🤩"Buxoro ochiq olimpiadasi"
📌Buxoroda ilk hokim olimpiadasi G‘ijduvon tumanida o‘tkazildi va unda 1000 dan ortiq o‘quvchilar qatnashadi!
🏆G‘olib o‘quvchilar mos ravishda noutbuk, planshet va TV bilan taqdirlandi.
@xurshid_blog
⚡️O'quvchilarni darsdan chiqarib yuborish yoki darsga kiritmaslik kabi holatlarga yo'l qo'yilmaydi
✅Maktabgacha va maktab ta'lim vazirining 2024 yil 12 iyundagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi 187-sonli buyrug'iga ko'ra pedagog-xodimlarga qo'yiladigan talablar:
➡️ ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat va darslarni o'z vaqtida, to'liq va sifatli olib borishi;
➡️ mavzudan tashqari mavzularga chalg'imaslik;
➡️ tarbiyalanuvchi va o'quvchilar shaxsini hurmat qilish;
➡️ ta'lim muassasalarida yuzaga keladigan harqanday muammoni qonun, oshkoralik va demokratik asosda hal qilish;
➡️ mahalla, jamoat joylarida o'zini yuksak pedagoglik maqomiga munosib tutish;
➡️ doimiy ravishda o'z-o'zini shaxsiy va kasbiy rivojlantirib borish;
➡️ o'z yo'nalishi bo'yicha tarbiyalanuvchi va o'quvchilarga Davlat ta'lim standartlari darajasida bilim, ko'nikma va kompetensiyalarni shakllantirish;
➡️ ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat va darsdan tashqari tadbirlar davomida tarbiyalanuvchi va o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda faol ishtirok etish;
➡️ “Ustoz-shogird” an'anasiga sodiq bo'lish;
➡️ o'zi yashaydigan mahallada ma'naviy-axloqiy tarbiya, “Mahalla pedagogikasi” muhitini yaratish, mahalla yoshlarini tarbiyalashda kasbiy fidoyilik, tashabbuslar ko'tarib, “mahalla yettiligi”ga ko'maklashish;
➡️ tarbiyalanuvchi va o'quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o'tkazish holatlariga yo'l qo'ymaslik;
➡️ tarbiyalanuvchi va o'quvchilarning shaxsiga doir ma'lumotlarni guruhdoshlari va sinfdoshlari oldida muhokama qilmaslik;
➡️ tarbiyalanuvchi va o'quvchilarni ommaviy izza qilmaslik;
➡️ tarbiyalanuvchi va o'quvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatning oldini olish;
➡️ ta'lim muassasasi to'g'risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro'siga ziyon yetkazish uchun yoki o'z manfaatlari yo'lida foydalanmaslik;
➡️ tarbiyalanuvchi va o'quvchilarga shaxsan ma'naviy-axloqiy namuna ko'rsatish, ular bilan do'stona munosabatda bo'lish;
➡️ ta'lim muassasasi manfaatlariga zid bo'lgan har qanday xulqdan tiyilish va bunday holatlarning oldini olish;
➡️ biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro'y bersa, zudlik bilan ta'lim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish;
➡️ yoshlar orasida milliy qadriyatlar, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bo'lgan diniy ekstremizm, radikalizm ta'sirlaridan, “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish;
➡️ o'quvchilarni darsdan chiqarib yuborish, darsga kiritmaslik kabi holatlarga yo'l qo'ymaslik;
➡️ ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat davomida tarbiyalanuvchilarga qo'pol munosabatda bo'lmaslik;
➡️ ta'lim-tarbiya mashg'ulotlarida diniy tashviqot olib bormaslik;
➡️ ta'lim muassasasiga spirtli ichimliklar iste'mol qilgan holda kelmaslik;
➡️ ta'lim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini iste'mol qilmaslik;
➡️ ta'lim muassasasi hududi va binosida tarbiyalanuvchi va o'quvchilarning ta'lim-tarbiyasiga aloqasi bo'lmagan tadbirlarni tashkil etmaslik lozim.
🇬🇧 @xurshid_blog
Kuni kecha o'tkazilgan olimpiadaga, fizika fanidan 3-o'rinni qo'lga kiritganligi uchun RAJABOV UMRBEK G'ijduvon tumani hokimligi tomonidan munosib rag'batlantirildi.
@xurshid_blog
#Gijduvon2024
G'ijduvon tumanida Fizika va matematika fanidan "Viloyat ochiq fan olimpiadasi" o'tkazildi!
G'ijduvon tumani hokimligi va Al-xorazmiy nomidagi xalqaro matematika maktabi hamkorligida o'tkazilgan olimpiadaga, viloyatdagi tumanlardan 1200 dan ortiq o'quvchilar ishtirok etishdi.
🏆 Natijalarga ko'ra quyidagi o'quvchilar g'oliblikni qo'lga kiritdi:
5-6-sinflar o'rtasida matematika fanidan:
🥇Norboyeva Charos G'ijduvon tumani;
🥈O'ktamova Nodirabegim Kogon tumani;
🥉Haydarqulov Firdavs Vobkent tumani;
7-8-sinflar o'rtasida matematika fanidan:
🥇Kamolov Kamron Buxoro shahri
🥈Xamzayev Kamronbek Buxoro tumani;
🥉Olimjonov Ulug'bek Buxoro shahar;
7-8 sinflar o'rtasida fizika fanidan:
🥇Maqsudov Mironshoh Shofirkon tumani;
🥈Axtamov Islomjon Shofirkon tumani;
🥉Rajabov Umrbek Buxoro shahar;
#Live
Ayni daqiqalarda G'ijduvon tumanida, o'quvchilar o'rtasida fizika va matematika fanidan viloyat ochiq fan olimpiadasi o'tkazilmoqda!
Olimpiadaga mingdan ortiq o'quvchilar o'zaro g'oliblik uchun kurash olib borilmoqda!
@xurshid_blog
Ma'ruzasidagi tanaffus paytida professor Ann LHuillier fizika bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'lgani haqidagi xabarni oldi!
Keyin u tashqariga chiqdi va qaytib kirib shogirdlariga dars berishni davom ettirdi!
Nobel buyuk olimlarga berilishini yana bir isboti bo‘libdi bu voqea.
@xurshid_blog
"BUXORO OCHIQ OLIMPIADASI" ga jami 1120 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi!
👏 3 yashar qizaloq dunyodagi eng yosh yozuvchi sifatida Ginnesga kirdi.
Birlashgan Arab Amirligidan bo‘lgan Al-Maha Rashid Al-Mairi eng yosh yozuvchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda “UAE times now” nashri xabar berdi.
🟢Uch yoshli iste’dodli qizaloq o‘z tengdoshlari uchun “Gul” va “Asalari” nomli ikkita hikoya yozib, nashr ettirgan. Hali bog‘chaga boradigan rekordchi taxminan bir sutkada ikki kitobining mingdan ortiq nusxasini sotdi.
U har ikkala kitobidan joy olgan hikoyalarida ekologiyani asrash ahamiyatini o‘quvchilariga yetkazishga harakat qilgan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, bu bilan Al-Maha o‘z tengdoshlariga atrof-muhitni muhofaza qilish qanchalik muhimligini aytmoqda.
@xurshid_blog
❓Миллий сертификат абитуриентга нима беради?
Абитуриентлар қуйидаги фанлар бўйича сертификат учун имтиҳон топшириб олдиндан баллни нақд қилиб қўйиш мумкин:
1⃣. Математика
2⃣. Биология
3⃣. Кимё,
4⃣. Физика
5⃣. Она тили ва адабиёт
6⃣. Тарих
7⃣. География
Эслатма: Бошқа фанлардан айни вақтда миллий сертификат олиш имкони йўқ (чет тилларидан бошқа) балки келгуси йиллардан қўшилиши мумкин.
Масалан, тиббиёт университетига топшираётган абитуриент кимё, биологиядан сертификат олиб қўйса, имтиҳонда фақат мажбурий блокдаги 3 та фандан тест ишлайди холос.
Ёки бўлмаса, асосий блок фани тарих ва она тили ва адабиёти бўлган педагогика йўналишига кирмоқчи бўлган абитуриент Тарих ва Она тили фанларидан миллий сертификат олишга муваффақ бўлса унга ҳам асосий ҳам мажбурий фан балларини олдиндан нақд қилиб қўяди. Кириш имтиҳонида фақат Математика фанидан мажбурий блок тесларини ишлайди ҳолос! Агар Математика мажбурий блокни ҳам ишлагиси келмаса бу фандан ҳам миллий сертификат олиб қўйиши мумкин.
@xurshid_blog
☝️Уйқудан эрта туришнинг 3 нарсага фойдаси бор: ақлга, баданга, иймонга.
1-Ақл яхши ишлайдиган пайт тонг вақтида бўлади. Ана шу пайтда уйғонган боланинг ақли кўп нарсага етадиган бўлади. Бундай боланинг дарси ҳам, ишлари ҳам чиройли чиқади. У кечгача ғайратли ва хурсанд бўлиб юради. Ўртоқлари билан ҳам яхши ўйнайди.
2- Бадан доимо соғ бўлиши учун эрта туришни одат қилиш керак. Эрталаб бадантарбия билан шуғулланиш соғлиқни мустаҳкамлайди. Уйқудан кеч турган боланинг кучи бир оз сўниб қолади.
3-Иймон кучли бўлиши учун ҳам тонгда турган яхши. Иймонли бола тонгда таҳорат олиб, Аллоҳга чиройли ибодат қилади.
👉 @xurshid_blog
🏆 Endi navbat Buxoroga: G‘ijduvon bilimdonlarni chorlaydi!
⏰
Olimpiadada qatnashuvchi o‘quvchilarning
yakuniy ro‘yxati
va fanlarning vaqtga bog‘lik taqsimoti
14-sentabr kuni
kanalimizda e'lon qilinadi!
Olimpiadalar haqida muhim ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga ulanish
➡️
@khisoЧитать полностью…
Xalqaro Phystech.international olimpiadasiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi! ☄️☄️☄️
⚠️ Olimpiadada 120 ta davlatdan o'quvchilar qatnashadi.
💥 Olimpiada Fizika va Matematika fanlaridan ONLINE bo'lib o'tadi.
28-sentabr Matematika
29-sentabr Fizika
➡️ Olimpiadaga roʻyxatdan oʻtish
15-sentabrgacha.
🔥 Gʻoliblarga 4 yil davomida MIPT universitetida oʻqish uchun 100 foizlik grant va stipendiya taqdim qilinadi!
🤩 MIPT universiteti
QS (Quacquarelli Symonds) reytingida
Fizika boʻyicha dunyoda 52-o'rinda,
Matematika bo'yicha 72-o'rinda, Computer Science bo'yicha 110-o'rinda turadi, shuningdek 10 ta Nobel mukofoti laureatiga ega!
Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish:
➡️ https://phystech.international/?ref=813425
@xurshid_blog
🏆 Endi navbat Buxoroga: G‘ijduvon bilimdonlarni chorlaydi!
⏰
Olimpiadada qatnashuvchi o‘quvchilarning
yakuniy ro‘yxati
va fanlarning vaqtga bog‘lik taqsimoti
14-sentabr kuni
kanalimizda e'lon qilinadi!
Olimpiadalar haqida muhim ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga ulanish
➡️
@khisoЧитать полностью…
⚡️Ўзбекистон талабалари оладиган стипендиялар миқдори маълум бўлди
1. Аълочи ўқувчилар: 621 456 сўм
2. Яхши ўқувчилар: 517 880 сўм
3. Президент стипендияси соҳиблари: 1 461 027 сўм
4. Давлат стипендияси соҳиблари: 1 461 027 сўм
@xurshid_blog
Ulug‘larimiz aytganlaridek, o‘g‘il bolani o‘qitsak, bir kishi savodli bo‘ladi. Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi!”- Shavkat Mirziyoyev.
Assalomu aleykum hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!
Tez orada biz yana katta loyihani boshlayapmiz, sizlarni talab va istaklaringizdan kelib chiqib, MATEMATIKA yoki INGLIZ TILI fanlaridan olimpiada tashkillashtirayapmiz!
Sizningcha qaysi fandan qayerga o'tkazganimiz maqullroq?
Fikringizni izohlarda kutib qolamiz!
@xurshid_blog
Bugun o'tkazilgan ushbu olimpidada viloyat miqiyosida 1200 dan ortiq o'quvchilar ishtirok etishdi.
Nasib etsa yana shunday olimpiadalarni o'tkazishni rejalashtirayapmiz.
@xurshid_blog
"Buxor ochiq olimpiadasi" natijalarini e'lon qilamiz!
G'ijduvon tumanida Fizika va matematika fanidan, viloyat ochiq fan olimpiadasi o'tkazilmoqda. Olimpiadaga tayyorgarlik ishlariga, tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh tashkil etilgan.
O'zbek matematikasining fidoiy ustozlari, Karimjon Raximov va Sardor Bazarbaevlar bilan hamkorlikda o'tkazilayotgan olimpiadaga Viloyatimizning 1130 nafardan ortiq bilimli yoshlari o'zaro bellashadi.
Eslatib o'tamiz g'oliblar quyidagi mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o'rin noutbuk
2-o'rin planshet
3-o'rin televizor
@xurshid_blog
Bugun Toshkent davlat texnika universitetiga, Mustaqil tadqiqotchilikka(Phd) suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.
Anchadan beri niyyat qilib yurardim lekin vaqt ajratolmas edim, ustozimiz, Нодир Тураходжаев doim qo'llab-quvvatlab kelayotganliklari menga qo'shimcha kuch bera oldi.
Nasib etsa ilm yo‘lida bor kuch-g'ayratimiz bilan izlanamiz.
@xurshid_blog
#Ҳушхабар
⚡️Камбағал оила фарзандлари энди ўқишга киришлари осон бўлади!
Президент ҳар бир камбағал оилада, айниқса, хотин-қизлар орасидан камида 1 нафар олий маълумотли бўлиши учун шароит яратилишини эълон қилди.
- Oлийгоҳ, коллеж ёки техникумга киришда грант учун етарли баллни 80 фоизини тўплаган камбағал оила фарзандларига қўшимча грант ажратилади.
Бундан ташқари, молиявий мустақил бўлган олийгоҳларни ҳар бири йилига камида 1 миллиард сўмлик грант эълон қилади.
Бу грантлар ҳисобидан, фанларни ўзлаштиришидан келиб чиқиб, камбағал оила фарзандлари контрактининг 20 фоиздан 80 фоизгача қисми қоплаб берилади.
Камбағал оилалар фарзандларини боғча, мактаб, техникум ва олийгоҳларда сифатли таълим олишини ташкил қилиш, уларга ҳар томонлама кўмак бериш масалаларини мувофиқлаштириш Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги директорининг биринчи ўринбосари Шаҳноза Мирзиёева зиммасига юклатилди.
#диққат
⚡️Талабалар учун таълим кредитига онлайн ариза юбориш бошланди
Бунинг учун talim-krediti.mf.uz порталига OneID орқали киринг ва ариза юборинг!
«ONE ID» тизимидан рўйхатдан ўтиш учун ушбу видеойўриқномани кўришни тавсия қиламиз.
@xurshid_blog
Navoiyliklar yaqinroq keling!
Sizlar uchun ajoyib taklif, kelajakda eng muhim kasblardan biri hisoblangan, Robototexnikani biz bilan oson va qulat o'rganing!
Murojaat uchun telefon 914380707
@xurshid_blog
#Live
Ayni daqiqalarda G'ijduvon tumanidagi Ibrat sardorlari uchun, ingliz tili fanidan MOCK IMTIHONLARI o'tkazilmoqda.
Natijalar o'zaro ota-onalar bilan tahlil qilinib, o'quvchilar reytingi shakllantirilmoqda.
@xurshid_blog
🤔 O‘qib olim, boy bo‘larmiding?
🔴Dunyoning boy-badavlat kishilari uchun kitob o'qish qanday ahamiyatga ega deb o'ylaysiz? 1,200 nafar badavlat odamlar ustida o'tkazilgan tadqiqot natijasiga ko'ra, ularning barchasida kitob o'qish umumiy odat ekanligi aniqlangan. Bunga quyida bir necha misol keltiramiz:
🟢Bill Geyts 1 yilda o‘rtacha 50 ta kitob o‘qiydi. Bu 1 haftada o‘rtacha 1 kitob degani;
🟢Elon Mask raketalarni qanday qurishni kitoblardan o‘zi o‘qib o‘rgangan. U asos solgan SpaceX haqida bilsangiz kerak;
🟢Uorren Baffett kunining 80%ini o‘qishga bag‘ishlaydi va kunlik o‘rtacha 500 varaq o‘qiydi.
🟢Mark Zukerberg har 2 haftada 1 yangi kitob o‘qib tugatadi;
🟢Mark Kuban 1 kunda 3 soatni o‘qishga bag‘ishlaydi va 1 kitobni tugatish o‘rtacha 5 soat vaqtini oladi;
🟢Muvaffaqiyatli kishilar uchun kitob o‘qish, bu – kunlik odatlarining ajralmas qismi. Siz ham kitob o‘qishni kundalik odatga aylantiring. Ko‘proq kitob o‘qing.
Facebook "Kitobxonlar davrasi" dan olindi.
@xurshid_blog
🌏 Jahon olimpiadasi haqida
Bizga “matematika bo’yicha jahon olimpiadasi” nomi bilan ma’lum bo’lgan IMO (International Mathematical Olympiad) ning so’zma-so’z tarjimasi “xalqaro matematika olimpiadasi” dir. Ushbu musobaqa birinchi bo’lib 1959-yil Ruminiya davlatida o’tkazilgan. Bunda 7 mamlakatdan jami 52 ishtirokchi qatnashgan. Shundan so’ng har yili ushbu musobaqa turli davlatlarda o’tkazilib kelinmoqda. Va albatta, qatnashayotgan mamlakatlar soni ham, ishtirokchilar soni ham, baholash mezonlari ham yildan yilga nisbatan biroz farq qiladi. Bizning mamlakat vakillarining datlabki ishtiroklari 1997-yilga to’g’ri keladi va shu vaqtga qadar 9 ta kumush medal, 27 ta bronza medallarga sazovor bo’lishgan bo’lsa, hozircha hisobimizda oltin medal mavjud emas. Joriy yilgi olimpiada Buyuk Britaniyada o’tkazildi va unda 112 mamlakatdan 621 ishtirokchi ishtirok etdi va har bir mamlakatdan ko’pi bilan 6 qatnashchi ishtirok etishi mumkin bo'ldi. Bunda savollar soni 6 tani tashkil qilgan va har bir savolga 7 balldan ajratilgan. Demak, maksimal ball 7+7+7+7+7+7=42. Shundan, 31 ball va undan yuqori bal to’plagan 52 qatnashchi oltin medal, 24 va undan yuqori ball to’plagan 94 qatnashchi kumush medal, 17 ball va undan yuqori ball to’plagan 156 qatnashchi bronza medallari bilan taqdirlanishgan va nihoyat 144 qatnashchiga o’zimizning til bilan aytganda faxriy yorliqlar topshirilgan.
Millatlar o’rtasida nizolarga sababchi bo’lmaslik uchun olimpiadada, shunchaki, norasmiy maqomga ega bo’lgan bir nechta reytinglar tuziladi. Masalan, mamlakatlar medallari soni bo’yicha yoki mamlakat qatnashchilari umumiy balining o’rtachasi hisoblanib turli xil reytinglar tuzib chiqiladi. Qisqa qilib aytganda, har bir mamlakat o’zi uchun ma’qul reytingni o’zi istagan yo’nalishda tuzadi. Bu reytinglar ichida eng ommaviysi, xuddi yozgi olimpiada o’yinlarida bo’lgani kabi, dastlab oltin medallar soniga, so’ngra kumush va bronza medallar soniga qarab tuzilgan reytingdir. Bu reytingga ko’ra joriy yilda Xitoy, AQSh va Koreyaliklarning 6 nafar vakillarining barchasi oltin medalga sazovor bo’lib, 1-o’rinni band etgan. Bizning vakillar esa 63-o'rin bilan kifoyalanishgan.
Agar sizda ham matematika olimpiadasi uchun jiddiy maqsadlar mavjud bo’lsa, “samarali ta’lim” o’quv markazi bilan maqsadingizga oson erishing.
http://www.imo-official.org sayti ma’lumotlariga tayanib tayyorlandi.
/channel/samaralitalim_uz
“Зўр бўламан – денг! Бизга энг зўр кадрлар керак!”
Ғиждувон тумани ҳокими Шерзод Ашуров болалар таълимига катта эътибор қаратмоқда. Ҳокимнинг илк қилган иши – ўзи учун ажратилган хонани мактаб ўқувчиларига бўшатиб бериш бўлди. Ҳозирда у ердаги ёшлар Халқаро фан олимпиадаларида қатнашиш учун тайёргарлик кўришмоқда.
👉 https://kun.uz/95323192
📹 ВИДЕОНИ КЎРИНГ