⚡️Obunachilarimiz orasida Turk tilini biladiganlar ham bormi?
Kecha, yaqin do'stimiz Abdullah Eren janoblari bilan uchrashuv o'tkazgan edik. Yoshlarimiz uchun juda foydali bir loyiha yuzasidan kelishib oldik.
Yaqin oylarda Turkiyaning eng yaxshi universitetlariga muhandislik, sun'iy idrok, turizm hamda boshqa sohalarda o'qish uchun yuzlab to'liq grantlar e'lon qiladigan bo'ldik.
Shuningdek, @ibratfarzandlari loyihasi orqali turk tilini o'rgangan 30 nafar yoshlar uchun Turkiya bo'ylab bepul sayohat ham tashkil etadigan bo'ldik.
Do'stim va akam Abdullahbeyga hamkorlik uchun samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Ko'p yasha O'zbekiston, ko'p yasha Turkiye.
❕Kelasi yildan sertifikati yo‘q abituriyentlar ba’zi yo‘nalishlarga hujjat topshira olmaydi!
🇺🇿 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
#Jadidlarmaktabi
#Gijduvon2024
🇺🇿Joriy yilning 20-noyabr kuni G‘ijduvon tuman hokimi o'rinbosari Jonibek Jumayev tumandagi "Jadidlar maktabi" da yoshlarimiz bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda yoshlarimiz tomonidan bildirilgan barcha takliflar atroflicha o'rganilib, ularga bilim va ko'rsatmalar berildi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida "El-yurt umidi" jamg‘armasining 2024-yilda "Jamg‘arma stipendiati " deb e’tirof etilgan stipendiatlari, jamg‘armaning bitiruvchilari hamda xorijiy vatandoshlar ishtirokida "Istiqbolli yoshlarni xorijda tayyorlash - Yangi O‘zbekistonda kadrlar siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi" mavzusidagi sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi!
🇺🇿 Jamg‘arma tomonidan har yili e’lon qilinadigan ochiq stipendiya tanlovlarida vazirlik va idoralar mutaxassislari, professor- o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, asosan, yoshlar faol ishtirok etib kelmoqda.
🇺🇿 Joriy yilgi 1- ochiq stipendiya tanlovida g‘olib bo‘lgan va jamg‘arma stipendiyalariga tavsiya etilayotganlar xorijning yetakchi universitetlariga o‘qishlari uchun Davlatimiz tomonidan o‘qish xarajatlari to‘liq qoplanadi.
🇺🇿 Bu stipendiatlar ro‘yxatida Buxoro Viloyati G‘ijduvon tuman 8- umumta’lim maktabi 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchisi Mahmudova Maftuna Mirzohidovna ham bo‘lib, u 2024 yilda Fransiya Davlatining Strasburg Universiteti Jahon iqtisodiyoti va biznes boshqaruvi fakulteti talabasi sifatida qatnashib, " El - yurt umidi " jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 200 ming AQSh dollari grantini qo‘lga kiritdi va sertifikat bilan taqdirlandi.
🏨G‘ijduvon tuman hokimligi axborot xizmati.
Web Sayt | Telegram | Facebook |
YouTube | Instagram
Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi hamda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichi o‘tkazilish sanalari bilan tanishing.
👉OLIMPIADA SANALARI
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq quyidagi 9 nafar nomzodlar Oliy Majlis Senati a’zoligiga tayinlandi!
Ular qatorida yoshlar ishlari agentligi direktori 🎖Sadullaev Alisher borligi bizni juda xursand qiladi.
🇺🇿Gijduvon tumanidagi Ibrat sardorlari jamoasi nomidan Alisher Sadullaev ni chin dildan muborakbod etamiz!
@xurshid_blog
Fizika(uzb) 2023-2024
Fan olimpiadasining IV respublika bosqichi uchun fizika fanidan namunaviy test topshirigʻi
👉 @xurshid_blog
O‘zbekiston ingliz tili savodxonligi reytingida 98-o‘ringa tushdi
2024-yilgi EF English Proficiency indeksiga ko‘ra, ingliz tilini o‘rganayotgan o‘zbekistonliklarning o‘rtacha reytingi CEFR shkalasi bo‘yicha B1 darajaga teng. Eng past ko‘rsatkichlar 18-20 yoshlilar guruhida qayd etildi, 21-25 yoshli talabalar o‘rtasida esa ingliz tili savodxonligi sezilarli yaxshilangan. Hududlar miqyosida eng yaxshi ko‘rsatkich Andijon shahrida qayd etilgan.
👉 https://kun.uz/34273421
@xurshid_blog
🇺🇿Xabaringiz bor G'ijduvon tumanida barcha mahallalarda xorijiy tillarni yoshlarimiz bepul o'rganishlari uchun "Ibrat sardorlari" loyihasini joriy etgan edik, mana bugun qisqa muddat ichida sardorlarimiz mustaqil xorijiy tillarni bepul o'rganib kelishmoqda.
🎗Qisqa qilib aytganda ta'lim sohasida yana bir loyihamiz yuksak natijalarga erishgani bilan, barcha g'ijduvonliklarni chin dildan muborakbod etamiz!
@xurshid_blog
Xorijdagi vatandoshimiz bilan G'ijduvonlik yoshlar onlayn muloqot qilishdi.
Ikki soatga yaqin davom etgan muloqotga, yoshlarimiz o'zlariga kerak bo'lgan barcha qimmatli ma'lumotga ega bo'lishdi.
@xurshid_blog
Attestatsiyada 86 va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama berilishi mumkin
Ikkinchi, birinchi yoki oliy toifa olish uchun test sinovlarida qatnashgan barcha o‘qituvchilar 86 yoki undan yuqori ballni qayd etadigan bo‘lsa, ularga qo‘shimcha ravishda 70 foizlik ustama berish reja qilinmoqda.
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ul xodimi xalqtaliminfo.uz bilan bo‘lib o'tgan suhbatda ma'lum qildi.
Xo'sh, yangi tizim qanday ishlaydi? Bu borada pedagoglarni qanday yangiliklar kutyapti?
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/939
Telegram I Facebook I xalqtaliminfo">YouTube
⚜️Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari G‘ijduvon tuman Kengashining 1-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
✅Sessiyada dastlab tuman saylov komissiyasi raisining joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti eshitildi
🔰Shundan so‘ng deputatlar partiya guruhlari ro‘yxatga olindi, tuman kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
❇️Birinchi sessiya ishida viloyat hokimining G‘ijduvon tumani hokimini tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
♻️G‘ijduvon tumani hokimini tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirildi.
🟢G‘ijduvon tumani hokimi lavozimiga nomzod Ashurov Sherzod Raximovich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturi taqdimot qilindi.
✔️Nomzod bo‘yicha deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
☑️Deputatlar tomonidan G‘ijduvon tumani hokimi lavozimiga Ashurov Sherzod Raximovich nomzodi tasdiqlandi.
Зулфия номидаги Давлат мукофоти талабгорларини танлаш тартиби белгиланди
➡️Талабгорлар 8 та йўналиш — фан, таълим, адабиёт, маданият, санъат, спорт, ахборот технологиялари ва жамоатчилик фаолияти бўйича танловлар орқали сараланади.
✅Мукофот ижтимоий фаоллиги ва истеъдоди билан тенгдошларига ўрнак бўлиб келаётган 14 ёшга тўлган ва 30 ёшдан ошмаган иқтидорли хотин-қизларга ўқиш ва меҳнат фаолиятидаги ютуқлари учун берилади.
🔰Йўналишлар бўйича ҳар бир ўринга муносиб талабгорларни танлаш қуйидаги босқичларда амалга оширилади:
➖туман (шаҳар) босқичи — 2 сентябрдан 20 октябрга қадар;
➖Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳар босқичи — 21 октябрдан 30 ноябрга қадар;
➖республика босқичи — 1 декабрдан 31 декабрга қадар ўтказилади.
📃Совриндорларга мукофотланганлик ҳақидаги диплом, кўкрак нишони ҳамда БҲМнинг 50 баравари миқдоридаги пул мукофоти ҳар йили 8 март — Халқаро хотин-қизлар куни арафасида тантанали вазиятда топширилади.
@xurshid_blog
7-noyabr kuni tuman hokimi Sh.Ashurovning tashabbuslari bilan maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda 1-chorak yakuni bo'yicha 5-9-sinf o'quvchilari o'rtasida "Hokim kubogi " olimpiadasi bo'lib o'tdi bunda tumanning umumiy o‘rta ta'lim maktablaridan 2533 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi hamda o‘z bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdilar.
@MMTBinfo
⚡️Зулфия номидаги Давлат мукофотига талабгорларни танлаш ва ҳужжатларни расмийлаштириш тартиби тўғрисида низом тасдиқланди
«Зулфия номидаги Давлат мукофотига талабгорларни танлаш ва уларнинг ҳужжатларини тақдим этиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида» Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори, 01.11.2024 йилдаги 731-сон
@xurshid_blog
🔖 Joriy yilda yoshlar B2 va undan yuqori darajadagi 40 000 dan ortiq Ingliz tili hamda Nemis, Turk, Xitoy, Koreys tillarida 10 000 dan ortiq til sertifikatini qo'lga kiritishdi
📈 Eng yuqori natija ko‘rsatayogan hududlar:
➡️ Toshkent shahri:
➡️Ingliz tili: 8,909; boshqa tillar: 1,105.
➡️ Samarqand viloyati:
➡️ Ingliz tili: 3,840; boshqa tillar: 799.
➡️ Farg'ona viloyati:
➡️ Ingliz tili: 3,637; boshqa tillar: 976.
📉 Ko'rsatkichlari nisbatan past hududlar:
➡️ Navoiy viloyati:
➡️Ingliz tili: 1,598; boshqa tillar: 399.
➡️ Jizzax viloyati:
➡️ Ingliz tili: 1,386; boshqa tillar: 421
➡️ Sirdaryo viloyati:
➡️Ingliz tili: 980; boshqa tillar: 335.
🔴Diqqat! Agarda Siz chet tilidan B2 va undan yuqori sertifikatiga ega bo'lib, Professional darajadagi IT sertifikatni qo'lga kiritmoqchi bo'lsangiz, davlat tomonidan o'qish hamda imtihon harajatlaringiz to'liq 100% qoplab beriladi
@xurshid_blog
🟦🟦
🇰🇷Koreys tili bo‘yicha Respublika olimpiadasi tashkil qilinmoqda.
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Koreya ta'lim markazi hamkorlikda 🇰🇷Koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasi tashkil qilinadi.
Olimpiada ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqich hududlarda 1-dekabr kuni, yakuniy respublika bosqichi 22-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Ro'yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2023-2024-o‘quv yilida Koreys tili bo‘yicha I Respublika olimpiadasi tashkil etilgan edi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: korean-contest.softgo.uz
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
Yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi!
🇺🇿G'ijduvon tumanida tashkil etilgan "Jadidlar maktabi" loyihasi rahbari 📚Xurshid To'xtayev bugun o'quvchilar bilan ochiq muloqot qildi.
Uchrashuvda yoshlarimiz tomonidan bildirilgan barcha takliflar qo'llab-quvvatlandi.
/channel/Gijduvon_jadidlar_maktabi2024
Birozdan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisi boshlanadi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
🔗 Kun mavzusi
✅ Leonard Eyler nomidagi Matematika Olimpiadasi
Qatnashadi:
6-8-sinflar o'quvchilari
Boshlanish sanasi:
Masofaviy bosqich 2-tur: 24-Noyabr
Masofaviy bosqich 3-tur: 8-Dekabr
Masalalarni yechib platformaga yuborish vaqti:
12:00-17:00 (Toshkent vaqti bilan)
QATNASHISH BEPUL!
O’tgan yilgi masalalar
uchun havola
*Sizga 5ta masala beriladi. Masalalarga faqat javob emas, to’liq asoslangan yechim yozishingiz talab qilinadi!!!
👉🏻RO'YHATDAN O'TISH👈🏻
Ro'yhatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma!
*Xurmatli qatnashuvchilar ushbu olimpiadaning final bosqichi Qozog’istonning Olmaota shahrida o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.
📞 To'liq ma'lumot uchun:
+998 94 324 10 50
+998 94 546 10 50
📍 Manzil: Chilonzor tumani, Chilonzor dahasi, M-mavze, 28A
🗺 Mo’ljal: Mirzo Ulug'bek metro bekati
Instagram / Facebook / iqtidorlarmaktabi">You tube / Telegram
Matematika 2024
Fan olimpiadasining IV (respublika) bosqichi uchun matematika fanidan namunaviy test topshiriqlari - 2024
👉 @xurshid_blog
🇺🇿Islohotlarimiz eng chekka hududlarga ham yetib bormoqda, "G‘ijduvon tumanidagi mahallalardagi Ibrat sardorlari" loyihasi bugungi kunda tumanda 35 mingdan ortiq yoshlarimiz uchun bepul 📚xorijiy tillarni o'rganishda xizmat qilmoda!
@xurshid_blog
📢 Matematika bo'yicha olimpiadalarga qatnashing! ✨
Yaqin 2 oy mobaynida bo'lib o'tadigan matematika fani bo'yicha olimpiadalar ro'yhati:
1️⃣ XI Sankt-Peterburg Boshlang'ich Sinflar Matematika Olimpiadasi 2025
📅 Boshlanish sanasi: 15-noyabr
🎯 Qatnashadi: 1-4 sinflar
2️⃣ Leonard Eyler nomidagi Matematika Olimpiadasi
📅 Boshlanish sanasi:
Masofaviy bosqich 2-tur: 17-noyabr
Masofaviy bosqich 3-tur: 24-noyabr
🎯 Qatnashadi: 6-8 sinflar
3️⃣ International Durer Competition
📅 Boshlanish sanasi: 22-noyabr
🎯 Qatnashadi: Category E, E+
4️⃣ Copernicus Olympiad
📅 Boshlanish sanasi: 7-dekabr
🎯 Qatnashadi: 3-11 sinflar
5️⃣ European Mathematical Cup (EMC)
📅 Boshlanish sanasi: 10-dekabr
🎯 Qatnashadi:
JUNIOR (17 yoshdan kichik)
SENIOR va undan yuqorilar
6️⃣ International Mathematics Assessments for Schools (IMAS)
📅 Boshlanish sanasi: 5-yanvar
🎯 Qatnashadi: 3-8 sinflar
📞 To'liq ma'lumot uchun:
+998 94 324 10 50
+998 94 546 10 50
📍 Manzil: Chilonzor tumani, Chilonzor dahasi, M-mavze, 28A
🗺 Mo’ljal: Mirzo Ulug'bek metro bekati
🔍 O'zingizni matematikada sinab ko'ring va ajoyib tajriba orttiring! 🌟
Instagram / Facebook / iqtidorlarmaktabi">You tube / Telegram
Nemis, Koreys, Yapon, Turk, Arab tillarida ravon so’zlasha olsangiz Sizni yuqori maoshli ishga taklif qilamiz!
Chet el kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti bo'lgan kompaniyalar soni ortishi bilan birga ularning yurtimizdagi chet tillarini biladigan kadrlarga talabi ortmoqda.
Quyidagi tillarda ravon so‘zlasha oladigan iqtidorli kadrlarni izlamoqdamiz:
🔹Nemis tili (800+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Koreys tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Yapon tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Turk tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Arab tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)
Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, bu yetakchi xalqaro kompaniyalarda karyerangizni boshlash uchun noyob imkoniyatdir. Moslashuvchan ish jadvali, martaba o‘sishi va muvaffaqiyatga yetaklovchi lavozimdan bahramand bo‘ling.
Bu shunchaki ish emas, balki kasbiy imkoniyatlar dunyosiga ochilgan eshikdir! 🌐
Arizangizni topshirishga tayyormisiz? Boshlash uchun havola orqali o‘ting: https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA
Jahonning eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalarining O’zbekistondagi ofislarida yuqori maoshli, moslashuvchan karyerangiz sari birinchi qadamni qo‘ying!
@xurshid_blog
#TЕZKOR
#TARQATING
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ertaga, 10-noyabr (yakshanba) kuni soat 12.00dan boshlab xorijda mehnat qilayotgan buxoroliklar hamda ularning oila a’zolari bilan online muloqot o‘tkazib, muammolarini o‘rganadi.
Maqsad - mehnat migrantlari va ular oila a’zolarining yashashi va mehnat faoliyati uchun munosib shart-sharoitlar yaratish.
Ulanish uchun https://us06web.zoom.us/j/9409126623?pwd=AHmBt31DZpAOaC0FH2DkmbGhrYYu3O.1 havolasiga kirish lozim.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
📣 Tarixiy yutuq: xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda 80 ta medal
🔹 Oʻquvchilarimizning joriy yilda xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda, jumladan:
➖ Tailandning Bangkok shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 5 ta (3 ta kumush va 2 ta bronza);
➖ Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 14 ta (2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza);
➖ Rossiyaning Adigeya shahrida oʻtkazilgan 9-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 4 ta (1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza);
➖ Xitoyning Shenjen shahrida oʻtkazilgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 5 ta (1 ta kumush va 4 ta bronza);
➖ Bolgariyaning Varna shahrida oʻtkazilgan 41-Bolqon Matematika olimpiadasida 5 ta (2 ta kumush va 3 ta bronza);
➖ Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO)da 1 ta bronza;
➖ Braziliyada oʻtkazilgan (onlayn) Osiyo-Tinch okeani mintaqasi matematika olimpiadasi (APMO)da 7 ta bronza;
➖ Buxoro shahrida oʻtkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza);
➖ Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazilgan 28-Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da 6 ta (3 ta kumush va 3 ta bronza);
➖ Hindistonda oʻtkazilgan Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da 18 ta (3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza);
➖ Germaniyada oʻtkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida 1 ta oltin;
➖ Xitoyda oʻtkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza;
➖ Eronda oʻtkazilgan Yevropa qizlar xalqaro IT olimpiadasi (EGOI)da 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🇩🇪 Xorijda o'qish istagida bo'lgan yoshlar diqqatiga!
🇺🇿 G'ijduvonlik eng faol yoshlardan biri, Izzatulloyev Bahodir Germaniyaning eng nufuzli DAAD ERP granti sohibi bilan ochiq onlayn muloqot tashkil etilmoqda!
Muloqotga siz:💡
Chet elda qanday grant yutish,
Germaniyadagi stipendiyalar, talab etiladigan til sertifikatlari, viza qanday olish sizlari va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Eslatib o’tamiz Bahodir ukamiz, Germaniyaning Bonn shahrida joylashgan The University of Bonn da oʻzining "Iqtisodiyot" taʼlim yoʻnalishida magistrlik darajasini yoqlamoqda. The University of Bonn Iqtisodiyot taʼlimi boʻyicha jahon reytingida 37-oʼrinni egallab kelmoqda va Yevropadagi eng nufuzli top 10 universitetdir.
Hoziroq👇👇👇
@samaralimaskan_uz manzili orqali ro‘yxatdan o'ting joylarimiz soni cheklangan.
@xurshid_blog
🔰Xabar berganimizdek, G‘ijduvon tumanida “Hokim kubogi” olimpiadasiga start bergan edik.
📌Bugun tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etib kelinayotgan "Hokim kubogi" olimpiadasiga umumiy o‘rta ta'lim va nodavlat ta'lim muassasalarining 5-9-sinflaridan jami 2533 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.
♻️Olimpiadada test topshiriqlari va yozma ish orqali o‘quvchilar sinovdan o‘tadilar.
✅Olimpiada qatnashchilari har chorakda natijalar e`lon qilinib, to‘rtinchi chorak yakunida g‘oliblar aniqlanib, munosib rag‘batlantiriladi.
🏨G‘ijduvon tuman hokimligi axborot xizmati.
Web Sayt | Telegram | Facebook |
YouTube | Instagram
🔰G‘ijduvon tumanida “Hokimi kubogi” olimpiadasiga bilimli va salohiyatli yoshlarni 7-NOYABR KUNI 45-IDUMda murosasiz bellashuvga chorlab qolamiz!
📌Diqqat! Tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etib kelinayotgan "Hokim kubogi" olimpiadasiga umumiy o‘rta ta'lim va nodavlat ta'lim muassasalarining 5-9-sinflari o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
♻️Olimpiadada test topshiriqlari va yozma ish orqali o‘quvchilar bilimlari sinovdan o‘tkaziladi.
📌Test sinovlarida har bir fandan 30 ta test savollari taqdim qilinadi.
✅Olimpiada fanlari topshiriqlarini bajarishda test sinovlarini bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi.
☑️Yuqori natijani qayd etgan o‘quvchi yoshlar hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanib, keyingi bosqich uchun tafsiyanomani qo‘lga kiritishadi.
#GIJDUVON
#Jadidlarmaktabi2024
🇺🇿Xabaringiz bor G'ijduvon tumanida "Jadidlar maktabi" tashkil etilgan edi, bugun ushbu maktabda o'quvchilar tumandagi eng zo'r repetitorlardan bepul ta'lim olishmoqda!
/channel/Gijduvon_jadidlar_maktabi2024