Endilikda eksternat tartibida imtihon topshirishda ariza berish uchun maktabga borishning hojati yo‘q
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan soha faoliyatiga oid qator jarayonlarni raqamlashtirish orqali aholiga qulaylik yaratishda muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Natijada yurtdoshlarimiz maktablarga borish, turli ko‘rinishdagi hujjatlarni arxiv maskanlaridan qidirib topish kabi ortiqcha ovoragarchilikdan xalos bo‘lmoqda.
Bugungi kunga qadar turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan fuqarolarning eksternat tartibida imtihonda ishtirok etish uchun ariza topshirishi uzoq va hujjatbozlik talab etadigan jarayon hisoblangan.
☝️O‘tgan o‘quv yilida 11 mingdan ortiq fuqaro eksternat tartibida ariza topshirish uchun kamida 3 marotaba maktabga borishga majbur bo‘lgan.
👨🏻💻Arizalar 2023-yilning 1-martidan 1-mayiga qadar (shu kuni ham) o‘z uyidan chiqmagan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn topshiriladi, natija 2 kunda fuqaroga ma’lum qilinadi. Eng muhimi, davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
Shuningdek:
📱 fuqaro faqat baholar tabeli va ma'lumotnomani elektron shaklda topshiradi (avval hujjatlar soni 5 ta bo‘lgan);
📲 arizalar 2 kunda ko‘rib chiqilib, natijasi fuqaroga onlayn yuboriladi.
Yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.
☝️Eslatib o‘tamiz: ushbu davlat xizmati joriy yilning 1-martidan ishga tushiriladi va 1-mayga qadar davom etadi.
Joriy o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
🔰Ma’lumot uchun: hozirda maktab ta’limiga oid quyidagi davlat xizmatlari mavjud:
🔹 dublikat shahodatnoma olish;
🔹chet elda umumiy o‘rta ta’lim ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish (nostrifikatsiya) uchun ariza berish;
🔹 chet el va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktabga joylashtirish uchun ariza berish.
Бугун Урганч шаҳар 30-сон ИДУМга Сингапур миллий университети профессори Вун Хви Киатни ташриф буюрди.
Жаноб Вун Хви Киат таълим тизимини ривожлантириш масалалари бўйича халқаро даражадаги мутахассис бўлиб, бир нечта хорижий давлатларда ушбу йўналишда маслаҳатчи сифатида фаолият олиб борган. Мулоқот жараёнида мактабда яратилган шароитлар билан якиндан танишиб ўқувчилар билан ўзаро суҳбат ўтказиб яхши таассуротлар олганини ва мактабда яратилган шароитлардан мамнунлигини билдирди.
Urganch shahar 4-son maktabi jamoasi tomonidan o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish ishlari olib borilmoqda.
Читать полностью…“VILOYAT HOKIMI OLIMPIADASI” G‘OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI
Xabaringiz bor, kecha 5-fevral kuni “Viloyat hokimi olimpiadasi” boʻlib oʻtdi.
Olimpiadada 146 nafar 7-8-sinf o‘quvchilari matematika fanidan o‘zaro bellashdilar.
Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida faxrli o‘rinlarni quyidagi o‘quvchilar egalladilar:
1-o‘rin – Hazorasp tumanidagi “To‘lqin-FM” nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchisi Munisbek Bekchanboyev;
2-o‘rin – Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Otanazar Saparov;
3-o‘rin – Xonqa tumanidagi 33-son maktab o‘quvchisi Aslbek To‘rayev.
8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida faxrli o‘rinlarni quyidagi o‘quvchilar egalladilar:
1-o‘rin – Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Shovot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Shoxruz Bobojonov;
2-o‘rin – Hazorasp tumanidagi “To‘lqin-FM” nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchisi Bunyod Iskandarov;
3-o‘rin – Yangiariq tumanidagi 11-son maktab o‘quvchisi Maxmudjon Bog‘ibekov.
Viloyat hokimligi tomonidan
1-o‘rinni egalllagan o‘quvchilar 5 mln so‘m,
2-o‘rinni egalllagan o‘quvchilar 4 mln so‘m,
3-o‘rinni egalllagan o‘quvchilar 3 mln so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt
XORAZM VILOYATIDA “VILOYAT HOKIMI OLIMPIADASI” BOʻLIB OʻTMOQDA
Bugun Urganch shahridagi Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Viloyat hokimi olimpiadasi” boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur olimpiada Xorazm viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifatini oshirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni bilimli, barkamol qilib tarbiyalash, xususan matematika, fizika, kimyo, biologiya fanidan iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va ularni iqtidorini rivojlantirib borish orqali oʻquvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash, ularni maʼnan va moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
Olimpiadani Xorazm viloyati hokimi o'rinbosari Sanʼat Salayev tantanali ravishda ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.
Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Xamro Bektemirov, “Mard oʻgʻlon” mukofoti sovrindori Sardor Bozorboyevlar soʻzga chiqib, mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun olib borilayotgan islohotlar, bugungi olimpiadaning tartibi va mazmuni haqida toʻxtaldilar.
Olimpiadada 7-8-sinf oʻquvchilaridan 146 nafari matematika fanidan oʻzaro bellashmoqdalar.
Olimpiadaning yakuniy natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan oʻquvchilar viloyat hokimligi tomonidan moddiy ragʻbatlantirilishi koʻzda tutilgan.
Olimpiada ishtirokchilariga omad tilab qolamiz.
Telegram/Youtube/Facebook/Instagram
#live
Ayni damda Urganch shahrida 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida "Viloyat hokimi olimpiadasi" start berilish arafasida.
O‘quvchilar ligasi qishki mavsumining 3-turidan keyin Urganch shahar 16-son maktab jamoasi 1-o'rinni egalladi.
3-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.
Вазир Ҳилола Умарова билан илк интервью
🎬 Видеони кўриш
👉 Мақолани ўқиш
Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | ENGLISH
2023-yilda milliy reytingda qatnashadigan maktablardagi 9-sinf o'quvchilaridan nazorat ishlari olindi.
✅O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 345-sonli qarori qabul qilingan.
📍Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlashda 9-sinf o‘quvchilaridan ona tili, kimyo va matematika fanlaridan xalqaro tadqiqotlarga asoslangan matnli kreativ savollar asosda o‘tkazilishi belgilangan.
♻️Shu munosabat bilan Ta’lim sifati monitoringi bo‘limi xodimlari tomonidan namunaviy tayyorlangan nazorat materiallari asosida 29-12-maktablarda 9-sinf o‘quvchilaridan nazorat ishlari olindi.
🌐9-sinf o'quvchilarining bilimlarini mustaxkamlash maqsadida onlayn test ishlash va reja asosida boshqa maktablardan biriktirilgan pedagoglar tomonidan mahorat darslar o'tish imkoniyati yaratildi.
Urganch shahar XTB axborot xizmati.
Президент қарори билан:
➖ Усман Шарифходжаев мактабгача ва мактаб таълими вазирининг биринчи ўринбосари лавозимига;
➖ Темуржон Комилов мактабгача ва мактаб таълими вазирининг ўринбосари лавозимига;
➖Дилшод Кенжаев мактабгача ва мактаб таълими вазирининг ўринбосари лавозимига;
➖ Узокбой Бегимкулов мактабгача ва мактаб таълими вазирининг ўринбосари лавозимига;
➖ Алишер Уббиев мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳузуридаги Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги директори лавозимига тайинланди.
🔹 Баходиржон Онорбоев бошқа ишга ўтиши муносабати билан мактабгача таълим вазирининг биринчи ўринбосари лавозимидан;
🔹 Нодир Муслитдинов бошқа ишга ўтиши муносабати билан мактабгача таълим вазирининг ўринбосари лавозимидан;
🔹 Иброхим Джураев бошқа ишга ўтиши муносабати билан халқ таълими вазирининг ўринбосари лавозимидан;
🔹 Вохобжон Ражапов бошқа ишга ўтиши муносабати билан халқ таълими вазирининг ўринбосари лавозимидан озод этилди.
🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлигиТelegram | Facebook | Instagram | You Tubе Читать полностью…
TAYINLOV
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosarlari tayinlandi
Prezident qarori bilan:
Usman Sharifxodjayev — maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʼrinbosari lavozimiga;
Temurjon Komilov — maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosari lavozimiga;
Dilshod Kenjayev — maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosari lavozimiga;
Uzokboy Begimkulov — maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosari lavozimiga tayinlandi.
OʼzА
📣RASMAN.
TKT imtihonining keyingi sanasi 2023 yil 11-12 fevral qilib belgilandi.
🕐Shoshiling joylar oz qoldi!!!
Modul 1 - 7 o'rin
Modul 2 - 14 o'rin
Modul 3 - 12 o'rin.
🗒Imtihon sanasi: 11-12 fevral 2023 yil.
💳 Imtihon narxi: 750.000 so'm
☎️ Qo'shimcha ma'lumot uchun
+998 77 011 10 08 ga qo'ng'iroq qiling
👉 Ro'yxatdan o'tish
//Telegram//Instagram//
23-yanvardan barcha maktablarda lll chorak boshlanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan 23-yanvardan barcha hududlarda III chorak darslari boshlanishini ma’lum qiladi.
Bunda issiqlik ta’minotida muammosi bo’lgan maktablar holat yaxshilanguniga qadar o’qishni vaqtincha masofadan olib borishlariga ruxsat etiladi.
Qaysi maktablar vaqtincha masofadan ta’lim olishlari haqida hududlarning ijtimoiy tarmoq kanallari hamda maktab rahbarlari tomonidan bevosita ota-onalarga xabar beriladi.
Yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan murojaatlaringizni
@xtv_nazorat_bot orqali yuborishingiz mumkin.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ustozni 85 yoshi bilan qutlagani xonadoniga bordi
Bugun O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi Mirfozil Mirzaahmedov qutlug' 85 yoshni qarshiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ustozning xonadonida bo'lib, tavallud ayyomi bilan tabrikladi.
Ta’kidlash kerakki, Mirfozil ustoz 58 yildan buyon fidoyilik bilan yoshlarga ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.
Uning shogirdlari orasidan 11 nafar fan nomzodi va fan doktori yetishib chiqqan.
Vazir Mirfozil Mirzaahmedovni chin yurakdan tabriklab, o’z ezgu tilaklarni bildirdi hamda “Xalq ta’limi fidoyisi” ko’krak nishonini topshirdi.
⚡️⚡️⚡️Энди Ўзбекистон мактабларида 64 хил касб ўргатилади
20 январь куни Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мактабларда хорижий тиллар ва касб ўргатиш тизимини ривожлантириш масалаларига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди.
Унда таъкидланишича, эндиликда туман ва маҳаллаларнинг хусусиятидан келиб чиқиб, ўқувчиларга мактабнинг ўзида 64 хил ишчи касблар ўргатилади.
Ҳокимликлар 2 мингдан ортиқ танлаб олинган мактабларда касб-ҳунар устахоналари ташкил этиб, уларни жиҳозлайди ва зарур ашёлар билан таъминлайди. Бунга ёшлар етакчилари ва тадбиркорлар ҳам жалб этилади, Ёшлар жамғармасидан маблағлар йўналтирилади.
Бундан ташқари, давлатимиз раҳбари шу куни тармоқ ва ҳудудлар раҳбарларига қиш мавсумида аҳолини энергия ресурслари билан барқарор таъминлаш борасида масъулият ва назоратни кучайтириш лозимлигини кўрсатиб ўтди.
Каналга уланиш:
➖@uzauz
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga borib qardosh turk xalqiga hamdardlik bildirdi
O‘zbek va turk xalqlari azaldan doimo inoq, og‘ir kunlarda bir-biriga suyanch bo‘lib kelgan. Bugungi kunga kelib ikki davlatning o‘zaro do‘stlik aloqalari yanada rivojlanib bormoqda.
Xabaringiz bor, joriy yilning 6-fevral kuni Turkiyaning ayrim hududlarida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida yerlik aholi katta jabr ko‘rdi. Davlatimiz rahbari fojea ro‘y bergan kuni qardosh Turkiya xalqiga va Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi.
Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, mamlakatimizdagi tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat maxsus qutqaruvchilar zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Turkiya davlatiga yuborildi. Ayni damda fojea hududiga yurtimizdan turli gumanitar yordamlar doimiy ravishda yuborilmoqda.
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga bordi hamda o‘z hamdarligini bildirdi. Tabiiy ofat natijasida halok bo‘lgan insonlar xotirasini yod etib, jarohatlangan insonlarning tezda sog‘ayib ketishini tiladi.
O'QUVCHILARGA MAKTABDA KASB-HUNAR O'RGATILADI
06.02.2023✅
📲@XorazmTELEKANAL✔️
📲DASTURNING HD versiyasi👇
https://www.youtube.com/c/XORAZM24
Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAEnP4H2TABCMSDrRMA
📚 "Agar kasb to'g'ri tanlansa, inson uchun ijodiy, ilhom manbasiga aylanadi. Bu esa - inson uchun ham jamiyat uchun ham foydalidir".
📓Urganch shahar 10-son umumiy o'rtata'lim maktabi jamoasi o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish ishlari, ularni shaxsiy moyillik, layoqat, qiziqishlari asosida hamda jamiyat talablariga mos holda ongli kasb tanlashga tayyorlash bo'yicha maqsadga yo'naltirilgan, integral xususiyatga ega ilmiy-amaliy faoliyatni amalga oshirish uchun maktab direktori N.Q. Yusupova, MMIBDO' S. B. Sharipov, maktab psixologlari A.A. Yusupova, I.P. Xudayberganova hamda 11-sinf o'quvchilari va sinf rahbarlari bilan birgalikda "Kasb-hunarga o'qitish, malaka oshirish instituti"ga sayohat uyushtirdilar.
"Viloyat hokimi olimpiadasi" 1-tur natijalari!
Xabaringiz bor, 2022-yil yakunida Xorazm viloyatining yangi hokimiga taklif bildirgan edim.
Ushbu olimpiadaning 1-turi viloyatdagi 7-8 sinf (har bir tumandan 10 tadan eng yaxshi) o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan o‘tkazildi.
G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.
Olimpiadaning keyingi turlari mart oyida Urganch va Yangibozor tumanlarida o‘tkaziladi. Ushbu turdan 5-6 sinf o‘quvchilariga matematika fanidan va 7-8 sinf o‘quvchilariga kimyo, biologiya, fizika (navbatma-navbat) fanlaridan olimpiadalar bo‘lib o‘tadi.
Olimpiada haqida to‘liq ma'lumotni tez orada video tarzida e'lon qilaman!
❗️BU VIDEONI FARZANDINGIZ ALBATTA KO‘RSIN!
Bolalar yomon niyatli odamlarni farqlay olishmaydi. Ular beg‘uborligi, kattalarga ishonuvchanligi sabab yovuz niyatlilarning qurboniga aylanib qolishlari mumkin.
Shu sabab, bolangizga:
❌Shubhali shaxslar bilan gaplashmaslikni,
❌ularning qo‘lidan sovg‘a olmaslikni,
❌tanimagan odamlarning mashinasiga o‘tirmaslikni tayinlashingiz lozim.
✅Farzandlarimiz xavfsizligi uchun ogohlikni oshirish shart va zarurdir!
Mazkur video-rolikni farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va unga begonalar bilan qanday muomala qilishni o'rgating.
Zero, bu oddiy qoidalar bolangizni xavf va xatardan asrab qolishi mumkin!
Aziz yurtdoshlar!
Bank plastik kartangizning raqami va himoya kodlarini begona shaxslarga bermang.
—————————————————-
Азиз юртдошлар!
Банк пластик картангизнинг рақами ва ҳимоя кодларини бегона шахсларга берманг.
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun onlayn buyurtma bering.
2023-yil 30-yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yagona ijtimoiy davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali olishingiz mumkin.
#LIVE
#Koreya_madaniyati_haftaligi
JANUBIY KOREYANING DONGSHIN UNIVERSITETI VAKILLARIDAN IBORAT DELEGATSIYA XORAZMDAGI MAKTABDA MASTER-KLASS O‘TKAZMOQDA
Kecha xabar berganimizdek, bugun “Koreya madaniyati” haftaligi tadbirlari doirasida Janubiy Koreyaning Dongshin universiteti vakillaridan iborat delegatsiya ayni damda Xorazm viloyati Urganch shahar 30-son umumta’lim maktabida rejalashtirilgan tadbirlarni o‘tkazmoqda.
Bugun ham delegatsiya tarkibidagi volontyor talabalar jamoasi tomonidan o‘quvchilarga Koreya POP raqsi, sport mashg‘ulotlari hamda koreys tilini oʻqitish boʻyicha master-klass o‘tkazilmoqda.
Telegram/Youtube/Facebook/Instagram
♾2022-2023-o‘quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomalari elektron shaklda beriladi
Maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan jarayonlarni raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni oldini olish, shuningdek, o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berish tartibi joriy etilmoqda.
Hukumatning tegishli qarori asosida mazkur elektron shahodatnomaning davlat namunasi hamda shahodatnomalarni berish tartibi tasdiqlandi.
Ayni vaqtda elektron shahodatnoma platformasi (e-shahodatnoma.uz) ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralarning elektron bazasiga integratsiya qilinmoqda.
Ushbu yangilik o‘quvchilarga qanday qulayliklar yaratadi?
Maktab bitiruvchilari endi o‘z shahodatnomasini yonida olib yurishi talab etilmaydi. Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligining (sobiq DTM) “ABITUR” dasturiga integratsiya qilingan holda hujjatlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratiladi.
Shu bilan birga bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash uchun Adliya vazirligining Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limlari hamda Personallashtirish agentligiga integratsiya qilinadi.
Ma’lumot uchun: elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushirilib, uni istalgan vaqtda elektron platforma orqali tekshirib olish yoki shahodatnoma yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda dublikat olish uchun ovora bo‘lmasdan shu zaxotiyoq elektron bazadan qayta yuklab olish mumkin bo‘ladi.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori tayinlandi
Prezident qaroriga asosan
Аlisher Ubbiyev — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
OʼzА
KASBGA O’QITISH BO’YICHA MEMORANDUM IMZOLANDI.
Bugungi kunda maktablarda xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rgatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator islohatlar amalga oshirilmoqda.
Urganch shahar xalq ta'limi bo'limi, qator tashkilot va tadbirkorlar bilan jumladan
🔸Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali,
🔸"Uzbekistan" mehmonxonasi,
🔸"Urganch Milliy tikuvchilik" oilaviy korxonasi,
🔸"Urganch tikuvchilik majmuasi" MCHJ
🔸"Mohir oshpazlar" uyushmalari bilan birgalikda hamkorlik memorandumi imzolandi va kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar borasida aniq vazifalarni belgilab olindi.
Urganch shahar XTB axborot xizmati.
Xalq taʼlimi vazirligining 2023-yil 20-yanvardagi 04-04/2-01-sonli hamda Xorazm VXTBning 2023-yil 23-yanvardagi 02/7-13-81-sonli “2022-2023 oʻquv yilining 3-choragidan boshlab taʼlim resurslari va kontentlaridan oʻquvchilar foydalanish boʻyicha tavsiyalar" toʻgʻrisidagi xatlari ijrosini taʼminlash maqsadida Urganch shahar xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida targʻibot ishlari keng amalga oshirilmoqda.
Ushbu tavsiyalarni "Informatika va axborot texnologiyalari" fani xonalaridagi mavjud har bir komputer stolida (yopishtirilgan holda) bo'lishi ta'minlanmoqda.
Urganch shahar XTB axborot xizmati.
Urganch shahar XTB Taʼlimni raqamlashtirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar.
🖥 2022-yilda Urganch shahridagi 15 ta maktab jami 188 ta kompyuter jamlanmasi bilan taʼminlandi.
📈 Urganch shahar xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 29 ta maktabdan 28 ta maktabda internet tezligi 100mb/s ga va 1 ta maktabda 40mb/s tezlikka koʻtarildi.
📌 Urganch shahar 1-son maktabga Openbudget loyixasidan 30 ta kompyuter jamlanmasi, 2 ta noutbuk, 2 ta proyektor, 2 ta interaktiv doska yetkazib berildi.
⚡️2022-yil oktyabr-noyabr oylarida Urganch shahar XTB va IT-PARK bilan hamkorlikda shahar maktablarining barcha oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari AKT savodxonligi oshirildi.
📣 2022-yil noyabr-dekabr oylarida 85 (76%) nafar informatika oʻqituvchilari “GOOGLE FOR EDUCATION” xalqaro sertifikatiga ega boʻldi.
Urganch shahridagi 21 ta maktabda zamonaviy WI-FI zonalar tashkil qilinmoqda.
Urganch shahar XTB axborot xizmati.
XORAZMLIKLAR UCHUN UZOQ KUTILGAN YANGILIK, XORAZM YANA PESHQADAMLIKNI QO‘LDAN BERMADI
Xabaringiz bor, 2022-yilgi pedagog kadrlar attestatsiyasining tahliliy natijalari e'lon qilindi. Unga ko‘ra Xorazm viloyatidan ishtirok etgan pedagoglarga nisbatan Oliy va birinchi malaka toifasini qo‘lga kiritish bo‘yicha ham, mutaxassis malaka toifalilar va mutaxassis malaka toifasiga muvofiq emas qarori qabul qilinganlarning kamligi bo‘yicha viloyatimiz respublikada yetakchilikni qo‘ldan boy bermadi.
Buning uchun Xorazm viloyati ta'lim jonkuyarlariga va Ta'lim inspeksiyasining fidoyi xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz.
👉@Xorazm_XTB
Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда хорижий тиллар ва касб ўргатиш тизимини ривожлантириш масалалари бўйича кенгайтирилган йиғилиш ўтказди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел расширенное совещание по вопросам развития системы преподавания иностранных языков и профессионального обучения в школах.
#Mirziyoyev #yigilish #talim #maktab
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter