TAYINLOV
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Bektemirov Xamro Solayevich Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Xamro Bektemirov ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Fursatdan foydalanib, Bektemirov Xamro Solayevichning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
👉@Xorazm_MMTB
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О повышении размеров заработной платы, пенсий и пособий"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Taʼlim sohasida yangi va qulay elektron xizmatlar ishga tushiriladi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi, Raqamli texnologiyalar hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari mutaxassislari ishtirokida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama etildi.
❗️Xususan, aholiga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi elektron xizmatlarni tez orada ishga tushirish kelishib olindi:
✔️ Maktab o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul xizmati;
✔️ O‘quvchilarni maktabdan maktabga onlayn ko‘chirish xizmati;
✔️ Elektron shahodatnomani yuklab olish xizmati;
✔️ Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish xizmati;
✔️ Talabalarga taʼlim kreditini onlayn ajratish xizmati va boshqalar.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktab, oliy taʼlim tizimlarida yangi elektron xizmatlari joriy etiladi. Barcha takliflar tahlil etilib, qulay xizmatlarni joriy etish choralari ko‘riladi.
🎓Taʼlim sohasida joriy etilgan elektron xizmatlardan - Taʼlim sohasida elektron xizmatlar havolasi orqali foydalanish mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
DIQQAT! E’LON!
📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!
👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: http://ish.uzedu.uz
Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.
❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlandi.
Unda siz http://ish.uzedu.uz orqali hujjat topshirish bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
Shoshiling!
📆 Ro'yxatdan o'tish 6-aprelgacha davom etadi
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Мажбурий аттестацияга жалб этилмайдиган педагог кадрлар рўйхати кенгайтирилди
"Таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартибини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида"ги Ҳукумат қарори (120-сон, 23.03.2023 й.) қабул қилинди
🔰 Қарорга кўра, 2023 йил 1 апрелдан қуйидагилар мажбурий аттестацияга жалб этилмайди:
▫️педагогик фаолият бўйича 25 йил ва ундан кўп иш стажига эга педагог ходимлар;
▫️ёшга доир пенсияга чиқиши учун 5 йилдан кўп бўлмаган муддат қолган педагог ходимлар.
#Seminar_trening
XORAZM VILOYATIDA MATEMATIKA VA XORIJIY TIL FANI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILMOQDA
Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur seminar orqali matematika va xorijiy til fani o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, mazkur treninglar respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tmoqda.
TelegramIYoutubeIFacebookIInstagramIWeb-sayt
#Эълон
#Seminar_trening
📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!
❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.
Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.
Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:
🔹ilg‘or tajribalar bilan bo‘lishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bo‘lishish,
🔹o‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.
📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.
👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Ochiq_muloqot
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Toshkent shahridagi 350 nafar maktab direktorlari hamda o’qituvchilar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.
- Oldimizda davlatimiz rahbari ishonib topshirgan ta’lim islohotlarini amalga oshirishdek mashaqqatli va sharafli vazifa turibdi. Bu vazifalarni amalga oshirishda barchamizdan fidoyilik, halollik talab etiladi, - dedi vazir.
✔️ Shuningdek, muloqot davomida:
▶️ tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar,
▶️ pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda
▶️ o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish borasidagi muhim vazifalar haqida so‘z bordi.
❗️Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga vazirdan javob ham olishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
"Navro'z" umumxalq bayrami munosabati bilan bo'lib o'tayotgan saylda Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Jo'rabek Raximov qatnashmoqda.
Urganch shahar XTB axborot xizmati.
Urganch shahridagi 5-son umumiy o'rta ta'lim maktabining ota-onalari yig'ilishida viloyat IIB YHXB masʼul xodimlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-aprel kunidagi "Ta'lim muassasalarida yo'l harakati qoidalari targ'ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risidagi"gi 212-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida "Xavfsiz hayot uchun" oyligi doirasida "Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi" shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Читать полностью…❗️1-синф ўқувчиларига бериладиган таътил муддатлари ва берилиш тартиби ўзгармаган.
Ўзбекистон Респубилкаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 15 мартдаги 140-сонли қарори 4-боби ҳамда Халқ таълими вазирининг 2021 йил 24 декабрдаги 414-сонли буйруғи якунловчи қоидаларида февраль ойи давомида қўшимча таътил берилиши назарда тутилган буйруққа асосан таълим муассасаларида таълим олаётган 1-синфларга февраль ойининг 3-ҳафтаси 13 февралдан 17 февралгача қўшимча таътил сифатида белгиланган.
Синф рахбарлар ҳамда ота-оналар гуруҳларига етказинг.
“Eng faol ixtirochi qiz”
1- o‘rinni 21-son maktab o‘quvchisi Murotova Nasiba
2- o‘rinni 9-son maktab o‘quvchisi Xudayberganova Sevinchoy
3- o‘rinni 5-son maktab o‘quvchisi Sobirova Xurshida
“Eng faol maqola muallifi”
1- o‘rinni 9-son maktab o‘quvchisi Sa’dullaeva Sarvinoz
2- o‘rinni 21-son maktab o‘quvchisi Qurbonova Nilufar
3- o‘rinni 22-son maktab o‘quvchisi Abdukarimova Feruzaxon
“Eng yaxshi innovatsion g‘oya(loyiha) muallifi”
1- o‘rinni 9-son maktab o‘quvchisi Raximberganova Zulfiya
2- o‘rinni 21-son maktab o‘quvchisi Atajonova Laylo
3- o‘rinni 7-son maktab o‘quvchisi Masharipova Luiza
o’quvchi qizlarimiz g‘olib bo‘lishdi.
Tanlovda 2-hudud kesimida
“Eng yaxshi innovatsion g‘oya(loyiha) muallifi”
1- o‘rinni 29-son maktab o‘quvchisi Jasurova Lola
2- o‘rinni 16-son maktab o‘quvchisi Egamberganova Yulduz
3- o‘rinni 11-son maktab o‘quvchisi Norboyeva Shahzoda
“Eng faol maqola muallifi”
1- o‘rinni 30-son maktab o‘quvchisi Xajiqurbonova Niginabonu
2- o‘rinni 3-son maktab o‘quvchisi Komolova Shahzoda
3- o‘rinni 11-son maktab o‘quvchisi Niyozmetova Intizor
“Eng faol ixtirochi qiz”
1- o‘rinni 3-son maktab o‘quvchisi Allayorova Xusniya
2- o‘rinni 16-son maktab o‘quvchisi Axmedova Mushtariy
3- o‘rinni 11-son maktab o‘quvchisi Kurbonova Ro‘zika
Urganch shahridagi 30-son IDUMda oʻquvchilarni xorijiy tillarni va kasb-hunar oʻrgatish boʻyicha seminar oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 20-yanvardagi videoselektorda MAKTABLARDA XORIJIY TILLAR VA KASB-HUNAR OʻRGATISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH boʻyicha bir qator topshiriq va vazifalar belgilab berdi. Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Urganch shahar 30-son IDUMda Urganch shahar maktab direktorlari uchun seminar tashkil qilindi. Seminarda Urganch shahar hokimi O.Xolboyev va Urganch SHXTB mudiri M.Marimov rahbarlik qildilar. Maktabda tashkil qilingan ishlar bilan barcha direktorlar yaqindan tanishdi. Barcha direktorlariga rahbariyat tomonidan vazifa va topshiriqlar berildi.
Urganch shahar XTB axborot xizmati.
Vazir jamg‘armasidan 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 5,5 barobarida har oylik ustama olishga talabgor bo‘lgan pedagoglar ro‘yxati ertaga e'lon qilinishi kutilmoqda.
Hamma ustozlarga omad tilaymiz
Муқаддас Рамазон ойи кириб келгани муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президенти номига хорижий мамлакатларнинг давлат ва ҳукуматлари, халқаро ташкилотлар раҳбарлари, таниқли жамоат ва дин арбобларидан қутловлар келмоқда.
—
В связи с наступлением священного месяца Рамазан на имя Президента Республики Узбекистан поступают искренние поздравления глав зарубежных государств и правительств, руководителей международных организаций, видных общественных и религиозных деятелей.
#Mirziyoyev #qutlovlar #Ramazon
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#konstitutsiya_o‘zimizniki
#Xorazm
Xorazm viloyatida direktor va o‘qituvchilar ishtirokida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tmoqda
Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan bugun, 24-mart kuni Xalqaro iqtisod olimpiadasining birinchi saralash bosqichi o'tkazildi.
Olimpiadada 60 nafarga yaqin o'quvchilar ishtirok etishdi.
Barcha jarayonlar kuzatuv kameralari ostida ijtimoiy tarmoqlar hamda boshqarmaning veb saytida ota-onalar va kuzatuvchilar uchun yoritib borildi. Shuningdek, olimpiada jarayonlari uchun /channel/xalqaroiqt2023 telegram kanali tashkil qilinib, barcha natijalar ushbu kanalda berib borildi.
Yakuniy natijalarga ko'ra
1-o'rinni Urganch shahar 21-sonli umumta'lim maktabi 9-sinf o'quvchisi Ollayor Sotimov,
2-o'rinni Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o'quvchisi Ruxsoraxon
Ollaberganova,
3-o'rinni Xonqa tumani 35-sonli umumta'lim maktabi 9-sinf o'quvchisi Zulayho Sotimboyeva egallab, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
👉@Xorazm_XTB
Агреппина Шин мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 1-ўринбосари – мактабгача таълим агентлиги директори этиб тайинланди
У 2017-2022 йиллар оралиғида мактабгача таълим вазирлигини бошқарган.
❗️Ertaga barcha uchun ish kuni
Bugun Navro‘z bayrami munosabati bilan berilgan ketma-ket 4 va 5 kunlik dam kunlari tugaydi.
✅ Ma’lumot uchun, joriy haftadagi shanba kuni haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun ish hisoblanadi. Chunki ular ayni shu kun hisobidan bugun (22-mart) dam olishdi.
👉 @xushnudbek 👈
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида"ги қарори
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного месяца Рамазан на должном уровне"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Assalomu alaykum!
Sizlarni yasharish va yangilanish, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik ramzi - Navro'z ayyomi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ushbu ayyom har bir xonadonga fayz-u baraka, baxt, to'kinlik va osoyishtalik keltirsin.
Hurmat bilan,
Urganch shahar xalq ta'limi bo'limi mudiri Marimov Murod Kamilovich.
#befarqemasman
“Zakovat intellektual klubi” NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev “Zakovat” klubi aʼzolari, bilimdonlar va bilimga beeʼtibor bo‘lmagan insonlarga murojaat bilan chiqib, ularni referendumga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.
"Chunki men kelajagimga befarq emasman" deyiladi murojaatda.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Янгиликлар 24 | Урганчда наврўз шукуҳи
#19mar #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Urganch shahrida "Navro'z" umumxalq bayrami munosabati bilan sayl bo'lib o'tmoqda.
Bugun Urganch shahrining "Avesto" bog'i majmuasida "Navro'z" umumxalq bayrami saylida shahar xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumta'lim maktablari milliyliklarimiz aks etgan ko'rgazmalari, o'quvchilari ishtirokida har xil o'yinlar, varrak uchirish o'yinlari o'tkazilyapti. Bayram madaniy-ko'ngilochar dasturlar asosida davom qildirilmoqda.Yosh avlodni milliy ruxda tarbiyalash uchun milliylikka katta e'tibor qaratilyapti. Sayl ko'taringi kayfiyatda davom etmoqda.
Urganch shahar XTB axborot xizmati.
✅ Urganch shahar 26-son maktabda Yoshlar ishlari agentligi Urganch shahar bo'limi tomonidan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali o’tkazildi.
✅ Festivalda yoshlar uchun mini-futbol, valeybol,arqon tortish musobaqa va tanlovlari bo'lib o‘tdi.
So‘ngra yoshlar ko'ngil ochar konsert dasturida ishtirok etishdi. Festival doirasida yoshlar tomonidan qo’l mehnatlari ko‘rgazmalari tashkil etildi.
✅ Festival yakunida yoshlar bilan birgalikda maktab bog'i hududiga "Yashil makon" loyihasi doirasida ko'chatlar ekildi.
🕊 /channel/yoshlaragentligi_urganch
🎓 12 ming nafar iqtidorli yoshlarga 20 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar qoplab berildi.
🇺🇿 Davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida - IELTS, TOEFL, IBT, GMAT, GRE va SAT xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berish tizimini joriy etish vazifasini qo'ygan edilar.
💰Qisqa muddatlarda 12 mingdan ortiq yoshlar ushbu yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishdi, ushbu yoshlarning imtihon xarajatlarini qoplash uchun 20 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar davlat tomonidan ajratib berildi.
✅️ Elektron hukumat markazi tomonidan www.my.gov.uz platformasi orqali imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilishiga doir elektron davlat xizmati joriy etilgan.
Batafsil ma'lumot quyidagi videoda - https://youtu.be/sZMLiSLnk8g
❤Bunday imkoniyatlardan yuqori sinf maktab o'quvchilari hamda talabalarimiz unumli foydalanishlari zarur.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi 70-sessiyasida 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida rasman e’lon qilinib, qator mamlakatlar tomonidan nishonlanib kelinmoqda.
Ushbu kunni mamlakatimizda keng nishonlash maqsadida 2023-yil 6-11-fevral kunlari haftalikni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida Urganch shahridagi 9 va 11-son maktablarda Xalq ta’limi bo'limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch shahar bo’linmasi Oila va xotin-qizlar bo’limi bilan hamkorlikda tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida yoshlarimiz “Eng faol ixtirochi o‘quvchi qiz”, “Eng yaxshi maqola muallifi”, “Eng yaxshi innovatsion g‘oya (loyiha) muallifi” yo’nalishlari bo’yicha o’z bilim va ko’nikmalarini namoyish qilishdilar.
🌞ҚУЁШ ПАНЕЛЛАРИ ЎРНАТИШ УЧУН КРЕДИТЛАР
☑️Микрокредитбанк
▪️Фуқаролар учун "Saving energy" истеъмол кредити
Муддати 60 ойгача
Фоизи 15%
Миқдори 500 БҲМгача
Батафсил
☑️Халқ банки
▪️Фуқаролар учун «Яшил макон» истеъмол кредити
Муддати 5 йилгача
Фоизи 15%
Миқдори 60 млн. сўмгача
Батафсил
☑️Ипотека-банк
▪️Фуқаролар учун
Муддати 5 йилгача
Фоизи 15%
Бошланғич тўлов мавжуд эмас
Миқдори 90 млн. сўмгача
Батафсил
☑️Қишлоққурилишбанк
▪️Фуқаролар учун «Yashil» истеъмол кредити
Муддати 5 йилгача
Фоизи 15%
Миқдори базавий ҳисоблаш миқдорининг 500 бараваригача
Батафсил
☑️Ўзсаноатқурилишбанк
▪️Қуёш панеллари олиб келиб ўрнатувчи таъминотчи корхоналар учун:
➖"SME Green Loan" маҳсулоти
Батафсил
➖"Corporate green loan" маҳсулоти
Батафсил
▪️Фуқаролар учун
➖"Green product"
Муддати 60 ойгача
Фоизи 15%
Миқдори 50 млн. сўмгача
Батафсил
➖Green product online
Муддати 60 ойгача
Фоизи 15%
Миқдори 50 млн. сўмгача
Батафсил
Маълумотлар банкларнинг бош офислари мутасаддиларидан олинган.
Президент: Панел ўрнатган тадбиркорлар ишлаб чиқарган электрни давлат кафолатли сотиб олади. Кейинги йилдан эса бошқа истеъмолчиларга ҳам сотиши мумкин бўлади.
Аҳоли ўз хонадонида панел ўрнатса, эҳтиёжидан ортиқ тармоққа сотган электр энергиясининг ҳар бир киловати 1 минг сўмдан сотиб олинади (ҳозирги тариф 295 сўм).
Ҳар ойда ҳисоб-китоб қилиб, маблағлар хонадон эгасининг пластик картасига ўтказиб берилади.
👉 @bankirkundaligi 👈