xalq_talimi | Неотсортированное

Telegram-канал xalq_talimi - Xalq ta'limi

4141

📌 Ta’lim to‘g‘risidagi so‘nggi yangiliklar 📌 Dars ishlanmalar 📌 Video darslar 📌 Testlar 📌 Foto lavhalar 📌 O‘qituvchi faoliyatini ommolashtirish fotolavha joylash tartibi @Fotolavha_joylash Biz bilan bog‘lanish @XT_uz_bot

Подписаться на канал

Xalq ta'limi

Direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi" tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi

❗️2023-yil 1-sentabrdan boshlab:

✔️ Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

✔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat bo‘lgan “Direktorlar kengash”lari tashkil etiladi;

✔️ umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengash”i tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Xalq ta'limi

Сентябрдан бошлаб 10-11-синф ўқувчилари ўзлари ўқимоқчи бўлган фанларни танлаши мумкин бўлади

@xalq_talimi

https://kun.uz/38587563

Читать полностью…

Xalq ta'limi

#live

🔴 Ayni vaqtda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Maktabdan tashqari ta’lim: muammo va yechimlar” mavzusidagi 1-Respublika forumi o‘z ishini boshladi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilatoygan mazkur tadbirdan asosiy maqsad, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari sohasidagi bugungi kun muammolari va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi rahbar va pedagog kadrlarning menejerlik qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir.

📍 Forum doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Durdona Rahimova hamda boshqa mas’ul vazirlik va tashkilotlar vakillarining mavzuga doir chiqishlari o‘rin olgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Xalq ta'limi

Тошкентнинг чеккасидаги мактабда ўқувчини илон тишлаб олди

Воқеа Бектемир туманида, экинзор дала ва канал яқинида жойлашган 348-мактабда рўй берган. Шифохонадаги текширувларда боланинг соғлигига жиддий зиён етмагани аниқлангач, у шу куннинг ўзида дарсларда қатнашган.

👉 https://kun.uz/71765414

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Xalq ta'limi

#Yurist_maslahati

❓Men “Mexanika va matematik modellashtirish, tadqiqotchi, pedagog” yo‘nalishida magistr diplomiga egaman. Mazkur diplom asosida umumta’lim maktabida informatika fanidan dars o‘ta olamanmi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

✅ Vazirlikning 07.12.2019-yildagi 393-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari"ga asosan maktab o‘qituvchisi uchun quyidagi malaka talablari belgilangan:

✔️ Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun - boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganlik;

✔️ Fan o‘qituvchisi uchun - fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi yoxud fan yo‘nalishiga (xususiyatiga) to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va pedagogik faoliyat yuritish huquqi bilan qayta tayyorlov kursini tugatganlik.

❗️Yuqoridagi holatda diplomingizda qayd etilgan “Mexanika va matematik modellashtirish, tadqiqotchi, pedagog” mutaxassisligi tayanch o‘quv rejaga asosan umumta’lim fanlari toifasiga kirmasligi sababli amaldagi mutaxassisligingiz maktablarda tegishli fanlardan dars berish huquqini bermaydi. Maktabda pedagogik faoliyat olib borish uchun o‘rnatilgan tartibda qayta tayyorlov kursini tugatib, tegishli yo‘nalish bo‘yicha diplom olishingiz lozim bo'ladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Xalq ta'limi

“Mahalliy ta’lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE) tashkiloti, UNICEF hamda milliy va xalqaro hamkor tashkilotlar ishtirokidagi “Mahalliy ta’limi guruhi”ning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda GPE tashkilotining Mustaqil texnik maslahat kengashi (ITAP) tomonidan “2023-2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi” (National Compact)da belgilangan vazifalar ijrosi haqida muhim fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi.

“Mahalliy ta’lim guruhi” a’zolari 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan “Milliy yo‘l xaritasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni bajarishga doir hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishishdi.

Batafsil: 👉https://uzedu.uz/uz/news/1045

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Xalq ta'limi

#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Gʻalaba bog‘ida “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘yishdi.

📍 Gʻalaba bog‘ida tashkil etilgan tadbirda vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, ular ham majmua poyiga gullar qo‘yishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Xalq ta'limi

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning sirtqi ta’lim shakliga kamida besh yil pedagogik stajiga ega o’qituvchilar qabul qilinadi

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga faqatgina ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi umumta’lim muassasasi direktorlaridan oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yiliga kirish test imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat qabuli boshlangunga qadar maktabda faoliyat yuritayotgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga tegishli ma’lumotlarni vazirlikning “Yagona elektron tizimi-erp.maktab.uz” dasturiga kiritishlarini so’raydi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Xalq ta'limi

#Xorijiy_hamkorlik
#Germaniya

VAZIRLIK O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH SOHASIDA GERMANIYA BILAN HAMKORLIK QILADI

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxo'jayev, GIZ rahbari Mattias Klingenberg va ikki tomondan mas'ullar ishtirok etishdi.

❗️Uchrashuv doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) o‘rtasida "O‘zbekiston professional ta’lim tizimida islohotlar va zamonaviylashtirish jarayonlarini qo‘llab quvvatlash" loyihasi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida tomonlar jumladan:

▶️ yoshlarni kasb-hunarga o‘qitishda birgalikdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish,
▶️ xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda o‘quv tadbirlarini tashkil etish,
▶️ o‘zaro hamkorlik doirasida axborot texnologiyalari sohasida birgalikda ishlashga kelishib olishdi.

✔️Ma’lumot uchun, O‘zbekiston professional ta’lim tizimida islohotlar va zamonaviylashtirish jarayonlarini qo‘llab quvvatlash loyihasi 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Xalq ta'limi

Педагоглар учун кўпроқ ва чинакам(юзаки эмас) имтиёз берилиши учун курашган депутатларнинг чиқишларидан лавҳа

Батафсил ушбу видеода👇
Видео👉https://youtu.be/oWFuMixvVUM

👉Ойлик маошни ҳисобловчи бот

👉«Ўқитувчи» канали

Читать полностью…

Xalq ta'limi

#ESLATMA

KUNDALIK.COM PLATFORMASI BO'YICHA

1. O'qituvchi darsdan chiqqanidan keyin (dars tugashi shart) dars o'tildi grafasiga belgi qo'yadi (galochka)

2. Darslarga bahoni 1-navbatdagi darslar uchun shu kuni 21:00 gacha, 2-navbatdagi darslar uchun ertasiga 13:00 gacha qo'yilishi kerak.

3. Baholashda sinfdagi o'quvchilarning kamida 30 foizi (uchdan bir qismi) baholanishi kerak.

4. Xalq ta'limi vazirligining 2022-yil 24-iyundagi 205-son buyrug'i bilan tasdiqlangan ko'rsatma 11-bandiga muvofiq "Kundalik" elektron jurnalga o'z vaqtida belgilarning qo'yilmasligi o'qituvchi dars o'tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun ish haqi to'lanmaydi.

5. 2023-yil 15-apreldan boshlab qo'yilgan baholarni tahrirlash (o'zgartirish) faqat baho qo'yilganidan keyin 72 soat ichida ruxsat etiladi. Keyin baholar muzlatiladi.

Asosiy ish hujjati bo'lgan "Kundalik" elektron jurnalini o'z vaqtida va aniq to'ldirib borish zarurligini eslatib o'tamiz!


каналга уланиш👇👇👇
/channel/xalq_talimi

Читать полностью…

Xalq ta'limi

🤩May oyidan boshlab pedagog xodimlar qancha oylik oladi🤩

😅2023-yilning 1-may oyidan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.

🤓May oyidan oshirilgan oyliklar boʻyicha hisoblanganda pedagog xodimlar quyidagicha oylik oladilar:

🤣Mutaxassis — 2 755 655 soʻm (+180 276 soʻm)
🤣Oliy toifa — 3 798 940 soʻm (+ 248 529 soʻm)
🤣Birinchi toifa — 3 437 739 soʻm (+224 899) soʻm)
🤣Ikkinchi toifa — 3 085 098 soʻm (+ 201 829 soʻm)
🤣Oʻrta maxsus maʼlumotli — 2 575 883 soʻm (+168 516 soʻm)

➡️ May oyidan qancha maosh olishingizni hisoblash

➡️ Mehnat ta'tili yani (otpusknoy) pulini hisoblash

каналга уланиш👇👇👇
/channel/xalq_talimi

Читать полностью…

Xalq ta'limi

Bugun men ham farzandlarim bilan Vatanimiz kelajagi va faravonligi uchun o‘z munosabatimni bildirish maqsadida erta tongdan mamlakatimizning muhim siyosiy tadbirida qatnashdim.

Yangilanayotgan Bosh qomusimizning muhim ahamiyatlaridan biri, bu albatta, alohida moddalar bilan ustoz va o‘qituvchilarimizning sha’ni, qadr-qimmatining mustahkamlanib qo‘yilayotganligidir. Bu o‘zgarish sohadagi barcha fidoyi insonlar uchun juda muhim ekanligini shu tizim yetakchisi sifatida yurakdan his qilib turibman.

Referendum tadbirida qatnashayotgan ustozlar bilan uchrashuv jarayonida ushbu muhim va kelajagimiz uchun dolzarb siyosiy jarayonlar, uning o‘qituvchilar faoliyatidagi ahamiyati haqida ham suhbatlashdik.

Men ishonamanki, yangilanayotgan Konstitutsiya jamiyatimiz rivoji hamda odamlarimiz turmush darajasini yanada oshirishda katta o‘rin tutadi.

Читать полностью…

Xalq ta'limi

Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон халқини Рамазон ҳайити билан табриклади

Ўтган давр мобайнида эришилган барча ютуқлар, жумладан, виждон ва эътиқод эркинлигини таъминлаш борасидаги ижобий ўзгаришларни ҳар томонлама мустаҳкамлаб бориш давр талаби экани таъкидланган.

👉 https://kun.uz/96129836

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Xalq ta'limi

Рамазон ҳайити муносабати билан ўзбекистонликлар камида кетма-кет уч кун дам олади

Бугун, 20 апрел куни ходимлар одатий иш кунидан бир соат эртароқ кетиши мумкин. Шунингдек, кун давомида президентнинг «Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида»ги қарори эълон қилиниши кутилмоқда. Унда дам олиш кунларига ҳам аниқлик киритилади.

👉 https://kun.uz/91212849

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Xalq ta'limi

ОТМларга қабул қачондан бошланиши маълум қилинди

ОТМларнинг бакалавриат босқичига бу йилги қабул 20 июндан бошланиб 20 июлгача давом этади.

👉 https://kun.uz/56687680

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Xalq ta'limi

⚡️ O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk marotaba oflayn tarzda Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etishmoqda

🔴 Ayni damda 8 nafar o'zbekistonlik o'quvchilar Mongoliyada o‘tkaziladigan Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etishmoqda.

Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:

🔹Javohir Sultonov — Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
🔹Jasurbek G‘ulomjonov — Namangan viloyati, Chust tumani, 71-maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
🔹Nozimaxon Quvondiqova — Xorazm viloyati, Xazorasp tumani, To‘lqin FM NTM, 11-sinf o‘quvchisi;
🔹 Jaloliddin Boymahammadov — Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
🔹Xurshid Rustamov — Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
🔹Mirshod Rajabov — Buxoro viloyati, Vobkent tumani, ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
🔹Azizbek Eshmo‘minov — Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani 12-IMI, 11-sinf o‘quvchisi;
🔹Javohir Sadullayev — Nukus shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi.

✔️Ma'lumot uchun, mazkur olimpiadada eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar ishtirokchimiz 53-Xalqaro fizika olimpiadasida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

❗️Joriy yilda 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)ga Yaponiya davlati mezbonlik qiladi, unda 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Olimpiadada ishtirok etayotgan barcha o'quvchilarimizga omad tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Xalq ta'limi

O‘zbekistonda xalqaro standartlar asosida 15 ta maktab qurish bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan o‘zaro kelishuvga erishildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga asosan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 2022 — 2024-yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning sohalar kesimidagi “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.

❗️ Mazkur “Yo‘l xaritasi”ning tegishli bandlariga asosan, mas’ul vazirlik va idoralar oldiga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko‘magida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida umumta’lim maktablarini xalqaro standartlar asosida rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab berilgan.

Bugun Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishida mazkur loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda YETTB o‘rtasida mazkur loyihalar ijrosiga doir uch tomonlama Texnik yordam berish shartnomasi imzolandi.

Qayd etish lozimki, bu boradagi o‘zaro hamkorlik ishlari 2021-yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida boshlangan edi. Hamkorlik doirasida respublika hududlarida bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklik asosida yangi davlat umumta’lim maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi, ularga xususiy sheriklar tomonidan xizmat ko‘rsatilishi va ta’mirlanishi hamda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan davlat umumta’lim maktablarini rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha binolar qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

✔️ Jarayonning dastlabki bosqichi sifatida Yevropa rivojlanish va taraqqiyot banki mutaxassislari tomonidan grant olish va maslahatchilarni yollash bo‘yicha ichki tahlillar o‘tkazildi hamda mamlakatimizning Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi 15 ta maktab loyihaga qamrab olindi. Loyihaning kapital qiymati 55-75 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Читать полностью…

Xalq ta'limi

😂😃😄😁😆🥹😅😂🥲
Мактабларда "Сўнгги қўнғироқ" тадбирларини ўтказиш бўйича тавсиялар ишлаб чиқилди

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан “Умумий ўрта таълим муассасаларида 2022-2023 ўқув йилини якунлаш ва “Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини ўтказиш бўйича тавсиялар” ишлаб чиқилди.

👉 https://kun.uz/71114800

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Xalq ta'limi

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqildi

Joriy yil umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra:

🔔 umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 2023-yil 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi;

🔔 tadbirga maktabdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;

🔔 mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish va boshqa zarur choralarni ko‘rish ta’minlanadi;

Shuningdek, tadbir davomida:

🔔 maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi;

🔔 2022-2023-o‘quv yili davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanadi;

🔔 faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi.

2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

🔔 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish;

🔔 umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni o‘tkazish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini so‘rab qoladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Xalq ta'limi

Калтакланган ўқитувчи, «травма» олган болалар, бефарқ раҳбарият – Чилонзордаги мактабда нима бўлди?

Чилонзор туманидаги мактаблардан бирида бошланғич синф ўқитувчиси ўқувчининг онаси томонидан калтакланди. Ҳолатга болаларнинг ўзаро жанжали ва таълим муассасасидаги йиғ-йиғлар сабаб бўлгани айтилмоқда. Kun.uz вазиятни ўрганиш мақсадида воқеа гувоҳлари, ўқувчининг онаси ҳамда калтакланган педагог билан суҳбатлашди.

📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ

Читать полностью…

Xalq ta'limi

9-may-Xotira va qadrlash kuni.

Vatan tinchligi va kelajak avlodning nurli istiqboli yo'lida jon fido qilgan qahramonlar jasorati va porloq xotirasi hamisha qalblarimizda yashaydi.

Qadrli hamyurtlar!

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan siz azizlarga, qadrli urush va mehnat faxriylariga mustahkam sog’liq, oilaviy xotirjamlik, dasturxonlaringizga to’kinlik hamda barcha ezgu niyatlaringizning ijobatini tilaymiz.

Mamlakat taraqqiyoti yo’lidagi xizmatlaringizda zafar hamisha yor bo’lsin!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Xalq ta'limi

📹 Deputatlar: O'qituvchilarga imtiyozni yaxshirog'ini berish kerak!

каналга уланиш👇👇👇
/channel/xalq_talimi

Читать полностью…

Xalq ta'limi

Ўқитувчилар ҳақидаги қонун лойиҳаси ниҳоят кун тартибига қайтди. Лойиҳа “қайчиланган” бўлиши мумкин

Педагогларга 5 йил эртароқ пенсияга чиқиш ҳуқуқини бериш, уларнинг уй-жой ва автомобил сотиб олишга сарфлаган даромадларини солиқдан озод қилиш, йилда бир марта соғлигини тиклаши учун базавий маошига тенг миқдорда моддий ёрдам бериш каби таклифлар лойиҳадан чиқариб ташланган бўлиши мумкин.

👉 https://kun.uz/68604877

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Xalq ta'limi

​​🟨🟨🟨🟨🟨

⚡️«Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida»gi qonun maʼqullandi

2023-yil 1-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzXDP fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda bir qator qonun loyihalari birinchi va ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Yigʻilishda «Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ham atroflicha koʻrib chiqilib, maʼqullandi. Demak, tez orada mazkur qonun rasman kuchga kiradi.

➡️ May oyidan qancha maosh olishingizni hisoblash

➡️ Mehnat ta'tili yani (otpusknoy) pulini hisoblash

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇

👉
@oqituvchi_ga
👉
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_

Читать полностью…

Xalq ta'limi

⚡️Pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish ham 2024-yil 1-yanvardan boshlanadi.

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari maʼlum qildi.

➡️@Oylik_hisoblaydigan_bot

каналга уланиш👇👇👇
/channel/xalq_talimi

Читать полностью…

Xalq ta'limi

⚡️Maktabda sinflar soniga koʻra rahbar xodimlarning shtat birligi qay tartibda belgilanadi?

✅Sinf komlektlar soniga qarab maktablarda rahbar xodimlar shtat birligi quyidagi tartibda belgilanadi:

Sinf komplektlari soni 8 va undan ortik yoki oʻquvchilar soni 240 nafardan ortiq boʻlgan boshlangʻich maktablarda direktor lavozimi kiritiladi.

✅Direktorning maʼnaviy- maʼrifiy ishlari buyicha urinbosari:
👉6 tagacha sinf uchun – shtat birligi ajratilmaydi.
👉7-10 tagacha sinf uchun – 0.5 shtat
👉11-22 tagacha sinf uchun – 1 shtat
👉23-29 tagacha sinf uchun – 1.5 shtat

✅Direktorning oʻquv ishlari buyicha urinbosari:
👉6 tagacha sinf uchun – shtat birligi ajratilmaydi.
👉7-10 tagacha sinf uchun – 0.5 shtat
👉11-22 tagacha sinf uchun – 1 shtat
👉23-29 tagacha sinf uchun – 1.5 shtat

✅Sinf komplektlari yuqori boʻlgan taqdirda direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari va direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari qoʻshimcha ravishda quyidagi miqdorlarda kiritiladi:
👉40-49 sinf komplektlari boʻlganda – 0,5 birlikdan;
👉50 va undan ortiq sinf komplektlari boʻlganda – 1,0 birlikdan ajratiladi.

✅Direktorning hoʻjalik ishlari buyicha urinbosari:
👉6-16 tagacha sinf uchun – shtat birligi ajratilmaydi.
👉17-30 tagacha sinf uchun – 1 shtat
❗️Bunda:
👉6-10 tagacha sinf uchun 0.5 shtat birlikda hoʻjalik mudiri lavozimi kiritiladi.
👉11-16 tagacha sinf uchun 1 shtat birlikda hoʻjalik mudiri lavozimi kiritiladi.

✅Psixolog lavozimi:
👉500 nafargacha boʻlganda 1,0 birlikdan;
👉500 nafardan 1000 nafargacha boʻlganda 1,5 birlikdan;
👉1000 nafardan 1500 nafargacha boʻlganda 2,0 birlikdan;
👉1500 nafardan 2000 nafargacha boʻlganda 2,5 birlikdan;
👉2000 nafar va undan ortiq boʻlganda 3,0 birlikdan.

✅CHQBT rahbari:
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari - Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari lavozimi maktabdagi mavjud 10-11-sinflar sonidan kelib chiqib, quyidagi miqdorlarda kiritiladi:

👉10 tagacha sinf komplektlari boʻlganda 1,0 birlikdan;
👉11-15 sinf komplektlari boʻlganda 1,5 birlikdan;
👉16 va undan ortiq sinf komplektlari boʻlganda 2,0 birlikdan ajratiladi. Bunda ushbu lavozim majburiyatlari tarkibiga haftalik 10 soatgacha ushbu fan boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish kiritiladi.

✅Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi:
👉6-30 va undan ortiq sinflar uchun ham 0.5 shtat birlik ajratiladi.

Asos: Xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 406-son va 2021-yil 16-avgustdagi 265-son buyrugʻi.

👉 May oyidan qancha maosh olishingizni hisoblash

👉 Mehnat ta'tili yani (otpusknoy) pulini hisoblash

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇

👉
@oqituvchi_ga
👉
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_

Читать полностью…

Xalq ta'limi

Ўйинлар ичидаги “Президент совғаси” — вазирликнинг 13,5 млрд сўмга қиммат шубҳали хариди

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳузуридаги “Таъминот ва логистика хизмати” ДУК ўқув қуроллари хариди учун 12 та тендер ўтказди. Уларнинг 4 тасини ёғоч ва қурилиш материаллари улгуржи савдоси билан шуғулланувчи фирма, биттасини фаолият тури автомашиналарни ювиш бўлган фирма ютиб олган. Ғолиб фирмалар билан миллиардлаб сўм қиммат нархларда шартнома имзоланган. Бу коррупцион схема бўлиши мумкин.

👉 https://kun.uz/04073628

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Xalq ta'limi

24 апрел куни ҳам дам олиш куни бўлади

Президент қарорига кўра, ўзбекистонликларга Рамазон ҳайити муносабати билан қўшимча дам олиш куни берилди. Эндиликда кетма-кет 4 кун дам олиш кунлари бўлади.

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Xalq ta'limi

Рамазон ҳайити намози вақтлари эълон қилинди

21 апрель, жума куни Рамазон ҳайити намози Тошкент вақти билан соат 06:00 да, бошқа вилоятларда намоз вақтидаги тафовутни инобатга олиб ўқилади.

👉 https://kun.uz/24503993

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…
Подписаться на канал