xalq_artistlari | Неотсортированное

Telegram-канал xalq_artistlari - Xalq artistlari klubi

175

Подписаться на канал

Xalq artistlari klubi

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ғуломжон Ёқубовни «Буюк хизматлари учун» ордени билан мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении Гуломжона Якубова орденом «Буюк хизматлари учун»"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

https://uza.uz/uz/posts/milliy-qoshiqchilik-sanati-yolidagi-fidokorona-izhodning-yuksak-etirofi_693370

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

Ta’ziya

“O‘zbekiston xalq artisti” teatr va kino aktrisasi Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi.

U ko‘p yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ham ijro etgan.

U o‘zining yorqin va mazmunli rollari orqali tomoshabinlar qalbidan o‘rin olgan.

Shafoat Rahmatullayeva teatr va kino sanʼatini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi.

Madaniyat vazirligi jamoasi Shafoat Rahmatullayevaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

#fotoreportaj #Yalla

⚡Afsonaviy "Yalla" ansambli va
O'zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov tataristonlik muxlislariga o'zining eng sara asarlarini taqdim qildi.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati

✅ Telegram 🌐 Instagram
🌐Website 🌐 Facebook

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿 🇷🇺

⚡️ Rossiya Federatsiyasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning bo'lib o'tishi haqida xabar berilgan edi.

Bugun, 18-noyabr kuni Moskva shahridagi Kreml davlat saroyida madaniyat kunlari doirasida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan “Vecher zvyozd Uzbekistana” nomli o‘zbek san’ati ustalari ishtirokidagi konsert dasturining tayyorgarlik jarayonlari olib borildi.

Eslatib o'tamiz, konsertda O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Farrux Zokirov, Ramiz Usmonov, Gulsanam Mamazoitova, Oygul Nodirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ozoda Nursaidova va Ilyos Arabov, opera xonandasi Shirin Mamatova, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri hamda Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli ishtirok etadi.

☑️Ma'lumot o'rnida, konsert dasturi 19-noyabr kuni (Moskva vaqti bilan) soat 19:00da Moskva shahridagi Kreml davlat saroyida bo'lib o'tadi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

#Xushxabar

⚡️ Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zbekistonlik san'atkorlar Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.

Har ikki ijrochi o‘zbek va rus madaniyatini yaqinlashtirish va boyitishga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Ma'lumot o'rnida, “Do‘stlik” ordeni 1994-yil bahorida ta’sis etilgan bo'lib, u Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

Бугун, 15 ноябрь — Ўзбекистон халқ артисти Насиба Абдуллаева туғилган кун!

“Ўзбекистон халқ артистлари клуби"нинг барча аъзолари соҳир овоз соҳибаси, латофатли Насибахоним Абдуллаевани туғилган куни билан самимий табриклайди.

Ўзбек миллий маданияти ва санъатини ривожлантириш ҳамда уни дунё бўйлаб тарғиб қилиш йўлида амалга ошираётган ижодий изланишларингизда сизга доимо муваффақиятлар ёр бўлсин.

Ижодий фаолиятингиз ва дилрабо қўшиқларингиз ҳамиша мухлислар қалбига хушнудлик улашаверсин.

Сизга узоқ умр, мустаҳкам соғлик, бахт-саодат ва оилавий хотиржамлик тилаймиз.

Туғилган кунингиз муборак бўлсин!

👉 Каналга уланиш: @xalq_artistlari

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

Xushxabar! O‘zbekiston xalq artistlariga yuksak unvonlar topshirildi

O‘zbekiston xalq artistlari G‘ofurjon va G‘ulomjon Eshchanovlar yangi unvon bilan taqdirlandilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisining qaroriga asosan, O‘zbek milliy maqom san'ati markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘limining badiiy rahbari Eshchanov G‘ofurjon Muhammedovich va oliy toifali maqom ijrochisi Eshchanov G‘ulomjon "Qoraqalpog‘iston xalq artisti" unvoni bilan taqdirlandilar.

Unvonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxon Xudayberganov hamda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov topshirdilar.

Ma’lumot uchun, aka-uka G‘ofurjon va G‘ulomjon Eshchanovlar 2012-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lganlar. Ular o‘zining betakror ijro mahorati bilan nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham maqom san'atini targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.


Telegram I Instagram | Facebook  I maqommarkazi?si=Ll_maWRixuU9JElt">YouTube

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Har birimiz hayotda qanday natija va marralarga erishgan bo‘lsak, shubhasiz, bunda sizlarning hissangiz beqiyos. Bolalagimizdan qalbimizni ilm-ma’rifat nuri bilan yoritib, Vatanni sevishga, uni ardoqlashga o‘rgatganingiz, dunyoni anglab, jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishimizga ko‘maklashganingiz uchun oldingizda doimo bosh egib, chin dildan ta’zim qilamiz.

Sizlarga har qancha hurmat-ehtirom ko‘rsatsak, sha’ningizga har qancha tahsinlar aytsak arziydi.

Bugun turli tahdidlar kuchaygan, shiddatli va murakkab zamonda yashayapmiz. Mana shunday sharoitda qanday yo‘l tutsak to‘g‘ri bo‘ladi? Qanday qilsak ko‘zlagan maqsadlarimizga erishamiz? Bu kabi savollarga Davlatimiz rahbarining “najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” degan so‘zlari aniq-tiniq javob bo‘la oladi. Bizning yo‘limiz shu!

Kecha ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan muloqotda ushbu ezgu da’vat yana bir karra yangradi. O‘z navbatida, Prezidentimiz ko‘zlagan maqsadlarimizga yetish uchun xalqimiz, avvalo, yoshlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirish shartligini ta’kidlab, bu yo‘lda birinchi navbatda siz, ustoz va murabbiylarning tajribangizga, mahoratingizga va insoniy fazilatlaringizga tayanishlarini ta’kidladilar. Bu juda katta ishonch. Mana shu ishonchni oqlash yo‘lida barchangizga kuch-quvvat va muvaffaqiyat tilayman.

Baxtimizga hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

🎼 88-konsert mavsumi ochilishi hamda munosiblarni taqdirlash marosimiga bo'lib o'tadi!

✅ O'zbekiston davlat filarmoniyasi konsertlarining yangi mavsumiga start berilmoqda.

⏩ Joriy yilning 17-sentyabr kuni soat 19:00da poytaxtimizning "Xalqlar do'stligi" san'at saroyida O'zbekiston davlat filarmoniyasining barcha ijodiy jamoalari ishtirokida konsertlar mavsumining unutilmas ochilishi hamda munosib ijodkorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

⏩ Unda dilga yaqin qo'shiqlar va betakror raqslar, jahon hamda o'zbek klassik musiqalari ijro etiladi, shuningdek, samarali mehnat qilayotgan filarmoniya ijodkorlarini taqdirlash jarayonlari tashkil etiladi!

O'zbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati

#filarmoniyataqdimot
#filarmoniya88mavsum
#filarmoniya2024

✅️Telegram|🌐Instagram|
🌐 Facebook|🌐 Website

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

#Xushxabar

🇺🇿 🇰🇿 O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Qozog‘iston Respublikasining ikkinchi darajali "Dostiq" ("Do‘stlik") ordeni bilan taqdirlandi.

Mukofotni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev nomidan ushbu mamlakatning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov topshirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

Ta'ziya

O’zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi.


Bobomurod Hamdamov o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san'atining rivojlanishida salmoqli hissa qo'shib, o'nlab o‘lmas asarlar yaratdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Ayniqsa uning "Sulton Jaloliddin", "Kim ekan", "Devona", "Galdimu","Sog'indim" kabi ko'plab qo‘shiqlari keng ommalashib, xalq qalbida munosib o’rin egalladi.

Bobomurod Hamdamov buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning munosib izdoshi edi. Uning qoʻshiqlari va ijodi oʻzbek sanʼatining "Oltin fondi"ga kiritilgan. Ustoz san'atkorning yorqin xotirasi muxlislar qalbida abadiy yashaydi.

"O'zbekiston xalq artislari klubi"ning barcha a'zolari ustoz san'atkorning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Kanalga obuna bo'lish: @xalq_artistlari

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 33-й годовщине независимости Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

Президент Шавкат Мирзиёев давлат мукофотларини тантанали равишда топширди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

❇️ Бугун, 1 март — Ўзбекистон ва Қорақалпоғистон халқ артисти Ғуломжон Ёқубовнинг туғилган куни.

✳️ Ҳурматли Ғуломжон Ёқубов, Сиз самарали ижодингиз билан ўзбек маданияти ва санъатини ривожлантиришга муносиб ҳисса қўшдингиз.

Шунингдек, фаолиятингиз мобайнида жаҳоннинг кўплаб давлатларида юртимиз, санъатимиз, қадриятларимиз ва миллий анъаналаримизни тарғиб қилиб, мусиқа ихлосмандларини ўзбекона оҳанглардан баҳраманд қилдингиз.

Йиллар давомида куйланган қўшиқларингиз эса барча мухлислар қалбидан чуқур жой эгаллади. Бугун ҳам сиз ардоқли санъаткор сифатида жўшқин ижод билан халқимизни хурсанд қилиб келмоқдасиз. Мана шу фаолликка ҳеч қачон кўз тегмасин.  

“Ўзбекистон халқ артистлари клуби”нинг барча аъзолари Сизни муборак 75 ёшни қарши олганингиз ҳамда куни кеча Ўзбекистон Республикаси Президенти фармонига асосан "Буюк хизматлари учун" орденига сазовор бўлганингиз билан самимий табриклайди.

Сизга узоқ умр, мустаҳкам соғлиқ ва оилавий хотиржамлик тилаймиз. 
Туғилган кунингиз муборак бўлсин!

👉 Каналга обуна бўлиш: @xalq_artistlari

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

⚡️ 75 yosh tavallud sanasini nishonlayotgan Gʻulomjon Yoqubov "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi

Poytaxtimizdagi "Xalqlar do‘stligi" san’at saroyida xonanda, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Gʻulomjon Yoqubov tavallud sanasi munosabati bilan katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. 

Musiqiy oqshomda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston xalq artisti Gʻulomjon Yoqubovni mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonini  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

Unga ko‘ra, Gʻulomjon Yoqubov milliy qo‘shiqchilik san’atimizni rivojlantirish borasidagi xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva mukofotni san’atkorga topshirdi.

Ma’lumot uchun, Gʻulomjon Yoqubov 60 yildan buyon san’at yo‘lida xizmat qilib kelmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

#Xushxabar

⚡️ Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni “Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirladi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/30205

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

Bugun, 26 noyabr — O'zbekiston qahramoni, O'zbekiston xalq artisti Munojat Yo'lchiyeva tug'ilgan kun.

“O'zbekiston xalq artistlari klubi” nomidan ustoz san'atkor Munojatxonim Yo'lchiyevani tug'ilgan kuni bilan samimiy tabriklaymiz.
Sizning madaniyatimiz va san'atimizni rivojlantirish, milliy musiqamizning bebaho boyligi bo'lgan maqom san'ati merosini avloddan-avlodga yetkazish, uni nafaqat yurtimizda, balki dunyo bo'ylab targ'ib qilish yo'lidagi fidokorona xizmatlaringiz tahsinga sazovor.
Bu yo'ldagi faol ijodiy izlanishlaringiz va samarali faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Doimo sog'-salomat bo'ling, baxt-saodat va oilaviy xotirjamlik hamisha ko'nglingizni to'ldirib tursin.
Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!

Kanalga ulanish 👉 /channel/xalq_artistlari

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

📣 Diqqat, diqqat!

⚡️ Moskva shahrida “Vecher zvyozd Uzbekistana” nomli o‘zbek san’ati ustalari ishtirokida konsert dasturi bo'lib o'tadi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning namoyishi o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, 19-noyabr kuni soat 19:00da Moskva shahridagi Kreml davlat saroyida “Vecher zvyozd Uzbekistana” nomli o‘zbek san’ati ustalari ishtirokida konsert dasturi namoyishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Farrux Zokirov, Ramiz Usmonov, Gulsanam Mamazoitova, Oygul Nodirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ozoda Nursaidova va Ilyos Arabov, opera xonandasi Shirin Mamatova, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri hamda Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli ishtirok etadi.

Konsertga kirish uchun chiptalarni quyidagi saytdan olish mumkin: www.kremlinpalace.org

⭐️ Barchani unutilmas konsert dasturiga taklif etamiz!



📣 Внимание, внимание!

⚡️ В Москве пройдет концертная программа с участием артистов узбекского искусства «Вечер звёзд Узбекистана»

Министерство культуры Республики Узбекистан проведет «Дней культуры Узбекистана» в Российской Федерации.

В связи с этим, 19 ноября в 19:00 в Государственном Кремлевском Дворце в Москве запланирована концертная программа с участием узбекских артистов «Вечер звёзд Узбекистана», в которой выступят Герой Узбекистана, народная артистка РУз Муножат Юлчиева, народные артисты РУз Озодбек Назарбеков, Фаррух Закиров, Рамиз Усманов, Гулсанам Мамазоитова, Айгул Нодирова, заслуженные артисты РУз Озода Нурсаидова и Илёс Арабов, а также исполнитель Ширин Маматова, Государственный симфонический оркестр Узбекистана под руководством народного артиста Узбекистана Камолиддина Уринбоева и государственный ансамбль танца «Бахор» имени Мукаррамы Тургунбоевой.

Билеты на концерт можно приобрести на сайте: www.kremlinpalace.org.

⭐️ Приглашаем всех на эту концертную программу!

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

#Xushxabar

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Qahramoni, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori Munojot Yo‘lchiyeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib tayinlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

❇️ O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatovning yubiley konserti bo‘lib o‘tdi.

✅ “Turkiston” san‘at saroyida O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov tavalludining
70 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan tantanali marosim tashkil etildi.

⏩ Marosim avvalida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov so‘zga chiqib, Mansur Toshmatovning madaniyat sohasidagi qariyb 50 yilga yaqin samarali va jo‘shqin ijodiy mehnat faoliyatini yuksak e’tirof etib, ijodkorni san’atimizning haqiqiy fenomenlaridan biriga aylanganini alohida ta‘kidladi. Shuningdek, ustoz san’atkorni vazirlik jamoasi nomidan samimiy tabriklab, o‘zbek madaniyati va san’atini rivojlantirish, ustoz-shogird an’analarini munosib davom ettirish, shuningdek, iste’dodli yoshlarni kashf etish yo‘lidagi samarali faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

⏩ Marosimda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari
Q. Yuldashev ham so‘zga chiqib, ustoz san‘atkorni Filarmoniya rahbariyati va butun ijodiy jamoalari nomidan samimiy tabrikladi va tizimdagi ko‘p yillik faol mehnatlari uchun minnatdorlik bildirib, esdalik sovg‘alar taqdim etdi.

✅ Bundan tashqari Mansur Toshmatovga Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Botir Zokirov nomidagi milliy estrada instituti jamoalari nomidan ham yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

⏩ Yubiley konsert dasturida O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, Nasiba Abdullayeva, Ramiz Usmonov, xonandalar Ziyod Eshonxo‘jayev, “Dutorchilar”, “Navbahor”, “Tomosha” bolalar ansambllari, “O‘zbekiston solistlari” va Davlat Jaz orkestrlari, “Sharq” estrada guruhi ishtirok etishib, ustoz san’atkorning ijodiy faoliyatini e‘tirof etishib, o‘z musiqiy chiqishlari bilan tomoshabinlarga xushkayfiyat ulashishdi.

✅ Ma’lumki, Mansur Toshmatov keng diapazonli, jozibali ovozi va o‘z ijodi bilan nafaqat yurtimiz balki xorijiy mamlakatlar san’at shinavandalari orasida ham ko‘plab muxlislar orttirib, chuqur hurmatga sazovor bo‘lgan.

⏩ Shu bois ushbu konsertda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Natalya Nurmuhamedova (Rossiya Federatsiyasi), xalqaro tanlovlar sovrindori Gocha Siradze (Gruziya), Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Janargul Arinbasarova (Qozog‘iston) kabi xorijiy mehmon san’atkorlar ham qatnashishib, o‘z qo‘shiqlari va chiqishlari bilan san’atimiz darg‘asiga tabriklarini izhor etishdi.

⏩ Nihoyatda samimiy va zavqli o‘tgan mazkur konsert dasturidagi har bir chiqishlar Mansur Toshmatov ijodiy faoliyati bilan bevosita chambarchas holatda uyg‘unlashgani e‘tiborga sazovor bo‘ldi. Bunda hattoki sirk ustalarining ham sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga estrada-sirk san‘atining namunalari sifatida taassurotlar baxsh etdi.

✅ Juda yuqori atmosferada yakuniga yetgan tantanali marosimda Mansur Toshmatov “Mening yo‘lim” qo‘shig‘ini kuyladi va bu san‘at yo‘lining yana davom etishini alohida ta‘kidladi. Darhaqiqat, hali san‘atimiz darg‘asi o‘z ijodi bilan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab madaniy loyihalarni amalga oshirishga bosh-qosh bo‘ladi. Shuningdek, u tarbiyalagan shogirdlar kelgusida Mansur Toshmatov ijodiy maktabining munosib davomchilari sifatida yurtimiz san’atini jahonaro keng namoyon qilib, katta-katta yutuqlar bilan yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lishadi.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati

Telegram 🌐 Instagram
🌐Website 🌐 Facebook

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

✅ Бугун, 25 октябрь — Ўзбекистон халқ артисти Хайрулла Лутфуллаев туғилган кун.

“Ўзбекистон халқ артистлари клуби” номидан устоз санъаткорни туғилган куни билан самимий табриклаймиз.
Сиз ўз ижодингиз билан нафақат миллий-мумтоз қўшиқчилик санъатини ривожлантириш, балки уни бутун дунё бўйлаб тарғиб қилишга ҳам муносиб ҳисса қўшгансиз. Бугун ҳам кўнгиллардан жой оладиган қўшиқлар куйлаш билан бирга, кўплаб ёшларга санъат сирларини ўргатиб келмоқдасиз. Мана шу жўшқин ижодий фаолиятингизга ҳамиша муваффақиятлар ҳамроҳ бўлсин! Меҳнатларингиз доимо муносиб эътирофларга сазовор бўлаверсин!
Сизга узоқ умр, сиҳат-саломатлик, хонадонингизга эса тинчлик-хотиржамлик тилаймиз.
Туғилган кунингиз муборак бўлсин!

👉 Каналга обуна бўлиш: @xalq_artistlari

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

✅ Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz ustoz va murabbiylar!

1 oktabr - “O'qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarni, shuningdek, O'zbekiston xalq artistlari klubi jamoasidagi barcha ustozlarni, soha xodimlarini samimiy muborakbod etamiz.

Kelajak avlodlarga ilm berish, ularning iqtidorlarini yuzaga chiqarish yo'lidagi mehnatlaringiz hamisha yuksak e'tiroflarga sazovor bo'laversin!

Sizlarga sog'lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va kasbiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Каналга обуна бўлиш: @xalq_artistlari

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

✅ Бугун, 14 сентябрь — Ўзбекистон халқ артисти Мансур Тошматов туғилган кун.

Ҳурматли Мансур Ғаниевич!

“Ўзбекистон халқ артистлари клуби”нинг барча аъзолари Сизни қутлуғ 70 ёшга тўлишингиз муносабати билан самимий табриклайди.


Сиз ўз ижодингиз билан нафақат юртимиз балки хорижий мамлакатлар санъат шинавандалари орасида ҳам мухлислар орттиргансиз. Шунингдек, бугун эстрада санъати йўлидаги бой тажрибангиз билан кўплаб шогирдларга устозлик ҳам қиляпсиз. Мана шу жўшқин ижодий фаолиятингизга ҳамиша муваффақиятлар ҳамроҳ бўлсин!

Мухлисларга манзур қўшиқлар куйлашдан ҳеч қачон чарчаманг. Сизга хайрли ва барокатли умр, мустаҳкам соғлик, бахту-саодат, хонадонингизга эса тинчлик-хотиржамлик тилаймиз.

Туғилган кунингиз муборак бўлсин!

Каналга обуна бўлиш: @xalq_artistlari

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

#Xushxabar

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qirg‘iz Respublikasining madaniyat va san’at sohalari vakillaridan bir guruhiga faxriy unvonlar berish to‘g‘risida"gi Farmoniga ko'ra,

"O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoni bilan - Omurbayev Nur Santashevich - T.Satilganov nomidagi Qirg‘iz milliy filarmoniyasining estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijori;

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni bilan - Duyshenbek uulu Zakirbek - Qirg‘iz Respublikasidagi erkin ijodkor, komuz sozandasi taqdirlandi.
_______________________

🇰🇬 Qirg'iz Respublikasi Prezidentining "Qirg‘iz Respublikasi faxriy unvonlarini berish to‘g‘risida"gi Farmoniga ko'ra,

"Qirg‘iz Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoni bilan - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov;

"Qirg‘iz Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni bilan - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “An’anaviy maqom ijrochiligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Farangiz Mahmudova taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

Sanʼatimizning yana bir azim chinori quladi. Bobomurod Hamdamov qariyb butun umri sahnada kechgan, shirali ovozi, oʻziga xos ijro uslubi bilan nafaqat oʻzbek, balki hind, turkman, tojik xalqlari qalbidan chuqur joy olgan, oʻz yoʻnalishida katta maktab yaratgan buyuk hofiz edi. Uni oʻzbekning Raj Kapuri ham deyishardi. Chunki hind qoʻshiqlarini shu qadar maromiga yetkazib kuylardilarki, hatto Kapur ham tinglab, eʼtirof etgandi.

Ustoz nafaqat ijro mahoratida, balki kamtarlik, bagʻrikenglik, samimiylikda ham koʻpchilikka oʻrnak boʻla olganlar.

Kechagidek esimda, Bobomurod aka 82 yoshga toʻlganliklari va ijodiy faoliyatlarining 60 yilligi munosabati bilan Madaniyat vazirligi va “ZOʻR TV” telekanalining qoʻshma loyihasi hisoblangan “Ehtirom” dasturi orqali u kishining ijodiy kechasini tashkil etgan edik. Oʻshanda birga qoʻshiq ijro qilganimiz, koʻksilariga “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishonini taqish nasib etgani men uchun katta sharaf va unutilmas xotira boʻlib qoldi.

Shu yil Xorazmga “Lazgi” festivalini oʻtkazishga borganimizda xonadonlarida mehmon boʻldik. Suhbatlashdik, yaxshi tilaklarimiz, niyatlarimizni bildirdik, duolarini oldik. Bir sanʼatkor sifatida shunday ulugʻ hofiz bilan zamondosh boʻlib, umr daftarimizga u kishi bilan bogʻliq shirin xotiralar bitilganidan ham faxrlanaman, ham taqdirdan minnatdorman.

Hayot mavjud ekan, tugʻilish bor, oʻlim bor. Afsuski, bugun Bobomurod Hamdamov oramizda yoʻq. Lekin uning bebaho merosi, goʻzal qoʻshiqlari yangrashda davom etadi, xotirasi qalblarda mangu yashaydi.

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

Яшасин Ўзбекистон Республикаси! Яшасин Ўзбекистон халқи!

Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

"Янги Ўзбекистон" боғида мамлакатимиз давлат мустақиллигининг 33 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтмоқда

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Xalq artistlari klubi

⚡️ Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda  mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал