yapontili_uzbekistan | Неотсортированное

Telegram-канал yapontili_uzbekistan - Yapon tili va Yaponiya

2866

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen

Подписаться на канал

Yapon tili va Yaponiya

🔥Agar siz nimadir qilishga imkon deyarli yo'q deb o'ylayotgan bo'lsangiz, shu videoni tamosha qiling.

Yaponiyada bo'lib o'tgan maktablar o'rtasida o'tkazilgan basketbol musobaqasidan olingan tasvir.

Eng muhimi oxirgi soniyagacha to'xtamaslik!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

5 daqiqada boshlaumiz

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

❗️ Endi 12 ta ish sohasi qamrab olinadi

Biroz avval 技能実習 vizasi o'rniga ishlab chiqalayotgan yangi 育成技能 vizasida endi ish sohasi 12 ta ish turini qamrab oladi. Bunga esa 特定技能 (maxsus malaka vizasi) 12 ta ish sohasini qamrab olganligidadir.

12 ta soha esa qaysi sohalar:
1. Qariyalarni parvarishlash
2. Binolarni tozalash
3. Ishlab chiqarish, elektr bilan bog'liq ishlab chiqarish sohasi
4. Qurilish sohasi
5. Kemasozlik
6. Avtomobil ta'mirlash
7. Samalyotsozlik
8. Mehmonxona
9. Qishloq xo'jaligi
10. Baliqchilik
11. Restoran
12. Oziq-ovqat ishlab chiqarish

Ps: Bu yangi tizim uchun berilgan takliflar, bu haqida aniq va batafsil ma'lumot 2024-yil boshida aniq bo'ladi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#iboralar

✅1-qism

쥐 구멍에 들어가고 싶은 기분이었다- sichqonning iniga kirib ketgandek bo'ldim

🇰🇷 T.ME/HABKOREAN 🇰🇷

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

‼️Yangi tizim 技能実習 emas 育成技能 bo'ladi

Biroz avvalroq stajor vizani almashishi va unga kiritilishi kutilayotgan yangiliklar haqida yozib o'tgandim. Endi stajor viza 育成技能 (ikusei ginou) deb nomlanadi.

Bu vizada oyliklar qanday bo'ladi?! Kutilayotgan yangilikka ko'ra, oylik avvalgidek 外国人への支払う給料水準 bo'yicha emas, balki 日本人へ支払う給料と同程度 ya'ni yapon ishchilari bilan bir xil darajada bo'lishi alohida belgilab qo'yilishi kutilmoqda.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💦Yomg'irdan keyingi quyosh🌤 ko'rinishi. Go'zal tabiat manzarasi 🍃

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#fakt

📮Dunyodagi dunyodagi eng chuqur suv tubida joylashgan pochta qutisi (post box) Yaponiyaning Wakayama prefekturasida joylashgan mashhur baliqchilar shahri bo'lgan Susamida joylashgan. Suv ostidagi pochta qutisi 10 metr (30 feet)🌊 chuqurlikda joylashgan.

2002-yilda Ginnes rekordlar kitobiga ham kiritlgan. 1999-yildan beri 32 mingdan ortiq xat va xabarlar ushbu qutidan olingani haqida ma'lumot berilgan.

Ps: Suv tubiga pochtachilar qanday tushishar ekan. Daryo bo'yiga qurib qo'ya qolsa nima bolarkin😄. Shu yaponlarga ba'zida tushunmayman😅

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Oson Yapon tili podkast 1-son

Bizda endi yangi loyiha: Oson Yapon tili podkast. Bunda nima o'rganasiz? Avvalo, yapon tilini o'rganish uchun kerakli kitoblar, dars qilish bo'yicha muhim tavsiyalar, N5 darajadan N1 darajagacha bosib o'tilgan yo'l, yapon tilini qanday qilib samarali o'rganish.

🎙Bizda birinchi mehmon : hammaga Hori sensei nomi bilan mashhur bo'lgan Xolmirza Ergashev

⌛️Uchrashuv vaqti: 1-noyabr (chorshanba) kuni soat 18:30 (Yaponiya vaqti bilan 22:30)

💥Endi yapon tilini qanday o'rganish va yanada samarali dars qilish haqida podkastda gaplashamiz!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🍂🍁🍃Hokkaido juda ham chiroyli manzara. Shunday manzarada chuqur nafas olib, sayr qilishga hech nima yetmasa kerak!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Boooooooooooom

Stajor vizada bo'lishi kutilayotgan o'zgarishlar haqida qisqacha

Stajor viza muddati: Eng ko'pi bilan 5 yil ishlash mumkin edi (Tokutei ginou vizasiga o'tkazish cheklangan) → 3 yil ( Tokutei ginou vizaga o'tkazish orqali muddatini uzaytirish mumkin)

Stajor viza maqsadi: kadrlar tayyorlash orqali xalqaro yordam ko'rsatish → Kadrlarni shakllantirish va ularni tayyorlash

Ishni o'zgartirish: mumkin emas edi → Bir yildan so'ng almashtirish mumkin. Tarjibaga ega bo'lish va kamida JLPT N5 darajaga ega bo'lish.

Yapon tili darajasi: avval shart emas edi → Ish boshlashdan avval boshlang'ich darajada yapon tilini bilish

Tokutei ginou vizaga almashtirish: o'tkazish mumkin bo'lmagan sohalar mavjud edi → Hamma sohaga almashtirish mumkin

Ps: Ya'na batafsil bu haqida yozaman! Izohlab bu haqida maqola shaklida ham yoritib beraman. Stajor vizadagilar uchun ajoyib loyihalar bor. Kanalga a'zo bo'b qo'yila afsus qimaysila. Satjor vizada ishlayotgan va kelmoqchi bo'lganlar yuborib qo'yamiz😄

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

😁🤷‍♂ Sumo kurashchilari bilan to’la samolyot ortiqcha vazn tufayli ucha olmadi

Japan Airlines aviakompaniyasi Tokiodan parvozni boshlashidan oldin unga butun bir sumo jamoasi ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi. O'rtacha har bir kurashchining vazni 120 kgni tashkil qiladi, bu kompaniya hisob-kitoblaridan sezilarli darajada yuqori.

Oxir-oqibat, sportchilarning yarmini samolyotdan tushirish, yana bir maxsus reys tayyorlab, unda manzilga yetkazishga to’g’ri keldi.

Ps: Ba'zida shunaqasi ham bo'lib turadi🤷‍♂🤦‍♂

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🍂🍁Hademay Yaponiya degan rasm! 紅葉 sizga yoqadimi?

🍂Ha menga yoqadi👍
🍁Albatta🔥

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Yaponiyadagi haykal ostidagi bitiklar

Insonning og'irligi (qiymati) uning vazni yoki bo'yining balandligiga emas, uning o'qigan kitoblariga qarab belgilanadi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🚈👨‍✈️🧑‍✈️Bekatdagi insoniylik

Ko'zi ojiz ayol poyezdga chiqishga harakat qilmoqda. Biroz qiynalgani uchun ham vokzal xodimi kelib yordam bermoqda. Bunday holatlarda yaponlarga yetadigani yo'q.

Aravachada bo'lsa, aravachasi qaysi vagon, qaysi eshikdan kelib chiqishini ratsiya orqali bilib, tushishiga tayyorlanib turishadi xattoki.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

⁉️ Agar bu ishni qilsangiz 4000$ ga yaqin jarima to'laysiz!

Yaponiyada xat yuborish uchun mo'ljallangan 📮post box (pochta qutilari) lar ko'p uchraydi. Agarda post box ichiga 🍦muzqaymoq tashlab qo'ysangiz, 500.000 yen jarimaga tortilasiz yoki 5 yilgacha qamalishingiz mumkin.

Bu pochta haqidagi qonun-qoidalarning 78-bandida aniq qilib yozib qo'yilgan. 2006-yilda Saitamada bunday holat kuzatilgan. 42 yoshli erkak shokoladli muzqaymoqni pochta qutisiga tashlagani uchun jazoga tortilgan.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Oson Yapon tili podkast 1-son

Podkastda yapon tili o'rganish, daraja olish kerakli kitoblar, gapirish qobilyatini oshirish uchun foydali websitelar haqida gaplashdik. Suhbatdoshimiz til o'rganish uchun qunt, qiziqish, sabr va eng muhimi muhit kerak ekanligini ta'kidladi. Qolganini eshitib olasiz!

🎙Bizda Hori sensei mehmon bo'ldi.

💥Suhbat davom etadi. Yapon tilini biz bilan samaraliroq o'rganing! Unutmang: Haqiqiy bilim, barcha eng qimmatli narsalar kabi, osonlik bilan erishilmasligi kerak. Shunda yanada qadirliroq bo'ladi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Demak bugun suhbat vaqti! Birgalikda podkastda ko'rishamiz. Soat 18:30 da boshlaymiz.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Orzular poyezdi Totoro🚂

Yaponiya va yapon tiliga qiziqqanlar orasida Totoroni bilmayidgan odam yo'q deb o'ylayman. Totoro poyezdi, ajoyib lavha🚂🚇

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Oson Yapon tili podkast 1-son

Bizda endi yangi loyiha: Oson Yapon tili podkast. Bunda nima o'rganasiz? Avvalo, yapon tilini o'rganish uchun kerakli kitoblar, dars qilish bo'yicha muhim tavsiyalar, N5 darajadan N1 darajagacha bosib o'tilgan yo'l, yapon tilini qanday qilib samarali o'rganish.

🎙Bizda birinchi mehmon : hammaga Hori sensei nomi bilan mashhur bo'lgan Xolmirza Ergashev

⌛️Uchrashuv vaqti: 1-noyabr (chorshanba) kuni soat 18:30 (Yaponiya vaqti bilan 22:30)

💥Endi yapon tilini qanday o'rganish va yanada samarali dars qilish haqida podkastda gaplashamiz!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Yapon somsasi🍙🍘

O'zbekistonda eng mazali oson tayyorlanadigan yegulik bu somsa deb o'ylayman. Ham mazali, ham to'yimli, ham cho'ntakbop.

Yaponiyada ham おにぎり deb ataladigan yegulik bor. Men buni yapon somsasi deb nomlayman. Turli ta'mlilari bor. Videoda おにぎり男 (onigiri yigit) nomi bilan mashhur bo'lgan oshpaz yigitchani ko'rishingiz mumkin.

Yaponiyada yashaydiganlar uchun savol: ongiri sizga yoqadimi?

Ha har kuni yeyman👍
Juda ham mazali🔥
Boshqa narsa yo'qligidan yeyman😁

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yapon tilini endi boshlagan va N5,N4 daraja uchun harakat qilayotganlarga tavsiya qilaman.
/channel/Yapontilidarslari_uz

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

‼️Albatta o'qib chiqing!

Tokyoda kecha tarqagan voqeaga nisbatan juda ham yaxshi munosabat bo'libdi. Bir o'qib ko'rsangizlar foydadan holi bo'lmaydi.
https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=pfbid02fFqx2vKe1CTrbfjmZkN2RBSjfpGUkowF3L3MpFeyA1cFZvW14qqqgGgi7Qimonyul&id=100004966715819

Bu link orqali esa poyezdda va avtobusda yurganda tuhmatga qolmaslik uchun qanday o'zini tutish bo'yicha yaxshi tavsiya yozishibdi. https://www.facebook.com/groups/1381781302093337/permalink/3616217985316313/

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#munosabat

Kecha Yaponiyada noxush xabar tarqadi. Bir akamiz sal noxush ish qilganliklari bo'ldi. Bu isbotini topgan, bazi joylarda esa beaybligi aytildi deb xabar berildi. Men bu yigit haqida emas, balki umuman Yaponiyaga kelgan va kelayotgan yurtdoshlarimizga ozroq murojaat qilmoqchiman.

Yaponiyaga kelgan yurtdoshim, siz o'zga yurtda bir yurt nomidan ish yuribsiz, bu yerga o'z oilangiz ta'minlash, o'z orzularingizni amalga oshirish uchun kelgansiz. Yaponiya shunday katta davlatki, 130 millionga yaqin aholi yashaydi. Yaponiya shunday kichik mamlakatki, chet ellik bir ish qilsa uni 100 martalab bo'rtirib, hammaga yetqazishadi.

Yaponiyada ochiqchasiga aytishmasada chet elliklarni yoqtirmaydigan odamlar juda ham ko'p, shu tufayli ham bir inson nimadir nomaqbul harakat qilsa, uni mamlakati haqida yozishadi. Shunga qadamni o'ylab bosaylik, chiroyli odatimiz, o'zimizni tutishimiz bilan, haloligimiz bilan o'rnak bo'laylik.Inson aybdor bo'lsa, e'lon qilishga shoshiluvchilar ko'p, lekin keyin uni oqlanganini e'lon qilishmaydi. Shuni unutmaylik.

Eng katta tavsiya yigitlarga kinoni kamroq ko'raylik, Yaponiya kinolardagi kabi emas.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

‼️Univeristet yaxshi reyting olishi uchun binosi chiroyli bo'lishi kerak?!

Kecha Tokyodan 100 kmga yaqin uzoqolikdagi Tsukuba shaharchasiga bordim. U yerda juda ham ajoyib bo'lgan bir kun o'tqazdim deb ayta olaman. Sizga tabiat manzaralari, u yerda ta'lim olaytogan do'stlarim, do'stim tayyorlab bergan mazali palov haqida emas, balki 258 gektarlik, hozirda dunyodagi 400 talik reytingga kiradigan, Yaponiya universitetlari ichida to'qqizinchi o'rinda turadigan (Yaponiyada 800 taga yaqin univeristet bor) Tsukuba univerisiteti haqida yozmoqchiman.

Bu shunchaki univeristet emas, haqiqiy shaharcha. Men o'zim o'qiydigan Tokyo chet tillar univeristeti Tsukuba univeristeti oldida o'quv markazdek tasavvur qildim. 300 ga yaqin sport turi mavjud bo'lib, tennisdan tortib, ot minishgacha shug'ullanish imkoniyati bor. Hududida esa halol do'kon ham, xattoki supermarket ham joylashgan. Univeristet ichida avtobus aylanib yuradi. Piyoda menimcha aylanib chiqish uchun 1 kum yetmaydi, har holda velesopedda 3 soat sarfladik. Lekin kutubxonasi va ijtimoiy fanlarga ixtisoslashgan tadqiqot markazi binosini hisobga olmaganda, binolar ichiga kirishga ulgurmadik.

Endi men men kirgan tadqiqot xonasi haqida gapirmoqchiman. U yerga kirganda, rasmda ko'rganingizdek xonada hamma narsani topish mumkin. Kitobdan tortib, kompyuter, o'quv doskasi, qozon, divan, yog, piyoz, kartoshka, kofe, choy.... Xullasi hamma narsa bor, ham o'qiysiz, ham uxlaysiz, ham ovqat pishirasiz. Sharti, o'qisangiz bo'ldi. Bino holati juda ham eski, ichiga kirgan odam, aniq aytaman agar birinchi marta Yaponiyaga kelgan bo'lsa, shumi univeristet, shumi Yaponiya. Qani chiroyli xonalar, chiroyli mebellar, zamonaviy kompyuter deb yuboradi va bu yerda o'qiy olmayman deydi. Lekin men ko'rgan yaponlar undey emas, ular uchun muhit muhimroq.

Binoni eskiligi esa, darz qilishga halaqit bermayapti. Xona bo'lsa, u yerda inson o'zini uyidek his qilsa bo'ldi. Muhimi ilm qilsin, u yerda ovqatlanadimi, uxlaydimi tadiqoqitini qilsin degan muhitni ko'rdim.

Shu o'rinda bir gap esimga, keldi. Kitobni muqovasiga emas, uni mazmuniga qarab, sizga beradigan foydasiga qarab baholash kerak.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Eshitmay qolmang! Albatta boring!

6-noyabr kuni Yaponiya universitetlari ko'rgazmasi bo'lib o'tar ekan. Borishni tavsiya qilaman. Hech bo'lmaganda shu akamizni /channel/aumirdinov suhbatlarini olish uchun ham boringlar!

Afsus qilmaysiz, menga ishonavering. Katta maqsad bilan qaytasiz. 6-noyabr kunini alohida belgilab qo'ying.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

⚡️Diqqat tanlov!

Qadrli vatandoshlar!

📖 “Vatandoshlar” jamoat fondi
21 oktabr - O'zbek tili bayrami munosabati bilan "Qadri baland ona tilim" nomli tanlovni e'lon qiladi!

Tanlovda xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin.

📥Tanlovga ijodiy ishlar @vatandosh_tanlov_bot Telegram manzili orqali qabul qilinadi.

Mazkur ijodiy ishlar tanlovi shartlari bilan batafsil 👉🏻
shu yerda tanishing!

💬Facebook | 📸Instagram |📹 YouTube |
🌍Web-site

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🧐Taxtadan yasalgan savdo avtomati?!

Yaponiyadagi eng ko'p ko'zga tashlanadigan narsa bu 自動販売機 (elektron savdo aparatlari) hisoblanadi. Unda suvdan tortib, shokolad, taomlar, o'yinchoqlargacha sotiladi.

Shunday savdo avtomatining yog'ochdan yasalgani ham bor ekan Omori shahri Iwamida joylashgan bu savdo avtomati 2007-yilda Jahon madaniy merosi yodgorligi sifatida Yuneskoga kiritilgan ekan.

Suvni qanday sovutib turilar ekan bu yog'ochdan yasalgan savdo avotmatida. Juda ham qiziq😄

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

❄️⛄️Tabiiy muzlatkich

Yaponlar ham qishda elektrdan tejash maqsadida qor ichiga narsalarini qo'yib, muzlatkich sifatida foydalanishadi. Elektrni tejang degan rasm😄 Menimcha Hokkaido taraflarda bo'lsa kerak bu holat, yana bilmadim.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🚨🚘💦 Yomg'irda ehtiyot bo'lib haydang

Yaponiyadagi yana bir noodatiy jarimalardan biri: yomg'ir yog'ayotgan vaqtda, yo'l chetidagi odamga suv sachratish uchun belgilangan.

Agar haydovchi e'tiborli haydamay, yo'l chetida ketayotgan yo'lovchiga suv sachratsa buning uchun 7000 yen (50$) miqdorida jarima to'laydi.

Hurmatli haydovchilar. Yomg'ir vaqtida ehtiyot bo'lib mashina haydaymiz😅

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥😁Kulgu vaqti

Poyezda ketayotgan erkaklar hamma yerda bir xil degan hazil video😅 Ertalabdan kayfiyatni ko'taramiz! Lekin Yaponiyada allaqachon abet bo'ldi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…
Подписаться на канал