voauzbek | Неотсортированное

Telegram-канал voauzbek - Amerika Ovozi

2412

"Amerika Ovozi" teleradiosining rasmiy kanali Sayt: www.amerikaovozi.com Facebook: https://www.facebook.com/amerikaovozi YouTube: https://www.youtube.com/c/AmerikaOvozi Odnoklassniki: ok.ru/amerikaovoziuzbek Instagram: https://www.instagram.com/ameri

Подписаться на канал

Amerika Ovozi

https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-november23/7367508.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Har oy 10 mingdan ortiq muhojir Nyu-York shahriga kirib kelmoqda.

https://www.amerikaovozi.com/a/7350359.html

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Livandagi "Hizbulloh" guruhi yetakchisi Hasan Nasrulloh juma kuni qilgan nutqida 7-oktabr kuni Isroilda 1400 kishining o'limiga sabab bo'lgan xuruj “100 foiz falastinliklarning ishi” ekanini ta'kidladi. U bu ishda o'z guruhining ishtirokini inkor etib, shuningdek, minglab falastinliklar halok boʻlgan urush uchun AQShni bevosita javobgar deb atadi.

Nasrullohning aytishicha, Isroil bilan urushga kirish niyati haqida e'lon qilishga hojat yo'q, chunki bir haftadan beri davom etayotgan raketa va artilleriya otishmalari orqali "Hizbulloh" allaqachon urush holatida.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Isroil armiyasi juma oqshomida G'azoga quruqlik orqali bosqin amaliyotini kengaytirganini ma'lum qildi. Bu xabar Isroil kuchlari quruqlik orqali G'azo hududida ikkinchi reydni o'tkazganidan bir necha soat o'tib e'lon qilindi.

G'azo sektori aloqa va internet xizmatlaridan butunlay uzilgan.

7-oktabr kuni Isroil janubida XAMAS uyushtirgan qonli hujumga javoban Isroil boshlagan havo hujumlarida shu paytgacha 8000 ga yaqin falastinlik halok bo'ldi.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

XAMAS garovdagi ikki amerikalik ona-bolani ozod qilgan. Shu munosabat bilan AQSh Prezidenti Jo Bayden bayonot chiqardi.

"Bugun biz 7-oktabr kuni Isroilga qarshi dahshatli terrorchilik hujumi chog‘ida XAMAS tomonidan garovga olingan ikki amerikalik ozod etilishini ta’minladik", - deyiladi bayonotda.

"Ushbu hujumning dastlabki daqiqalaridan boshlab biz XAMAS tomonidan garovga olingan Amerika fuqarolarini ozod qilish uchun kechayu kunduz ishladik va hanuz hibsda qolayotganlarni ozod qilish uchun sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz", - deya qo'shimcha qiladi Bayden.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Falastinliklar Isroil bombalaridan vayron bo'lgan uylar ostidan bolalarni qutqarmoqda.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Falastin tarafdori bo'lgan bir guruh yahudiylar Vashingtondagi Kongress binolaridan biriga bostirib kirib, Isroil va XAMAS o'rtasida o't ochishni to'xtatishni talab qildi.

Namoyishchilar “O‘t ochishni hoziroq to‘xtating!”, "Yahudiylar sulh istaydi" degan yozuvlarni ko'tarib chiqishdi.

Tinchlik uchun yahudiy ovozi deb nomlangan guruhning "X" (sobiq "Twitter") ijtimoiy tarmog'ida yozishicha, “350 dan ortiq” namoyishchilar, jumladan, yigirmadan ortiq yahudiy ruhoniylari Kongress binosi ichida namoyish o'tkazgan; yana minglab odamlar Kapitoliy tashqarisiga yig'ilgan.

Politsiya bino ichidagi namoyishchilarni ruxsatsiz kirgani uchun hibsga olgan.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Oq uyning ma'lum qilishicha, Iordaniya qiroli Abdulloh II bilan maslahatlashuv ortidan va Falastin Prezidenti Mahmud Abbos tomonidan eʼlon qilingan motam munosabati bilan Prezident Jo Bayden Iordaniyaga safarini va Misr, Iordaniya va Falastin rahbarlari bilan rejalashtirilgan uchrashuvini keyinga qoldirdi. Abbos idorasiga ko'ra esa, Falastin rahbari G'azodagi shifoxonaga uyushtirilgan raketa hujumi ortidan protest sifatida AQSh prezidenti bilan uchrashishni bekor qilgan.

Shifoxonada yuz bergan portlashda kamida 500 odam halok bo'lgan. Isroil raketa hujumi "Islomiy jihod" guruhi tomonidan amalga oshirilganini da'vo qildi. Falastin rasmiylari esa bu ishda Isroilni ayblab, yuz bergan voqeani genotsidga tenglashtirdi.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-october-16/7313182.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Isroil G'azo va Livandagi harbiy amaliyotlarida oq fosfordan qurol sifatida foydalangani aytilmoqda. Bu tinch aholini jiddiy va uzoq muddatli jarohatlar xavfi ostida qoldiradi, deyiladi "Human Rights Watch" tashkiloti ushbu holat yuzadigan chiqargan bayonotda.

"Human Rights Watch" 2023-yil 10 va 11-oktabr kunlari Livan va G‘azoda olingan videolar orqali tasdiqlashicha, Isroil kuchlari G‘azo shahri portida va Isroil-Livan chegarasidagi ikkita qishloqda bir necha marta oq fosfor bombalarini ishlatgan.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-october-11/7306553.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-october-10/7304878.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-october-9/7303247.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Isroil G‘azo sektorini boshqarayotgan HAMAS bilan “urush holatida” ekanini e'lon qildi.

Isroil harbiylari Ga'zo shahriga raketa hujumlarini boshladi.

XAMASning Isroilga kutilmaganda boshlangan hujumida kamida 40 kishi o'lgan, 700 dan ziyod odam yaralangan.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

"WalletHub" moliyaviy kompaniyasi tahliliga ko'ra, Yuta, Gavayi, Merilend, Minnesota va Nyu-Jersi AQShning eng baxtli shtatlari deb topilgan.

Odamlari eng baxtsiz deb hisoblangan shtatlar Arkanzas, Kentukki, Luiziana, Tennessi va G'arbiy Virjiniya bo'lgan.

50 ta shtatda baxt darajasini baholash uchun quyidagi uchta asosiy omil hisobga olingan: hissiy va jismoniy farovonlik, ish muhiti hamda jamiyat va atrof-muhit ahvoli.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-november22/7365908.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Tahlilchilar fikricha, arab mamlakatlarida tinch aholi G'azodagi qurbonlar va ulkan vayronagarchiliklar tufayli gʻazab otiga minmoqda. Ular bu g'azabni o'z hukumatlariga qarshi yo'naltirishi mumkin.

https://www.amerikaovozi.com/a/7349387.html

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Isroil-Falastin mojarosi markazida turgan bahsli masalalardan biri ham yahudiylar va ham musulmonlar o’zlari uchun muqaddas deb hisoblaydigan Quddus shahri ustidan bo’lgan da’vodir. Kelajakdagi har qanday tinchlik rejasining kaliti Quddus hisoblanadi.

Ne-ne imperiya va saltanatlar boshqaruvini boshidan o’tkazgan ko’hna Quddusning 4000 yillik tarixiga nazar solamiz.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

XAMAS G'azoda garovga olingan ikki isroillik keksa ayolni ozod qildi. Misr televideniyesida ko‘rsatilgan kadrlarga ko‘ra, ozod qilingan 85 yoshli Yocheved Lifshits va 79 yoshli Nurit Kuper G‘azodan Misrga Rafah nazorat punkti orqali olib o'tilgan.

XAMAS ixtiyorida yana ikki yuzga yaqin isroillik garovda ushlab turilibdi.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

AQSh Prezidenti Jo Bayden televideniye orqali Amerika xalqiga murojaat qilib, AQShni urush holatidagi ittifoqchilariga yordam berishda davom etishga va "dunyo uchun mayoq" bo'lib qolishga chaqirdi.

U, agar terrorchilar va diktatorlar to'xtatilmasa, "Amerika uchun xarajat va tahdidlar" o'sishda davom etishini aytdi. Bu bilan u Isroil va Ukraina olib borayotgan urushlarni nazarda tutdi. Murojaatida Bayden, shuningdek, Kongressdan Isroil va Ukraina uchun qo'shimcha o'nlab milliard dollar yordam so'rashini ma'lum qildi.

AQSh rahbari Isroil-Xamas urushi tufayli dunyoda, xususan, Amerikada islomofobiya va antisemitizm kuchayib borayotganidan xavotirda ekanini ham qayd etdi.

Yaqin Sharqda so'nggi kunlarda yuz bergan keskin vaziyatga qaramay, tinchlikdan umid uzmaslik kerak, dedi Bayden. Falastin va Isroil uchun ikki davlatchilik hanuz eng yaxshi yechim va yahudiylar ham, falastinliklar ham tinchlikda, hurmat ostida yashashga haqli, dedi u.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

AQSh xorijdagi Amerika fuqarolarini xavfsizlik bo'yicha vaziyat yomonlashgani uchun ehtiyot bo'lishga chaqirdi.

"Dunyoning turli joylarida keskinlikning kuchayishi, terroristik hujumlar, namoyishlar yoki AQSh fuqarolari va manfaatlariga qarshi zo'ravonlik harakatlari ehtimoli borligi tufayli Davlat departamenti xorijdagi AQSh fuqarolariga ehtiyotkorlikni kuchaytirishni tavsiya qiladi", deyiladi AQSh Davlat departamenti e'lon qilgan bayonotda.

Unda AQSh fuqarolaridan sayyohlar gavjum bo'ladigan joylarda hushyor bo'lish, ma'lumot va ogohlantirishlarni olish hamda chet eldagi favqulodda vaziyatlarda bog'lana olish uchun "Smart Traveller enrollment" dasturida (STEP) ro'yxatdan o'tish so'raladi.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Isroil tomonidan kutilayotgan keng miqyosli hujum oldidan yuz minglab g'azoliklar janub tomon ko'chishga harakat qilmoqda.

G'azo Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Isroil kuchlari XAMAS hujumiga javoban G'azoga uyushtirgan raketa hujumlarida 2800 dan ortiq odam halok bo'lgan va kamida 10 000 kishi yaralangan.

G'azodagi falastinliklar 9-oktabrdan beri elektr energiyasidan mahrum va Isroilning to'liq qamali ostida. XAMAS nazorati ostidagi hududga oziq-ovqat, dori-darmon, yoqilg'i va suv ham kiritilmayapti.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-october-17/7314698.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Musulmonlar Quddusdagi Al-Aqso masjidida juma namozini o'qimoqda.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Isroil G'azo sektoridagi Xamas jangarilariga qarshi javob choralarini kuchaytirishga tayyorlanayotgan bir paytda AQSh hukumati amerikaliklarga Isroilni tark etishga yordam berish uchun evakuatsiya parvozlarini amalga oshirmoqchi.

Oq uyning Milliy xavfsizlik bo'yicha so'zlovchisi Jon Kirbi AQSh Isroildan Yevropaga charter reyslarini tashkil qilishini tasdiqladi.

"Biz AQSh fuqarolari va ularning yaqin oila a'zolariga yordam berish uchun shu ish tafsilotlari ustida ishlayapmiz", - dedi u.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklari Isroilni G'azo qamalini bekor qilishga chaqirib, inson hayotini saqlab qolish uchun muhim yordamni to'sish xalqaro gumanitar qonunlarga ko'ra taqiqlanishi haqida ogohlantirdi.

"Tinch aholining omon qolishi uchun muhim bo'lgan tovarlar cheklanmasligi kerak", dedi BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissarligi matbuot kotibi Ravina Shamdasani.

Seshanba kuni Isroil havo kuchlari G'azoga zarba berishda davom etdi. G'azodan esa Xamas Isroilga raketa otmoqda. Chegaraning har ikki tomonida qurbonlar soni oshyapti.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

https://www.amerikaovozi.com/a/7303670.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Isroilning raketa hujumlari oqibatida G'azo sektorida kamida 198 kishi halok bo'ldi va yana 1610 dan ortiq odam yaralandi. Bu haqda G'azodagi Falastin Sog'liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Isroilda esa HAMAS hujumi ortidan kamida 70 kishi o'lgani aytilmoqda.

Shanba tongida HAMAS kutilmaganda Isroilga raketa yog'dirishni boshlagan edi. Shuningdek, guruh a'zolari Isroilning bir necha shahriga bostirib kirgan.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Turkiya dron orqali Suriya shimolidagi kurdlar hududlarini nishonga oldi.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-october-4/7296685.html

Читать полностью…
Подписаться на канал