🔥Agar tuxum tashqaridan kuch bilan sindirilsa, hayot tugaydi. Agar ichki kuch bilan buzilgan bo'lsa, hayot boshlanadi. Ajoyib narsalar doimo ichkaridan boshlanadi.
卵が外力で壊れた場合、寿命は終わります。 内なる力によって壊された場合、人生が始まります。 素晴らしいことは常に内側から始まります。
Ps: Yapon tilini ham ichki xohish bilan o'rganishni boshlasangiz, til oson va qiziqarli bo'la boshlaydi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#munosabat
Bugun Tokyoda yurtdoshlarimiz o'rtasida namoyishga o'xshash holatdagi videolar tarqaldi. Unda politsiya xodimlari va yurtdoshlarimiz o'rtasida o'zaro muloqotni ko'rish mumkin. Bunga sabab esa "Demaekan" eltib berish xizmatida ishlagan vatandoshlarimizning oyliklari to'lanmagani ko'rsatilmoqda.
Voqea Tokyo, Shinjuku shahridagi Kubukichoda bo'lib o'tgan. Tovlamachalik qilib, oyliklarni to'lamagan yapon militsiya mashinasi ichida bo'lganligi, tashqaridagilar esa mashinadan tushishini talab qilishayotganini ko'rish mumkin.
Bu borada O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasidan amaliy harakat kutib qolamiz. Yurtdoshlarimizga esa bu borada bosiqroq bo'lishni, qonuniy tomondan ish ko'rishga harakat qilishlarini tavsiya qilaman.
Aziz vatandoshlar qayerda bo'lmasin ishga kirayotganda qonuniy ish ekanligini tekshirib kiringlar!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Izu yarim orolidan olingan rasmlar!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🎤🎼Kara + Okesutore
Hozirda ko'pchilik dam olish kunlari tashrif buyuradigan, qo'shiq aytib zavqlanadigan joyga aylangan Karaoke kundalik hayotda tez-tez qo'llaniladigan so'zga aylanib qoldi. Ammo bu so'z aslida qayerdan kelib chiqqan?
Karaokeni yangilik sifatida patentlagan inson bu - filipinlik Roberto del Rosario hisoblanadi. Aslida esa Karaoke so'zi fillipincha emas, yaponcha so'z hisoblanadi. Dastlab 1960-yillarda yaponlar musiqa bastalash texnikiasini yaratishgan va uni Karaoke deb nomlashgan.
Aslida ham so'zni ma'nosiga qarasak, Karaoke - yaponcha 空(kara) va オーケストラ (okesutore) so'zlari jamlanmasidan olingan. カラオケ ya'ni bo'sh orkestr, kuylash va bastlash uchun bo'sh yer ma'nosini beradi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yaponiya haqida 5 ta qiziqarli fakt!
1. Yaponiyadagi eng haqoratli so'z バカ (ahmoq, jinni) hisoblanadi.
2. Yaponiyada bir yilda o'rtacha 1500 martagacha zil-zila bo'ladi.
3. Yaponiyadagi bekatlarda soyabon qutilari joylashgan, u yerdan bepulga soyabon olib, yomg'ir vaqtida foydlanib, boshqasiga solib ketsangiz bo'ladi.
4. Yaponiyada choy-chaqa berish mumkin emas. Xoh restoranda bo'lsin, xoh mehmonxonada qo'shimcha haq berish mumkin emas.
5. Yaponiyada hamyoningizni yo'qotib qo'ysangiz, 90% holatda qayta topasiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❤️🔥Menga turmushga chiq
Nikoh inson hayotidagi unutilmas lahzalardan biri. Bu orqali nafaqat unutilmas xotira, balki bir umrlik umr yo'ldosh ham hayotingizga kirib keladi. Qiz bolani qo'lini so'rash ham hayajonli, ham mashaqatli mashg'ulot.
Yaponiyalik Yasushi Takahashi buni antiqa usulini topdi. U 6 oy davomida Yaponiyani o'z mashinasida aylanib chiqib, GPS tizimi orqali "MARRY ME" (MENGA TURMUSHGA CHIQ) deb yozib chiqib, Natsukining qo'lini so'radi.
Yigit bu haqida shunday deydi: Google xaritasi bo'yicha yo'nalishni belgilab oldim. Men ishimni tark etib, mashinamda yo'lga chiqdim. Zil-zila, yomg'ir, qorga qaramay o'z maqsadimga yetdim. "
Natsuki esa kulib : Mensiz qayerga ketayapsan? deb so'radim.
6 oylik sayohat yakuni esa, baxtli oila va romantik hikoya bilan yakunlandi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥鬼滅の刃 (Demon slayer) (Iblis ovchisi) animesi juda ham mashhur hisoblanadi. Bu animeda aytilgan insonni harakatga keltiradigan gaplar:
✍️ひとのために することは けっきょく めぐりめぐって じぶんのためにも なっているものだし
Boshqalar uchun qilgan mehnating, aslida o'zing uchun manfaat olib keladi.
✍️苦しくても、楽な方に逃げるな
Qanchalik qiynalsang ham, oson yo'ldan yurma.
✍️最後まで希望を捨てちゃいかん
Oxirgi lahzagacha umidingmi yo'qotma.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥JLPT imtixoni topshirayotganlarga omad! 6 daqiqadan so'ng, Yaponiyada testga start beriladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥G'alvir suvdan ko'tariladigan palla
Yilda ikki marta JLPT testi o'tqaziladi. Iyul va dekabr oylarining birinchi yakshanbasida bo'lib o'tadi. Ertaga 2023-yildagi 1-imtixon bo'lib o'tadi.
Ertaga testga boradiganlarga tavsiya o'rnida qabul qiling. Hurmatli do'stim, akam, opam, singlim yoki ukam. Ertaga JLPT imtixoni. Siz qaysi darajagi topshirsangiz ham, bu testni o'qigan ilmingizni tekshirib olish deb qabul qiling. Soatlab yozilgan kanji, yodlangan so'zlar, eshitilgan choukailar hammasi ertaga sizga qo'l keladi.
Siz yapon tili orqali yangi madaniyat, yangi insonlar, yangi mamlakat bilan tanishish imkonini qo'lga kiritdingiz. Endi shunchaki shuni tekshirib olasiz. Testdan o'ta olmaslik fojea emas, haqiqiy fojea taslim bo'lish. Nima bo'lganda taqdirda ham taslim bo'lmang, ko'proq o'qing, o'rganing. Mehnat va qilingan mashaqat o'z mevasini albatta beradi.
Bugun yaxshilab dam oling. Ertaga pasportingiz, imtixon varog'i, qalam va suv olib imtixonga boring. Omad yor bo'lsin. Siz buni uddalaysiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
✍💴Yaponiyada banknotalar dizayini yangilanadi
Yaponiya bankining (日本銀行) xabar berishicha: 2024-yilning aprel- sentabr oylarida amaldagi kupyuralar, yangi nusxada muomalaga chiqariladi. Rasmda esa uning ko'rinishini ko'rishingiz mumkin. 500, 1000, 5000, 10.000 yen qiymatdagi kupyuralar dizayini yangilanadi.
Manba: https://www.boj.or.jp/en/note_tfjgs/note/n_note/index.htm
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Oharai shaharchasi,Ise shahri, Mie Prefekturasi! Klassik yapon ko'chasi joylashgan ajoyib makon. Yo'lingiz tushsa, kirib o'ting. Bu maskanga borganingizga achinmaysiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#bilasizmi
Yaponiyada sovg'a sifatida eng ko'p beriladigan shokolad bu Kitkat hisoblanadi. Kit Kat yapon tilidagi きっと勝つ (kitto katsu) so'ziga talafuzi yaqin bo'lgani uchun ham, bu orqali "omad tilayman", "siz g'alaba qozonasiz" de'gan ma'noda Kitkat sovg'a qilishadi.
Kitkat kompaniyasi shokoladni ishlab chiqarayotganda bu haqida bilishmagan ham bo'lishsa kerak😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🌖日の入れ (quyosh botishi)
Ajoyib tabiat manzarasi. Bunday go'zallik insonni zavqqa to'ldiradi. Siz ham quyosh botishini yoqtirasizmi?
🔥Ha, men kuzataman
🫣Men e'tibor bermas ekanman
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#jlptyaqin
❓N1 daraja olish uchun JLPTda necha ball to'plash kerak?
JLPT imtixonida maksimal 180 ball beriladi. N1 daraja olish uchun esa siz eng kamida 100 ball (55.6%) olishingiz kerak. Shunda ham uchta qismdan olingan ball har biri 19 balldan kam bo'lmasligi kerak.
Har bir savolga necha balldan berilishi esa yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#jlptyaqin
❓N2 daraja olish uchun JLPTda necha ball to'plash kerak?
JLPT imtixonida maksimal 180 ball beriladi. N2 daraja olish uchun esa siz eng kamida 90 ball (50%) olishingiz kerak. Shunda ham uchta qismdan olingan ball har biri 19 balldan kam bo'lmasligi kerak.
Har bir savolga necha balldan berilishi esa yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi bayonoti
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yaponiyadagi o‘zbek fuqarolari norozilik namoyishi o‘tkazishdi” degan xabarlar tarqalayotgani munosabati bilan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Joriy yilning 15-iyun kuni Yaponiyaning “HYT” kompaniyasida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh fuqarolar O‘zbekistonning Tokiodagi Elchixonasi Konsullik bo‘limiga murojaat qilib, ish beruvchi kompaniya tomonidan ularga joriy yil may oyi uchun ish haqi berilmayotganligi to‘g‘risida ma'lum qilgan.
Shu munosabat bilan, mazkur masalaga qonuniy yechim topish maqsadida elchixona tomonidan Yaponiya TIVga rasmiy nota yuborilib, mehnat munosabatlarini nazorat qiluvchi mas'ul tashkilotlar va mahalliy polisiya idoralari bilan bir necha marotaba muzokaralar o‘tkazilgan.
O‘z navbatida, ushbu masala fuqaroviy-huquqiy nizoli holat ekanligi inobatga olinib, diplomatik vakolatxona tomonidan fuqarolarimizga yuridik ko‘mak berish va ularning xaq-xuquqlarini himoya kilish maqsadida advokatlik idorasi tezkorlik bilan jalb qilinib, tegishli qonuniy xatti-harakatlar va muzokaralar olib borilmoqda.
Shunga qaramay, joriy yilning 20-iyul kuni bir guruh fuqarolar oylik maoshini so‘rash maqsadida ish beruvchi shaxs bilan uchrashmoqchi bo‘lgan va “HYT” kompaniyasi ofisi oldida to‘plangan. Mazkur holat mahalliy polisiya idoralari aralashuviga sabab bo‘lib, ular tomonidan jamoat tartibini ta'minlash maqsadida fuqarolarimiz bilan tushuntirish ishlari amalga oshirilgan.
Mazkur masala Elchixonaning doimiy nazoratida bo‘lib, ikki tomon o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda hamda fuqarolarimizning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
https://uzbekistan.jp/news/24712
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥N3 darsini so'rganlar uchun N3 kursi uchun qabul
Kurs haftada 3 kun dushanba, chorshanba, juma kunlari O'zbekiston vaqti bilan soat 18:00 da bo'ladi. Bir oyda 12 ta dars. Darslar avgust oyidan boshlanadi.
❗️Kursga faqatgina 13 ta o'quvchi qabul qilinadi!
✍ O'qituvchi haqida: Davronbek Ruzimatov: N1 darajasiga ega, hozirda Tokyo chet tillar universitetida ta'lim olmoqda.
☎️Ma'lumot uchun:
@economistofjapan
*N3 kursi uchun haqiqatda tavsiya qilaman. O'zim tuzib chiqaan dasturlar bo'yicha olib boriladi darslar. Albatta qatnashing, 4 oy davom etadigan kursni tavsiya qilaman.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#savol
Kanal orqali menga aloqaga chiqib ko'plab savollar yozishadi. Shu savollarga #savol ruknida javob berib turmoqchiman.
❗️Yapon tanishimga qayta-qayta yozdim. Lekin javob kelmayapti? Yaponlarga xabar yozishda nimaga e'tiborli bo'lish kerak?!
✍️Men sizga avvalo xabar yozishda e'tibor berish kerak bo'lgan bir-ikkita narsalar haqida ma'lumot bermoqchiman. Yapon bilan xabarlashmoqchi bo'lsangiz, avvalo uning siz bilan bo'lgan munosabatdagi mavqeiga e'tibor berasiz. Aytaylik, u sizni ustozingiz bo'lsa, mail orqali, mahsus uslubda murojaat qilganingiz foydaliroq.
Yapon jamiyatida bir tushuncha bor, bu nafaqat xabarlashishda, balki iltimos qilishda ham. U inson sizga javob berishga, yoki iltimosingizni bajarishga majbur emas! Ya'ni har bir inson o'z rejasi, vaqtiga qarab iltimosni bajaradi, yoki xabarga javob beradi.
Ya'ni birinchi marta kimgadir yozdingizmi. Avval salom bering, keyin esa o'zingizni tanishtiring. Undan so'ngra esa nima masalada yozayotganingizni, vaziyat qanday ekanligini bayon eting. Yakunda esa vaqtingiz bo'lsa javob bera olsa xursand bo'lishingizni qo'shib qo'ying.
Masalan: Assalomu alaykum, hurmatli janob Yamada Sato. Men Nasaf universiteti talabasi Shukur Shermirza o'g'li bo'laman. Men yapon tili o'rgana boshladim. Yaponiyaga borishga ancha yildan beri qiziqaman. Siz ishlayotgan yapon tili maktabiga hujjat topshirmoqchiman. Shu bo'yicha menga batafsilroq ma'lumot bera olasizmi?! Hozirda menda N4 daraja bor. Ingliz tilini esa Ielts 6 darajada bilaman. Agar xabarimni o'qib javob bersangiz, sizdan mamnun bo'laman! Hurmat bilan Shukur Shermirza o'g'li.
Bu shunchaki namuna xolos. Kimgadir xabar yozganda, shunaqa tartibda yozsangiz, albatta javob beradi. Ovozli xabar yuborish, yoki javob bermasa qayta qayta yozish yoki belgilar yuborish bu odobdan emas.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yapon animelaridagi ruhiyatni ko'taruvchi so'zlar
🏮Sen qiymatsiz va yaxshi emasliging haqida o'ylashing eng katta fojea. (Doraemo animesidan)
🏮Men boshqalar meni yoqtirishmasa e'tibor bermayman. Men dunyoga ularga yoqish uchun kelmadim. (Hyouka animesidan)
🏮Senga doimo aytganimdek, eshik topa olmadingmi?! O'zing yasa. (Fuletal Alchemist animesidan)
🏮Agar haqiqatda ham kuchli bo'lishni xohlasang...Atrofingdagilar sen haqingdagi fikri haqida o'ylashni bas qil! (One punch man animesidan)
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥☘Kamakura bekati. Ajoyib shahar Yaponiyaga kelsangiz, kirib o'ting. 🌊Dengiz sohili esa hayratda qoldiradi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥O'zimizni oshdan qo'ymasin!
To'rtta o'zbek to'plansa osh. Ha yapon sushilari o'zimizning oshning oldida, hech ham mazali emas. Ishonavering, o'ldirsa ham osh o'ldirsin. Bugun do'stlar bilan ko'rishib, birga suhbatlashdik, birga futbol o'ynadik. Kechga esa osh tayyorladik. Baribir o'zimizni tilda gaplashish, bitta dasturxon ustidagi gurunglar, osh, achchiq saladga yetmaydi. Oxirida birgalikda qilingan duo esa uni yanada jozibali qiladi.
Buni qadrini chetdagi musofirlardanda ko'proq qadrini biladigan o'zbeklar yo'q menimcha. Nima ham derdik. Osh ustidagi, do'stona suhbatlar, dasturxon ustidagi mehr davom etaversin.
Ha aytgancha oshni o'zim tayyorlaganman. Yaponiyada birorta restoranga oshpaz kerak bo'lsa aloqaga chiqaverasizlar😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥JLPT javoblari N1,N2,N3 daraja. Javoblar esingizda qolgan bo'lsa tekshirib oling.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#vakansiya
Namangan davlat chet tillari institutiga universitetni tamomlagan kamida bakalavr darajasiga ega bo'lgan yapon tili mutaxassislari ishga qabul qilinadi.
☎️Murojaat uchun:
tel: +998907400192
el.pochta: info@namsifl.uz
web sayt: www.namsifl.uz
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
✍Ishini sevgani uchun ishlash shu bo'lsa kerakda
Yaponiya hayotini velesopedsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Necha kundan beri, velesopedimni zanjiri chiqib ketgani, chiqib ketgan. Bugun oxiri o'zimni ham zeriktirdi. Ustaga olib bordim.
Ustaga "zanjirida muammo bo'lyapti. Yangisini qo'yib bering" deb aytdim. Usta esa "zanjirni qachon oxirgi marta tortirdingiz dedi. Bir yil bo'lib qolibdi shekili. Bir yilda bir marta buni ham qaratib turish kerakda, yigit " dedi. Yana davom ettirib " endi bunday qilamiz, yangisi 2000 yen turadi. Lekin bu zanjir yana bir yil xizmat qiladi. Shunga 500 yenga tog'rilab, sozlab beraman" deb aytdi. "O'tirg'ichada ham muamml bor. Tog'rilab bera olmaysizmi biraloq?" deya savol berdim men. "O'tirg'ich yangi qo'yish kerak, juda eskirib ketibdi. Mana bu yerdan tanlasangiz bo'ladi."
Sekin borib qaradim, narxi 2000 yendan 4000 yengacha ekan. Nima bo'lsa bo'ldi, o'tirg'ich ham qo'yaman dedimda. Sotuvchi otaxonga, "2500 yenligini olaman" dedim. Otaxon esa kulib qarab "sen bola, yapon tilida yaxshi gapirar ekansan. Man bu yerda biroz eskiroq, lekin senikidan ancha yaxshi o'tirg'ich bor. Shuni qo'yib bersam, nima deysan?! Tekinga tushadi." deb qoldi. Eshitib, hayrat nigohi bilan yapon otaxonga tikildim.
O'zimga aytayapman, hozir zanjirni ham, o'tirg'ichni ham sotganda 6000 yen ishlab olardi. Lekin 500 yen bilan kifoyalana qoldi. Pul uchun emas, mehnatini sevgani uchun ishlash shu bo'lsa kerakda deya. Rahmat aytgancha, ortga qaytdim. Velesopedim yangi olganimdan ham yaxshi bo'lib qoldi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
✨Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin! Fayzli va barokatli umr nasib qilsin!
イードおめでとうございます!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Har bir mehmon diqqatimiz markazida!
🌏 Japan Digital University yangi o'quv binosining rasmiy ochilish tadbirini oramizda hammadan ko'ra ilmga chanqoq abituriyentlar va oliygohimiz talabalari intiqlik bilan kutmoqda desak, mubolag'a bo'lmaydi.
📝Marosimda qatnashmoqchi bo'lsangiz, ushbu anketa orqali so'rovnomani to'ldiring, zero sizning ishtirokingiz biz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
😊Eslatib o'tamiz, tadbir davomida sizni:
✔️Tansiq taomlar hamda furshet;
✔️Taniqli blogerlar;
✔️ Yoshlar uchun tashkillashtirilgan ko'plab ko'ngilochar o'yinlar va unutilmas lahzalar kutmoqda.
(P.S. Aytgancha, marosim 27-iyun, soat 11:20 da boshlanishini ma'lum qilamiz)
☎️: 71-200-05-95
💬: @jdu_support
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | JapanDigitalUniversity">YouTube | Lokatsiya
Yaponiyada til maktabini bitirib Maizuru shahrida IT, Sanoat texnologiyalari, Raqamlashtirish yo'nalishlari talim olmoqchi bo'lganlar uchun "Kinki Polytechnic College Kyoto" kollejini tavsiya etamiz.
Imtihon fanlari
1. Matematika
2. Yapon tilida suhbat
Ta'lim puli
"Sanoat texnologiyalari" va "Axborot texnologiyalari" yo'nalishi uchun
1. Kirish puli 169,200 Yen (taxm.1190 $)
2. Yillik dars puli 390.000 yen (taxm. 2750$)
Har semestrda bo'lib to'lash imkoni mavjud.
"Digital support" yo'nalishi uchun
1. Kirish puli- 0
2. Yillik ta'lim puli 390.000 yen
Har semestrda bo'lib to'lash imkoni mavjud.
Ta'lim olish muddati
2 yil
Imtihon sanasi:
1/02/2024 yil
Ariza topshirishning oxirgi muddati
14/12/2023 yil
Kollejni tamomlagandan so'ng, Maizuru shahridagi zavod-korxonalarga ishga kirish uchun yordam beriladi.
Batafsil malumot uchun
@diplomat_jpn
🍡🍦Yaponiyadagi ko'chada sotiladigan taomlar (Streetfood in Japan)
🔥Tatib ko'rgan bo'lardim
👍Mazaliga o'xshaydi
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Bugun imtixon kuni! MEXT testida omad tilayman! Unutmang, bu hayotingizdagi eng ajoyib imkoniyatlardan biri.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#bilasizmi
Yaponiyada kattalar uchun chiqarilgan pamperslar chaqaloqlar uchun chiqarilgan pampersdan ko'ra ko'proq sotiladi. Xattoki bu miqdor 2.5 barobar ko'p. Bunga sabab esa aholining 20%ini 65 yoshdan yuqori bo'lgan insonlar tashkil etishidir.
Kattalar uchun pampers ishlab chiqarish Yaponiyada kelajagi bor bizness sifatida ko'rilmoqda. Nikkei gazetasi ma'lumotiga qaraganda Daio, Nippon paper kabi qog'oz ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan kompaniyalar ham bu tarmoqni ishga tushirishmoqda.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan