wikistipendiya | Unsorted

Telegram-канал wikistipendiya - WikiStipendiya

4567

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish maqsadida tashkillashtirilgan "WikiStipendiya" loyihasining rasmiy Telegram kanali. Rasmiy bot: @WikiStipendiya_marafoni_bot

Subscribe to a channel

WikiStipendiya

O‘zbekcha Vikipediyada bayram!

😇 Tilimizning nufuzini ko‘tarayotgan “WikiMarafon” loyihasi sabab o‘zbekcha Vikipediyada maqolalar soni 350 mingdan oshdi. Tahrirlar soni 6.2 milliondan ortgan, Vikipediyamizda bir yillik ko‘rishlar soni esa 300 millionni tashkil qilyapti.

🌎 O‘zbekcha Vikipediya turkiy tillar oilasida 3-o‘rinni, Markaziy Osiyo Vikipediyalari orasida esa birinchilikda turibdi. Loyiha davom etar ekan, o‘zbek tilining jahon ijtimoiy tarmog‘idagi o‘rni mustahkamlanib boraveradi!

#tilimiz_uchun

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Читать полностью…

WikiStipendiya

Oromgohda bizga hamroh bo‘ling

🔈 Diqqat, bu xabar siz uchun! Martning so‘nggi haftasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida "WikiMarafon" loyihasi doirasida "WikiSfera" oromgohi bo‘lib o‘tadi.

➡️ Unda siz ham ishtirok eta olasiz! Buning uchun 16-19-mart kunlari oralig‘ida @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tib, u yerda beriladigan savollarga javob yo‘llashingiz kerak.

➡️ Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

— Shaxsiy noutbukka ega bo‘lish;
— O‘zbekcha Vikipediyaga maqola kiritish va tahrirlash ishtiyoqida bo‘lish;
— Va albatta, yaxshi kayfiyat ;)

➡️ Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?

— Tog‘ bag‘rida olti kunlik dam;
— Yangi bilim va ko‘nikmalar;
— Sertifikat hamda esdalik sovg‘alari;
— Qimmatbaho tuhfalar va turli mukofotlar...

Eh do‘stim, yur tog‘larga chiqaylik, mayli yur!

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

👀 Test javoblarini qayerdan topsa bo‘ladi?

Tanlovda beriladigan 40 ta test savoli o‘zbekcha VIkipediyadagi korrupsiyaga qarshi kurashishga doir maqolalar asosida tuzilgan.

Sizga qulay bo‘lishi uchun mazkur maqolalarni loyihamizning WikiMarafon.uz saytida bir yerga yig‘ib chiqdik.

Havola orqali maqolalarni o‘qib, bilimlaringizni mustahkamlashingiz mumkin. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

Milliy sertifikat imtihonini tekinga topshiring!

🎉 Yevropa Ittifoqi, Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda Yoshlar ishlari agentliklari hamkorligida yangi loyiha — "WikiAntiKorrupsiya" tanlovini e’lon qiladi.

🎁 Siz ham loyihada ishtirok etib, Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonini bepul topshirish imkonini beruvchi 30 ta vaucherdan biriga ega chiqishingiz mumkin.

Tanlov test shaklida bo‘lib, uning qachon, qanday tartibda bo‘lishi tez orada e’lon qilinadi. Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun, sahifalarimizni kuzatib boring!

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

Bizda bugun bayram...

🎉 "WikiMarafon" loyihasi doirasida o‘tkazilgan "WikiIELTS" tanlovida g‘olib bo‘lgan ikki ishtirokchimiz IELTS imtihonini tekinga topshirib, yuqori natijalarni egalladi.

🎁 Mustafo Abdumalikov hamda Sarvinoz Jamoatovalar ingliz tilini bilish darajasini belgilab beruvchi IELTS imtihonidan umumiy 7,0 ball bilan C1 darajani qayd etdi.

🎈 Albatta, bu boshlanishi. Hali oldinda bizni ko‘plab katta yangiliklar kutyapti... Bizni diqqat bilan kuzatib boring (ayniqsa, bugun)!

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

Aziz va qadrli, O‘zbekcha Vikipediya!

Bugun sen 22 yoshga to‘lding. Bu shunchaki raqam emas, balki o‘zbek tilida bilim, tafakkur va ma’rifat urug‘lari qad ko‘targan 22 yillik sabr, fidoyilik va ishonch tarixidir.

2003-yilda kichik bir sahifadan boshlangan yo‘ling bugun yuz minglab maqolalar, fidoyi muharrirlar va millionlab o‘quvchilar mehnati bilan butun bir bilim olamiga aylandi.

Sen ko‘plar uchun ilk manba, izlanishga undovchi maydon, ona tilida o‘rganish imkonini bergan bebaho xazinasan. Har bir tahrir, har bir yangi maqola ortida ilmga sadoqat va kelajakka ishonch mujassam.

22 yoshing muborak bo‘lsin! Sen yashar ekansan, o‘zbek tili yashaydi, bilim yashaydi. Oldinda seni yanada yorqin sahifalar, keng ufqlar kutmoqda. Hurmat va minnatdorlik bilan, "WikiMarafon" jamoasi.


Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

8-dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

🇺🇿Bugun yurtimiz hayotida muhim sanalardan biri — Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun.

🇺🇿Asosiy Qomusimiz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va kelajagimizni belgilab beruvchi eng muhim hujjatdir.

🇺🇿Konstitutsiya jamiyatda tinchlik, barqarorlik va adolatni ta’minlashda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

📌Ushbu qutlug‘ kunda barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan samimiy muborakbod etamiz!

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

1-dekabr — Qaraqalpaq tili kúni

🕊 1989-jıl 1-dekabr — Qaraqalpaqstan tariyxında altın háripler menen jazılǵan sánelerdiń biri. Áyne usı kún Qaraqalpaq tiline til biyligi berilgen edi.

✍️ Qádirli tuwısqan qaraqalpaq xalqımız, Sizlerdi Qaraqalpaq tiliniń mámleketlik til biyligine iye bolǵanlıǵına 36 jıl tolıwı múnásibeti menen shın júrekten qutlıqlaymız!

📌 Tillerimiz, mádeniyatımız hám doslıǵımız máńgilik bolsın. Birgelikte rawajlanıp, bir-birimizdi qádirleyik. Eki xalıqtıń awızbirshiligine kóz tiymesin!

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

Meksika adabiyoti haqida nimalarni bilasiz?

🇲🇽 Meksika badiiyati — ispan tilidagi eng sermahsul va ta’sirli adabiyotlardan biri bo‘lib, u dunyo reytingida Ispaniya va Argentina adabiyotlari bilan bir qatorda turadi.

✍️ Mashhur shoir va yozuvchilar — Oktavio Paz, Alfonso Reyes, Karlos Fuentes, Sergio Pitol, Josye Emilio Pacheko kabi ijodkorlar Meksika adabiyotining asosiy ustunlaridir.

🏛 Ularning asarlari Meksikaning boy tarixiy tajribasi, madaniy xilma-xilligi va ijtimoiy o‘zgarishlarini chuqur ifoda etib, jahon adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan.

📌 Meksika adabiyotiga doir bundan-da qiziq ma’lumotlarni o‘zbekcha Vikipediyadagi maqola orqali bilib olishingiz mumkin. Zavqli mutolaa tilaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

Dominion binosi haqida eshitganmisiz?

🏛Tarix o‘zi yaratgan asarlarining poyida halok bo‘lgan ijodkorlarning o‘limiga ko‘p bora guvoh bo‘lgan. Shulardan biri me’mor John Helyer bo‘lib, u o‘zi loyihalashtirgan bino — Dominion zinasidan yiqilib, vafot etgan.

Dominion — Kanadaning Vankuver shahrida joylashgan tijoriy obyekt bo‘lib, u shahardagi birinchi po‘lat karkasli osmono‘par inshoot hisoblanadi. 13 qavatdan iborat bino 1906-1910-yillar oralig‘ida qurilgan, umumiy balandligi 44,8 metr.

📽 Mashhur binoni ko‘plab filmlarda uchratish mumkin. Masalan, 2012-yilda efirga uzatilgan "Alcatraz" teleserialida, 2023-yilda suratga olingan "Ona" kinosida, shuningdek, "The Never Ending Story" filmidagi kadrlarda muhrlangan.

📌 Binoga doir bundan-da qiziq ma’lumotlarni o‘zbekcha Vikipediyadagi maqola orqali bilib borishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting, eng sara ma’lumotlarni ulashib boramiz...

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

💫Diqqat, diqqat!
Qadrdon vikimediachilar!
„Vikipediya Osiyo oyligi — 2025“ uchun tashkil qilinadigan oflayn uchrashuvimizga marhamat!

⁉️Uchrashuvda sizni nimalar kutishi bilan qiziqyapsizmi?
— Do‘stona va iliq davra 👫
— Vikipediyada hisob ochish, yangi maqola yaratish va tahrir qilishni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mahorat darsi💡
— VikiOmborga rasmlar yuklash bo‘yicha ko‘rsatmalar🔗
— Tajribali vikimediachilar uchun esa qadrdon do‘stlar davrasida birgalikda Osiyo mavzusiga oid maqola yaratish hamda shirin diydor🙃 💻
— Bir-biridan ajoyib sovg‘alar
— Va albatta zangori kuz faslida kofe va shirinliklar☕️🍮🍪

‼️ Workshop uchun kelayotganda, iltimos, LAPTOPingizni unutmang!

📅 Oflayn uchrashuv vaqti: 15-noyabr 12:40 da.
🔍Manzil: Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi universiteti. Hamid Olimjon metrobekati yaqinida.

🌝Uchrashuvga kelmoqchi bo‘lsangiz va bu bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa @Kamola_Abduganieva @wikipedianka ga tortinmasdan murojaat qilishingiz mumkin!

Telegram | Instagram | viki_tiki_uz">Threads | Facebook

Читать полностью…

WikiStipendiya

Kimga KITOOOB kerak?

📚"WikiMarafon" loyihasi "1000KITOB" bilan yaqindan hamkorlikni boshladi. O‘zbek tilining rivojiga hissa qo‘shayotgan ikki loyiha yaqin kunlar ichida yana bir katta yangilikni e’lon qiladi.

📚 Mazkur tashabbusdan asosiy maqsad "1000KITOB" loyihasi doirasida tayyorlangan kitoblarni o‘zbek tilining ravnaqi uchun kurashayotgan yoshlarga yetkazish bo‘lib, unda siz ham ishtirok etishingiz mumkin...

✔️Tez orada batafsil ma’lumot beriladi. Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

#OnaTilim chellenjida ishtirok eting!

🖌21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabat bilan Yoshlar ishlari agentligi #OnaTilim chellenjiga start berdi!

Tilimizning boy va betakror so‘zlarini birgalikda qayta kashf etamiz!

Yoshlar orasida kam ishlatiladigan so‘zlarni toping, ularning ma’nosini ayting va 1,5 daqiqagacha bo‘lgan ijodiy videoni tayyorlang.

🔹Videoni Instagram sahifangizga #OnaTilim heshtegi bilan joylashtiring va Yoshlar ishlari agentligini belgilang.

Eng yaxshi kontent egalari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Читать полностью…

WikiStipendiya

O‘zbekiston yoshlari — tinchlik elchilari!

🇺🇿🇺🇸Davlatimiz rahbarining BMT yubiley sessiyasidagi chiqishi va AQShga tashrifi tarixiy voqea bo‘ldi desak adashmaymiz.

Ayniqsa, yurtboshimiz BMT minbarida ilgari surgan “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati” tashabbusi — insoniyatni birlashtiruvchi, yoshlar qalbida tinchlik, birdamlik va barqarorlik g‘oyalarini mustahkamlovchi ulkan chaqiriqdir.

Endi O‘zbekiston yoshlari BMTda nafaqat ishtirokchi, balki tinchlik, vatan sha’nining elchisi, ertangi kunning ovozi sifatida faoliyat yuritadi.

#Mirziyoyev #BMT #Yoshlar

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Читать полностью…

WikiStipendiya

📨 Salom, sadoqatli auditoriya!
Zerikmay oʻtiribsizmi? Ishlar qalay, deganday-a?

📰 Shu desangiz, xushxabar bor. “Bank va ma’rifat” forumi haqida olamshumul shov-shuvlar qulogʻingizga yetib borgandir. Endi loyihani Telegramda kuzatib borishingiz mumkin.

📱 Sahifamizni oʻqib tursangiz, Vikipediyaga maqola qilarlik yangiliklar ulashamiz.

👉 Marhamat, @bankvamarifat kanaliga ulanib, izohlarda “W” belgisini qoldirsangiz, Vikijamoadan kelganingizni bilib olamiz va bu albatta jamoamizga motivatsiya bo'ladi)

Koʻrishguncha deya,
@bankvamarifat

Читать полностью…

WikiStipendiya

Eshitdingizmi? "WikiKitob II" tanlovi boshlanibdi!

📚 Eh, qanday ajoyib: sizning shaxsiy kutubxonangizda hech kimda yo‘q kitoblar bo‘lsa. Bir emas, roppa-rosa 10 ta kitob. Yaqinroq keling, bu imkoniyat endi sizda ham bor!

📚"WikiKitob II" tanlovida ishtirok etib, 20 nafar g‘olibdan biriga aylaning hamda "1000KITOB" loyihasi doirasida chop etilgan kamyob kitoblarni qo‘lga kiriting.

📚 Barchasi oddiy: hoziroq @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va bu haqida do‘stlaringizga xabar bering. Qabul 26-aprelgacha davom etadi. Shundan so‘ng sizga 40 ta test yuboriladi.

📚Test savollari "1000KITOB" loyihasida chop etilgan kitoblar haqidagi maqolalardan tuzilgan. Mazkur maqolalarni ham tez orada e’lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Batafsil — WikiKitob II

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

Valar Morghulis? Valar Dohaeris!

🏕️ Tasavvur qiling: tog‘ bag‘rida tun, soy bo‘yida sokin shovqin, gulxan alangasi atrofida yig‘ilgan do‘stlar. Va shu manzara ichida "Taxtlar o‘yini" serialining epik kayfiyati.

⚔️ Agar rostini aytsam, men bunday imkoniyatni aslo qo‘ldan chiqarmas edim. Oromgoh qachon o‘tkazilishi va ishtirokchilar qanday saralanishi haqida tez orada ma’lum qilamiz.

🐉 Shu sabab faollikni oshirib, bizning sahifalarimizni diqqat bilan kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz ;)

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

⚡️CEFR yoki Milliy sertifikat imtihonini bepul topshirish imkoniyati!

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 11–21-fevral kunlari “WikiAntiKorrupsiya” onlayn tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok etish shartlari juda oddiy. @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasiz, do‘stlaringizni taklif qilasiz va Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi 40 ta test savoliga javob berasiz.

🤩Tanlov yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan 30 nafar g‘olibning Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonida ishtirok etish xarajatlari qoplab beriladi.

Tashkilotchilar: Yevropa Ittifoqi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi.

Bilimingizni sinang va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Читать полностью…

WikiStipendiya

#viki_uchrashuv #workshop
🤍Vikipediya 25 yoshda! 🎉

Bu bayramni biz bilan birga nishonlashni istaysizmi?

⚡️Xabaringiz bor bu yil Vikipediyaning tashkil topganiga 25 yil to‘ldi! 2001-yil 15-yanvar kuni butun dunyo bo‘yicha eng katta va eng ko‘p ma'lumotlar manbai hisoblangan, ko‘p tilli, ochiq, onlayn ensiklopediya - Vikipediya tashkil topdi.

❄️Vikipediyaning chorak asrlik yubileyini biz bilan nishonlashni xohlasangiz 14-fevral kuni soat 10:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida sizni kutib qolamiz!

Uchrashuvda sizni nimalar kutishi bilan qiziqyapsizmi?

💻 Vikipediyaning yubiley yoshi uchun kichik workshop
😉 Do‘stlar davrasi va iliq muhit
🎁 Ajoyib sovg‘alar
🪄 Bir-biridan qiziqarli o‘yinlar
☕️ Kofe break
🎂 Vikipediyaning 25 yilligiga bag‘ishlangan tort😋

✔️Kelishni xohlovchilar @Autumn_is_art yoki @wikipedianka ga bog‘lanib ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

Aziz va qadrli yurtdoshlar!

🎉"WikiMarafon" loyihasi jamoasi nomidan sizlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy muborakbod etamiz!

🎈Yangi yil qalblaringizga iliqlik, xonadonlaringizga fayz-baraka, hayotingizga esa yangi ilhom va quvonch olib kelsin.

🎁O‘zbek tilidagi bilimlar xazinasi yanada boyib, Vikipediyamizdagi sahifalar orqali odamlarning zakovati va ma’rifati yanada oshsin.

🫰Bilim ulashayotgan, bir satr bo‘lsa-da foydali ma’lumot qoldirayotgan har bir yurtdoshimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

🎄Keling, yangi yilda ham birgalikda bilim nurini yoyib, kelajak avlod uchun mustahkam ma’rifat poydevorini barpo etaylik.

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

"Yoshlar oromgohi"dan gapiramiz...

⚡️14–18-dekabr kunlari "Yoshlar oromgohi"da Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari uchun bir qator o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

⚡️Unda yoshlar bilan ishlash jarayonida mavjud muammolarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni joriy etish kabi masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

⚡️Shuningdek, tadbir davomida agentlikdagi loyihalarning qisqacha hisoboti tinglanib, ularning qamrovini oshirish, chekka hududlargacha yetib borishini ta’minlash vazifasi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

4-dekabr — Xalqaro banklar kuni!

🏦 Bu sana bank tizimining jahon iqtisodiy barqarorligi hamda moliyaviy holatini yaxshilashdagi ahamiyatini oshirish maqsadiga belgilangan.

✍️ Vikipediyaga ko‘ra, mazkur sana 2019-yil 9-dekabrda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyada ko‘rsatib o‘tilgan.

📌 Bugun BMTga a’zo davlatlarning turli tashkilotlarida banklarning barqaror rivojlanishni ta’minlashga doir tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

🔔Eshitdingizmi? Javohir Sindarov Jahon kubogi chempioni bo‘ldi!

⚡️O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Jahon kubogi finalida raqibini mag‘lub etib, chempion bo‘ldi. Musobaqa g‘olibi bo‘lgan 19 yoshli Sindarov turnir tarixidagi eng yosh chempion bo‘ldi.

🌐O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, u 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan musobaqaning dastlabki o‘yinlarida raqibi bilan teng natijani qayd etgan, tay-breyk bahsida esa peshqadamlikni qo‘lga olib, g‘alabaga erishgan.

Zabt etilgan yana bir marra muborak, Chempion!

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

Bir Vatan, bir el, bir bayroq!

🇺🇿 Bugun, 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

🎉Sana munosabati bilan hamyurtlarimizni qutlab qolamiz. Bayrog‘imiz hamisha osmonimiz uzra hilpirab tursin!

📌O‘zbekcha Vikipediyadagi "O‘zbekiston bayrog‘i" nomli maqola orqali uning tarixi, tarif-u tasnifi bilan yaqindan tanishib chiqishingiz mumkin :)

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

#IQtisodiy_gʻazallar

“Kal” gʻazal

Xalqimizning “Soqqani saqla!” degan naqli bor.
Pullarini “kal” qilib qo‘ysa kimki — aqli bor!

Holbuki, ummon orti yurtida bir keksa chol
Sochi malla telpag-u tuturiqsiz jahli bor.

Bir be’mani gap bilan o‘ynatadi “kal”ni ham
Muvozanatdan chiqar boymi, yupun — ahli bor.

Do‘ppini boshdan olib o‘ylasa, Amriqoning
Puli chiqsa-yu tushsa, bizga nima daxli bor?

Soqqani saqlamoqning tilloga teng xillari,
Sarmoyali yo‘llari eslanishga haqli, bor.

“Kal”-ku kam, bori bog‘liq “malla”siga, o‘rtog‘im...
G‘azal bitdi, Mo‘ysafid, tur, uyingga vaqtli bor.

©️ Mulla Jiring

@bankvamarifat

Читать полностью…

WikiStipendiya

🧠 Kriptofaziya — egizaklarning sirli tili

🔍  Ayrim egizaklar bolalik paytida faqat o‘zlariga tushunarli "maxfiy til"da gaplashadi. Bu hodisa kriptofaziya deb atalib, yunoncha "yashirin nutq" ma’nosini bildiradi. Unda nafaqat so‘zlar, balki mimika, imo-ishoralar va ohang ham muloqot vositasi bo‘ladi.

🌿 1960-yilda fransuz psixologi René Zazzo bu atamani ilk bor ilmiy adabiyotga kiritgan. Avvallari egizaklar yoshi kattalar bilan kam muloqot qilgani sababli o‘z "tili"ni shakllantiradi, degan qarashlar mavjud edi. Ammo hozirgi tadqiqotchilar kriptofaziyani nutq rivojlanishi jarayonidagi xatolar natijasi deya izohlashadi.

🗣️ Kriptofaziya tufayli egizaklarda nutq rivojlanishi o'rtacha 6 oyga kechikishi, talaffuz va tovush chiqarishdagi qiyinchiliklar ham kuzatiladi.

📚 To‘liq ma’lumotni maqola orqali bilib olishingiz mumkin. Inson tili va tafakkurining sirlarini kashf etish sizni hayratda qoldiradi!

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

🇺🇿Bugun bizning milliy g‘ururimiz, ona tilimiz — O‘zbek tili bayrami! Til bu xalqning ruhi, tarixining ovozi va kelajakka eltuvchi eng muhim ko‘prikdir.

🖌O‘zbek tili bizni birlashtiradigan, yurakdan chiqqan so‘zlar bilan millatimizning o‘zligini ifoda etadigan bebaho merosdir.

Barcha yurtdoshlarimizni bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Hurmat bilan
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi!


#OnaTilimFaxrim #21Oktabr

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Читать полностью…

WikiStipendiya

"The Iron Heel" asari haqida nimalarni bilasiz?

📌The Iron Heel — Jek Londonning ilmiy fantastika shaklidagi siyosiy romani bo‘lib, unda AQSHda sotsialistik ommaviy harakatning ko‘tarilishi haqida bayon qilinadi.

🔖 O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, kitob zamonaviy distopik adabiyotning eng dastlabki namunasi bo‘lib, u keyinchalik "1984", "Biz", "Ajib yangi dunyo" kabi asarlarning yaratilishida turtki bo‘lgan.

🚩Asar haqida batafsil ma’lumotni Vikipediyadagi maqola orqali bilib olishingiz, kitobning o‘zini Asaxiy do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.

❗️Do‘stlar, bizni kuzatishda davom eting, tez orada muhim yangiliklarni e’lon qilamiz!

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…

WikiStipendiya

📚 Endi kitoblar ulashamiz!

Yoshlar ishlari agentligi, Asaxiy Books
va “WikiMarafon” loyihasi hamkorlikda kitobxon yoshlar uchun yangi tanlovni e’lon qiladi.

10–15-oktyabr
kunlari o‘tkaziladigan “WikiKitob” tanlovida qatnashib, kitoblar to‘plamidan birini yutib olish imkoniga ega bo‘ling! 🎁

Tanlov shartlari juda oddiy. @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasiz va botdagi test savollariga javob berasiz.

✔️Batafsil - Tanlov nizomi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Читать полностью…

WikiStipendiya

Shohlar o‘yinidagi sirli yozuv haqida nimalarni bilasiz?

Shaxmat tarixida eng kuchli sportchi Garri Kasparov shunday degan edi: Shaxmat — bu hayotning modeli. Har bir yurish oqibat yoki natijaga ega!

Haqiqatdan ham, shaxmat hayotning bir in’ikosi. Hayotda qilgan barcha amallarimiz yozib olinganidek, donalar teatrida ham hammasi qayd etilishi kerak. Aynan mana shu jarayon ilmiy tilda shaxmat yozuvi deb ataladi.

Shaxmat yozuvi ilk bor 1616-yilda nemis gersogi Augustus II ning "Chess or the King‘s Game" asarida taklif etilgan. Keyinchalik Philipp Stamma uni yanada rivojlantiradi. Zamonaviy ko‘rinishdagi yozuv 1784-yilda Germaniyada nashr etilgan kitobda paydo bo‘ladi.

O‘zbekcha Vikipediyadagi maqolada bu jarayonning kelib chiqish tarixidan tortib, dona va kataklarning nomlanishi, qayd etish yo‘riqnomasigacha bo‘lgan batafsil ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | wikimarafon?si=vPfiVGI3aBCahpRL">YouTube | X

Читать полностью…
Subscribe to a channel