👤Tabiat go'zalligiga hayrat bilan boqadigan insoniyat hamma yerda bir xil?!
Sakura mavsumi ham boshlanib qoldi. Videodagi tasvir, uyim yonidagi parkdan olingan. Bir yoshi katta ayol bilan, buvijon bilan suhbat qilib qoldim. Uni birga gapi yoqdi: "Inson millati, tili turli bo'lishi mumkin, ammo tabiat go'zalligi oldida doimo bir xil holatda hayratda qoladi".
Savol sizga?! Nega biz gilos yoki bodom gullaganda shunday tabiat qo'yniga chiqib, oilamiz bilan birga bahra olib, dam olib, birga ovqatlanib o'tirmaymiz. Aslida bizdagi bodomlar guli Sakuradan farq qilmaydi menimcha.Dam olish faqat choyxona yoki uxlash bilanmi?! Men negadir bu narsalarga tushunmayman. Buni tushunish uchun, telefondan ko'zni uzib, videodagi kabi daraxt guli atrofida uchayotgan asal arini kuzatish kerak menimcha. Yana bilmadim...
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
‼️Bir oyda kamida 95 000 ming yen (700$)harajat
Yaponiya statistika byurosi tomonidan o'tqazilgan "Oila daromalari va xarajatlari" bo'yicha o'tqazilgan so'rovnomaga ko'ra: Yaponiyada bir kishi yashashi uchun bir oylik o'rtacha harajat 155,046 yenni (1130$) tashkil etar ekan. Bunga kvartira ijarasi, oylik oziq-ovqat, komunal to'lovlar, o'qish va maishiy harajatlar kiritilgan. Keling end shuni alohida ko'rib chiqsak:
🍔Ovqat
Yaponiyada o'rtacha bir oylik ovqat uchun harajat 38,410 yen (281$) ekan. Bu rasmiy statistika, ammo arzon supermarketdan mahsulot sotib olib, uyda ovqat tayyorlash orqali anchagina qisqartirish mumkin. Yoki aksincha ko'chada ovqatlanish orqali sezilarli darajada ortirish ham mumkin.
🪫Komunal to'lovlar
O'rtacha bir xonalik kvartira uchun komunal to'lovlar 11,383 yenni (83$) tashkil etadi. Bundan 3001 yen gazga, 2284 yen suvga va 5482 yen elektrga o'rtacha to'lovni tashkil etgan. Albatta faslga qarab bu ham farq qiladi.
👨⚕️Sug'urta uchun to'lov
Yaponiyada sog'liq sug'urtasi mavjud bo'lib, bu shifokorga borganingizgda harajatni 70% ni to'lab beradi. Shu tufayli ham bu sug'urta tizimi majburiy hisoblanadi. Talabalar uchun o'rtacha 1000 yenni (8$) tashkil etadi.
📞Telefon uchun to'lov
Siz ishlatadigan ta'rifiga qarab, bu ham farq qiladi. O'rtacha 3000 yenni tashkil etar ekan.
🏠Kvartira ijara haqqi
O'rtacha Yaponiyada yashash uchun kvartira ijarasi 22,116 yenni ekan. Lekin 2018-yilda Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligining Statistika byurosi (MIC) uy-joy va yerni o'rganish boshqarmasi ma'lumotiga qaraganda mamlakat bo'yicha o'rtacha ijara haqqi 55,695 yenni (408$) tashkil etgan.
🧮Demak hisoblab ko'ramiz:
Kvartira ijarasi o'rtacha 45,000 yen
Oziq-ovqat harajati: 30,000 yen
Komunal to'lov, sug'urta, telefon to'lovlari: 20,000 yen
O'rtacha harajat: 95,000 yenni tashkil etmoqda. Bunga hali shahar aylanish, kiyim sotib olish, shoppinglar qilish, sayohat qilish harajatlari kiritilmagan. To'g'ri bu miqdor, kvartirani 2-3 kishi birgalikda ijaraga olish, birgalikda supermarketdan harid qilib, navbat bilan ovqat qilish bilan kamaytirilishi mumkin, lekin shunda ham eng kamida 500-600$ harajat qilasiz. Demak kimdir sizga, shuncha mablag' topasan desa, avval harajatlarni bir o'ylab ko'ring!
📚Olingan raqamlar uchun manbalar:
✍️https://www.e-stat.go.jp/dbview?sid=0003000797
✍️https://www.e-stat.go.jp/dbview?sid=0003000797
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Maqsadga erisha olmaslikda asosiy muammolar: maqsad aniq emas, reja aniq emas, belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun qat'iyat yetmaydi, bahona va qo'rquv to'sib qo'yadi. Bugungi suhbatda maqsadga erishish haqida suhbatlashdik. Maqsad aslida qanday qo'yilishi haqida gaplashdik. 17 yillik tajriba baham ko'rildi. Siz ham eshitib chiqing!
Suhbatdagi fikrlar subyektiv, kimgadir manfaatli bo'lgan bo'lsa xursandman. Asosiysi qayerda bo'lsangiz ham maqsadni aniq belgilab oling. Ortga qaraganda, afsus emas, mashaqat rohati ko'rinsin! Keyingi suhbatlarda ko'rishguncha!
Generous me loyihasi haqida batafsil ma'lumot: https://www.facebook.com/GenerousMeUZ
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Motivatsiyam tugab qolyapti, nima qilay?! O'qishni xohlayman, maqsadga erishmoqchiman, ammo davomiy emas! Bunga oz bo'lsada yechim xohlasangiz, bugungi suhbatda qatnashing.
Bu akamiz Yaponiyada 17 yil yashab, katta-katta loyihalar qilayotgan, ko'plab insonlarga foydasi tegayotgan inson. Bugungi suhbatni o'tqazib yubormang. Bu shunchaki gap emas, ko'p narsa bilib olasiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yaponiyadagi ajoyib bekat nomlari! Haqiqatda ham boshqacha ekan😅 USUKI = U❤️
Menga yoqdi🔥
Haqiqatda ham g'aroyib👍
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
✍Kyoto ajoyib atmosferaga ega bo'lgan go'zal shahar! Hademay...
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🍃☘もうすぐ桜🌸
Hademay Yaponiya gulga burkanadi. Sakura mavsumi yaqin. Yuqoridagi rasmda qaysi shaharda 満開 (to'la sakura gullashi) keltirilgan.
Ma'lumot uchun Tokyoda 18-mart kuni gullaydi ekan. 25-martgacha ajoyib manzari saqlanib qoladi deyiladi xabarda.
Manba: https://n-kishou.com/corp/news-contents/sakura/?lang=en
🔥Hanami qilishni xohlayman
👍Zo'rku, men sakurani ko'rmoqchiman
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Tumanli havoda Tokyo shahrining ko'rinishi! Nima deb o'ylaysiz?! Sayr qilarmidingiz?!😅
Ha🔥
O'ylab ko'rardim👍
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yabai plus yoki minus?!
Yapon tilida faqatgina mahalliy aholi bilan muloqot vaqtidagina tushunish mumkin bo'lgan bir nechta jargon so'zlar mavjud.Ulardan biri Yabai hisoblanadi. Bu so'z asosan 3 vaziyatda ishlatiladi.
1) Biror bir narsa juda ham ajoyib, hayratlanarli darajada bo'lgan holatda:
このハンバーガー、おいしすぎてヤバい
Bu gamburger hayratlanarli darajada mazali.
2) Biror narsa juda ham yomon holatda yoki daxshatli bo'lganda:
このハンバーガー、マズすぎてヤバい!
Bu gamburger ta'mi buncha ham rasvo.
3) Siz xavfli yoki yordamga muxtoj vaziyatda, ilojsiz qolgan vaziyatda ishlatiladi:
宿題の締切がヤバい
Vazifa topshirish muddatiga oz qoldi, ey Xudoyim endi nima qilaman.
Yabai plus ma'nodagi so'zmi? Yoki minus? Xulosa o'zingizdan!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
⚡️Yaponiyada eng kam ish haqqi soatiga 853 yen yoki 71 ming 900 so'm
Yaponiyada eng kam ish haqqi ( 最低賃金) 2022-yil 1-oktabrda oshirildi. Yaponiyada hududlarga qarab, soatlik ish haqqi farq qiladi. Minimum oylik soatbay ish haqqiga (時給) ga asoslanadi.
Mamlakat bo'yicha o'rtacha ish haqqi (47 ta viloyatda ) soatiga 961 yen (81 ming so'm)ni tashkil etadi. Eng yuqori soatbay ish haqqi esa mamlakat poytaxti Tokyoda bo'lib, soatiga 1072 yen (90 ming 400 so'm) hisoblanadi.
Eng kam soatlik ish haqqi esa Aomori, Akita, Ehime, Kochi, Saga, Nagasaki, Kumamoto, Miyazaki, Kagoshima va Okinawada bo'lib, soatiga 853 yen (71 ming 900 so'm)dir.
Manba:https://www.mhlw.go.jp/stf/seisakunitsuite/bunya/koyou_roudou/roudoukijun/minimumichiran/
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
♻️Konbinilarda xayriya
Yaponiyadagi コンビニ ( 24 soat faoliyat olib boradigan kunlik mahsulotlar sotiladigan do'kon) larda ehson qutilari tashkil etilibdi. Bu qutilarda 2-fevraldan 28-fevralgacha yig'ilgan mablag'lar katta zil-ziladan aziyat chekkan Turkiya va Suriyaga yuborilar ekan.
E'londa "Xayriya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Oziq-ovqat Dasturi (WFP) va Yaponiya Qizil Xoch Jamiyati tomonidan tashkil etilgan bo'lib, sizning xayriyangiz orqali yordamni tashli eta olamiz. Bunga befarq bo'lmaysiz degan umiddamiz" deb yozib qo'yilibdi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yaponiyada eng mashhur ismlar?!
Ko'plab Osiyo davlatlari kabi yaponlarda ham avval familiya, keyin ism yoziladi. Misol uchun: mashhur yapon yozuvchisi Dazai Osamu, bu yerda Dazai familiya, Osamu esa ism hisoblanadi.
Yaponiyadagi eng mashhur ismlar Sato (佐藤)、Suzuki (鈴木)、 Takahashi (高橋) hisoblanadi. Bundan tashaqari Tanaka (田中)、 Ito (伊藤)、Watanabe (渡辺)、Yamamoto (山本)、Kato (加藤) kabi familiyalarni ham nisbatan ko'p uchratasiz.
✍2021-2022-yil davomida yangi tug'ulgan o'g'il bola👼 chaqaloqlarga qo'yilgan ismlar top 5 taligi quyidagicha ko'rinish olgan:
1. Ren (蓮) ma'nosi: sof, chiroyli;
2. Haruto (陽翔) ma'nosi: quyoshga intilib harakatlanuvchi;
3. Aoi (蒼) ma'nosi: keng va cheksiz dengiz;
4. Itsuki (樹) ma'nosi: osmonga qarab bo'y cho'zuvchi;
5. Minato (湊) ma'nosi: tongi quyosh;
✍2021-2022-yil davomida yangi tug'ulgan qiz bola👼 chaqaloqlarga qo'yilgan ismlar top 5 taligi quyidagicha ko'rinish olgan:
1. Himari (陽葵) ma'nosi: energiyaga to'la, quyoshdek charog'on;
2. Tsumugi (紬) ma'nosi: orzularga to'la, uzoq umr ko'ruvchi;
3. Rin (凛) ma'nosi: kuchli, kiborli;
4. Mei (芽衣) ma'nosi: yangi sinovlarni sinab ko'ruvchi, dovyurak;
5. Aoi (葵) ma'nosi: chiroyli gul
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥父の気持ち
Bu videoga shunchaki ota-bu ota deb nom berdim.Shunchaki ko'ring. Hayotda farzandi uchun ota har narsaga tayyorligini bir namunasi!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yapon tili va Yaponiya guruhida yangi loyiha! YAPONIYADAGI O'ZBEKLAR TAJRIBASI!
Endi bizda Yaponiyada yashab, o'qib, ishlab ma'lum darajada hayot tajribasiga ega insonlar bilan yangi shaklda suhbat tashkil etiladi. Tez orada biz yangi formatda boshlaymiz.
Sizlarga foydali bo'lgan suhbatlar faqat bizda. Biz bilan qoling va do'stlaringizni ham taklif eting.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
☑️Nega Kanji o'rganish muhim?
Men dastlab yapon tilini o'rganishni boshlaganimda, juda ham katta savol bor edi. Nega yaponlar o'zini qiynab shunday murakkab kanjilarni o'ylab topishgan ekan? Yillar o'tib bunga javob topgandekman. Demak birinchi sabab:
✍Kanji so'zlarni ajrata olish, matnni o'qish va tushunishni osonlashtiradi. Qanday qilib bunday bo'lishi mumkin?! Bo'lmagan gap deyapsizmi? Unda quyidagi tektsni bir o'qib ko'ringchi.
ゆ き は, と て も う つ く し い こ で し た が, ふ た り は た い へ ん ま ず し い せ い か つ を し て い ま し た. む ら ぜ ん た い も ま ず し く, わ か も の の す が た も あ ま り み ら れ ま せ ん で し た.
Yapon ustozini bu matnni o'qigandagi holatini men hozir juda ham yaxshi his qila olaman. Faqat Hiragana bilan yozilgan matn, ishoning Kanji bilan yozilgan matndan ko'ra qiyinroq. Demak keyingi sababga o'tamiz.
✍Omonimlarni farqlash uchun Kanji muhim. Omonim o'zi nima shakli bir xil, ma'nosi har xil so'zlar hisoblanadi. Masalan: tut (meva), tut (harakat, ushla ma'nosida). Har bir tilda omonimlar mavjud, jumladan yapon tilida ham. Masalan: あつい so'zining 3 ta ma'nosi bor. Agar siz buni Hiraganada yozsangiz, qaysi ma'noda ishlatilayotganini tushuna olmaysiz.
Ammo kanjida yozilsa:
暑い: issiq (ob-havo)
熱い: issiq (boshqa holatlar)
厚い: qalin
🗣Demak xulosa qilsak, kanji yodlash nafaqat so'zlarni ma'nosini oson tushunish, ma'nosini farqlashga zarur bo'libgina qolmay, matnni tez o'qish uchun ham darkordir.
Yapon tilini o'rganayotgan o'quvchilar kanjiga befarq bo'lmang, yaxshilab o'rganing.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
💦🌨Hokkaido, Sapporo shahri! Qish oxirida ham qor yog'moqda.❄️
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Yaponiyaning kosmosdan tungi ko'rinishi!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥YAPONIYADAGI O'ZBEKLAR TAJRIBASI #1
Maqsadlarni belgilab olish hayotda qanchalik ahamiyatli?! Siz chet davlatga o'qishga yoki ishga bormoqchisizmi?! Bunda sizni harakatlantiruvchi narsa nima? Motivatsiyasi deysizmi, motivatsiya nima o'zi?! Maqsadlarga motivatsiyasiz ham erishish mumkinmi?!
💥Uchrashuv joyi: Yapon tili va Yaponiya kanali
⏰Uchrashuv vaqti: Bugun soat 17:30 (21:30 JPN)
‼️Bunday ajoyib suhbatni o'tqazib yubormang. Biz sizni kutamiz!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥涙が出るような美味しさを描いた母の手紙
O'g'lim ahvollaring yaxshimi? Mana Yaponiyadan jo'nab ketganingga ham yarim yil bo'ldi. Uzoq mamlakatda 6 oydan beri yashayotganing haqida o'ylasam, biror marta ham chetga sayohatga ham bormagan men onang havotir ola boshlayman.
Bolalingda men ishdan kech qolgan kunlar, ostonada yig'lab kutgan kunlaringni eslaysanmi?! Oxirgi vaqtlarda negadir o'sha kunlarni tez-tez eslaydigan bo'lib qolganman. Seni o'ylab havotir olishim o'sha kunlardagidan hech ham o'zgarmagan.
Germaniya Yaponiyadan ko'ra sovuqroq deb eshitdim, issiq kiyinib yuribsanmi?! O'z vaqtida ovqatlanyapsanmi?! Mashg'ulotlaring qanday ketyapti?! Charchab qolmayapsanmi?! Do'stlaring bilan janjallashmayapsanmi?!
Nima bo'lgan taqdirda ham, unutma men doimo sening yoningdaman, sen tomondaman. Qiynalsang, hech ikkilanmay, qachon bo'lsa ham "qornim ochdi onajon" deb qaytib kel. Bu xat senga yetib borganda, senga ovqat tayyorlagani boraman.
Seni jondan ortiq ko'ruvchi onang!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
⚡️マジ?! Rostanmi? Hazilashmayapsanmi?
✍️マジ (まじ) "chindanmi", "rostdan" ma'nosini beradi.
それマジ
Jiddiy aytayapsanmi? Aniqmi?
❗️Bundan tashqari sifatlardan (形容詞) oldin kelganda esa sifatni darajasini ko'rsatishda ishlatiladi.
マジかっこいい
Rostdan ham ajoyib (yoki juda ham ajoyib).
💧Ba'zida bir harf "マ" bilan ham ifodalanish holati uchrab turadi. Bu esa asosan so'roq so'zlarda ishlatiladi.
あの二人が付き合ってたってマ?
Ikkalasi uchrashib yurgani haqida jiddiy gapiryapsanmi?
そマ? 信じられないんだけど
Rostdanmi? Ishona olmayman.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yaponiyadagi chet ellik ishchining o'rtacha oyligi qancha?
Yaponiya sog'liq, mehnat va adliya vazirligi (the Ministry of Health, Labor and Welfare) ma'lumotiga ko'ra 2021-yil holatiga ko'ra Yaponiyadagi chet ellik ishchilarning o'rtacha oyligi 228 ming 100 yenni (19 million 199 ming 400 so'm) tashkil etgan. O'rtacha yillik maosh esa 2,737,200 yenni (230 million 400 ming) tashkil etadi.
Yapon ishchilar bilan solishtirganda oradagi farq anchagina, jumladan yapon ishchisining o'rtacha yillik oyligi 3,688,800 yen (310 million 408 ming so'm) hisoblanadi.
Oradagi asosiy tavofut sababi esa chet ellik ishchilar yoshi anchagina yoshligi va ishlash muddati esa kamligi bilan izohlanadi. Bu haqida keyinroq batafsil ma'lumot beraman.
Yaponiyalik ishchilarning o'rtacha yoshi 43.4 ni tashkil etadi, ularning bir kompaniyada ishlashi muddati o'rtacha 12.3 yilni tashkil etadi. Chet ellik ishchilarning o'rtacha yoshi 32.7 yosh, o'rtacha 3.4 yilni tashkil etadi.
✍Manba: https://www.e-stat.go.jp/stat-search/files?page=1&toukei=00450091&tstat=000001011429
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥YAPONIYADAGI O'ZBEKLAR TAJRIBASI #1
Maqsadlarni belgilab olish hayotda qanchalik ahamiyatli?! Siz chet davlatga o'qishga yoki ishga bormoqchisizmi?! Bunda sizni harakatlantiruvchi narsa nima? Motivatsiyasi deysizmi, motivatsiya nima o'zi?! Maqsadlarga motivatsiyasiz ham erishish mumkinmi?!
💥Uchrashuv joyi: Yapon tili va Yaponiya kanali
⏰Uchrashuv vaqti: 25-fevral 17:30 (21:30 JPN)
Demak biz 2023-yildagi suhbatlarni boshlaymiz! Birgalikda suhbatlashamiz! Biz sizni kutamiz!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥YAPONIYADAGI O'ZBEKLAR TAJRIBASI #1
Maqsadlarni belgilab olish hayotda qanchalik ahamiyatli?! Siz chet davlatga o'qishga yoki ishga bormoqchisizmi?! Bunda sizni harakatlantiruvchi narsa nima? Motivatsiyasi deysizmi, motivatsiya nima o'zi?! Maqsadlarga motivatsiyasiz ham erishish mumkinmi?!
💥Uchrashuv joyi: Yapon tili va Yaponiya kanali
⏰Uchrashuv vaqti: 25-fevral 17:30 (21:30 JPN)
Demak biz 2023-yildagi suhbatlarni boshlaymiz! Birgalikda suhbatlashamiz! Shanba kuni jonli muloqotda ko'rishamiz! Savollaringizni izohlarda qoldiring!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Good luck friend, u gotta complete what I can't do
Bugun yuqoridagi xabarni men yaqin do'stlarimdan biridan oldim. U yigit Mongoliyalik. Yaponiyaga 4 yil avval kelganimda tanishganman. Juda ham intiluvchan bola, yapon tilini noldan boshlab 1 yilda bemalol gapiradigan darajaga chiqdi. Ha Yaponiyada o'qisa bu osonku dersiz, ammo hamma narsa ham siz o'ylagandek emas. U yigit stipendiyasiz o'qigan, o'qishga ham pul to'lab o'qigan, buni chetdagi do'stlarimiz yaxshiroq tushinishadi. U yigit har kuni kechqurun soat 10 dan ishga kirar edi. Ertalab 7 gacha qo'riqchilik qilib, kechasi qurulishda ishlab, kelardi. Darsni endi tasavur qilavering. Xullasi 1 yil almashinuv dasturidan so'ng, men ham u ham vatanimizga qaytdik.
Bir kuni menga internet orqali Ielts 7 ball olganini va endi o'qishni Yaponiyaga o'qishga ketayotganini aytib qoldi. U uchun hursand bo'ldim. Men ham koronavirus davridan so'ng, grant yutib yana Yaponiyaga keldim. Yana bitta univeristetda o'qiyapmiz. Avval men bilan nuqul ingliz tilida gaplashgan bola, faqat endi yapon tilida gapiryapti. Mendan ham yaxshiroq gapiryapti. Uni matonatiga va o'qishiga qoyil qoldim. Men tez orada magistraturaga topshirdim, o'qishga kirdim. Unda esa hujjat bilan muammo bo'b qolib, oxirgi kuni imtixom topshira olmasligini aytishibdi. Buni keyinroq, imtixonni ertasi kuni bildim. Keyingi imtixonga ertaroq hujjat tayyorlab, topshirishni tavsiya qildim. U esa harakat qilib, topshirdi. Ammo bugun natija kuni, u yuqoridagi xabarni yozibdi. Omad do'stim! Men amalga oshira olmagan missiyani sen yakunlab qo'y!
Men nega yozayapman. Ba'zida biz o'ylagan narsalar amalga oshivermaydi. Bu narsani hech qanday shubha yo'q menda. Lekin bu bolani otasi va onasi yo'q edi. Shunda ham oxirigacha harakat qildi. Ishladi, o'qidi, qiynalgan buvisiga yordam berdi.
Do'stim, siz qanday holatdasiz, biz qanday holatdamiz. Bo'sh vaqtimiz, yoki bizga berilgan imkoniyatlardan qanday foydalanyapmiz. Xulosa o'zingizdan.
✍Rasmdagi sertifikat bu bola olgan N2 test sertifkati!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🪄Yapon tilida tug'ulgan kun bilan tabriklash uchun eng yaxshi 7 ta ibora!🎉
Yapon tilida tug'ulgan kun bilan tabriklash siz tabriklaydigan inson bilan munosabatga qarab farq qiladi. Odatda yaponlar tabrikni yozma shaklda ifoda etishadi.
1. お誕生日おめでとう
Yapon tilida tug'ulgan kun degani 誕生日(たんじょうび) deyiladi. Yapon tilida tug'ulgan kuningiz bilan tabriklayman de'gani お誕生日おめでとう deb aytiladi. Bunday tabriklash asosan oila a'zolari, sinfdoshlar, do'stlar uchun ishlatiladi.
2. お誕生日おめでとうございます
Agar siz rasmiyroq tabriklamoqchi bo'lsangiz, お誕生日おめでとうございます iborasidan foydalansangiz bo'ladi. Bu tabriklash asosan hamkasblar, tanish insonlar ya'ni hurmatliroq tabrikni ifodalashda ishlatiladi.
3. おたおめ
Odatda yaqin do'stlarga nisbatan shunchaki qisqa qilib おたおめ deb aytiladi. Bu ibora so'ngi vaqtlarda yaponlar orasida ijtimoiy tarmoqlarda tabriklashda ishlatiladi.
4. ハッピーバースディ
Bundan tashqari ingliz tilidagi Happy birthday iborasini katakanada yozib tabriklash ham urfga aylanib bormoqda.
5. 素敵な一年になりますように
Tug'ulgan kun bilan tabriklashda tilaklar ham bildirish ham o'ziga xos hisoblanadi. Masalan, 素敵な一年になりますように (すてきないちねんになりますように) ya'ni Ajoyib bir yil o'tqazishingizni tilayman! Bu tabrik munosabatlar yaqin yoki uzoq bo'lishidan qat'i nazar ishlatilaveradi.
6.。。。歳おめでとう
Bu tabriklashni to'liq varianti...歳の誕生日おめでとう ya'ni ... yoshga kirganingiz bilan tabriklayman. Buni qisqa qilib... 歳おめでとう ya'ni ... yosh muborak! deb aytish ham mumkin.
7. 生まれてくれてありがとう
Yuqoridagilardan tashqari yaqin insonlarga 生まれてくれてありがとう ya'ni "Sen borliging uchun rahmat" deb ham aytishadi.
🗣Yuqoridagi 7 ta tabriklash eng ko'p uchraydigan holatlar hisoblanadi. Siz ham do'stingiz yoki ustozingizni tabriklashda foydalanib, munosabatlarni yanada mustahkamlashga zamin yaratasiz deb umid qilaman.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥YAPONIYADAGI O'ZBEKLAR TAJRIBASI #1
Maqsadlarni belgilab olish hayotda qanchalik ahamiyatli?! Siz chet davlatga o'qishga yoki ishga bormoqchisizmi?! Bunda sizni harakatlantiruvchi narsa nima? Motivatsiyasi deysizmi, motivatsiya nima o'zi?! Maqsadlarga motivatsiyasiz ham erishish mumkinmi?!
💥Uchrashuv joyi: Yapon tili va Yaponiya kanali
⏰Uchrashuv vaqti: 25-fevral 17:30 (21:30 JPN)
Demak biz 2023-yildagi suhbatlarni boshlaymiz! Birgalikda suhbatlashamiz! Biz sizni kutamiz!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥YAPONIYADAGI O'ZBEKLAR TAJRIBASI #1
Maqsadlarni belgilab olish hayotda qanchalik ahamiyatli?! Siz chet davlatga o'qishga yoki ishga bormqochisiz?! Bunda sizni harakatlantiruvchi narsa nima? Motivatsiyasi deysizmi, motivatsiya nima o'zi?! Maqsadlarga motivatsiyasiz ham erishish mumkinmi?!
💥Uchrashuv joyi: Yapon tili va Yaponiya kanali
⏰Uchrashuv vaqti: 25-fevral 17:30 (21:30 JPN)
Demak biz 2023-yildagi suhbatlarni boshlaymiz! Birgalikda suhbatlashamiz! Biz sizni kutamiz!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🍃🌸Sakura mavsumi Yaponiyaga yaqinlashmoqda. Hademay nafaqat tabiat, balki do'kon rastalari ham Sakura rangi va mahsulotlari bilan to'ladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Yapon tilini oʻrganing
JICA ning oʻtkazgan tadqiqotlariga koʻra, hozirgi kunda Yaponiyada 1,7 million chet elliklar ishlaydi.
Yaponiyada borgan sari tugʻilishni kamayib ketayotganligi, chet ellik ishchi kuchiga boʻlgan talabni oshishiga sabab boʻlmoqda.
Hozirda, 1,7 million chet elliklar ishlayotgan boʻlsa, 2030 yilga kelib, chet ellik ishchilarga boʻlgan talab 4,2 million kishiga, 2040 yilga kelib esa, 6,7 million kishiga yetishi kutilmoqda.
Agar, Yaponiyada ishlashni istayotgan yurtdoshlarimiz boʻlsa, albatta yapon tilini oʻrganishni boshlashni tavsiya qilamiz.
Manba
@kaizen_jp_uz