#ertagajlpt
Assalamu alaykum yapon tili o'rganayotgan va daraja olib o'z maqsadlari sari oldingga intilishni niyat qilgan qadrli yapon tili bilimdoni!
Mana 2024-yil ham yakunlanib bormoqda. Ertaga esa 2024-yilning ikinchi JLPT imtixoni... Imtixonga tayyormisiz?
Qilgan mehnatingiz, yodlagan kanjilar, o'qilgan matnlar va eshitilgan choukailar natijasi qanday bo'lar ekan deb intiqlik bilan imtixonni kutyapsizmi?
Sizga bir narsani ayta olamanki, agar dildan mehnat qilib, yetarli darajada o'qigan bo'lsangiz, albatta imtixondan o'tasiz.
Shunchaki bugun yaxshilab dam oling, ertalab esa ota-onangizdan duoni olib, Allohdan so'rab, yaxshi niyat bilan imtixonga boring. Biz ishonamizki: siz testni juda ham yaxshi bajarasiz.
O'z orzularingiz yo'lidiga bir ustunni shunchaki qo'yib yubormang! Men uddalayman deb, ishonch bilan harakat qiling!
Ertaga imtixonda omad tilaymiz! Sidqidildan o'rganilgan ilm va qilingan mehnat hech qachon natijasiz qolmaydi.
Hurmat bilan JLPT MASTER jamoasi!
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook
Uzbek Academic Club in Kanto ilm uchrashuvida katta yangilik!
Bu safargi tadbirda ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid mehmon bo'ladilar.
To'kis ilm uchrashuviga sizni taklif qilamiz. Tokyoda bunaqasi bir marta bo'ladi.
🕓O'tkazilishi sanasi va vaqti: 30-noyabr (shanba), 11:00-14:00
O'tkazilish joy: Tokyo University of Foreign Studies, Sakura hall
🗺https://g.co/kgs/JnwnJGr
Biz sizni TO'KIS ILM UCHRASHUVIDA kutamiz!
✔️Qatnashish uchun ro'yhatdan o'tish shart emas va ishtirok etish bepul!
@yapontili_uzbekistan
Kecha Yaponiyada ryuugaku qilayotgan bir o'quvchimiz bilan gapalshib qoldim. N1 kursida o'qiydigan yigit, bilimi bor, N1 bemalol oladi. Bunga shaxsan ishonaman.
"Sensei yaxshilab o'ylab ko'rdim. Yana qaytadan N1 kursida o'qimoqchiman" deb qoldi.
Men esa "nega menimcha bemalol olasiz. Shart emas qayta o'qish" deb javob berdim. U yigit esa: sensei bunaqa dars, sizdan o'rganish menga yoqadi. Yaponiyada ham bunaqa o'qitishmayapti. Iltimos yoq demang.
Ko'zimga yosh keldi. Kelajakda bu yigitdan yaxshi ustoz chiqadi. Ilmni qadriga yetgan insonni qadri baland bo'ladi.
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook
Xalqaro Yoshlar Palatasi (JCI) va men
Mening hayotdan maqsadlarimdan biri - yetuk kadrlar yetishtirish.
Jamiyatimizda yechimini kutayotgan muammolar ko’p. Lekin, aminman-ki, har qanday muammoni ko’tarib gapirganimiz bilan, uni yechadigan inson (kadr) bo’lmasa, barchasi sarob.
Ishonavering, bunday kadrlar portreti - jamiyatdagi muammolarga ko’z yummaydigan, o’z shaxsiy/oilaviy ehtiyojlaridan ortib, o’zgalar uchun yashaydigan, qayg’uradigan birisi ekanligini vijdonimiz aks ettirtiradi.
Bir ishni boshlash oson deyishadi, ammo uni yuritish, ayniqsa davom ettirish qiyin. Lekin Yaponiyaning 3 katta markaziy hududlarida tashkil etilgan Uzbek Academic Clubs ishi nihoyatda samarali ketyapti deb ayta olaman. Bunga esa kunchiqar yurtda yashovchi talantli yigit-qizlarimizning saboti va qiziqishi asosiy tirgak bo'lyapti. Rasmda Osaka universitetida o'tgan hafta bo'lib o'tgan 4-yig'ilishimiz aks etgan. Tabiatga foydali Green Bonds masalasi bo'yicha ko'p va ho'p munozaralar qildik.
Keyingi hafta Shanba kuni esa Tokiodagi yig'ilishimiz bo'lib o'tadi. O'zbekistonlik talabalar, albatta kelinglar. Yutqazmaysizlar.
Bitkoin narxi 100 000$ ga chiqdi.
2017 yilda 6k$ga 2ta olib qo’yganingizda, hozir 200k pulingiz bo’lardi.
Yoki bo’lmasdi. Balki 90% investorlarga o’xshab 10k$ga chiqqanda sotib yuborardingiz.
2017-yilda blog boshlab, to’xtatmaganingizda - sohangizda eng kuchli blog bo’lardingiz.
2017-yilda bitta sohani ushlab, kuniga 20 daqiqa o’rganganingizda - top 1% mutaxassis bo’lardingiz.
2017-yilda kichkina xobbi biznes boshlab, haftasiga bitta mijoz qo’shganingizda - o’rta biznes darajasiga chiqardingiz.
Oxirgi uchta holatning hammasida 200kni bir yilda topib qo’yardingiz.
Orzu qilishni to’xtating. Ishni bosing.
💛💛💛
Bugun bizni xursand qilgan katta yangilikni siz bilan bo‘lishmoqchimiz!
🎓 Bizning ikki nafar o‘quvchimiz Nagoya iqtisodiyot universiteti (名古屋経済大学) bakalavr dasturiga qabul qilindi!
Bu nafaqat ularning mehnatkashligi va irodasining natijasi, balki JLPT MASTER oilasi sifatida birgalikdagi mashaqqatli mehnatimizning yorqin samarasidir.
🚀 Bu natijaga qanday erishildi?
🔥 Mehnat va qat’iyat
📚 JLPT MASTERning mukammal ta’lim dasturi va tajribali ustozlar mehnati
Bu muvaffaqiyat shuni ko’rsatadiki: kuchli orzu, qat’iyat va to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq bilan orzularingizni ro‘yobga chiqarish mumkin!
💡 Endi navbat sizga!
O‘zingizni rivojlantirish, ta’lim olish va Yaponiya orzularingiz sari qadam qo‘yish uchun biz bilan birga bo‘ling. JLPT MASTER sizni har bir bosqichda qo‘llab-quvvatlaydi!
JLPT MASTER – YAPONIYANI ORZU QILGANLAR MANZILI! 🌏✨
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook
▶︎ 成功者の考え方
(Muvaffaqiyatli insonning fikrlashi)
Muvaffaqiyatli inson bo’lish uchun, avvalo odatlarni o’zgartirish kerak. Odatlar o’zgarsa, fikrlash o’zgaradi, fikrlash o’zgarsa, harakatlar o’zgaradi, harakatlar o’zgarsa natija o’zgaradi.
💛💛💛
Imtixonga tayyorlanish uchun 模擬テスト (mock test) bajarib ko'ring. 2012 va 2018-yildagi test namunalari!
🎯Quyidagi link orqali kirsangiz, har bir darajaga mos bo'lgan, real imtixonda tushgan test berilgan:
https://www.jlpt.jp/e/samples/sampleindex.html
🕰️Ko'proq vaqtga qo'yib ishlashga harakat qiling! Vaqtga ulgurishni o'rganish juda ham muhim.
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook
🎯 JLPT MASTER nafaqat yapon tilini balki,
Katta maqsadlarga erishishni o'rgatadi.
❗️Iyuldagi JLPT imtixonida 33 ta o'quvchimiz turli darajalarga ega bo'lishdi. Hali JLPT MASTER o'quvchisiga aylanmagan, lekin tezroq o'quvchilarimiz safiga qo'shilishni istaganlar uchun yaxshi imkoniyat.
❓JLPT MASTERda sizni:
- JLPT N1 va N2 daraja va 6 yillik tajribaga ega SENSEIlar
- alohida jadval asosidagi darslar
- yapon muhitidagi shinam xona
- oylik 模擬試験 imtihonlar kutmoqda.
⚡️Oktyabr mavsumi uchun qabul davom etmoqda
📋N5 dan N2 darajagacha bo'lgan kurslar uchun guruh ochiladi. Kurs vaqtlari esa o'qishingizga qarab moslab beriladi.
✉️Kursga ro'yhatdan o'tish uchun:
@JLPTMasteruz
+99894 1621604
📌Manzil: https://maps.google.com/maps?q=41.282806,69.209336&ll=41.282806,69.209336&z=16
Mo'ljal: Ⓜ️Mirzo Ulug'bek metro
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook
Yangi formatdagi test ekan, N5, N4 darajaga JLPT topshirayotganlar borib topshirib, o'zingizni sinab ko'rsangiz bo'ladi menimcha.
https://docs.google.com/forms/d/1zsooVFYZMc4x9353O6bgccR4Pw8K6BcX39_bmTPoSbA/edit
❗️Qatnashish bepul ekan!
@yapontili_uzbekistan
Maykamni sotib bo'lsa ham o'qitaman.
Dunyodagi eng katta ishonch kimdan keladi bilasizmi? Kim sizni bir og'iz so'zi bilan butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin..?
Do'st, ustoz, kinodagi bosh qahramon... Yo'q, otaning so'zi. Sizni harakatga keltirib, orqaga yo'l yo'q ekanligini ko'rsatuvchi birgina ishonch.
Bundan 10 yillar avval, bir kichik suhbat bo'lgandi. "Dada Toshkentga o'qishga kirsam, to'lagani pulimiz bo'lmaydi. Keling, shu yerga o'qishga topshiray, kontrakt bo'b qolsa, juda bo'lmasa tarixdan kurs o'tib, kontraktni to'layman" degandim.
Dadam esa "sen Toshkentda o'qishing kerak, chet ellarga ham borasan hali. Kontraktga kirsang, pulim bo'lmasa, maykamni sotib bo'lsa ham o'qitaman" degandilar.
O'sha kundan dam olishga haqqim yo'q deb o'qidim. O'qishga grantga kirdim. Yaponiyaga grant yutdim. Magistraturga grantga kirdim. Mext grantini yutdim. O'qishga pul to'lamayman, otam maykasini sotmaydi. Men unga aksincha hamma narsa olib berishim kerak deb o'ylaydigan bo'ldim.
Har safar Yaponiyadan qaytganda, sovg'a olsam, mayka qo'shib ham olaman. Yangisidan, qimmatidan.
Otani ishonchi katta narsa. Uni bir so'zi farzandni o'zgartirib yuboradi. Sizni yaxshi ko'raman, dadajon!
@yapontili_uzbekistan
Assalomu Aleykum Vatandoshlar! Ingliz tilida uqimoqchi bulgan vatandoshlarimiz bulsa, ushbu Universitetlar ingliz tilida bakalavr, magistratura Va PhD uquvlari mavjud! Hammasida grant lar ham mavjud! Qiziqqanlar bulsa usha Universitatlarning saytlarida kerakli informaciya bor! Omad!
1.Musashino University_School of Global Studies, Department of Global Business
Japanese and international students learn together from a global perspective
https://www.jpss.jp/en/univ/357/3507/
2.Meiji Gakuin University_Faculty of International Studies
Foster international perspectives through original undergraduate internship courses
https://www.jpss.jp/en/univ/359/934/
3. Tokyo Metropolitan University_Biology English Program
Online international exchange learning by connecting to universities around the world
https://www.jpss.jp/en/univ/959/4198/
4. International University of Japan_Two graduate programs
Aim to become a global leader with students from 70 countries in a nature-rich environment
https://www.jpss.jp/en/grad/304/
5. Waseda University_Seven undergraduate programs
Contributing to the world and fostering the next generation of global leaders
https://www.jpss.jp/en/univ/368/969/
6. Sophia University_Four undergraduate programs
Pioneer of E-track in Japan
https://www.jpss.jp/en/univ/291/
7. Temple University, Japan Campus_Undergraduate programs available to choose from 12 courses
International campus with about half of the students coming from abroad
https://www.jpss.jp/en/univ/1210/3157/
Manba: Yaponiyadagi O'zbek jamiyati facebook sahifasi
💛💛💛
📱JLPT MASTER dan navbatdagi video! Sun'iy aql yapon tili o'rganish bo'yicha nima deydi? Birgalikda ko'ramiz😅
https://www.instagram.com/reel/DB1QGy4sH5Y/?igsh=MW0wMWthcTN1NnF2dA==
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook
❤️🔥❤️🔥❤️🔥
🔥 Hurmatli imtihon topshiruvchilar
Yakshanba kungi imtixon haqida!
❕01.12.2024 soat 12:45 da JLPT imtihoni o'tkaziladi!!
🗺Imtihon darajasi va joyi:
🔸 N1 / N5 IBC-9-qavat
🔸 N4 IBC-9/11-qavat
🔸 N2/N3
INTERNATIONAL HOTEL TASHKENT
⁉️ O'zingiz bilan olib kelishni unutmang
🪪 Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
📄 Vaucher
️✏️ Qalam va o'chirg'ich
Manba: TAMPOPO
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Kursga yozilish
❤️🔥❤️🔥❤️🔥
🔥JLPT MASTER noldan boshlanadigan N5 daraja darslarga qabul e'lon qiladi.
📅Darslar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 18:00 da (Yaponiya vaqti 22:00) onlayn shaklda bo'ladi.
👩💼Sensei: Mashhura sensei (yapon tili darajasi N1, yapon tili notiqlik san'ati g'olibi. Hozirda Tsukuba universitetida ta'lim olmoqda)
Ayolimni yapon tili kursida o'qitaman degan bo'lsangiz, unda bundan yaxshi dars topa olmaysiz!
👫Uzbek Academic Club in Kanto sizni navbatdagi ilm uchrashuviga taklif qiladi.
Tadbirga bu safar ham Tokyo chet tillar universiteti mezbonlik qiladi. Tadbir agendasi bilan tanishing!
🕓O'tkazilishi sanasi va vaqti: 30-noyabr (shanba), 11:00-14:00
O'tkazilish joy: Tokyo University of Foreign Studies, Sakura hall
🗺https://g.co/kgs/JnwnJGr
Biz sizni ILM UCHRASHUVIDA kutamiz!
✔️Qatnashish uchun ro'yhatdan o'tish shart emas va ishtirok etish bepul!
@yapontili_uzbekistan
Juda ham yaxshi seminarga o'xshadi. Lekin o'zbeklar uchun o'zbek tilida qilinsa yanada yaxshi bo'lardi.
Bu haqida UJC dagilar o'ylab ko'rishsa yaxshi bo'lar edi. Har holda yapon tilini juda ham yaxshi biladigan o'zbek tilida ham gapira oladigan kadrlar kam emas. Men shaxsan rus tilida tushunmayman.
/channel/ujc_uz/1695
@yapontili_uzbekistan
Soat 1:53...
JLPT MASTER da bir odat bor. Qaysidir guruh darslari yakunlansa senseilar bilan o'tirib, 2-3 soat tahlil qilamiz, xatolar, fikrlar, takliflar...
Bugun ham soat 24:00 da boshlangan yig'ilish, soat 1:53 da tugadi. CEFR darslarini muhokama qildik. O'quvchilar fikri, senseilar taasuroti, xatolar va kamchiliklar haqida gaplashdik.
Yosh bo'lsada o'z ustida ishlayotgan jamoamiz bilan faxrlanaman, shunchaki natija emas, unga halol, vijdonan bajarib erishishni odatga aylantiring deb o'rgatayotgan bu jamoa mehnati bekorga ketmaydi.
Dars o'tish, bu grammatikani o'zini tushuntirib berish emas. O'quvchilar fikrini o'rganish, imtixonga kirib testni o'z ko'zi bilan ko'rib, shunga moslab 改善 qilib borish hamdir.
Tahlil, tahlil va jarayon... O'z ustida ishlash va natija. Vijdonan kadr yetishtirishga ishtiyoqni oxirigacha bersin!
Natijalar ham shunga mos bo'ladi Inshialloh!
Aytgancha yuqoridagi so'rovnomadagi natija, darslar sizga manzur bo'ldimi mazmunidagi savol edi.
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook
Hayotimda anglab yetayotgan falsafa:
面倒なときが本当の人間関係を作る
Qiyin vaziyatlar haqiqiy munosabatlarni yaratadi!
@yapontili_uzbekistan
💙💙💙
Keyingi 2 oyda N4 darajamni takorlayman yoki ko'nglim to'lmayapti deb o'ylayapsizmi? Iyul oyida N3 darajani maqsad qilganmisiz?
Unda sizga JLPT Master davom etayotgan N4 daraja guruh darsini tavsiya qiladi.
📅Darslar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 da oflayn shaklda bo'ladi.
👨🏫Sensei: Kamronbek sensei
JLPT MASTER nafaqat yapon tilini balki, katta maqsadlarga erishishni ham o'rgatadi.
Pul kerak. Iloji boricha ko‘proq kerak. Lekin biz o‘zimizni shaxsiy kurashimizda yutganligimiz uchun bonus bilan kelsin. Jamiyatning sog‘lom qismiga aylanganimiz uchun, qiymatli bilimimiz, hunarimiz uchun kelsin. Shunchaki quruq o‘zi kerak emas. Quruq o‘zini, shunchaki borligi uchun fohishalar ham oladi. Man sizlarga boshidanoq yetkazmoqchi bo‘lgan g‘oya ham shunda. Natijaga kafolat hech qachon yo‘q. Bu dunyoda kafolat izlagan insonning o‘zi sog‘ emas. Tanamiz qanaqa ishlashiga kafolat bera olmaymiz. Hozir sizlarga shu gapni gapirib turganimda, tanamdagi qaysidir bir hujayra kayfiyatini o‘zgartirsa, Xudo ko‘rsatmasin ertaga davolanishim uchun pul yig‘amiz. Urug‘ini ekib qo‘yib, uni oylar davomida parvarishlagan, mehr bergan dehqon hosil ololmaganda qanaqa ahvolga tushadi? Bu qanchalar og‘riqli ekanligini his qilib ko‘rganmisiz? Va bu og‘riqni siz ham hayotingizni bir qismida his qilishingiz mumkin.
📹 “O’ZGARISH UCHUN YONDASHUV” VIDEOSIDAN
Yaponiya.... Ikkinchi uyimga aylanib qolgan bu borada shubha yo'q menda. O'qish uchun muhit, tabiat, qulaylik...
Shu vaqtgacha qo'limdan kelgancha kimdir Yaponiyaga kelganda foydasi tegsin deb harakat qilyapman.
37 daqiqalik videoda, Yaponiyaga grant yutish, o'qish va kerakli jihatlar haqida gapalshdik. JLPT MASTER nega ochilgani va nimalar tavsiya qila olamiz shu haqida gapalshdik.
Ko'rib chiqing, vaqtingiz bekorga ketmaydi.
https://youtu.be/hNI38MzMYSA?si=Lbqyq5M6n6xt95V1
Yana bir bor Allohga shukur ishimizni samarali qilishga g'ayrat beryapti.
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook
Nemis, Koreys, Yapon, Turk, Arab tillarida ravon so’zlasha olsangiz Sizni yuqori maoshli ishga taklif qilamiz!
Quyidagi tillarda ravon so‘zlasha oladigan iqtidorli kadrlarni izlamoqdamiz:
🔹Nemis tili (800+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Koreys tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Yapon tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Turk tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Arab tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)
Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, bu yetakchi xalqaro kompaniyalarda karyerangizni boshlash uchun noyob imkoniyatdir. Moslashuvchan ish jadvali, martaba o‘sishi va muvaffaqiyatga yetaklovchi lavozimdan bahramand bo‘ling.
Bu shunchaki ish emas, balki kasbiy imkoniyatlar dunyosiga ochilgan eshikdir! 🌐
Boshlash uchun havola orqali o‘ting: https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA
Jahonning eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalarining O’zbekistondagi ofislarida yuqori maoshli, moslashuvchan karyerangiz sari birinchi qadamni qo‘ying!
Uzbek Academic Club in Kanto sizni navbatdagi ilm uchrashuviga taklif qiladi.
Tadbirga bu safar ham Tokyo chet tillar universiteti mezbonlik qiladi. Siz ushbu tadbirda 2 nafar tadqiqotchi mavzulari bilan tanishish bilan birgalikda:
🔹Magistr, Doktorlik darajasida yoziladigan tadqiqotlarni qo’llab quvvatlash
🔹Akademik sohada maslahat olish
🔹Tarjibali insonlar bilan (talaba, ishchi, professor) fikrlar almashish imkoniyatlariga ega bo'lasiz.
O'tkazilishi sanasi va vaqti: 30-noyabr (shanba), 11:00-14:00
O'tkazilish joy: Tokyo University of Foreign Studies, Sakura hall
⬇️Agarda tadbirda o'z tadqiqot ishingizni namoyish qilmoqchi bo'lsangiz @bestkanzen ga aloqaga chiqing.
✍️Ro'yhatdan o'tish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd79QnHgVoD9Y1KluTAN8SHMEHsSa1IIz5MATeCbTcJrI9bYw/viewform?usp=sf_link
Biz sizni ILM UCHRASHUVIDA kutamiz!
❤️❤️❤️
⭐️JLPT MASTER da yangi ochiladigan offline N5 yapon tili kursiga taklif etamiz.
👨🏫Sensei: Qayumov Ubaydullo (JLPT N1)
🗓Seshanba/Payshanba/Shanba
🔜1-dars 9-Noyabr
⏰10:00 – 12:00
🎯Darsga qatnashish uchun :
📞94 1621604 | @JLPTMasteruz
🗺Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'chasi 28A
Mo'ljal: Miroz Ulug'bek metro bekati
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook
Yaponiyada o'qishni orzu qilasizmi? 🇯🇵
️Unda "Japan Education Fair 2024" bepul ta'lim ko'rgazmasini ertaga o'tkazib yubormang! Ko'rgazmada siz Yaponiya universitetlariga kirish haqida batafsil ma'lumot, universitet rasmiy vakillaridan individual maslahatlar va savollaringizga javob olishingiz mumkin.
✅ Ko'rgazmada sizni turli ta'lim yo'nalishlari (bakalavr, magistratura va doktorantura) uchun grantlar va stipendiyalar taqdim etuvchi universitetlar, bundan tashqari Yaponiyaning nufuzli tashkilotlari vakillari kutmoqda.
🗓 Sanalar: 5 noyabr (ertaga)
🕰 Vaqt: 09:30 - 17:00
🆓 Kirish bepul (oldindan ro'yxatdan o'tish kerak).
Sizni ushbu manzillarda kutamiz:
📍Toshkent shahri, Amir Temur ko'chasi, 107-B xalqaro biznes markazi, 9-qavat, "Qo'qon" va "Urganch"konferensiya zallari.
Qabul boshlandi
UTokyo Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!
Amaliyot Yaponiyadagi 1-raqamli oliygoh – Tokio universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Jami 10 nafar atrofida bakalavr qabul qilinadi.
Biologiya va unga aloqador boshqa fanlar (jumladan, tibbiyot) boʻyicha bakalavriatdan keyingi taʼlimni olishni hamda karyera qilishni xohlovchi talabalar ariza topshirishi mumkin.
Amaliyot sanasi: 2025-yil 5-iyundan 7-avgustgacha.
Imtiyozlar:
– Bepul turar joy
– 270 000 JPY (1764 dollar) stipendiya
– Yaponiyaga borish-kelish uchun aviachipta
Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/utokyo-amgen-scholars-program-bakalavrlar-uchun-yaponiyada-8-haftalik-amaliyot/
@grantlar
Bunday suhbatlarni bir nechtasini o'zim ham guvohi bo'lganman!
O'qimasangiz bo'lmaydi. Aniqrog'i Yaponiyada yurgan, nafaqat Yaponiya balki chetda o'qiyotgan yigit-qizlarni ota-onasiga o'qitmasangiz bo'lmaydi.
/channel/BahodirIskandarov/519
Akaga yana bir bor respect! Juda ham ta'sirli gaplar bo'libdi.
Balki rostdan ham biroz to'xtab, o'ylab ko'rish kerakdira. Nima deysiz...?
Bu borada menda ham gaplar bor, keyinroq yozaman! 😥
@yapontili_uzbekistan