yapontili_uzbekistan | Неотсортированное

Telegram-канал yapontili_uzbekistan - Yapon tili va Yaponiya

2866

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen

Подписаться на канал

Yapon tili va Yaponiya

O’zbekistonda samalyotdan ko’tarilganingizdan so'ng, siz O’zbekistonliksiz. Chet elda birinchi beriladigan savol, “Ismingiz nima?” emas, balki “ Qaysi davlatdansiz?”. Shunga munosib bo’la olsangiz, keling! Zero, yurt nomini faqat sportchilar emas, har bir yurtdoshimiz yelkasida ko’tarib yuradi!

Gazetada maqolada bosishibdi. O'qib qo'yarsizlar. Yaponiya haqida ozroq gaplashdik.

Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

▶️Online darsga qabul!

JLPT Master N4 darslariga qabul e'lon qiladi! Darslar keyingi hafta dushanba kunidan boshlanadi! Kursimiz 4 oy uchun mo'ljallangan!


⚡️Haftada 3 kun, dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 17:00 (Yaponiya vaqti bilan soat 21:00)

🖥Sensei N1 darajaga ega, 100+ o'quvchiga dars bergan!

To'lov haqida ma'lumot olish va kursga yozilish uchun @JLPTMasteruz ga murojaat qiling!

Boshqa daraja darslari uchun ham kanalimizga a'zo bo'lishni unutmang!

Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

⚡️JLPT va yapon tili orqali magistraturaga yo'l

Yoshlar orasida yapon tiliga bo'lgan qiziqish kundan-kunga oshib bormoqda. Buning bir nechta sabablari bor, bugun sizlar bilan Yapon tilini o'rganishning afzal tomonlari haqida gaplashamiz.

🔹Birinchi o'rinda takidlashimiz joizki barcha tillarda bo'lgandek yapon tilida ham til bilish darajasini tasdiqlab beruvchi sertifikatlar mavjud. Bu haqida yuqoridagi postlarimizda yozgan edik.

Agar siz ushbu tilni o'rganib JLPT imtihonidan sertifikatga ega bo'lsangiz, sizga taqdim etilgan sertifikat bir umrga beriladi. Misol uchun IELTS sertifikatining muddati 2 yil, undan so'ng esa uni yangilash uchun siz qaytadan imtihon topshirishingiz kerak. Lekin, JLPT taqdim etayotgan barcha darajadagi sertifikatlarning muddati cheksiz hisoblanadi.

🧑‍🎓 Magistraturaga topshirish niyatida yurgan talabarimizga Yapon tilini o'rganib JLPT dan kamida N2 darajadagi sertifikatni qo'lga kiritishni tavsiya qilamiz.

⭐️ Yapon tilini o'rganmoqchimisiz, unda sizni JLPT Masterning online kurslarida kutib qolamiz.

Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yapon tili kurslari va Yapon tili o'rganish, JLPT haqidagi eng so'nggi yangiliklar uchun super kanal!

Hali qo'shilmagan bo'lsangiz, albatta qo'shilib oling!

/channel/jlpt_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Rasman Tokyoda Ramazon oyining boshlanish sanasi e'lon qilindi.

Tokyo Camii Ramazon taqvimini chiqardi. Ramazon oyi Tokyoda 11-martdan boshlanadi ekan.

Fitr miqdorini esa kishi boshiga 2000 yen deb belgilashibdi.

Manba:https://www.facebook.com/share/44JzF5idrYikrvfB/

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Ma'suliyat haqida

Nimadir o'rganaman deb maqsad qo'ydingiz. Birinchi kerakli narsa bu hafsala, ikkinchisi esa ma'suliyat. O'rganaman deb maqsad qilganimizda, bizda hafsala shakllanadi. Qayergadir kursga yozilamiz, kitob sotib olamiz. Endi esa ma'suliyat hissi kerak bo'ladi.

Vaqtida darsga qatnashish, vaqtida dars qilish. Bu uchun esa insonga menimcha eng kerakligi ma'suliyat. Agarda ma'suliyatni his qilmas ekanmiz, oldinga siljish, o'rganishda harakatlanish bo'lmaydi.

Nimadirni qilaman deb ahd qildikmi, oxirgacha harakat qilish kerak.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchilni bir gapi bor "sening buyukliging senda ma'suliyat bor yo'qligi bilan o'lchanadi!".

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Sizlarda ham maktab vaqtida shunaqa ukoldan qo'rqadigan bollar bo'lganmi..? 😅

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

▶️Stajor vizada bo'lishi kutilayotgan o'zgarishlar

9-fevral kuni Yaponiya Vazirlar mahkamasi stajor viza bo'yicha navbatdagi yig'ilishni o'tqazdi. Unga ko'ra, quyidagicha o'zgarishlar bo'lishi belgilab olindi.

✔️技能実習制度 ➡️育成就労制度 deb o'zgartiriladi.

✔️Stajor viza muddati 5 yildan ➡️ 3 yilga o'zgaradi.

✔️Stajor sifatida 1-2 yil ishlagach o'z sohasi bo'yicha ish joyini o'zgartirish mumkinligi belgilanadi. Bunda Yapon tilini bilish darajasiga e'tibor qaratadiladi.

Shunday takliflar o'rtaga tashlangan. Tez orada yakuniy qaror qabul qilinishi haqida aytib o'tilgan.

Manba:https://www.tokyo-np.co.jp/article/308501


Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥JLPT MASTER N5 kurslariga qabul e'lon qiladi

Yapon tilini noldan boshlab o'rganmoqchimisiz, yoki Minna no nihongo 1 kitobini tugata olmadingizmi..? Unda bu kurs siz uchun!


🧑‍🏫 Sensei yapon tilidan N2 (B2) sertifikatiga ega, univeristetni yapon tili filologiya sohasida tugatgan, 100+ o'quvchiga N5 va N4 dan dars o'tgan!

🌀Kurs davomiyligi: 4 oy, haftada 3 kun dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 16:00 da bo'ladi.

❇️Darslar boshlanish sanasi: 19-fevral (dushanba kuni)

☎️Darsga qo'shilmoqchi bo'lsangiz @JLPTMasteruz ga murojaat qiling!

Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🌐 2025-yildan JLPT da bo'ladigan o'zgarishlar..?

✨Endi 2025-yildan boshlab JLPT beradigan sertifikatlarda CEFR bo'yicha darajasi ham ko'rsatib boriladi. Bu degani endi CEFR topshir deb, alohida CEFR so'rashyapti degan masalaga o'rin qolmaydi.

☄️Yana bir yangilik esa, endi sertifikatda ham to'plagan bal yoziladi. Avvalari to'plangan bal, alohida ko'rsatilgan bo'lsa, endi sertifkatda ham bu aks etadi.

Manba:

https://www.jlpt.jp/e/cefrlevel/index.htm

l
CEFR ga tayyorlanishim kerak deb muammo qilayotgan talabalarga yuborib qo'yamiz! 😅

Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Kelganimga 46 yil bo'ldi, ammo kechagina kelgandekman.

Bugun Inagi shaharchasidagi boshlang'ich maktabga bordim. U yerda O'zbekiston, vatanimiz haqida tanishtiruv darsi o'tib berdim. Dars jarayoni qizib ketib, 1 soat o'tganini ham bilmay qolibman. Bolalar O'zbekiston haqida savollarga ko'mib tashlashdi. Dars oxirida esa, kelajakda qayerga borishni xohlaysiz deb so'radim. Hammalari bir-barokayiga O'zbekistonga deb javob berishdi.

Men bilan birga Meksikalik Rosa Mariya, Marokashlik Ayisha ham dars o'tgani borishibdi. Ular bilan biroz suhbatlashdim. Rosa kelganiga 46 yil bo'libdi, Ayshada esa 23 yil bo'libdi. To'g'risi o'yga botdim, vaqt naqadar tez.

Shu orada meksikalik ayol Rosa Mariya "xuddi kecha kelgandekman" deb qo'shib qo'ydi. Marokashlik ayol Aysha esa madaniyatimiz yaqinligi, O'zbekistonga bir marta borganligi haqida gapirib berdi.

Darsdagi esa yosh bolakay Taroni bergan savoli esa o'ylantirib qo'ydi. "Kelajakda Yaponiyada qolasizmi..?"

Ha aytgancha bolalar alohida o'zbek tilini ham o'rganishibdi, kirishimga birdaniga "Assalamu alaykum " deya kutib olishdi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

❄️🌨Qor manzarasi!

Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥JLPT Master N4 guruh darslariga taklif qiladi

Ushbu kurs, N4 daraja imtixonidan o'ta olmagan yoki Minna no nihongo 2 kitobini boshlab oxiriga yetqazmagan o'rganuvchilar N4 darsini davom ettirib mustahkamlashlari uchun mo'ljallangan!

Dars kunlari seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 17:00 (Yaponiya vaqti bilan 21:00) da bo'ladi.

Darsga qatnashmoqchi bo'lsangiz, @JLPTMasteruz ga aloqaga chiqing.

Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#nihongo

日本語検定 (Yapon tili imtixoni) nima o'zi..?

日本語検定 (nihongo kentei) imtixoni yilda 2 marta iyun va noyabr oylarida o'tqaziladi. Asosan ona tilisi yapon tili bo'lganlar uchun yapon tili darajasini baholash testi hisoblanadi. Imtixonning 7 ta darajasi bor. Eng yuqorisi 1級 (1-daraja) hisoblanadi.

Chet elliklar ham 1- daraja olishganmi..? Ha olishgan, birinchi marta Amerikalik Bret Mayer 2012-yilda olgan bo'lsa, undan keyin esa yana 4 nafar chet ellik 日本語検定 imtixonidan 1-darajani qo'lga kiritishgan

Manba: https://www.nihongokentei.jp/about/

Keyingisi balki siz bo'larsiz..?

Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#halaljapan

Yaponiyada halol ovqatlar kam deyishadi. Rostdan ham shundaymi..?

Allohga shukur. Yaponiyada ham halol ovqatlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Oddiy konbinilardan tortib, Gyomu supermarketlarigacha halol mahsulotlarni topish mumkin.

Xattoki, Daisoda ham sotila boshladi.

Eng yaxshi usul, quyidagi ilovoni tortib oling. 6 oyga 800 yenga a'zo bo'lasiz. Qulay tomoni esa barkod orqali aniqlab ketaverasiz.

Ilova: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.conceptuale.productivity.halaljapan

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yaponiyadagi o'zbek qizlari

Bugun gazetada yuqoridagi maqola chiqibdi. Unda Toyoma prefekturasi Kamiichimachi shahrida O'zbekistonlik (2 nafarva Xitoylik talabalar (2 nafari) birgalikda shahardagi "Bolalarni tarbiyalashni tashkil etish uchun ko'mak" mavzusida loyiha qilishibdi.

Bu qizlar O'zbekiston Jahon tillari univeristeti talabasi hisoblanadi va hozirda Toyo universitetida stajirovka o'tayotgan talabalar hisoblanishadi.

Nima ham derdim, harakatdan to'xtamanglar. Faqat va faqat omad! Taklifim shuki, bizda ham bu mavzuda ishlarga chet el tajribasi kerak. O'rgangan narsanglar bo'yicha albatta maqola yozib, saytlarga beringlar. Yaponiyadagi bir shahar tajribasi as qotadi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Inson intilsa harakat qilsa muvaffaqiyat keladi

Kecha bir o'quvchimdan xabar oldim. Sharqshunoslik universitetida o'tqazilgan notiqlik san'atida 2-o'rinni olib, Respublikaga chiqibdi. Nutq mazmunini o'qib ko'rganimda menga yoqqandi. Harakat qiling, albatta o'tasiz deb aytgandim. Ichki ishonch bo'lgandi. O'tibdi.

JLPT Masterda N2 da bir qiz o'qiydi, hozirda Yaponiyada stajor vizada ishlaydi. Kechqurun darsga kirib, sharoit yo'qligidan faqat eshitib o'tiradi. Gapirib qatnashishga imkon yo'q. Shu qiz N4 dan ham, N3 dan ham o'tdi. Nasib qilsa N2 ga ham o'tsa kerak.

Bizda N2 da bir ayol o'qiydi. Farzandi shifoxonada bo'lganda ham, darsga kirdi. 1 yoshli bola kasal holatida ham imkon topdi. O'qiyapti.

N5 guruhimizga 50 yoshli ayol qatnashyaptilar. Darsda juda ham faollar. Maqsad Yaponiyaga o'g'illari, oldiga borganda ko'chada sayr qilib, bemalol yurish uchun.

Bularni nega yozdim. Qizlar va ayollar ham hamma narsani uddalay oladi. Hamma harakat qilsa, uddalaydi. Bahonachilar esa bahona qib yurishaveradi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Hademay Yaponiya🌸🍃 degan video😄!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Tokyo 2050-yilda shunday ko'rinishda bo'lar ekan😅

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Noldan yapon tili o'qib 4 oyda N5 darajaga chiqmoqchi bo'lganlar uchun guruhda 2 ta joy bor!

Aloqaga chiqamiz! @JLPTMasteruz

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yaponiya iqtisodiyot boʼyicha dunyodagi uchinchi oʼrnini Germaniyaga boy berdi

Yaponiya 2023 yil oxiriga kelib, ichki isteʼmol zaiflashuvi tufayli yuzaga kelgan kutilmagan inqiroz sharoitida dunyoning uchinchi yirik iqtisodiyoti sifatida Germaniyaga yoʼl ochib berdi.

Mamlakat yalpi ichki mahsuloti soʼnggi uch oyda oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 0,4 foizga qisqardi.

Yaponiyaning oʼtgan yilgi nominal YaIM hajmi 4,21 trillion dollarni tashkil etdi, deya Yaponiya hukumati maʼlumotlariga tayanib, AP aniqlik kiritmoqda. Germaniyaning nominal YaIM hajmi 2023 yilda taxminan 4,4 trillion dollarni tashkil etdi.

Manba: https://apnews.com/article/japan-economy-2023-gdp-893d53deba654c4924e4924f0b321cc5

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#mem
#yaponchatakalluf
#rahmat

Intellektual mem

Oʻzbekistonda 25 yil davomida eshitgan "rahmat"larim bilan, Yaponiyada 7 oy ichida eshitgan "rahmat"larimni sanab chiqsak, 7 oy ichida 50 yilga yetadigan rahmat eshitdim(ov))

Aytganlarim ham xuddi shunday! Sinxron!!!

@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Poyezdlarda ba'zida shunday bog'lovchi arqonga o'xshash iplar bog'lab qo'yilgan bo'ladi. Bu nima uchun kerak..?

Bu iplar asosan, velesopedda🚴‍♂ poyezdga chiqqan yo'lovchilar uchun moslangan. Chiqib velesopedingizni yiqilib ketmasligi uchun bog'lab qo'yasiz. Yapon tili bu サイクルトレイン deb nomlanadi. Xattoki, qanday foydalanishgacha ko'rsatib qo'yilgan.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bola tilidan yapon tilida😅 Ko'ring, kayfiyatingiz ko'tariladi.

Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Dars jarayonidan qisqa lavha!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Negadir bugun ona tili ustozimni bir gapi esimga keldi! "Ishongan tog'da kiyik o'lmaydi!" O'sha vaqtda bu so'zni tushunmagandim. Bugun har doimgidan ham ko'proq angladim.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Qishloq xo'jaligida Qr Code

Naganoga sayohat davomida ajoyib narsaga ko'zim tushdi. Ya'ni bir bog'da to'xtadik. U yerda uzum daraxti yetishtirilar ekan. Har bir uzum navi qatoriga mana bunday QR code qo'yilgan. Uni o'qitsangiz, siz ushbu uzum turi, mevasi haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lasiz.

Yurtimizda ham dehqonlar shunday ishlarni yo'lga qo'yishsa, yanada jahon bozoriga chiqishdi samarali bo'ladi menimcha.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

69 yoshga kirgan yapon nuroniy

Inson sayohat qilsa, qarashi, fikrlashi o'zgaradi. Bugun do'stlarimiz bilan Naganoning Hakuba degan joyiga keldik. Tabiat ajoyib, tog' havosiga va manzarisiga esa umuman gap yo'q.

Kechqurun mehmonxonaga kelgach, kutib olgan ishchini ko'rib to'g'risi qoyil qoldim. Katta yoshli, nuroniy inson. Kirishimiz bilan o'zgacha iltifot va mehr bilan kutib oldi. Aytishiga qaraganda, bu ishni 35 yildan beri qilar ekan.

35 yil avval Kobe degan joydan kelib, mehmonxonani sotib olgan va shundan beri mehmonlarga xizmat ko'rsatib kelar ekan.

"35 yil ozgina vaqt emas, o'tgan yildan boshlab, biroz toliqa boshladim" deya gap boshladi nuroniy. "Umrim davomida shu ishni qilishni orzu qilib boshlagandim. Bugun mana 35 yildan o'tdi. Bu vaqt davomida turli insonlar, turli madaniyatlar bilan tanishdim."

35 yillik bir ishni bunday hafsala va mehr bilan qilayotganini ko'rib, yaxshi ma'noda hasad qildim. Balki shunga aytishar. Sayohat insonni ulg'aytiradi.

Qaysidir Iphone rusumi, mashina emas, xotira esda qoladi menimcha. "Kema bandargohda xavfsiz turadi. Lekin u buning uchun yasalmagan!"

Hakubaga kelsangiz, Pension Ringo noki hoteliga kelib, amaki bilan suhbatlashib o'ting! Vaqtingizga achinmaysiz.

Rasmda esa u yurgizayotgan mehmonxona tasvirlangan.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Yana Konbinidagi ish mavzusi

Buni faqat Konbinida ishlab ko'rganlar tushunadi. Rostini ayting, 袋をご利用ですか deb so'raganingizda javob berishmasa, sizni ham shunday qilgingiz kelganmi😅

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

N3 va N2 darajalar uchun guruh yig'yapmiz.

N2 guruh darslarini Obidjon sensei olib boradilar. JDU, SHarqshunoslik talabalariga xoy devorila.

Darsga yozilish uchun: @JLPTMasteruz ga aloqaga chiqila.

Iyulga qadar N3 va N2 darslarini boshqa tashkil qimaymiz.

Читать полностью…
Подписаться на канал