yapontili_uzbekistan | Неотсортированное

Telegram-канал yapontili_uzbekistan - Yapon tili va Yaponiya

2866

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen

Подписаться на канал

Yapon tili va Yaponiya

Yapon do'stim uyiga taklif qildi. Nima sovg'a olib borsam yaxshi?

Yapon do'stingiz uyiga taklif qilsa neg yaxshi sovg'a bu shubhasiz - meva (果物)dir. Yaponiyada meva juda ham qimmat hisoblanadi. Shu tufayli ham bitta tarvuz🍉 va qovunni🍈 qo'ltiqlab borsangiz, quchoq ochib kutib olishadi😄

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

‼️Kansai yoki Kinki mintaqasi?!

Yaponiya hududi yettita mintaqaga bo'linadi. Bugun shulardan biri bo'lgan Kansai mintaqasi haqida yozmoqchiman. Kansai (関西) mintaqasi boshqacha nom bilan Kinki (近畿) mintaqasi deb ham nomlanadi. Yaponiyaning asosiy 4 oroldan biri ya'ni Honshu orolida joylashgan hudud hisoblanadi. Kansai (Kinki) hududiga Osaka, Kyoto, Nara, Mie, Shiga, Hyogo va Wakayama viloyatlari kiradi. Shu viloyatlarning umumiy nomini bildiradi.

Ingliz tilidagi manbalarda Kinki mintaqasi emas, aynan Kansai deb yuritilishiga sabab, ingliz tilidagi "kinky" (ahloqan buzuq) so'ziga talafuzi yaqin bo'lganligi hisoblanadi. Shu tufayli ham xattoki Kinki universiteti nomi Kindai universiteti deb o'zgartirilgan. Xattoki Kinki Nippon Railway nomi Kintetsu Railway deb o'zgartirilgan.

Xullas shunaqa gaplar, mintaqa nomlari va ularni tarixi va nomlanishi chuqurroq o'rganilsa, qiziq hisoblanadi. Bekorga hamma, Kinkida yashayman deb emas, Kansaida yashayman der ekanda😅.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#bilasizmi

Yaponiyadagi chet ellik talabalarning 75%i qo'shimcha ish (アルバイト) qiladi. Arubaito qiladigan talabalar asosan コンビニ (24 soat ishlaydigan kundalik yumushlar sotiladigan do'kon) da ishlashadi. Bu yerda ishlash uchun Yapon tilini kamida N4 darajada bilish talab qilinadi.

Yuqorida asosiy va keng qo'llaniladigan so'zlar ro'yhati. Yodlab qo'ying, ishda as qotib qoladi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

✍Yaponiyada kecha 9-iyun kuni Immigratsiya nazorati va qochqinlarni tan olish to‘g'risidagi qonun Kengashlar palatasining yalpi majlisida Liberal-demokratik partiyaning ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlashi bilan qabul qilindi. Unga ko'ra ariza beruvchilar qochqin deb tan olinishi uchun 2 marta ariza berishi mumkin, ammo 3-marta ariza berilganda ariza rad etilishi va mamlakatiga qaytarilishi belgilandi.

Ma'lumot uchun Yaponiyada 難民申請 deb nomlanuvchi "qochqin vizasi"uchun berilgan 3772 ta arizadan 202 tasigina asosli deb topilib qabul qilingan. 2011-yildan 2020-yilgacha esa 117 ta arizadan 22 tasi qabul qilingan.

Yuqoridagi faktlarni hisobga olsak, bu viza uchun ariza topshirishga urunib ko'rgan bilan, chiqish ehtimoli yo'q. Bu borada yozishimga sabab oxirgi vaqtlarda bu viza bo'yicha savollar ko'paygani bo'ldi. Menimcha xulosa qilish uchun yuqoridagi faktlar yetarli deb o'ylayman.

Manba: https://www.yomiuri.co.jp/politics/20230609-OYT1T50190/

https://www.refugee.or.jp/refugee/japan_recog/

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Akihabara, Tokyo shahri!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🍀🍵抹茶 (machcha) - sharqiy osiyo davlatlarida sevib iste'mol qiladigan ko'k choy kukuni va undan tayyorlangan ichimlik hisoblanadi.

Hozir 抹茶 mavsumi hisoblangani uchun ham, 抹茶 kukunidan tort, choy, shirinliklar tayyorlanadi.
Sizga 抹茶 yoqadimi?!

Ha men yoqtiraman🔥
Men icha olmayman😁

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Chat GPT zarar yetqazadi?!

Odamni dangasa qilib qo'yadi deb bahslashilayotgan vaqtda. To'g'ri ishlatsangiz, foydali degan mazmunda, universitetimizda alohida Chat GPTdan foydalanishni o'rgatadigan burchak tashkil etilibdi. Bundan bitta xulosa qilish mumkin: to'g'ri yo'lda ishlatilsa akademik sohada katta yangiliklar yaratishga turtki bo'ladi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#jlptyaqin

❗️N1 daraja baholash me'zoni qanday?!

N1 daraja uchun birinchi qism ( Goi, Kanji va grammatika) qanday baholanadi. Jadvalda taxminiy baholar berilgan.

Ma'lumot uchun: Jlptda maksimal 180 ball to'plash mumkin. Undan 60 ball 文字•語彙•文法 (goi, kanji va grammatika qismi) uchun, 60 ball 読解 (o'qish qismi) uchun, 60 ball esa 聴解 (eshitish qismi) uchun beriladi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Aichi prefekturasi.🎆🎇♨️ 花火 (はなび). Mushakbozlik!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

‼️Yaponiyada ham poyezdlar kechikadi?!

Ha dunyoda Yaponiya eng aniq vaqtlarda va kech qolmaydigan taasurotga ega bo’lgan Yaponiyada ham poyezdlar o’z vaqtida kelmaslik holatlari kuzatiladi. Nega poyezd kechikadi?

Bunga quyadiga 4 ta sababni keltirib o’tish mumkin:

1. 人身事故(じんしんじこ) ya’ni inson bilan bog’liq kuzatilgan falokatlar tufayli, bu haqida ya’na batafsilroq yozaman.
2. 悪天候(あくてんこう)yomon ob-havo tufayli. Kuchli shamol (tayfun), yomg’ir, qor tufayli ham poyezdlar qoldirilishi va kechikishi kuzatiladi.
3. 自然災害(しぜんさいがい)tabiiy falokatlar tufayli. Yaponiyada tez-tez zil-zila, toshqin, yer o’pirilishi kabi holatlar kuzatiladi. Shu tufayli ham bu vaqtda poyezdlar kechikadi.
4. 設備上の異常(せつびじょうのいじょう)texnik nosozlik tufayli. Svetafordagi uzilishlar, eshiklarni ochilish yoki yopilishidagi muammo tufayli ham poyezdlar o’z vaqtida kelmay qoladi.

Poyezd kechikkan holatda yapon tilida 遅延している、遅れている、遅れが出ている kabi yozuvlarni ko’rishingiz mumkin. Keyingi safar ko’pchilik no’to’g’ri tushunib oladigan 人身事故 (inson bilan bo’gliq falokatlar bo’yicha batafsil ma’lumot beraman.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥O'zbek akademik klubining 2-yig'ilishi haqida

Kecha yakshanba kuni O'zbek akademik klubining 2-yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilish tom ma'noda ilm majlisiga aylandi. 4 nafar yurtdoshimiz o'z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Ularni orasida men ham taqdimot qildim. Taqdimotlar orasida Yaponiyada energiyaning yangi muqobil variantiga erishi yo'lida qilinayotgan ishlar, chet ellik talabala va yaponlar munosabatlarini yaxshilash uchun olib borilayotgan o'rganishlar, Yaponiyada o'z biznesiga asos solish va oilaviy yemakxona yaratish ustida MBA da qilingan taqdimotlar bo'lib o'tdi. Men yurtdoshlarimizni texnik satjorlar va ular yuzpashayotgan muammolarga qaratishga harakat qilib ko'rdim.

Tadbirda nafaqat Tokyo balki Nagoya, Saitama kabi yerlardan ham yurtdoshlarimizni tashrif buyurgani, networking va o'zaro fikr almashish uchun yaxshi ilm maskani shakllanib borayotgani meni xursand qildi. Lekin hali ko'p narsa oldinda deb o'ylayman. Hali yanada rivojlanib, yanada ko'proq odamni jalb etadi.

Shu yerda, Yaponiyadagi yurtdoshlarimizdan birozgina hafaman. Facebookda turli muammolar haqida yoziladi. Lekin mana bunday yig'ilishlarda esa, ko'rinishmaydi. Keling, birga suhbatlashaylik. Birgalikda maslahat qilamiz. Ustozlar, professorlargina emas, o'z ishini topib, yaxshi kompaniyada ishlayotgan senpailar ham kelishmoqda. 2-3 oyda bir marta bo'ladigan tadbirga ishtirok etish, sizni kelajak uchun nima qilish kerakligi haqida o'ylantirib, mulohaza qilish uchun ajoyib imkoniyat deb o'ylayman.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Ertaga elchixonada chiroyli ilm majlisi bo'ladi. Yaponiyadagi yurtdoshlar albatta o'tinglar. Bir piyola choy ustida, turli mavzularda gaplashamiz. Men ham bir kichikroq mavzuda taqdimot qilaman.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

チャレンジして失敗を恐れるよりも、何もしないことを恐れろ

Sinab ko'rib muvvafaqiyatsizlikka uchrashdan ham ko'ra, hech nima qilmaslikdan qo'rq.


Honda kompaniyasi asoschisi Honda Soichironing yuqoridagi jumlalarini o'qib qoldim.

Ma'lumot uchun bu inson ko'plab qiyinchliklarni yengib o'tib, Honda kompaniyasiga asos solgan. Hozirda kompaniyada 200 mingdan ortiq hodim xizmat qiladi. Kompaniya 2013-yilda daromadining 5.7%ini ya'ni 6.8 milliard dollarni tadqiqotlar va yangi loyihalar rivoji uchun ajratgan.

Insonni rivojlanish, sinab ko'rish va to'xtamaslik oxiri natijaga olib keladi. Yaponlarda bir gap bor 継続は力なり Davomiylik kuchga aylanadi, ya'ni bir narsani o'rganishda to'xtamasang, maqsadga erishasan.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Sizlarni Uzbek Academic Club ning 2-soniga taklif qilamiz!

Ikkinchi sonimizda siz bir emas to’rtta taqdimotchilarimizdan posterda ko’rsatilgan mavzulardagi maruzalarni tinglashingiz munkin.

Siz nafaqat o’zingizni qiziqtirgan mavzularda yangi bilim va malumotlarga, balki o’z sohasida yutiqlarga erishgan hamyurtlarimiz bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Sana:
21-May, Yakshanba.
9:00~12:00

Manzil:
O’zbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasi

Ro’yhatdan o’tish uchun:
https://forms.gle/wtCgaCEoJAr7EYGp9

Shoshiling, joylar soni cheklangan.
Sizni kutib qilamiz.

Hurmat bilan,
UYAJ jamoasi

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

📚📝Yapon tili o'rganishda TADOKU usuli!?

Yapon tili o'rganishda bugun sizga bir usul tavsiya qilmoqchiman. Bu TADOKU deb nomalanadi. Agarda Kanjida yozsak 多読 deb yoziladi. Yama たくさん読む- ko'p o'qish ma'nosini beradi. Bu usul o'qish mahorati (読解力) ni o'stirish uchun juda ham samarali hisoblanadi. Bu usulda nimalar qilish kerak:

✍️O'zingizni darajangizga mos kitob tanlang. Bunda siz o'z darajangizga mos kitob yoki o'quv materialini tanlashingiz kerak.

✍️Ko'proq o'qing. Har kuni o'z darajangizga mos matn yoki kitobni o'qib borish orqali, asta-asta tezroq o'qiydigan, so'zlarni to'g'ri kontekstda ishlata oladigan bo'lasiz.

✍️Lug'atdan foydalanmang. Men doimo matn o'qiyotganda yoki test bajaryotganda lug'atdan foydalanmaslikni tavsiya qilaman. Bu usulda ham shunday, siz bilmagan so'z chiqib qolsa, darhol lug'atga qaramay, taxmin qilishga va matnni kelgan joyidan o'qishda davom etishga harakat qiling.

✍️Agarda siz uchun o'qiyotgan narsangiz zerikarli yoki tushunarsiz bo'lsa, boshqasiga almashtiring. Sizni darajangizga mos emasmi, keyinroqqa qoldirish zarar qilmaydi.

Endi sizda ko'proq nima o'qisam yaxshi degan savol paydo bo'lishi mumkin?!

Qiziqarli hikoyalar, manga, gazeta, jurnal kabilarni o'qing. Eng muhimi uzliksiz va davomiy bo'lishiga e'tibor qarating.

多読 orqali yaxshi so'z bilish mahorati va grammatikani to'g'ri ishlata olishni o'rganasiz.

Yanada batafsil ma'lumot va kitoblarni yuklab olish uchun :
https://tadoku.org/japanese/

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#jlptyaqin

✍N3 daraja olish uchun JLPTda necha ball to'plash kerak?

JLPT imtixonida maksimal 180 ball beriladi. N3 daraja olish uchun esa siz eng kamida 95 ball (53%) olishingiz kerak. Shunda ham uchta qismdan olingan ball har biri 19 balldan kam bo'lmasligi kerak.

✍Bitta testga necha ball beriladi?!

Bu savolga esa yuqoridagi jadvaldan bilib oling.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💧🌿Oku Hamana ko'li, Shizouka

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

📚🤓Yapon tili vaqti
Yapon tilida Yaponiyadagi vazirlik nomlari

外務省(がいむしょう) Tashqi ishlar vazirligi

環境省(かんきょうしょう)Atrof-muhit vazirligi

経済産業省(けいざいさんぎょうしょう)Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi

厚生労働省(こうせいろうどうしょう)Sog'liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi

国土交通省(こくどこうつうしょう)Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi

財務省(ざいむしょう)Moliya vazirligi

総務省(そうむしょう)Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi

農林水産省(のうりんすいさんしょう)Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi vazirligi

防衛省(ぼうえいしょう)Mudofaa vazirligi

法務省(ほうむしょう)Adliya vazirligi

文部科学省(もんぶかがくしょう)Ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi

復興庁(ふっこうちょう)Qayta qurish agentligi

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

☘⛰Omuro tog'i, Shizouka!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

😄TDSHU “Yapon filologiyasi” kafedrasi faxriy dotsenti, shogirdlarning muhtaram ustozi SUGANO REIKO xotirasiga bag'ishlangan film premyerasi.

📆4-iyun 17:00 da

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐 https://www.youtube.com/watch?v=mQezONC03JY

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💧💦Bugundan yomg'ir mavsumi boshlandi. Bu yog'iga deyarli har kuni yomg'ir yog'adi. ☔️

Sizga yomg'ir yoqadimi?!

Ha menga yoqadi💦🔥
Men yoqtirmayman😒

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#bilasizmi?!

❗️Okinawa qadimdan Yaponiya hududi bo'lmagan?!

Okinava Yaponiyaning go'zal dengiz shahri hisoblanadi. Okean ustida joylashgan bu shahar juda ham chiroyli va tabiati betakror maskan hisoblanadi. Ammo bu hudud 19-asrgacha Yaponiya hududi hisoblanmagan. Bu hududda yashovchi aholining etnik qismi asosan Ryukyuliklardan tashkil topgan. Ular asosan Ryukyuan tilida gapirishgan.

19-asrgacha hozirgi Okinawa hududida Ryukyu podsholigi (1429-1879) mavjud bo'lgan. Bu hudud Yaponiya tomonidan anneksiya qilingan (1879-yilda) va shahar qamish yetishtiriladigan makonga aylangan.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Satdionga tushib futbol ko'rmaganimga ham ancha yil bo'lib ketibdi. Oxirgi marta adashmasam 3 yil avval Pahtakor stadioniga tushgandim. Bugun uyim yaqinidagi TOKYO FC uy stadioni bo'lgan Ajinamotoga tushdim. O'yin juda ham ajoyib bo'ldi. Bu tuyg'uni sog'inibman to'g'risi.

O'yin tugagach esa yana o'sha odatiy manzar, ko'ngilli yoshi katta otaxon va onaxonlar qo'llarida paket bilan stadionni yig'ishtirishga tushib ketishdi. Biroz kuzatib turdim, haqiqatda ham ular buni mehr bilan bajarishmoqda. Xatto bir ayol, "qo'lingizdagi musirni ham mana bu paketga tashlashga hech ham hijolat qilmang" deya chin dildan gapirdi.

Shu vaqtda yoshligimda bobomni aytgan gaplari yodimga keldi: "bolam, yerga musir tashlama, farishtalar ketib qoladi". Bugun inson sifatida bu gap naqadar haq ekanligini, yerni, tabiatni sevish muhim ekanligini, hamma yerni ozoda saqlash muhim ekanligini anglagandekman.

Keling, yerga musir tashlamaylik, farishtalar ketib qolmasin. Kichkina tabibda aytilganidek, qanoti bor, kichkina kichkina farishtlar...

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Yaponiyada metroda tez-tez quloqqa chalinadigan 人身事故 (じんしんじこ) atamasi nima o'zi?!

Yaponiya. Poyezd kechikmoqda. Platformada esa 人身事故 degan yozuv chiqdi. Beixtiyor ko'pchilik yana kimdir o'zini poyezd tagiga tashlabdi. O'z joniga qasd qilibdida. Shu tushmagur yaponlar nega o'zini poyezd tagiga tashlayverarkin degan gaplarni yurtdoshlarimizdan ko'p eshitganman. 人身事故 haqiqatda ham o'z joniga qasd qilishmi?!

Aslida 人身事故 degani "inson ta'sirda kelib chiqqan halokat" ma'nosini beradi. Bu termin o'z ichiga nafaqat o'z joniga qasd qilish, balki e'tiborsizlik tufayli poyezd yo'lagiga tushib ketish, temir yo'l liniyasiga telefon yoki naushnik kabi narsalarini tushirib yuborish, temir yo'l liniyasini poyezd kelayotganiga qaramay bosib o'tishga urinish, temir yo'l liniyasining yo'l qismidan o'tgan qismida mashina turib qolishi yoki favqulotda vaziyat tufayli 非常ボタン tugmasini bosish kabi holatlarni ham o'z ichiga oladi.

Jumladan, 2021-yilda poyezdni 30 daqiqa kechikiga sabab bo'lgan 6410 ta holatni 3118 tasi aynan 人身事故 ga aloqador bo'lgan. Va buning ichida 536 ta holat (8%) o'z joniga qasd qilishga urunish holati bo'lgan.

Demak keyingi safar siz shunaqa yozuvni ko'rib qolsangiz, kimdir o'zini o'ldiribdi deyishga shoshilmang.

Manba: https://www.mlit.go.jp/tetudo/tetudo_fr8_000051.html

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Assalomu alaykum.

Sizda “GenerousMe” saxovat loyihasini qo’llab-quvvatlash niyati bor. Lekin, uni qanday amalga oshirish haqida o’ylayapsizmi? Sizga 3 xil yo’lni taklif qilamiz.

1. Yaponiyadagi o’zbek restoranlariga qo’yilgan GMe qutilari orqali;

2. GMe bank hisob raqamlariga pul o’tkazish orqali;

3.
Iqra Books Japan onlayn do’konidan xarid qilish orqali.

Yig’ilgan mablag’ yurtimizdagi moliyaviy imkoniyati cheklangan oila farzandlarining qo’shimcha ta’lim olishiga hamda ijtimoiy ko’mak uchun ishlatiladi. Yig’ilgan mablag’ va sarflangan xarajatlar haqida kanalimizda hisobotlar berib boriladi.

Sizlar bilan birga mehr ulashishda davom etamiz.

Kuningiz xayrli o’tsin!

@GenerousMe_UZ

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

☘🌿Ko'k choy dalasidan o'tayotgan Shinkansen🚅 Kikugava shahri, Shizouka viloyati.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥YAPONIYA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASIGA ALMASHTIRISH (外免切り替え) HAQIDA

Demak boshladik!
O'zbekistonda haydovchilik guvohnomasiga egasiz. Endi Yaponiyada ham haydovchilik guvohnomasi olmoqchisiz?! (外免切り替え deyiladi yapon tilida) Birinchi e'tibor qaratish kerak bo'lgan jihat, O'zbekistonda olgan haydovchilik guvohnamasi yangi bo'lishi (ID karta shaklida) va Yaponoyaga kirish sanasidan 3 oy oldin olingan bo'lishi kerak. Agar sizda shunday bo'lsa muammo yo'q, borib test va amaliy imtixondan o'tib Yaponiya haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lasiz.

Batafsil o'qish uchun link: https://telegra.ph/YAPONIYA-HAYDOVCHILIK-GUVOHNOMASIGA-ALMASHTIRISH-%E5%A4%96%E5%85%8D%E5%88%87%E3%82%8A%E6%9B%BF%E3%81%88-HAQIDA-05-16

Yuqorida menimcha bir imtixondan o'tish uchun kerak bo'ladigan hamma narsani yozib chiqdim. Kamchiliklar ham bo'lishi mumkin, men shu yo'ldan bordim va imtixondan o'tdim, sizga ham as qotib qolsa xursand bo'laman. Yaponiya yo'llarida oq yo'l tilayman.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Yaponiyada bugun qanday kun?!

Bugun 14-may Yaponiyada hamma do'konlarda, shirinliklar, gullar sotiladi. Bugun yigitlar, qizlar, umuman o'zini farzand sifatida qabul qiladigan insonlar o'zini dunyoga keltirgan, sut bergan, mehribonlik ko'rsatgan insonga ya'ni volidasini tabriklaydigan kun. Ya'ni onalar kuni (yaponchisiga 母の日 deyishadi) hisoblanadi.

Onalar kuni nega kerak?! Yapon jamiyatida ayollar kuni, yoki sevishganlar kuni asosan o'z juftiga yoki yaxshi ko'rgan qiziga sovg'alar berishadi. Ammo jamiyatda onalarni ham alohida tabriklash, ularni hursand qilish uchun, ularni oldiga borish tabriklash uchun ham shu kunni bayram qilishadi. Aslida aynan bir sanada emas, may oyining ikkinchi yakshanbasi kuni bu kunni nishonlashadi. Bu nishonlash tarixi esa 1931-yil 6-martga borib taqaladi. O'sha vaqtda Yaponiya imperatori Akahitoning onasi tug'ulgan kuni sharafiga onalar kunini nishonlash boshlangan. Ammo 1949-yildan yangi kalendar bo'yicha esa may oyining ikkinchi yakshanbasi kuni bayram qilinadi.

Shu kunda negadir meni ham ko'nglimdan o'tdi. 8-mart bayrami kuni ko'pchilik yaxshi ko'rgan qizi, qiz bola kursdoshi, sinfdoshiga sovg'alar beradi. Albatta onasini ham tabriklaydiganlar ham kam emas. Ammo alohida onalar kuni bo'lsa yomon bo'lmasdi. Shu kuni faqat hamma onasini tabriklsa, unga sovg'a bersa, ko'nglini olsa qanday ajoyib bo'lar edi a?! Bu ham bir yaxshi odat, chiroyli an'ana bo'lar edi menimcha. Chunki ona so'zi o'zi boshqacha so'z, birinchi sinfdagi ustozimni ona so'zi, o-oriyat, n-nafosat, a-andisha deganda naqadar haq ekanligini hozir har qachongidan ham mazmunini chuqurroq tushunib yetaman.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🚗📃Yaponiyada haydovchilik guvohnomasi 3 xil rangda bo'ladi?!

(🟢) Yashil - birinchi marta haydovchilik guvohnomasi olinganda beriladi va 3 yil muddatga amal qiladi.

(🔵) Ko'k - haydovchilik guvohnomasi olingandan so'ng, 3 yil o'tgach yangilaganda, sizga ko'k rangdagi guvohnoma taqdim etiladi. Bu ham 3 yil muddatga amal qiladi.

(🟠) Tilla rang (gold) - va nihoyat oxirgi bosqichda esa siz tilla rangdagi (gold) haydovchilik guvohnomasini qo'lga kiritasiz, bunda 5 yil davomida hech qanday yo'l harakatini buzmagan bo'lishlik kerak bo'ladi. Bu guvohnoma esa 5 yil muddatga beriladi.

❗️Haydovchilik guvohnomasini muddati tugagach tug'ulgan kuningizdan 1 oy avval yoki 1 oy keyin ichida almashtirishingiz kerak bo'ladi.

Qiziqarli ma'lumot esa Gold rangdagi haydovchilik guvohnomasiga ega yaponlarni 3/1 qismi mashina haydamaydi. Shunchaki shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida ishlatishadi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Yaponlar raqsga qanday tushadi?! Tasavvur qiling, Andijon polkasiga yapon yigitlar o'ynasa?! Unda bir tamosha qiling😅 Lekin maza qilishdi, yayrashdi hamma!

https://www.instagram.com/reel/CsBygvwsqGg/?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…
Подписаться на канал