xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

“Lolazor” podkasti tanaffusdan qaytmoqda.

2-mavsumning 1-sonini (#17) yakshanba kuni tomosha qilishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentda asosiy sanoat  ko‘rgazmasi boshlanishiga uch kun qoldi

🗓22-24-ареl kunlari
📌 Toshkent, Milliy ko‘rgazmalar majmuasi «O‘zekspomarkaz»

«INNОPRОМ.Markaziy Osiyo» — Markaziy Osiyo mintaqasida savdo-sanoat hamkorligining muhim voqeligi. Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonning davlat hokimiyati organlari, yirik kompaniyalari hamda koʻplab kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etmoqdalar.

Saytda ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, ko‘rgazmaga bepul qatnashishingiz mumkin.

✔️ 10 000 nafardan ortiq tashrif buyuruvchilar
✔️ aloqalar birjasi
✔️ tig‘iz ishchi dasturi
✔️ texnologik turlar

Kompaniyalar va hokimiyat organlarining rahbarlari Markaziy Osiyoning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun mintaqalararo hamkorlik, «toza» energetika, ishlab chiqarishni raqamlashtirish, sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, ekologik toza transport va boshqa dolzarb mavzularni muhokama qiladilar.

Telegram | Web-sayt

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ekologiya xodimlariga tazyiq bo‘yicha tekshiruv olib boriladi

Rasul Kusherbayev o‘z telegram sahifasida “Yashil makon” doirasidagi ko‘zbo‘yamachilik va bosimlar haqida yozgan. Unga ko‘ra, poytaxtda “Yashil makon” platformasiga kiritilib, haqiqatda ekilmagan 41 mingdan ortiq ko‘chatlarni ekologiya xodimlari tasdiqlashmagan. Natijada esa Toshkent shahrining Yakkasaroy, Uchtepa va Shayxontohur tumanlarida hokimliklar, IIB va prokuratura tomonidan ekologiya xodimlariga bosim o‘tkazilgan.

Bosh prokuratura ushbu xabar asosida tekshirish boshlanganini ma’lum qildi.

Tekshirish davomida xabardagi har bir holat o‘rganilib, unda e’tirof etilgan davlat organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi, - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Emomali Rahmonning farmoni bilan Ozodbek Nazarbekov , Munojatxon Yo‘lchiyeva, Og’abek Sobirov va Yulduz Usmonova “Tojikiston xalq hofizi” faxriy unvoni bilan, Yodgor Sa’diyev esa “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

O’z navbatida Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan bir guruh tojikistonlik san’atkorlar — Mirali Do‘stizoda, Ismoil Nazriyev, Furqat Saidov, To‘lqin Tojiboyev va Rahmatullo Hoshimov “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mobiuz abonentlari bonus sifatida 25 000 MB’gacha bepul olishlari mumkin! Beshtagacha do'stingizga Mobiuz'ga ulanishni taklif qiling. Ularning har biriga ham 5000 MB’dan sovg'a qilamiz!

Buning uchun nima qilish kerak?

1) *8# tering va bizdan beshta noyob kodni oling.
2) Mobiuz’ga ulanishni xohlagan beshta do‘stingizga bittadan kodni ulashing.
3) Ular ulanib, *8*998raqamingiz*kod# ni terishadi hamda 5 000 MB bonus olishadi.
4) Siz ham 5 000 MB'ga ega bo‘lasiz va umumiy hisobda 25 000 MB’gacha qo‘lga kiritasiz!

Batafsil maʼlumot

Telegram | Instagram | Mobiuz ilovasi | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Rinotin kids” biologik faol qo‘shimchasiga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Rinotin kids” siropi sifati haqida tanqidiy postlar e’lon qilinganidan so'ng Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi holat bo'yicha o‘rganish olib bordi.

Unga ko'ra, aholi orasida ovqatdan zaharlanishning oldini olish maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi.

Bundan tashqari, “CYNERGY PHARMCO” MCHJga respublika hududlaridagi barcha dorixonalardagi “Rinotin kids” siropini qaytarib olish topshirig‘i berildi. Hozirgacha korxona tomonidan 28 ta dorixonalardagi mahsulotlar qaytarib olingan.

“Rinotin kids” siropi dori vositasi emas, balki biologik faol qo‘shimcha bo‘lib, Italiyada ishlab chiqariladi. Mahsulot O‘zbekistonga “Gricar Chemical S.R.L kompaniyasining ishonchnomasiga ko'ra olib kiriladi. Shuningdek, “CYNERGY PHARMCO” MCHJga 2022-yil 29-aprelda ruxsatnoma berilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabda tok urishi oqibatida vafot etgan o‘quvchi ishi bo‘yicha maktab direktori va uning o‘rinbosariga hukm o‘qildi

Hukmga ko‘ra, maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Maktab direktoriga esa 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. U ham 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlay olmaydi.

Ma’lumot uchun, holat 27-noyabr kunida sodir bo‘lgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Koreya Respublikasining Chunchongbuk-do provinsiyasi gubernatori Kim Yong Xvan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Koreya tomoni Chunchongbuk-do provinsiyasida o‘zbekistonlik talabalarni grant asosida o‘qitish, ularni o‘qish davrida turar joy va qo‘shimcha ish bilan ta’minlash dasturini joriy etish taklifini bergan.

Jumladan, Jungwon universiteti rektori Hvang Yun Von birgina ushbu oliygohning barcha sharoitlarga ega talabalar turar joyida 2000 ta bo‘sh o‘rin borligi va o‘zbekistonlik talabalar hamda doktorantlarni qabul qilishga tayyor ekanini ta’kidlagan.

Mazkur dasturda ishtirok etish uchun talaba va doktorantlar ingliz yoki koreys tillarini bilishi, akademik o‘zlashtirishi va xulqi qoniqarli bo‘lishi talab etiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yangilikni kutib oling — Pepsi Zero Sugar!

Pepsi Zero Sugar — yanada yaxshirog‘ini xohlaydigan va betakror lazzatni his etmoqchi bo‘lganlar uchun zo‘r tanlov. O‘zingizni aslo qiynamang, hayotning har bir lahzasidan rohatlanib yashang.

Shakarsiz zo‘r ta’m!

🖤 Yangi mahsulotimizni bugunoq tatib ko‘ring va taassurotlaringizni do‘stlaringizga ham ayting!

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Joriy yilning 18-19-may kunlari Samarqand shahrida triatlon bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Toshkent amaliy fanlar universiteti ham ushbu musobaqaning o‘tkazilishida va unga tayyorgarlik ko‘rishda O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga yaqindan yordam bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, triatlon — bu 1.5 km suzish, 40 km velosiped haydash va 10 km yugurishni o‘z ichiga olgan ko‘p qirrali sport turidir.

📄 Litsenziya (№ 029914, 14.06.2022-y.)

Telegram | Instagram | Veb-sayt
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

💥 Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi boshlanishiga 2 kun qoldi

Tailandda bo’lib o’tadigan musobaqada O’zbekiston futzal milliy terma jamoasi “B” guruhda to’p suradi.

1-tur
🇺🇿O‘zbekiston –
Avstraliya 🇦🇺
🗓 17-aprel | 14:00

2-tur
🇮🇶
Iroq – O‘zbekiston 🇺🇿
🗓 19-aprel | 19:00

3-tur
🇺🇿O‘zbekiston –
Saudiya Arabistoni 🇸🇦
🗓 21-aprel | 19:00

Yigitlarimizga omad tilaymiz!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hisob-raqami ochib, biznesingiz uchun bepul kassa apparatiga ega bo‘ling!

Kapitalbank Sizga foydali shartlarda quyidagilarni taklif qiladi:

🔹hisob raqami ochish - bepul
🔹mablagʻlar oʻtkazish va naqd pul yechish komissiya va abonent toʻlovlarisiz amalga oshiriladi.

Taklif Kapitalbank’ning yangi mijozlari uchun 2024-yil 30-iyunga qadar amal qiladi.

Menejer bilan uchrashish uchun www.business.kapitalbank.uz’ga ariza qoldiring yoki (+998) 78–148–11–33 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

➖ Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hokim o‘rinbosari plyonka mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xususiy korxonani mahalliy dehqonlarga plyonka yetkazib beruvchi ta’minotchi sifatida tayinlash evaziga 5 ming dollar talab qilgan. So‘ralgan puldan 15 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Tekshiruv davomida hokim o‘rinbosari avval 10 mln so‘m olganligi ma’lum bo‘ldi. U muqaddam ham sudlangan.

➖ Andijon shahrida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari o‘zining mansabdor tanishlari orqali mahalliy fuqaro nomiga mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etib, “Eski shahar – Oltinko‘l” yo‘nalishida yo‘lovchi tashish uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan tenderda g‘oliblikni qo‘lga kiritib berish evaziga 7500 dollar talab qiladi. U so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Tekshiruvlarda Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. lavozimidagi shaxsning ham ushbu ishga aloqadorligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan. U ham muqaddam sudlangan.

➖ Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori Byuroning markaziy apparati ish yurituvidagi parrandachilik korxonasi hisobidan aksiyadorlik tijorat banki foydasiga jami 11 mln 108 ming 629 dollar va 265 ming 187 yevro qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro ishida, korxonaga tegishli ko‘chmas mulklarni baholash ishlari uchun xizmat haqini baholash firmasi foydasiga oshirilgan narxda ko‘rsatgan. Bank tomonidan baholash firmasi hisobiga o‘tkazilgan ortiqcha pul mablag‘idan 2500 dollar olgan vaqtida ushlandi.

➖ Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani hokimligi qoshidagi “Xo‘jalik hisobidagi uy-joylarni ro‘yxatga olish, almashtirish va taqsimlash” bo‘limi boshlig‘i tanishlari orqali mahalliy fuqaroning xonadoni uchun order va kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2500 dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Uzbekistan Airways 15-aprel kungi HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qildi.

Bu Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilgani va O'zbekiston aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta'minlash boʻyicha qarori bilan bogʻliq.

Yo‘lovchilar 2024-yil 15-aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

15-aprel kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Gentra haydovchisi ikki nafar o‘quvchini urib yuborgan.

Voqea tumanning Oqtom mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda, Baxmal tumanidan bo‘lgan 26 yoshli haydovchi avtomashinasida yuqori tezlikda harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotgani sabab sodir bo‘lgan.

U qarama-qarshi yo‘nalishda maktabga ketayotgan 5 va 7-sinf o‘quvchilarini urib yuborgan va oqibatda bolalar vafot etgan. Shuningdek, mashina yo‘l chetida bog‘lanib turgan qoramolni ham urib ketgan va u ham nobud bo‘lgan.

Surishtiruv davomida haydovchi 2023-yilning dekabr oyidan shu kungacha 11 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgani aniqlangan. Hozirda hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent shahrida 2 ta marafon o‘tkazilishi munosabati bilan 21-aprel kuni ertalab soat 04:30 dan 14:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi:

➖ Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan chorrahasidan, Oybek ko‘chasigacha;

➖ Oybek ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Nukus ko‘chasi bilan chorrahasigacha;

➖ Nukus ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasigacha;

➖ Abdulla Qodiriy Nukus ko‘chasi bilan chorrahasidan Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyigacha;

➖ Abdulla Qodiriy ko‘chasi Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyidan Shahrisabz ko‘chasi kesishgan chorrahasigacha;

➖ Shahrisabz ko‘chasi Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;

➖ Afrosiyob ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan chorrahasigacha;

➖ Sharof Rashidov shoh ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha;

➖ Islom Karimov shoh ko‘chasi Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Profi”da navbatdagi imtihon!

“Profi University”da 2024-2025 oʻquv yili uchun qabul jarayonlari 1-apreldan boshlangan edi. Navbatdagi imtihon esa 21-aprelda universitetning Bektemir kampusida oʻtkaziladi.

Imtihonda qatnashish uchun profiuniversity.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtish lozim. Agar hali ham roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, shoshiling.

Darvoqe, ilk imtihon, yaʼni 13-aprelda oʻtkazilgan kirish sinovlari natijalari eʼlon qilindi.

Siz ham shoshiling!

Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)

Batafsil maʼlumot uchun: 78-777-11-11 yoki @profiqabul

Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Muhim xabar: Uzbekistan Airways aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti o‘zgardi

Toshkent xalqaro aeroportida endilikda Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov joʻnashiga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatiladi.

Parvoz qilmoqchi bo’lgan yurtdoshlarimiz ushbu o’zgarishni inobatga olib qo’yishlari maqsadga muvofiq.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ma’lumot uchun: Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma davlatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikdan keyingi eng yuqori munosabat shaklidir.

Bugungi kunda O‘zbekiston 2 ta davlat (Rossiya, Qozog‘iston) bilan ittifoqchilik, 14 ta davlat bilan esa strategik sherikchilik munosabatlarini o‘rnatgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Dushanbedagi "Qasri millat" qarorgohida Emomali Rahmonning taklifiga binoan 🇹🇯Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan kelgan 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun Osiyodagi 2 ta katta turnirni g’alaba bilan boshladik.

Futzal bo’yicha Osiyo kubogida milliy terma jamoamiz 🇦🇺Avstraliyani 3:2 hisobida mag’lub etdi. Jamoamiz sardori Dilshod Rahmatov dubl qayd etdi, ilk golni esa Akbar Usmonov urdi.

Futbol bo’yicha U23 Osiyo kubogida esa yigitlarimiz 🇲🇾Malayziya ustidan 2:0 hisobida g’alaba qozonishdi. Gollarni jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinov hamda Ulug’bek Hoshimov urdi.

Barchaga g’alabalar muborak!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Agar o'zingizni bilimli yoshlar safida ko'rayotgan bo'lsangiz, bu Olimpiada aynan siz uchun

⚡️Japan Digital University maktablarning 11-sinf va akademik litsey 2-kurs o'quvchilari uchun keng ko'lamdagi Respublika matematika olimpiadasiga start bermoqda.

🎁Sovrinlar:
- Umumiy qiymati 15 mlrd so'mlik Japan Digital University ta'lim vaucherlari
- Yaponiyaga sayohat
- Maxsus stipendiyalar
- 8 ta noutbuk
- 10 ta Kindle qurilmasi.

Billimlaringiz orqali sovrinlarni qo'lga kiriting!

🗓 Ro'yxatdan o'tish muddati – 19-aprelgacha.

Sayt orqali ro'yxatdan o'tish

Bot orqali ro'yxatdan o'tish

Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora bilan qo‘lga tushdi

U o’zining ish yurituviga berilgan jinoyat ishi doirasida bir shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga undan 5 ming dollar talab qilgan.

Tergovchi so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo’llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️1-maydan "svet"-gaz uchun yangi tariflar joriy qilinadi va ijtimoiy norma joriy etiladi

Hukumat 2 yildan buyon "ana bo'ladi, mana bo'ladi", deya kutilayotgan qarorni nihoyat qabul qilibdi. Energetika sohasidagi narx siyosatini isloh qilish haqida avval ham ko'p gapirilgan, lekin turli sabablarga ko'ra, orqaga surilib kelinayotgandi.

Endi qarorga ko'ra, joriy yilning 1-mayidan ijtimoiy norma joriy etiladi. To'g'ri, qarorda aynan "ijtimoiy norma" degan jumla ishlatilmagan, o'rniga “bazaviy me’yor mexanizmi" deyilgan. Lekin mazmuni bir xil.

❓Ijtimoiy norma nima degani?

Ijtimoiy norma - bu aholi tomonidan imtiyozli tarif bo‘yicha to‘lanadigan ma’lum miqdordagi energiya tushuniladi. Ya’ni, muayyan belgilangan miqdorgacha nisbatan pastroq (imtiyozli) narxda sotiladi, yetmagani davlat byudjetidan subsidiya qilinadi.

Bunda tariflar bir nechta kategoriyaga bo'lingan va qancha ishlatilganiga qarab, narxlar ham o'zgaradi. Kim ko’p ishlatsa, shuncha ko’p to’laydi, kam ishlatganga imtiyozli narx beriladi.

💡Elektr energiyasida kategoriyalar va narxlar quyidagicha:

oyiga 200 kVt·soatgacha – 450 so‘m;
oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 900 so‘m;
oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 350 so‘m;
oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 575 so‘m;
oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 800 so‘mdan.

🔥Gazda kategoriyalar va narxlar quyidagicha:

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanmoqda. Xususan, qishki mavsumda (noyabr-fevral oylari) davomida bir oydagi iste’moldan kelib chiqib tegishli narx belgilanmoqda:

oyiga 500 kub metrgacha – 650 so‘m;
oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;
oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so‘m;
oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so‘m;
oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori – 2 600 so‘mdan.

Mart – oktyabr oylarida iste’molchilar bir oydagi iste’molidan kelib chiqqan holda quyidagicha haq to‘laydi:

oyiga 100 kub metrgacha – 650 so‘m;
oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;
oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so‘m;
oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so‘m;
oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori – 2 600 so‘mdan.

Ehtiyojmand aholiga qanday yordam beriladi?

Ehtiyojmand aholini qo‘llab–quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan 1 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, ehtiyojmand oilalarga quyidagi 2 ta yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan:

1) isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga 270 ming so‘m miqdorida moddiy yordam beriladi;

2) ijtimoiy normadan quyidagi miqdorgacha oshiqcha ishlatilgan "svet" va gaz to’lovi davlat byudjetidan kompensatsiya qilinadi:

tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt·soatgacha.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hademay 37 million bo’lamiz, Xudo xohlasa.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev 18-19-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonda bo’lishi kutilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda.

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga chaqiradi.

Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaymiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent xalqaro universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

Kunduzgi va masofaviy ta’lim shakli uchun https://qabul.tiu.uz/uz havolasi orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Eng asosiysi, ta'lim olish uchun 100 foizlik grantlar ajratiladi. Shuningdek, universitet nufuzli chet el oliygohlari bilan hamkorlikni ham yo‘lga qo‘ygan.

Toshkent xalqaro universiteti bilan birga quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:

▫️ikkinchi bosqichdan ta’lim yo’nalishini tanlash;

▫️to’rt yilda 2 ta mutaxassislikni qo‘lga kiritish;

▫️1,5 yilda magistr diplomini olish;

▫️zamonaviy muhitda zamonaviy bilimga ega bo‘lish.

Darslar yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etiladi!

Axborot-maslahat markazi (call-center-24/7)
+998 95 131 5555 | Telegram
+998 95 383 5555 |
Telegram

Ro‘yxatdan o’tish uchun - videoqo‘llanma

📑 Asos - VM-900-sonli qaror, Litsenziya 146186

TOSHKENT XALQARO UNIVERSITETI (TIU) - BILIM VA IMKONIYATLAR BIRLASHGAN MASKAN!

Instagram | Telegram | Facebook | TIU_UZB">YouTube |

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Eron Isroilga 200 dan ortiq raketa va dronlar bilan hujum qildi

Avvalroq Isroil Eronning Suriyadagi elchixonasiga zarba bergan, natijada Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yuqori martabali qo‘mondoni Muhammad Rizo Zahadiy o‘ldirilgan edi. Eronning bugungi hujumi shunga javob sifatida amalga oshirilgan.

New York Times’ning xabar berishicha, 5 soatga yaqin davom etgan havo hujumida Eron Isroil tomoniga 185 ta dronlar, 36 ta qanotli raketalar va 110 ta “yer-yer” turkumidagi raketalar uchirgan.

Isroil tomoni hujum natijasida katta talafot ko’rilmagani va havo mudofaa tizimlari tomonidan raketalar urib tushirilganini aytayotgan bo’lsa, Eron tomoni hujum muvaffaqiyatli bo’lganini ta’kidlamoqda.

Yaqin Sharqdagi havo sarhadlari yopilgan, aviakompaniyalar reyslarni bekor qilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал