yapontili_uzbekistan | Неотсортированное

Telegram-канал yapontili_uzbekistan - Yapon tili va Yaponiya

2880

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen

Подписаться на канал

Yapon tili va Yaponiya

Chaqaloq 1 yoshda...

Inson bir farzandli bo'lsa, qanchalik faxr, qanchalik unutilmas hayajon.

Bir loyiha ham shunday ekan. Uni dunyoga keltirish, unga nom qo'yish, uni xalqqa tanitish oson emas ekan. Har holda bizda oson bo'lmadi. Va oson bo'lmayapti.

JLPT Master loyihasi asos solingani va ushbu telegram kanali ochilganiga bir yil bo'ldi. Chaqaloq 1 yoshda.

Ushbu chaqaloqqa biroz gapim bor.

Hurmatli JLPT MASTER mana bugun 1 yoshga to'lding. Dunyoga kelishingda dunyoda qadrli tuyg'u do'stlik, ustoz shogirdlik qanchalik muhim ekanligini his qildik.

Sen bilan insonlarga orzu ulashmoqdamiz. Online darslar orqali ham natija qilish mumkinligini, yaxshi ustoz va dars tizimli bo'lsa, natija kelishini isbotlashni boshladik. 34 ta JLPT sertifkati, 8 ta CEFR C1 daraja oldik. Bundan keyin ham darxat kabi mevalaringni ko'paytirib bormoqchimiz.

Senga yordam uchun tayyor oilang bor. Qadriyatlaring va qiymantingni ushla, bir kun kelib katta maskan, butun bir yapon tili tizimini quramiz. Sen 100 yoshga kirganda ham nishonlash nasib qilsin. Eng muhimi halol bo'l.


Ushbu loyihani qo'llagan va qo'llab turgan hammaga rahmat!

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bu ikki videoni ko'rmagan bo'lsangiz, albatta ko'rib chiqing!

①Yapon tili bu sizning Yaponiyadagi muvofaqiyatingiz kaliti https://youtu.be/D-VCXrnuwQw

②Yaponiyaning qonun-qoidalari va davlat bojlari haqida https://youtu.be/Sq7aUeqUBX0

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Hayr 2024...

2024-yilda JLPT MASTER loyihasiga 7-yanvarda asos solingan bo'lsa, oradan 7 oy o'tib, rasmiy maqom bilan markaz tashkil etdik.

2024-yilda 40 ga yaqin JLPT setifikati, 8 ta CEFR C1 sertifikati, 2 ta talabamiz NEU ga bakalavr darajasiga qabul, Respublika yapon tili notiqlik san'atiga yo'llanma qo'lga kiritdi va shunga sababchi bo'ldik.

Telegramdagi kanalimizda ma'lumotlar 800 mingdan ortiq o'qilgan bo'lsa, instagrmda esa 1 millionga yaqin ko'rildi.

Ha do'stlar, yapon tilida bir tizim, shu ustidagi harakatda ketayotgan loyiha bunyodga keldi.

Bu loyihada bizga yelkadosh bo'lgan insonlarga rahmat! Ubaydullo sensei, Obidjon sensei, Bonu sensei, Kamronbek sensei kabi tajribali ustozlar, Nargiza sensei, Hasan sensei, Oqila sensei, Mexroj sensei, Mashhura sensei, Do'stmuhammad sensei kabi yangi yulduzlar paydo bo'ldi. Davron sensei kabi yetakchiga esa gap bo'lishi mumkin emas. Katta oilaga aylandik.

Bu oila yangi yulduzlarni, kelajagi porloq, katta maqsadli insonlarni yapon tili va yapon madaniyati bilan tanishtirmoqda.

Hayr 2024!!! Bu yilda bo'lgan kamchiliklar uchun uzr so'raymiz. Keyingi yili bu ustida qattiroq ishlaymiz, bunga vada beramiz.

Hammaga kirib kelayotgan yangi yil hayrli va barokatli bo'lsin. Katta maqsadlarga eltadigan, qiymatli yana bir yil tilaymiz.

良いお年をお迎えください

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

①Yapon tili bu sizning Yaponiyadagi muvofaqiyatingiz kaliti https://youtu.be/D-VCXrnuwQw

②Yaponiyaning qonun-qoidalari va davlat bojlari haqida https://youtu.be/Sq7aUeqUBX0

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💛💛💛

Yaponiyadagi chet ellik atrofidagi turli muammolarni hal qilish va ko'p madaniyatli jamiyat qurishni maqsad qilgan ekspertlar guruhi CINGA (国際活動市民中心) saytidan:

Yaponiyaga endi kelayotgan yoki kelganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan o‘zbeklar uchun Yaponiya hayotiga oid muhim ma’lumotlarni jamlagan video tayyorladik.

Yaponiyada hayotingizni xavfsiz va ishonchli tarzda boshlash uchun nimalarga tayyor bo‘lish kerakligini bilmoqchimisiz? Unda albatta ushbu videoni tomosha qiling!


新たに日本へ来る方や来日後間もない方々へ、日本での暮らしに役立つ情報をまとめた生活オリエンテーション動画を作成しました。

安心して日本での生活をスタートするための情報や心構えについて知ることができます。どんな準備が必要か?ぜひご覧ください。


日本語を学ぶこと日本での成功の鍵 https://youtu.be/D-VCXrnuwQw

②日本の法律と税金 https://youtu.be/Sq7aUeqUBX0

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

«YAPON TILI VA YAPONIYA MADANIYATI» DASTURI
NIKKENSEI 2025


Yaponiya Hukumati (Monbukagakusho: MEXT) Yaponiya universitetlarida bir yil davomida yapon tili, mamlakat geografiyasi, yapon madaniyati sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish uchun “Yapon tili va Yaponiya madaniyati” dasturi bo‘yicha o‘quv kursidan o‘tishni xohlovchi nomzodlarning qabul qilinishi to‘g'risida e‘lon qiladi.

📌Hujjat topshirishning oxirgi kun: 2025-yil 27-yanvargacha

✔️So‘rovnoma-arizani va barcha ilova qilinadigan hujjatlarni quyidagi saytdan yuklab olishingiz mumkin:

https://www.mext.go.jp/a_menu/koutou/ryugaku/1423055_00020.htm

➡️Dastur haqida batafsil: https://www.uz.emb-japan.go.jp/files/100773111.pdf

💡Manba: https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_uz/programMEXT.html#s3

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Сегодня был вообще wonderful day, подготовки к хаппё идут в лучшую сторону, а что ещё лучше - у нас был パーティー в учебном центре к завершению года. Все было круто, общались, играли в мафию и все получили подарочки. Надеюсь все остальное впреть будет идти так же прекрасно без перебоев! Все 10000/10!!✨🫨

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔴🔴🔴

CEFR natijalari e'lon qilinmoqda.

Hozircha JLPT MASTER da C1 daraja olganlar 6 ta✍️

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

JLPT MASTERda online kurslarga qabul davom etmoqda!


⚡️N4 darsi seshanba, payshanba va shanba soat 16:00 (shanba kunidan darslar boshlanadi)

☄️N3 kursi seshanba, payshanba va shanba soat 16:00 (ertaga payshanba kunidan darslar boshlanadi)

🎯Murojaat uchun: @JLPTMasteruz ga aloqaga chiqing!

Guruhlarda joylar chegaralangan, tezroq aloqaga chiqamiz!

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Ushbu fikrlarni o'qa turib ancha o'ylanib qoldim. Sizni ham o'ylatirsa ajab emas.

https://telegra.ph/Daraxtlardan-rivojlanishni-organamiz-12-15

Aytgancha 5 daqiqa vaqtingiz ketadi. Sayoz matn emas.

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Help me help you

Dasturchilikda, va umuman boshqa sohalarda ham, tez o‘rganishning eng yaxshi usullaridan biri bu savollar so‘rash orqali. Ishxonadagi dasturchilardan, chat jipidi akadan, claude opadan, stockoverflowdan, mendan va boshqalardan savol so‘rash orqali tez va to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanish mumkin.

Shaxsan o‘zim va men bilgan ko‘pchilik yordam berishni chin dildan xohlaydi. Juda xursand ham bo‘ladi, agar yordam bera olsa. Lekin hech kim, qaytaraman hech kim, sizning ishingizni siz uchun qilib berishni xohlamaydi.

- Menga rezyume yozib bera olasizmi?

- Mana-bu ishni qila olmayapman, yordam bera olasizmi?

- Shu loyihaning arxitekturasini chizib bera olasizmi?

kabi savollar ochiqsachiga odamga yoqmaydi. Sababi bu va shunga o‘xshash savollarga to‘g‘ri va to‘liq javob berish uchun ancha bosh qotirish va vaqt sarflash talab qilinadi. Undan ham yomoni - savol berayotgan odam shu ishni qilishga yoki savolni to‘g‘ri yozishga erinayotganida.

Men ishda biror kishidan savol so‘rasam, odatda taxminan quyidagicha shaklda ifodalayman:

Salom Alexandro. Men loyihaning shu qismida bir muammoga duch kelyapman. Sen shu qismda juda ko‘p ishlar qilgan ekansan. Bilsang va yordam bera olsang zo‘r bo‘lar edi. Lekin agar boshqa odam yaxshiroq biladi deb o‘ylasang, iltimos o‘sha odamga meni jo‘natvor. Savolim: ‘Shu ishni qilmoqchiman. Uning uchun 3 ta yo‘ldan ketishim mumkin. 1 chisi bunaqa, 2 chisi shunaqa, 3 chisi esa munaqa. Menimcha 2 chi yo‘l eng zo‘ri, chunki shunday qilsam bunday bo‘ladi. Uni qilish mana bu yerda shunday o‘zgarish qilmoqchiman, lekin mana bunday xato chiqyapti. Bilasanmi, qayerda xato qilayotgan bo‘lishim mumkin?’

Mening maqsadim Alexandroga iloji boricha tez va to‘g‘ri javob bera olishi uchun sharoit yaratib berish. Butun contextni tushuntirib berish.

Umuman olganda birovdan nimanidir xohlasangiz, sizga u o‘sha narsani berishi uchun ishini osonlashtirishingiz kerak. Yana bitta misol. Odatda ishxonalarda promotion olishingiz uchun sizning manageringiz siz haqingizda report yozishi kerak va boshliqlarga siz promotionga arzishingizni isbotlab berishi kerak. Bu oson ish emas. Manageringiz siz qilgan ishlarni eslashi, aniq misollar berishi talab qilinadi. Siz manageringizga shu reportni yozib berish orqali katta yordam qilishingiz va promotion jarayonini ancha tezlashtirib berishingiz mumkin. Siz o‘zingiz nima ishlar qilganingizni manageringizdan yaxshiroq bilasiz har holda.

@jakhonrakhmonov

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Alloh imkonsiz narsa orzu qildirmaydi!

Mana loyihaga asos solinganiga ham salkam 1 yil to'lmoqda. 1 yillik ishlar bo'yicha, dekabr oxirida hali hisobot shaklida yozamiz.

Bugun boshqa narsa haqida xabar bermoqchimiz. JLPT MASTER da o'quvchilar o'rtasida 19-yanvar kuni "Yapon tili notiqlik san'ati" tashkil etmoqchimiz. G'olib bo'lgan o'quvchi esa Respublika bosqichida ishtirok etadi. Bu borada o'quvchilarga, guruhlarida xabar yuborildi.

Bir yil ichida shu darajaga chiqamiz deb o'ylab ham ko'rmagandik. Uzluksiz mehnat, sabr, ishonch olib keladi ekan.

O'sha gap Alloh imkonsiz narsani orzu qildirmaydi.

JLPT Masterda o'qiydigan o'quvchilar albatta qatnashing, nasib qilsa ajoyib tadbir o'tqazamiz.

Haqiqatda yapon tilida rivojlanmoqchimisiz, unda sizni ham kutamiz!

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

* Norvegiya anchagina sovuq o'lka ekan, ammo qor yoqsa baribir havo mo'tadillashib qolarkan.

* Kuniga 13 ta prezentatsiyani eshitish odamni tuzukkina horitadi, ammo u yerdagi muhit va tesha tegmagan qarashlarni butun dunyodan yig'ilib kelgan eng yaxshi kallalardan eshitish inson miyasini juda ham rohatlatadi, yangi g'oyalarni o'ylashga chorlaydi.

* PhD talabalar sessiyasi ham bo'ldi. Talabalar hamma katta professorlar biladigan ma'lumotlarni menimcha ularga qayta leksiya qilib berishlari shart emas. Bunga anchagina vaqt sarflandi. (Ammo, o'zim ham PhD paytimda balki shunday bo'lgandirman) Tezroq ilmiy muammoga kirilgani afzal.

* Norvegiyaliklar ancha farovon yashashar ekan, narxlar Yaponiyadan ham qimmatroq. Butun dunyodagi eng yaxshi mashinalarni minishadi. Menga eng yoqqani, boshqa Yevropadagi davlatlardan farqli o'laroq, norveglar yaponlar kabi sokin va sekin ovozda so'zlashadigan, biroz uyatchan millat ekan. Buni hatto konferensiyaga kelgan boshqa Yevropalik professorlar ham aytib o'tishdi.

* O'zbekistonni chet eldagi musulmonlar orasida obro'si ancha yaxshiligiga ham guvoh bo'ldim. Lillehammer shaxridagi markaziy stansiya yo'lini so'raganimda oldimdan chiqqan Aljirlik bir musulmon meni quchoqlab, yurtimiz va biz o'zbeklarni juda sevishini qayta qayta ta'kidladi. Biroz qolsa, norveg ayoli bilan tushlikka ham olib ketishlariga oz qoldi.

* Yevropaga ketishda deyarli 16 soatlik samolyot ichida juda yaxshi tarzda ishlarimni bajarib, kitoblarimni o'qib ketdim. Ammo, qaytishda charchoq kuchliligi hammasini yengdi. Uzoq yo'lga chiqishda baribir oyna tomonda emas, yo'lakcha tomonga o'tirishga yetmas ekan. Yonimdagilarni bezovta qilmay deya belimni ham og'ritib oldim.

* Bir necha kunlik konferensiyalarda iloji boricha tezroq prezentatsiya qilib olgan ming afzal. Undan keyin ko'ngil bemalol bo'lib, tunlari shahar bo'ylab sayohat qilish yoki konferensiya ishtirokchilari bilan bemalol suhbat qilish mumkin. Ammo, bu safar ikkinchi kunning eng ohirgi bosqichiga taqdimotim qo'yilgani uchun odam biroz toliqdi. Imkoni bo'lsa ba'zan tashkilotchilar bilan muzokara qilib, ma'ruzalarni sal vaqtliroqqa o'tkazish ham kerakka o'xshaydi.

Hozircha shular...

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💛💛💛

Kanji murakkab emas

Hurmatli yapon tili o'rganayotgan do'stim. Siz yangi dunyo, yangi madaniyat va yangi til qarshisidasiz.

Bu til Hiragana, Katakana bilan boshlanib, keyin esa Kanji degan murakkab, sirli va eng qiziqarli shakllarga eltadi.

Bu qisqa maqola sizni kanjini tushunishga va yozish tartibini o'rganib olish uchun as qotadi degan umiddamiz!


https://telegra.ph/Kanji-organish-haqida-12-10

🎯Kanji o'rganish qiyin deyayotgan do'stimizga yuborib qo'yamiz!

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yapon kompaniyasida ishlashdan oldin, bilib qo’ygan yaxshi

Yaponiyaga o’qishga kelib, o’qishni tamomlagandan keyin albatta “Yapon kompaniyasi” da ishlayman deb niyat qilib yurgan ukalarimizga quyidagilarni bilib qo’yishlarini tavsiya qilamiz:

1. Yapon kompaniyalarida ishlashlik, biz o’ylaganchalik oson ish emas.


Xo’sh nega? Bilamizki Yaponiya dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Bunga sabab, bunday rivojlanishning ortida turgan kuchli madaniyat va ma’suliyatga ega bo’lgan yapon millati turadi.

Shuni unutmangki, siz yapon kompaniyasida aynan shunday insonlar bilan yelkama-yelka ishlaysiz. Bu sizga juda katta bosim va ma’suliyat yuklaydi.

Bunday bosimdan hamma ham o’tib keta olmaydi. Natijada, 6 oyda boringki 1 yildan keyin ishini almashtirishni istab qoladi. Lekin, yana yapon kompaniyasiga borsa, holat o’zgarmasligini bilmaydi.

Davomi bor…

@jalilov_akbar

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yapon tili o'rganmoqchi yoki yanada rivojlantirmoqchi bo'lsangiz, boshlash vaqti keldi.

http://jlpt-master.modme.uz/entry/form/4388

Darsga ro'yhatdan o'tsangiz, yigitlar aloqaga chiqishadi. Nasib qilsa uyaltirmaydigan darslarni tavsiya qilamiz.

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🗓Yangi yildan boshlash

Kalendar har qanday ramziy sanaga yaqinlashganida inson o‘zgarishlar haqida o‘ylab qoladi. Buning asosiy sababi biz inson sifatida bir xillikdan zerikib qolamiz, shu sababdan ramziy sanalarda psixologik yangi davrga o‘tganligimizni sezgimiz keladi. Bu tug‘ilgan kun, oyni boshi, yangi yil yoki kalendar yozni boshlanishi bo‘lsin.

Va eng qiziq tarafi shundaki, ramziy sanalardan boshlash haqiqatdan ham ishlaydi. Bu mavzuda bir nechta tadqiqot ham bor, ilmiy tilda bu hodisani “Yangi boshlanishlar effekti” deydi va bu effektning kuchi aynan ramziy sanalar yangi boshlanishlar uchun psixologik yengillik berishida. Masalan, fitnes ilovalarning statistikasiga ko‘ra odamlar jismoniy mashg‘ulotlarni va to‘g‘ri ovqatlanishni aynan shunday ramziy sanalarda boshlashgan. Va bu kabi misollar juda ham ko‘p.

Faqat bu yerda aynan boshlash haqida gap ketyapti, natija haqida emas. Natija uchun esa sizga to‘g‘ri reja va ma’lum bir shaxsiy tizim kerak bo‘ladi.

@abdusattor

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Angliyani Qora Tomoni degan ko'rsatuv tayyorlashibdi.

Yaponiyaga o'xshash jihatlar ko'p. Demak, chetdagi yurtdoshlarimiz orasida qaysi davlatda bo'lishmasin umumiy jihlatlar ko'p.

Nima ham derdim ko'rish kerak. Xulosa chiqarish kerak bo'lgan narsalar ko'p!

https://youtu.be/AJmuzuTJuh8?si=i5pU90yHiMmbS6u1

Angliyani ko'ra turib, hayolimga bir fikr keldi. To'g'ri yen qadrsizlanishi fonida unchalik ko'p pul topish qiyindek ko'rinishi mumkin, lekin ham o'qib, ham ishlash uchun Yaponiya ideal davlat.

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Vaqt topib ko'rilsa, bizga Yaponiyada kerak bo'ladigan ko'plab foydali narsalar aytilgan.

5 daqiqa vaqtingiz bekorga ketmaydi. Shaxsan shu loyida bo'lgan inson sifatida ayta olamanki, bu tashkilot anchagina mablag' sarflab, 4 oy vaqtini ayamay, ko'pchilik mutxasislarni jalb etib tayyorlashdi.

Oddiy misol, Yaponiyada 在留カード yo'qligi uchun, 20 man yen shtraf borligini men bilmasdim. Shunga 2 ta videoni ham albatta ko'ring! Imkon bolsa, maksimal tarqataylik, bu orqali yurtdoshlarimiz Yaponiyada nima muhim ekanligi haqida oz bo'lsada ma'lumotga ega bo'lishadi!

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💛💛💛

Yapon tilidan 2025-yildagi birinchi CEFR imtixoni kuni aniq bo'ldi.

Yapon tilidan Milliy sertifikat uchun imtixon 26-27-aprel kunlari bo'lib o'tadi.

Yanvar oyidan boshlab JLPT MASTERda CEFR B2 va C1 darajaga yo'naltirilgan 3 oylik kurslarga qabul ochiladi. Bizdan uzoqlashmang!

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Shunaqa xabarlarni eshitsam, uxlamagan tunlarimga rozi bo'voraman!

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Tarixga aylangan yana bir kun

Bugun ertalab yaxshi xabarlar bilan boshlandi. 忘年会 tadbiri, o'quvchilar quvonchi, fikrlari va ko'zidagi nur. Bu shunchaki emas, hammasida ishtiyoq bor.

Abetga kelib esa CEFR natijalari chiqa boshladi. Bizda C1 guruh uchun tayyorlangan, 12 o'quvchidan, 7 tasi natijaga erishgan bo'lsa, 4 kishi ma'lum sabablar bilan imtixonga bormagan, 1 kishiga esa 3 ball yetmadi. Umumiy olganda, loyiha uchun muvaffaqiyatli natija. Senseimiz esa o'qish qismida 30/30 olgan. Super natija.

Loyiha boshlanganda shunday yaxshi kunlar, yaxshi natijalarni niyat qilgandik. Bunga kerak bo'lsa uxlamay, kerak bo'lgan baxslashib, kerak bo'lganda esa jamoa bilan bir-birimizni qo'llab yetib keldik.

Kun oxirida esa yanada yoqimli xabar. JLPT MASTERdan bir o'quvchi 23-fevral kuni bo'ladigan yapon tili notiqlik san'ati respublika bosqichada qatnashishi haqida bildik. Bu bizni loyiha uchun katta ishonch va natija.

Bu loyihada bo'lgan yigit, qizlar bu bir oila. Bundan boshqa gap yo'q. Yapon tili sohasida yangi davrga qadam qo'yayotgan jamoa. Biz uddalayapmiz yigitlar Allohga shukur.

Bizga ishonib, o'rganayotganingiz uchun rahmat! Yangi yilda yanada kuchli ishtiyoq bilan davom etamiz.

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🎓 Yaponiyada turizm bo‘yicha magistraturada o‘qish uchun ajoyib imkoniyat

Yaponiyadagi Osiyo-Tinch okeani Ritsumeykan universiteti (APU)da “Xalqaro hamkorlik siyosati, turizm va mehmondo‘stlik” dasturi bo‘yicha magistraturada o‘qish imkoniyati haqida xabar berishdan mamnunmiz.

Ushbu ikki yillik dastur to‘liq ingliz tilida olib boriladi hamda turizmni boshqarish va mehmondo‘stlik bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarni ta’minlaydi.

Taʼlim bilan bogʻliq barcha xarajatlar, Yaponiyaga borish va qaytish, oylik stipendiya va boshqa xarajatlar JICA tomonidan qoplanadi.

✅ Talablar:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish.
2. O‘qish muddati kamida 3 yil bo‘lgan bakalavr darajasi.
3. Turizm bilan bog‘liq davlat tashkilotida kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lish.
4. 40 yoshdan oshmagan (2025-yil 1-aprel holatiga ko‘ra) bo‘lish.
5. Ingliz tilini bilish darajasi:
- IELTS 6.5
- TOEFL 85

⏰ Ariza topshirish muddati: 2025-yil 20-yanvar, soat 17:00 gacha.

Qo‘shimcha ma’lumot va ariza tafsilotlari uchun +99878 120-79-66 raqamiga murojaat qiling.

Manba: JICA Uzbekistan

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💡Yaponiyada o'rtacha oylik qancha?

2024-yil dekabr holatiga ko'ra, Yaponiyadagi bir oydagi o'rtacha oyliklar 2079$ ni tashkil etadi. Va bu borada dunyoda 27-o'rinda.

Manba: https://www.numbeo.com/cost-of-living/country_price_rankings?itemId=105


Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Qisqa video ko’raveradi, uzunlariga sabr yetmay qoladi.

Uzun videoga yetmagan sabr, matnga ham yetmaydi.

Matn o’qimagan, kitob o’qimaydi.

Uzun video va kitoblarsiz ilm olinmaydi.

Ilm olmasa, hayotida muammolar to’xtamaydi.

Muammolardan qochish uchun yana qisqa videolar ko’radi…

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Hujjalarni topshirish muddati tugashiga 1 oydan kam vaqt qoldi! Shoshilib qoling!

Yevroosiyo tadqiqotlari bo‘yicha Maxsus dastur (SPJES), Xalqaro Jamoat Siyosati bo‘yicha Magistratura dasturi (International Public Policy)

✅ To‘liq stipendiya, o'qish davrida ilmiy safarlar, bepul va onlayn ariza topshirish jarayoni.

Ariza topshirish davri (2025 yil kuzgi qabul):
📅 2024-yil 8-noyabr ~ 2025-yil 15-yanvar, 23:59 (Yaponiya vaqti bilan)

Ariza topshirish davridan boshqa davrda yuborilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.

1,5 yillik magistratura dasturidan iborat.

Ariza shakli va ko‘rsatmalarni yuklab olish uchun quyidagi havoladan saytga o'tib batafsil tanishib oling:
https://centralasia.jinsha.tsukuba.ac.jp/info/2290

Manba:https://www.facebook.com/share/p/181zYCaDmR/

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yaponiyadagi o'zbeklar soni

2023-yil dekabr holatiga ko'ra Yaponiyadagi o'zbeklar soni 6591 nafar ekan.

Shundan 429 kishi doimiy yashash huquqini olgan bo'lsa, 3144 nafar talaba, 5 nafar professor vizada yurtdoshlarimiz bor ekan.

Manba:https://www.moj.go.jp/isa/policies/statistics/toukei_ichiran_touroku.html


Norasmiylarni qo'shsa nechta ekanmiz🧐 Nima deb o'ylaysiz?

10 mingdan ko'proq🔥
10 mingga yetmaydi👍

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

❤️❤️❤️

Dekabr oyi N2 va N1 daraja guruhlarimiz to'lgani munosabati bilan guruhlarga qabul yopildi!

Hozirda N3 daraja onlayn va oflayn guruhlarimizga 5 ta joy bor.

❗️Hoziroq ro'yhatdan o'ting! Joylar oz qoldi.

📋Kursga yozilish uchun: @JLPTMasteruz

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Ota-onalarga nasihat, hozir siz quvatlisiz, kuchlisiz, aqlisiz. Bolangiz zaif, bolangizni ko'ksidan itaraverib, bor nariroq tur deyaversangiz. Alloh taolo zamonlarni almashtirib turadi.

Ertaga siz kuchdan qolasiz, aqldan ham qolishingiz mumkin bolangiz quvvatli bo'ladi. Bolangiz aqlli bo'ladi. Endi bolam deya yordam so'rab bormoqchi bo'lganingizda, nariroq turing dada, nariroq turing aya deya ko'ksingizdan itaradi.


https://youtu.be/0QJDJpMVYyE?si=VIG6uqDYYA5GhZoy

Suhbatni to'liq ko'rish kerak. Oladigan narsalar ko'p, fikrlaydigan narsalar ko'p. Xullasi ilmga rag'bat qilish kerak. O'rganishga rag'bat qilish kerak!

Bizni faqat ilm qutqaradi.

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Inson bir narsani boshlasa uni oxirigacha olib borguncha qattiq harakatda bo'lish kerak.

Pochta markasi xatga yopishib, oxirigacha ko'chib ketmasagina xatni qiymatli qiladi.

Bir ko'chirib, bir yopishtiralversa uni qiymati yo'qoladi. Biz ham bir narsani harakat boshlagach oxirgacha olib borsak, keyin qiymatga erishamiz!

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…
Подписаться на канал