⚡️Yangi nashr...
📘O'zbekistonning eng yangi tarixi
Ushbu o‘quv qo‘llanma Respublikamizdagi barcha Oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi 1-kurs nomutaxassis ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun "O'zbekistonning eng yangi tarixi" fanidan ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarda foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.
Keltirilgan ma’lumotlar asosida mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini, jamiyat hayotida inson qadrining nechog‘lik muhimligini ko‘rsatuvchi matnlar, amaliy mashqlar, savol va topshiriqlar, mavzularga doir testlar ishlab chiqilgan.
O'quv qo'llanma bakalavr, magistr, tarix fani o'qituvchilari, umumta'lim maktablarining yuqori sinfida tahsil oluvchi o'quvchilar shuningdek O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.
Eslatib o'tamiz mazkur o'quv qo'llanma muallifi Buxoro innovatsiyalar universiteti rektorining axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi Pedagogika, psixologiya va sport kafedrasi dotsenti, Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Zebiniso Shavkatovna Ahmadova.
Bizni kuzating
Erta tongdan matematiklarimiz uchun quvonchli xabar keldi, yaqinda Tayvan davlati bilan hamkorlikda IMAS xalqaro olimpiadani o'tkazgan edik, bugun ishtirokchilarimizga maxsus sertifikatlar yetib keldi.
Yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilarni chin dildan muborakbod etamiz!
@xurshid_blog
Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
2024-yil 21-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (9-11-fevral) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
@xurshid_blog
Ҳиндистонлик рикша ҳайдовчиси Дешраж Жи соҳиб, етим қолган неварасининг ўқишини тўлаш учун уйини сотиб, мана шу рикшада кун кураётган экан.
Ҳиндларга қойил қолмай иложи йўқ, илм-фаннинг қадрига етади. Дунёда катта ИТ фирмаларнинг деярли ҳаммаси Ҳиндлар томонидан бошқарилади (Google, Microsoft, Intel, Nokia, Dell, AMD).
Биз ҳам тўйга эмас, фарзандларимизни ўқитишга пул йиғиб бошлашимиз керак.
@xurshid_blog
Bugungi kunda Germaniyada 300 ming tibbiyot xodimlariga ehtiyoj bor ekan.
Yoshlar ishlari agentligi vakillari bilan bugun Germaniyada tibbiyot sohasida 8-o‘rinda turadigan universitet hamda shifoxona Universitätsklinikum Mannheimda bo‘ldik. Ular davolash va kadrlar yetkazib berishda peshqadam. Ayniqsa, onkologik kasalliklar bo‘yicha jiddiy yutuqlarga erishgan va bu borada Germaniyada birinchilardan ekan. Turli kimyoviy garmonlar bilan davolashdan vos kechilgan ekan, kasalning ruhiyati bilan jiddiy ishlanarkan.
Hozir shu shifoxonaning rahbarlaridan biri vatandoshimiz ekan, u 20 yildan beri Germaniyada ekan. O‘zbekistondan ko‘plab talabalar, ishchilar kelishini istaydi va buning uchun jiddiy harakat qilmoqda.
Yoshlar ishlari agentligi bosh bo‘lib nemis tilini o‘rganaman, degan yoshlarning o‘qish puli to‘lab berilmoqda. Nemis tilidan sertifikat olishsa Germaniyaga ishga va o‘qishga keta olishadi.
@javlonjovliyev
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qonunchilikdagi yangilikka muvofiq, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti endilikda 8 ta yo‘nalish bo‘yicha beriladi
❗️Axborot texnologiyalari yo‘nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi
Prezident farmoni (PF-34-son, 07.02.2024 y.) bilan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmonga o‘zgartirish kiritildi
🔰 Unga ko‘ra, endilikda axborot texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.
🏢 Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatishi hamda unga Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.
▶️ Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning so‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi. (Ilgari 2 yil edi)
@xurshid_blog
🤝Hurmatli ota-onalari, qadrli yoshlar!
🇺🇿O'zbekistonga yagona intensiv metodlarga ega bo'lgan "Samarali ta'lim" o'quv markazi jamoasi 📘 INGLIZ TILI fanidan yangi guruhda qabul boshlanganligini e'lon qilamiz!
⚡️Siz ingliz tili fanini bir yil ichida noldan boshlab o'rganib, 🎓DTM imtihonlaridan yuqori natijalar erishmoqchimisiz unda tezroq biz bilan bog'laning!
Bizda quydagi yo'nalishlar mavjud:
🎖xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik;
🎖Milliy sertifikatlarga tayyorgarlik ko'rish;
🎓DTM imtihonlariga tayyorgarlik olib borish;
💡Eslatib o’tamiz joylarimiz soni cheklangan qabul jarayonlari 10-fevralgacha davom etadi!
☎️+99891 646-14-42
Telegram @samaralimaskan_uz
⏳ Shoshiling, qabul soni cheklangan.
🏛Manzil: Buxoro viloyati G'ijduvon tumani hokimlik binosi 3-qavat.
@xurshid_blog
Bepul xorijiy tillarni o'rganishga qaratilgan G'ijduvon tajribasi!
Xabaringiz bor Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullaev boshchiligida "Ibrat farzandlari" loyihasidan bugungi kunda 768443 nafar o'quvchilar foydalanishmoqda!
Biz ushbu loyihani G'ijduvon tumanida yangicha tartibda joriy qildik, dastavval har bir mahallalardan iqtidorli yoshlarni saralab, ularga xorijiy tillarni bepul o'rgatib, o'z hududidagi mahallalariga "Ibrat sardorlari" loyihasini tizimli ravishda amalga oshirdik.
Natijada bugungi kunda respublikada eng ko'p G'ijduvon tumanidan, 31000 dan ortiq yoshlarimiz ilovadan foydalanishmoqda, eng ko'p sertifikat olinglar ham bizda 6393 nafarni, 25 tadan ortiq mahallarimizda esa sertifikatlarimiz soni 100 dan ortiqni tashkil etmoqda.
Ахборот 24 | Об успехах молодых людей в рамках проекта «Ибрат фарзандлари»
#2feb #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Til sertifikatlarini qanday tekshirish mumkin?
1️⃣ IELTS sertifikatini tekshirish https://ielts.ucles.org.uk/ielts-trf/ sayti orqali amalga oshiriladi. (Faqat vakolatga ega bo'lgan rasmiy tashkilotlar tekshira oladi.)
Agar IDP dan olingan bo'lsa https://ielts.idp.com/results/check-your-result sayti orqali tekshirish mumkin. (nomzodning shaxsiy ma'lumotlari talab etiladi)
British Councildan olingan bo'lsa info@britishcouncil.uz pochtasi orqali so'rov yuborish kerak.
2️⃣ Milliy sertifikat (Multi-level) ni Bilimni baholash agentligining https://sertifikat.uzbmb.uz sayti orqali tekshirishingiz mumkin boʼladi. Yoki sertifikat ostidagi QR kodi skaner qilinadi. Agar app.uzbmb.uz yoki app.dtm.uz saytlaridan yuklansa sertifikat haqiqiy hisoblanadi. Yuklayotgan saytlarga juda ham e'tiborli bo'lish kerak. Agar saytlarni haqiqiyligini ajratishda uncha bilimga ega bo'lmasangiz, QR kod bilan emas birinchi usuldagi sertifikat.uzbmb.uz sayti bilan tekshirishiz tavsiya etiladi.
3️⃣ TOEFL ITP sertifikatini tekshirish uchun
tests-security@etsglobal.org elektron manziliga sertifikat nusxalarini yuborish orqali tekshirishingiz mumkin. Yoki olingan tashkilot Assessment center bo'lsa certificate.assessment.uz sayti orqali, Bilimni baholash agentligi bo'lsa info@dtm.uz pochtasi orqali so'rov yuborish kerak.
4️⃣ TOEFL IBT sertifikati eng avvalo Home-EDITION bo'lmasligi kerak. Home-edition variantlari tan olinmasligi qarorda belgilab berilgan. Rasmiy markazdan olingan sertifikatni tekshirish uchun https://www.ets.org/toefl/score-users/scores-admissions/become sayti orqali amalga oshiriladi. (Rasmiy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazib, rasmiy so'rov yuborish kerak.)
5️⃣ TKT (Teaching Knowledge Test) Ushbu sertifikatni tekshirish uchun veb sayt va video qo'llanma ham berilgan. 👉 /channel/tkt_info/3989 Ushbu link orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
6️⃣ TESOL/TEFL/TESL kabi sertifikatlarni qabul qilishda o'ta ehtiyotkor bo'lish lozim. Sababi ushbu sertifikatlarni minglab tashkilotlar berishi mumkin.
Ushbu sertifikatni tekshirishda vazirlikning USHBU TALABLARINI bajarishini yaxshilab tekshirish kerak.
7️⃣ CELTA
Ushbu sertifikat Cambridge tomonidan berilgani uchun Cambridgening O'zbekistondagi rasmiy hamkori hisoblangan EDU-ACTION ga murojaat yuborish kerak. celta@edu-action.uz
⏺ APTIS sertifikatini tekshirish ikki yoʼlda amalga oshiriladi:
a) British council ning info@britishcouncil.uz elektron manziliga sertifikat egasining ism familiyasi, sertifikat olingan sana va maxsus kod koʼrsatilgan rasmiy xat yoʼllagan holda;
b) APTIS sertifikatlari ASSESSMENT CENTER tomonidan berilgan boʼlsa u holda https://certificate.assessment.uz/ sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.
⏺ LINGUASKILL sertifikatini tekshirishdan oldin muhim narsani bilish kerak. Eng avvalo, O'zbekiston hududida tan olingan imtihon markazlar tomonidan olingan bo'lishi kerak. UZ050, UZ026, UZ004, UZ009 kod bilan ro'yxatdan o'tgan tashkilotlarning natijalari ishonchli hisoblanib, ularni tekshirish uchun https://results.linguaskill.com/results-check saytiga sertifikatdagi tegishli maʼlumotlarni kiritib, haqiqiy ekanligini tekshirsangiz boʼladi.
Ayrim o'quv markazlar, yoki onlayn servislar tomonidan olingan sertifikatlar ham ushbu saytda haqiqiy sifatida ko'rsatilishi mumkin, lekin ularning aynan qanday olinganini tekshirish imkoni yo'qligi uchun yuqoridagi 4ta tashkilotdan boshqasini natijalarini haqiqiy deb bo'lmaydi.
Undan tashqari verification.edu-action.uk orqali ham tekshirish mumkin. Login parol olish uchun edu-action ga rasmiy murojaat qilish kerak.
⏺ iTEP - Ushbu turdagi sertifikatlarni https://www.iteptest.com/test_mod/verify/test_verification.php saytidan tekshirishingiz mumkin.
☝️ Undan tashqari soxta sertifikatlar, sertifikatning o'zidagi xatolar, shriftlarning birini ikkinchisidan farqlanishi kabi mayda detallar va QR kodni soxta saytlarga yo'nalgan bo'lishi bilan aniqlanishi ham mumkin.
❗️ESLATMA! Hujjatlarni soxtalashtirganlik uchun qonunda jinoiy javobgarlik mavjud! (JK 228-modda)
@xurshid_blog
🔰G‘ijduvon tumanida bayroq ilingan xonadonlar kimning uyi?
♻️E’tiborlisi, ushbu tashabbus ko‘pchilik ota-onalarni o‘zgacha ruhlantirib, butun tuman ahlining ko‘ngliga ezgulik urug‘ini qadamoqda deb baralla aytish mumkin.
👉BATAFSIL
🏨G‘ijduvon tuman hokimligi axborot xizmati.
Web Sayt | Telegram | Facebook |
YouTube | Instagram
⚡️ 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari
✅ 2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.
🇬🇧 Unga ko‘ra mart oyida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 2 marotaba tashkil etiladi.
▶️ Shuningdek, fevral va aprel oylarida nemis tilidan, mart va may oylarida arab tilidan imtihonlar o‘tkaziladi.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.
❕ Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
Kanalga ulanish:
@xurshid_blog
⚡️ Endi milliy sertifikatga ega tarix fani o'qituvchilariga ham ustama to'lanadi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo'yicha milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo'lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lanadi;
Eslatib o'tamiz, milliy sertifikatga ega o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilariga 50 foiz ustama to'lanishi haqida prezident Shavkat Mirziyoev 2023 yil dekabr oyidagi yig'ilishlardan birida e'lon qilgan edi. Tarix fani o'qituvchilariga ustama to'lanishi esa ilk marta ma'lum bo'lmoqda.
🇬🇧 @xurshid_blog
G'ijduvon "Ibrat sardorlari" tizimi
Respublikada G'ijduvon yoshlari peshqadam, Respublikadagi 5167ta yoki 27,1% sertifikat G'ijduvon yoshlarida🏆.
G'ijduvon 208ta tuman orasida 1-o'rinda, shuningdek Respublikadagi 13ta hudud(viloyat) ko'rsatkichidan oldinda🎯.
✅ Mahalla va maktablarda "Ibrat sardorlari" orqali mahalla yoshlarning xorijiy tillarni mustaqil o'rganish bo'yicha "Ibrat academy" ilovasi targ'iboti tashkil etilib, 30mingdan ortiq yoshlar foydalanmoqda.
Buxoroda IMAS Xalqaro matematika olimpiadasi ishtirokchilari alohida e'tirof etildi!
Xabaringiz bor yanvar oyida, G'ijduvon tumanida Tayvan davlati bilan hamkorlikda IMAS xalqaro olimpiadasi mintaqaviy boshqichi o'tkazilgan edi.
Bugun Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabi va Samarali ta'lim xususiy maktabidan ishtok etgan yoshlarimizga Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zosi Xurshid To'xtayev tomonidan maxsus SERTIFIKATLAR topshirildi.
Yoshlar ta'lim-tarbiyasi ibrat namunasi!
4-sinf o'quvchisi B2 darajadagi milliy sertifikatni qo'lga kiritibti, Oʻzbekiston iste'dodlarga boy yurt faqat ularni biz kashf etishimiz kerak!
@xurshid_blog
⚡️Ботир Зарипов Пешкуда сайёр қабул ўтказади
Фуқароларнинг талаб ва истакларидан келиб чиқиб ҳамда аҳоли билан тўғридан-тўғри мулоқотни кенгайтириш, мавжуд долзарб муаммоларни аниқлаш, уларни бевосита жойида бартараф этиш юзасидан аниқ ва тезкор чоралар кўриш мақсадида Бухоро вилояти ҳокими Ботир Зарипов эртага, 9 февраль (жума) куни соат 9.30дан бошлаб Пешку туман ҳокимлигида сайёр қабул ўтказади.
✅Мурожаатларни тезкор ўрганиш, муҳокама қилиш ва уларга ечим топиш мақсадида қабулда вилоят секторлари, бошқарма ва идоралар раҳбарлари ҳам иштирок этади.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Vazirlik xorijiy til o'qituvchilariga 2024/2025-o‘quv yiliga qadar B2 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lish lozimligini eslatdi
Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:
➖ 2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangandi.
Shu sababli Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha xorijiy til o'qituvchilariga 2024/2025-o‘quv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozimligini yana bir bor eslatdi.
@xurshid_blog
#LIVE
#Vatan_bayrogʻi
#Ibrat_farzandlari
🔰Gʻijduvon tumanida iqtidorli yoshlar uylariga bayroq ilish tadbiri davom etmoqda
✅Bugun Tavariyon mahallasida yashovchi 42-umumta’lim maktabi 10-sinf oʻquvchisi Sunnat Hamidovning farzandi Oʻgʻiloy Joʻraqulova “Ibrat farzandlari” loyihasini oʻz maktabida targʻib qilib tengdoshlari balin jami 114 ta sertifikatni qoʻlga kiritishgan.
♻️E’tiborlisi shundagi, Ibrat farzandlari loyihasi oʻquvchilarning chet tillarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqini oshishiga sabab boʻlmoqda.
🏨G‘ijduvon tuman hokimligi axborot xizmati.
Web Sayt | Telegram | Facebook |
YouTube | Instagram
Bu yil kirish imtihonlarida nechta fandan imtihon olinadi?
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fandan:
Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
Matematika x 10 ta;
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball beriladi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball beriladi.
@xurshid_blog
8-11-sinf oʻquvchilari uchun qishki oromgoh!
❄️ “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Qishki oromgoh”ga qabul boshlandi.
Bu oromgohda qatnashish mutlaqo bepul.
Oromgoh tarkibi:
– startap loyiha yaratirish bo‘yicha malakali mentor va xorijlik professorlardan 5-kunlik onlayn darslar;
– darslarni puxta o‘zlashtirgan qatnashchilar uchun startaplar tanlovi;
– tanlov g‘oliblari uchun qimmatbaho sovg‘alar, “Yozgi oromgoh”ga yo‘llanma hamda turli kompaniya va korxonalarga bir kunlik sayohat.
Qatnashish uchun ingliz tilini yetarlicha bilish lozim. Oromgoh haqida batafsil maʼlumotni BU YERDAN olishingiz mumkin.
Arizalar 2024-yil 9-fevralgacha qabul qilinadi.
👉 ROʻYXATDAN OʻTISH
P.S. Roʻyxatdan oʻtish uchun 3 kishilik jamoa tuzish va aʼzolarning har biri registratsiya shaklini alohida toʻldirishi kerak.
@grantlar
G'ijduvon tuman hokimi Sherzod Ashurovning tumandagi ota-onalarga murojaati!
Najot-ilmda, najot-ta'limda.
Eslatib o'tamiz tuman hokimi haftaning shanba kunlari maktablardagi ota-onalar bilan muntazzam ravishda muloqot tashkil etilib kelinmoqda!
@xurshid_blog
# Buxoro
#Vobkent Vobkent
"Samarali Ta'lim" o'quv markazida abituriyentlar uchun maxsus test imtihonlari o'tkazilmoqda, o'quvchilarga asosiy va majburiy fanlardan haqiqiy bilimlarini tekshirib olish imkoniyati paydo bo'lmoqda!
Bugun testlarimizda 150 nafardan ortiq abituriyentlar ishtirok etishdi!
Bunday imtihonlar yil davomida doimiy tashkil etilishi rejalashtirilgan.
@xurshid_blog
⚡️ “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi
✍️ Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-martdan boshlab:
⏺nodavlat ta’lim tashkilotlariga bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda, bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi bunday tashkilotga ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish tizimini nazarda tutuvchi dastur;
⏺xalqaro IT-sertifikatlarga ega
yoshlarning o‘qish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi;
⏺ingliz tilida B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi joriy etiladi.
Prezident “Pedagogning maqomi to'g'risida”gi Qonunni imzoladi.
3 yildan beri muhokamada bo'lgan qonun nihoyat tasdiqlandi. Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to'lash, rag'batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.
Jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
➖ pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo'jaligi ishlariga jalb qilish;
➖ pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo'lmagan hisobotlarni va boshqa ma'lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta'minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
➖ pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag' ushlab qolish.
@xurshid_blog
📣📣📣📣📣
Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi.
Joriy yil 24-25-fevral kuni 3-11-sinf o‘quvchilar uchun Toshkent xalqaro matematika olimpiadasining birinchi bosqichi onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Ushbu olimpiada haqida batafsil quyidahi havola orqali kirib tanishishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
+998909021944
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
Londonga bepul borish imkonini beruvchi marafonga ro’yxatdan oʻtdingizmi?
➖ Ishtirokchilar marafon davomida qanday topshiriqlarni bajarishadi?
➖ Natijalarni qayerda ko’rib borish mumkin?
🖥 Yuqoridagi video orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin!
🏆 Hoziroq ilovani yuklab olib, g’olib bo’lishga ilk qadamni tashlang.
➡️ Havola — IOS
➡️ Havola — Android
🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 ibratfarzandlari?si=wzGNKrFYrjRoYTTe">YouTube
G'ijduvonlik har bir iqtidorli yoshlar alohida sharaflanmoqda!
Ibrat farzandlari loyihasi doirasida o'zining tengqurlariga namuna bo'lgan, hamda eng yaxshi "Mahallasidagi ibrat sardori" Husayinov Asilbekning xonadonida bugun tantanali ravishda O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i o'rnatildi.
Albatta Yoshlar ishlari agentligi direktori Sadullaev Alisher boshchiligida yaratilgan Ibrat farzandlari loyihasi bugungi kunda Gijduvonlik yoshlarning sevimli mashg'ulotiga aylanib ulgurdi.
Tumandagi yoshlarning 30 mingdan ortig'i ushbu ilovadan foydalanmoqda, 5134 nafar yoshlar sertifikatlarga ega bo'lishdi
✨G'ijduvon "Ibrat sardorlari" tizimi
✅ Xorijiy tillarni mustaqil o'rganish bo'yicha "Ibrat academy" mobil ilovasi G'ijduvon yoshlarining sevimli mashg'ulotiga aylanib bormoqda.
Bugungi Onlayn uchrashuvda Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari M.Hamrayev, O'zbekiston "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi M.Baratova, "Ibrat farzandlari" loyihasi rahbari, xalqaro ustoz Rustam Qoriyevlar ishtirok etib, G'ijduvon "Ibrat sardorilari" bilan muloqot qildilar.
🇺🇿 Respublikada G'ijduvon yoshlari peshqadam, Respublikadagi 4490ta yoki 27,8% sertifikat G'ijduvon yoshlarida🏆.
G'ijduvon 208ta tuman orasida 1-o'rinda, shuningdek Respublikadagi 13ta hudud(viloyat) ko'rsatkichidan oldinda🎯.
✅ Mahalla va maktablarda "Ibrat sardorlari" orqali mahalla yoshlarning xorijiy tillarni mustaqil o'rganish bo'yicha "Ibrat academy" ilovasi targ'iboti tashkil etilib, 30mingga yaqin yoshlar foydalanmoqda.
G'ijduvon mahalla "Ibrat sardori"ning veb-sayti - www.mahallasardori.uz ishga tushirildi.
@xurshid_blog