#Яхши_хабар:
⚡️Бу ҳафта ўзбекистонликлар кетма-кет 3 кун дам олишади
Конституция куни муносабати билан ўзбекистонликлар дам олишади:
* 8-декабр, жума-дам олиш куни;
* 9-декабр, шанба-тақвим бўйича дам олиш куни;
* 10-декабр, якшанба-тақвим бўйича дам олиш куни.
👉 @xurshid_blog
📣Диққат, ҳурматли вобкентликлар!
⚡️Жорий йилнинг 7-декабрь куни соат 10:00 да Вобкент тумани марказий ўйингоҳида "Қишлоқ хўжалиги ходимлари куни" муносабати билан "Ҳосил байрами" тадбири бўлиб ўтади. Байрам тадбирида таниқли санъаткор Севинч Исмоилова ҳамда "Қаҳқаҳа" гуруҳи ўзларининг дилтортар куй-қўшиқлари ва ҳазиллари билан иштирок этадилар.
➡️Бундан ташқари, байрам дастури давомида миллий кураш мусобақаси, тош кўтариш ва арқон тортиш мусобақалари ҳам ўтказилади.
🎁Байрам муносабати билан ташкил этиладиган мусобақа иштирокчилари қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади.
➡️Шу муносабат билан барча туман аҳолиси ва курашчи полвонлар ва спортчиларни ҳосил байрамига таклиф этамиз!
😎😎😎😎😎😎😎 ижтимоий саҳифаларига обуна бўлинг
✅Telegram| 💬Facebook| 📹vobkentuz5284">Youtube|🌍Web-sahifa
G'ijduvonlik yoshlarimiz "Yetakchi-ekspress" loyihasini 2-turini yakunlab, Buxoroga qaytmoqda!
Poytaxtdagi tashrif davomida yoshlarimiz bir nechta loyihalar bilan tanishib, taniqli insonlar bilan jonli muloqot qilishdi.
Nasib etsa ushbu yoshlarimiz liderlik qobiliyatini ko'rsatib butun Respublikada namuna bo'la oladi!
Ushbu loyihalarimizni amalga oshirishda jonbozlik ko'rsatgan insonlar jumladan:
Sadullaev Alisher Мирали Хамраев Шавкат Рахмонов Sherzod Ashurov Sherzod Sharipov Нурилбек Ражабовlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
@xurshid_blog
⚡️Бугундан бошлаб ойлик маошларни оширилган миқдорда ҳисоблаш бошланади
Маълумки, Президентнинг 17 ноябрдаги 196-сонли Фармони билан 1 декабрдан иш ҳақи, пенсиялар ва ижтимоий нафақалар 7 фоизга оширилиши белгиланган.
Оширилган маошлар бўйича ҳисобланганда бугундан бошлаб педагог ходимлар қуйидагича ойлик оладилар:
❕Мактаб директори:
➖4 млн 084 минг 179 сўм (400 ўқувчигача)
➖4 млн 360 минг 917 сўм (401-880 ўқувчигача)
➖4 млн 624 минг 262 сўм (881-1600 ўқувчигача)
➖4 млн 891 минг 647 сўм (1600дан ортиқ)
❕Директор ўринбосарлари: (ММИБДЎ, ЎТИБДЎ)
➖3 млн 814 минг 502 сўм (400 ўқувчигача)
➖4 млн 084 минг 179 сўм (401-880 ўқувчигача)
➖4 млн 360 минг 917 сўм (881-1600 ўқувчигача)
➖4 млн 624 минг 262 сўм (1600дан ортиқ)
❕Директорнинг ҳўжалик ишлари бўйича ўринбосари:
➖1 млн 618 минг 065 сўм (400 ўқувчигача)
➖1 млн 765 минг 457 сўм (401-880 ўқувчигача)
➖1 млн 919 минг 114 сўм (881-1600 ўқувчигача)
➖2 млн 078 минг 589 сўм (1600дан ортиқ)
❕*ЧҚБТ раҳбари:
➖2 млн 948 минг 543 сўм
❕2024 йил 15 январдан бошлаб ЧҚБТ раҳбари:
Мутахассис – 2 млн 948 минг 543 сўм;
Иккинчи тоифали – 3 млн 301 минг 055 сўм;
Биринчи тоифали – 3 млн 678 минг 381 сўм;
Олий тоифали – 4 млн 064 минг 865 сўм
❕**Психологлар
Олий маълумотли психолог – 2 млн 653 минг 689 сўм
Иккинчи тоифали психолог – 2 млн 841 минг 780 сўм
Биринчи тоифали психолог – 3 млн 034 минг 666 сўм
Олий тоифали психолог – 3 млн 219 минг 374 сўм
❕Ўқитувчилар
Ўрта махсус маълумотли ўқитувчи – 2 млн 756 минг 194 сўм
Олий маълумотли ўқитувчи – 2 млн 948 минг 543 сўм
Иккинчи тоифали ўқитувчи – 3 млн 301 минг 055 сўм
Биринчи тоифали ўқитувчи – 3 млн 678 минг 381 сўм
Олий тоифали ўқитувчи – 4 млн 064 минг 865 сўм
❕Мактаб лаборанти (1 ст)– 1 млн 458 минг 770 сўм
❕Кутубхона мудири:
➖Ўрта махсус маълумотли – 1 млн 941 минг 691 сўм
➖Олий маълумотли – 2 млн 118 минг 548 сўм
❕Кутубхоначи:
➖Ўрта махсус маълумотли – 1 млн 683 минг 734 сўм
➖Олий маълумотли – 1 млн 772 минг 354 сўм
❗️Изоҳ: *2024 йил 15 январдан бошлаб ЧҚБТ раҳбарларига ҳам бошқа фан ўқитувчилари сингари малака тоифаси бериш тартиби йўлга қўйилади. Шундан сўнг уларнинг ойлик маоши ҳам малака тоифасига кўра фарқланади.
**Психологлар ойлик маоши ҳам малака тоифасига кўра фарқланади. Аммо уларни аттестациядан ўтказиш масаласидаги муаммолар ҳалигача бартараф этилмаган.
Таълим муассасасининг бошқа тоифадаги ходимларининг ойлик маошлари ҳақида кейинроқ қўшимча маълумот берамиз.
©️Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Rasmiy kanalimizga a'zo bo'lishni unutmang 👇👇
@xurshid_blog
🔰 G‘IJDUVONDAN DUNYO TANIYDIGAN YOSHLAR YETISHIB CHIQISHI KERAK!
♻️ Bugun G'ijduvon tumanidagi 50 nafar iqtidorli yoshlar va mahallalardagi yoshlar yetakchilari Toshkent shahriga tajriba almashish maqsadida yo'lga chiqishdi.
Tashrif avvalida tuman hokimi Sherzod Ashurov iqtidorli yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashib ularga, tumanda ta'lim sohasida olib borilayotgan loyihalar haqida to'liq ma'lumot berdi.G‘ijduvon tumanida ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan bir nechta yo‘nalishlar faoliyat olib bormoqda.
✔️ Jumladan, o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi, maktablarda ota-onalar navbatchiligining tashkil etilishi, "Bir oyda ikkita kitob o‘qiyman" tanlovi va "Samarali ta'lim" o'quv markazi jamoasi bilan yaqindan hamkorlikda joriy etilgan "Ta'lim granti" loyihasi hahda Xalqaro olimpiadalarga tayyorlaydigan "Hokim olimpiada terma jamoasi" loyihalarini birlashtirgan, "G‘ijduvon tajribasi" bugungi kunda Respublikada e'tirof etilmoqda!
G'ijduvonlik yoshlar Ibrat acadey orqali ingliz tili o'rganish orqali Respublikaga namuna bo'lmoqda!
🇺🇿 Ma'lumki Prezidentimiz tomonlaridan yoshlarning til o‘rganishlari uchun alohida e'tibor qaratilmoqda. Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullaev Buxoro viloyatiga tashriflari davomida, yoshlarimizni til o‘rganishlari uchun 100 nafar o'quvchilarga "Ta'lim granti" loyihasiga start berilgandi.
Bugun ushbu yoshlarimiz ingliz tilini noldan boshlab o'rganib, Ibrat academy sertifikatlari qo'lga kiritishmoqda.
🎖Albatta ushbu loyiha orqali biz bilimli va salohiyatli yoshlarni kashf etishimizga ishonamiz!
Maktab o'quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
Maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabrga to‘g‘ri kelib, 28-dekabr qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 10 yanvargacha davom etadi. III chorak esa 11 yanvardan boshlanadi.
1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
Ma’lumot uchun: Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
@xurshid_blog
Ertadan boshlab chet tillaridan gapirish qismi imtihonlariga start beriladi
Imtihonlar viloyatlar boʻylab quyidagi manzillarda boʻlib oʻtadi:
🇺🇿 Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Joy nomi: Nukus shahridagi 2-son kasb-hunar maktabi.
Manzil: Nukus shahri A.Utepov ko‘chasi 31-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/E829K8bYAwTcHnMYA.
🇺🇿 Andijon viloyati
Joy nomi: Andijon shahar 4-son kasb-hunar maktabi (oldingi Bank kolleji).
Manzil: Andijon shahri Qo‘shariq dahasi 5-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/x7mFPChvM265CVHo9
🇺🇿 Namangan viloyati
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.
Manzil: Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi “Tadbirkor” MFY Yoshlik ko‘chasi 23-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA.
🇺🇿 Farg‘ona viloyati
Joy nomi: Farg‘ona neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji.
Manzil: Farg‘ona shahri Farg‘ona ko‘chasi 240-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/GCpBhXFDDogyxWtJ9.
🇺🇿 Buxoro viloyati
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.
Manzil: Buxoro tumani Bog‘idasht MFY.
Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/rEyCwopqBCoTbCEV9.
🇺🇿 Xorazm viloyati
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi.
Manzili: Urgаnсh tumani Yuqoriovul MFY O‘zbekiston shox ko‘chasi 2/2-uy.
Mo‘ljal: Urganch tumanidagi 48-maktab yonida.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/BfduhjD4ggRHwWe97.
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
Joy nomi: Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.
Manzil: Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 42-uy.
Mo‘ljal: Davlat xizmatlari markazi ro‘parasida.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/t3tJnMVkx4SCkr178.
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
Joy nomi: Qarshi davlat universiteti Matematika fakulteti.
Manzil: Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/vFwS9CaM7rrA6fU98.
🇺🇿 Jizzax viloyati
Joy nomi: Jizzax politexnika instituti akademik litseyi.
Manzil: Jizzax shahri I.Karimov ko‘chasi 4-“A” uy.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/jn56ASGd7t2ZAfV77.
🇺🇿 Navoiy viloyati
Joy nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti bosh binosi (1-qavatdagi test markazi).
Manzil: Navoiy shahri Ibn Sino ko‘chasi 45-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/WNdEWVsWTckDQibE6.
🇺🇿 Samarqand viloyati
Joy nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi.
Manzil: Samarqand shahri Amir Temur ko‘chasi 70-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/4UL61mNdhWX1shME9.
🇺🇿 Sirdaryo viloyati:
Joy nomi: Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi (oldingi Guliston qurilish kolleji) o‘quv binosining 3-qavati.
Manzili: Guliston shahri 3-mavze “Bog‘ishamol” MFY O‘zbekiston shoh ko‘chasi 1-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/L6JNFcA2QmwAMFCv6.
🇺🇿 Toshkent shahri
Joy nomi: Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi).
Manzili: Toshkent shahri Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/683ZeGsJpZAeKNx98.
Kanalga ulanish:
@xurshid_blog
G'ijduvon o'quvchi-yoshlarining
"Ingliz tili marafoni"
✅Bugun G'ijduvon tumani Samarali ta'lim o'quv markazi o'quvchi-yoshlari Buxoro shahriga tashrif buyurgan Eron, Italiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Germaniya va boshqa davlatlardan kelgan sayyohlar bilan ingliz tilida suhbat olib borildi, mehmonlarga tuman tarixi, qadimiy ziyoratgohlar va milliy taomlar haqida ma'lumotlar berildi.
❇️Mehmonlarga o'quvchilarning ilmga tashna ekanligi, tuman hokimining ta'limga qaratayotgan e'tibori iliq ta'surot uyg'otdi.
@gijduvon_liklar
Xitoylik o‘quvchilarning dunyoda eng ko‘p vazifa bajarishini bilsangiz kerak.
Mana bu kadr Xitoy va Janubiy Koreya futbol musobaqasida tushib qolibdi. Vazifasi ko‘pligi yodida yo‘q oila a'zolari bilan futbolga tushib ham baribir ko‘ngli joyiga tushmabdi shekilli.
Mas'uliyat deb shuni aytsa kerak-da.
@xurshid_blog
⭕️⭕️⭕️IZHO 2024 (Qozog'iston)
Avvalroq ushbu mintaqaviy olimpiada haqida xabar bergandik:
/channel/uzmathcommunity/1419
Kim qatnashmoqchi bo’lsa, yuqoridagi postni o’qib chiqishni maslahat beraman.
Ushbu olimpiada bo’yicha hozirgi holat quyidagicha:
1. Bizda ushbu olimpiadada ishtirok etadigan 30 tacha matematik bor.
2. Bular to’liq jamoa sifatida ishtirok etishi uchun 20 tacha fizik va 20 tacha informatik ham kerak. To’liq jamoa shakllantirolmasak hamma qatnashish uchun $200 dan to’lashi kerak ($100 o’rniga).
3. Individual ishtirok etish narxi $200 (bu faqat ovqat+ yotoq+ekskursiyalar). Yo’l haqqi alohida to’lanadi. U ham taxminan $150-200 atrofida.
Xulosa qilib aytsak, siz individual yoki to’liqmas jamoada qatnashsangiz $400 atrofida xarajatingiz bor. Agar to’liq jamoa shakllantirolsak xarajatlar $300 gacha kamayishi mumkin (har bir qatnashchi va jamoa rahbariga).
Xullas kimdir ushbu olimpiadada ishtirok etmoqchi bo’lsa (qaysi jamoada qatnashishidan qat’iy nazar) quyidagi havolani to’ldiringlar:
https://forms.gle/fmxCfdgqrZqTGdEfA
⭕️⭕️⭕️Bekorga to’ldirmanglar bu formani iltimos. Bizni ham o’zinigizni ham vaqtingizni olmanglar.
❗️❗️❗️ Formani to’ldirishni 2023 yil 23-noyabr 20:00 da yakunlaymiz.
Qolgan masalalarni ishtirok etadiganlar guruhida muhokama qilamiz.
Eslatib o’tamiz: Ro’yxatdan o’tish va to'lovni amalga oshirish muddati: 2023 yil 30-Noyabr
Quyidagi savollar bilan murojaat qilmanglar:
“Men davlat/agentlik/Al Xorazmiy/MirzoUlug’bek/…. jamoasida ishtirok etyapman man ham to’ldirishim kerakmi?”
Ha siz ham to’ldirishingiz kerak!
Bizga barcha matematik, fizik va informatijlarni umumiy sonini ayni damda bilish juda muhim!
Keyingi postimiz 3-8-sinflar o’rtasida o’tkaziladigan olimpiada haqida bo’ladi.
👉@uzmathcommunity
📣📣📣📣📣
🇺🇿 "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" onlayn olimpiadasi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Davlat va huquq asoslari fanidan "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiada tashkil etilmoqda.
Olimpiadada 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
8️⃣-sinf o‘quvchilari uchun - 4️⃣-dekabr;
9️⃣-sinf o‘quvchilari uchun - 5️⃣-dekabr;
1️⃣0️⃣-sinf o‘quvchilari uchun - 6️⃣-dekabr;
1️⃣1️⃣-sinf o‘quvchilari uchun - 7️⃣-dekabr kunlari soat 10:00 dan 19:00 ga qadar oo.uzedu.uz tizimiga kirib ushbu onlayn olimpiadada ishtirok etishlari mumkin. 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.
📥Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 22:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.
📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 25-26-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 27-30 noyabr va 1-, 4-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
👨🏻💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
📍Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
Bizni kuzating 👉 @xurshid_blog
#Диққат_танлов
⚡️ Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 31 йиллиги муносабати билан Адлия вазирлиги томонидан Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади.
Имтиҳонда барча иштирок этиши мумкин.
❗️Танловда иштирок этиш учун 8-dekabr.adliya.uz сайтида рўйхатдан ўтилади (15 ноябрдан 25 ноябрь 23:59 гача).
Танлов қуйидаги 2 босқичда 3 та тоифа учун алоҳида ташкил этилади:
1️⃣-босқич – тест синовлари:
▫️ умумтаълим мактаб, академик лицей ва техникум ўқувчилари учун – 27 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;
▫️ ҳуқуқшунослар ва олий таълим муассасаларида ҳуқуқшунослик мутахассислиги бўйича ўқиётган талабалар учун – 28 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;
▫️ бошқа барча фуқаролар учун – 29 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;
2️⃣-босқич – суҳбат.
➡️Тест синовида 8-dekabr.adliya.uz сайти орқали онлайн тарзда иштирок этилади.
Тест синови янги Конституция асосида тузилган 20 та тест саволи ва 1 та ижодий саволдан иборат. Тест саволларига энг қисқа муддатда тўғри жавоб берган иштирокчилар орасидан 30 нафари танлаб олиниб, уларнинг ижодий саволга жавоблари кўриб чиқилади.
❗️Баҳолаш натижасига кўра, энг юқори балл тўплаган 10 нафар иштирокчи кейинги босқичга ўтади.
➡️ Иккинчи босқич (суҳбат) 8 декабрь – Конституция байрами арафасида ташкил этилади.
Суҳбат жараёнлари онлайн трансляция қилинади.
Ғолиблар диплом ва қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади.
Танловда фақат битта аккаунтдан иштирок этишга рухсат этилади. Иштирокчи кейинги босқичга ўтиш вақтида турли аккаунтлардан қатнашган ҳолатлар аниқланган тақдирда, натижасидан қатъи назар, имтиҳондан четлаштирилади.
Karmana tumani rasmiy sahifalari👇
🌎WWW I ✅ Telegram | KARMANAUZ">📹 Youtube |💬 Facebook
Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni
2023-yil 13-noyabr kuni fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.
Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 19-noyabr (to‘lov qilish 20-noyabr) ga qadar davom etadi.
❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.
📆 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 2023-yil 3-dekabr (yakshanba) kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.
@xurshid_blog
Samarali ta'lim xususiy maktabi o'quvchilari Toshkent bo'ylab ikki kunlik bepul sayohat qilishdi!
Bugungi kunda Prezidentimiz tomonlaridan ta'limga ayniqsa xorijiy tillarni o'rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib berilmoqda!
Kuni kecha Yoshlar ishlari agentligi va G'ijduvon tumani hokimligi bilan hamkorlikda sayohat tashkil etildi.
Poytaxtdagi tashrif davomida yoshlarimiz bir nechta loyihalar bilan tanishib, taniqli insonlar bilan jonli muloqot qilishdi.
@xurshid_blog
G'ijduvonlik 50 nafar yoshlarning orzulari ushalmoqda, birgina ingliz tili fanini o'qib, yoshlarimiz nimalarga erishish mumkunligini bugun tumanning eng chekka-chekka hududlaridan kelgan yoshlarimiz isbotlashmoqda!
Shu vaqtgacha hali biror marta poytaxtni ko'rmagan yoshlarimizni quvonch yoshlariga sherik bo'layapmiz!
Bugun Respublikamiz rahbarlari, tumanimiz fidoiy insonlarimizning tashabbuslari bilan boshlangan loyiha orqali yoshlarimiz juda ulkan tajriba va motivatsiya bilan uyga qaytayapti!
@xurshid_blog
G'ijduvon tumani tobora Loyihalar fabrikasiga aylanib bormoqda, ta'lim sohasida loyihalar bilan Respublikada nom qoldirayotgan mazkur tuman, yana bir katta loyihaga qo'l urmoqda.
"Yetakchi-ekspress" loyihasi orqali bugun tumandagi faol yoshlar va sardorlardan iborat jamoa bugun Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Kun davomida ishtimoiy tarmoqlar orqali loyihani yoritishni maqsad qilganmiz, Bizni kuzatishda davom eting!
@xurshid_blog
Ибрат!
⚡️Унинг исми Кабир, 11 ёшда. У Деҳлидаги давлат мактабида таълим олади. Ҳар куни дарсдан қайтар экан, мактаб яқинидаги қишлоқнинг камбағал болаларига бир соат бепул таълим бериб, сўнг уйига қайтади.
Алберт Эйнштейн айтган эди:
«Олам ёмонлик қиладиганлар томонидан эмас, балки ҳеч бир иш қилмасдан уларни томоша қиладиганлар сабабли ҳалокатга юз тутади»
@xurshid_blog
International Wildbird Photo Competition: Qushlarni suratga olib, 1500 yevrogacha mukofot yutib oling!
Tanlovda 15 yosh va undan katta barcha qatnashishi mumkin.
Tanlov quyidagi 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– 15-17 yoshlilar
– 18 yosh va undan kattalar
Mukofotlar:
– Oliy oʻrin: 1500 yevro
– Har bir turkum gʻolibiga 800 yevrodan
– Yosh iqtidor turkumi gʻolibiga 800 yevro
– Jamoatchilik mukofoti: 500 yevro
– Gʻoliblarning barchasi Fransiyadagi taqdirlash marosimiga taklif etiladi xarajatlar qisman qoplanadi
Suratlar 2023-yil 4-dekabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-wildbird-photo-competition/
@grantlar
📍 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovi o‘tkaziladigan joylar to‘g‘risida ma’lumot:
▶️ https://telegra.ph/Chet-tili-11-23
Bizni kuzating 👉 @bbabuxoro
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 7-dekabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
🔴Said Ahmadning “Jimjitlik” asari
🔴Jeyms Klirning “Atom odatlar” asari
✅Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.
➡️Tanlov nizomi bilan tanishish
Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!
G'ijduvondan dunyo taniydigan yoshlar yetishib chiqishi kerak!
Bugun tuman hokim o'rinbosari Sherzod Sharipov, yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi boshlig'i Nurilbek Rajabov va Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zosi Xurshid To'xtayev tumanda joriy etilgan "Ta'lim granti" loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashib, ularga xorijiy tillarni o'rganishi bo'yicha G'ijduvon tumanida tashkil etilgan Ingliz tili darslari tashkil asosiy maqsadi va loyiha haqida to'liq ma'lumot berildi!
G'ijduvon tumanida hokim boshchiligida yangicha tizm joriy etilmoqda, bir necha oy oldin boshlangan ta'lim granti loyihasi orqali yoshlarimiz ingliz tili fanidan bepul sifatli ta'lim olishmoqda!
Kelajakda ushbu loyiha orqali biz bilimli va salohiyatli yoshlarni kashf etishimizga ishonamiz!
@xurshid_blog
БУЮК ОЛИМЛАРИМИЗНИНГ ҚАБРЛАРИ ҚАЕРДА?
Ҳаёт яралибдики, ҳеч ким пешана ёзуғидан қочиб қутулолмайди. Паймонаси тўлгач, кимгадир она тупроғида мангу қўним топиш насиб этса, яна кимнингдир қабри бегона юртларда қолиб кетади. Бугун биз машҳур олимларимизнинг сўнгги маконлари ҳақида сўз юритишга қарор қилдик.
Абу Райҳон Беруний.
Хоразмнинг буюк алломаси, тарих, география, филология, астрономия, математика, геодезия, минералогия, фармакология, геология ва бошқа кўплаб фанларга оид қомусий асарлар муаллифи Абу Райҳон Беруний 973 йилда Хоразмнинг қадимги пойтахти Кат (Кот) шаҳрида туғилган. Хоразм Маҳмуд Ғазнавий томонидан (1017 йил) босиб олингач, Хоразмшоҳ саройидаги бир қанча олимлар билан биргаликда Ғазна шаҳрига олиб кетилади ва ўша ерда фаолият юритади. 1048 йилда Афғонистоннинг Ғазна шаҳрида вафот этади. Қабри айни дамда шу ҳудудда.
Абу Али ибн Сино.
Ғарбда "Авиценна", Шарқда "Шайх ур-раис" номи билан машҳур, тиббиёт, фалсафа, тилшунослик, минералогия, кимё соҳаси тараққиётига улкан ҳисса қўшган қомусий олим Абу Али ал Ҳусайн ибн Абдуллоҳ ибн Сино 980 йил 16 августда Бухоронинг Афшона қишлоғида туғилган. Умрининг сўнгги 14 йилида у Исфаҳонда амир Алоуддавланинг хизматида бўлади. Алоуддавланинг Ҳамадонга юриши даврида бетоблигига қарамай, унга шериклик қилган Ибн Сино йўлда, 1037 йил 18 июнда қуланж (колит) касаллигидан вафот этади ва Ҳамадон (Эрон)га дафн этилади. Баъзи манбаларда олимнинг ҳоки 8 ойдан сўнг Исфаҳонга келтирилиб, дафн этилгани ҳақида айтилади.
Бурҳониддин Марғиноний.
Қуръон, Ҳадис илмларини мукаммал эгаллаган буюк аллома Бурҳониддин Марғиноний 1123 йил Марғилонда туғилган. Дастлаб ўзи яшаган қишлоқда таълим олгач, ўша даврда Мовароуннаҳрнинг диний ва маърифий маркази ҳисобланган Самарқандда фаолиятини давом эттиради. 1197 йилда Самарқандда вафот этиб, шу ерга дафн этилади.
Али Қушчи.
Буюк математик ва астроном Али Қушчи 1403 йили 17 апрелда Самарқандда таваллуд топган. Асл исми Мавлоно Алоуддин Али ибн Муҳаммад Қушчи. Ўз ватанидаги таъқиблардан қочган Али Қушчи бир муддат Кармана ва бошқа шаҳарларда яшайди. 1465 йилда Туркия султони Муҳаммад II нинг таклифига кўра бу давлатга келади. Бу даврда Муҳаммад II замонасининг етук олимларини ўз атрофига тўплаётган эди. Али Қушчи 1474 йил 16 декабрь куни Истамбулда вафот этади. У Айюба масжиди ҳузуридаги қабристонга дафн қилинган.
Алишер Навоий.
Кўплаб илмий-филологик, насрий ва тарихий асарлар муаллифи, мутафаккир Низомиддин мир Алишер 1441 йилда Ҳиротда туғилган. 1501 йилнинг 3 январида бутун турк дунёси "шамс ул-миллат" — миллат қуёши дея эъзозлаган Навоий касалликдан вафот этади. Олимнинг қабри Афғонистоннинг Ҳирот шаҳридаги Мусалло майдонида жойлашган.
Заҳириддин Муҳаммад Бобур.
Ўрта аср Шарқ маданияти, адабиёти ва шеъриятида ўз ўрнига эга тарихнавис олим Бобур 1483 йилнинг 14 февралида Андижонда дунёга келган. Шайбонийхон Андижонни эгаллагач, уни ташлаб кетишга мажбур бўлган Бобур аввал Кобулни, кейинчалик Ҳиндистонни эгаллайди. Бобурийлар сулоласи ҳинд ўлкасида 300 йилдан ортиқ вақт мобайнида ҳукмронлик қилади. Бобур 1530 йил декабрда Аграда вафот этади, кейинроқ унинг васиятига кўра ҳоки Кобулга олиб келиниб дафн этилади.
Маҳмудхўжа Беҳбудий.
Аллома, ёзувчи, ўзбек драматургияси ва Туркистон жадидчилик ҳаракатининг асосчиси Маҳмудхўжа Беҳбудий 1875 йил 20 январда Самарқандда Бехиштепа қишлоғида туғилган. Табиатан ноҳақликларга чидамсиз Беҳбудий 1917 йилнинг апрелида Туркистон мусулмонларининг қурултойида нутқ сўзлади. 27 ноябрга ўтар кечаси эса Туркистон мухторияти эълон қилинади. Мустамлакадан мустақиллик томон йўл қўйилган бу жиддий қадамнинг йўлбошчиси Беҳбудий эди. Қўзғолон бостирилиб, 10000 дан ортиқ туркистонлик ўлдирилади. Беҳбудий эса 1919 йил баҳорида Шаҳрисабзда қўлга олиниб, Қаршида пинҳона қат этилади. Халқ орасида унинг қабри Қаршидаги Эшон шаҳид қабристонида деган тахмин юради.
©Малоҳат Каримова
@xurshid_blog
#беғараз_донорлик_акцияси
Бор меҳримиз сенга, болажон!
8 декабрь – Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун муносабати билан “Бор меҳримиз сенга, болажон” шиори остида ўтказиладиган беғараз донорлик акциясига барча кўнгиллиларни таклиф қиламиз.
Акция 1 декабрь куни соат 9:00 дан – 16:00 гача Республика қон қўйиш маркази ҳамда унинг ҳудудий бўлимларида ўтказилади.
Азиз юртдошлар, бемор болажонлар ҳаётини асраб қолишга ўз ҳиссангизни қўшинг!
Қўшимча маълумотлар учун:👇
🌏 Adolat.uz
🎧 +99871 288 46 54 (117)
+99890 520 13 85
+99899 421 93 18
adolat.uz | Facebook | Telegram | Instagram | Twitter | YouTube
⚜️Samarali ta'lim xususiy maktabi o'quvchilari, XORIJDAN KELGAN MEHMONLAR BILAN INGLIZ TILIDA SUHBATLASHISHDI!
🔰Prezidentimiz tomonlaridan ta'lim sohasiga alohida e'tibor berilmoqda, yoshlarimizni til o‘rganishlari uchun mamlakatimizda alohida e'tibor qaratilmoqda, jumladan G'ijduvon va Vobkent tumanlarida yoshlarimiz uchun "Ta'lim granti" loyihasiga start berilgan edi.
♻️Bugungi kunda o'quvchilar aynan intensiv metodlar orqali ta'lim olib, ingliz tili fanini mukammal darajada bepul o'rganmoqda!
✅Bugun Samarali ta'lim o'quv markazi o'quvchilar Buxoro shahriga tashrif buyurgan Eron, Italiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Germaniya va boshqa davlatlardan kelgan sayyohlar bilan ingliz tilida suhbat olib borildi, mehmonlarga tuman tarixi, qadimiy ziyoratgohlar va milliy taomlar haqida ma'lumotlar berildi.
❇️Mehmonlarga o'quvchilarning ilmga tashna ekanligi, tuman hokimining ta'limga qaratayotgan e'tibori iliq ta'surot uyg'otdi.
@xurshid_blog