AQSh Prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qilib, falastinlik tinch aholini himoya qilish hamda mintaqaga ko'proq gumanitar yordam kirib borishi uchun yo'lni ochishga chaqirgan. U AQShning Isroilga muntazam yordami bundan keyin ham davom etishi shu masalada qanday choralar ko'rilishi bilan belgilanadi, deb aytgan.
Oq uyning ta'kidlashicha, Bayden qariyb olti oydan beri davom etayotgan mojaro yuzasidan "zudlik bilan o't ochishni to'xtatishni" ham talab qilgan.
AQSh-Isroil aloqalarining yaqin tarixida bunday keskinlik ilk bor kuzatilmoqda.
@voauzbek