👷♂👷Yaponiya yo'llaridagi yo'l nazoratchilari
Qurilish maydonlari, parkovka, yo'l ta'mirlash joylari, avtobus bekatlari kabi mashina qatnovi mavjud bo'lgan hududlarda yo'l qatnovini tartibga solib turuvchi ishchilar bor. Ular avvalo inson xavfsizligi va avtohalokat oldini olishga harakat qilishadi. Hurmat bilan "biroz kutib turing", "katta rahmat", "e'tiborli bo'lib haraktlaning" deb tartibga solib turishadi. Tasavvur uchun esa videoni ko'rib olasiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#話し言葉
Ossu! おっす!
Yaponiyada ko'cha tilida uchraydigan asosiy so'zlardan biri bo'lgan おっす aslida おはようございます (hayrli tong) so'zining qisqartmasi hisoblanadi. Asosan do'stlar va tengdoshlar orasida salomlashish uchun ishlatiladi. Hozirgi nafaqat tongda, balki kun davomida ham salomlashganda ko'p ishlatiladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🎧Har kuni bitta podcast
Yapon tili o'rganishda faqatgina grammatika o'qish, so'z va kanji yodlash emas, balki gapira olish va tushuna olish uchun eshitish va tushunishga harakat qilish ham muhim. Yo'lda, avtobusda, metroda vaqtni gaplashishga emas, balki eshitishga sarflashga nima deysiz. Yo'lda har kuni bittadan podcast eshiting, hech bo'lmaganda 20 daqiqa. Bu 聴解力 (eshitish qobilyati) ni rivojoantiradi va tushunishni yaxshilaydi.
Til aslida ham o'qish uchungina emas, yoki JLPT darajasi uchun emas, balki gaplashish, muloqot qilish uchun ham o'rganilishi kerak. Bunda tushunish va gapira olish juda ham muhim.
Quyidagi websiteda 50 ta podcast berilgan, har kuni bittadan eshitib, tushunishga harakat qilsangiz ham, 50 kunda ancha yapon tilida muloqot qobilyatingiz rivojlanib boradi. https://learnjapanesepod.com/
Bugundan bir sinab ko'ramizmi?! Endi tilni o'rganishni boshlaganmisiz yoki 1 yil bo'lganmi, e'tibor qilmay. Eshitishni boshlang. Foydasini sezasiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥🤷♂泣き相撲 Sumo bolalarni yig'latish festevali
Yaponiyada bolalar kunida (5-may) ajoyib festeval bo'lib o'tadi. Unda Sumo jangchilari chaqaloqlarni kim tez yig'latish bo'yicha musobaqalashishadi. Ikkita sumo changchisi chaqaloqni bag'riga bosishadi va qaysi chaqaloq tezroq va balandroq yig'latsa, osha jangchi g'olib bo'ladi.
Yaponlarda tezroq va balandroq yig'lagan chaqaloq kelajakda kuchliroq va matonatliroq bo'ladi deb ishonishadi.
Ps: undan ko'ra, kurash tushib kim tezroq yiqitish o'ynashsa bo'lmasmikin😅 Chaqaloqda nima ayab😄
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Guruhga qarasam 3000 tadan tushib ketibmiz. Yapon tilidan ajoyib kontentlar o'ylaganman, yangi podkast loyihasi ham. Daraja uchun ajoyib kitoblar va darslar ham. Yapon tili o'rganayotgan yoki qiziqadigan tanishlaringizni kanalga qo'shib qo'yila. 3000 tadan o'tsak, dushanbada ajoyib kontentlar qo'yishni boshlayman. 10 oy oldingi faollikni qaytarmoqchiman. Qo'llab-quvvatlab yuboringlar.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Vatandagi halovat...
Mana bugun vatanga qaytganimga ham bir oy bo'ldi. Endi yana Yaponiyaga qaytish harakati. Avvalgi safar kelganimdan ko'ra, vaqt tezroq o'tgandek bo'ldi bu safar. O'zbekistonga 1 yil 3 oy deganda qaytdim. To'g'risi o'zgarishlar anchagina. Yoshligimda men asfalt qildirishni orzu qilgan mahallamiz ko'chalari asfalt bo'libdi, uyimizda toza suv tarmog'i ulanibdi, tumanimizda esa oshxonalar soni anchagina ko'payibdi, havo esa ancha yoqimli va salqin his qildim. Mevalarimizni ta'miga esa gap bo'lishi mumkin emas, qovun, tarvuz, uzum.... Choyxona palovni aytmaysizmi, Tokyoda bunday oshni topib bo'lmaydi.
Bir oyda 3 ta to'yga borishga ham ulgurdim. Farg'onadagi eng yaqin insonimni baxt oqshomi va undagi xizmat bir umr esdan chiqmasa kerak. To'ydagi muhit esa unitilmas. Mahallamizda qo'shni yigit uylandi. Ertalab oshga chiqdim. Anchadan beri ertalabki nahorgi oshdagi xizmatni ham sog'inibman. Eng qizig'i esa, yosh bolalar katta bo'lib qolibdi. Ularni ko'rib o'zim ham ancha ulg'ayib qolganimni sezdim.
Men ko'rgan biroz noxush holatlar ham bo'ldi. Yo'llarda mashinalar biroz ko'paygan. Haydovchilar esa asabiy. Xizmat ko'rsatish sohasida esa, qulaylik bor, ammo muomala madaniyati biroz yetishmaydi. Ba'zi joylarda men majburlab, xizmatni sotirayotgandek tasavvurda bo'ldim. Negadir pul topish birinchi o'rindadek, hayotda nimadirdan kech qolayotgandek hamma shoshayotgandek his paydo bo'ldi menda.
Mendan ko'pchilik Yaponiyada hayot qanday? Biz qanday borsak bo'ladi? deb so'rashdi. Men esa oddiy qilib, "hayot ikkala tomonda ham bir xil. Solishtirib bo'lmaydi" deya javob berdim. Ha birodar solishtirib bo'lmaydi. Nega deysizmi? To'g'ri Yaponiyada qulaylik bor. Lekin Yaponiyada O'zbekistondan ketayotgandagi yurakdagi tushunib bo'lmas tuyg'uni his qilmaysiz. Uydan chiqayotgandagi onangizni ko'z yoshi, otangiz duosi, yeyilgan nonni ta'mi, ichki xotirjamlik Yaponiyada yo'q.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Birinchi sinfga chiqqanimda dars qachon tugar ekanu, uyga qachon qaytar ekanmiz deb kutardim. Maktabni bitirdik, litsey, universitet vaqt ham o'taverarkan.
Magistraturaga kirganimda tushundim, ilm nima ekanligiyu, nima uchun o'qish kerakligini. Ustoz otangdek ulug' deyishadi, otam dunyoga kelishimga sababchi bo'lgan bo'lsa, ustozim odam bo'lishimga sababchi bo'ldi. Sizga rahmat ustozlarim! Bayramingiz muborak bo'lsin!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥➖➖➖➖➖
“Nihongo Noryoku Shiken” (iyul, 2023) imtihoni natijalarini O‘zbekiston-Yaponiya Markazining 6-qavatidagi qabulxonasidan quyidagi muddat mobaynida olishingiz mumkin:
2023-yil 26-sentyabrdan 31-oktabrgacha, 09:00-18:00.
Tushlik vaqti: 13:00 -14:00
Dam olish kunlari: shanba va yakshanba
❗️Imtihon natijalari faqat imtihonga ariza topshirish paytida olingan ruxsatnoma asosida beriladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥☕️🧋Kofeni yoqtiradiganlar uchun Yaponiyada Starbucks Frappuccinoning 47 xil ta'mi bor. Har bir viloyatda o'zgacha ta'm. Ta'tib ko'rgan bo'larmidingiz?!
Ha albatta 👍
Nega yo'q🔥
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❗️N4 kurs💥💥💥
Bu kursda sizga faqatgina grammatika emas,kanji,so’z,dokkai,choukai ham o’rgatiladi 🌪🌪
✍Dars haftada 3kun,zoom platformasida bo’ladi.
Dars o’tish bo’yicha malakasi bor,oldin ham kurs o’tgan va 100% o’quvchilari JLPT imtihonidan yuqori ko’rsatkichda o’tishdi.
♻️Sensei:N2 darajasi bor
Bog’lanish: @japan_sensei
Bugun oxiri so’rashga majbur bo’ldim.
Nega bu ishni qilasan deya?
Javobi shunday bo’ldi.
Kunda salomatligim uchun yuguraman. Mening atrofim ozoda bo’lsa boshqacha kayfiyat bo’ladi. Shu sababli har kuni odat qilib olganman. Shu ishni qilishim orqali o’zimni tabiat oldida vazifalarimni bajargandek his bo’ladi. Senga ham maslahat beraman.
Ishoning bunday yaponlar soni minglab topiladi. Dengiz bo’yiga borasizmi yoki tog’ga qayerda bo’lmasin atrofni shunday yo’l bilan ortiqcha axlatlardan tozalab yurishadi. Bu narsa ularda mansab, jins, yosh tanlaymaydi. Ko’rinishidan juda bahaybat xuddi mafialarga o’xshagan odamlarni axlat terib yurganini ko’raman. Ba’zida men tabiat uchun ziyon keltirishdan boshqa nima qilyapman degan savol qiynaydi. Inson nimanidir kattaroq o’zgartirmochi bo’lsa dastlab o’zini isloh qilishdan boshlashi kerak. Tabiat asrash bo’yicha millionlab pul sarflaydigan xalqaro konfrensilayalardan ko’ra yuqoridagidek odamlar tabiatga ko’proq foydasi tegsa kerak deb o’ylayman. Yana bilmadim.
🔥JLPTga qanday ro'yhatdan o'tiladi?! Hammasini batafsil bilib oling!
https://youtu.be/IVe5l2bL1HA
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🇺🇿❤️Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin! Hammaga ayyom muborak bo'lsin!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
✍N3 kursiga 3 ta joy bor, qatnashmoqchi bo'lganlar habar berila. Sentabr, oktabr va noyabr oylarida 3 oy vaqtda tayyorlanib olasizlar.
@bestkanzen
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥🫗Yaponiyada Fantaning 70 xil turi bor?!
Yaponiyadagi do'konlardan Tropikal mango, Ultra lemon, Orginal Fanta kabi Fanta ichimligining 70 xil turini uchratish mumkin. Shundan 23 ta turi faqatgina Yaponiyada uchraydi. Jumladan ko'pchilik biladigan Ume (o'lxo'ri) Fanta turi o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Fanta ichishni sevadiganlar Yaponiyaga😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
‼️優先席 siz uchun emas?!
Yaponiyada poyezdlar o'z vaqtida kelishi bilan dunyoda juda ham mashhur. Bundan tashqari ichidagi qulaylik haqida ham biroz to'xtalib o'tmoqchiman. Yaponiyada har bir vagonda 優先席 (yuusenseki) deb nomlangan, alohida rang bilan bo'yalgan o'rindiqlar mavjud. Bu o'rindiqlar imkoniyati cheklangan insonlar, xomiladorlar, qariyalar va yuragi bilan bog'liq muammosi bor insonlar uchun ajratilgan.
Yaponlar hech qachon joy so'rashmaydi. Shu tufayli ham bunday joyga o'tirishdan saqlaning. Agarda o'tirgan bo'lsangiz, qariya insonlar va imkoniyati cheklangan insonlarni ko'rganingizda joy bo'shating.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🎁🛍つまらないものですが。。。
Yaponlar sovg'a berishni yaxshi ko'radigan millat hisoblanadi. Ular qayerga borishmasin albatta sovg'a bilan qaytishadi. Yoki oddiy uchrashuv bo'lsa ham sovg'a olib kelishadi. Buni e'tibor ramzi sifatida qarashadi. Sovg'a topshirish paytida つまらないものですが deb berishadi. Ya'ni arzimas narsa bo'lsa ham ma'nosini beradi.
Sovg'a almashish jarayonidagi o'ziga xos eslatmalar:
1. Yapon tanishingiz sovg'a bersa, yonida ochmang.
2. Sovg'a katta kichigi bo'lmaydi, muhimi e'tibor. Bitta shokolad bo'lsa ham, imkoni boricha hammaga birdek olishga harakat qiling.
3. Yaponlar mevani yoqtirishadi. Asosan qovun, tarvuz kabi poliz ekinlarini olib borsangiz juda ham xursand bo'lishadi. Negaki juda ham qimmat😄
4. Iloji boricha sovg'ani qog'ozga o'rating va paketga solib bering.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥😀Har qanday vaziyatda ham すみません
Yapon madaniyatida qandaydir muammoli vaziyatga tushganda yoki aybli ish qilib qo'yganda, har qanday holatda ham すみません (kechirasiz) deb aytilsa, vaziyatdan chiqib ketish mumkin. Buni videoda yanada aniqroq tushinib olasiz😅 Maroqli tamosha va samimiy kulgu sizga unda😁
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#ish
📢Japan Digital University Yapon tili usozlarini ishga taklif qiladi.
💬O'qituvchining vazifasi - N5,N4 darajadagi talabalarga yapon tilida dars o'ta olishi kerak.
⏰Ish vaqti 09-00 dan 17-00 gacha Dushanbadan- Jumagacha
Murojaat uchun 90 064 07 30
@AhliddinUmarali
Yonimizda Tama degan bekat bor, bekat liftiga e'lon yozib qo'yishibdi.
8-noyabr kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha ta'mirlash ishi tufayli liftdan foydalana olmaysiz.Sizga noqulaylik bo'lgani uchun, ma'zur tutasiz. Liftni ta'mirlash vaqtida zinadan foydalaning.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Assalomu alaykum Vatandoshlar!
Hozirda Yaponiyaning Kyoto, Osaka, Kobe shaharlarida istiqomad qilayotgan vatandoshlar diqqatiga!
Xabaringiz bor Maizuru (Kyoto pref) shahri O’zbekiston bilan rasmiy aloqalarga ega shahar hisoblanadi. Farg’ona viloyatining Rishton tumani bilan boshlangan aloqalar bugungi kunga kelib sport va madaniy aloqalarga ulanib kelmoqda. Shu munosabat bilan 29-oktabr kuni Maizuru shahri Futbol bo’yicha O’zbekiston Ayollar milliy terma jamoasi va Yaponiya ayollar milliy terma jamoalari Parij Olimpiadasining Osiyo 2-bosqich saralash o’yinlarida maydonga tushishadi. Biz esa, ushbu o’yinni Maizuru shahri aholisi va vatandoshlarimiz uchun tog’ridan tog’ri jonli efirda kata ekranlarda (public viewing) uzatiladi. Sizlarni ushbu milliy terma jamoamizni qo’llab quvvatlash uchun Maizuru shahriga kelishga chorlamoqchiman. Yapon dos’tlarimiz bilan birgalikda O’zbekiston milliy terma jamoamizni qo’llab quvvatlaylik!
⁉️N5 daraja uchun nechta kanji bilish kerak?
Shunchaki shu rasmdagi kanjilarni yodlab oling yetadi🤫
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#TADBIR
Kelajagingizni IT sohasida ko'ryapsizmi? Unda bu xabar aynan siz uchun!🫵
20-sentabr sanasi, soat 10:30 hamda 14:30 bo'lib o'tishi kutilayotgan yil seminarlariga talabalarimizdan tashqari JDU va Yaponiyaga qiziqishi bor bo'lgan barchani taklif qilamiz!
Bu safargi aziz mehmonimiz - janob Toshiaki Tateishi.
👤Seminar mehmoni haqida qisqacha:
Yaponiyaning nufuzli universitetlarining qatorida turuvchi Waseda University oliy o'quv yurtida tijorat yo'nalishini tamomlab, bakalavr darajasini olgan.
Mandara Net Ltd. direktori vakili; Yaponiya internet provayderlari assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari va ijrochi direktori; Internet-kontent xavfsizligi assotsiatsiyasi direktori vakili; Higashi Aba Cable Television Inc direktori; Yaponiya IT tashkilotlari federatsiyasi direktori hisoblanadi.
___
Seminarlar quyidagi mavzular bilan 2 xil vaqtda bo'lib o'tadi:
👥1-smena (soat 10:30): "Yaponiyada faoliyat olib borishda qo'llaniladigan texnologiyalar".
👥2-smena (soat 14:30): "Kunchiqar mamlakatning tez suratda o'sib borayotgan so'ngi avlodga mansub IT texnologiyalari".
📈Yuqori atmosfera, qiziqarli savollar va bilimlaringizni sinovdan o'tkazuvchi ushbu seminar universitetimiz kampusidagi faollar zalida ko'tarinki ruhda o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
(P.S Tadbir davomida sinxron tarjima tashkil etilishi munosabati bilan ishtirokchilarga yapon tilini bilish talab etilmaydi).🤗
➡️Ro'yxatdan o'tish uchun havola
Eslatib o'tamiz! Oliygohimizda bo'lib o'tadigan bu seminarda Ishtirok etish mutlaqo bepul!
📞Batafsil ma'lumot:
+998712000595 | @jdu_support
Sayt | Telegram | Instagram | JapanDigitalUniversity">YouTube
Alisher akadan ajoyib murojaat /channel/talaba_dostimga/331 bo'libdi. Chetga ketayotgan har bir farzand ota-onasi o'qishi kerak va amal qilishi kerak bo'lgan gaplar.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Chibli studio! Animedagi va haqiqiy hayotdagi taomlar farqi. Rasmdagi farqni topamiz🙃 Reallika juda ham yaqina. Nima dedingiz?!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#tabiat
#xarakter
2 hafta boshqa shaharda yashadim. Yoshi katta yapon trening oʻtdi shu ikki haftada.
Katta tajribaga ega, asli harbiyning odami. Oxirida xayrlashuv soʻzini ayta-ayta shunday dedi:
"Oʻzbekistonliklarni birinchi marta uchratdim. Xushchaqchaq, ovozi baland, ochiq koʻngil ekansizlar. Avvallari yaponlar ham xuddi shunaqa edi. Borgan sari kam gaplashadigan, yopiq boʻlib borayapti odamlarimiz. Har doim shunday boʻlib qolinglar" dedi.
Lekin rostdan ham bularning shaxsiy hayoti havas qilarli deya olmayman. Qizlar koʻproq yolgʻiz yashashni xohlashadi. Oila qurganlar ham, farzandsiz. Oʻrtacha turmush qurish yoshi 35/40. Zerikadi odam, bularning hayotini oʻylasa.
@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1
🔥JDS programasi 2023
Davlat tashkilotida 2 yil ish stajiga ega bo'lgan kadrlar uchun Yaponiya universitetlarida grant asosida magistraturada ta'lim olish imkoniyati. Bunday ajoyib imkoniyatni o'tqazib yuboramang.
🏷️https://jds-scholarship.org/country/uzbekistan/index.html
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yapon tilida davlat nomlari qanday aytiladi?
Yuqoridagi jadvalda davlat nomlari keltirilgan. Odatda yapon tilida davlat nomlari Katakanada yoziladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yaponiyadagi sog'lik zinasi ajoyib g'oya o'ylab topishibdi. Zinadan ko'tarilib borgan saringiz qancha kaloriya sarf qilganingizni bilib borasiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan