Seshanba kuni AQSh qonunchilari Amerika tarixida ilk bor AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikerini lavozimidan bo'shatdi.
216-210 ovoz natijalariga ko'ra, Respublikachi Kevin Makkarti spikerlik lavozimiga noloyiq deb topildi.
Makkarti o'tgan hafta oxirida o'ng qanot konservativ partiydoshlari e'tiroziga qaramay, hukumat faoliyati to'xtab qolishining oldini olish uchun demokratlar yordamida vaqtinchalik byudjet loyihasini qonunchilar tasdig'idan o'tkazgan edi.
Bundan norozi bir guruh respublikachilar uni ishdan olish masalasini ovozga qo'ydi. Oz sonli respublikachilar hamda demokratlar ovozi bilan u spikerlikdan bo'shatildi.
@voauzbek
AQSh Federal Aloqa Komissiyasining (FCC) Majburiy ijro byurosi "EchoStar-7" sun'iy yo'ldoshini to'g'ri deorbitatsiya qilmagani uchun "DISH" kompaniyasini jarimaga tortdi. Bu Komissiya tomonidan sun'iy yo'ldosh siyosatini buzganlik holatiga nisbatan qabul qilingan ilk qaror bo'ldi.
FCC tekshiruvining aniqlashicha, to'g'ridan-to'g'ri efir xizmatlarini ko'rsatuvchi kompaniya o'z ish faoliyatini tugatgan "EchoStar-7" sun'iy yo'ldoshini belgilangan balandlikdan pastroqqa tushirib, samoviy chiqindilar xavfining oshishga hissa qo'shgan va shu tariqa komissiya qoidalarini va litsenziya shartlarini buzgan. Unga nisbatan 150 000 dollar jarima qo'llangan.
@voauzbek
Pokistonning Baluchiston viloyati Mastung shahrida kuchli bomba portlashi oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘ldi, 100 ga yaqin odam jarohatlandi.
Portlash Muhammad payg‘ambarning tavallud kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbir yaqinida xudkush deb gumon qilingan shaxs o'zini portlatishi oqibatida sodir bo‘lgan. Tahriki Tolibon Pokiston jangari guruhi voqea uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Bu so‘nggi bir necha hafta ichida Baluchistonda sodir bo‘lgan ikkinchi va so‘nggi yillardagi eng halokatli portlashdir.
@voauzbek