yapontili_uzbekistan | Неотсортированное

Telegram-канал yapontili_uzbekistan - Yapon tili va Yaponiya

2866

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen

Подписаться на канал

Yapon tili va Yaponiya

☘Kanagawa shahri. Shu ko'chada sayr qilarmidingiz?

Ha Albatta 🔥
Shu ham savolmi👍

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Tokyo station! Tungi manzara🌃

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Tokyodagi universitetlardan birida ingliz tili bo'yicha dasturda meni hayratlantirgan yigitcha haqida yozmoqchiman.

Ismi Makoto, 16 yoshli maktab o'quvchisi. Yosh yigitcha dastur davomidagi "Sen kelajakda kim bo'lmoqchisan" degan savolga: "men shifokor bo'lmoqchiman" deb javob berdi. "Nega bu kasbni tanlamoqchisan?" "Men yaqinda bir video ko'rdim, unda Kambodja davlati ko'rsatildi, kasal insonlar ko'p ekan, ularni davolashga esa kam mablag' ajratilar ekan. Men shifokor bo'lib, borib o'sha davlatda ishlamoqchiman."

Menimcha bu yigit shifokor bo'ladi. Kuni kelib o'zi aytganidek Kambodjaga borib ishlasa ham ajablanmayman. Shunchaki yosh yigitdan chiqayotgan maqsadni ko'rib, hayratlandim. Oylik qanchaligi emas, nima uchun ishlanishi, qanchalik foydali ish ekanligi muhim deb qaraydigan bu yigitga omad tiladim.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#tavsiya

✅Bir necha oy avval Yaponiyaga mashhur bloger, boshovchi Otabek Mahkamov tashrif buyurgan edilar. Uchrashuvda Yaponiyadagi akalarimiz Firdavs va Jurabek akalardan intervyu olinibdi. Juda ham foydali suhbat bo'lgan. Ko'rishni tavsiya qilaman. O'qish, ish va Yaponiya haqida ajoyib ma'lumotlar berilgan.

Link: https://youtu.be/Iv7qjREydMA

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

‼️“Nihongo Noryoku Shiken” (dekabr, 2022) imtihoni natijalarini O‘zbekiston-Yaponiya Markazining
6-qavatidagi qabulxonasidan quyidagi muddat mobaynida olishingiz mumkin:

2023-yil 28-martdan 24-aprelgacha (09:00-18:00)
Tushlik tanaffus: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba
❗️Imtihon natijalari faqat imtihonga ariza topshirganda olingan ruxsatnoma taqdim etilganidan keyin beriladi.

Manba: UJC Uzbekistan

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🌳🎋"Kitob konserva bankacha"

🌿☘Yaponiyalik hunarmand Kiyotaka Mizukoshi ijodidan namuna.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Shunday Sakura gullab turgan ko'chada tungi sayrga nima deysiz?

Yanada batafsilroq taasurot quyidagi videoda: https://www.instagram.com/reel/CqNfu-6p6Nx/?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Yo'q demasdim🔥
Albatta sayr qilardim👍

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

☘Men yashaydigan uy yaqindagi ko'chada Sakura juda ham chiroyli bo'lib ochilibdi.

📹Videosi esa quyidagi linkda:
https://www.instagram.com/reel/CqGU4D7AD_O/?igshid=MDJmNzVkMjY=

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yer qimirlashi biroz qattiq bo'ldi deyishyapti. Alloh o'zi asrasin!

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Avval yuragingga mo'ralaydi u,
So'ngra kurtaklarga o'rgatadi so'z.
Zaminning ko'zidan qochadi uyqu,
Demak, bahor keldi. Kelmoqda Navro'z!

Qishning axvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to'kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, bahor keldi. Kelmoqda Navro'z!

☘Navro’z ayyomingiz muborak bo'lsin! Yurtimiz uchun yangilanish fasli va bugungi yangi yil kuni muborak bo'lsin! Bayram kayfiyati sizlarni yil davomida tark etmasin!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

✍急げば回れ

Yapon tilida ajoyib maqol bor: 急げば回れ(isogeba maware) ya'ni shoshilsang aylanib qolasan. Yo'lni tezroq bosib o'taman deb, adashib uzoqroqqa ketib qolishingiz mumkin degani.

Ko'pchilik maqsad qo'yadi, bunga esa qanday qilib bo'lsada tezroq erishishga intilish bor. Nima muhimroq tezda erishishmi, yoki sifatli erishishmi shu haqida bir o'ylab ko'rish kerak deb o'ylayman. Tez erishilgan narsani qadri qanchalik bo'ladi? Siz nima deb o'ylaysiz?

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🕌Yaponiyada masjidlar soni nechta?!

Yaponiyada hozirgi kunda 90 ta masjid faoliyat yuritmoqda. Mamlakatda esa 2019-yilgi ma'lumotga qaraganda 230 ming nafar musulmon istiqomat qiladi.

Yaponiyadagi eng katta masjid
Tokyo Camii hisoblanadi. Bu masjidga 1938-yilda ilk tamal toshi qo'yilgan bo'lsa, 1986-yilda buzib tashlangan. 1998-yilda qayta qurildi va 2000-yilda to'laligicha qurib bitkazilgan.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

✍️Yapon tili vaqti

一か八か(ichika hachika)

Ma'nosi:
「結果は分からないが、運を天に任せて思い切ってやってみる」という意味の慣用句
Ya'ni natijani bilmagan holda, tavakkal qilib bir nimani sinab ko'rish

一度決めたからには、一か八かでやってみよう
Qaror qilgandan keyin, tavakkal sinab ko'raylik

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Keling talalablarni daromadiga biroz batafsilroq to'xtalamiz. Yuqoridagi jadvalda talablarni soatlik ish haqqi foiz hisobida keltirilgan. Yaponiyadagi chet ellik talabalarni 100% deb olsak, ularni 9% dan ko'prog'i 800 yendan kam oylik oladi, bir soatlik ish uchun. 50% esa 800-1000 yen deb berilgan. Soatiga 2000 yen topadigan talabalar esa 0.9% ya'ni bir foizga ham bormaydi. To'g'ri bu statistika 2015-yildagi ammo, hozirda shu summani 100 yenga ko'proq qo'shib hisoblasa menimcha katta farq bo'lmaydi.

Yaponiyaga kelganda ishlamang demayman, ishlang, pulni ham toping ammo o'qing ham yoki nimadir o'rganing. Ishda ezilib qolayotgan yoshlar kam emas, chunki ko'pchilik baribir yuragining qayeridadir o'qish maqsadi bilan keladi. Bu esa ko'p pul topsangiz ham, sizga xohlagan halovatni topa olmaslikka sabab bo'ladi. Siz ko'p pul topsangiz ham, turib-turib qandaydir o'zingizdan ko'nglingiz to'lmayaptimi, menimcha unda siz biroz o'ylab ko'rishingiz kerak.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Shahar markazida sakura gullabdi. Insonlar baland binolar qolib, sakura gulini rasmga olish bilan band. 😄

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🗣想像 yoki 創造

Yapon tilida そうぞう (souzou) degan so'z bor. Bu so'zni ikki xil kanjida ifodalash mumkin. Biri 想像(tasavvur🪐 ma'nosini beradi), ikkinchisi esa 創造 (ijodkorlik✨ ma'nosini beradi).

Mana shu ikki qobilyat bo'lsa inson ko'proq muvvafaqiyatliroq bo'ladi deb o'ylayman. Hozirgi shiddat bilan rivojlanyotgan zamon va kelajakdagi sun'iy intilekt (AI) 🦾davrida yashash uchun bu ikki qobilyatni rivojlantirish har qachongidan ham muhimroq ahamiyat kasb etadi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

​‼️Yaponiyada JLPT

Iyulda bo'lib o'tadigan JLPT testi uchun hujjat topshirish jarayonlari 24-martdan 14-aprelgacha davom etadi.
Ma'lumot uchun yozgi JLPT imtixoni 2-iyul yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

💴Test topshirish narxi: 7500 yen

✍ Test topshirish uchun ro'yhatdan o'tish: https://info.jees-jlpt.jp/?lang=english

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

☘ Ajoyib tabiat manzarasi

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🗣Balki, o'sha kuni endi yoshing o'tdi, hammasi befoyda deganimda, afsuslanardim

Bir kuni tongda uyqudan uyg'ondim, o'zimga savol berdim. Men 25 yil davomida musiqachilik bilan shug'ullandim, eng yuqori darajaga yetib keldim. Yana o'rtacha 25 yil yashay olaman, yana boshqa sohani o'rgansam nima bo'lar ekan deb o'ylab qoldim. Va huquqshunos bo'lishga ahd qildim. 2 yil universitetga o'qishga kirishga tayyorlandim va o'qishga kirdim. 48 yoshimda huquqshunosga aylandim.

Yuqoridagi nutqni bugun Akihiro Shimadan eshitdim. Bu inson o'zini bir sohada sinab ko'rish uchun kech deb o'ylamaganligi meni hayratda qoldirdi. Boshqa sohaga o'tayotganda, ishi yurishmagani uchun emas, o'z sohasida topda turganida bu qarorga kelgani yanada insonni hayratlantiradi.

Sizchi hali ham o'tiribsiz? Til o'rganish yoki nimadirni o'zgartirishga kech deyapsiz? Lekin bir o'ylab ko'ringga, hech bo'lmasa nimadirni amalga oshirish uchun 1% bo'lsa ham imkoniyat borku. Akihiroga savol berdim: "Shon-shuhratdan voz kechib, boshqa sohani tanlab ketganingizdan bir marta bo'lsa ham afsuslandingizmi?" "Yo'q, afsuslanmadim. Balki, o'sha kuni endi yoshing o'tdi, hammasi befoyda deganimda, afsuslanardim, hech bo'lmasa harakat qilib ko'rmaganim uchun ham" deb javob berdi.

Xulosani esa o'zingizga qoldiraman. Siz hozirgi faoliyatingiz, ishga bo'lgan munosabatingiz, shaxsiy rivojlanishingizdan mamnunmisiz?

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥"Nihongo Noryoku Shiken, Iyul 2, 2023y." imtihoniga hujjatlar qabuli boshlandi!

⏰Hujjatlar qabuli muddati: 28 martdan (se.) – 10 aprelgacha (du.), 9:00–16:00

❗️Imtihon sanasi: 2-iyul, 2023 yil (yakshanba)

Batafsil ma'lumot: https://ujc.uz/uz/detail_13_113/

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Rasmda nimani ko'ryapsiz? O'rdak... Tumshug'i uzun o'rdak shunday emasmi? Ammo yaxshilab qarasangiz, yana quyonni ham ko'rasiz.

O'zimga olgan xulosam, har doimo qandaydir voqeani eshitganda bir tomonlama baho berish yaxshi emas, xatto rasmni bittada ko'rib to'liq tasvirlab bera olish qiyin bo'lganda, voqeani eshitib unga baho berish necha pul turadi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🏃‍♂🏃‍♀Ibaraki shahrida Sakura marafonni o'tqazilibdi. Mana shunday ko'chada marafonda qatnashgan bo'larmidingiz?

Ha albatta👍
Bajonidil🔥

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

✨Ramazon oyi muborak bo'lsin! Fayzli va barokatli amallar qilish nasib qilsin bu oyda!

ラマダン・カリームおめでとうございます

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Onangizga kabob olib qayting

Navro'z bayrami milliy qadriyat sifatidagi eng ajoyib bayramlardan biri. Bolaligimizda bu kunni haftalab, kunlab sanab kutardik. Nega deysizmi? Bayramga boramiz, yangi kiyimlarimizni maqtanamiz derdik. Kechasi bilan uxlamay chiqardik. Ertalabdan esa buvilarimnikiga yugurardim. So'ngra esa bayramlik olib, xursand bo'lib sinfdoshlar bilan bayramga oshiqardik. O'sha kuni bayramda shashlik yeb, kurash, dor ko'rib xursand bo'lib yayrardik. Bayramdan so'ng bayramga chiqmaydigan onamga shashlik olib qaytardim. O'sha kunlar hozir eslasam juda ham ajoyib damlar bo'lgan ekan.

Inson katta bo'lishni, tezroq pul topishni, katta shaharlarda yashashni orzu qilar ekanu, ammo katta bo'lganda ham, orzulariga erishganda ham, katta shaharlarda yashaganda ham, o'sha 1000 so'mlik yaxshi pishmagan shashlikni yeganchalik xursand bo'lmas ekan. O'zbekistondamisiz? Bayramga chiqing, mazza qilib yayrang. Uyga qaytayotganda esa onangizga ikkita kabob olib keling. Keyin bu kunlarni entikib ko'p eslaysiz! Bayram muborak yurtdoshim!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Tokyo shahri uchun Ramazon taqvimi. Yanada aniqroq varianti.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥🌙Yaponiyada Ramazon vaqtlari. Ramazon 23-martdan boshlanadi deb berishibdi rasmiy manbada. Siz Osaka, Tokyo va Nagoya vaqtlarini ko'rishingiz mumkin! Hademay oylar sultoni qadam qo'yadilar.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

‼️Sushi🍣 asosan qaysi baliq mahsulotlaridan qilinadi?! Savolga javob rasmda!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Yaponiya kinosi kunlari (24.03.2023-26.03.2023)

Joriy yilning 24-26 mart kunlari, Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi tomonidan Yaponiya kinosi kunlari o‘tkaziladi. Filmlar yapon tilida va rus subtitrlari bilan namoyish etiladi.
Kirish hamma uchun bepul. Oila va do'stlar bilan albatta keling!

Manzil:
Yoshlar Ijod Saroyi (Mustaqillik ko‘chasi, 2)

Film namoyish jadvali:

24 mart (juma)
18:00 Ochilish marosimi
18:30 “Neko Ninja” filmi namoyishi

25 mart (shanba) 12:00 «Summer Blooms»
15:00 «Mori, The Artist’s Habitat»
18:00 « Aristocrats»

26 mart (yaks.)
12:00 «Yoz gullari»
15:00 «Koshien foto tanlovi: yarim soniyada yoz»
18:00 «Indigodagi aks-sado»


日本映画祭の開催(3月24日~26日)

3月24日~26日、在ウズベキスタン日本国大使館は、日本映画祭を行います。
日本の映画が、日本語音声・露語字幕で上映されます。 いずれも入場無料で、どなたでもご自由にご来場いただけます。ぜひご家族やご友人とお越しください!

<場所>
若者創造宮殿Palace Of Youth Creativity (Avenue Mustakillik, 2.)
<スケジュール>
・3月24日(金) 
18時~開会式、18:30~映画「猫忍」

・3月25日(土) 
12時~映画「四月の永い夢」、15時~映画「モリのいる場所」、18時~映画「あの子は貴族」

・3月26日(日)
12時~映画「四月の永い夢」、15時~映画「写真甲子園 0.5秒の夏」、18時~映画「藍に響け」

Manba:Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yaponiyada student viza bilan 8 oyda $24,000 topish mumkinmi?

Ha topish mumkin?! Bir kunda 14 soatdan haftada 7 kun ishlab topish mumkin. Unda ham yemay, ichmay, kvartiraga to'lamay topish mumkin. Kimdir, yoki qaysidir tashkilot sizga shunday reklama bersa, qaror berishdan avval googledan qidirib ko'ring, javob chiqadi.

Men shunchaki shunday e'lon berayotgan insonlarta aytmoqchiman, siz o'qishga deb yuborasiz, bola o'qisinmi, ishlasinmi?! Talaba 28 soatdan ko'p ishlasa, qayta viza chiqmasligini bilasizku?

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Tabiatni sevadigan insonlar tufayli ham ulug'vorlik kasb etgan Sakura

Parkka boramiz?! Siz bu so'zni eshitganda birinchi hayolingizga nima keladi?! Meni hayolimga birinchi bo'lib mazza qilib uchish mumkin bo'lgan atraktsion keladi. Keyin esa bolalik davrimga olib ketadi hayollar, o'sha vaqtdagi Chust bog'i, u yerdagi bozor, bir dasturxon ustida maza qilib osh yeganimizni eslayman. Sizchi siz nima eslaysiz?!

Bugun Tokyoda havi juda ham yaxshi. Do'stim bilan parkka keldik. Ha siz o'ylagan park emas, Sakura gullagan, o'simlik va tabiatdan bahra olish mumkin bo'lgan bog'. Bu yerda maysa ustida o'tirish mumkin, hatto uxlasangiz ham hech kim e'tibor bermaydi. Kimdir do'sti bilan, kimdir oilasiz bilan, kimdir esa yolg'iz, kimdir esa suygan insoni bilan bog'da. Sakura esa qiyg'os ochilib, inson bahri dilini yoritadi. Shu vaqtda o'ylab qoldim, bizda ham park emas, bog' bo'lsa, u yerga borib, suhbatlashib o'tirda odamlar, ovqat olib borib yeb (picnic qilish ) tabiatdan, bodom guli, o'rik gulidan maza qilib bahra olsa. Maysa ustiga o'tirilsa, kimdir kelib bu yer o'tirish uchun emas demasa. Nima o'zgarar ekana deb o'ylab qoldim. Menimcha ancha narsa o'zagaradi. Tabiatni asrash, ahlat tashlamaslik, oilada o'zaro muloqot qilish, bir-birini tinglash, suhbatlashish. Sanasi menimcha ancha narsa.

Siz nima deb o'ylaysiz. Qaysi bir yaxshiroq. Atraktsionga to'la, jonsiz muhitmi?! Yoki tabiat qo'ynidagi dildan suhbatmi?! Ha aytgancha Sakurani bodomlardek ifori yo'q, shunchaki tabiatni sevadigan insonlar tufayli ham dunyoga mashhur daraxtga aylanib qolgandek menimcha.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…
Подписаться на канал