"Islomiy davlat" guruhi Moskvadagi konsert zalida yuz bergan xuruj uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi.
"Aamaq" axborot agentligi tomonidan e'lon qilingan bayonotda aytilishicha, guruh Rossiya poytaxti Moskva chekkasidagi Krasnogorsk shahrida nasroniylarning katta yig'ilishiga hujum qilgan va yuzlab odamlarni o'ldirgan va yaralagan.
Bu da'voning qanchalik haqiqatga to'g'ri kelishini hozircha tasdiqlashning imkoni yo'q.
Rossiya rasmiylariga ko'ra, terrorchilar konsert zaliga qilgan hujumda 40 kishi halok bo'lgan, yuzdan ortiq odam yaralangan.
@voauzbek