yapontili_uzbekistan | Неотсортированное

Telegram-канал yapontili_uzbekistan - Yapon tili va Yaponiya

2866

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen

Подписаться на канал

Yapon tili va Yaponiya

#tavsiya

Yaponiya kosmetikasini yoqtiradiganlar uchun: /channel/Skincare_JP

Yaqinda ish boshlashdi! Kirib ko'ring, narxi ham menimcha hamyonbop!

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥JLPT haqidagi xabarlarga munosabat!

29-may kunidan boshlab xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan
sertifikatlar
roʻyxatini tasdiqlandi. Unga ko'ra endilikda JLPT testidan olingan sertifikat universitet qabuli uchun mezon bo'la olmaydi.

Xo'sh bu nima degani..? Bu endi yapon tili o'qitiladigan univeristetga magistraturaga kirish uchun yoki ishlab ustama olish uchun milliy sertifikat olishingiz kerak degani.

Yaponiyaga o'qishga borish uchun esa, Yaponiyada ishlash uchun esa JLPT baribir kerak bo'ladi. Shuning uchun N2, N1 olib Yaponiyaga boraman deydiganlarga buni aloqasi yo'q. Kayfiyatni tushirishga hojat yo'q!

JLPT tasdiqlanmaganiga sabab sifatida esa Test sertifikati haqiqiyligini tekshirish imkonsizligi ko'rsatilgan. Nima ham derdik, 100 dan ortiq tan oladigan sertifikat bizda tan olinmas ekan.

Lekin testlar o'tqaziladi va topshirsangiz bo'ladi. Yaponiyada ishlash uchun JLPT muhimroq, grant yutish uchun JLPT kerak! Tokuteiginou uchun N4 kerak! Eijuuken uchun ham N1 daraja 15 ball berishini hisobga olsak, bo'shashmaymiz!

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Do'stim ajoyib ish boshlabdi.

Halol yigitligini inobatga olsa, to'liq ishonsa bo'ladigan inson. Men uncha muncha reklama qilmayman.

Toshkentdagilar albatta zakas qilib,ovqatidan yeb ko'rila. Yoqmasa, menga yozasizlar!

/channel/+iQjHIVDrBmU5OTgy

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Markaziy Osiyo yapon tili notiqlik sanati tanlovi🗣

2024-yil 25-may kuni soat 11:00da Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 27-bor o'tkazilayotgan Markaziy Osiyo miqyosida xalqaro yapon tili notiqlik tanlovi bo'lib o'tadi.

Ushbu tadbirni o'tqazib yubormang. Ha aytgancha, tadbirga JLPT Master jamoasi ham borishni reja qilmoqda.

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

JLPT yaqinlashgan sari o'quvchilarda negadir turli bahonalar, sabablar bilan ishtiyoqi tushishini ko'p kuzataman. Har kimda qandaydir sabab bor.

Lekin bir narsani unutmang, hamma odamda vaqt yo'q, hamma odam o'z sabablariga ega.

Lekin shuni ham unutmangki, bugun dangasalik qilyapsizmi, buni hisobini bir kuni albatta qaysidir shaklda to'laysiz! Shu paytda nega men demang!

Muvvafaqiyat bahonalarni emas, qattiq mehnatni talab qiladi!

皆さん頑張リましょう。

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Kechagi ilm majlisi haqida

Kecha men o'qiydigan Tokyo chet tillar universitetida talabalarning ilm majlisini tashkil etdik. 20 dan ortiq yurtdoshlarimiz kelishdi.

Ustoz Alisher aka Umirdinovni kelishlari esa tadbirga o'zgacha ruh berdi. Yangi kitob taqdimotini ko'rdik, to'g'risi bu kitob menimcha nafaqat Yaponiyaga keladigan, balki Yaponiyada yashayotgan yurtdoshlarimiz uchun ham foydali qo'llanma bo'ladi. Bu haqida menimcha kitobni o'qib ko'rsangiz, bilib olganingiz ma'qul lekin. Kitob javondan bitta joy albatta ajratib qo'ying.

Tadbirda yurtdoshlarimiz va ularni fikrlarini eshitib to'g'risi yanada ilmga bo'lgan ishtiyoq oshdi. Afsus bu tadbirda bittagina qiz qatnashdi. Yanada ko'proq opa-singillarimizni jalb eta olsak yaxshi bo'lar edi. Zeroki, erkaklardan ko'ra, ayollarni farzand tarbiyasida o'rni va ro'li katta.

Yaponiyada katta ilm yo'lini ko'rsatuvchi tadbirga birinchi tamal toshini qo'yayotganimiz odamni xursand qilmoqda.

Keyingi tadbirda sizni ham kutamiz, bitta shanba yoki yakshanbadagi kamida 1 man yendan voz kechib qatnashishga arziydi )))

Keyingisi 27-iyul kuni Tsukubada bo'ladi. Albatta keling!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Ertaga bo'ladigan tadbirda Tokyo va unga yaqin hududlarda o'qiyotgan talaba do'stlarimizni kutib qolamiz!

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Video orqali ham o'rganing!

Hozirgi vaqtda zamon rivojlanib ko'proq vizual (ko'zga ko'rinadigan narsa) tarzda o'rganish ham ommalashmoqda.

Shu tufayli ham imkoni boricha JLPT Master jamoasi ham ilmni yoyish uchun, o'rgatish uchun harakatda. Instagramda har hatfa 3 tadan video joylab bormoqdamiz.

Siz ham ko'rib,fikrlaringizni qoldiring. Ilmni ko'proq yoyalik, savobga birgalikda sherik bo'ling. Ham o'rganing, ham o'rganishga sabab bo'ling.

Yangi video uchun ilova: https://www.instagram.com/reel/C7B7yh5ytaW/?igsh=cjVrbmk4eHdyejB4

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Uzbek Academic Club ning navbatdagi yig'ilishiga taklif qilamiz!

Siz o’zingizni qiziqtirgan mavzularda yangi bilim va malumotlarga, balki o’z sohasida yutuqlarga erishgan hamyurtlarimiz bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Sana:
19-May, Yakshanba.
11:00~13:00

Manzil: Tokyo chet tillar universiteti

Ro’yhatdan o’tish uchun:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdtZ30Imk7FYWUkcT9ABv6CgkhxXMbZa7JJ0c60EwyaBitNng/viewform?usp=sf_link

Shoshiling, joylar soni cheklangan.
Sizni kutib qilamiz.

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Mext granti haqida gaplashdik! Ilmimiz yetgan darajada suhbat qildik, kamchiliklarga rozi bo'lasiz!

Grant yutish uchun harakatda Alloh o'zi kuch-quvvat bersin! Astoydil bo'linglar!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Ba'zida o'quvchilarimiz "Sensei o'qiyapman, lekin natijasi ko'rinmayapti?" deb savol berib qolishadi.

Baraka topgur, bir narsani natijasi 1-2 oyda ko'ringanda edi, hozir hamma bir chet tilida emas, kamida 10-15 ta tilda gapira olgan bo'lardi. Mehnat, intilishdan tashqari ozroq sabr ham kerak. Shunda natija bo'ladi.

Inson taslim bo'lmasa, oxirigacha harakat qilsa keyin natija bo'ladi. Taslim bo'lishni boshladingizmi, quyidagi videoni ko'ring.

Zero muvvafaqiyat tasodif emas. Qayta-qayta urinishlar, harakatlar va taslim bo'lmaslik natijasi!

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bugun omad kelmagan ekan yutqazdik. Lekin futbolni tushunadiganlar bildi, jamoamizga biroz omad kelmadi.

Finalda g'olib bo'lgan Yaponiya terma jamoasi futbolchilariga esa O'zbekistonlik muxlislar sektoriga kelib rahmat aytganiga esa shunchaki qoyil qolish kerak.

Futbol o'z yo'liga davlatlar o'rtasidagi yaxshi munosabatlar abadiy bo'lsin!

Ajoyib ishtirok uchun rahmat 🇺🇿O'zbekiston, hurmat uchun esa rahmat 🇯🇵Yaponiya!

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Shu hafta o'qish bilan bog'liq ish bilan Malayziya poytaxti Kuala Lumpurga sayohat qildim. Ham o'qish, ham sayohat bilan 3 kecha 4 kun shaharda bo'ldim.

Biroz xulosalarimni bo'lishmoqchiman. Aholisining asosiy qismi musulmon bo'lgan bu davlatda har bir ovqat mahsuloti, suvlarda halol sertifikati tushurilgan, tropik mintaqada yetishtiriladigan mevalarni turini ko'rib hayron qolasiz. Shaharda qandaydir hayot qaynaydi, odam ko'p. Birorta ham mashina signal chalganini eshitmaysiz. Birov bilan birovni ishi yo'q. Binolar va ularni qurilish tizimi umuman o'zgacha. Avtobuslar juda ham arzon, xattoki shahar ichida turistlar uchun bepul avtobuslar ham qatnaydi.

Borganingizda tavsiyalarim bor.

•Yengilroq kiyim oling, havosi biroz dimroq ekan. Inson ko'p terlaydi,shunga ko'proq suv ichgan yaxshi.

• To'satdan yomg'ir yog'ib yuborishi mumkin o'zingiz bilan soyabon olib yursangiz hech ham zarar qilmaydi.

•Grab taksi ilovasini yuklab oling. Taksi narxi qimmat emas, shaharda taksida harakatlanish qulayroq.

•Iloji boricha viza karta yoki kredit kartadan foydalanish qulayroq. Transport vositalari, do'konlar, restoranlar hammasida viza karta ishlaydi. Naqd pul ham ozroq olib olsangiz ziyon qilmaydi.

• Alan Jalor ko'chasi va Central Marketga tashrif buyurib, taomlar va mevalardan yeb ko'rishni unutmang.

Yaponiya bilan solishtirganda biroz xizmat ko'rsatish qo'polroq tuyulishi mumkin. Lekin albatta borib ko'rish kerak bo'lgan shaharlardan biri deb o'ylayman. Yangi madaniyat, yangi odamlar bilan tanishasiz.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Hozirgina bir o'quvchimdan olgan xabar. Hammaga maqsadiga yetish nasib qilsin!

Aytgancha Mext granti bo'yicha suhbatni keyingi hafta qilamiz nasib qilsa! Kunini alohida e'lon qilaman.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥早くて汚い仕事するよリしない方がいい

Kecha Yokohamaga bir ukamdek yaqin bo'lgan yigitni tug'ulgan kuniga bordim. U yigit hozir stajor vizada ishlaydi. Tug'ulgan kuniga ishxonasidagi yapon ish boshqaruvchisini (yapon tilida 職長 deyiladi) chaqiribdi. Anchagina suhbat qurib o'tirdik.

Ish boshqaruvchi ish joyidagi asosiy nuqtalar, yapon jamiyatidagi o'zini qarashlari haqida ham anchagina gapirib berdi.

U o'z gapiga qaraganda unga ustozlari maktabdan ketganing yaxshi, o'qish sen uchun emas deb aytishgan ekan. "Shuning uchun ham, o'qish men uchun emas ekan deb, o'rta maktabni tugatgach, qurulish ishiga kirib ish boshladim." deb aytib berdi.

Yuqori maktabda ham o'qimagan insonni bir gapi anchagina ta'sir qildi. "Bizni sekin ishlaydi deydi, aslida unday emas. 早くて汚い仕事するよリしない方がいい " deb aytdi. Ma'nosi esa nimadir ishni tez, rasvo qilib qilgandan qilmagan yaxshi.

Bir narsani dildan, mehr bilan bajarish muhim demoqchi bo'ldi. Pulini olsam bo'ldi demayman demoqchi bo'ldi.

Yapon tili va Yaponiya kanalida postlar davom etadi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Noldan yapon tili o'rganaman degan o'quvchilarga kurs ochyapmiz!

Kurs davomiyligi 4 oy bo'ladi. Yaponiya uchun ham zo'r vaqtda.
Batafsil ma'lumot uchun: @JLPTMasteruz

Ustozimiz ayol kishi, ayolini o'qitaman deganlar uchun ham yaxshi imkoniyat!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yaponiyadagi binolar zil-zilaga bardoshli! Nega deysizmi? Unda videoni tamosha qiling!

Bu tizimni o'tgan yili Fanlar akademiyasi olimlariga tarjimonlik qilganimda o'z ko'zim bilan ko'rgandim.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Maktabni taomlaganimga ham bugun 13 yil bo'libdi. Biz 9 yillik maktabda o'qiganmiz. 25-may inson o'zini hayotdagi birinchi maktab deya atalmish maskandan ajraladigan. Katta hayotga qadam qo'yadigan kun.

Kimdir o'qishga kiradi, kimdir esa ishlay boshlaydi. Lekin bir narsa aniqki, endi sizda o'rganib qolgan muhit bo'lmaydi. Yangi insonlar, do'stlarni uchratasiz.

13 yillik tajrabadan kelib chiqib shuni ayta olamanki, bu yo'lda qat'iyatli bo'ling. Maqsad katta bo'lsa, ishonch bo'lsa, mehnat bo'lsa hamma narsaga erishsa bo'ladi.

Maktabni bitirayotgan ukam, singlim yangi hayot yo'li muborak bo'lsin!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#янги_нашр

"ОРЗУДАГИ ПРОФЕССОР"

👨‍🏫 Қандай инсонни биз профессор-ўқитувчи деб биламиз? Профессор-ўқитувчилик жамиятдаги бошқа касблардан нимаси билан фарқ қилади? Улардан бутун жамият ва ёшлар нимани кутади? Ушбу китобда сиз шу ва шунга ўхшаш саволларга жавоб топишингиз мумкин


Муаллиф: Aлишер Умирдинов

Тили: Ўзбек
Ҳажми: 176 бет
Муқова: юмшоқ

Нархи: 30 000 сўм (ҚҚС билан)

🤖 Бот орқали сотиб олиш: @kodeks24_bot

📄 Тўлиқ прайс лист

🚚 Етказиб бериш хизмати бор.

📍 Дўконларимиз манзили:
Муқимий кўчаси: Геолокация
☎️ +998 99 554-70-70

Сайилгоҳ кўчаси: Геолокация
☎️
+998 99 517-70-70

✍️ Мурожаат қилиш

☎️ +998 93 554-63-70

📨 Telegram |📱 Instagram |💻 Facebook | 🌐 web-sayt

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Odam urvorishibdi! Yurtdoshimizni mushkulini oson qilsin.

Birodarlar Yaponiyada yo'l patrul xodimlari deyarli to'xtatmaydi. Lekin pravasiz mashina haydamang. Yo'lda, velesopedda ham ehtiyot bo'lib harakatlaning.

Ko'za kunda emas, kunida sinadi!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Indoneziya safarim ohiri o’z nihoyasiga yetdi. Juda foydali ilmiy safar bo’ldi deb ayta olaman. Bu haqida batafsil yozaman keyingi kunlarda.

Yaponiyaga Tokiodagi Haneda aeroporti orqali qaytdim. Shu sababli, Tokiodagi O’zbekistonlik yosh tadqiqotchilarning Academic Klubi yig’ilishida qatnashdim. Tokyo university of foreign studies da bo’lgan yigilish har tomonlama foydali bo’ldi. Tokio joylashgan Kanto viloyatlaridan yig’ilgan yangi iqtidorlar bilan yaqindan tanishdim. Klubimiz ishini jonlantirishda jonbozlik qilgan Ibrohimjon Abduljabborovga alohida tashakkur aytishim shart.

Aytgancha, tadbirda nashrga tayyorlayotgan yangi kitobim taqdimotini qilgan bo’lsam, Tsukuba University doktoranti Firdavs aka Xasanov esa Yaponiyadagi mentorlikka oid ilmiy natijalari bilan bo’lashishdi.

Keyingi yig’ilish endi Iyul oyida Ibaraki viloyatidagi Tsukuba university da bo’lib o’tadi. Kelinglar-a😊?

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yaponiyada O'zbekistonliklarni (nanmin) qochoq vizaga topshirishi 2022-yilga nisbatan 2023-yilda 1066%ga oshibdi.

Bu borada WAYU Japan murojaat bilan chiqibdi!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥JLPT Master yapon tili kursiga sizni taklif etamiz:

Hozirda davom etyaotgan darsimiz uchun guruhga 2 ta o'quvchi qabul qilamiz!

Guruh darslari noldan boshlangan guruh bo'lib,hozirda Minna no nihongo 1-kitobining 4-darsiga kelgan.

Minna no nihongo 1 kitobini biz bilan birgalikda qaytadan takrorlayman desangiz unda bu guruh siz uchun!

⏰Dars seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 8:00 da bo'lib o'tmoqda.

📥Kursga qatnashmoqchi bo'lsangiz, @JLPTMasteruz ga aloqaga chiqing!

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥JLPT Masterda yangi video

Bu safar sal o'zgacharoq yondashdik! Natijani ko'rib baho berasiz. Koment qismida izoh qoldirishni unutmang!

https://www.instagram.com/reel/C6ye8WYsCur/?igsh=ajdhZHBnbnN1MXMw

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Ertaga soat 18:00 da chatimiz boshlanadi!

Menimcha bunaqa imkoniyat bir marta bo'ladi. Ertaga suhbatga Yana bir mehmon taklif qildim, bu sir bo'la qolsin. Suhbatda Mext imtixoni va Research plan yozish haqida gaplashamiz.

Magistratura va PhD uchun Mext grantini yutish uchun faqatgina yapon tili yoki ingliz tili o'zi yetarlimi?

Ertaga suhbatda gaplashib bilib olasiz. Mextga topshirmoqchilar o'tkazib yubormang!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

▶️200 nafardan ko'proq odam ha qatnashaman deb javob beribdi.

7-may kuni (seshanba) soat 18:30 da (O'zbekiston vaqti bilan) telegramda ovozli chat qilamiz. Birgalikda Mext imtixoni haqida gapalshamiz!

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

4 xil omad bor

Yaqinda Naval Ravikant'ni YouTube sahifasida chamasi 4 yil avval joylagan 3 soatlik podcastini eshitib tugattim. O'rganganlarim juda ko'p lekin ular orasida eng yoqgani omad haqidagisi bo'ldi. Uning aytishicha, omad 4 xil bo'ladi.

1. Ko'r omad (Blind luck)

Bunday omad deyarli har birimizda bir marta bo'lsa ham yuz bergan. Ya'ni bu omadni kelishi bizni aqlimiz yoki strategiyamiz tufayli emas, oddiygina g'oyibdan kelgan

2. Qattiq mehnat omad (Hard work luck)

Siz judayam qattiq mehnat qilasiz va jarayon davomida omadingiz keladi

3. Yaxshi omad aniqlovchi (Good spotter luck)

Siz bir sohani kuchli mutaxassissiz va shu sohangiz bo'yicha qayerga qancha investitsiya qilsangiz qancha qaytishini bilasiz.

4. Yagona talant omad (Unique character luck)

Siz bilgan hunarni dunyoda sanoqli odam ba'zida hech kim qila olmaydi. Bu omad turida ko'proq omad sizni qidirib topadi.

Xulosa

Omadingiz kelish ehtimolini oshirmoqchi bo'lsangiz sizni nazoratingiz tashqarisidagi omadga ishonishdan voz keching...

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Ertalabdan ajoyib yangilik😒 Yen o'zini eng cho'qqisiga chiqmoqda. Ko'tarilishda davom etadimikina🧐

Karl ishlarni yig'ishtir Malayziyaga ketdik dermidi😅

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

📱INSTAGRAMDA YANA BIR VIDEO!🔥

https://www.instagram.com/reel/C6GuE4ZsDZo/?igsh=MTBhd3BtdGFyaTZ1NQ==

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Poyezda yoki metroda kimdir sumkani shunday taqib olganini ko'ra boshladingizmi? Demak Yaponiyaga xush kelibsiz.

Yaponiyada poyezd juda ham gavjum va deyarli aholining 70-80% jamoat transportidan foydalanadi. Kimdir avtobusga shoshgan,kimdir esa poyezdga. Buning sababi asosan 2 ta deb o'ylayman. Birinchisi bu manzilga vaqtida yetib borasiz. Ikkinchisi esa qulay va xavfsiz.

Qayegadir, o'tlab ketib qoldingku deysizmi? Biz sumka taqish haqida gapalshmoqchi edikku a?! 😁 Yaponlar jamoat transportiga chiqqanda sumkasini oldilariga taqib olishadi. Buni ham sababi 2 ta deb o'ylayman. Birinchisi  xafvsizlik,ya'ni odam ko'p foydalanadigan poyezdda narsangizni o'g'irlab ketishsa bilmay qolmasligingiz uchun. (Yaponiyada bunday holat deyarli uchramaydi).

Ikkinchisi esa boshqalarga halaqit bermaslik. Ortingizdagi yo'lakdan odamlarni erkin harakatlanishi va ko'proq odam sig'ishi uchun. (Menimcha endi bu yapon madaniyati).

Ha aytgancha yana bir foydali tomoni bor, sumkani oldiga taqib uxlash mazza😅 Yostiq o'rnini ham bosadi. Men Shu maqsadda ko'p foydalanaman.😃

Yapon tili va Yaponiya kanalida postlar davom etadi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…
Подписаться на канал