-tokuteiginou.com/international/uzbek.html
✍https://info-tokuteiginou.com/assets/pdf/international_uzbek.pdf
Manba: https://www.facebook.com/groups/1381781302093337/permalink/3442637559341024/
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#bilasizmi
Nagano prefekturasi Matsumoto shahrida Yaponiya Alp tog'larining (Kamikochi) ramzi bo'lgan manzarali Myojin ko'li joylashgan. Hotaka ziyoratgohining ichida joylashgan ajoyib tabiat manzarasi.
Ko'l Myojin tog'idagi tosh va cho'kindi Azusa daryosining irmog'ini to'ldirishi natijasida paydo bo'lgan. U ikkita hovuzga bo'lingan bo'lib, unga nok shaklini beradi. Suv aksi va ko'ldagi yaproqlar bu yerni soatlab kuzatib o'tirish mumkin bo'lgan go'zalik maskaniga aylantirgan.
Har yili 8-oktabrda ko'lda qayiq festivali o'tkaziladi va kuzgi barglar bilan o'ralgan hovuz bo'ylab suzib yurgan ajdaho boshli qayiqning mistik manzarasini ko'rish o'zgacha zavq beradi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Va nihoyat N3 daraja uchun online dars tashkil etishga qaror qildim. Qatnashmoqchi bo'lganlar xabar beringlar. Darslar seshanba, payshanba va shanba kunlari bo'ladi. Guruh bitta ochiladi xolos. Odam soni esa cheklangan.
N3 daraja imtixonida yiqilganlar va N4 daraja olganlar uchun ajoyib imkomiyat.
@bestkanzen
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
👓 Kompyuter va telefon nuridan 100% himoya qiluvchi ochki
👁️👁️ Ko’zingiz og’rib kompyuter va gadjedlarni ishlatolmayapsizmi endi bunga yechim bor
✅ Zararli tashqi nurdan 100% himoya qiladi
✅ Asosi sifatli plastikdan tashkil topgan
✅ Yoshlar va kattalar uchun tavsiya qilinadi
Chegirma narxi 99.000 so'm
🎊 AKSIYA 2 ta sotib olsangiz 1 ta qoʻshib beriladi
BUYURTMA BERISH UCHUN 👇🏻
👉 https://mahsulot.com/m/uCbP8B
👉 https://mahsulot.com/m/uCbP8B
📧Телеграм: @ZakazOluvchi
🚚ЕТКАЗИБ БЕРИШ БЕПУЛ!
Тўловни маҳсулотни қўлингизга олганда қиласиз!
‼️Nimadir muhim bo'lsa, u narsa sizga yoqmasa ham qilasiz (Elon Musk)
Tesla, Space X, Twitter kabi loyihalar orqali Ilon Mask dunyodagi eng mashhur insonlardan biri. U qilgan ishlar dunyoni hayratga solmoqda. Hozirda Tesla mashinasini sotib olishni orzu qilmaydigan inson kam uchraydi. Shunchaki bu videoni ko'rib, bu muvvafaqiyatga qanday erishganini ko'rishingiz mumkin. U aytganidek, bazida muvvafaqiyatli bo'lish va hayotda inson o'zgarish uchun o'ziga yoqmaydigan (yaxshi ma'noda uni harakatga chorlaydigan o'zgarishlar) ishlarni ham qilishiga to'g'ri keladi.
Nafaqat yapon tili, balki hamma sohada eng muhim narsa oxirgacha ishonish va harakatdan to'xtamaslik muhim deb hisoblayman. Siz kitoblarni ochib o'qishni boshladingizmi? Hali ham yo'qmi? Unda turing, boshlang harakatni!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
‼️Qachondir voz kechib ketishdan voz kechish kerak
Kecha testdan so'ng 100 ga yaqin insondan turli mazmundagi xabarlar oldim. Kimdir bor umidini shu testga tashlab, harakat qilgani va imtixondan yiqilgani uchun yapon tili o'qishni to'xtatishi haqida yozgan bo'lsa, kimdir muvaffaqiyatli o'tgani keyingi harakat keyingi daraja ekanligi haqida yozishgan. Yana bir marta testlardan o'tgan va o'z yo'lida keyingi bosqichda davom etayotgan yigit va qizlarni tabriklayman.
Men boshqa masala xususida yozmoqchiman. Imtixondan o'ta olmay, hozirda yaxshi davom etayotgan bo'lsada, o'qishni to'xtatmoqchi va o'z yo'lini o'zgartirmoqchi bo'lgan yigit qizlarga murojaat deb qabul qiling. Ukam, singlim, akam yoki opam siz haqiqatda ham yaxshi tayyorlanmadingiz yoki har kuni dars qilmagansiz. Yoki kitob tanlashda xato qilgansiz. Bitta daraja ola olamaslik fojea emas, haqiqiy fojea boshlagan ishni oxiriga yetqazmaslik. Siz bir darajani olaman deb harakat boshladingiz, lekin natija yaxshi bo'lmadi. Nega kurashmaysiz, nega oxirgacha harakat qilib, o'zingizga vada berib bajarmaysiz. Kecha Instagram sahifasida bir do'stimiz, shu kanalda suhbat qilgandik bu yigit bilan N2 imtixonidan yiqilgani uchun men N2 olmagunimcha Instagramga kirmayman deb vada berib chiqib ketdi. Ish mana bunday bo'ladi, siz xatoni anglab yetib bir narsaga jahd qilmas ekansiz, natijani nafaqat yapon tili balki butun bir hayotingizda boshqa muvvafaqiyatlarni ham kutmang. Tan oling, siz yaxshiroq harakat qilmadingiz. Men nafaqat ustoz, balki inson sifatida ham aytamanki, haqiqatda harakat qilgan inson albatta natijani oladi.
Agar siz muvvafaqiyatga qarab harakatda ekansiz, qoqilishga tayyor turing. Busiz muvvafaqiyat lazzatli bo'lmaydi. Qachondir voz kechib ketishdan voz kechish kerak. Harakatga o'tish kerak.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yana o'quvchilardan yaxshi natijalar davom etadi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
‼️Ertalab turganingizda JLPT natijasi chiqqan bo'ladi😄
🗣Ertaga 23-yanvar kuni ertalab soat 6:00 da ( Yaponiya vaqti bilan soat 10:00) JLPT natijalari e'lon qilinadi. Test topshirganlar holati, hozir rasmdagidek bo'lsa kerak😄. Halol mehnat qilib, qattiq o'qigan bo'lsangiz albatta o'tasiz, agar biroz yetmagan bo'lsa kayfiyatni tushurmay, astoydil bo'ling.
❗️Test natijasini tekshirishda registration number va o'zingiz yozgan parol muhim. Pastdagi rasmda ko'rsatilgan.
✅Test natijasini bilish uchun: https://www.jlpt.jp/e/guideline/results_online.html
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❗️ШОШИЛИНГ ЖУДА КАТТА АКЦИЯ ОРГИНАЛ МАХСУЛОТ💯
🎞Видеони кўринг😊👍
💥Энди атига 327.000 Су́м😍
"VITEK" оригинал Иситгичи келди шошилинг сони кам колмокда!
☀️ Қиш ва Ёз мавсуми учун
● Тўрт хил режимда ишлайди✅
● Пулт орқали бошқарилади ✅
● 25-30 квадратни иситади ✅
● 1-2 КВ (Экономний)✅
● Иситиши +40, Совутиши зор✅
💰Акция нархи: 327.000 СЎМ
🚚 БУЮРТМА БEРИШ УЧУН👇
👉 https://100k.uz/oqim/189426
👉 https://100k.uz/oqim/189426
📧Телеграм: @ZakazOluvchi
✅ Агар заказ бермоқчи бўлсангиз сайтга кириб телефон номерингизни ёзинг! Мутахасис қўнғироқ қилади.
🚚ЕТКАЗИБ БЕРИШ БЕПУЛ!
Тўловни маҳсулотни қабул қилиб олганда қиласиз!
♻️ Бошқа маҳсулотлар ✅
🍀葉っぱビジネス
🍃葉っぱビジネス nima? Bu o'zbek tiliga tarjima qilganda barg, giyoh biznesi hisoblanadi. Yaponiyaning Shikoku yarimorolida Tokushima degan viloyat bor. Bu viloyatda Kamikatsu degan shaharcha bor. Shahar aholisi 1500 kishi bo'lib, ularning 50% qariyalar hisoblanadi. Tokushima markazidan bir soatlik masofada joylashgan bu shahar, tog'lar bilan o'ralgan. Bir qarashda dehqonchilik bilan shug'ullanish bu hududda juda ham qiyin.
Qalovini topsang, qor ham yog'adi deyishganidek.Qariyalar yashaydigan, tog'lar bag'rida joylashgan bu hudud uchun 🌿葉っぱビジネス eng mos biznessdek go'yo. 1980-yilgacha bu yerda mandarin🍊 biznessi gullab yashnagan edi, 1981-yildan esa ob-havo o'zgarishi va aholi soni kamayishi tufayli kelib chiqqan ishchilar yetishmovchiligi tufayli ham bu biznes kasodga uchradi. 1986-yildan boshlab esa bu hududda 彩り nomi ostida 葉っぱらビジネス boshlandi. Hozirda 300 dan ortiq turli giyohlar, o'tlar va barglar yig'iladi va oziq-ovqat va farmasevtika sanoati uchun yetkazib berilmoqda. Bu bizness doirasida yillik 100 ming dollar💵 daromad qilayotgan qariya ayol ham bor.
✍Manba: https://irodori.co.jp/about/
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❄️🌬Kelayotgan haftada Yaponiyada ham qattiq sovuq bo'lishi kutilyapti ekan. Anomal sovuq Yaponiyaga qarab yurdi shekili🥶
Manba:https://news.yahoo.co.jp/articles/318aa3119e19c19d3f96c5bc98848480ebd286e2
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🗣Ish bo'yicha e'lon
‼️名古屋大学日本法教育研究センター(ウズベキスタン)非常勤日本語講師(ウズベク人または日本人)募集
Nagoya universiteti Yaponiya huquqi tadqiqot markazi O'zbekistondagi filiali yapon tili o'qituvchisi uchun ish bo'yicha tanlov e'lon qiladi. Talablar bilan quyidagi faylda batafsil tanishib chiqing. Universitetni tamomlagan va N2 yoki N1 darajaga ega bo'lganlar uchun ajoyib imkoniyat.
☎️Murojaat uchun: @UmidjonTulanboyev
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Bir muvvafaqiyat tarixi
1936-yilda Honda Tokio chekkasidagi Tama daryosida sohilida bo'lib o'tgan Yaponiya yuqori tezlik avtopoygasida qatnashdi va deyarli o'lib ketishiga oz qoldi. U mashinani soatiga 120 km tezlikda haydab ketayotgan vaqtda marrada to‘satdan to‘xtab qolgan mashinaga borib urildi. Mashina havoda uch marta ag'darildi va Soichiro mashina ichidan otilib ketdi. Mashina majaqlanib ketdi. Hondaning chap qo‘li singan, yelkasi chiqib ketgan va yuzi shikastlangan edi. U uch oy kasalxonada yotdi. Uning uchun sportga yo'l abadiy yopildi.
Kasalxonada bo'lgan Soichiro yomon xabar oldi. U so'nggi yillarda ishlab chiqargan va Toyota kompaniyasiga ekspertiza uchun yuborgan 30 000 ta piston halqalaridan atigi 50 tasi ko'rib chiqish uchun qabul qilingan va faqat uchtasi sifat nazorati sinovlaridan o'tgan edi. Bu ham yetmaganidek, Honda imtihon topshirishdan bosh tortgani uchun kollejdan haydaldi. Soichiro doimo bir gapni takrorlardi: " menga bilim kerak, lekin diplom emas."
Boshqa har qanday inson bunday ketma-ket bo'lgan omadsizliklardan taslim bo'lgan bo'lar edi. Ammo Honda emas, u...
✍Davomi bori.. (Boshi yuqoridagi postlarda)
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
☕️Yaponiyadagi kofe sizga yoqadimi?!
Yaponiyadagi kofe o'zgacha va ta'mi ham boshqacha. Har kuni kofe ichishni odatga aylantirgan insonlar ham kam emas.
Yaponiyaga kofe qayerdan keltiriladi? Asosiy kofe donalari Yamayka🇯🇲 (Jamaica) davlatidan import qilinadi. Yamaykaning Blue Mountain Coffee mahsulotlari Yaponiya kofe bozoriga asosiy yetkazib beriluvchi mahsulot hisoblanadi. Ikki davlat o'rtasida 1964-yilda shartnoma tuzilgan. Yamaykada yetishtirilgan kofening 80%ini Yaponiya sotib oladi. 2018-yildan boshlab xattoki, mamlakatda 9-yanvar kuni Jamaican Blue Mountain Coffee Day sifatida nishonlanadi.
2014-yilda Yaponiyaga 440.000 kg kofe donalari import qilingan.
💭Ma'lumot uchun Jamaican Blue Mountain Coffee sifati jihatidan Hawaii Kona Coffee dan keyin eng yaxshi ta'mga va sifatga ega bo'lgan kofe hisoblanadi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
⁉️Yaponiyada farzand dunyoga keltirish qanchaga tushadi?
👼Farzand - bebaho ne'mat. Bugun sizlarga Yaponiyada farzand dunyoga keltirish taxminan qanchaga tushishi, aniqroq qilib aytganda, shifoxonaga necha pul to'lash kerakligi haqida ma'lumot bermoqchiman.
Farzand dunyoga keltirish Yaponiyada yashaydigan vatandoshlarimiz biladigan 国際保健 ya'ni sug'urta tizimi orqali qoplanmaydi. Bu de'gani 30%ni to'lasangiz masala hal degani emas. Homiladorlik davridagi prenatal tekshiruvlardan boshlasak. Jami 14 ta tekshiruv o'tkaziladi, bu tekshiruvning har biri taxminan 5000-8000 yen atrofida turadi. Lekin har bir shahar hokimiyati homiladorlik davrida foydalnish uchun 100.000 yenlik kupon vaucher taqdim etadi. Bu hududlarga qarab farq qilishi mumkin.
✍Keling endi, shifoxona harajatlarini Yaponiyada ikki farzandni dunyoga keltirgan Amanda misolida ko'rib chiqsak. Amanda 2019-yilda birinchi farzandini dunyoga keltirganda quyidagicha harajat qilingan ekan:
•Shifoxonaga kirish puli: taxminan 160.000
•Farzand dunyoga keltirish puli: 265.000 yen atrofida
•Chaqaloq parvarishi: 56.000 yen
•Test va tahlillar: 40.000 yen
• Muolaja pul: 22.000 yen
• Boshqa harajatlar: 40.000 yen
🧮Jami: 583.000 yen atrofida.
Yuqoridagi harajat farzandni dunyoga keltirishda qo'llanishi mumkin bo'lgan og'riq qoldiruvchi ukollarga qarab yana 100.000 yen atrofida ortishi mumkin. Demak hozirgi so'mda tahlil qilsak: 50 million 81 ming so'm ketgan harajat.
📝Lekin namuncha qimmat deyishga biroz shoshilmang. Agarda siz 国民保険 ga kirgan bo'lsangiz va farzandingiz 85 kunlik homila davridan keyin tug'ulgan bo'lsa Yaponiya hukumatidan 420.000 yen (36 million so'm atrofida) bir martalik yordam puli ola olasiz. (Manba:https://www.kyoukaikenpo.or.jp/g3/cat315/sb3080/r145/)
🔍Demak xulosa qilsak, Yaponiyada farzand dunyoga keltirish uchun taxminan 550.000-600.000 yen atrofida sarflanadi. Ammo hukumatdan olinadigan ko'mak evaziga, 150.000 yen atrofida qo'shimcha harajat qilasiz. Bu degani 12-15 million ketadi degani.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🎁🛍Omiyage va Temiyage?!
Yapon xalqi o'zaro sovg'a almashishni juda ham yaxshi ko'rishadi. Ishxonada, oilada, do'stlar davrasida bu juda ham keng urf bo'lgan.
Yapon tili o'granadiganlar Omiyage degan so'zni eshitgansiz shundaymi? Ya'ni sayohatga borganda sovg'a sifatida olib kelinadigan buyum yoki esdalik narsa. Shunday emasmi?!
Ammo Temiyagi nima? Temiyagi bu kimdirni ko'rgani borilganda minnatdorlik izhor etish uchun beriladigan tuhfa hisoblanadi.
Omiyage va Temiyagelar unchalik darajada qimmatbaho buyum yoki esdalik narsa bo'lishi shart emas. Masalan, yegulik, ichimlik ham bersa bo'ladi. Odatda yaponlar 10$ dan 50$ gacha bo'lgan sovg'a berishadi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
📱 Telefoningiz nomini va guruxni tanlang!
Natijasini o'ziz ko'rasiz syurpiriz😄👍
Qaysi telefon mashxuroq ekan 🤔👇
🔥1900-yillarda taom qanday yetkazilgan?!
Yaponiyaning mashhur taomlaridan biri hech shubhasiz Soba lag'moni🍜 hisoblanadi. Xattoki urushdan avvalgi davrda ham Sobani uyga eltib berish xizmati mavjud bo'lgan. Qanday qilib deysizmi? 1900-1950-yillarda Yaponiyada soba lag'monlari velosipedda🚲 yetkazib berilgan. Ushbu eski suratda gavjum ko'chalarda o'nlab issiq ovqat idishini minora shaklida yelkalarida ko'tarib yurgan yaponiyalik 出前 ya'ni yetkazib beruvchi, kuryer tasvirlangan.
Soba birinchi marta Tokugava davrida iste'mol qilingan, 1603-yildan 1868-yilgacha davom etgan Edo davrida esa mashhur taomga aylandi.Tokugava davrida har bir ko'chada bir yoki ikkita soba do'koni bo'lgan. Bu do'konlar zamonaviy kafelarga o'xshash bo'lib, u yerga odamlar tezda ovqatlanish uchun to'xtashardi.
Soba lag'monini tayyorlash uchun grechka unini bug'doy uni bilan aralashtirilib xamir qorib tayyorlanadi. Soba odatda yapon cho'pi (hashi)da🥢 iste'mol qilinadi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
‼️O'rganuvchi sifatida eslashlarini xohlagan afsona
Yaponiya dunyoga mashhur bo'lgan sport turi Dzyudo (Judo) 🥋 vatani hisoblanadi. Bu sport turining afsonaviy asoschisi Kano Jigoro hisoblanadi. U garchi jussasi kichik yigit bo'lsada, osonlik bilan bahaybat raqiblarini yenga olgan. Bu texnikani u mashg'ulotlar orqali egallagan edi.
O'lim to'shagida yotgan Kano uni qora belbog'da emas, oq belbog'da yoqishlarini vasiyat qiladi. Kano odamlar uni ustoz (master) sifatida emas, o'rganuvchi sifatida eslashlarini xohlardi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Bir muvvafaqiyat tarixi
Dunyoga mashhur Honda kompaniyasi haqida
Ammo taslim bo'ladigan Honda emasdi. U tuzaldi va Hamamatsuda o'z biznesini ochdi. 1937 yilda Honda "Tokai Seiki" kompaniyasiga asos soldi, yangi texnologiya bilan mashina uchun porshen ishlab chiqarishni boshladi. Ish hajmi qisqa vaqt ichida kengayib ketdi.
Xitoy-Yaponiya urushi va undan keyin Ikkinchi Jahon urushi paytida Honda kompaniyasi "Toyota"ning 40% porshen bilan ta'minlagan, shuningdek, kemasozlik va samolyot ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga ham ehtiyot qismlar yetkazib berdi.Ammo Ikkinchi Jahon urushida Yaponiyaning mag'lubiyati bilan "Tokay Seiko" kasodga uchradi. 1945-yilda Hamamatsu Amerika samolyotlari tomonidan bombardimon qilindi. Honda mamlakat qashshoqlik va vayronagarchilik davriga kirayotganini taxmin qildi va zavodni qayta tiklamaslikka qaror qildi. U biznesini "Toyota" ga 450 ming yenga sotdi.
Tadbirkor 10 ming yenni spirtli ichimlik idishi sotib olishga sarfladi. Hovlisiga o‘rnatib, bir yil dam olishini omma oldida e'lon qildi.Haqiqatan ham, Soichiro bir yil davomida sarhushlikda umrini o'tqazdi.
✍Davomi bor...(Avvalgi qismlari tepada)
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❇️JLPT natijalar haqida
Bugun ko'pchilik o'z natijasini bilib oldi menimcha. Imtixondan o'tganlarni tabriklayman, keyingi darajaga tayyorlanishni boshlang, agar boshlab yuborgan bo'lsangiz yanada astoydil bo'ling.
O'ta olmaganlar esa kayfiyatni tushurmang, men ham N2ga birinchi marta imtixon topshirganimda dokkai vaqtida test qachon tugarkin deb, testni tushunmay uxlab qolganman. Lekin keyingisida maza qilib, test bajarganimni eslayman. Siz ham harakat qiling, avvalo nega o'ta olmaganingizni tahlil qilib chiqing, aniq bilamanki, siz biroz dangasalik qilgansiz yoki vijdonan 4-5 oy o'qimagansiz. Endi bu odatni tashlang, siz o'z xatoyingizni tan olib, harakatni boshlamas ekansiz, ilm sohasida, yapon tilida o'smaysiz. Shu tufayli ham harakatni oshiring va to'g'ri yo'ldan yuring. Bu yo'lda kimdir o'zi intiladi, kimdir kursga qatnaydi. Tanlanadigan kitoblar ham turlicha. Lekin natija muhim. Undan ham muhimi esa halollikdir.
🗣Hademay iyul oyi uchun JLPTga ro'yhatdan o'tish bo'yicha ma'lumotlarni ulashaman. Astoydil bo'ling, chin dildan qilingan mehnat hech qachon mukofotsiz qolmaydi, bugun berilmagan bo'lsa ertaga undanda yaxshirog'i beriladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Menimcha ustoz uchun bundan ortiq xursandchilik bo'lmaydi. Hozir 3 ta o'quvchim N2 daraja olishganliklarini yozishdi. Tog'risi juda ham xursand bo'ldim. Kun davomida yaxshi natijalar yana ko'payadi nasib qilsa.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
♻️Yaponiyada 100 yen (1$) lik daiso do'konlari bor. Ana o'sha yerda chanoqdagi paxta sotishyapti ekan. Yaponlarga paxta kerak bob qobdi. Paxta eksportini boshlaymiz shekili😃
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yaponiyada ta'lim granti
Yaponiyaning "The Matsumae International Foundation" xalqaro jamg'armasi 2024-yilda aniq fanlar, muhandislik, tibbiyot yo'nalishlarida Yaponiyaning yetakchi oliy o'quv muassasalarida ilmiy izlanishlar olib borish uchun stipendiyalar dasturini e'lon qildi.
✍Batafsil ma'lumot: https://www.mif-japan.org/en/fellowship/announcement/
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❗️ Bir yilda 25 million tonna yegulik shunchaki tashlab yuboriladi
Yaponiya food wastega (yegulik isrof bo'lishi) qanday kurashmoqda. Ko'pchilik yurtdoshlarimiz Yaponiyada Seven eleven, Family mart, Lawson, Ministop kabi konbinilarda ishlashadi. Ko'pchilik biladiki, Yaponiyada mahsulot yaqorlilik muddati aniq belgilanadi va bir soat avval tashlab yuboriladi.
Yaponiyadagi food waste miqdori juda ham ayanchli tazrda. Jumladan bir yilda 25 million tonna ovqat isrof bo'ladi, shulardan 6 million tonnasi yeyish mumkin bo'lgan narsalar hisoblanadi. Jumladan Yaponiyadagi mashhur Ecoeat Machida do'koni boshqaruvchisi Hirokazu Matsuda: " Yaponiyaning ovqat muddatlari bo'yicha siyosati juda ham qattiqqo'l. Birinchi muddat o'tishi bilanoq mahsulotlar tashlab yuboriladi. Vaholanki, ba'zi mahsulotlarni bir hafta ichida ham iste'mol qilsa ham ziyoni yo'q. " deb aytib o'tgan.
Xo'sh?! Buni oldini olish uchun nimalar qilinmoqda. Men sizga hozir bir ilovani tavsiya qilmoqchiman. Bu ilova TABETE deb nomlanadi. Bu ilova orqali yaroqlilik muddati yakunlayotgan va chegirmaga tushgan mahsulotlarni topish mumkin. Bu ikki tarafdan foydali, birinchisi: arzon narxda sotib olasiz va pulni tejaysiz; ikkinchisi esa bu orqali tabiatga isrof bo'lishi mumkin bo'lgan chiqindi ko'payishidan asrab qolasiz.
Ilova:https://play.google.com/store/apps/details?id=me.tabete.tabete
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
♻️Siz qobilyatsiz emassiz, shunchaki miyangiz🧠 yangilikni xohlamayapti
Yaponlarda bir ajoyib ibora bor. Ular doimo intilishdan to'xtagan, ishtiyoqi yo'qolgan insonga 継続は力になる (けいぞくはちからになる) deb aytishadi. Ya'ni to'xtama, davom ettir, bu qachondir kuchga aylanadi.
Kecha yapon tilida yozilgan すぐやる人になる37のコツ kitobini o'qishni boshladim. Kitobda inson bir nimani qila olmasligi, ishtiyoqi yo'qolishi, yangi odatni boshlasa ham uni bir necha kundan so'ng davom ettira olmasligiga sabab uni qobilyatsizligi yoki qila olmasligidan emas, uning miyasi bilan bog'liq ekanligini bayon etilgan. Ya'ni inson miyasi doimo yangi narsani buyurilganda, eski holatini saqlab qolishga, o'ziga qulay bo'lgan muhitda qolishga intilar ekan.
Miyani, fikrlashni o'zgartirmay turib, bir natijaga erishish juda ham murakkab deyiladi kitobda. Buni qanday amalga oshirish mumkin?! Albatta output qilib boraman.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
♻️Yaponiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy sahifasidagi ma'lumotlarga qaraganda Yaponiyadagi O'zbekiston fuqarolari soni 2022-yil iyun holatiga ko'ra 4789 nafarni tashkil etadi. Demak hozir 5000 nafardan ko'pmiz. Bu avvalgi yillarga qaraganda anchagina katta o'sish.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
⁉️Dekabrda bo'lib o'tgan JLPT natijasi qachon chiqadi?
🗣23-yanvar kuni ertalab soat 6:00 da ( Yaponiya vaqti bilan soat 10:00) JLPT natijalari e'lon qilinadi. Test topshirganlar holati, hozir rasmdagidek bo'lsa kerak😄. Halol mehnat qilib, qattiq o'qigan bo'lsangiz albatta o'tasiz, agar biroz yetmagan bo'lsa kayfiyatni tushurmay, astoydil bo'ling.
👀Yana bir hafta sabr, natijaga oz qoldi. Test natijalari rasmiy sahifada 23-yanvardan, 31-mart kunigacha saqlanadi.
✅Test natijasini bilish uchun: https://www.jlpt.jp/e/guideline/results_online.html
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan