www_karsu_uz | Unsorted

Telegram-канал www_karsu_uz - KARSU.UZ

20573

Официальный новостной канал КГУ 🌐: karsu.uz

Subscribe to a channel

KARSU.UZ

⚡️Akademik A.Reymov QDU doktorant va magistrantlari bilan uchrashdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi akademik A.Reymov universitetning doktorant va magistrantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida akademik yosh tadqiqotchilarning dissertatsiya ishlari, ilmiy izlanishlari va erishayotgan natijalari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, dolzarb ilmiy yo‘nalishlarni tanlash hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Akademik A.Reymov yosh olimlarga o‘zining tajriba va tavsiyalarini berib, ularni ilmiy izlanishlarda faol bo‘lishga chorladi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va kelgusida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha fikr almashdilar. Uchrashuv yosh tadqiqotchilar uchun muhim ilhom manbai bo‘ldi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:


Telegram | 🌐Instagram | karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

Maxsus reportaj | "Talaba Expo-2025" – yoshlar kelajagiga qaratilgan loyiha
#24oct

mtrk.uz | Instagram | uzbekistan24tv?si=m-_eAmd7PnUgU6B9">Youtube | Facebook | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Sizning fikringiz muhim!

Ushbu so‘rov yoshlarning oila institutiga munosabati hamda er-xotin o‘rtasidagi moliyaviy, ijtimoiy va huquqiy munosabatlar holatini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Sizning javoblaringiz oilaviy muammolarni hal etishda va foydali takliflar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

🔒 So‘rovnoma anonim — ism-sharif ko‘rsatish shart emas.

✔️ Havola orqali so‘rovnomada ishtirok eting.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Читать полностью…

KARSU.UZ

📣📣📣 DÍQQAT! DAǴAZA!📣📣📣

Usı jıldıń 31-oktyabr kúni saat 14:00 de Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti janındaǵı DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05 sanlı Ilimiy keńes qasındaǵı Ilimiy seminar májilisi universitettiń málimleme-resurs orayınıń 3-qabatında ótkeriledi. Nawayı mámleketlik universiteti izertlewshisi Ergasheva Gulchehra Qo‘ldoshevnanıń «Nawayı wálayatında dene mádeniyati hám sporttıń qáliplesiwi hám rawajlanıwı tariyxı (1982–2022 j.j)» temasındaǵı tariyx ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) ilimiy dárejesin alıw ushın tayarlanǵan dissertaciyasınıń talqılawı bolıp ótedi.


📣📣📣DIQQAT! E’LON!📣📣📣

Joriy yilning 31-oktyabr kuni soat 14:00 da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi universitetning Axborot-resurs markazining 3-qabatida bo‘lib o‘tadi.Navoiy davlat universiteti tadqiqotchisi Ergasheva Gulchehra Qo‘ldoshevnaning «Navoiy viloyatida jismoniy madaniyat va sportning shakllanish hamda rivojlanish tarixi (1982-2022-yillar) » mavzusidagi tarix fanlari buyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining muhokamasi ko‘rib chiqiladi.


📣📣📣 DÍQQAT! DAǴAZA!📣📣📣

Usı jıldıń 31-oktyabr kúni saat 16:00 de Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti janındaǵı DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05 sanlı Ilimiy keńes qasındaǵı Ilimiy seminar májilisi universitettiń málimleme-resurs orayınıń 3-qabatında ótkeriledi. Xorezm Mamun akademiyasınıń erkin izertlewshisi Matkarimova Nazokat Maksudovnanıń “Xorezm xalıq kórkem óneri: dástúriylik hám transformaciya” atamasındaǵı tariyx ilimleri doktorı (DSc) ilimiy darejesin alıw ushın tayarlanǵan dissertaciyasınıń talqılawı bolıp ótedi.


📣📣📣DIQQAT! E’LON!📣📣📣

Joriy yilning 31-oktyabr kuni soat 16:00 da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi universitetning Axborot-resurs markazining 3-qabatida bo‘lib o‘tadi. Xorazm Ma’mun universiteti mustaqil izlanuvchisi Matkarimova Nazokat Maksudovnaning “Xorazm xalq san’ati: an’anaviylik va transformatsiya” mavzusidagi tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining muhokamasi ko‘rib chiqiladi.



Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#qonunchilik_yangiliklari

Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi

Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlandi.


Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.

Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi.

Kasbiy ta’lim agentligi:

➖ texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi;

➖kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi.

➖Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi.

➖Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi.

2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek:

🟢davlat kasbiy ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.

🟢Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

#TalabaExpo_2025
#Nukus

⚡️Nókiste bolıp ótken «TalabaExpo – 2025» kásiplik kórgizbesiniń juwmaqlawshı nátiyjeleri

❤️Paytaxtımız Nókis qalasında ótkerilgen «TalabaExpo – 2025» kásiplik kórgizbesi nátiyjeli juwmaqlandı. Ilaj sheńberinde tómendegi nátiyjelerge erisildi:

➖Qatnasqan jumıs beriwshi hám isbilermenlik subektleriniń sanı – 79;
➖Qatnasqan studentler – 9 254;
➖Jumıs beriwshiler menen sáwbetten ótkenler: 3 424;
➖Jumıs ornı anıqlanǵan studentler – 725;
➖Biznes ideyasın usınıp, isbilermenlikke baǵdarlanǵanlar – 33.

Bul kórsetkishler «Keleshekke qádem» baǵdarlaması sheńberinde jaslardı jumıs penen támiyinlew, olardı kásip-óner hám isbilermenlikke baǵdarlawdaǵı ámeliy nátiyjeler bolıp tabıladı.

*****

#TalabaExpo_2025
#Nukus

⚡️Nukusda bo‘lib o‘tgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasining yakuniy natijalari

❤️Poytaxtimiz Nukus shahrida o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Tadbir doirasida quyidagi natijalarga erishildi:

➖Ishtirok etgan ish beruvchi va tadbirkorlik subyektlari soni – 79 ta;
➖Ishtirok etgan talabalar – 9 254 nafar;
➖Ish beruvchilar bilan suhbatdan o‘tganlar: 3 424 nafar;
➖Ish o‘rni aniqlangan talabalar – 725 nafar;
➖Biznes g‘oyasini taklif qilib, tadbirkorlikka yo‘nalganlar – 33 nafar.


Bu ko‘rsatkichlar “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirishdagi amaliy natijalardir.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#TalabaExpo_2025
#Nókis

🤩«TalabaExpo – 2025» kásiplik kórgizbesi – jaslar ushın imkaniyatlar maydanı

❤️Aldın xabar bergenimizdey, paytaxtımız Nókis qalasında pitkeriwshilerdiń bántligin támiyinlew, olardıń kásiplik baǵdarın anıqlaw hám biznes baslamaların qollap-quwatlaw maqsetinde «TalabaExpo – 2025» kásiplik kórgizbesi bolıp ótti.

Kórgizbe sheńberinde «Ózmilliybank» AJ «Keleshekke qádem» orayı tárepinen jaslar arasında jeńillikli kreditler hám finanslıq sawatlılıqtı úgit-násiyatlaw maqsetinde seminar-treningler, motivaciyalıq ushırasıwlar shólkemlestirildi.

🤝Sonıń menen birge, «Keleshekke qádem» baǵdarlaması sheńberinde jeńillikli kredit alıp, óz isbilermenliklerin jolǵa qoyıp atırǵan bir topar pitkeriwshi studentlerge vaucherler tapsırıldı.


👏Ilajda joqarı oqıw orınlarınıń belsendi student-jasları hám kórgizbeni joqarı dárejede shólkemlestiriwge úles qosqan kárxana hám shólkemler, joqarı oqıw orınları, sonday-aq, banklerdiń jámáátlerine minnetdarshılıq xatları tapsırıldı.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Jas_jurnalistler_klubı
#Univer_NEWS

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń "UNIVER NEWS" informaciyalıq baǵdarlaması


#Yosh_jurnalistlar_klubi
#Univer_NEWS

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining "UNIVER NEWS" informatsion dasturi


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Milliy_kiyimler_kúni
  

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde hár hápteniń 5-kúni «Milliy kiyimler» kúni keń túrde ótkerilip kelinbekte. Usı tiykarda 17-oktyabr kúni universitettiń Geografiya ham tábiyiy resurslar fakultetinde «Milliy kiyimler» kúni ótkerildi.


#Milliy_kiyimlar_kuni
     
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida har haftaning 5-kuni "Milliy liboslar" kuni keng tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Shu asosda 17-oktyabr kuni universitetning Geografiya va tabiiy resurslar fakultetida "Milliy kiyimlar" kuni o‘tkazildi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Terrorizm hám diniy ekstremizmge qarsı gúresiw boyınsha – úgit-násiyat jumısları alıp barıldı

🔵Búgingi kúnde elimizde tınıshlıq hám turaqlılıqtı saqlaw, jaslardı hár qıylı jat ideyalar tásirinen qorǵaw, olardı salamat dúnyaqaras ruwxında tárbiyalaw máselesi mámleketlik siyasattıń tiykarǵı baǵdarlarınan biri bolıp esaplanadı. Usı maqsette orınlarda sistemalı túrde profilaktikalıq hám túsinik jumısları alıp barılmaqta. Usı tiykarda universitettiń Biologiya fakultetinde Qaraqalpaqstan Respublikası Ishki isler ministrliginiń terrorizm hám diniy ekstremizmge qarsı gúresiw qánigesi N.Toreshov hám F.Kuandikovlar qatnasında profilaktikalıq hám túsinik jumısları alıp barıldı.

🔵Ilajda Ishki isler ministrliginiń terrorizm hám diniy ekstremizmge qarsı gúresiw bóliminiń qánigesi shıǵıp sóylep, búgingi globallasıw dáwirinde málimleme hújimleri, sociallıq tarmaqlarda tarqalıp atırǵan buzǵınshı ideyalar hám olardıń jaslar sanasına unamsız tásiri haqqında tolıq maǵlıwmat berdi. Sonday-aq, ekstremistlik aǵımlardıń tiykarǵı maqseti - jámiyette tınıshsızlıq keltirip shıǵarıw, milletleraralıq tatıwlıq hám diniy keńpeyillikti buzıwǵa qaratılǵanın atap ótti. Ushırasıw dawamında qatnasıwshılarǵa jat ideyalardıń aldın alıwda sergeklik, ideologiyalıq immunitetti bekkemlew, málimleme dáreklerin tańlawda abaylı bolıw zárúrligi haqqında usınıslar berildi.

⚡️Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha - targ‘ibot ishlari olib borildi

🔵Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni sog‘lom dunyoqarash ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda joylarda tizimli ravishda profilaktik va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shu asosda universitetning Biologiya fakultetida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisi N.Toreshov va F.Kuandikovlar ishtirokida profilaktik va tushuntirish ishlari olib borildi.

🔵Tadbirda Ichki ishlar vazirligining terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi mutaxassisi so‘zga chiqib, bugungi globallashuv davrida axborot xurujlari, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan buzg‘unchi g‘oyalar va ularning yoshlar ongiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, ekstremistik oqimlarning asosiy maqsadi - jamiyatda notinchlik keltirib chiqarish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni buzishga qaratilganini ta’kidladi. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga yot g‘oyalarning oldini olishda ogohlik, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, axborot manbalarini tanlashda ehtiyot bo‘lish zarurligi haqida tavsiyalar berildi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Milliy_kiyimler_kúni
  

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde hár hápteniń 5-kúni «Milliy kiyimler» kúni keń túrde ótkerilip kelinbekte. Usı tiykarda 17-oktyabr kúni universitettiń Shet tilleri fakultetinde «Milliy kiyimler» kúni ótkerildi.


#Milliy_kiyimlar_kuni
     
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida har haftaning 5-kuni "Milliy kiyimlar" kuni keng tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Shu asosda 17-oktyabr kuni universitetning Chet tillari fakultetida "Milliy kiyimlar" kuni o‘tkazildi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Máripat_taratıp
#QMU

⚡️QMUda "Máripat taratıp" joybarı sheńberinde ádebiyat wákilleri menen dóretiwshilik ushırasıw shólkemlestirildi

#Maʼrifat_ulashib
#QDU

⚡️QDUda "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida adabiyot vakillari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️QMU studentleri jaslardıń startapları hám biznes baslamaların qollap-quwatlaw maqsetinde ótkerilgen seminar-treningde qatnastı

Usı jıldıń 14-15-oktyabr kúnlerinde Ózbekstan sawda-sanaat palatası Qaraqalpaqstan Respublikası basqarmasında Germaniya Federativ Respublikasınıń “SES” xalıqaralıq shólkemi eksperti R.Bartelt tárepinen Qaraqalpaq mámleketlik universiteti student jasları ushın jaslardıń ilimiy hám innovaciyalıq ideyaların, dóretiwshilik sheberliklerin arttırıw hám jańa biznes baslamaların qollap-quwatlaw maqsetinde “Startaplar ushın ideyalardı qalay tabıw hám olardı ámelge asırıw múmkin” atamasında seminar-trening shólkemlestirildi.

Seminar-treningde startaplardı hám biznes baslawshılardı qollap-quwatlaw usılları, startaplardı qarjılandırıw hám bank xızmetin rawajlandırıw imkaniyatları, marketing hám sanlı texnologiyalardı engiziw arqalı qarıydarlar aǵımın arttırıw, xalıqaralıq tájiriybeler hám olardı jergilikli sharayatta qollanıw múmkinshilikleri boyınsha maǵlıwmatlar berildi. Seminar-trening dawamında student-jaslar startaplardı jaratıw basqıshlarındaǵı áhmiyetli máseleler, óz ideyaların usınıw, tájiriybeli mentorlar menen pikir almasıw hám óz joybarların ámelge asırıw boyınsha sorawlarına tiyisli juwapların aldı.


⚡️QDU talabalari yoshlarning startaplari va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan seminar-treningda ishtirok etdi

Joriy yilning 14-15-oktyabr kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida Germaniya Federativ Respublikasining "SES" xalqaro tashkiloti eksperti R.Bartelt tomonidan Qoraqalpoq davlat universiteti talaba yoshlari uchun yoshlarning ilmiy va innovatsion g‘oyalarini, ijodiy mahoratlarini oshirish va yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Startaplar uchun g‘oyalarni qanday topish va ularni amalga oshirish mumkin" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda startaplar va biznes tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlash usullari, startaplarni moliyalashtirish va bank xizmatini rivojlantirish imkoniyatlari, marketing va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali mijozlar oqimini oshirish, xalqaro tajribalar va ularni mahalliy sharoitda qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Seminar-trening davomida talaba-yoshlar startaplarni yaratish bosqichlaridagi dolzarb masalalar, o‘z g‘oyalarini taqdim etish, tajribali mentorlar bilan fikr almashish va o‘z loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha savollariga tegishli javoblarini oldi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Máripat_taratıp
#QMU

⚡️Dóretiwshi ustazlar mektep jámááti hám oqıwshıları menen ushırastı (5-bólim)

Usı jıldıń 16-oktyabr kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde ótkerilgen "Máripat taratıp" joybarı sheńberindegi gezektegi ushırasıwlar mekteplerde dawam etti. Usı joybar sheńberinde belgili ádebiyat wákilleri - Ózbekstan xalıq shayırı, Ózbekstanda xızmet kórsetken mádeniyat xızmetkeri, "Shuhrat" medalınıń iyesi, Ózbekstan Jazıwshılar awqamınıń aǵzası Baxtiyor Genjemuratov, sonday-aq, Ózbekstanda xızmet kórsetken mádeniyat xızmetkeri, Qaraqalpaqstan xalıq shayırı, "Shuhrat" medalınıń iyesi, Ózbekstan Jazıwshılar awqamınıń aǵzası Rustam Musurmanovlar paytaxtımızdaǵı 7-hám 19-sanlı ulıwma bilim beriw mekteplerinde bolıp, pedagogikalıq jámáát hám belsendi oqıwshılar menen qızǵın sáwbetlesti.

Ilaj dawamında shayırlar ózleriniń dóretiwshilik úlgilerinen qosıqlar oqıp, oqıwshılardı Watanǵa muhabbat, adamgershilik, jaqsılıq, ilimge umtılıw sıyaqlı joqarı ideyalar menen ruwxlandırdı. Ushırasıw qatnasıwshıları poeziya arqalı jaslar qálbinde ruwxıy oyanıw, milliy qádiriyatlarǵa húrmet hám ózlikti ańlaw sezimin bekkemlew zárúrligin ayrıqsha atap ótti. Pedagoglar hám oqıwshılar óz gezeginde dóretiwshilerge qızıqlı sorawlar menen múrájat etip, olardıń dóretiwshilik jolı, shıǵarmalarınıń mazmun-mánisi hám búgingi jaslar tárbiyasındaǵı ornı haqqında qızǵın pikir alıstı.

#Maʼrifat_ulashib
#QDU

⚡️Ijodkor ustozlar maktab jamoasi va o‘quvchilari bilan uchrashdi (5-bo‘lim)

Joriy yilning 16 oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida o‘tkazilgan "Ma’rifat tarqatib" loyihasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar maktablarda davom etdi. Ushbu loyiha doirasida taniqli adabiyot vakillari - O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, "Shuhrat" medali sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Baxtiyor Genjemuratov, shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, "Shuhrat" medali sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Rustam Musurmanovlar poytaxtimizdagi 7 va 19-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, pedagogik jamoa va faol o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashdi.

Tadbir davomida shoirlar o‘z ijod namunalaridan she’rlar o‘qib, o‘quvchilarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik, ezgulik, ilmga intilish kabi yuksak g‘oyalar bilan ruhlantirdi. Uchrashuv ishtirokchilari she’riyat orqali yoshlar qalbida ruhiy uyg‘onish, milliy qadriyatlarga hurmat va o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlash zarurligini alohida ta’kidladi. Pedagoglar va o‘quvchilar o‘z navbatida ijodkorlarga qiziqarli savollar bilan murojaat qilib, ularning ijodiy yo‘li, asarlarining mazmun-mohiyati va bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida qizg‘in fikr almashdi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

Endi Oksford universitetida o‘zbek va qadimgi o‘zbek tillari o‘qitiladi

14-oktabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Oksford universitetida “Oʻzbekshunoslik dasturi”ning rasmiy ochilishida ishtirok etdi.

Mazkur dastur doirasida Oksford universitetining Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari fakulteti o‘quv rejasiga ilk bor o‘zbek tili va qadimgi o‘zbek (chig‘atoy) tili kurslari kiritildi. Shu tariqa, Oksford Buyuk Britaniyada ushbu yo‘nalishni o‘qitayotgan birinchi va yagona oliy ta’lim muassasiga aylandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning ochiqlik siyosati va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlab, shunday dedi:

“Ko‘p o‘n yillar davomida O‘zbekiston yopiq edi. Bugun u har qachongidan ham ochiq – ilm-fan, texnologiyalar, taraqqiyot va eng muhimi, muloqot uchun ochiq. Va bu muloqotni boshlash uchun Oksforddan ko‘ra yaxshiroq joy bo‘lishi mumkinmi? Axir bu yerda dunyo g‘oyalari, madaniyatlar va tillar tutashadi, ta’lim esa shaxslarni ham, butun millatlarni ham shakllantiradi.”


Tadbirda Saida Mirziyoyeva Oksford universitetining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu dastur “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Oxford Birsoz Initiative va Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan. Loyihaning yana bir muhim jihati shundaki, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan ishlab chiqilgan “UzAcademy” raqamli platformasi Oksford universiteti ta’lim tizimiga integratsiya qilindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Akademik A.Reymov QMU doktorantları hám magistrantları menen ushırastı

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde Ózbekstan Respublikası Ilimler akademiyası Qaraqalpaqstan bólimi baslıǵı akademik A.Reymov universitettiń doktorant hám magistrantları menen ushırasıw ótkerdi. Ilaj dawamında akademik jas izertlewshilerdiń dissertaciya jumısları, ilimiy izlenisleri hám erisip atırǵan nátiyjeleri menen jaqınnan tanıstı.

Ushırasıwda ilimiy jumıstı nátiyjeli shólkemlestiriw, áhmiyetli ilimiy baǵdarlardı tańlaw hám izertlew nátiyjelerin ámeliyatqa engiziw máseleleri dodalandı. Akademik A.Reymov jas ilimpazlarǵa óziniń tájiriybesi hám usınısların berip, olardı ilimiy izleniwlerde belsendi bolıwǵa shaqırdı.

Ilaj sońında qatnasıwshılar ózlerin qızıqtırǵan sorawlardı berdi hám keleshekte birge islesiw baylanısların bekkemlew boyınsha pikir alıstı. Ushırasıw jas izertlewshiler ushın áhmiyetli ilham dáregi boldı.



Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | Instagram | karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

Qaraqalpaqstan paxta tapsırıw rejesin orınladı

Qaraqalpaqstan Respublikası paxtakeshleri 2025-jıl zúrááti ushın mámleketke paxta tapsırıw boyınsha belgilengen rejeni tolıq orınlap, joqarı nátiyjege eristi.

2025-jılǵı paxta tapsırıw máwsiminde respublika boyınsha 315 mıń 200 tonna paxta tapsırıw rejelestirilgen edi. Jankúyerlik penen miynet etken paxtakeshler bul kórsetkishti 315 mıń 345 tonna etip tapsırıw arqalı 100 procent dárejede orınladı.

Bul jetiskenlik Qaraqalpaqstan Respublikası fermerleri, diyqanları, klaster kárxanaları jámáátleri, suwshılar, mexanizatorlar hám barlıq awıl hám suw xojalıǵı tarawı xızmetkerleriniń miynetleriniń nátiyjesi bolıp esaplanadı.

Hár qanday hawa rayında da kúni-túni miynet etip, paxta atızlarında jankúyerlik kórsetken barlıq paxtakeshler hám taraw xızmetkerleri ózleriniń mashaqatlı miynetleri menen bul úlken nátiyjege úlesin qostı.

Álbette, úyilgen qırman elimizdiń ekonomikasın bekkemlewge, sanaattı bunnan bılay da rawajlandırıwǵa hám  jańa quwatlıqlardı jaratıwǵa xızmet etedi.
___
Qoraqalpog‘iston paxta topshirish rejasini bajardi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi paxtakorlari 2025 yil hosili uchun davlatga paxta topshirish bo‘yicha belgilangan rejani to‘liq bajarib, yuqori natijaga erishdi.

2025 yilgi paxta topshirish mavsumida respublika bo‘yicha 315 ming 200 tonna paxta topshirish rejalashtirilgan edi. Jonbozlik ko‘rsatib mehnat qilgan paxtakorlar bu ko‘rsatkichni 315 ming 345 tonna qilib topshirish orqali 100 foizga bajardi.

Bu yutuq Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermerlari, dehqonlari, klaster korxonalari jamoalari, suvchilar, mexanizatorlar hamda barcha qishloq va suv xo‘jaligi sohasi xodimlarining mehnatlari samarasidir.

Har qanday ob-havoda ham tunu kun mehnat qilib, paxta dalalarida jonbozlik ko‘rsatgan barcha paxtakorlar va soha xodimlari o‘zlarining mashaqqatli mehnatlari bilan ushbu ulkan natijaga hissa qo‘shdilar.

Albatta, to'plangan xirmon yurtimiz iqtisodiyotini mustahkamlashga, sanoatni yanada rivojlantirishga va yangi quvvatlarni ishga tushirishga xizmat qiladi.


Kanalǵa aǵza bolıw: @joqargikenes

Website|Telegram|Instagram|Facebook|joqargikenes">YouTube

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Hayal_qızlar_keńesi_iskerligi

Usı jıldıń 24-oktyabr kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Hayal-qızlar keńesi tárepinen "Hayal-qızlar arasında jınayatshılıq hám huqıqbuzarlıqtıń aldın alıw" boyınsha Fizika fakulteti dekan másláhátshisi G.Nurımbetova, fakultet tyutorları, student qızları qatnasıwında ilaj ótkerildi.


#Xotin_qizlar_kengashi_faoliyati

Joriy yilning 24-oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan "Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish" bo‘yicha Fizika fakulteti dekan maslahatchisi G.Nurimbetova, fakultet tyutorlari, talaba qizlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

https://uza.uz/oz/posts/talabaexpo-2025-kasb-korgazmasi-bolib-otdi_775381

Читать полностью…

KARSU.UZ

Qaraqalpaqstan delegaciyası Ózbekstan hám Rossiya aymaqları keńesinde qatnastı

Ilaj juwmaǵında Rossiya hám Ózbekstan aymaqları arasında sawda-ekonomikalıq, ilimiy-texnikalıq hám gumanitarlıq tarawlardı qamtıp alǵan 30 dan aslam hújjetlerge qol qoyıldı. Sonıń ishinde, Qaraqalpaqstan delegaciyası hám Rossiyanıń aymaqları arasında birge islesiw boyınsha kelisimlerge qol qoyıldı.
___
Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashida ishtirok etdi

Tadbir yakunida Rossiya va O‘zbekiston hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohalarni qamrab olgan 30 dan ortiq hujjatlar imzolandi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi va Rossiyaning  hududlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#TalabaExpo_2025
#Nukus

🤩“TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi – yoshlar uchun imkoniyatlar maydoni

❤️Avval xabar berganimizdek, poytaxtimiz Nukus shahrida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazma doirasida “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi tomonidan yoshlar o‘rtasida imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilish maqsadida seminar-treninglar, motivatsion uchrashuvlar tashkil etildi.

🤝Shu bilan birga, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yayotgan bir guruh bitiruvchi talabalarga vaucherlar topshirildi.

👏Tadbirda oliy ta’lim muassasalarining faol talaba-yoshlari hamda ko‘rgazmani yuqori saviyada tashkil etishga hissa qo‘shgan korxona va tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, banklar jamoalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#TalabaExpo_2025
#Nukus

⚡️Nukusda “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

❤️Joriy yilning 23-oktyabr kuni poytaxtimiz Nukus shahrida O‘zbekiston Milliy bankining “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.


Tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, “O‘zmilliybank” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

🔹Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Murat Atamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Amanjol Ayapov, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoshimov so‘zga chiqib, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirning ahamiyatiga to‘xtaldi.

🔖Ko‘rgazma doirasida 80 ga yaqin korxona va tashkilotlarning 700 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, amaliyot va stajirovkalar dasturlari, startap loyihalar taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

🔸Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari talabalari “Muratbek mebel” korxonasiga tashrif buyurib, bu yerdagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Belgili jurnalist Nazira Mambetsharipova student-jaslarǵa óz tájiriybelerin bólisti

🟡Búgin, 18-oktyabr kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń Jas jurnalistler klubı aǵzaları ushın ózine tán ruwxıy-aǵartıwshılıq ushırasıw shólkemlestirildi. Ilajda belgili jurnalist Nazira Mambetsharipova qatnasıp, óziniń kóp jıllıq dóretiwshilik jumısındaǵı tájiriybeleri, qıyınshılıqları hám tabısların student-jaslar menen bólisti.

🟡Ilajdıń tiykarǵı maqseti - studentlerdi kásiplik jumısqa tayarlaw, olardı jurnalistika procesiniń ishki mexanizmleri menen jaqınnan tanıstırıw, teoriyalıq bilimlerdi ámeliy tájiriybe menen bayıtıwdan ibarat boldı. Sáwbetlesiw dawamında Nazira Mambetsharipova jurnalist kásibiniń juwapkershilikli hám qıyın tárepleri haqqında toqtap ótti.

"Jurnalist sóz qúdiretin durıs islete biliwi kerek. Sebebi hár bir jazılǵan maqala, efirge uzatılǵan sóz yamasa kórinis - bul tek ǵana málimleme emes, al sociallıq tásir kúshine iye bolǵan qural bolıp esaplanadı. Sol sebepli, bul tarawda anıqlıq, qalıslıq hám operativlikti eń tiykarǵı norma bolıp qaladı," - dedi Nazira Mambetsharipova óz sáwbetinde.


🟡Ilaj dawamında student-jaslar miyman menen ashıqtan-ashıq sáwbetlesip, ózlerin qızıqtırǵan sorawlardı berdi. Jurnalist bolsa olardıń hár birine turmıslıq mısallar arqalı juwap berdi, jaslardı turaqlı izleniw, oqıw hám óz ústinde islewge shaqırıp, jurnalistikanıń tek ǵana kásip emes, al jámiyetke xızmet etiw quralı ekenin ayrıqsha atap ótti.

🟡Bunday ushırasıwlar jas jurnalistler ushın tek ǵana bilim hám tájiriybe dáregi emes, al dóretiwshilik ilham hám motivaciya beriwshi áhmiyetli faktor sıpatında xızmet etedi.

⚡️Taniqli jurnalist Nazira Mambetsharipova talaba-yoshlarga o‘z tajribalarini ulashdi

🟡Bugun, 18-oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Yosh jurnalistlar klubi a’zolari uchun o‘ziga xos ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda taniqli jurnalist Nazira Mambetsharipova ishtirok etib, o‘zining ko‘p yillik ijodiy faoliyatidagi tajribalari, qiyinchiliklari va yutuqlarini talaba-yoshlar bilan o‘rtoqlashdi.

🟡Tadbirning asosiy maqsadi - talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, ularni jurnalistika jarayonining ichki mexanizmlari bilan yaqindan tanishtirish, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan boyitishdan iborat bo‘ldi. Suhbat davomida Nazira Mambetsharipova jurnalist kasbining mas’uliyatli va murakkab jihatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Jurnalist so‘z kuchidan to‘g‘ri foydalana olishi kerak. Chunki har bir yozilgan maqola, efirga uzatilgan so‘z yoki lavha - bu nafaqat axborot, balki ijtimoiy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan vositadir. Shu sababli, bu sohada aniqlik, xolislik va tezkorlik eng asosiy mezon bo‘lib qoladi," - dedi Nazira Mambetsharipova o‘z suhbatida.


🟡Tadbir davomida talaba-yoshlar mehmon bilan ochiq muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Jurnalist esa ularning har biriga hayotiy misollar orqali javob berdi, yoshlarni doimiy izlanish, o‘qish va o‘z ustida ishlashga chorlab, jurnalistikaning nafaqat kasb, balki jamiyatga xizmat qilish vositasi ekanini alohida ta’kidladi.

🟡Bunday uchrashuvlar yosh jurnalistlar uchun nafaqat bilim va tajriba manbai, balki ijodiy ilhom va motivatsiya beruvchi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Milliy_kiyimler_kúni
  

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde hár hápteniń 5-kúni «Milliy kiyimler» kúni keń túrde ótkerilip kelinbekte. Usı tiykarda 17-oktyabr kúni universitettiń Dene mádeniyatı fakultetinde «Milliy kiyimler» kúni ótkerildi.


#Milliy_kiyimlar_kuni
     
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida har haftaning 5-kuni "Milliy liboslar" kuni keng tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Shu asosda 17-oktyabr kuni universitetning Jismoniy madaniyat fakultetida "Milliy liboslar" kuni o‘tkazildi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#qonunchilik_yangiliklari

Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga sertifikat berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (652-son, 17.10.2025-y.) bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.


Nizom musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibini belgilaydi.

Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3 yil muddatga elektron shaklda beriladi.

Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.

Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining o‘rtacha natijasiga ko‘ra:

➖ 70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;
➖ 65 – 69,9 ballga – A darajali;
➖ 60 – 64,9 ballga – B+ darajali;
➖ 55 – 59,9 ballga – B darajali;
➖ 50 – 54,9 ballga – C+ darajali;
➖ 46 – 49,9 ball olgan talabgorga – C darajali sertifikat beriladi.

B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Jas_jurnalistler_klubı
#Milliy_kiyimler_kúni
  

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde hár hápteniń 5-kúni «Milliy kiyimler» kúni keń túrde ótkerilip kelinbekte. Usı tiykarda 17-oktyabr kúni universitettiń Jas jurnalistler klubı tárepinen «Milliy kiyimler» kúni ótkerildi.



Tayarlaǵan; Jas jurnalistler klubı aǵzası Rayxona Abdiraufova

#Yosh_jurnalistlar_klubi
#Milliy_kiyimlar_kuni
     
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida har haftaning 5-kuni "Milliy kiyimlar" kuni keng tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Shu asosda 17-oktyabr kuni universitetning Yosh jurnalistlar klubi tomonidan "Milliy kiyimlar" kuni o‘tkazildi.


Tayyorlagan; Yosh jurnalistlar klubi a’zosi Rayhona Abdiraufova


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️QMUda "Jasıl ekonomikanıń ekonomikalıq rawajlanıwdaǵı ornı" atamasında respublikalıq ilimiy-ámeliy konferenciya bolıp ótti

🔘Ózbekstan Respublikası Joqarı bilimlendiriw, ilim hám innovaciyalar ministrliginiń 2024-jıl 27-dekabrdegi 490-sanlı buyrıǵına muwapıq, Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Ekonomika fakulteti tárepinen "Qaraqalpaqstan Respublikası ekonomikasın turaqlı rawajlandırıwda jasıl ekonomikanıń ornı: bar mashqalalar hám olardı sheshiw jolları" atamasında respublikalıq ilimiy-ámeliy konferenciyası shólkemlestirildi.

🔘Bul ilimiy konferenciya búgingi kúnde mámleketimiz ekonomikasınıń eń áhmiyetli baǵdarlarınan biri bolǵan jasıl ekonomika koncepciyasın rawajlandırıw, ekologiyalıq qáwipsizlikti támiyinlew, resurslardan aqılǵa uǵras paydalanıw hám turaqlı ekonomikalıq ósiw strategiyaların islep shıǵıw máselelerine baǵıshlandı.

🔘Konferenciyada Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń professor-oqıtıwshıları, respublikamızdıń túrli joqarı oqıw orınlarınıń wákilleri, ilimiy izertlewshiler, student-jaslar hám taraw qánigeleri qatnastı. Ilajdı universitettiń ilimiy isler hám innovaciyalar boyınsha prorektorı I.Turdımambetov kiris sóz benen ashtı. Ol óziniń shıǵıp sóylegen sózinde mámleketimizde jasıl ekonomika principlerin rawajlandırıwǵa qaratılǵan mámleketlik siyasat, bul baǵdardaǵı reformalar hám ilimpazlardıń bul processtegi ornı haqqında toqtap ótti hám konferenciya jumısına tabıslar tiledi.

➡️Tolıq oqıw

⚡️QDUda "Yashil iqtisodiyotning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

🔘O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-sonli buyrug‘iga muvofiq, Qoraqalpoq davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti tomonidan "Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda yashil iqtisodiyotning o‘rni: mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

🔘Mazkur ilmiy konferensiya bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan yashil iqtisodiyot konsepsiyasini rivojlantirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, resurslardan oqilona foydalanish va barqaror iqtisodiy o‘sish strategiyalarini ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlandi.

🔘Konferensiyada Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, respublikamizning turli oliy o‘quv yurtlari vakillari, ilmiy tadqiqotchilar, talaba-yoshlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbirni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Turdimambetov kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z nutqida mamlakatimizda yashil iqtisodiyot tamoyillarini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati, bu boradagi islohotlar va olimlarning bu jarayondagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi hamda konferensiya ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Máripat_taratıp
#QMU

⚡️Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde "Máripat taratıp" joybarı sheńberindegi gezektegi ushırasıw bolıp ótti (6-bólim)

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde jaslardıń ruwxıy dúnyaqarasın keńeytiw, olardı dóretiwshilikke, kitap oqıwǵa hám aǵartıwshılıqqa qızıqtırıw maqsetinde shólkemlestirilgen "Máripat taratıp" joybarı sheńberinde gezektegi ushırasıw bolıp ótti. Ilaj universitettiń studentler turaq jayında bolıp ótti. Ushırasıwda Ózbekstanda xızmet kórsetken mádeniyat xızmetkeri, Qaraqalpaqstan xalıq shayırı, "Shuhrat" medalınıń iyesi, Ózbekstan Jazıwshılar awqamınıń aǵzası Rustam Musurmon hám Ózbekstan Jazıwshılar awqamınıń aǵzası Masihulloh Madaminovlar miyman sıpatında qatnastı.

Ilajdı universitettiń Jaslar máseleleri hám ruwxıy-aǵartıwshılıq isleri boyınsha prorektor S.Alawatdinov ashıp berdi hám alıp bardı. Ushırasıw dawamında Rustam Musurmon óziniń dóretiwshilik jumısı, poeziya hám ádebiyattıń insan ómirindegi ornı haqqında qızǵın pikirler bildirdi. Ol jaslarǵa poeziyanı júrek penen seziw, sóz qúdiretin qádirlew, ózligin ańlaw zárúrligi haqqında aytıp berdi.

Sonday-aq, óziniń belgili qosıqlarınan úlgiler oqıp berdi. Masihulloh Madaminov bolsa jaslıq, dóretiwshilik izleniwler, óz jolın tabıw hám milliy qádiriyatlardı qásterlep saqlaw temalarında sóz etti. Ol ádebiyat jaslar tárbiyasında eń áhmiyetli qural ekenin atap ótip, studentlerge kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw, hár bir insannıń óz ómir jolında maqset penen jasawı zárúrligin túsindirdi. Ilaj dawamında student-jaslar miymanlarǵa ózlerin qızıqtırǵan sorawlardı berdi, dóretiwshilik pikirlesiwler bolıp ótti. Ilaj sońında miymanlarǵa universitet jámááti tárepinen minnetdarshılıq bildirilip, estelik sawǵaları tapsırıldı.


#Maʼrifat_ulashib
#QDU

⚡️ Qoraqalpoq davlat universitetida "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi (6-bo‘lim)

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularni ijodga, kitob o‘qishga va ma’rifatga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitetning talabalar turar joyida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, "Shuhrat" medali sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Rustam Musurmon va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Masihulloh Madaminovlar mehmon sifatida ishtirok etdi.

Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Alawatdinov ochib berdi va olib bordi. Uchrashuv davomida Rustam Musurmon o‘zining ijodiy faoliyati, she’riyat va adabiyotning inson hayotidagi o‘rni haqida samimiy fikrlar bildirdi. U yoshlarga she’riyatni yurakdan his qilish, so‘z qudratini qadrlash, o‘zlikni anglash zarurligi haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, o‘zining mashhur she’rlaridan namunalar o‘qib berdi. Masihulloh Madaminov esa yoshlik, ijodiy izlanishlar, o‘z yo‘lini topish va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash mavzularida so‘z yuritdi. U adabiyot yoshlar tarbiyasida eng muhim vosita ekanini ta’kidlab, talabalarga kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, har bir insonning o‘z hayot yo‘lida maqsad bilan yashashi zarurligini tushuntirdi. Tadbir davomida talaba-yoshlar mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdi, ijodiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida mehmonlarga universitet jamoasi tomonidan minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️QMUda "Tazalıq aylıǵı" sheńberinde abadanlastırıw ilajları dawam etpekte

Xabarıńız bar, usı jıldıń 15-oktyabr kúninen baslap elimiz boylap "Tazalıq aylıǵı" sheńberinde abadanlastırıw ilajları baslap jiberildi. Usı ilajda Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń Geografiya ham tábiyiy resurslar fakulteti jámááti hám student-jasları belsendilik kórsetpekte.


⚡️QDUda "Tozalik oyligi" doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-oktyabr kunidan boshlab yurtimiz bo‘ylab "Tozalik oyligi" doirasida obodonlashtirish tadbirlari boshlab yuborildi. Ushbu tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Geografiya ha’m ta’biyiy resurslar fakulteti jamoasi va talaba-yoshlari faollik ko‘rsatmoqda.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Geologiya baǵdarında birge islesiw shártnamasına qol qoyıldı

🤔Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde Ózbekstan mámleketlik geologiya muzeyi menen óz-ara birge islesiw boyınsha áhmiyetli shártnamaǵa qol qoyıldı. Bul kelisim geologiya baǵdarında ilimiy-izertlew jumısların rawajlandırıw, studentlerdiń ámeliy tayarlıǵın bekkemlew hám ilim tarawında jańa innovaciyalıq ideyalardı ámelge asırıwǵa qaratılǵan.

🤔Ilajda universitettiń ilimiy isler hám innovaciyalar boyınsha prorektorı I.Turdımambetov hám Ózbekstan mámleketlik geologiya muzeyiniń direktorı A.Axmetshaev qatnastı. Ushırasıw dawamında tárepler óz-ara tájiriybe almasıw, geologiya tarawındaǵı áhmiyetli mashqalalardı ilimiy tiykarda sheshiw, birgeliktegi ilimiy joybarlardı ámelge asırıw hám jas qánigelerdi tayarlaw máselelerin dodaladı.

🤔Kelisim sheńberinde universitet studentleri ushın Ózbekstan mámleketlik geologiya muzeyinde oqıw-ámeliy shınıǵıwların ótkeriw, muzey fondlarınan paydalanıw, sonday-aq, birgeliktegi ekspediciyalar shólkemlestiriw rejelestirilgen. Bul bolsa jas geologlar ushın teoriyalıq bilimlerin ámeliy tájiriybe menen bayıtıw, tábiyiy baylıqlarımızdı úyreniw hám olardı saqlaw boyınsha tereń bilim alıw imkaniyatın beredi. Ilaj sońında Ózbekstan mámleketlik geologiya muzeyi direktorı A.Axmeshaevqa universitet atınan minnetdarshılıq xatı tapsırıldı.

⚡️Geologiya yo‘nalishida hamkorlik shartnomasi imzolandi

🤔Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston davlat geologiya muzeyi bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muhim shartnoma imzolandi. Mazkur bitim geologiya yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, talabalarning amaliy tayyorgarligini mustahkamlash va ilm-fan sohasida yangi innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishga qaratilgan.

🤔Tadbirda universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Turdimambetov va O‘zbekiston davlat geologiya muzeyi direktori A.Axmetshaev ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, geologiya sohasidagi dolzarb muammolarni ilmiy asosda hal etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va yosh mutaxassislarni tayyorlash masalalarini muhokama qildi.

🤔Kelishuv doirasida universitet talabalari uchun O‘zbekiston davlat geologiya muzeyida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish, muzey fondlaridan foydalanish, shuningdek, qo‘shma ekspeditsiyalar tashkil etish rejalashtirilgan. Bu esa yosh geologlar uchun nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish, tabiiy boyliklarimizni o‘rganish va ularni asrash bo‘yicha chuqur bilim olish imkonini beradi. Tadbir yakunida O‘zbekiston davlat geologiya muzeyi direktori A.Axmeshaevga universitet nomidan tashakkurnoma topshirildi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel