🔊JLPT Master N3 kursiga qabul e'lon qiladi.
JLPT Master N4 darajaga ega yoki N3 darajadan imtixondan o'ta olmaganlar uchun 5 oylik N3 kursini taklif qiladi. Siz ushbu kursda tayyorlanib iyulda N3 ga itmixon topshirasiz!
🔸12 kishilik guruh shakllantiriladi. Guruh bitta ochiladi xolos.
⏰Darslar haftada 3 kun bo'ladi. Seshanba, payshanba va shanba kunlari. Soat 18:30 da boshlanadi. (O'zbekiston vaqti)
🔹Bir oyda bir marta yapon sensei ishtirokida dars o'tiladi.
💬Boshqa ma'lumotlar batafsil: @JLPTMasteruz ga murojaat qiling!
Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan
Betob vatandoshimizga yordamingiz kerak.
Assalomu alaykum, hurmatli yaponiyadagi vatandoshlar. Vatandoshimiz Ergashev Xumoyun, ushbu yilning janvar oyida Oq-Qon kasalligi (白血病) muolajasi bilan kasalxonaga yotqizildi. Ayni vaqtda Kashiwa Tanaka Kasalxonasida davolash ishlari olib borilmoqda. Vatandoshimiz talaba bo’lgani uchun davolash xarajatlarini qoplash uchun siz azizlardan yordam so’raymiz. Ayni vaqtda davolash ishlari olib borilmoqda.
Aniq necha pul kerakligi aniq emas. Lekin 1,000,000-2,000,000 yen atrofida kerak bo’lishi mumkin.
Yordam berish imkoniga ega bo’lgan vatandoshlarimiz quyidagi hisobga o’tkazishingizni so’raymiz.
Mizuho Bank, 芝(Shiba)
支店 (Flial nomi): 054
口座番号(Hisob ramami):4725769
口座名義(Hisob nomi):ザイニチウズベキスタンセイネンキョウカイ
Ism-sharif: Egashev Xumoyun
27 yosh.
AOI日本語学院 Talabasi
Grant asosida o'qiydi.
Toshkent viloyati Piskent tumanidan.
Murojaat uchun :
Jurabek Khasanov @Khasanov_Jurabek
Jumaev Raxmonali @aoikai_tashkent
🔥JLPT MASTER Noldan yapon tili darslariga qabul e'lon qiladi!
So'rovnomadagi biroz muammolar uchun uzr so'raymiz! Va telegram orqali ham ro'yhatdan o'tish tizimini yo'lga qo'ydik.
✍️Kurs davomiyligi: 4 oy. Siz 4 oyda noldan boshlab yapon tili o'rganib, N5 darajaga chiqasiz.
⏰Ertalabki va kechki darslar mavjud:
🔅Dushanba, chorshanba va juma kunlari soat O'zbekiston vaqti bilan 18:00-20:00 (kechki darslar)
🔅Seshanba, payshanba va shanba kunlari O'zbekiston vaqti bilan 9:00-11:00 (ertalabki darslar)
👨🏫🧑🏫 Ustoz N2 darajaga ega bo'lgan, yapon tili bo'yicha filologiya sohasini bitirgan tajribali sensei!
✅Agar darsga qatnashmoqchi bo’lsangiz @JLPTMasteruz ga aloqaga chiqib, kursga ro'yhatdan o'ting!
Tez orada N3 va N2 darslari uchun ham qabul e'lon qilamiz!
Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan
Muvaffaqiyatsizlikka uchrash yiqilish emas, balki yiqilib qayta turishga jur'at topmaslik haqiqiy muvaffaqiyatsizlikdir!
Yaqindagina Amerikaning basketbolchi afsonasi bo'lgan Maykl Jordan haqidagi hujjatli film :" Last dance" (So'nggi raqs) ni tamosha qilib tugatdim. Undagi Maykl Jordan tilidan aytilgan: Faoliyatim davomida 9000 dan ortiq samarasiz urunishni amalga oshirdim. Deyarli 300 ta o'yinda mag'lubiyatga uchradim. 26 ta o'yinda eng oxirgi hal qiluvchi zarbani menga ishonib topshirishdi, ammo to'pni to'rga tushira olmadim. Qayta qayta muvaffaqiyatsizlikka uchradim. Va bu meni muvaffaqiyatga olib keldi. "
Kecha JLPT imtixoni natijalari chiqdi. Kimdir o'z maqsadiga yetdi. Kimdir esa imtixondan o'ta olmagani uchun hafa, o'qishni to'xtatmoqchi.
Bir yil avval bir yigitdan savol ohangida "Imtixonlardan o'ta olmayapman, pul to'lab bo'lsa ham, o'qishga bormoqchiman. Aka nima deysiz, menga tavsiya bering" deb xabar keldi. "Men u yigitga sizda bir yil bor, harakat qiling, fokusni to'liq yapon tiliga bering. Grant yutib keling." deya javob yozdim. Kecha tunda menga xabar keldi. "Aka harakat qil deb to'g'ri aytibsiz, men harakat qildim va 2-o'rinni oldim, Yaponiyaga grant bilan boradigan bo'ldim!".
Bugun sizga aytmoqchiman. Imtixondan o'tdingizmi, keyingi darajaga harakatdan to'xtamang. Imtixondan o'ta olmadingizmi? Bu fojea emas. Haqiqiy fojea nima bilasizmi? Hammasidan voz kechish, shunchaki voz kechish. Qayta turib, harakat qilib erishsangiz, ertaga sizni hech kim to'xtata olmaydi. Sizda tajriba bo'ladi. Yiqiliganda tura olish va erishish xarakteri shakllanadi.
Xitoyliklarni ajoyib maqoli bor: Muvaffaqiyatsizlikka uchrash yiqilish emas, balki yiqilib qayta turishga jur'at topmaslik haqiqiy muvaffaqiyatsizlikdir!
Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan
🔥JLPT MASTER loyihasidagi Davron senseining o'quvchilari natijalaridan!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Ertaga JLPT natijasi chiqadi
Avvalroq xabar berganimizdek, ertaga dushanba kuni JLPT 2023 dekabr imtixoni natijalari chiqadi.
Natijalarni Yaponiya vaqti bilan ertaga soat 10:00 (O'zbekiston vaqti bilan esa 6:00) da ko'rishingiz mumkin.
📍Test natijasi ko'rish uchun O'zbekistondagilar uchun: https://www.jlpt-overseas.jp/onlineresults/
Yaponiyadagilar uchun esa: https://info.jees-jlpt.jp/
Manba: https://www.jlpt.jp/e/guideline/results_online.html
Ertalab uyg'onib test natijasi qanday bo'ldi ekan deb kutadiganlarga omad tilaymiz. Testdan o'tib JLPTni qo'lga kiritish nasib qilsin!
Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan
#NAT
NAT TEST nima o'zi..?
NAT TEST (Nihongo Achievement Test) standart me'zonlarga asoslangan yapon tilini bilish imtixonidir. Bu ona tilisi yapon tili bo'lmaganlarning yapon tilini bilish qobiliyatini tekshirish testi hisoblanadi.
Birinchi marta 1989-yilda Yaponiyada, keyinroq esa Xitoy, Janubiy Koreya va Tayvan kabi boshqa mamlakatlarda o'tkazila boshlangan. 2007-yilda imtixon rasmiy ravishda NAT Test nomini oldi.
Batafsil: https://telegra.ph/NAT-TEST-haqida-01-18
NAT test nima o'zi deganlarga yuborib qo'yamiz!😅
Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan
Online ta’limda nima ayb?!
O’quvchilar odatda “online o’qisam kallamga kirmaydi”,-deb qo’yadi. Shuni sabablariga bir qiziqdim.
Online darsda o’quvchilardan mikrafoningni yoqib bir gapirchi desam, mikrafonni yoqishi bilan orqa fonda qo’ylarni ovozimiye, pasudalar taqir tuquri, moshinalar shovqini yana bir nimalar eshtilib yotadi.
E, baraka topgur, agar online darsga shundoq kirib qo’ysam kallamga bir nima kiradi deb o’ylasangiz, karantin paytida Zoom orqali o’qigan universitet talabalari hozir nobel olgan bo’lardi. Shunchaki kirdim degani bo’ldi o’qiyman degani emas!
Alohida xonaga kir, kerak bo’lsa xonani qulfla yoki dars qilyapman deb hammani chiqarib yubor. Daftar kitobingni och, telefonni o’rtaga qo’y. Oldinga olmachani to’g’rab bir choy damla. Dars payti 100% e’tiborni shu darsga qaratchi, qani o’sha offline o’qiyotganlardan yaxshi natija qilmaysanmi?!
“Online yaxshimas” deb qo’yishadi. Undan ko’ra “bir o’zim qolsam, bitta joyda o’tirolmaydigan odamman, tepamda turib cho’p bilan urib turadigan bir odam kerak shu uchun online o’qiy olmayman” deyish kerak.
Sharoit, intizom, mehnat - istalgan usulda bilim olsa bo’ladi. Aybni o’zizdan qidiring…
@RS_IELTS
🔥Noldan boshlab yapon tili kurslariga start berdik!
Hurmatli yapon tili o'rgamoqchi bo'lgan yigitlar va qizlarni JLPT Master yapon tili darslariga taklif qilamiz!
Kamida N2 darajaga ega ustozlar dars o'tadigan sifatli online darsda kutamiz!
📍Noldan boshlab yoki N5 daraja uchun o'qimochi bo'lgan yigit va qizlar uchun kursga ro'yhatdan o'tish uchun link:
https://respondto.forms.app/ibrokhimjonabdujabborov/untitled-form
Bu e'lon faqatgina tilni endi o'rganmoqchi bo'lgan va N5 darajani maqsad qilganlar uchun! Boshqa darajalar bo'yicha e'lon keyinroq beriladi.
Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan
🔥Barakat topgur dasturchilar Smile degan ajoyib dastur qilishibdi.
Shu dastur orqali qisqa vaqtda, Google kursi bo'yicha pul o'tqazish mumkin.Qulayligi:
1. Arzon: Google kursida hisobalandi va xizmat haqqi uzog'i 1000 yen oladi.
2. Qulay: Xohlagan vaqtda yuborish mumkin, ilovadagi hisob raqamni bankomatdan to'ldirish mumkin.
3. Yuboradigan insonlar soni cheklanmagan: ya'ni siz yubormoqchi bo'lgan insonni ismi, familiyasi va yashash manzilini kiritasiz xolos. Yuboruvchilar ro'yhatiga xohlagancha insonni qo'shish mumkin!
Qanday ro'yhatdan o'tish esa videoda berilgan!
Ilova: https://smiles.page.link/9rgsMVRG4gzhbegp8?90GFPY
Videoda kamchilik bo'lishi mumkin😅 Qo'ldan kelgancha ijod qilindi. Tanishlarga yuborib qo'yamiz! Osonroq pul jo'natishadi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🤷なんのために勉強するでしょう
Nima uchun o'qiymiz..?
Animedagi haqiqat deydimi😅 Bir ko'rib qo'yasila, yaxshi fikr berishibdi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥YAPONIYA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASIGA ALMASHTIRISH (外免切り替え) HAQIDA
Demak boshladik!
O'zbekistonda haydovchilik guvohnomasiga egasiz. Endi Yaponiyada ham haydovchilik guvohnomasi olmoqchisiz?! (外免切り替え deyiladi yapon tilida) Birinchi e'tibor qaratish kerak bo'lgan jihat, O'zbekistonda olgan haydovchilik guvohnamasi yangi bo'lishi (ID karta shaklida) va Yaponoyaga kirish sanasidan 3 oy oldin olingan bo'lishi kerak. Agar sizda shunday bo'lsa muammo yo'q, borib test va amaliy imtixondan o'tib Yaponiya haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lasiz.
Batafsil o'qish uchun link: https://telegra.ph/YAPONIYA-HAYDOVCHILIK-GUVOHNOMASIGA-ALMASHTIRISH-%E5%A4%96%E5%85%8D%E5%88%87%E3%82%8A%E6%9B%BF%E3%81%88-HAQIDA-05-16
Yuqorida menimcha bir imtixondan o'tish uchun kerak bo'ladigan hamma narsani yozib chiqdim. Kamchiliklar ham bo'lishi mumkin, men shu yo'ldan bordim va imtixondan o'tdim, sizga ham as qotib qolsa xursand bo'laman. Yaponiya yo'llarida oq yo'l tilayman.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
JLPT haqida, yapon tili haqida eng yaxshi va eng yangi kontentlar uchun yangi kanal ochdik! Hali ham qo'shilmagan bo'lsangiz, qo'shilib oling.
Tez orada online darslar haqidagi e'lonlarni ham beramiz!
/channel/jlpt_uzbekistan
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#JLPT
Yapon tili darajasidagi N (N1ーN5) nima ma'noni beradi.?
JLPT dagi N harfi yapon tilidagi....
Davomi..../channel/jlpt_uzbekistan/17
🔥Yaponiyadagi sog'lik zinasi ajoyib g'oya o'ylab topishibdi. Zinadan ko'tarilib borgan saringiz qancha kaloriya sarf qilganingizni bilib borasiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#kotoba
積ん読 (tsundoku) - kitoblar 📚 sotib oladigan, ko'plab kitoblar to'playdigan ammo ularni o'qimaydigan odam
Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan
✍Chet eldagi yaponlar asosan qaysi davlatda yashashadi?
Chet eldagi yapon millatiga mansub yaponlar asosan Braziliyada yashashadi. U yerda 2 millionga yaqin yaponlar yashashadi.
Undan keyingi manzil esa Amerika hisoblanadi. Amerikada 1 million 550 ming 875 nafar yapon istiqomat qiladi.
Kanadada esa 129 ming 425 nafar yaponlar yashar ekan.
2022-yildagi ma'lumotga ko'ra 152 nafar Yaponiyaliklar O'zbekistonda istiqomat qiladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Buni Konbinida ishlaydiganlar tushunadi. Konbinida eshikdan mijoz kirib kelganda,いらっしゃいませ (Xush kelibsiz) deb aytib turiladi.
10 soatlab ishlaydigan odam, 8-soatdan boshlab qanday talaffuz qila boshlaydi. 😆
Konbinida ishlaydiganlarga yuborib qo'yarsila, nima qisa😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Hozirchalik 2 ta N2 daraja haqida aytishdi. O'tgan JLPT uchun faqat N2 darslarini o'qitgandim, 3 ta o'quvchimdan xabar keldi. 2 tasi olishibdi. Yaxshi xabarlarni yana kutyapman😄
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yaponiya tarixida birinchi marta
2020-yildan beri texnik stajyor visa bilan Yaponiyaning "BALCOM"da BMW avtomashinalariga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha ishlab kelayotgan hamyurtlarimizdan 4 nafari Yaponiya hukumati tomonidan yilda 2 marta o'tqaziladigan "Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish imtihonidan (3-daraja)" (国土交通省が所管する自動車整備技能登録試験(三級)) ni qo'lga kiritishibdi.
Ma'lumot uchun bu yaponlar uchun ham qiyin imtixon va yapon tilida bo'ladi. Qiyinlik darajasi esa 10 ta odamdan o'rtacha 6 tasi o'tar ekan. 3-darajani olish esa, 30 yillik stajor viza tarixida birinchisi hisoblanadi.
Yigitlarga malades, bo'shashmanglar. Bu yigitlarga biroz muddat yapon tili o'rgatganman. Haqiqatda ham intiluvchan yigitlar. Biri xattoki, N1 daraja ham olgan. Shunaqa xabarlar ko'payaversin! Yapon tilida ravon gapirishini qarang bularni😄
Nima ham derdim, hamma yerda ham, o'qib, o'z ustida ishlagan inson muvaffaqiyatga erishadi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Noldan boshlab yapon tili kurslariga start berdik!
Hurmatli yapon tili o'rgamoqchi bo'lgan yigitlar va qizlarni JLPT Master yapon tili darslariga taklif qilamiz!
Kamida N2 darajaga ega ustozlar dars o'tadigan sifatli online darsda kutamiz!
📍Noldan boshlab yoki N5 daraja uchun o'qimochi bo'lgan yigit va qizlar uchun kursga ro'yhatdan o'tish uchun link:
https://respondto.forms.app/ibrokhimjonabdujabborov/untitled-form
Bu e'lon faqatgina tilni endi o'rganmoqchi bo'lgan va N5 darajani maqsad qilganlar uchun! Boshqa darajalar bo'yicha e'lon keyinroq beriladi.
Ro'yhatdan o'tish muddati: 19-yanvar 23:59
Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan
🔥Yaxshilik yaxshilik chaqiradi...
限られたときの中でどのぐらいのことができるだろう。
Chegaralangan umrimiz davomida, nimalar qilishimiz mumkin?
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Xatoni hamma qiladi, muhimi oxirgacha harakat qilganlar g'olib bo'ladi.
Avvalgi videoni boshidan berilgan holat ekan, 4-raqamdagi sportchiga ahamiyat beramiz.
Yaponiyada bo'lib o'tgan maktablar o'rtasida o'tkazilgan basketbol musobaqasidan olingan tasvir.
Eng muhimi oxirgi soniyagacha to'xtamaslik!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥JLPT natijasi chiqadigan kun...
Avvalroq xabar berganimizdek, 22-yanvar dushanba kuni JLPT 2023 dekabr imtixoni natijalari chiqadi ekan.
Natijalarni Yaponiya vaqti bilan soat 10:00 (O'zbekiston vaqti bilan esa 6:00) da ko'rishingiz mumkin.
📍Test natijasi ko'rish uchun: https: //www.jlpt-overseas.jp/onlineresults/
Yaponiyadagilar uchun esa: https://info.jees-jlpt.jp/
Manba: https://www.jlpt.jp/e/guideline/results_online.html
Natijani kutayotganlar bormi..?
Ha men kutyapman🔥
Tezroq chiqsin👍
Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan
#JLPT
💸💴JLPT topshirish qaysi davlatda necha pul turadi..?! Bugun birgalikda qaysi davlatda JLPT imtixoni topshirish qancha narx turishini ko'rib chiqamiz.
🇯🇵Yaponiyada JLPT topshirish narxi 7500 円 ( taxminan 640 ming so'm) turadi.....
Davomi.../channel/jlpt_uzbekistan/22
🔥Vatan himoyachilar kuni muborak bo'lsin!
Yurtimizning muhtaram posbonlari! Barchangizni 14-Yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etaman!
Har bir ishda sidqidildan mehnat qilayotgan Vatanimizning munosib o'g'lonlari, barchangizga bayram muborak!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#bilasizmi
Yaponiyada yiliga 1500 ga yaqin yer qimirlashi holati kuzatiladi. Jumladan, kuniga o'rtacha 40-50 marta degani.
2024-yil 1-yanvar kuni bo'lgani yer qimirlashi esa keng ko'lamli bo'ldi. Mamlakat Tinch okeani mintqasidagi faol nuqtalar ustida joylashgan. Bu esa 6852 ta oroldan tashkil topgan mamlakatda kunlik zil-zilalar bo'lishiga olib keladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥🍃☘2024-yil uchun Sakura gullash mavsumi e'lon qilindi.
Yaponiyaga sayohat uchun eng yaxshi vaqt. Tabiat go'zalligi va Yaponiya ramzi bo'lgan Sakura iforini his qilasiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan