yapontili_uzbekistan | Неотсортированное

Telegram-канал yapontili_uzbekistan - Yapon tili va Yaponiya

2866

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen

Подписаться на канал

Yapon tili va Yaponiya

Maktab bolalari maktabdan qaytishmoqda. Boshlang'ich maktab davrini eslaysizmi?

Ha juda ham sog'inaman👍
Eh o'sha damlar🔥

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

❌止まれ~止まれ~止まれ 😂
To'xta~To'xta~To'xta


Shunday ko'chaga kirib qolsangiz, mashina haydashdan ham voz kechvorish hech gap emas😅

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yaponiya dengiz sohili! 🏞Zilol suv va ajoyib manzara...
🛶Qayiqda sayr qilishga nima deysiz?

Yo'q demasdim😅
Men birinchi🔥

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bugun salqinda yonimizdagi parkni sayr qilish va biroz dam olish uchun chiqdim. Parkni aylanib yurar ekanman, turli sport komplekslari, ulardagi g'ayrat bilan shug'ullanayotgan insonlarni ko'rib to'g'risi havasim keldi.

Diqqatimni tortgani esa rasmdagi maydon va unda futbol o'ynayotgan yoshi katta otaxonlar bo'ldi. Menimcha eng yoshi ham 50 dan kam emas, 60 dan o'tganlari esa yetarlicha. Bularni yugurishi, harakatini ko'rib havas bilan kuzatdim. Shu vaqtda hayolimga fikr keldi, "futbolga nima bor, oyoqni uzatib uyda o'tirishmaydimi. Yoki choyxonaga borib, gurung solib osh yeyishmaydimi?".

Lekin yonimdagi do'stim shu vaqtda "har kuni yuguradigan insonlar, mana bu yerda harakatlanayotgan bolakaylar, shulardan o'rnak oladi. Har kuni harakatda bo'ladi" deb qoldi.

Ha demak biz qiladigan yaxshi odatlar nafaqat o'zimizga, balki bizdan keyingi avlodga ham bevosita ta'sir qiladi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

✍Stajorlar mehnat qonunchiligiga ko'ra ish joylarini o'zgartirish erkinligi bo'lishi kerak

10-aprel kuni boʻlib oʻtgan ekspertlar yigʻilishida qoʻmita aʼzolari yangi tizimga oʻtish loyihasini umumiy maʼqullashdi.

Biroq, ma'lum darajada yengilashtirilishi aytilgan "yangi tizim" masalasiga kelsak, ayrim a'zolar "oddiy ishchilar kabi mehnat qonunchiligiga ko'ra ish joylarini o'zgartirish erkinligi bo'lishi kerak" degan fikrni bildirishdi.

Texnik stajor masalalari bilan yaqindan tanish bo‘lgan Yaponiya xalqaro almashinuv markazi ijrochi direktori Toshixiro Menju oraliq hisobotga asoslanib, shunday dedi: “Biz turli munozaralarga sabab bo'ladigan texnik stajyorlar tayyorlash tizimini bekor qilish va noldan boshlash tizimini yaratish qarori nihoyatda muhim va bu dunyoga Yaponiya haqiqatan ham oʻzgarayotgani haqida yorqin xabar beradi”.

Manba: https://www3.nhk.or.jp/news/html/20230410/amp/k10014033941000.html

Demak kuzda stajor ishi bo'yicha katta yangiliklar bo'lishi kutilmoqda. Yaponiyada stajor vizada faoliyat olib borayotgan yoki stajor viza bilam kelmoqchi bo'lgan yurtdoshlarimizga tilni yaxshiroq o'rganib turishinglarni tavsiya qilardim.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Texnik stajor viza bekor qilinib, uni o'rniga yangi tizim ishlab chiqilishi kutilmoqda

Hukumat qoshidagi ekspertlar hay’ati xorijliklar ishlayotgan vaqtda malaka o‘rganadigan Texnik stajyorlar tayyorlash dasturini bekor qilish kerakligini aytdi.U yangi tizimga o‘tish loyihasini taqdim etdi.

Chet elliklarga Yaponiyada ishlash jarayonida ko'nikmalarni o'rganish imkonini beruvchi texnik stajyor tayyorlash dasturi rivojlanayotgan mamlakatlarda inson resurslarini rivojlantirish orqali xalqaro hamjamiyatga hissa qo'shishni maqsad qiladi. Aslida esa maqsad va haqiqat bir-biridan uzoq deb aytish mumkin.

10-aprel kuni hukumat ekspertlar guruhi ushbu texnik stajyor tayyorlash tizimini bekor qilish va yangi tizimga o‘tishni talab qiluvchi oraliq hisobot asoslarini taqdim etdi.

Yangi tizimning asosiy maqsadi nafaqat kadrlar resurslarini rivojlantirish, balki ishchi kadrlarni yetishtirishdir. Bu nima degani qisqa qilib aytganda, 3 yil stajorlik muddati tugagach siz Yaponiyada yapon ishchisi bilan bir xil maqomda, bir xil oylikka ishlay olasiz degani.

Ekspertlar guruhi yakuniy hisobotni kuzda taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Davomi bor...

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yaponiya universitet grantlari haqida ma'lumot olish uchun manbalar

Japan Study Support: Bu veb-sayt Yaponiyada ta'lim olishni xohlagan talabalarga uchun yaratilgan. Bu saytda "Scholarships for International Students in Japan" nomli bo'lim orqali, Japoniyadagi grantlar haqida ma'lumot topishingiz mumkin: https://www.jpss.jp/en/scholarship/

MEXT (Monbukagakusho) Scholarships: Yaponiyadagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olishni xohlagan chet el talabalari uchun taqdim etilgan grantlardir. Bu grantlar orqali talabalar yapon tilini o'rganish, magistratura va doktorantura o'qish, shuningdek, Yaponiyadagi institutlarda tadqiqot olib borishlari mumkin. MEXT grantlari haqida ko'proq ma'lumot quyidagi manzilda mavjud: https://www.studyinjapan.go.jp/en/smap_stopj-applications_scholarships.html

JASSO Scholarships: Yaponiyadagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olishni xohlagan talabalarga JASSO tomonidan taqdim etilgan grantlardir. Bu grantlar talabalarga o'qish uchun to'lov chegaralari va yashash xonalari uchun moliyaviy yordam berishadi. JASSO grantlari haqida ko'proq ma'lumot quyidagi manzilda mavjud: https://www.jasso.go.jp/en/study_j/scholarships/index.html

DAAD Scholarships: Yaponiyadagi universitetlar bilan hamkorlikda ishlashni xohlagan yapon va chet el talabalari uchun DAAD tomonidan taqdim etilgan grantlardir. Bu grantlarni olish uchun avvalgi ta'lim yo'nalishida bo'lish kerak. DAAD grantlari haqida ko'proq ma'lumot quyidagi manzilda mavjud: https://www.daadjkt.org/en/scholarship-programmes/

Bu manbalardan foydalangan holda siz Yaponiyadagi universitet grantlari haqida ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💫🛶Sakura yog'dusida tunda, mana shu qayiqda sayr qilarmidingiz?!

Ha albatta👍
Men ertalabgacha aylanaverardim🔥

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥可愛い寿司子🍙👼
Yoqimtoy sushi bolakay😅

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Sen avvalo haqiqiy inson bo’l, so’ngra kasbingda mahoratli bo’l

Men ishlaydigan ta’lim maskani – Nagoya iqtisodiyot universitetining shiori 一に人物、二に技倆 (ichini jinbutsu, nini giryou)dir. Buning ma’nosi ‘sen avvalo haqiqiy inson bo’l, so’ngra kasbingda mahoratli bo’l’ deganidir. Universitetning ilk bunyodkori janob Ichimura Yoshiki (1868-1941) ning fikricha, ‘inson’ degani domiy ravishda o’zini kamolotga eltish yo’lidagi mavjudot bo’lib, jamiyat holatini to’g’ri anglovchi, jamiyatga hayrihohlik qiluvchi, uni oldinga boshlovchi, yordam beruvchi, qalbi daryo, yuksak odob sohibi insondir.

Janob Ichimura Nagoya shaxrida qizlarni tijorat sohasiga o’qitishga ixtisoslashgan ilk yuqori maktabni tashkil qiladi va u tez orada shaharning eng ilg’or maktabiga aylanadi. Shundan keyin 1979 yilda universitetga ham asos solinadi. Aytishlaricha, Yaponiya hukumati janob Ichimuraga Ta’lim vaziri lavozimini ham taklif etgan ekan, ammo u buni rad etgan.

Universitetimizning shiori menga hazrat Mir Alisher Navoiyning quyidagi satrlarini beixtiyor eslatib yubordi:
Aql ila olam yuzin obod qil,
Xulq ila olam elini shod qil.

Bu ikki sifatga sohib avlodga qanchalik zormiz, dunyo qancha zor, asti so’ramang!

Manba: /channel/talaba_dostimga

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#email

Yaponiyada o'qish va ish hayotida email asosiy aloqa vositasi sifatida qaraladi. Yapon tilida mail qanday yoziladi?! Video orqali bilib oling. Bu anchagina as qotadi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💧Yomg'irli tun Tokyo shahri!
Ajoyib manzari☘

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Akihabara shahri, Tokyo.

Sizga bu shaharni bilasizmi? Yo'qsa albatta izlab ko'ring. Zamonaviy texnila dunyosi va yapon madaniyati birlashgan makon.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Inson yoshi o'tgan sayin ulg'ayib boradi. Bugun 100 lab insondan tabriklar oldim. Hammaga katta rahmat. Kun soat 12:00 da yaqin insonimni qong'irog'idan boshlandi. Keyin esa ertakdagidek nishonlash, sovg'alar va esdalik uchun shamli tort. Onamni ko'zyoshlari, otamdan olgan ruhlantiruvchi xat, bir kunda tug'ulgan do'stimni tabrigi, ustozlarim, do'stlarim, o'quvchilarim tabriklari bilan kun to'ldi. Okean sohildagi iftorlik esa kunni unutilmas qildi.

Aslida tug'ulgan kun umr o'tayotgani, bir yoshga qariganlik haqidagi qong'iroq. Yana shuni ham angladimku, sen insonlarga qanchalik foydali bo'layotganingni bilish uchun ham fursat ekan. Yillar tajribalarni olib kelmoqda. Demak ulg'ayish aslida yomon emas.

Kalantiri aytganidek: "Tug'ulgan kun nishonlash uchun eslatma, shuningdek o'zingni tahlil qilish uchun ham bir fursatdir".

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

👨‍🎓👩‍🎓Kuni kecha Yaponiyaning eng nufuzli universiteti Tokyo universitetida bitiruv marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirdan rasmlar.

Bizga ham nasib qilsin🔥
Havas qildim👍

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bu meni qonimda emas yomonlik saqlab o’ch olish, Harom haq olish.
Juda muhim eslab qolish.


Facebookda Yaponiyadagi yurtodshlarimiz haqida kundan kunga qo'shtirnoq ichidagi ajoyib yangiliklar eshitilmoqda. Yetkazib berish xizmatida ishlab taomlarni pulini to'lamay yeyish, ish vaqtida tik-tokka video qo'yish, maktabga hujjat topshirish uchun yapon tili maktab sahifasidagi davlatingizni tanlang degan joydan ko'p yapon tili maktablaridan O'zbekiston nomini olib tashlanishi.... Yana boshqa yomon holatlar ham juda ko'p.

Bu mavzuda to'g'risi yozmoqchi emasdim. Lekin bu xabarlarga befarq qaray olmadim. Nafaqat Yaponiya balki boshqa davlatga chiqanda ham nimadir maqsad bilan boriladi. Bu maqsad ostida halol ishlab pul topish va kelajak uchun yaxshi maqsadlarga ishlatish asosiy o'rinni egallaydi deb o'ylayman. Lekin bu degani o'zim uchun bo'lsa bo'ldi, boshqalar bilan nima ishim bor deb o'ylash naqadar to'g'ri. Inson sifatida bir o'ylab ko'raylik, bir kun yashash uchun kelmaganmizku, nima qilsak ham hech bo'lmasa biroz vijdon bilan qilaylik. Qancha-qancha yoshlar o'qish uchun, intilish uchun kelmoqda.

Internetda Konstaning yangi ijrosi chiqibdi undagi quydagi so'zlar meni e'tiborimni tortdi:

Bu meni qonimda emas, kuni bilan nolish
Kechagi kunda qolish, kurashmasdan tolish
Bu meni qonimda emas yomonlik saqlab o’ch olish, Harom haq olish.
Juda muhim eslab qolish.


Menga ko'pchilik yozadi: "Yaponiyaga borganda eng muhim narsa nima? Nima qilsam qiynalmayman?". Men doimo bir xil javob berardim: "Yapon tilini o'rganib keling. Yaxshi gapira olsangiz, qiynalmaysiz!". Endi boshqacha javob beraman: "Inson ekanligingizni unutmasangiz keling. Til masalasi bir gap bo'lar"

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🍀🚏Avtobus bekati. Siz Tonarino totoro animesini ko'rganmisiz?

Ha menga juda yoqadi👍
Endi ko'raman🙌

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

☘🚞Yuri Kogen poyezdi, Akita! Go'zal qishloq manzarasi. Rasmda e'tiborni tortadigan jihat aka va singilni poyezdga qo'l silkishlari. Biz ham yoshligimizda samalyotga shunday qo'l siltardik, xuddi bizni ko'radigandek. Qani endi bola qalbidagi samimiylik butun umr saqlanib qolsa..!

Haqiqatda ham ajoyib👍
Juda ham chiroyli🔥

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Bolalik davri naqadar ajoyib. Animedan olingan lavha orqali bolalikka qaytsangiz ne ajab!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Sun'iy intelekt yangi asr inqilobiy o'zgarishi bo'ladi

Yaponiyada asosiy mavzu hozirda CHat GPT va undan qanday foydalanish bo'lib qolgan. Jumladan universitet qabul marosimidayoq bu haqida gap ketgan bo'lsa, har bir darsda ham o'qituvchilar tomonidan bu haqida alohida eslatmalar berib borilmoqda. Demak yangi asr, yangi munosabatlar va biz filmlarda ko'rgan sun'iy intelekt endi yangilik emas.

Kuni kecha Open AI Ceosi SAM Altman Tokyoga keldi va Yaponiya bosh vaziri Kishida bilan uchrashdi. Uchrashuvdan so'ng bergan intervyusida "Biz sun'iy intelektni ijobiy tomonlari va kamchliklarini qanday kamaytirish bo'yicha muhokama qildik" deb aytib o'tdi. Undan so'ng esa Liberal demokratik partiya rahbarlari bilan uchrashuvda "Sun'iy intelekt yangi asr inqilobiy o'zgarishi bo'ladi" deb aytib o'tdi.

Ma'lumot uchun aytib o'tish kerakki: Chat GPT 2022-yil Noyabr oyida ro'yhatdan o'tkazilgan. 2 oyda esa undan foydalanuvchilar soni 100 milliondan oshib ketdi.

Manba:https://asia.nikkei.com/Business/Technology/OpenAI-CEO-vows-to-work-with-Japan-on-user-protections#:~:text=TOKYO%20%2D%2D%20Sam%20Altman%2C%20CEO,protect%20user%20privacy%20and%20safety

Endi insonlarga javobi aniq bo'lgan narsalar emas, mantiqiy fikrlashga undaydigan, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradigan topshiriqlar ustida ishlash kerak bo'ladi deb o'ylayman.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🚝Shinkansen poyezdi. Soatiga 300 km tezlikda harakatlanadigan poyezdning ichki ko'rinishi!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Gifu shahri, metro bekati ko'rinishi! Tabiat qo'ynidagi ajoyib manzara!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

☕️Sakura late! Kofeni yoqtirasizmi? Siz shunaqa kofeni ichib ko'rarmidingiz?

Ha albatta🔥
Men kofeni yoqtiraman❤️

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Maykamni sotib bo'lsada o'qitaman

Insonni birgina so'z butun hayotini o'zgartirib yuborishi mumkin. Sizda qanaqa bilmadim, menda shunaqa bo'lgan. Shu gap meni butunlay o'zgartirgan, o'qishga, yaxshi ilm olishga intiltirgan. Shu orqali Toshkentdagi nufuzli ta'lim dargohida ilm oldim. Bugun esa Yaponiyaning nufuzli universitetining rosmana talabasi bo'ldim. 103 magistrant davrasida o'tirish, rasmiy kiyim, rektor nutqi va rosmana kinolardagi o'qish muhiti. Ha bir so'z meni shu yergacha olib keldi.

12 yoshlarimda dadamlarga "Chet ellarda o'qishga, ko'p pul kerak bo'lsa kerak. Shunga o'zimizda o'qiy qolaman" dedim. Dadam esa "sen pul haqida o'ylama, yaxshilab o'qi. Agar pulim yetmasa, maykamni sotib bo'lsada o'qitaman" dedilar. Bu so'z menga qattiq ta'sir qilganini xattoki o'zlari ham bilmasalar kerak. Ammo bu so'z bergan ishtiyoq va Allohning madadi bugun men yoshligimda orzu qilgan chet el va u yerdagi ta'lim dargohining rosmana talabasiga aylantirdi. Ota so'zi farzand uchun qanchalik ta'sirli a.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

☘Sakuradan keyingi yashilik! 🌿TUFS (TOKYO UNIVERSITY OF FOREIGN STUDIES)

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#Rasman

Yaponiyada 8-maydan boshlab Covid-19 cheklovlari rasman olib tashlanadi. Endi mamlakatga tashrif buyurganda 72 soat ichida topshirilgan PCR test talab qilinmaydi va koronavirus odatiy kasallik sifatida e'tirof etiladi.

Manba:https://www.japantimes.co.jp/news/2023/04/03/national/china-travelers-test-on-arrival-stop/

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥JLPTga qanday ro'yhatdan o'tiladi?! Hammasini batafsil bilib oling!

https://youtu.be/IVe5l2bL1HA

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#ish

Farg'ona viloyatida joylashgan "BOBURIYLAR" óquv markaziga tajribali yapon tili o'qituvchisi ishga qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: +998770139377

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

️報連相 nima?

Agar siz yapon kompaniyasida ish boshlasangiz, siz 報連相 (HORENSO) so'zini ko'p eshitasiz.

⚠️Bu atama nima ma'noni beradi?!

報 (hou) - hisobot berish
連 (ren) - xabardor qilish
相 (sou) - mashlahatlashish

Aksariyat ish joylari jamoalar va bo'limlarga bo'linganligi sababli, o'z jamoasi bilan doimiy muloqot nafaqat yuqori baho, balki zaruratdir.

Yapon kompaniyalarida individual ish jamoaviy ish bo'lgan katta rasmning kichik bir qismi sifatida ko'riladi. Shuning uchun, sizning muvaffaqiyatingiz haqida jamoangizni xabardor qilish, ularga hisobot berish va ular bilan maslahatlashish muhim hisoblanadi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#tavsiya

YUME yapon tili markazi sizlarni uqishga taklif etadi!!!

Kuzgi semestr uchun:
Yapon tili maktabida ta'lim oling va sokin tabiat va yapon madaniyatidan bahra oling!

O'qish davomida imkoniyatlar:
Darslardan tashqari soatiga 10$ ish.
Haftada 28 soatlik qonuniy ishlash.

🗣Nomzodga qo'yilgan talablar:
📍18-25 yosh
📍Yapon tilida N5-N4 darajaga ega bo'lganlar tanlov jarayonida ustunlikka ega bolishadi ( lekin muhim emas
📍Yaponiyada o'qishni xohlash
Murojaat uchun telefon:
+998993270098
+998692270098
📥 telegram: @yumemigo
🎌 Kunchiqar mamlakatga borishingizga yordam beramiz! Biz sizni kutamiz! Bunday ajoyib imkoniyatni boy bermang va Oktyabr oyida Yaponiyada o'qishni boshlang!

Читать полностью…
Подписаться на канал