O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi Turkiyada soxta guvohnomalar tayyorlab, firibgarlik qilayotganlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.
Konsullik chiqargan bayonotda aytilishicha, Istanbulda yashash guvohnomasi yoki AQSh, Kanada, Yevropa davlatlariga borish uchun viza rasmiylashtirish vaji bilan ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li orqali o‘zlashtirish ishlari ko‘paygan.
Bosh konsulxonaga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, yil boshidan beri 70 dan oshiq O'zbekiston fuqarosi hujjati soxtaligi tufayli Turkiyaning tegishli idoralari tomonidan tergovga tortilgan.
@voauzbek
AQSh Kongressining har ikki partiya vakillaridan iborat delegatsiyasi payshanba kuni Tayvanga tashrifi chog'ida yaqinda yangi prezidentini saylangan mamlakatni qo'llab-quvvatlashda davom etishlarini bildirdi. 13-yanvarda Tayvanda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida mustaqillikka moyil Demokratik progressiv partiya uchinchi bor g'olib chiqib, yana hukumatni egallagan edi.
Amerikaning asosiy raqobatchisi bo'lgan Xitoy Tayvanni o'z hududi deb biladi va o'zini-o'zi boshqaradigan orolni o'z nazoratiga olish uchun kuch ishlatishga ham tayyor ekanini aytadi. Pekin Say Invenning qayta saylanganidan norozi va orol hukumati bilan aloqa qilishdan bosh tortish siyosatini davom ettirishi kutilyapti. Inven 2016-yilda saylanganidan beri Xitoy-Tayvan aloqalari keskin sovuqlashgan.
@voauzbek
Nyu-Xemshir shtatida prezidentlikka nomzod tanlash bo'yicha Respublikachilar partiyasi o'tkazgan ichki saylovda sobiq prezident Donald Tramp 55 foizdan ortiq ovoz to'plab, g'olib bo'ldi. Uning asosiy partiyadosh raqibi Nikki Xeyli 2-o'rin bilan kifoyalandi.
Xeyli hali-veri poygadan chiqmasligini, Respublikachilar partiyasidan prezidentlik nomzodini qo'lga kiritish uchun kurashni davom ettirishini aytdi.
@voauzbek
Seshanba tongida Xitoyning g‘arbiy Shinjon viloyati chekka qismida 7,1 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Elektr uzatish liniyalari vayron bo‘lgan, kamida ikkita uy qulab tushgan, temir yo'l harakati to'xtatilgan.
Yer qimirlashi Aksu prefekturasining Uchturpan tumanida mahalliy vaqt bilan kechasi soat 02:00 da sodir bo‘lgan.
Zilzila qishloqning tog‘li hududida ro‘y berganligi sababli qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Yer silkinishi qo'shni Qozog'iston va Qirg'izistonda ham sezilgan. Suratda zilzilaning qaytishidan qo'rqib ko'chada tong orttirayotgan qozog'istonliklar aks etgan.
@voauzbek