⭕️⭕️⭕️
⭕️ 3-chorakdan boshlab maktabdagi kompyuterlardan samarali foydalanish bo'yicha o'quvchilarimizga tavsiyalar ishlab chiqildi.
Rasmda:
🟢 O'quvchilarimiz o'z bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashlari uchun foydali ta'lim resurslari ro'yxati
🟢 O'quvchilarimiz shaxsiy rivojlanish hamda qo'shimcha ko'nikmalarni egallashlari uchun foydali ta'lim resurslar ro'yxati.
📝 Ushbu tavsiyalar respublikamizning 10 mingdan ziyod maktablarida informatika sinf xonalaridagi har bir kompyuter yoniga qo'yiladi, o'quvchilarimizga doimiy eslatma bo'ladi.
💻 Aytgancha ushbu ta'lim resurslaridan talabalar ham bemalol foydalanishsa bo'ladi.
Tavsiyalarning sifatli fayl varianti izohga yuklandi.
Bugun umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbarlari hamda fan metodbirlashma rahbarlari uchun Urganch shahar xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan “Xalq taʼlimi tizimida uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish ishlarini yanada takomillashtirish” mavzusida ZOOM orqali oʻquv-seminar oʻtkazildi.
“O‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish”,
"Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish”,
“Umumiy o‘rta ta’lim maktabining metodbirlashmalari to‘g‘risida Nizom to‘g‘risida” mavzularida Urganch shahar XTBning metodistlari S.Qurbanbaeva, D.Niyazmetova, B.Qutliev va shahardagi ilg'or o'qituvchilar tomonidan tushuntirishlar olib borildi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri mahalliy hokimliklar bilan III chorakni boshlash masalasini muhokama qildi
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ijtimoiy masalalar boʼyicha oʼrinbosarlari bilan ZOOM videokonferentsaloqa orqali boʼlib oʼtgan yigʼilish kun tartibiga hududlarda maktablarning III chorakni boshlashga tayyorgarligi masalasi qoʼyildi.
Jumladan vazir mahalliy hokimliklar joylardagi umumtaʼlim muassasalarining tayyorgarlik holatini yana bir bor qayta tahlil qilish zarurligini taʼkidladi.
Аyni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʼquvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn taʼlim tizimiga oʼtkazish masalasini koʼrib chiqmoqda.
#Эълон
Хоразм вилояти мактаблари ва мактабгача таълим муассасаларида қишки таътил 2023 йил 18 январга қадар узайтирилди
Маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг таълим соҳасидаги ваколатларига асосланиб, вилоят ҳудудида совуқ об-ҳаво шароити сақланиб қолаётгани туфайли Хоразм вилоятидаги барча умумтаълим мактаблари, Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактаблар ҳамда мактабгача таълим муассасаларида қишки таътил 2023 йил 18 январга қадар узайтирилди. Ўқув машғулотлари 18 январь, чоршанба кунидан бошланади.
Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
QADRLI YURTDOSHLAR, AZIZ VATAN POSBONLARI!
Sizlarni va Siz orqali barcha oila a'zolaringizni O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod qilamiz!
Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 31 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги
—
Праздничное поздравление в связи с 31-летием образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚡️Хоразмда дарслар 16 январдан бошланади
“Юксалиш” ҳаракатининг боғча ва мактабларда ўқиш жараёнларини кейинги ҳафтадан бошлаш чақириғи Хоразм вилоятида ҳам қўллаб-қувватланди.
Хоразм вилояти ҳокимлиги томонидан ўқиш жараёнларини 16 январдан бошлаш қарорига келинган.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Sport
Yuqorida qayd qilingan muvaffaqiyatlarning bardavom bo‘lishi, muhimi aziz o‘quvchi-yoshlarimizning sifatli ta’lim- tarbiya olishlariga chin ma’noda erishishimiz uchun SIZ hurmatli ota-onalarimizning ko‘magiga va muhtaram keksalarimizning hayotiy tajribalari bilan qo‘llab-quvvatlashlariga ehtiyojimiz bor. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi”.
Yurtboshimiz O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaatida ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim-tarbiya muhiti uchun barcha zarur shart-sharoitlarni davlat tomonidan amalga oshirilishini, o‘qituvchilarimiz esa o‘z ustida tinimsiz ishlab, jahon talablari darajasidagi chuqur bilimga ega bo‘lishlari kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Maktablarda boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining bepul ovqatlantirilishi, darsliklarning ijara tizimidan holi bepul bo‘lishi kabi jihatlar ham mamlakatimizda Inson qadrini ulug‘lash hissi bolalarning kichik yoshidan, maktab davridan, sifatli ta’lim jarayonlaridan boshlanayotganining yorqin namunasidir.
Umummilliy harakatlar va xarajatlar, davlat ehtiyojlaridan ortib, ta’limga qaratilayotgan ham moddiy, ham ma’naviy g‘amxo‘rlik Prezidentimizning Vatan taqdiri hamda o‘sib kelayotgan yosh avlod kelajagiga qaratilgan e’tiborining yana bir ifodasidir. Shahrimizdagi ko‘p sonli pedagoglar qatorida biz ham davlatimiz siyosatini qo‘llab quvvatlagan holda qalb ardog‘imiz, ko‘z nurimiz bo‘lgan aziz farzandlarimizni yurtimiz ishonchi, ota-onalarimiz umidi deb, Vatan kelajagi, Yangi O‘zbekiston bunyodkori qilib kamol toptirishga butun kuch-g‘ayratimiz, pedagogik mahoratimiz, yangi tashabbus va kreativ g‘oyalarimizni bag‘ishlashga astoydil kirishamiz.
Qadrli ota-onalar!
Davlatimiz rahbari barchamizning oldimizga qo‘ygan eng sharafli va muhim vazifa sifatida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘g‘il-qizlarimizning maktabda kamida ikkita chet tilini, kompyuter va kasb-hunar asoslarini o‘rganib chiqishini ta’minlash uchun hammamiz birgalikda astoydil harakat qilishimiz kerakligini alohida ta’kidladilar.
Bu borada pedagoglar, aziz ustozlar xalqimizning “Qars ikki qo‘ldan chiqadi”,- degan purma’no naqliga amal qilgan holda bir tanu bir jon bo‘lib, hamfikr va hammaslak bo‘lib harakat qilishimiz, ta’lim va tarbiya yo‘lida birlashishimiz kerak!
Farzand uchun bu dunyoda hech kim ota-onadek yaqin va aziz bo‘lmaydi. Hech bir zot ustozdek mo‘tabar va fidoyi bo‘la olmaydi. Har ikki tomon o‘z oldiga qo‘yilgan OLIY maqsad – farzand ta’lim-tarbiyasiga birdek mas’uliyat va jonfidolik bilan bel bog‘lasa, kun kelib albatta bizni nurli manzillarda yuzlari yorug‘ dilbandlarimizning osmon qadar zafarlari, qo‘l yetmas muvaffaqiyatlari kutib turadi!
Ota-onalarimiz alohida e’tibor bilan shuni anglashlari kerakki, o‘g‘il-qizlarimiz 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan davrini ta’lim muassasalarida o‘tkazadilar. Shu ta’lim muassasalaridagi sanoqli yillarning farzandlarimiz hayotida naqadar MUHIM va o‘ta MAS’ULIYaTLI ekanligini o‘quvchilarimiz ham, ota-onalarimiz ham to‘g‘ri tushunsalar, o‘qituvchilar va ota-onalar hamkorligi chinakam uzviylikka aylanadi va kelgusida yangi avlod vakillari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimiz zamonaviy bilim va hunarlarni egallagan, dunyoqarashi keng, vijdoni toza, niyati xolis, chin vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetadilar.
Muhtaram Prezidentimizning ta’lim tizimida amalga oshirayotgan islohotlarini, tarbiyaga yo‘naltirilayotgan muhim qarashlarini qo‘llab-quvvatlash uchun biz Urganch shahar pedagoglari bilim va mahoratlarimizni baxshida qilamiz! Bu ezgu ishlarimiz bilan ona xalqimiz oldidagi sharafli kasbimizni oqlagan, Vatanimiz umidi bo‘lgan yoshlarimiz oldidagi chinakam ibrat maktabini yaratgan bo‘lamiz!
#Live
#Urganch
Ayni damda, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdagi oltmish oltinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda.
Mazkur sessiyani to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz va bizning ijtimoiy sahifalarimiz orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin.
Sessiyani jonli tarzda mazkur havola orqali koʻrishingiz mumkin.
👇Bizni kuzatish uchun quyidagi havolaga kiring: https://fb.watch/h_fkYYZ24v/
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Veb-sayt | Instagram | Facebook | Telegram
O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI
🌟 Fizika fanidan hududlarga ko'ra jamoaning o‘rtacha bali bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 ta hudud:
✅ Xorazm viloyati
✅ Sirdaryo viloyati
✅ Samarqand viloyati
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
МАКТАБ ЎҚУВЧИЛАРИ УЧУН ҚИШКИ ТАЪТИЛ 28 ДЕКАБРДАН БОШЛАНАДИ
Мактаб ўқувчилари учун II чоракнинг сўнгги куни 27 декабрга тўғри келиб, 28 декабрь куни қишки таътилнинг илк куни саналади.
Таътил 14 календарь кун, яъни 2023 йил 10 январгача давом этади.
III чорак 2023 йилнинг 11 январидан бошланади.
*****
ЗИМНИЕ КАНИКУЛЫ ШКОЛЬНИКОВ НАЧИНАЮТСЯ С 28 ДЕКАБРЯ
27 декабря — последний день II четверти для школьников, а 28 декабря — первый день зимних каникул.
Каникулы продлятся 14 календарных дней, до 10 января 2023 года.
Третья четверть начнется 11 января 2023 года.
Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram |Youtube |Facebook |Instagram
📣Yangi yilning ilk kunlaridan Xorazm viloyatidagi chet tillari o'qituvchilari uchun ajoyib yangilik!
❇️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy Tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi tashabbusi va ko'plab o'qituvchilarning talabiga asosan Urganch shahrida TKT(Teaching Knowledge Test) imtihonlari o'tkaziladi.
🕐Shoshiling joylar soni chegaralangan.
🗒Imtihon sanasi: 8-yanvar, 2023-yil.
💳 Imtihon narxi: 750.000 so'm
☎️ Qo'shimcha ma'lumot uchun +998 77 011 10 08 ga qo'ng'iroq qiling
Ro'yhatdan o'ting va biz siz bilan bog'lanamiz!
👉 Ro'yxatdan o'tish
#URGANCH_SHXTB
#XALQARO_SERTIFIKAT
#GOOGLE_FOR_EDUCATION
#22_MAKTAB
💻 Informatika fani o‘qituvchilarimiz Xalqaro sertifikat olishda davom etishmoqda!
📚 Urganch shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 22-son maktabning informatika fani o'qituvchilari Abdalova Mexriniso va Babadjanova Dildora GOOGLE FOR EDUCATION xalqaro sertifikatiga ega bo'lishdi.
📌2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Prezident Farmoniga ko‘ra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab umumta'lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.
➡️Salohiyatli o‘qituvchilarimiz buning natijasida 3 yil davomida 50% ustama olish huquqini beruvchi "Google for Education level 1 and level 2" o‘quv kurslarini yakunlaganligi va xalqaro imtihonni topshirib, tan olingan "Google Certified" maqomiga ega bo‘ldilar.
Urganch shahar XTB axborot xizmati.
#URGANCH_SHXTB
#XALQARO_SERTIFIKAT
#GOOGLE_FOR_EDUCATION
#10_MAKTAB
🟢 XALQARO SERTIFIKAT SOHIBI!
⚡️NAZAROV UMID - Xorazm viloyati Urganch shahar 10-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
📌2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Prezident Farmoniga ko‘ra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab umumta'lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.
👉 Yuqoridagi farmonga asosan Nazarov Umid GOOGLE FOR EDUCATION o‘quv kursini mashg‘ulotlarida faol qatnashib o‘quv kursini yakunlagani haqidagi sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
➡️Salohiyatli o‘qituvchimiz buning natijasida 3 yil davomida 50% ustama olish huquqini beruvchi "Google for Education level 1 and level 2" o‘quv kurslarini yakunlaganligi va xalqaro imtihonni topshirib, tan olingan "Google Certified" maqomiga ega bo‘ldilar.
Urganch shahar XTB axborot xizmati.
O'qituvchilarning ilg'or tajribasi va faoliyati davomida qo'llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirishning yangi tartibi belgilandi.
Unga ko'ra, endilikda talabgorlarning ilg'or ish tajribalarini o'rganish va ommalashtirish ishlari maxsus platforma orqali amalga oshiriladi.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
Umumta'lim maktablarida Wi-Fi zonalar tashkil qilinmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son Qarori hamda Xalq taʼlimi vazirining 2022 yil 31 maydagi 178-son buyrugʼida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash boʼyicha Xorazm viloyati Urganch shahridagi umumtaʼlim maktablariga Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yoʼriqnoma asosida "O'zbekO'quvAvtomatika" MCHJ tomonidan 4 va 7 talik Wi-Fi jihozlarini oʼrnatish ishlari olib borilmoqda. Wi-Fi jihozlari asosan STEAM xonalari(kimyo, biologiya, fizika, matematika, chet tillari va texnologiya) yonidagi koridor shiftiga belgilangan tartib bo'yicha o'rnatilmoqda.
Reja bo'yicha shahrimizdagi 21 ta maktabda Wi-Fi zona tashkil qilinishi ko'zda tutilgan bo'lib, bugungi kunda 9 ta umumta'lim maktabida jihozlash ishlari yakuniga yetgan. Qolgan maktablarda xam ishlar ketma-ket davom qilmoqda.
Urganch shahar XTB axborot xizmati.
Qadrli o‘quvchilar!
Zamonaviy kasblarni onlayn tarzda hamda o'z ona tilingizda mutlaqo bepul o'rganishni istaysizmi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada sizga yaqindan ko‘mak beradi.
Vazirlikning 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan milliy_talim_resurslar/featured">Milliy taʼlim resurslari Youtube kanalidagi videodarslar yoki Maktab.uz onlayn ta’lim platformasidagi 800 dan ortiq videodarslar bu yo'lda bilimingizni boyitishga yordam beradi.
O‘z yo‘lingizni bugun to‘g‘ri tanlashingiz kelajakdagi muvaffaqiyatingizni ta'minlaydi.
Yurtimiz siz kabi zamonaviy bilimlarga ega yoshlar bilan albatta, taraqqiy topishiga ishonaman!
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova
#Эълон
Таълим муассасаларида қишки таътил 2023 йил 23 январга қадар узайтирилди
Маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг таълим соҳасидаги ваколатларига асосланиб, вилоят ҳудудида совуқ об-ҳаво шароити сақланиб қолаётгани туфайли Хоразм вилоятидаги барча мактабгача таълим муассасалари, умумтаълим мактаблари, Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактаблар, олий ва ўрта махсус ўқув юртларида қишки таътил 2023 йил 23 январга қадар узайтирилди.
Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram
14-январ Ватан ҳимоячилари куни!
🇺🇿 Бугунги Ватан ҳимоячилари куни барча ватанимиз ҳимояси ва ривожида турли хил касбларда хизмат кўрсатаётган Ўзбекистон ўғлонларига муборак бўлсин! Тинчлигимиз абадий бўлсин!
Урганч шаҳар ХТБ ахборот хизмати.
Aziz yurtdoshlar!
Mamlakatimiz va xalqimiz osoyishtaligini himoya qilib, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlayotgan harbiy xizmatchilar!
Sizlarni “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan muborakbod etaman.
Mardlik va matonat, Vatanga sadoqat timsoli bo’lmish ushbu sanada yurtimiz tinchligini himoya qilayotgan Qurolli Kuchlarimiz posbonlariga kuchli iroda, mustahkam sog'liq, omad va baxt yor bo’lishini tilayman!
Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi yo’lida qilayotgan mehnatlaringizni biz yuksak qadrlaymiz.
Oilalaringizdan tinchlik-xotirjamlik arimasin, barcha orzularingiz ro'yobga chiqsin, sharafli kasbingizda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilayman!
Hurmat bilan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova
@H_Umarova_UZEDU
Hurmatli hamkasblar youtubedagi Milliy ta'lim resurslari kanaliga joylashtirib borilayotgan videdarslarning samaradorligini va loyihani o'quvchilarimizga qanchaliq maqulligini aniqlash maqsadida So'rovnoma e'lon qildik.
Barcha o'quvchi yoshlar o'rasida ushbu so'rovnomada qatnashishlarini targ'ibot qilishingizni so'raymiz.
Loyihani yaxshilash uchun o'quvchilarimizning fikrlari biz uchun juda muhim!
Bu murojaatimizga javoban o‘zingiz qalbingizdan, yuragingizdan o‘tkazib, farzandlaringizga bu yil boshqacha yondashib, ularning ta’lim-tarbiyasi uchun sidqidildan qayg‘urasiz degan umiddamiz va biz sizga ishonamiz. Urganch shahrining o‘rni siz bilan birgalikda hamisha oldingi o‘rinlarda bo‘lishiga va respublikamizda, kerak bo‘lsa jahon miqyosida yutuqlarni birgalikda hursandchilik bilan qabul qilishga biz chin dildan harakat qilamiz!
Siz o‘z farzandingizning kelajagiga, uning sifatli ta’lim olib, kelgusida hayotda o‘z o‘rnini topishiga befarq emassiz! Siz farzandingizni oliy ma’lumotli yetuk mutaxassis yoki zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lishlari uchun biz bilan birgalikda qayg‘urasiz!
Biz, Urganch shahri ziyolilari Sizga ishonamiz!
Urganch shahar o‘qituvchi va murabbiylar
Bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarning Urganch shahri aholisiga
M U R O J A A T I
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Tarix zarvaraqlarida qadimiy Gurganj nomi bilan mashhur, buyuk Xorazm vohasining markazi - go‘zal Urganch shahrining asl fuqarolari, hurmatli ota-onalar!
Shukurki, zamonamiz tinch, hayotimiz farovon, ona O‘zbekistonimiz Yangi O‘zbekiston nomi bilan yangi qiyofa va mazmun kasb etmoqda. Shunday dorilomon kunlarda barchamiz davlatimiz rivoji va taraqqiyoti bilan jahon hamjamiyatida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lishida muhim o‘rin egallayotgan bir davrda yashamoqdamiz.
Bu davr bizdan, barchamizdan har qachongidan ham ogoh va hushyor bo‘lishimizni talab etadi. Chunki biz to‘kin-sochin hayot barobarida global muammolar, axborot xurujlari va boshqa ko‘rinishdagi tahdidlar davrini ham boshdan kechiryapmiz.
Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida olib borilayotgan odilona siyosat, barcha sohalarda baravariga keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar insonparvarlik g‘oyalariga singdirilgan. Mamlakatimizda hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida ro‘y berayotgan yangilanish va yuksalish ishlari zamirida avvalo Inson qadri bosh omil ekanligi har birimizning qalbimizga quvonch va faxr tuyg‘ularini singdirish bilan birga mas’uliyat va sergaklik hissini ham orttirib boradi.
Yurtimiz hayotining bundan ham to‘laqonli farovon va osoyishta, kelajagimiz chin ma’noda nurli va xavf-xatarlardan xoli bo‘lishini ta’minlash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchi sanaladi. Shu his tuyg‘uni qalbidan o‘tkazgan har bir insonda o‘z iroda kuchiga, osoyishta kelajagiga ishonchi to‘kis bo‘ladi, albatta! Shunday ekan, ko‘z qarog‘imiz, umidimiz, ishonchimiz, umr yo‘llaridagi davomchimiz deb suyadigan farzandlarimizning buguni, ertangi kuni va kelajagi uchun har lahza va soniyadan unumli foydalanishimiz kerak. Prezidentimiz bu yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nomlashida ham bir hikmat, katta mas’uliyat bor, aslida. Bu ayniqsa, Uchinchi renessans avlodlarini kamol toptirishga bel bog‘lagan bugungi kun pedagoglaridan nihoyatda ahamiyatli va dolzarb vazifalarni muhim topshiriq sifatida amalga oshirishni talab qiladi. Chunki zamonaviy bilimlar bilan qurollangan, metodolik va psixologik yondashuvlarga ega, puxta va teran fikrli pedagoglar xalqimizga xolis xizmat qiladigan, eng muhimi o‘z kelajagini mukammal quruvchisi bo‘lgan vatanparvar, mustaqillik g‘oyalariga sadoqatli, ona yurtini sevadigan, el dardini tushunadigan yosh avlodni voyaga yetkazish va kamol toptirishdek mas’uliyatli ishlarning bajaruvchisidirlar.
Oldimizga qo‘yilgan sharafli maqsad va vazifalarni amalga oshirishda sifatli ta’lim va tarbiya pedagogik faoliyatimizning bosh omili, asl g‘oyasi bo‘lishi lozim. Ulug‘ bobokalonlarni, buyuk allomalarni taqdim etgan, necha ming yillik tarixiy ildizlarga ega yurtning ertangi taqdiri va nurli kelajagi tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Yil nomi bilan bog‘liq belgilangan vazifalar butun kasbiy faoliyatini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etayotgan biz o‘qituvchi va murabbiylar bu qarashlarni ta’lim va tarbiya tizimidagi ijobiy yangilanishlar, katta e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy isboti sifatida qadrlaymiz.
Shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli ta’lim muassasalarida 2860 nafar o‘qituvchi joriy yilda 38590 nafar o‘quvchi-yoshlarga dars saboqlarini berib kelmoqdalar. 2022 yil shahrimiz xalq ta’limi tizimida bir qator muvaffaqiyatlar va ijobiy natijalar yili bo‘ldi. 5 ta muhim tashabbus doirasidagi Respublika tanlovi va bellashuvlarida ko‘p sonli o‘quvchilarimizning qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari, shahardagi 11 ta ta’lim muassasalarining “Zamonaviy maktab” maqomidagi 2- va 3-darajali sertifikatlarga ega bo‘lganliklari kabi yutuqlar bilan faxrlanamiz..
Qishki taʼtil davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini maʼlum qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlariga taʼlim sohasidagi tegishli vakolatlar berilgan.
O'QUVCHILAR HOKIM FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR
O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida” 2022 yil 11 maydagi PQ-241-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida shahrimizdagi 9-son maktab o'quvchilari murabbiylari boshchiligida Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida hokimlik binosiga keldilar.
Ular bilan uchrashuv tashkil etildi. Yoshlarga kelgusida yuqori marralarni egallash uchun hokim tomonidan kerakli ko'rsatma-tavsiyalar berildi. Hokim o'quvchilar bilan bugungi kundagi dolzarb mavzularda yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, sport sohasida yurtdoshlarimizning erishayotgan yutuqlari to'g'risida suhbatlashdilar.
Uchrashuv yakunida Urganch shahar hokimi o'quvchilarga estalik sovg'a sifatida mashhur adiblarning badiiy kitoblarini sovg'a qildi. O'quvchilar sovg'adan juda mamnun bo'lishdi.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Veb-sayt | Instagram | Facebook | Telegram
Urganch shahar 24-sonli maktabning tarix fani o'qituvchilari tomonidan "JALOLIDDIN MANGUBERDI-VATAN QAHRAMONI"mavzusida tadbir o'tkazildi.Tadbirda 7-9-sinf o'quvchilari faol qatnashdilar.
Читать полностью…#URGANCH_SHXTB
#XALQARO_SERTIFIKAT
#GOOGLE_FOR_EDUCATION
#9_MAKTAB
💻 Informatika fani o‘qituvchilarimiz Xalqaro sertifikat olishda davom etishmoqda!
📚 Urganch shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 9-son maktabning informatika fani o'qituvchisi Sapayeva Shoxista GOOGLE FOR EDUCATION xalqaro sertifikatiga ega bo'ldi.
📌2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Prezident Farmoniga ko‘ra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab umumta'lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.
➡️Salohiyatli o‘qituvchimiz buning natijasida 3 yil davomida 50% ustama olish huquqini beruvchi "Google for Education level 1 and level 2" o‘quv kurslarini yakunlaganligi va xalqaro imtihonni topshirib, tan olingan "Google Certified" maqomiga ega bo‘ldi.
Urganch shahar XTB axborot xizmati.
#Ta'ziya
Urganch shahar 22-sonli maktab O'IBDO' lavozimidagi Berdiyev Botir Kariboyevich 2022-yil 11-dekabr kuni 47 yoshida vafot qildi.
Marhum Urganch shahridagi 18-sonli maktabda jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi, keyinchalik 22-sonli maktabda rus tili fani o'qituvchisi, hayotining so'nggi kunigacha 22-sonli umumta'lim maktabida O'IBDO' lavozimida ishladi. U o'zining samarali mehnatlari tufayli shahardagi pedagoglar o'rtasida hurmatga sazavor bo'lgan edi. Berdiyev Botirning turmush o'rtog'i va oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Ustozimizning oxiratlari obod, joylari jannatdan bo'lsin.
Urganch shahar XTB axborot xizmati.
#URGANCH_SHXTB
#XALQARO_SERTIFIKAT
#GOOGLE_FOR_EDUCATION
#1_MAKTAB
🟢 XALQARO SERTIFIKAT SOHIBI!
⚡️BERDIMURATOV UMID - Xorazm viloyati Urganch shahar 1-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
📌2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Prezident Farmoniga ko‘ra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab umumta'lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.
👉 Yuqoridagi farmonga asosan Berdimuratov Umid GOOGLE FOR EDUCATION o‘quv kursini mashg‘ulotlarida faol qatnashib o‘quv kursini yakunlagani haqidagi sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
➡️Salohiyatli o‘qituvchimiz buning natijasida 3 yil davomida 50% ustama olish huquqini beruvchi "Google for Education level 1 and level 2" o‘quv kurslarini yakunlaganligi va xalqaro imtihonni topshirib, tan olingan "Google Certified" maqomiga ega bo‘ldilar.
Urganch shahar XTB axborot xizmati.
➖Мана бу буйруқни ҳам юқоридаги буйруқ билан бирга тарқатсангизлар😊
📝Оммалаштириш ишларининг янги тартиби, бу буйруқда оммалаштиришнинг электрон платформага ўтказиш барча тартиби батафсил, нуқтасидан вергулигача ёзилган.
Республика таълим маркази томонидан бошқарилувчи онлайн оммалаштириш механизми ҳақида ўқиб чиқишингиз мумкин.
Демак, кеча ваъда қилганимиз, Халқ таълими вазирлиги методика йўналишидаги катта ўзгаришлар ҳақидаги юқоридаги иккита буйруқни барча ҳамкасбларингизга етказишингизни сўраймиз, каналимизга аъзо бўлишса ҳали янгиликларимиз кўп😊😊
Аъзо бўлинг:
⬇️⬇️⬇️
Исроил Тиллабоев канали ✅
Каналимизга уланинг👇👇
@DOMLAJON