yapontili_uzbekistan | Неотсортированное

Telegram-канал yapontili_uzbekistan - Yapon tili va Yaponiya

2866

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen

Подписаться на канал

Yapon tili va Yaponiya

#JLPT

Yapon tili darajasidagi N (N1ーN5) nima ma'noni beradi.?

JLPT dagi N harfi yapon tilidagi....

Davomi..../channel/jlpt_uzbekistan/17

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#bilasizmi

Kecha dunyodagi eng katta bekat haqida gapalshgandik. Bugun esa dunyodagi eng katta chorraha🔊 haqida gaplashsak.

Bir vaqtda svetaforni yashil chirog'i🟢 yonganda eng ko'p yo'lovchi o'tadigan choraha ham aynan Tokyoda joylashgan.

💬Shibuya chorahasi hisoblanadi. Undan bir vaqtda 2500 dan ortiq odam o'tadi. Yaqinida esa Hatiko haykalchasi joylashgan.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#JLPT

JLPT sertifikati olingandan keyin uning amal qilish muddati 2 yilmi...?

Xalqaro test imtixonlarida sertifikat olingach yaroqlilik muddati odatda 2 yil hisoblanadi.....

Davomi...../channel/jlpt_uzbekistan/14

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#bilasizmi

Dunyodagi eng gavjum bekat bu - Yaponiyaning Shinjuku bekati hisoblanadi. Bu bekatda 36 ta platforma joylashgan. Bu degani 36 ta yo'nalishda harakatlanadi.

Kuniga 3.5 millionga yaqin odam, shu bekatdan foydalanadi.😅

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

獄門疆にそんなもん封印してんのか😁

👉 Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
TELEGRAM | INSTAGRAM | horisensei6021">YOU TUBE | CHAT | hori_sensei_tiktok?_t=8h03Nve5yyY&_r=1">TIKTOK | MUROJAAT

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#Hiragana

Yapon tili yozuv tizimida harflar tizimi Kana (仮名) deb aytiladi. Kana esa o'z navbatida 2 ga bo'linadi.

♻️Hiragana
♻️Katakana

Hiragana - yaponcha so'zlar uchun ishlatiladi. Va asosiy yodlanishi kerak bo'lgan harf tizimi hisoblanadi.

Katakana esa chetdan kirib kelgan so'zlar, o'zlashma so'zlar uchun ishlatiladi. Asosan chet elliklarning ismlari, davlat nomlari, yangi terminlar katakana alifbosida yoziladi.

⏳Bugundan yapon tili o'rganishni Hiraganadan boshlang. Quyidagi pdf variantidagi Hiragana alifbosini yuklab oling. Unda harflarni yozilishi, o'qilishi va yapon tilidagi boshlang'ich so'zlar berilgan.

Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Assalamu alaykum! Yapon tili ixlosmandlari va Yaponiyaga bormoqchi bo'lgan yigit va qizlar!

Siz bu kanalda yapon tili o'rganish bilan birgalikda, yapon tili qobiliyat testi (JLPT) ga ham tayyorlanib borasiz. Kanalda JLPT kitoblari, yapon tili darslari berib boriladi. Yapon tili o'rganmoqchi va darajasini oshirmoqchi bo'lganlar uchun esa online darslarni ham taklif qilamiz.

O'zbekistondagi eng foydali JLPT ga tayyorlanish uchun kanal yaratmoqchimiz. Bizni qo'llab-quvvatlaysiz degan umiddamiz! ✨☄️JLPT dan master bo'lmoqchi bo'lganlar uchun JLPT Master kanali!

Hurmat bilan JLPT Master jamoasi!

Bizga qoʻshiling |フォロー
@jlpt_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Yapon tili endigina 28 kishi

IELTS, TOEFL, GMAT, GRE va SAT kabi xalqaro imtihon topshirish xarajatlari 2021-yil 1-maydan boshlab to‘liq qoplab berilishi boshlangan edi. Buning uchun siz ma'lum belgilangan yuqori darajani qo'lga kiritishingiz kerak edi. Yoshlar ishlari agentligi shu bo'yicha 2024-yil 6-yanvargacha bo'lgan holatni e'lon qilibdi.

Unga ko'ra yapon tilidan 28 kishi yuqori ball olib, imtixon harajatlarini qaytarib olgan. Bu summa 8 million 400 ming so'm. Menimcha bu juda ham kam.

Ma'lumot uchun: agar siz N2 yoki N1 daraja olsangiz va yoshingiz 31 yoshga yetmagan bo'lsa, bemalol ariza topshirsangiz bo'ladi.

Tezroq N2 va N1 larni ko'paytirib tashlanglar😅

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#bilasizmi

2024-yildagi JLPT imtixonlari 7-iyul va 1-dekabr kunlari bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun JLPT (日本語能力試験) imtixoni yilda 2 marta bo'lib o'tadi. Iyul va dekabr oylarining birinchi yakshanbasi kuni o'tqaziladi.

⏳22-yanvarga oz qoldi. Dekabrdagi imtixon natijasini kutayotganlar bormi?

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥2024-yil Yaponiya uchun qanday boshlandi..?!

2024-yil Yaponiya uchun biroz og'irroq boshlandi. 1-yanvar kunidan katta zil-zila, ertasi kungi samalyotni yonib ketishi, 3-yanvar kuni esa Yamanoto yo'nalishidagi poyezdda ayol kishini pichoq bilan 4 kishiga zarar yetkazishi... Xullasi noxush xabarlar bilan boshlandi.

Yer qimirlashi to'satdan bo'ldi. Soat 16:10 larda telefonimdan signal eshitildi, yer qimirlashiga ancha o'rganib qolganim uchunmi bir pastda o'tib ketadi degan tuyg'u bilam unchalik e'tibor bermadim. Ammo Ishikawa prefekturasida shu vaqtda 7 ball atrofida bo'lgani xabarlarda tezda yoyildi. Bugungi ma'lumotga qaraganda, 33 ming odam evakuatsiya qilingan va 82 kishi vafot etgan.

Keyingi kungi voqealar fonida esa Haneda ayraportida samalyot qo'nish vaqtida Qirg'oq xavfsizlik samalyotining uchish yo'lagiga ruxsatsiz kirishi natijasi to'qnashuv kelib chiqqani, ammo vaqtida yo'lovchilar xavfsiz joyga olib o'tilgani haqida xabar berildi. AmmoQirg'oq xavfsizlik samalyoti ichidagi 6 kishidan 5 tasi vafot etgan.

Xullasi shunaqa Yaponiya yangi yilni sinov bilan boshladi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yaxshilikni muddati har xil bo’ladi

Institutda gigiena o’qituvchimiz bahoimni oson qo’yib bergandi. Yaxshilik qilyapti deb o’ylagandim o’sha payt.

Farmatsevtika qiynagandi. Yodlatgandi. Chizdirgandi. Talab qilib qo’ygan edi. Dorilarni hammasi hali ham yodimda turibdi. Yillar o’tib ular kattaroq yaxshilik qilganlarini tushunib yetdim.

Bola yig’lagani uchun shokolad olib bergan ota - yaxshilik qildi. Olib bermay, yomon ko’rinib - sabrga, hamma narsaga ham yetishib bo’lmasllika o’rgatgan ota kattaroq yaxshilik qildi.

Onam bolalar bilan kompyuterxonaga chiqarmas edilar. Otam kitob o’qishga majburlar edilar. Yaxshiliklarini katta bo’lib tushunib yetdim.

Eng katta yaxshiliklar uzoq muddatli yaxshiliklar bo’ladi. Faqat ularni paytida bilmas ekansiz.

Eng yaxshilar sizga yomon ko’rinib bo’lsa ham yaxshilik qiladi. Ularga yaxshi ko’rinish emas, yaxshi bo’lishingiz muhimroq bo’ladi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Mana bir yil ham yakuniga yetmoqda. Umrimizdagi yana bir raqam. Yil davomida qaysidir niyat qilgan maqsadlarga erishdik, ba'zi holatlarda esa undanda yaxshirog'iga ega bo'ldik.

2023-yil men uchun Yaponiyadagi bir yillik hayot bilan esda qoldi. Unda magistratura bosqichida o'qishni boshladim, 2-marta yapon tilidan N1 daraja oldim, nufuzli kompaniyada ish boshladim.

Shaxsiy hayotimda esa o'zim ham xattoki o'zimdan qizg'onadigan do'st va tug'ushgandanda yaqin bo'lgan ukamni to'laligicha kashf etdim. U bilan esa Yaponiyani kashf etdim.

Yapon tili bo'yicha 4 ta o'quvchim N1 daraja olishdi. Qolgan darajalarni esa yanvar oyida natija chiqsa bilib olamiz.

Shunaqa gaplar, bu yil ham o'tib bormoqda. Yangi yilga bugun juda ham katta ishni boshlaganimiz haqida yozmoqchi edim. Bu esa noma'lum muddatga qoldirildi. Shu birozgina kayfiyatimga ta'sir qildi.

Sizda 2023-yil qanday o'tdi?!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🎙O‘QITUVCHILAR UCHUN DASTUR (KYOKENSEY) 2024 haqida

Yaponiyaga kelib tarjiba ortirmoqchi bo'lgan ustozlar dasturga topshiring!

Ps: Audio variantda fikrlarimni bayon etdim.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🎙NIKKENSEI DASTURI (MEXT) haqida

Yapon tili sohasida o'qiyotgan 2-3-kurs talabalari albatta eshiting va ushbu dasturga topshiring!

Ps: Audio variantda fikrlarimni bayon etdim.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

❗️Yapon tilida Kanji nega kerak?

Savolga javob rasmda. Ko'p yozgandan bir marta ko'rib, fikrlab ko'rgan yaxshi degan rasm bo'libdi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥🍃☘2024-yil uchun Sakura gullash mavsumi e'lon qilindi.

Yaponiyaga sayohat uchun eng yaxshi vaqt. Tabiat go'zalligi va Yaponiya ramzi bo'lgan Sakura iforini his qilasiz.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Diqqat Yaponiyada notiqlik san'atiga qatnashmoqchi bo'lganlarga ajoyib imkoniyat.

Suginamida o'tqaziladigan 21-marta o'tqazilayotgan Chet elliklar orasidagi notiqlik san'atini tavsiya qilaman.

Qatnashib koringlar. Batafsil ma'lumot link orqali: https://suginami-kouryu.org/ev20240309_speech.html

2019-yilda qatnashgan edim, 19-marta o'tqazilgan edi. Maxsus sovrin olgandim, 2022-yilda Sardoxo'ja g'olib bolgan edi, o'tgan yili esa Davronbek munosib qatnashgan edi. Bu yil endi navbat endi siznki...

Sovrin katta emas, natija katta bo'ladi. 10 kishi ichida Vatan nomidan qatnashasiz. Bundan ortiq baho bo'lmasa kerak.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Kechagina Miyazaki Hayaoning yangi animesi haqida yozgan edim. "Bola va qarqara" animesi uchun "Oltin globus" sovrinini qo'lga kiritibdi.

Bu animelar tarixida birinchisi, Oskardan keyin, deyarli shu mukofot bilan teng mukofot. Haqiqatda ham arziydigan asar bo'libdi.

O'zini hayotiga asoslangan anime, Miyazaki Hayao ham onasini ikkinchi jahon urushida yo'qotadi. Asar qahramoni Mahito Maki ham shunday holatni boshidan kechiradi. Animeni ko'rib, animator muhlislarga "o'tmishni unutib, kelajakka intil, ma'suliyatli bo'l" demoqchidek tuyuldi. Ya'na oila, farzandli bo'lish uchun chorlovlar ham bordek ko'rindi.

Paralel olam misolida ko'p aytmoqchi bo'lgan gaplarni aytgandek.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

朝目が覚めると。なぜか泣いている。そういうことが時々ある.... deb boshlanuvchi animeni kim topadi😅

🔥君の名は (Sening isming)
👍なると (Naruto)
😄となりのトトロ (Yaqin qo'shnim Totoro)

Qishda tashqarida yog'ayotgan qor, yonayotgan pechkaga tikilib, kofeni damlab ichib, shu animeni ko'rgan bo'larmidingiz?! Menimcha ritorik so'roq gap bo'ldi. 😅

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#bilasizmi

Yaponiya maktablarida o'quvchilar maktabga kelganda oyoq kiyimlarini almashtirishlari majburiy. Buni yaoon tilida 上履き yoki 上靴 deb ataladi.

Buni asosiy sababi esa tashqaridagi loy va changlarni maktabga olib kirmasliklari uchun o'ylangan.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Men o'zimni animatsion kino fabrikasining menejeridek his qilaman.

Bugun yapon animatsion filmlari qiroli desa arziydigan Miyazaki Hayaoning tug'ulgan kuni ekan. O'tgan hafta uning 10 yillik tanafusdan keyin yaratilgan eng yangi asari "君たちはどう生きるか" (Bola va qarqara) animesini ko'rgani kinoteatrga tushgandim. Juda ham katta taasurot qoldirdi.

“Men animatorman. Men o'zimni animatsion kino fabrikasining menejeridek his qilaman. Men ijrochi emasman. Men ko‘proq ustaga, hunarmandlar jamoasining boshlig‘iga o‘xshayman. Bu mening ishimning haqiqiy ruhidir. ” deb aytgan edi Miyazaki Hayao.

Sizga Miyazaki yaratgan animelar yoqadimi?

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Endi yapon tilini online o'rganing!

Assalamu alaykum Yapon tili va Yaponiya kanali kuzatuvchilari. Bugundan anchadan beri o'ylab yurgan loyihamni boshladim. Bu loyiha boshlashdan avval 2 yil yapon tilidan online dars berdim. Menda vaqt kamligi sababli har 6 oyda bitta guruh o'qita olardim. Bu degani bitta N3 guruhi iyulda olsam, keyingi yil dekabrgacha 1.5 yil N1 darajagacha faqat shu guruh bilan ishlaganman. Orada esa menga boshqa darajalar uchun dars yo'qmi deb so'rashgan.

Keyin o'ylab ko'rdim, zoomdan sifatli dars tashkil etilsa, uyda o'tirib yapon tilini issiq joyidan chiqmay o'rgansa bo'ladiku. Mana o'quvchilarim hammasi natija qilyapti. O'sha vaqtda N3 dagi guruhimdan 12 kishidan 10 kishi N3 olgandi. Shuni sistema qilsam, bir emas bir nechta guruh qilinsa bo'ladiku deb o'yladim.

Va bu yildan yangi loyiha JLPT Master yaratildi. Bunda menga do'stim, yaqin inson bo'lgan Davronbek va o'zimni shogirdim, juda ham iste'dodli yigit Hasanbek yordam berishdi. Bularga kattakon rahmat aytaman.

Hozirda N4, N3, N2 darslarini ochdik, bu guruhda jami 40 dan ortiq o'quvchi o'qimoqda. Yana yangi guruhlar va dastur bo'yicha ishlar oldinda. Darsga qatnashib ko'rgan inson borki, chiqib ketmadi. N2 guruhga 12 ta odam olishni reja qilgandik, 15 ta qilishga majbur bo'ldik. Hali 10 kishi yozib sensei daraga oling deyishmoqda. Demak to'g'ri yo'ldamiz. Yaqin orada noldan ham guruhlar ochmoqchimiz. Senseilarni suhbat bilan, imtixon bilan olganman. Dars esa yapon ustozlar bilan sistema qilib tuzib chiqilgan. Hademay yaxshi natijalar ortib boradi.

Bugun esa shu loyiha ostida kanal ochdik. Kanal nomi JLPT Master. Kanalga a'zo bo'lib qo'ying. JLPT uchun manbalar va darslarni o'sha yerda berib boramiz. Online dars haqida, kurslar haqida ham xabardor bo'lib borasiz.
/channel/jlpt_uzbekistan Sizga katta loyihalar bilan Yapon tilini o'rganishingizda yordam bermoqchimiz.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#hazil

Animeni yaxshi ko'radigan do'sting doskaga chiqqanda yordam bermoqchi bo'lsang nima bo'ladi😅

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥N4 darsiga ulurib qoling. Guruhda 3 ta joy bor. Darslar ertadan boshlanadi.

Ma'lumot uchun:@Japan_teacher1

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Yaponiyaning Tsukuba Universiteti magistratura bosqichida o‘qish uchun grant e’lon qildi!

Mazkur ingliz tilidagi magistratura dasturi Yevroosiyo mintaqasida Barqaror rivojlanish maqsadlarini (SDGs) amalga oshirishda faol hissa qo‘sha oladigan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashni maqsad qilgan.

Grant 1,5 yillik magistratura dasturidan iborat bo‘lib, Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O‘zbekiston fuqarolarining ariza topshirishlari mumkin.

O‘qish bilan bog‘liq barcha xarajatlar dastur tomonidan qoplanadi.Muvaffaqiyatli talabalar Nippon jamg‘armasining to‘liq stipendiyalariga ham ega bo‘ladilar.
Ariza onlayn tarzda to‘ldiriladi.
Yakuniy muddat: 2024 yil 15 yanvar, 23:59 (Tokio vaqti bilan)

Dastur haqida batafsil quyidagi havola orqali tanishing
https://www.chiiki.tsukuba.ac.jp/spca/program/graduate-programs.html

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥💥Mana 2024-yil ham kirib keldi!

Yaponiyada 4 soat ertaroq, bizda yangi yil, kalendar ham 2024-yilni ko'rsatmoqda.

Yana 365 kun 8760 soat tuhfa. Bu yil yanada yaxshi amallar va erishilgan orzular bilan to'la yil bo'lsin! Hammaga yangi yil muborak bo'lsin!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

102 Tv podkastidan ajoyib insayd oldim. Uzoq yashaydigan narsalarni o'rganish uchun ko'p mehnat va vaqt ketadi. Haqiqatda ham shunday. Yapon tilini kursga e'lon bersak, 6 oy o'qishingiz kerak bir daraja uchun, shunda mukammal o'rganasiz deb aytilsa, ko'pchilik bu ko'pku, men 3 oyda olmoqchiman deb aytishadi. Darajani 90 ball bilan olish bilan, 150 ball bilan olishda katta farq bor.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥O‘QITUVCHILAR UCHUN DASTUR (KYOKENSEY)
TEACHER TRAINING STUDENTS 2024


Yaponiya Hukumati (Monbukagakusho: MEXT) xorijiy o‘qituvchilarga muayyan yapon
universitetlarida maktab ta’limi sohasida o‘qituvchilar uchun dasturi talaba sifatida tadqiqot olib
borishni taklif etadi.

📌Hujjat topshirishning oxirgi kun: 2-fevral

📌So‘rovnoma-arizani va barcha ilova qilinadigan hujjatlarni quyidagi saytdan yuklab olishingiz mumkin:

https://www.studyinjapan.go.jp/en/smap-stopj-applications-teacher.html

Manba: https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s3

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥«YAPON TILI VA YAPONIYA MADANIYATI» DASTURI
NIKKENSEI 2024


Yaponiya Hukumati (Monbukagakusho: MEXT) Yaponiya universitetlarida bir yil davomida yapon
tili, mamlakat geografiyasi, yapon madaniyati sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish uchun “Yapon tili
va Yaponiya madaniyati” dasturi bo‘yicha o‘quv kursidan o‘tishni xohlovchi nomzodlarning qabul
qilinishi to‘g'risida e‘lon qiladi.

📌Hujjat topshirishning oxirgi kun: 2-fevral

📌So‘rovnoma-arizani va barcha ilova qilinadigan hujjatlarni quyidagi saytdan yuklab olishingiz mumkin:

https://www.mext.go.jp/a_menu/koutou/ryugaku/1423055_00015.htm

Manba: https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s3

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Assalamu alaykum! Yapon tili o'rganuvchi yigit va qizlar. Bizdagi N3 va N2 online darslari to'ldi. Qabul rasman yopildi. Endi iyulda tashkil etamiz!

N4 bo'yicha hali imkon bor.@Japan_teacher1 ga aloqaga chiqinglar. Guruhda adashmasam 2 ta joy qoldi. 4-yanvardan dars boshlanadi.

Bizda platforma tizimi qilingan. Bu haqida ham tez orada xabar beraman. Faqat yapon tili bo'yicha kanal ham ochamiz va unda kitoblar, testlar, video darslar berib boriladi. Noldan ma'lumotlar beriladi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…
Подписаться на канал