Florida gubernatori Ron Desantis 2024-yilgi AQSh prezidentligi saylovida nomzod sifatida qatnashishini rasman e'lon qildi.
U bu haqda "Twitter" ijtimoiy tarmog'i orqali jonli efirda xabar berdi. Efirda "Twitter"ning egasi, milliarder Ilon Mask ham qatnashgan. Ammo ijtimoiy tarmoqda texnik nosozlik yuz berib, efir to'xtab qolgan va Desantis 20 daqiqadan so'ng qayta efirga chiqqan.
Prezidentlik saylovida Desantis sobiq prezident Donald Tramp uchun respublikachilar orasida asosiy raqib bo'lishi kutilyapti. Respublikachilar partiyasidan yagona nomzodlikni qo'lga kiritgan shaxs asosiy saylovda amaldagi prezident, demokrat Jo Baydenga qarshi kurash olib boradi.
@voauzbek
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Arab ligasi sammitida qatnashish uchun Saudiya Arabistonining Jidda shahriga tashrif buyurdi. Bu yig'inda uzoq yillik izolyatsiya ortidan ilk bor Suriya Prezidenti Bashar Assad ham qatnashmoqda.
Uchrashuvlarda Ukrainadagi urush mavzusi ham muhokama qilinadi. Zelenskiy Rossiya bosqinini qoralashda arab davlatlarini faolroq bo'lishga undashi kutilyapti.
@voauzbek