yapontili_uzbekistan | Неотсортированное

Telegram-канал yapontili_uzbekistan - Yapon tili va Yaponiya

2866

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen

Подписаться на канал

Yapon tili va Yaponiya

Tilni bilmaganim uchun sabrim yetmadi

You tube platformasida "Yaponiyaga ishga borish sohasini korrupsion mafiya qo'lga olmoqchi" degan mahsus ko'rsatuv e'lon qilinibdi. Oxirigacha ko'rib chiqdim. Video uchun havola https://youtu.be/-pnqGlG6lw8 Voqeani batafsil bilmaganim uchun bir nima deya olmayman.

Yaponiyaga ishga kelmoqchi bo'lgan yurtdoshlarimizga shunday demoqchiman. Siz pul bermasangiz ham, o'qisangiz, tilni o'rganib harakat qilsangiz kela olasiz. Va kelib ham qiynalmaysiz.

Men XBA(xususiy bandlik agentligi ) da ishlaganimda kelgan fuqarolar bir savol berishardi, qancha pul bersam tezroq ketaman. Bir ukamiz kelib shunday savol bergandi, men esa eshikni ko'rsatib qo'ygandim.Oradan 1 yil o'tdi, shunday savol bergan ukamiz, yapon tili maktabiga ham kelibdi. Va menga yozdi, ustoz siz to'g'ri aytgan ekansiz, men til o'rganishim kerak ekan. Men qiynaldim, hozir ayraportdaman yurtga qaytayapman. 2 oydan ortig'iga sabrim yetmadi.

Sizni qanchaga sabringiz yetadi? Qachon bir narsaga erishish uchun pulni vosita qilishni to'xtatamiz!?

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

‼️#bilasizmi

Yaponiyada Christmas bayramiga nima yeyiladi?🍗

Yaponiyada 1974-yildan beri Krismas bayrami uchun asosiy buyurtma qilinadigan taom bu 🍟🍗KFC hisoblanadi. 2018-yil 20-25-dekabr kunlari 63 million$ lik KFC sotilgan. Dekabr oyi oxiriga kelib, odatdagi ishlardan ko'ra, KFC do'konlaridagi ish 10 barobarga ko'payadi. 1970-yilda birinchi marta Nagoya ochilgan tarmoq, 384 ta do'konga ega bo'ldi. Har yili birgina Yaponiyaning o'zidan 200 million$ tushum bo'ladi.

🔥Dunyoda Kentucky Fried Chicken deb mashhur bo'lgan KFC Yaponiyada Kentucky For Christmas ga aylandi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yangi yil hazili😄

💸仕事したくない、給料をもらえますように🙈

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

‼️MEXT BOSHLANDI

«YAPON TILI VA YAPONIYA MADANIYATI» DASTURI NIKKENSEI 2023


Yaponiya Hukumati (Monbukagakusho: MEXT) Yaponiya universitetlarida bir yil davomida yapon tili, mamlakat geografiyasi, yapon madaniyati sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish uchun “Yapon tili va Yaponiya madaniyati” dasturi bo‘yicha o‘quv kursidan o‘tishni xohlovchi nomzodlarning qabul qilinishi to‘g'risida e‘lon qiladi.

📝 Hujjat qabul qilish yakunlanishi: 2023-yil 1-fevral

❗️Batafsil ma'lumot: https://www.uz.emb-japan.go.jp/files/100274220.pdf

❗️So‘rovnoma-arizani va barcha ilova quyidagi veb-saytida yuklab olishingiz mumkin: https://www.mext.go.jp/a_menu/koutou/ryugaku/1423055_00011.htm

Ps: Bu grant dasturi univeristetda mutaxasisligi yapon tiliga aloqador bo'lgan va hozirda univeristetda ta'lim olayotgan talabalar uchun 1 yil ta'lim olishini imkon beruvchi imkoniyat.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

ЭНДИ 99 МИНГ СУ́М

🛑 ШОШИЛИНГ ЖУДА КАТТА АКЦИЯ ОРГИНАЛ МАХСУЛОТ💯

🎞Видеони кўринг😊👍

😬Тишлар сарғайиб ўз рангини ёқотяптими? Биз сизга самарали ечимни таклиф қиламиз Тишларингизни ювиб ўз рангини ушлаб қолинг!

Натуралне оргинал маҳсулотининг соғлиқ учун мутлақо зарари йўқ!

✅Тишларни оқартиради
✅Тишда тўпланган тошларни туширади
✅Оғиздаги нохуш ҳидларни ёқотади
✅Қуртлаган тишни максимал даражада қуртини туширади
😬Соғлом тишлар ҳамма учун муҳим! Тишларингизни асранг...

💰Нархи атиги: 99 000 сўм 😍

❗️Олдиндан тўлов йўқ, тўловни маҳсулотни қулингизга олганда қиласиз

БУЮРТМА БEРИШ УЧУН👇
👉
https://richshop.uz/link/r9xMnj
👉 https://richshop.uz/link/r9xMnj

📧Телеграм: @ZakazOluvchi

ЕТКАЗИБ БЕРИШ БЕПУЛ!

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

📹Dengiz sohili aks etgan video. Siz bir videoda ham okean, ham quyosh botishi🏜 va Fuji tog'ini🏔 ko'rishingiz mumkin.

Instagram: https://www.instagram.com/reel/CmJtaH9J_L4/?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🕺💃Yapon yoshlarini ham Andijon polkasiga o'ynatding Karl🤣 Lekin 10 daqiqa vaqt ichida qilganimizni hisobga olsak yomon emas😄

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🍴Yaponiyada ovqat muammomi?🍽

Yaponiyada ovqat muammomi? Yo'q aslisa halol ovqat topish muammo. Ha, rostdan ham Yaponiyada eng muammoli narsa halol ovqat topish. Yoki hind restoraniga murojaat qilasiz yoki turk kaboblari. Tokyoda bo'lsa o'zbek restoranlari ham uchrab turadi. Lekin ovqat menyusidagi narxlarga nazar solsangiz, odatdagi yapon oshxonasidan ko'ra narxlar sezilarli darajada qimmat. Bunga menimcha 2 ta asosiy sabab bor: birinchisi ovqat masaliqlari chet eldan keltiriladi; ikkinchisi esa mijozlar soni sezilarli darajada kam, shu tufayli ham arzon narxda sotish qoplamaydi. Bu meni shaxsiy fikrim xolos.

Shizoukada meni bir kichkinagina, ammo bejirim va narxi ham qimmat bo'lmagan oshxona hayratlantirdi. Bugun Shizoukada halol yemakxona qidira turib ヒマラヤン・レストラン diqqatimni tortdi va u yerga bordim. Bu yerdagi nima menga manzur bo'ldi, ishchilar juda ham tavozeli va ochiqko'ngil ekan. Ular xattoki qaysi davlatdan ekanligimni so'rashdi va tvdagi musiqani ham O'zbekiston musiqasini topib qo'yishibdi, maxsus bu yerga kelganingiz uchun deb choy ham berishdi bepulga. Baribir inson gaplashib, bir madaniyat bilan tanishib, o'z mamlakatini tanishtirsa boshqacha hisni tuyadi.Bunday e'tibor uchun rahmat aytib do'kondan chiqdim. Va yana bir marta mehmon bo'lishga o'zimda xohish paydo bo'ldi.

Shu payt xizmat ko'rsatish sohasida, ovqat, ichimlik mazasidan ham ko'ra insonga berilgan e'tibor va ajratilgan vaqt muhimroq ekanligini yana bir bor tushundim.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#Астағфируллоҳ #Дахшат

Шундай касб эгалари борки оҳиратда қабрларидан қорнилари ишиб жойларидан тураолмайдилар, турганда ҳам жин чалган мажнун(жинни) каби турадилар. Бу касб эгаларининг энг кичик гуноҳи ўз онаси билан зино қилган билан баробардир.

Савол: Бу қайси касб эгалари?👇🏼

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Mashxur xushivoz Qur’on hofizi Mishari Roshid al-Afasi  11-dekabr yakshanba kuni soat 15:00da  Tokyo Camiga tashrif buyuradilar.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Hurmatli Yaponiyada ta'lim olayotgan yurtdoshlar yanvar oyi oxirida yoki fevralni boshida Yaponiyada qanday ta'lim olish kerak? mavzusida davra suhbati qilsak. Nima deysizlar? Kelsanglar, maktabdagi muammo, o'qishdagi muammolarni birga tahlil qilsak va yechim topsak.

Bu uchrashuvni agar ko'pchilik haqiqatda ham kerakli deb bilsa, Nagoya, Tokyo va boshqa shaharlardagi tajribali va o'z sohasining mutaxasislarini chaqirmoqchimiz. UYAJ, UAC va O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi bilan birgalikda katta davra suhbati o'tqazsak nima deysizlar? Menga o'qishda o'z yo'lini topa olmayotgan, ish va o'qish muvozanati buzilib ketganidan, muhit yaxshi emasligidan o'qishga qiziqishi tushib ketgan yurtdoshlarimiz ko'p yozishadi. Bu masalani birga hal qilishimiz kerak deb o'ylayman. Quyidagi so'rovnomani hamma Yaponiyadagi ta'lim olayotgan yurtdoshlarga yuborsanglar, men harakat qilib, suhbatni uyushtirardim. Bir oy avvaldan kuni va manzili e'lon beriladi. Shunga qanday qaraysiz?

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

‼️ Тирноқлар орқали саломатлигингиздаги кўплаб муоммаларни билиб олишингиз мумкин

❓Жавобларни билиш учун бу ерга босинг
👇🏼

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

5127 marta muvaffaqiyatsiz urunish

⁉️Rasmdagi insonni taniysizmi? Bu inson Angliyalik millarder James Dyson. Bu inson dunyoda mashxur brend Dyson brendi asoschisi, Googlega Dyson deb yozsangiz chang yutgich chiqarib beradi. Bu inson hozirda ko'pchilik ishlatadigan silkonli qopsiz chang yutgich (cyclone bagless vacuum cleaner) ni ixtiro qilgan. Xo'sh nima bo'pti qilgan bo'lsa qilibdida, oddiy chang yutgich dersiz, ha oddiy chang yutgich lekin bu chang yutgichni yaratgunchi 5126 marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

☑️❌️2007-yil May oyida Fast Companyga bergan intervyusida "Men changyutgichimning 5127 ta prototipini yasashga harakat qildim, ammo 5126 tasida muvvafaqiyatsiz chiqqan. Lekin har biridan saboq oldim. Shu tariqa men yechim topdim. Shuning uchun men muvaffaqiyatsizlikka qarshi emasman. Men doim maktab oʻquvchilari ular qilgan xatolar soniga qarab baholanishi kerak deb o'ylayman. Noodatiy narsalarni sinab ko'rgan va ko'p muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechirgan bola, ehtimol, ko'proq muvaffaqiyatga erishar".

Siz nima deysiz? Necha marta muvaffaqiyatsizlikka uchradingiz? Nega bir narsaga birinchi martada erishmasangiz, men omadsizman, adolat bo'lmadi deysiz?

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔹 Қиш мавсумида уйларни иситишда ишончли ва самарали иситиш котелини хали хам тополмадингизми?

🔹 Кўмир, ўтин, электр ва газда ишловчи Универсал котелларни сизга таклиф қиламиз.

🔹Россияда ишлаб чиқарилган  Теплодар заводининг Куппер ОК котелларини махсус чегирмали нархда сотиб олинг!

🔹 Куппер ОК-15 (2.0) - 6 100 000 сум.
Иситиш майдони 70-150м2.

🔹 Куппер ОК-20 (2.0) - 6 600 000 сўм
Иситиш майдони 120-200 м2.

🔹 Бир марта солинган кўмир билан ёниш вақти 8 соат ва ундан юқори.

🔹 Гарантия 3 йил.

🔹 10.12.2022 йилгача махсус чегирмали нархларда.
Котеллар сони чегараланган!

🔹 Вилоятлар бўйлаб улгуржи харидорлар ва сотувчи магазинларни ҳамкорликка таклиф этамиз.

🔹 Ўзбекистон бўйлаб етказиб бериш хизмати мавжуд.

🔹 Бошқа котеллар бўйича тўлиқ маълумот учун:
/channel/uzteplodar
/channel/kotyolteplodar

🔹 Сотув бўлими:
993731774; 916202441.

🔹 Телеграм орқали боғланиш:
@issiqhonauz1; @issiqhonauz2.

🔹 Дўстларингиз ва яқинларингизга юборинг.

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Kick the buckets

Inson hayoti yaxshi tashvishlar bilan band, to'y, oila qurish, farzandli bo'lish undan keyin esa farzandimni o'qitaman, keyin esa uni to'yi, undan keyin esa nabiramga to'y. Qiziq, juda ham qiziq, nima bilasizmi? Bir narsani niyat qilishda adashishimiz. Maqsadlarni faqat oilaga bog'laganimiz. Bu tabiiy jarayonlar emasmi, axir hayvon ham farzandiga ovqat beradi, uni himoya qiladi va qaysidir hayvon hujum qilsa himoya qiladiku?! Yoki noto'g'rimi? Bugun safar bilan Kagoshimadaman. Qishloq joy, boshqa tomondan qarasa esa okeanga yaqin bo'lgan, tog' bilan qoplangan, daraxt ko'p bo'lgan mo'jizaviy maskan. Bu yerda bir maktab bor, maktabda esa yosh yigitchalar ta'lim oladi. Maktab faqat o'g'il bolalar o'qishi uchun mo'ljallangan, lekin bu yerdagi yigitlarni maqsadlari men o'ylab ham ko'rmagan ishlar bilan band. Men 18 yoshda har holda bunday narsalarni maqsad qilmagan edim. 50 yoshimgacha kirganumcha 50 ta mamlakatni sayr qilaman, 30 yoshga kirganimda Googleda katta loyiha qilaman, AI da inqilob qilaman, 30 yoshgacha beyzbol bo'yicha eng yaxshi o'yinchi bo'laman...

Bir ukamiz bilan O'zbekistonda gaplashganda, shunday katta maqsadlarni eshitib xursand bo'lgandim, o'zida, ko'zida ishonchni ko'rgandim, ammo Yaponiyaga keldi, keyin telefonlashdik, telefonda esa ukamizdan aka ishlashim kerak, men o'qimadim ukamni o'qitarman, 2 yil ishlab qaytib uylanmoqchiman deydi. 19 yoshli boladan bu gapni eshitib, hech so'z topa olmadim va ukam omadingizni bersin deya oldim xolos. Bugun yana shu voqea esimga tushdi.

Bugun Angliyalik ustozdan ajoyib ibora eshitdim "kick the buckets" ya'ni hayotda o'zing qilmoqchi bo'lgan ishlarni ro'yhatini "buckets" tuzginda uni kick qil, ya'ni o'ldir dedi. Yaxshi ma'noda ya'ni hayotdagi maqsadlarni tuzib chiqib, uni amalga oshir dedi. To'y, farzand ko'rish kabilarni hayotiy jarayon sifatida qarab, maqsadlarni ham tuzishimiz kerak emasmikin deb o'ylab qoldim. Shunda Yaponiyada ishlayotgan, uzr aslida esa o'qimoqchi bo'lib kelgan yoshlar haqiqatda o'qiydi, 300 kishilik tanigan tanimagan odamga dasturxon yozish o'rniga sayohat qiladi, dunyoqarashini o'stiradi, o'zini boy qiladi ( tajribasini oshrarmidi). Bu shunchaki shaxsiy fikr. Lekin o'ylab ko'rishimiz kerak bo'lgan fikr. Keling buckets tuzib chiqamizda, uni kick qilamiz.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

👑 Qadrli ayollar, sizga Turkiyaning eng oldi brend tekstil maxsulotlari kanalini tavsiya qilaman.

✨Ishonchli
✨Sifatli
✨Boy assortment
✨Yuqori darajadagi servis
✨Viloyatlarga yetkazib berish xizmati mavjud

LUX SARPA LUX SARPA
LUX SARPA LUX SARPA

/channel/+BW1ssQvNWRQ5YmE6

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

📣 Career Forum in 名古屋

Ushbu tadbirda siz, turli kompaniyalarda ishlayotgan tajribali “Senpai”lar, “Job hunting” qilayotgan tengdoshlar va Recruiting kompaniyalarda ishlayotgan O’zbek mutaxassislar bilan muloqot qilib, foydali maslahatlarni olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Bu tadbir, universitetning 1-4 kurs talabalari, “Senmon gakko" va Yapon tili maktabi talabalari uchun mo'ljallangan.

✍Tadbirda ishtirok etish istagida bo'lgan vatandoshlar quyidagi ilova orqali royxatdan otishingiz mumkin.
https://docs.google.com/.../1FAIpQLScCfhcstYR.../viewform...
Barchangizni Nagoyada kutib qolamiz.

Ps: Bu akalarimiz bilan bo'ladigan suhbatni o'tkazib yubormaslikni maslahat beraman.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

‼️O‘QITUVCHILAR UCHUN DASTUR (KYOKENSEY)
TEACHER TRAINING STUDENTS 2023

Yaponiya Hukumati (Monbukagakusho: MEXT) xorijiy o‘qituvchilarga muayyan yapon
universitetlarida maktab ta’limi sohasida o‘qituvchilar uchun dasturi talaba sifatida tadqiqot olib borishni taklif etadi.

✍️Har bir nomzod yapon va ingliz tili bo‘yicha imtihon topshirishi lozim. (Yapon tilidan bilim darajasi kamida boshlangich bo‘lishi kerak (hiragana va katakana alifbelari)).

Stipendiya muddati - 2023 yil oktyabrdan 2025 yil martgacha.

📝 Hujjat qabul qilish yakunlanishi: 2023-yil 1-fevral

❗️Batafsil ma'lumot: https://www.uz.emb-japan.go.jp/files/100437376.pdf

❗️So‘rovnoma-arizani va barcha ilova qilinadigan hujjatlarni quyidagi veb-saytda olishingiz mumkin: https://www.studyinjapan.go.jp/en/smap-stopj-applications-teacher.html

Ps: Ingliz tili va yapon tili ustozlari uchun ajoyib imkoniyat. Bunday ajoyib imkoniyatni o'tqazib yubormang!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

UTokyo Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot Yaponiyadagi 1-raqamli oliygoh – Tokio universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Jami 20 nafar atrofida bakalavr qabul qilinadi.

Biologiya va unga aloqador boshqa fanlar (jumladan, tibbiyot) boʻyicha bakalavriatdan keyingi taʼlimni olishni hamda karyera qilishni xohlovchi talabalar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot sanasi: 2023-yil 6-iyundan 31-iyulgacha.

Imtiyozlar:
– Bepul turar joy
– 250 000 JPY (1770 dollar) stipendiya
– Yaponiyaga borish-kelish uchun aviachipta
– Dastur simpoziumiga (Singapurda, avgust, 2023) borish-kelish uchun aviachipta

Arizalar 2023-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utokyo-amgen-scholars-program-bakalavrlar-uchun-yaponiyada-8-haftalik-amaliyot/

@grantlar

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Shizouka haqida

✍Besh kun ham bir zumda o'tib ketgandek, Shizouka tabiati juda ham ajoyib, havo ochiq holatda hamma yerda Fujisan ko'rinib turarkan, men bu yerni tog'lik degan bo'lar edi, tog'lari va okeanga ulanib ketgan sohillari juda ham chiroyli. Odamlari va taomlari ham boshqacha. Men borgan maktab hovlisidan esa tog' manzarisini ko'rinishi shunchaki super. Bu safar ham yigitlarni orzulari, ular qilmoqchi bo'lgan ishlar meni hayratda qoldirdi.

✍30 nafar boladan birortasi ham programist bo'lmoqchiman demadi, nega deysizmi? Bu yigitlar pul haqida, ko'p oylik oladigan ishlar haqida o'ylashmaydi menimcha. Koki Suiyoshi 17 yoshli yigitchi undan kelajakda kim bo'lmoqchisan deb so'rasam, kelajakda doktor bo'lmoqchiman deydi. Nega ko'p pul topasanda shunda a desam, yo'q men o'tgan yili operatsiya bo'lganman, shunda meni operatsiya qilga doktor menga juda ham yaxshi gapirib, meni davolladi, men ham ko'pchilikni hayotini saqlab qolmoqchiman deydi. Saki Ogawara 17 yoshli qizaloq, undan kelajakda kim bo'lmoqchisan deb so'rasam, biolog bo'moqchiman, nobel olmoqchiman, Yaponiyada ham ayollar hech kimdan kammasligini ko'rsatmoqchiman deydi.

✍Kecha Shizoukada ta'lim olayotgan ikki yurtdoshlarimiz bilan kechga birga tushlik qildik, juda ham yaxshi yigitlar, orzulari va nega Yaponiyaga kelishganini aytib berishdi. Tog'risi umuman nolimay, harakat qilayotgan, samimiy yigitlar bilan suhbatlashib maza qildim. Fazliddin akasi bilan birga yashashlarini, endi esa yanada qiyinchilikda o'zlarini sinab ko'rish uchun boshqa shaharga o'qishga kirmoqchi ekanliklarini aytib berishdi. Yanada musofirlikni his qilishmoqchi ekanliklarini aytishdi. Malades yigitlar to'xtatmanglar.

Xullasi bu safar ham bir dunyo tajriba berdi. Insondan katta orzudan qo'rqmasligi, oldinga doimo intilishi kerakligini yana bir bor amalda ko'rib xursand bo'ldim.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Aslida vatan nima?

Men bir narsa yoki, bir insonni madh etish unga o'zida yo'q narsalari bilan maqtashni yoqtirmayman. Ya'ni paxta ( yapon tilida ごまをする) qilishni yoqtirmayman. Har holda meni biladigan odamlar buni bilishadi. Lekin bugun bir narsa haqida yozmoqchiman. Eng rivojlangan davlatda yashasangiz ham, eng yaxshi mehmonxonada turdangiz ham vatandaqa bo'lmaydi. Men uchun shunday ekan. Yurtdagi halovat, u yerdagi insonlar taftini boshqa hech narsaga solishtirib bo'lmas ekan.

O'zbekiston haqida chet elda gapirish va uni tanishtirish esa boshqacha taft. Kechagi video va andijon polkasi raqsidan keyin ko'pchilik menga yozishdi va ijobiy fikrlar oldim. Haqiqatda vatanni chetdagilarga tanishtirish o'zgacha tuyg'u beradi.

Shu vaqtda aslida vatan nima deyishsa? Men aytgan bo'lardim, men halovat his qiladigan va o'z ramzida 12 ta yulduz va bir oy bo'lgan butunlik deyman.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

⁉️おばんです - hayrli kech?!

🗣おばんです。 こわいよ、休まないと。 Deb gapirishsa tushunasizmi? Qaysi sheva deb o'ylaysiz? Yaponiyaning shimoliga qarab, Hokkaido tomonga yursak shu so'zlar foydasi tegib qoladi.

💧めんこい chiroyli, yoqimtoy (かわいい)
💧しばれる juda ham sovuq
💧こわい juda ham charchadim
💧なして nega
💧なまら juda ham
💧おばんです hayrli kech

Har bir hududni o'ziga yarasha shevalari bor, sekin asta birgalikda o'rganib boramiz.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💥✨Yapon tili o'rganayotgan insonning do'stlari qanday o'ylashadi, ota-onasi qanday o'ylashadi va aslida qanday vaziyat😄

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

♻️Honshuda joylashgan Shizouka prefekturasiga🚄🏔🌋 safarni boshlaymiz. Inshialloh yaxshi taasurotlar bilan bo'lishib boraman keyingi kunlarda.

☄Shizoukada yashaydigan yurtdoshlarimiz bo'lsa aloqaga chiqinglar, ko'rishib, choylashamiz bir☕️🍵

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Shu bilan Kagoshimaga sayohat ham yakuniga yetdi. Yaponiyaning janubidagi hudud nafaqat chiroyli tabiat, ajoyib onsen, mazali hind ovqati bilan, balki yigitlarning orzularini eshitib hayratlanish va fikrlashimni o'zgarishi bilan yodda qoldi.

Yoshlarni fikrlashi baribir boshqacha, ular dunyoni o'zgartirishga, hamma narsa qila olish imkoni borligiga ishonishadi. Qani endi hamma bir umr yosh bola bo'lib qolsa, dunyo boshqacha bo'larmidi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🇺🇿JaUz🇯🇵

Bugungi mashg'ulotda o'quvchilarga ajoyib topshiriq berildi, har bir guruh Yaponiya va boshqa davlat birlashgan hayoliy mamlakat yaratish, men boshqarayotgan guruh davlat nomini JAUZ deb ya'ni Japan va Uzbekistan birinchi harflarini olib, madaniyat, til va din birlashgan mamlakat yaratishga intilishdi.

Rasmda bayroqni ham ko'rishingiz mumkin. Eng qizig'i, xatto taomlar, milliy obidalarni ham umumlashtirishgan. Bu orqali o'quvchilarda chet davlati bilan tanishish va har bir davlat vakillariga birdek munosabatda bo'lishni ham o'rganishmoqda.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Kagoshima haqida

Yaponiyaning 47 ta prefekturasidan biri Kagoshima hisoblanadi. Tabiatiga tog'risi gap bo'lishi mumkin emas, juda ham go'zal va betakror. Odamlari esa samimiy, qandaydir Tokyoda kuzatilmaydigan iliqlik bor. Gaplashishga, siz bilan suhbat qilishga intiladi. Meni hayratga solgan narsa esa kechqurun ko'chaga chiqsangiz (soat 18:00 dan keyinni nazarda tutmoqdaman) deyarli odam harakatini ko'rmaysiz, ko'chalar bo'm- bo'sh harakatsiz. Ikkita restoranga bordik misrlik va turk do'stlarim bilan ammo, ikki safar ham hech kim yo'q, mehmon bo'lib esa o'zimiz o'tirdik.

Bugun va nihoyat, do'konga chiqsam bir ayolni ko'rib qoldim va harid davomida salomlashdim, u esa mendan qayerdan ekanligimni so'radi. Men esa O'zbekistondan ekanligimni, bu yerda esa ish bo'yicha yurganimni aytdim. Va savol sifatida nega bu shaharda odamlar kam, yoki menga shunday tuyuldimi deya savolga tutdim. Ayol esa shahar avval gavjum bo'lganligi, ammo yoshlar tug'ulishi kamayishi va shaharga ketish avj olib, aholi soni kamayib borayotganini aytib berdi. Shu tufayli ham shaharda deyarli harakat ko'rmaysiz, jamoat transporti ham ko'p shaharlar bilan to'xtab qoldi deb aytib berdi.

Rosti Yaponiyaga kelgach birinchi marta, bunday shaharda bo'lishim. Va Yaponiyaga nisbatan fikrlashim anchagina o'zgardi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Ta'zim qilayotgan bolakaylar

Bugun ishdan qaytishda avtobusda qiziq voqea guvohi bo'ldim. Avtobusimiz yosh bolalachalarga to'xtab yo'l berdi, bolalar esa o'tiboq ta'zim qilib, baland ovozda "Arigatou gozaimasu" ( Katta rahmat) deb baqirishyapti. Shu vaqtda tarbiya bergan ota-onangga rahmat deb yubordim.

Kagoshima meni hayratlantirmoqda. Tavoze insonlar, bag'ri keng ingliz tilini bilmasada gapirishga harakat qiladigan haydovchi, yo'lda yo'l berilgani uchun rahmat aytadigan bolakaylar. Dunyodan uzilgan, transport tizimi aholisi kamayayotgani uchun deyarli uzib qo'yilgan joydaman desam, yon-atrofga yaxshiroq qarash kerakligini payqab qoldim.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

☄Futbol bo'yicha jahon chempionati o'yinlari o'zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda, jamoalar esa tobora saralanib bormoqda.

Kecha tunda Yaponiya Xorvatiyaga qarshi saf tortdi, bu bahsda yaponlar penaltiylar seriyasida mag'lubiyatga uchrashdi, shunday bo'lsada o'yindan keyingi terjma jamoa xonasi shunchaki super. Muhlisalar ham tribunani doimgidek tozalab ketishgan.

Shunchaki inson har qanday holatda ham o'zi uchun muhim bo'lgan narsalarni unutmaslik degan gapga mos kelsa kerak bu holat.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bir xillikdan charchagan onajonlarimiz uchun☺️

Bolalar kiyimlari kolleksiyasi👕👚

Bugun buyurtma bersangiz ertasiga qo'limgizda bo'ladi✍


Kanalga ulanish👇
/channel/+tGqTpdwA-FQ4Yjcy


♻️ ㅤㅤㅤㅤㅤ kanalini kuzatib boring

Читать полностью…
Подписаться на канал