Sobiq prezident Donald Tramp Jorjiya shtati Fulton okrugi qamoqxonasiga kech soat 19:30 da borib, ro'yxatdan o'tdi. Rasmiyatchilik uchun o'tkazilgan bu tashrif davomida mahbus sifatida Trampning surati olingan va 30 daqiqadan so'ng qo'yib yuborilgan. Sud ishi davom etayotgan paytda sobiq prezident ozodlikda qoladi.
Bir qator jinoiy ayblovlar bilan yuzlashayotgan Donald Tramp ayni paytda prezidentlik uchun nomzodini qayta qo'ygan.
Ushbu matnga ilova qilingan surat bugun Fulton okrugi qamoqxonasida olingan.
@voauzbek
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka da'vogar sakkiz nomzod partiya doirasida ilk siyosiy bahsini o'tkazdi. Unda nomzodlikka asosiy da'vogar Doland Tramp qatnashmadi. Tramp ayni paytda bir necha jinoyat bo'yicha sud ishlariga tortilgan.
Debatda qatnashgan sakkiz nomzoddan olti nafari, agar aybdor deb topilsa, Trampni himoya qilishini bildirdi. Faqat ikki nafari - Nyu-Jersi sobiq gubernatori Kris Kristi va Arkanzas sobiq gubernatori Asa Hatchinson jinoyat sodir qilgani tasdiqlansa, Trampni yoqlamasligini aytdi.
Bahs boshlanishi arafasida "X" (sobiq "Twitter") tarmog'ida Donald Tramp bilan o'tkazilgan intervyu efirga uzatildi. Unda Tramp bahsda qatnashayotganlar orasidagi ba'zi nomzodlar bahs uchun vaqt ketkazishga ham arzimasligini va shu bois unda qatnashmaganini aytdi. Ular mening darajamda emas, dedi sobiq prezident.
Bahsda nomzodlar ichki va tashqi siyosatda prezident sifatida qilmoqchi bo'lgan ishlari haqida gapirdi.
@voauzbek