🔥Iltimos qayta atom bombasi qurbonlari bo'lmasin
"Men boshqa yadro quroli qurbonlari bo'lishini xohlamayman. 1945-yil 6-avgustda, 7-sinf o'quvchisi edim. Iltimos qayta atom bombasi qurbonlari bo'lmasin. Hozir dunyoda yadro qurollari 1000 lab ekanligini bilaman. Urush davrida esa hozirgi vatqgacha Hiroshima va Nagasaki shaharlarida portlatilgan. Men hech qachon bu hodisa qaytarilishini xohlamayman. Bunga yo'l qo'ymang" deya G7 samiti rahbarlariga o'z murojatini yo'lladi Hiroshimada yashaydigan Ueno Katsuhiko. U Hiroshimada atom quroli sinalgan vaqtda 7-sinf bo'lgan va ushbu fojeada otasi, katta akasi va katta opasini yo'qotgan.
Ma'lumot uchun 19-21-may kunlari Hiroshima shahrida G7 davlatlarining 49-samiti bo'lib o'tadi.
Manba: NHK world Japan
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
👨👩👧👦Yaponiyada bolalar kuni
Bugun Yaponiyada bolalar kuni こどもの日 hisoblanadi. Bu bayram 1948-yildan beri o'tkazib kelinadi va Golden weekning oxirgi kuni hisoblanadi.
Siz tasvirda ko'rib turgan zog'ora baliq timsolidagi varrak majoziy ma'noga ega hisoblanadi. Qora rangdagi varrak (マゴイ) - ota, qizil rangdagisi esa (ヒゴイ) - ona, ko'k rangdagi varrak esa - o'g'il farzand timsoli hisoblanadi. Va yana pastga qarab, farzand soni va yoshiga qarab shunday varrakchalarni ko'tarib yurishadi va keng nishonlashadi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❗️Hozir qaysi davr?!
Insoniyat qancha davrlarni boshidan kechirdi. Termachilik, ovchilikdan boshlangan hayot shunday darajaga yetib keldiki, inson tafakkur qilib ko'rsa aqlni shoshiradigan darajada.
Bu hafta Yaponiyada golden week (mayning birinchi haftasi dam olish hisoblanadi) shu bahona Tokyoni Roppongi shahriga bordim. U yerda Mori Tower degan bino bor. Bino 55 qavatli bo'lib, 52-qavatidan juda ham ajoyib manzarini ya'ni deyarli butun Tokyoni kuzatish mumkin. Ammo bu yerda meni aqlimni ko'rgazma qilib qo'yilgan binolar maketlari tortdi. Hayolimda Hollywood kinosidagi qaysidir sirli xonaga kirib qolgandek. U yerda 30-40 yil keyingi kelajakdagi binolar tasvirlangan deb o'yladim. Ammo yaqinroq borib qarasam, videolar ham berilgan, binolar haqida batafsil ko'rsatib berilmoqda. Keyin esa bino nomini do'stim telefondan qidirib, haqiqatda ham bor ekanligini ko'rsatdi. Ko'rib hayratda qoldim.
Ha davr haqiqatda ham rivojlanmoqda. Endi kinolardagi sun'iy intilekt ham, hayoliy binolar ham haqiqat. Bu davrda esa endi beparvo holatda, o'z ustida ishlamay, serial ko'rib vaqt o'tqazib bo'lmaydi. Endi ko'proq harakat, yangi ilmlarni tezroq egallash va amalda qo'llab tajriba ortiradigan davr deb o'ylayman. Endi ertaga o'qiyman, bugun biroz dam olay degan bahona uchun vaqt yo'q davr.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#tavsiya
Yurtimizda ilmli insonlarni tanitish uchun o'z hissasini qo'shayotgan Osmondagi bolalar loyihasining bu galgi sonida Yaponiyada ta'lim olgan ilmli va o'z qarashiga ega bo'lgan Zakirov Bekzod aka chiqibdilar. Bekzod aka bilan Yapon tili va Yaponiya kanalida suhbat qolganimizda ham juda ajoyib fikrlar olgan edim. Bu suhbatdan ham ancha narsa o'rgandim. Bekzod aka aytganlaridek chet elda yurganda muhitning o'rni haqiqatda ham muhim. Suhbatni ko'rib chiqishni tavsiya qilaman: https://youtu.be/yJUZv_3uJLw
Yaponiyaga o'qish uchun kelib, maqsadni katta qilib kelgan yoshlar kam emas deb o'ylayman. Yaxshilab mushohada qilib ko'rish uchun foydali bo'lgan suhbat.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Jack Ma Tokyo universitetida
Alibaba Group Holding asoschisi Jack Ma Yaponiyaning eng nufuzli universiteti hisoblangan Tokyo Universityda professor sifatida darslar olib boradi.
58 yoshli Jack Ma tashrif buyuruvchi professor maqomida qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ishlab chiqarish sohasida ma'ruzalar olib boradi. Shu bilan birgalikda innovatsiya va tadbirkorlik bo'yicha ham seminarlar o'tadi deb xabar beradi Tokyo univeristeti.
Manba: https://www.japantimes.co.jp/news/2023/05/01/national/jack-ma-tokyo-visiting-professorship/
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❗️Yakshanba kuni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartirish kiritish bo'yicha Tokio shahrida ovoz berish o'tkaziladi.
Yurtimiz taqdiriga ta'sir qiladigan voqeaga befarq bo'lmaysiz degan umiddamiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥«TADQIQOTCHI TALABA» DASTURI
RESEARCH STUDENTS 2024
Yaponiya Hukumati (Monbukagakusho: MEXT) Yaponiya universitetlarida chet el talabalari uchun ilmiy
daraja olmasdan tadqiqotchi talaba sifatida yoki ilmiy daraja olish yuzasidan oddiy talaba sifatida
(magistratura, aspirantura, doktorontura) ta'lim olishni taklif etadi.
📌Hujjat topshirishning oxirgi kun: 26-may
📌So‘rovnoma-arizani va barcha ilova qilinadigan hujjatlarni quyidagi saytdan yuklab olishingiz mumkin:
http://www.studyinjapan.go.jp/en/smap-stopj-applications-research.html
Manba: https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s1
Ps: Bu tanlovdan o'tish uchun: yaxshi tadqiqot rejasi va yapon tili yoki ingliz tilini yaxshi bilish talab qilinadi. Magistratura va PhD da o'qish uchun ajoyib imkoniyat.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
✍🥱Uxlashdan avval qilingan ozroq tayyorgarlik keyingi kunni butunlay o'zgartiradi😲
Kecha 10 soniya ish samaradorligiga qanchalik ta'sir qilishi haqida yozgan edim. Bugun esa shu mavzuda davom etib, ertaga qilmoqchi bo'lgam ishlaringiz yoki darsga tayyorgarlik qilib qo'yish qanchalik ertanggi kunga ta'sir qilishi haqida bo'lishmoqchiman.
Inson miyasi yangi boshlanmoqchi bo'lgan odatga (kitob o'qish, yugurish, maqola yozish kabi) ko'nikmagan bo'lishi mumkin (未知) bo'ladi. Bu holatda uyquga ketishdan avval keyingi kun uchun ozroq shu ishga tayyorgarlik ko'rib qo'yishni o'zigina anchagina samarali ta'sir qiladi.
Masalan: ertalab turib yapon tili kitobidan kanji yodlamoqchisiz. Uyquga ketishdan avval, kanji kitobini o'sha sahifasini ochib qo'yib, yoniga rangli ruchka va qalamlarni qo'yib ertalab turib bajaraman nasib qilsa deb uxlashni o'zi ham anchagina jarayonni osonlashtiradi. Ya'ni uyquda inson miyasi kun davomida bo'lib o'tgan ma'lumotlarni qayta ishlaydi, shu vaqtda keyingi kunda amalga oshirmoqchi bo'lgan ishni osonroq va unga tanish bo'lgam holatda amalga oshirishni osonlashtiradi. Yangi g'oyalar bilan uni yanada boyitish holatlari ham uchrab turadi.
Ahu tufayli ham yangi odat boshlamoqchimisiz?! Unda bir kun avval uyqudan avval albatta, biroz tayyorgarlik ko'rib qo'ying. Keyin kunda birinchi 10 soniyada ko'nikib, harakatni boshlashga anchagina samara ko'rsatadi.
Sizlar bilan bo'lishib borayotgan ma'lumotlarim Ohira Nobutakaning "すぐやる人になる37のコツ" (Darhol bajaradigan inson bo'lish uchun kerakli 37 sir) kitobidan olingan insaytlar hisoblanadi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
⏰10 soniya qoidasi?!
Ertaga ertalabdan kitob o'qishni boshlayman, ertalab turib yuguraman, ertadan har kuni 10 tadan so'z yodlayman.... Ko'pchiligimiz hayotimizda bunday kunlik maqsadlar uchrab turadi. Ammo keyingi kun kelishi bilan boshlashga nimadir turtki yetmay qoladi.
Shunday holatlarda harakatni boshlash, ishtiyoqni uyg'otib olish uchun yapon yozuvchisi Ohiro Nobutaka shunday maslahat beradi: "O'zingizda yangi odatni shakllantirmoqchimisiz?! Avvalo shu narsa bilan 10 soniya shug'ullanib ko'ring. Masalan: keyingi kun ertalab turib, yugurishni boshlamoqchisiz. Dastlabki 10 soniya bunda, oyog'ingizga sport oyoq kiyimini kiyish bo'ladi. Oyoq kiyim kiyilgach, o'z-ozidan sizda yugurishga bo'lgan xohish paydo boladi. Va buni boshlay olasiz". Inson faoliyatini davomli tarzda olib borishini ta'minlash miya faoliyatiga bog'liqligi haqida so'z yuritgan Nobutaka davom etib : "Inson miyasi, o'zgarishlarni yoqtirmaydi, ammo 10 soniya bajarib ko'rilgach, insonda harakatga bo'lgan ishtiyoq paydo bo'ladi deb aytadi".
Demak, biror bir yangi odatni shakllantirmoqchi bo'lsagu, buni ortga surib yurgan bo'lsak, 10 soniya qoidasi bilan boshlab ko'rishga nima deysiz?! Ishtiyoq paydo bo'lishini bor umr kutsangiz ham, hech nima o'zgarmaydi. Avvalo harakat, keyin esa ishtiyoq o'zi keladi!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Stajor viza 技能実習 haqida nimalarni bilamiz?!
Stajor viza yapon tilida 技能実習 deb nomlanadi. Bu so'z "texnika, kasb-mahoratni amaliy ravishda o'rganish, mashg'ulot o'tash" ma'nosini beradi. Yaponiya hukumati 1993-yilda rivojlanayotgan davlatlar uchun "kasb o'rgatish" maqsadida, aslida esa arzon ishchi kuchiga ega bo'lish maqsadida viza tizimi ishlab chiqdi. Qurilish, qishloq xo'jaligidan tortib, oziq-ovqat sanoatigacha bo'lgan 86 ta yo'nalishda uzog'i bilan 5 yil davomida ham ishlab, ham kasb mahoratini o'rganish maqsad qilingan edi.
Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan yilning iyun oyining oxiriga kelib, Yaponiyadagi stajorlar soni 330,000 dan ortiq bo'lib, ularning 50% dan ortig'i vetnamliklardir. Ular yashash muddati va amaliy sinovdan o‘tganiga qarab “No1” dan “No3”gacha toifalarga bo‘linadi. 2020-yilda o‘rtacha oylik ish haqi “1-toifa” uchun taxminan 170 000 iyena, “3-toifa” uchun esa 200 000 yen atrofida bo'lgan.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Inson baribir kuchli
ChatGTP ning chiqishi, koʻpchilikni oʻylantirib qoʻydi. Qanday kasb tanlasam yaxshi Qaysi kasblar yoʻq boʻlib ketadi, Qanday kasblar qoladi degan oʻylar koʻpchilikni xavotirga solmoqda.
Avvalo taqqoslash uchun bir narsaga eʼtibor berish kerak. AI robotlari inson tomonidan oʻylab topilmoqda. Insonni esa Alloh yaratgan va unga hech kimda yoʻq aqlni bergan.
Endi oʻylab koʻring. Insonni yaratgan Zot Alloh va AI ni ishlab chiqqan inson. Taqqoslashga hojat ham yoʻq.
Faqat bir narsa. Nima kasbni tanlasangiz ham uni seving. Chin dildan bajaring. Shunda hech bir robot sizga teng kela olmaydi.
Takror boʻlsa ham aytaman. Har doim oʻz ustingizda ishlaydigan inson boʻling. Kasbingizni sevging. Qilayotgan har bir ishingizni muhabbat bilan bajaring.
Shunda hammasi yaxshi boʻladi!
@kaizen_jp_uz
🔥🌙Yaponiyada Ramazon hayiti namozi ertaga Tokyo Camiida soat 8:00 o'qiladi ekan.
Manzil: https://g.co/kgs/PDk9px
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥🌙Yaponiyada Ramazon hayiti namozi ertaga Tokyo Camiida 2 mahal o'qiladi ekan.
1. Soat 8:00
2. Soat 9:00
Manba: https://tokyocamii.org/notice/12519/
Manzil: https://g.co/kgs/PDk9px
☘Maktab bolalari maktabdan qaytishmoqda. Boshlang'ich maktab davrini eslaysizmi?
Ha juda ham sog'inaman👍
Eh o'sha damlar🔥
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❌止まれ~止まれ~止まれ 😂
To'xta~To'xta~To'xta
Shunday ko'chaga kirib qolsangiz, mashina haydashdan ham voz kechvorish hech gap emas😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yonimizdagi motivatsiya
Motivatsiya menimcha tushuncham bo'yicha ruhiyatni ko'tarish, bir ishga kirishish uchun sabab bo'ladigan ishtiyoq. Avvallari har kuni shunga doir kitob o'qirdim, kinolar ko'rardim ammo unchalik ham ta'siri uzoqqa bormas edi. Ammo bir narsani tushundimku, haqiqiy ishtiyoqni qo'zg'atuvchi kuch yonimizda ekan.
Unga biroz ahamiyatli bo'lishimiz va faxmlab yetishimiz kerak ekan.
Jumladan, bugun ham, bugun zalga chiqib, ishtiyoqim bo'lmay mashqlar bajarishni boshladim. Ammo birdan ko'zim mana shu rasmdagi yapon yigitga tushdi. Bu yigit tosh ko'taryapti, ammo qo'lining bittasi yarmidan yo'q, lekin shunda ham hamma harakatlarni ishtiyoq bilan bajarmoqda. Ko'rib to'g'risi uyalib ketdim. Ichimda nimadir kuchli ishtiyoqqa turtki paydo bo'ldi.
O'qishda ham, ishda ham, hayotda ham shunday deb o'ylayman. Haqiqiy ishtiyoq, turtkiga sabab bo'ladigan narsalar yonimizda. Shunchaki ko'zimizni ochsak, intagramdan birozga uzoqlashsak va real holatimizni tan olsak bo'lgani.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥🥢Hashi uchun bir daqiqa
🥢Yapon hashisini ishlatishni o'rganamiz. Video orqali siz qanday qilib ovqat cho'pini ishlatishni o'rganib olasiz. Bundan tashqari ajoyib qo'shiq ham. Nima ham derdim, ham qo'shiq, ham hashi. Ikkitasi birda😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
😱Yaponiyada metrodan 🚇foydlanish qiyin emasmi?
Javob: Yaponiyada temir yo'l liniyasi bir qozon lag'monga🍝 o'xshaydi.😅 Siz hashi🥢🫘 bilan lag'monni qanday yesangiz, Yaponiyada metroda foydalanish shunday desa ham bo'ladi🤷♂
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❗️🥢Hashini bunday ishlatib bo'lmaydi?!
Yaponlar qoshiq yoki vilka o'rniga ko'proq 🥢hashi deb nomlangan tayoqcha ishlatishadi. Bu yapon madaniyatining o'ziga xos bir qismi hisoblanadi.
Lekin hashi ishlatishning ham o'ziga xos e'tibor berish kerak bo'lgan jihatlari mavjud. Masalan: rasmdagidek holatda, 🥢hashini guruch ustiga sanchib qo'yib bo'lmaydi. Bir qarashda bu qulaydek tuyulishi mumkin. Ammo yaponlar tayoqchani bunday holatda faqatgina dafn marosimlarida qilishadi va bunday holatni omadsizlik ramzi sifatida qarashadi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
👨🦳👨👦Samurai va uning nabirasi
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥«TALABA» DASTURI
UNDERGARDUATE STUDENTS 2024
Yaponiya Hukumati (Monbukagakusho: MEXT) 2024 akademik yilda Yaponiya universitetlarida chet el talabalari
uchun talaba sifatida bakalavr unvonini egalash uchun ta'lim olishni taklif etadi.
❗️Hujjatlarni qabul qilishning yakunlanishi: 26-may
❗️1999-yil 26-apreldan keyin tug'ulganlar topshira olishadi
Batafsil ma'lumot: https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s1
❗️Hujjatlarni quyidagi veb-saytlardan olishingiz mumkin:
https://www.studyinjapan.go.jp/en/smap-stopj-applications-undergraduate.html
Ps: Bu dastur bakalavr bosqichi Yaponiyada o'qish uchun zo'r imkoniyat taqdim etadi. Dasturdan o'tish uchun yapon tili, ingliz tili va matematikani (yana yo'nalishga qarab fanlar farq qiladi) bilish kerak bo'ladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yaponiya hukumati Tokutei ginou 2 vizasi bo'yicha yangi loyiha tayyorlamoqda
Yaponiya hukumati 2019-yilda Tokutei ginou deb nomlangan chet ellik ishchilarni Yaponiyaga ishchi jalb etish uchun dastur ishlab chiqdi. Bu dastur 2 ga bo'linadi: Tokutei ginou 1 va Tokutei ginou 2. Hozirgi kunda Tokutei ginou 1 bo'yicha 140 ming nafar ishchi ishlamoqda. Tokutei ginou 2 vizasini olganlar soni esa 10 nafarni tashkil etadi.
Tokutei ginou 1 vizasi 5 yil ishlash uchun beriladi va bu davrda ishchi oila a'zolarini olib kela olmaydi. Bu vizani olish uchun Tokutei ginou sohasiga aloqador bo'lgan kasb imtixonidan o'tish va Yapon tili N4 sertifikati talab qilinadi yoki 3 yillik ginoujishshu (stajor viza) ni yakunlagan bo'lishi kerak.
Tokutei ginou 2 vizasi uchun esa nisbatan murakkabroq kasb imtixoni topshiriladi. Ishni muddati belgilanmagan. Oila a'zolarini olib kelish mumkin hisoblanadi. Bu viza bo'yicha ikki soha: qurilish va kemasozlik bo'yicha ishlar bor edi. Endi hukumat yana 9 ta soha: binoni pardozlash, ishlab chiqarish, avtomobillarga xizmat ko'rsatish, samalyotsozlik, qishloq xo'jaligi, baliqchilik, oziq-ovqat, restoran, mehmonxona xizmatlarini ham qo'shmoqchi.
Manba: https://www3.nhk.or.jp/news/html/20230424/k10014047771000.html
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥54-urunishda ish topgan va avvalgi kungi saylovda Yaponiyada deputat maqomiga ega bo'lgan o'zbek qizi
37 yoshli O'zbekistonlik Orzugul Babakhadjaeva Yaponiyaning Tokyo, Setagaya shahridan deptutlikka saylanibdi. U Setagaya okrugi assambleyasi saylovida 6771 ta ovoz bilan g'olib bo'lgan. Bu Yaponiya tarixida birinchi marta rasmiy deputat maqomini olgan birinchi O'zbekistonlik hisoblanadi.
Ma'lumot uchun Orzugul Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bitiruvchisi hisoblanadi. U Yaponiyaga 21 yoshida kelgan va ishga joylashish uchun harakat qilganda yosh bo'lganligi va Yaponiya universitetida ta'lim olmagani uchun ham 53 ta kompaniyadan rad javobini olgani, 54-kompaniya ishga qabul qilgani haqida aytib o'tgan edi. Shu tufayli ham "Ta'lim tarixi talab qilinmaydigan, turli tabaqadagi insonlar uchun yashash oson bo'lgan jamiyat qurish" loyihasi bilan saylovda qatnashgan edi.
Hamyurtimizga bundan keyingi deputatlik faoliyatida omad tilab qolaman.
Manba: https://news.yahoo.co.jp/articles/f3f1088209b230ff816902ecebbc786b1e6b3161
https://note.com/fiftys_project/n/n2d39c404ae6c
🌷🤷♂️🥟花より団子 (Hana yori dango)
Bugun bir ajoyib maqol haqida yozmoqchiman. Hana yori dango. Ya'ni guldan ko'ra, dango (xitoyliklarning manti taomi) afzalroq degan ma'noni beradi. Bu nima de'gani?! Inson estetik narsalardan ko'ra, amalda bajarib ko'rishni ma'qulroq ko'radi degani. Ya'ni guldan ko'ra, manti yeganimiz yaxshiroq degani.
例文: 我が家は花より団子なので、桜の名所より美味しい店のほうがいいんです。
Meni oilamdagilar guldan ko'ra dango tipida, shunga Sakura gullagan joyga borgandan, mazali taom yeydigan restoranga borganimiz ma'qul.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🌖☀️Quyosh botayotganini mana shunday chiroyli manzarada kuzatishga nima deysiz?
Men birinchi boraman🔥
Yo'q demasdim👍
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
☘🍃Hitachi dengiz bo'yi parki, Ibaraki viloyati! Bu mo'jizaviy parkda sayr qilishga nima deysiz?🪻🌷
Yo'q demasdim👍
Namuncha chiroyli 🔥
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🌙✨Assalamu alaykum, qadri baland Yapon tili va Yaponiya kanalining obunachilari Ramazon hayiti muborak bo'lsin!
イードおめでとうございます
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥🌙Yaponiyada Ramazon hayiti shanba kuni nishonladi. Bu haqida rasman ma'lumot berishdi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
✍Bu meni qonimda emas yomonlik saqlab o’ch olish, Harom haq olish.
Juda muhim eslab qolish.
Facebookda Yaponiyadagi yurtodshlarimiz haqida kundan kunga qo'shtirnoq ichidagi ajoyib yangiliklar eshitilmoqda. Yetkazib berish xizmatida ishlab taomlarni pulini to'lamay yeyish, ish vaqtida tik-tokka video qo'yish, maktabga hujjat topshirish uchun yapon tili maktab sahifasidagi davlatingizni tanlang degan joydan ko'p yapon tili maktablaridan O'zbekiston nomini olib tashlanishi.... Yana boshqa yomon holatlar ham juda ko'p.
Bu mavzuda to'g'risi yozmoqchi emasdim. Lekin bu xabarlarga befarq qaray olmadim. Nafaqat Yaponiya balki boshqa davlatga chiqanda ham nimadir maqsad bilan boriladi. Bu maqsad ostida halol ishlab pul topish va kelajak uchun yaxshi maqsadlarga ishlatish asosiy o'rinni egallaydi deb o'ylayman. Lekin bu degani o'zim uchun bo'lsa bo'ldi, boshqalar bilan nima ishim bor deb o'ylash naqadar to'g'ri. Inson sifatida bir o'ylab ko'raylik, bir kun yashash uchun kelmaganmizku, nima qilsak ham hech bo'lmasa biroz vijdon bilan qilaylik. Qancha-qancha yoshlar o'qish uchun, intilish uchun kelmoqda.
Internetda Konstaning yangi ijrosi chiqibdi undagi quydagi so'zlar meni e'tiborimni tortdi:
Bu meni qonimda emas, kuni bilan nolish
Kechagi kunda qolish, kurashmasdan tolish
Bu meni qonimda emas yomonlik saqlab o’ch olish, Harom haq olish.
Juda muhim eslab qolish.
Menga ko'pchilik yozadi: "Yaponiyaga borganda eng muhim narsa nima? Nima qilsam qiynalmayman?". Men doimo bir xil javob berardim: "Yapon tilini o'rganib keling. Yaxshi gapira olsangiz, qiynalmaysiz!". Endi boshqacha javob beraman: "Inson ekanligingizni unutmasangiz keling. Til masalasi bir gap bo'lar"
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🍀🚏Avtobus bekati. Siz Tonarino totoro animesini ko'rganmisiz?
Ha menga juda yoqadi👍
Endi ko'raman🙌
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan