xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

Yangihayot, Sergeli, Bektemir, Olmazor tumanlarining ba’zi hududlarida ta’mirlash va sozlash ishlari sababli gaz ta’minoti to‘xtatiladi

Yangihayot tumanida 29-mart kuni 10:00 dan 17:00 gacha:
— Yo‘ldosh mahallasi;
— Alfarg‘oniy mahallasi;
— «Toshkent» mahallasi;
— «Fayzli» mahallasi;
— «Chortoq» mahallasi;
— «Charog‘on» mahallasi;

Sergeli tumanida 29-mart kuni 14:00 dan 16:00 gacha:
— «Eshonbuloq» mahallasi;
— «Sadoqat» mahallasi;
— «Xonobod» mahallasi;

Bektemir tumanida 29-mart kuni 14:00 dan 16:00 gacha:
— Ko‘p qavatli uylardagi 60 ta xonadon;

Olmazor tumanida 30-mart kuni 11:00 dan 17:00 gacha:
— «Ziyo» mahallasi;


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yig‘ilishda aytilishicha, viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi mas’ul rahbarlarning 28 nafariga nisbatan intizomiy jazo ko‘rilgan.

Jumladan, Kasbi, Qarshi, To‘raqo‘rg‘on tumanlari hokim o‘rinbosarlari ishdan olindi, ushbu tumanlar hokimlarining, 6 ta viloyat hokimining o‘rinbosarlari va boshqa rahbarlarga “hayfsan” berildi.

Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 43 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Stiven King. Chekishni tashlang korporatsiyasi (hikoya)


Izoh
: Dik Morrisonning ishlari tobora orqaga ketayotgan, hayotida ichish va chekishdan boshqa ma’ni qolmayotgandi. Shunday kunlarning birida u kollejda birga o‘qigan do‘sti Jeyms Makkennni uchratib qoladi va uning tavsiyasiga ko‘ra “Chekishni tashlang” korporatsiyasiga boradi. Xo‘sh, shundan so‘ng uning hayotida qandaydir o‘zgarish ro‘y berarmikan? Buni hikoyani o‘qib/tinglab bilib olishingiz mumkin.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/Stiven-King-Chekishni-tashlang-korporatsiyasi" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/Stiven-King-Chekishni-tashlang-korporatsiyasi

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/qhGM9QMVbg4

💬 Muhokama bu yerda.

🎙 Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A.B. pora bilan qo‘lga olingan.

Sudyalar oliy kengashi sudyani jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirdi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bosh vazir Abdulla Aripov Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv oʻtkazdi

Uchrashuvda investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport-logistika, qishloq xoʻjaligi, taʼlim, turizm va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi qayd etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇨🇦 Kanada o‘zbekistonliklarga 5 ming bo‘sh ish o‘rni taklif etmoqda

Bunda qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda.

Dastlab qurilish sohasida:
− duradgor;
− payvandchi;
− elektrik;
− santexnik;
− betonchi;
− oynachi;
− tom yopuvchi;
− pol qoplamalarini yotqizish bo‘yicha yordamchi;
− o‘rmon xo‘jaligi va boshqalar.

❗️Talablar va zarur hujjatlar:
- 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lish;
- Ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini bilish;
- Qurilish kasb-ta’limi mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplomga egalik;
- Xorijga chiqish pasporti.

💵 Ish haqi: soatiga $12,5 dan $30 gacha, haftada 40 soat (5/2) ish.

▶️Ro‘yxatdan o‘tish: https://labormigration.uz/vacancy?vacancy_id=636

‼️Ro‘yxatdan o‘tish ertaga, 29-mart soat 18-00 gacha davom etadi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Poytaxtning Chilonzor tumanida kuchli shamol esishi ortidan daraxt sinishi bilan bog‘liq holat yuz bergan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

28-mart, payshanba (18-kun)
Saharlik vaqti: 04:53
Iftorlik vaqti: 18:46 (Toshkent vaqti)

Shukur. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

29-mart, juma kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkaziladi

Ekologiya vazirligi barchani “Avtomobilsiz kun”ga befarq bo‘lmaslikka, shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqirmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Turkiyaga kirish uchun cheklovlar kuchaytirilmoqda

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarda gumonlanganlar hamda taqiqlangan tovarlarni olib o‘tishga uringan shaxslar “Turkiyaga kirishi istalmagan yo‘lovchi” sifatida baholanib, mamlakatiga qaytarib yuborilmoqda.

Istanbul xalqaro aeroportida tekshiruvlar asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan kuchaytirilgan.

Jumladan, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida 163 nafar o'zbekistonlik ushbu davlatga kiritilmagan. Shulardan 54 nafari avval Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etgan.

Konsulxona fuqarolarimizga mahalliy qonunlarni hurmat qilib ularga to‘liq rioya etishlarini, oldin qonunbuzarlik sodir etib deport qilinganlarga esa Turkiyaga kirish taqiqi bor yoki yo‘qligini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Turkiya diplomatik vakolatxonalaridan o‘rgangan holda borishlarini tavsiya qilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hukumat qarori bilan 1-iyuldan boshlab quyidagi manzillarda foto va videoradarlar bosqichma-bosqich oʻrnatiladi:

➖ yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida;

➖ kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida;

➖ yoʻl-transport hodisalari o'choqlarida;

➖ temir-yoʻl kesishmalarida.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hukumat qarori bilan binolar devorlarida ishlangan 157 ta mozaika kompozitsiyalari Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatiga kiritildi.

Bu ro‘yxatga kiritilgan obyektlar mavjud bo‘lgan turar joy va noturar joylarda rejalashtirilgan qurilish ishlari Madaniy meros agentligining xulosasi olingandan so‘ng amalga oshiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 “Men Talaba” qanday loyiha?

📕 Bu barcha oliy ta'lim muassasalari (universitetlar, institutlar, qo'shma ta'lim loyihalari, magistraturalar)ga kirish va hujjat topshirish istagida bo'lgan abituriyentlar uchun ishonchli va imkoniyatlarga boy onlayn ta'lim loyihasi!

🌐 Shuningdek Mentalaba.uz’da o'zingizga mos istalgan yo'nalishdagi oliy ta'lim muassasalariga onlayn hujjat topshirish va hatto bepul onlayn test topshirish imkoniyatiga ham ega bo'lasiz!

🎥Videoni saqlab qo'ying va talaba bo'lish istagida yurgan do'stlaringiz bilan ulashing!

Sayt | Telegram | Instagram

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🌎 JCh saralashi | 4-tur

🇺🇿 O‘zbekiston 3:0 Hongkong 🇭🇰

⚽️ Eldor Shomurodov, 20 (1:0), Hojimat Erkinov, 63 (2:0), Oston O‘runov, 71 (3:0)

Ushbu g‘alabadan so‘ng terma jamoamiz 2027-yil Saudiya Arabistonida o‘tadigan Osiyo kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi! Shuningdek, yigitlarimiz JCh saralashining hal qiluvchi bosqichida ishtirokni ham naqd qilib qo’ydi.

G’alaba muborak!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚽️ Bugun oʻyin kuni!

Bugun soat 19:30 da futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati saralashining 4-turi doirasida 🇺🇿Oʻzbekiston terma jamoasi hamda 🇭🇰Hongkong o’rtasidagi bahsga start beriladi.

O’yin Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo’lib o’tadi.

Bugungi oʻyindagi gʻalaba Oʻzbekistonni muddatidan avval keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin. Buning uchun narigi o’yinda 🇮🇷Eron ham 🇹🇲Turkmanistonga yutqazib qoʻymasligi kerak.

Uchrashuvni 19:30 dan boshlab SPORT TV telekanalida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Yigitlarimizga omad yor boʻlsin!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Profi University”da 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul 1-apreldan boshlanadi.

Nima uchun 6000 dan ziyod inson mazkur universitetni tanladi?

• tan olinadigan diplom;
• 2 yil O‘zbekistonda, 2 yil xorijda o’qish imkoniyati;
• Zamonaviy tibbiyot laboratoriyalari;
• O‘qish vaqtida amaliyot;
• Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash;
• Sifatli ta’lim;
• Davlat granti va stipendiya.

Bu hali hammasi emas. Bu yilgi qabulda universitet ajoyib yangiliklarni tayyorlab qo‘ygan.

Batafsil ma’lumot uchun:
📲 78-777-11-11

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: profiuniversity.uz

Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversity906">Youtube | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

29-mart, juma (19-kun)
Saharlik vaqti: 04:51
Iftorlik vaqti: 18:47 (Toshkent vaqti)

Sabr. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xodjayev Alisher Jo’raqulovich Kinematografiya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi.

U fevral oyida MTRK raisi lavozimidan ozod etilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

28-mart, payshanba (18-kun)
Iftorlik vaqti: 18:46 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Shaddod ibn Avs roziallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

"Dono - nafsini tergagan va o‘limdan keyinini ko‘zlab amal qilgan odamdir. Ahmoq - nafsini havosiga ergashtirgan va Allohdan umidvor bo‘lgan odamdir, dedilar».


Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilishgan.


📖 Sharh: Nafsni poklaydigan va axloqni sayqallaydigan eng muhim omillardan biri o‘limni eslashdir.

Odamlarning noto‘g‘ri yo‘llarga kirishlari va ularda davomli bo‘lishlariga sabab o‘limni unutishlaridir. O‘limni o‘ylamagan odam har qanday gunohni tap tortmay qilaverishi hech gap emas.

Agar har bir banda bir kun kelib o‘lishini, tuproqqa qorilishini, qurtga yem bo‘lishini, Munkar va Nakir savollariga tutilishini, qiyomatda tirilishini, jannat yoki do‘zaxga kirishini o‘ylab tursa, o‘limni eslaydigan va unga tayyorgarlik ko‘radigan bo‘ladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ruhiy tarbiya» kitobidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏢 “Karakul Education” o'quv markazida 1-apreldan yangi tezlashtirilgan guruhlarga qabul boshlanadi.

O'quv markazida darslar quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi:

🔹 Oliy oʻquv yurtiga kiruvchilar uchun;
🔹 Ingliz tili va turk tilidan milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik koʻruvchilar uchun;
🔹 Prezident va ixtisoslashgan maktablarga kiruvchilar uchun.

Oʻquv markazidagi qoʻshimcha qulayliklar:

➖ 3 mahal ovqatlanish;
➖ Barcha qulayliklarga ega yotoqxona;
➖ 24 soat nazorat;
➖ Sport seksiyalari;
➖ Koʻngilochar dasturlar;
➖ Kompyuter savodxonligi;
➖ Tarixiy qadamjolarga sayohat.

❗️Shoshiling! Joylar soni cheklangan!

📍Manzil: Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani “Chekirchi” MFY Buxoro koʻchasi 235-uy;
📍Mo'ljal: Qorako'l tuman prokuraturasi.

Murojaat uchun:
📞 55-305-25-25; 91-243-02-12; 93-966-57-76; 99-700-39-88

TELEGRAM | INSTAGRAM

🌐 Online roʻyxatdan oʻtish uchun

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ Soat 09:33 da qattiq shamol natijasida Toshkent shahrida elektr uzatish tarmogʻi avariyaviy oʻchgan. Natijada Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 ming 550 ta isteʼmolchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotisiz qolgan.

Soat 10:20 da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19-kvartal, Xirmontepa mahallasida shamol oqibatida katta daraxt qoʻporilib tushgani sabab gaz quvuri uzilgan. Natijada ushbu hududdagi 16 ta koʻp qavatli uyning 768 ta xonadoni tabiiy gazdan vaqtincha uzilgan.

Ayni paytda maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf etilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentda kuchli chang-bo‘roni kuzatilmoqda.

Yurtdoshlarimizdan ehtiyot bo‘lishlarini, xavfsizlik talablariga jiddiy e’tibor qaratishlarini, jumladan, uy derazalarining mahkam yopilganini qayta tekshirish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, avtomobillarini daraxtlar, zaifroq to‘sinlar tagiga qo‘ymaslik va shu kabi boshqa qoidalarga amal qilishni iltimos qilamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQShning senator Stiven Deyns hamda Vakillar palatasi qo‘mitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyalarini qabul qildi.

Uchrashuvlarda ta’lim, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, tog‘-kon sanoati, “yashil” energetika, farmatsevtika, oziq-ovqat tarmog‘i va boshqa sohalar kooperatsiya uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

AQSh hududlari biznesining O‘zbekistonga safarlarini tashkil etishga kelishib olindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

27-mart, chorshanba (17-kun)
Iftorlik vaqti: 18:45 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Hammamdan rivoyat qilinadi:

«Huzayfa bilan birga edik. Unga:

«Bir odam Usmonga gap tashib yuradi», deyishdi.

Shunda Huzayfa:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Chaqimchi jannatga kirmaydi», deganlarini eshitganman», dedi».


📖 Sharh: Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu eng ulug‘ sahobalardan hisoblanadilar, u kishiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘p sirlarini, jumladan, o‘sha paytdagi munofiqlarni nomma-nom aytib berganlar, fitnalar haqida xabar berganlar. Bu zot ko‘p sirlarni bilardilar, biroq hech kimga aytmaganlar.

Albatta, chaqimchilik nihoyatda yomon ish. Chaqimchi faqatgina bir kishini boshqasiga yomon ko‘rsatib, shundan biror manfaat olish bilan chegaralanib qolmaydi. Chaqimchilik qilinganda bir odamga ikkinchi odam haqida yomon xabar keladi.

Natijada ikkinchi odam ham birinchi odam haqida yomon so‘zlaydi, shu tariqa bunday adovat butun jamiyatga tarqalib, jamiyatning hamma a’zosi bir-birini chaqadigan, bir-biriga g‘azab qiladigan va bir-birining orqasidan yomon gapiradigan bo‘lib qoladi. Orada do‘stlik, birodarlik, o‘zaro hamkorlik, yaxshilik qilish, jamiyat manfaati uchun ish qilish tamoman yo‘qoladi.

Hamma bir-birining orqasidan poylash, chaqimchilik bilan bir-birini dog‘da qoldirish, chaqimchilik qilib, mukofot olish, o‘zining mavqeini yaxshilash tomonga o‘tib ketadi.

Jamiyatning manfaatini o‘ylash, birovlarga yaxshilik qilish mutlaqo unutiladi.

Shuning uchun bu ishning gunohi kabiralardan ekani va chaqimchilik qilgan odam jannatga kirmasligi dinimizda qat’iy belgilab qo‘yilgan. Mana shuning o‘zi, bu narsa og‘zaki gap bo‘lsa ham, chaqimchilikning naqadar xatarli ekanini ko‘rsatadi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Gʻolib bo‘lganga 100 foizlik grant: UDEA umumxalq ingliz tili tanlovini e’lon qildi

Ushbu nufuzli tanlov ishtirokchilarga o‘zining til bilish qobiliyatlarini namoyish qilish hamda qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatini beradi.

1-bosqich: Grammatika va lug‘at testi (onlayn)
2-bosqich: Koventri universiteti ingliz tili testi (onlayn)
3-bosqich: Taqdimot (oflayn)

Olimpiada g‘oliblariga bir qator ajoyib sovg‘alar taqdim etiladi:

1-o‘rin: UDEA‘dagi Koventri universitetining istalgan dasturi uchun 100 foizlik grant.

2-o‘rin: Ikkita omadli ishtirokchiga UDEA‘dagi Koventri universitetining istalgan dasturi uchun 50 foizlik grant.

3-o‘rin: Uch kishi esa uchta noutbuk bilan taqdirlanadi.

Olimpiada g‘olibi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Ro‘yxatdan o‘tish

Oxirgi muddat: 10-aprel

☎️ 78 888 08 00
🌏
udea.uz

Instagram | Facebook | Telegram | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari:

Tajovuzkor inson musulmon ummatidan emas


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yevropa chempionatida qatnashuvchi barcha terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

Kecha bo‘lib o‘tgan oxirgi saralash o‘yinlarida Gruziya, Ukraina va Polsha yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Euro-2024 o‘yinlari joriy yilning 14-iyundan 14-iyulgacha Germaniyada bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

27-mart, chorshanba (17-kun)
Saharlik vaqti: 04:55
Iftorlik vaqti: 18:45 (Toshkent vaqti)

Taqvo. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

26-mart, seshanba (16-kun)
Iftorlik vaqti: 18:44 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh azza va jalla «Men uchun bandalarimning eng mahbubi iftorni tezroq qiladiganidir», dedi».


Termiziy va Ahmad rivoyat qilgan.


📖 Sharh: Ushbu hadisi sharifda vaqt bo‘lishi bilan darhol iftorlik qilishga targ‘ib etilmoqda va bu tufayli quyidagi yaxshiliklar bo‘lishi va’da qilinmoqda:

1. Kishilarning xayrda bardavom bo‘lishlari;
2. Islom dinining ustun bo‘lishi;
3. Alloh taolo uchun mahbub bandalardan bo‘lish. Shuning uchun iftor vaqti kirishi bilan darhol og‘izni ochishga odatlanishimiz lozim.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va hayot» kitobidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Namanganni Buxoro va Samarqand bilan bog‘lovchi temir yo‘l reyslari, “Namangan-Pop-Chodak” yo‘nalishida har kuni ekspress yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ayni daqiqalarda bo‘lib o‘tayotgan Namangandagi yig‘ilishda ma’lum qildi.

Shuningdek, Transport vazirligiga bayram kunlari avia va temir yo‘l reyslari sonini 2 barobar oshirish, Namangan yoki Farg‘onaga uchish grafigini qayta ko‘rib chiqib, vodiyga har kuni bo‘ladigan avia reyslarni ko‘paytirish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал