3-mart kuni AQSh O‘zbekistonga navbatdagi reysni tashkil qilib, AQShda qolish uchun qonuniy ruxsatga ega bo‘lmagan bir guruh O‘zbekiston fuqarolarini deportatsiya qildi.
Bu AQSh-Meksika chegarasini noqonuniy kesib o’tgan Oʻzbekiston fuqarolariga qarshi ko’rilgan navbatdagi choralardan biri.
Ushbu deportatsiya ortidan AQShning O’zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini jinoiy kontrabandachilarning yolg‘onlari qurboniga aylanib qolmaslik haqida ogohlantirdi.
@voauzbek