#munosabat
Shu orada yurtimizning nufuzli univeristetlaridan biri, O'zbekiston jahon tillari universiteti yapon tili bo'yicha bitiruvchi kurs talabalaridan N1 kursi bo'yicha savollar ko'p tushdi. Menga murojaat qilgan talabalar univeristetda 4-kursni bitirish uchun N1 talabi qo'yilgani, N1 yoki C1 daraja olinmasa diplom ola olmasliklari haqida aytilgan.
Endi biroz o'z fikrimni bayon etsam, talaba bir sohada o'qishga kirgach o'sha sohani yaxshi bilishi, mukammal bilishga rag'batlantirish kerak deb hisoblayman. Buni majburiyat sifatida emas, balki tushuntirish va bu orqali erishish mumkin bo'lgan natijani ko'rsatish orqali erishish kerak.
Esimda bir kuni O'zbekiston yapon tilisi ta'mal toshini qo'ygan ustozim Sugano sensei oldilariga borganimda so'rgandim: "Ustoz darslarda daraja darslariga ham urg'u berilsa, kanji va grammatika shunga moslab o'qitilsa, sifat yanada oshmaydimi?". Shunda ustoz bosiqlik bilan "Ibrohim bilasanmi, bizni vazifamiz daraja uchun o'qitish emas, balki tilda erkin gapira olishi va shu tildan foydalanib ilmiy mulohaza yurita olishi kerak. Biz shunga moslab darslar o'tamiz."
Yaponiyada o'qib N1 olgan nechtadan nechta xitoylik talabalarni ko'rdim. Ularda daraja bor, ammo tildan foydalanib, muhim ilmiy munozalarda qatnasha olishmaydi. Aksincha N2 darajasi bo'lsada, univeristetdagi eng yaxshi ilmiy ish yozgan yurtdoshlarimizni ham ko'rdim.
Menda bu bo'yicha 3 ta savol bor.
Birinchisi: universitetining Yapon tili kafedrasi o'qituvchilarida hammada N1 daraja bormi?!
Ikkinchi savol: bu talabalar birinchi kursga qabul qilingan vaqtda N1 olmasang, bitira olmaysan deb talab qo'yilganmi?!
Uchinchi savol: esa oliy ma'lumot beruvchi universitetning asosiy mazmuni daraja emas, oliy ma'lumot, ya'ni ilmiy doirada fikrlay olish, ilmiy ish yozish va adabiyotlar bilan ishlay olishni o'rgatish emasmi?! Yapon tili darajasi talab qilib qo'yilsa, unda o'quv markazdan nima farqi bor?
Gapim oxirida nima demoqchiman: univeristetda daraja talab qilish emas, balki ilmiy fikrlash, shu tilda ilmiy ish yozishni talab qilish kerak.Bu shaxsiy fikrlarim, qolganini sizga qoldiraman!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Uzoq kutilgan N4 darslari!
Haftada 3 kun. Seshanba, payshanba, shanba kunlari soat 18:00 (22:00) da bo'ladi.
Darsni Ma'murjonov Xasan olib boraman. Yapon tili N2 daraja, Notiqlik san'ati respublika, O'rta osiyo tanlovi sovrindoriman, hozirda Jahon tillari universiteti talabasi!
Dars sifatiga qatnashib baho berasiz. Bir oyda bir marta yapon ustoz alohida eshitish va suhbat bo'yicha dars o'tadilar.
Darsga qatnashmoqchi bo'lsangiz @Japan_teacher1 ga aloqaga chiqing! Guruh bitta ochiladi xolos, shunga shunchaki kutib o'tirmang!
🔥🥱Kam uxlaydigan Tokyo
Yaqin qarindoshim xizmat safari bilan Tokyoga keldi, birga aylandik. Shaharni ko'rsatdim. Birinchi bergan savoli zo'r bo'ldi. Nega odamlar poyezdda uxlab ketishadi?!
Ha rostdan ham shunday poyezdda yaponlarchalik ko'p uxlaydigan odamlar bo'lmasa kerak. Bunga sabab esa ertalab soat 6 dan ishga borishlari va kech qaytishlari sabab menimcha.
Yaqinda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bergan ma'lumotga ko'ra: Tokyo ishchilari New York aholisdan 36 daqiqa, Parijda ishlaydigan ishchilardan 54 daqiqa kamroq uxlashar ekan. O'rtacha uyqu vaqti esa 6 soat ekan. Faqatgina 23% ishchilargina 7 soat yoki undan ko'p uxlashar ekan.
Shunaqa Tokyoda ishlab, yashash oson emas. Kam uxlaysiz va ko'proq yo'lda yurasiz. Shunga men ham ajoyib odat o'rgandim, smart watchni tushish bekatim vaqtiga qo'yamanda shartta uxlavoraman. Qarabsizki, yo'lda ham 1 soat uxlab qo'yaman. Uyga qaytganda esa keyin uyqu vaqti soat 12 yoki 1 ga aylanib ketyapti. 😅
Siz necha soat uxlaysiz?
6 soat uxlayman👍
7-8 soat bo'lsa kerak🔥
Men 8 soatdan ko'p uxlayman🤩
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Karate bo'yicha musobaqa. Yaponiya ochiq chempionati. Bu yog'ini faqat ko'rish kerak😅🥋
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥N1 daraja olgan 3 ta o'quvchim natijalari! Yozda olishgan Sertifikat chiqibdi!
Hali ham online dars bo'yicha o'ylanyapsizmi?!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
‼️Minasan dars bo'yicha e'lon N3 guruhda 5 ta joy bor.
Darslar seshanba, payshanba va shanba kuni soat 18:00 da bo'ladi. Kimdir dars qanday bo'ladi degan savol bo'lsa, yuqoridagi post linkidan kirib o'qib olsangizlar bo'ladi./channel/yapontili_uzbekistan/20974
Aloqaga chiqish uchun @bestkanzen
Darslar odam toplanishiga qarab keyingi haftadan boshlanadi!
N2 kursi to'ldi. N2 ga qabul yopildi. N4 bo'yicha esa N3 guruhi to'lgach xabar beraman.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Diqqat N3 darslari
Haftada 3 kun seshanba, payshanba, shanba kunlari 18:00 da bo'ladi (Yaponiya vaqti 22:00)
Kursga qatnashmoqchi bo'lsangiz aloqaga chiqing!
@bestkanzen
Guruh to'lishiga oz qoldi. Darslar 19-dekabrdan boshlanishi reja qilingan.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥👵👴Qariganda ham birgalikda maqsadlar qo'yib, harakatdan to'xtamaslik uchun qanday inson bo'lish kerak ekan a?!
Ma'lumot uchun videodagi otaxon 90 yoshda, onaxon esa 87 yoshda😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Tabiat bag'rida maqola yozish! Kislorod ko'p joyda miyani sal ishlatmasak, negadir ishlamay qolyapti😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Xulosani sizlarga qoldiraman...!😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Assalamu alaykum! Hurmatli yapon tili o'rganmoqchi bo'lganlar! N2 va N3 darsiga qatnashmoqchi bo'lgan bo'lsangiz, ammo link orqali kira olmagan bo'lsangiz, menga aloqaga chiqinglar. @bestkanzen Link 50 kishi uchun edi. Link orqali to'ldirish to'lib qoldi./channel/yapontili_uzbekistan/20962 Linkdan kirib javob berganlarga, dushanba kungacha aloqaga chiqamiz. Linkdan javob berganlar yozishingiz shart emas.
Tez orada ajoyib kurs bo'ladi va nasib qilsa, 18-dekabrdan darslar boshlanadi.
Keyinroq nega bu darsda qatnashishingiz kerakligi bo'yicha ham alohida yozaman. N4 bo'yicha ham alohida e'lon beriladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Diqqat yapon tili kursi bo'yicha e'lon!
❗️N2 darsi
Dushanba, chorshanba, juma kunlari 18:00 (Yaponiya vaqti 22:00)
❗️N3 darsi
Seshanba, payshanba, shanba kunlari 18:00 ( Yaponiya vaqti 22:00)
Darslar men va Davronbek sensei tomonidan olib boriladi.
‼️ Agarda JLPT N2 yoki N3 olish va Yapon tilida tushunish qobilaytingizni oshirmoqchi bo'lsangiz, Iyulda imtixon topshiraman desangiz ushbu kurs siz uchun!
Quyidagi link orqali kirib, so'rovnomaga javob bering. Keyin sizga aloqaga chiqamiz.
https://survey.sogolytics.com/r/1ugTMg
So'rovnoma faqat N2 yoki N3 darsiga qatnashish uchun maqsadi qat'iy bo'lganlar uchun!
N4 bo'yicha ham tez orada yaxshi xabar yozaman!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
G’alaba aniq, sabr qila olsangiz bas.
Yoshlar kuniga 2,5 soat tarmoqda. 4 soat o’yinlar bilan. 3 soat televizor oldida.
Uxlashga qancha ketsa, isrofga ham shuncha ketyapti.
Vaqt rezinka emas, isrof ko’paymoqdami, nimadir kamayyapti.
Kitob, yurish, o’ylash, yozish, to’liq ishlash- qirilib ketish oldida turgan birinchi nomzodlar.
Qirilish arafasidagilar qizil kitobga kiradi. Qizil kitobdagilarni qidirishadi, asrashadi, katta haq to’lashadi.
Vaqtni isrof qilish bugungidan osonroq bo’lmagan.
Qadrli bo’lish ham bugungidan osonroq bo’lmagan.
Chalg’imay ishlang, kitob o’qing, o’ylang, yuring, yozing - g’alaba aniq, sabr qila olsangiz bas.
Manba: @azizrakhimov_blog
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥今日も一日前向きに頑張りましょう!
Bugun ham yana bir kun o'z orzularimiz va majburiyatlarimizni unutmagan holatda oldinga intilaylik!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#yapontili
❄️☃️Yapon tilida qishga oid eng ko'p qo'llaniladigan 15 ta so'z:
1. 冬 (ふゆ) qish
2. 寒い (さむい) sovuq
3. 雪 (ゆき) qor
4. 雪遊び (ゆきあそび) qor o'ynash
5. 初雪 (はつゆき) birinchi qor
6. 雪合戦 (ゆきがっせん) qor bo'ron o'ynash
7. スキー chang'i uchish
8. 雪だるま (ゆきだるま) qorbobo
9. お正月 (おしょうがつ) yangi yil
10. 年越しそば (としこしそば) yaponlar yangi yil kuni asosan soba (lag'mon) yeyishadi. Hayotlari soba kabi uzoq bo'lishini xohlashgani uchun shunday qilishadi.
11. おせち Yangi yil kuni dasturxonga tortiladigan, hamma masaliqlar qo'shilgan taom, keyingi yilga omad tilash maqsadida iste'mol qilishadi
12. 年賀状 (ねんがじょう) Yangi yil bilan tabriklash kartasi
13. 炬燵 (こたつ) stol tagiga pechka qo'yilib, ustiga ko'rpa to'shab o'tirish (sandal desa ham bo'ladi)
14. 焼き芋 (やきいも) cho'g'da pishirilgan shirin kartoshka
15. 雪見 (ゆきみ) qor tamosha qilish
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yaponiyada homestayda bo'lgan otamning facebook sahifasida bugun shu postni korib qoldim.
OTA-ONAlar ko'ngilli sifatida maktab atrofini qordan tozalashibdi. Umid qilamanki, nimadan ta'sirlanganim va post joylaganimni tushundingiz!
Manba: Facebookdan Umida Haydarova profilidan olindi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#savol
Yapon tili maktabiga bormoqchiman. Nima tavsiya berasiz?
To'g'risi shu haqida ko'pdan beri yozmoqchi edim. Shunchaki oddiy javob, agar asosiy maqsad pul bo'lsa kelavering.
Lekin bir narsani o'ylab ko'ring, shu pulga biroz ingliz tili o'qib, to'g'ridan to'g'ri universitetga kelsa ham bo'ladi. 4 yilda tezda o'tadi. Keyim ishga kirasiz. O'sha siz o'ylagan pul, ko'proq keladi. Sabr qilib, keyinroq ko'proq narsa xohlasangiz univeristetga keling. Agar maqsad faqat vaqtincha pul topish va yoshlikni shunga sarflab yuborish bo'lsa yapon tili maktabiga kelavering!
*Bu shaxsiy fikrim!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥 Va nihoyat N4 darslari!
Haftada 3 kun. Seshanba, payshanba, shanba kunlari soat 18:00 (22:00) da bo'ladi.
Darsni HASAN sensei olib boradi. Yapon tili N2 daraja, Notiqlik san'ati respublika tanlovi sovrindori, hozirda Jahon tillari universiteti talabasi!
Dars sifatiga qatnashib baho berasiz. Bir oyda bir marta yapon ustoz alohida eshitish va suhbat bo'yicha dars o'tadilar.
Darsga qatnashmoqchi bo'lsangiz @Mamurjonov_Xasan yoki @bestkanzen ga aloqaga chiqing! Guruh bitta ochiladi xolos, shunga shunchaki kutib o'tirmang!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥 Oramizda shunaqa insonlar ham bormi?! 😁 Qorboga xat: "Dars qimasam ham, yapon tilini yaxshilab bilib olay!"🎅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥N2 kursida 3 oy o'qigan 2 ta o'quvchim N2 olishibdi.Ustoz uchun bundan yaxshi xabar yo'q. Inson juda ham xursand bo'ladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
‼️Keling bir ish qilamiz! Quyidagi izoh qismiga hozirgacha kursga qatnashgan o'quvchilar erinmasdan kursga qatnashib nima olganingiz va nega men o'qitadigan darsga qatnashish kerakligi bo'yicha fikringizni yozib qoldiring. Avval fikr so'rasam yaxshi tomonlari haqida yozmang derdim dars tugatganimda. Endi ham yaxshi, ham yomon tomonlarini bemalol yozsangiz bo'ladi.
Kursga qatnashmoqchi bo'lganlar uchun esa bu 参考 bo'lib xizmat qiladi.
#motivatsiya
Hayot mo'jizasini tushunishning yagona yo'li. Biz tavakkal qilishimiz kerak. Biz hayotning mo'jizasini faqat kutilmagan voqealarga yo'l qo'yganimizda tushunamiz.
✍Alkimyogar kitobidan
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#motivatsiya
Alloh nasib qilmaydigan narsalarni hayol qildirmaydi!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Yuqoridagi gaplar ko'pchilikka ta'sir qib ketdi😅! Ko'proq yozib turaman shekili. Yaponiyadagi o'quvchilar hammasi eslab qolishdi😃
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Eng yaxshi narsani xohladingizmi, shunga munosib harakat qiling!
Chetga chiqqan odam ko'p savol berishni boshlaydi. Nega kitobni elektron varainti yo'q, shundan kopiya qilib olsam nima bo'ladi, yangi kitob olish shartmi?
Birodar siz ilm xohlayapsiz, ilm olish uchun, eng yaxshi narsanj ishlatish uchun uni yaratgan, yozgan insonni mehnatini rozi qilish kerak. Shunda sizga u haqiqatda ham foyda olib keladi. Va qandaydir natija erishasiz.
O'z tarjibamdan bir voqeani aytib bersam, bundan 2 yil avval bir yigit menga yozdi, "sensei sizdagi N3 darslarini to'xtatmoqchiman, men ingliz tili o'qimoqchiman. " U yigitdan maqsadi nima ekanligini soradim. " Maqsadim univeristetdan grant yutib Yaponiyaga borish, shu tufayli ikkita kursga pul yetqiza olmayapman". Men vaziyatni tushundim. Shunchaki unga bir gapmi yozdim.
Sizni tushunaman, lekin bir narsani o'ylab ko'ring. Siz boradigan yurt Yaponiya. U yerga grantni univeristetdan yapon tili orqali yutasiz. Kursga to'lagan to'lovingiz bir yil uchun 500$ dan ortmaydi. Lekin bir oylik stipendiya 1000$. Nima deb o'ylaysiz? Bu kurs narxiga arziydimi?!"
Oradan 2 kun o'tgach javob keldi, ustoz men o'ylab ko'rdim. O'qiyman. Shu yigit o'sha yili qattiq o'qidi va grant yutdi. Yaponiyada hozir o'qiyapti. N2 darajaga ham ega bo'ldi. Lekin bir bora bo'lsa, ham o'sha kuni tashlab ketmay to'g'ri qilibman deb yozmadi. Lekin grantni yutgani, N2 olgani menda o'sha yigitga nisbatan hurmatimni oshirdi.
Bu yerdan men bir narsani aytmoqchiman. Hayotda qachondir nimadir qimmatli narsaga, qadrli narsaga erishishingiz uchun siz eng yaxshi narsani olishingiz, vaqtingizni sarflashingiz kerak. Shunchaki mehnat qilmay, eng yaxshi narsaga harajat qilmay yetib bo'lmaydi. Ayniqsa, ta'limga qilingan investitsiya o'zini oqlaydi, nafaqat oqlaydi balki sizga qachondir 100 barobar qilib o'zini olib keladi.
Shunga eng yaxshi narsani xohladingizmi? Harakat ham shunga munosib bo'lsin! Ertaga ishga borsangiz, ishxonaga siz ilmingiz, hunaringizni qimmat sotish uchun (yaxshi oylik nazarda tutyapman) yaxshi ilm oling va nimadir o'rganishni boshlasangiz oxirigacha boring! Qimmat sotish uchun, biroz harajat qilishga ham o'rganing.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#animepost
Kuroka Basketboll animesida ajoyib jumla bor: "yiqilib tushish uyatli holat emas, qayta turmaslik haqiqiy uyat!"
Bugungi kuningiz hayrli bo'lsin!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Chibli animelarini yoqtiradiganlar bormi? Keling, birgalikda videoni ko'rib eslaymiz.
Tonari no Totoro animesida ajoyib jumla bor: "Kulishga harakat qil. Shunda sen qo'rqqan narsa ortga chekinadi."
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#JLPT
🔥2023-yil iyul oyida O'zbekistonda o'tqazilgan JLPT imtixonida nechta odam test topshirgan?
2023-iyul iyul oyidagi imtixonda O'zbekistondan 717 kishi hujjat topshirgan va ulardan 622 nafari testga qatnashgan.
Bu borada bizda topshiruvchilar soni qardosh davlatlar hisoblangan Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozarbayjondagi topshiruvchilarning umumiy sonidan ham ko'proq.
Manba: https://www.jlpt.jp/e/statistics/archive/202301.html
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#hazil
Izohsiz rasm🤣 Keyingi imtixonga yaxshilab o'qib kelgin😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
☃️Yaponiyada qish havosi❄️🌨 Ammo Tokioda qor yo'q⛄️😐 Qor yog'sin bizda ham deganlar bormi?!
Ha qor yog'sin🔥
Men qorni yaxshi ko'raman👍😁
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan