Saudiya Arabistoni Suriya Prezidenti Bashar Asadni neftga boy qirollikda boʻlib oʻtadigan Arab Ligasi sammitiga taklif qilgan. Bu haqda Suriya prezidenti idorasi chorshanba kuni xabar qildi. Bu xabar 12 yillik siyosiy izolyatsiyadan so‘ng asta-sekin Damashq arab dunyosi tomonidan o'zaro aloqalarga qayta jalb qilinayotganini anglatadi.
Bo‘lajak sammit 19-may kuni Saudiyaning sohilbo‘yi Jidda shahrida bo‘lib o‘tadi.
@voauzbek
Nyu-Yorkda iftorlarga o'zbekistonliklar homiy (Video)
Har yil Ramazon oyida Bruklin tumani rahbari iftor dasturxoni yozadi. Musulmonlar uchun muborak sanalgan kunlarda bu din vakillarini tuman ma’muriyati binosida mehmon qilish an’anasi 22 yil oldin joriy etilgan. Mahalliy rahbarlar yangi immigrantlar bilan tanishadi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7050042.html
Finlyandiya Rossiya bilan chegarada tikanli panjara o’rnatmoqda, Imatra, 14-aprel, 2023.
Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida Finlyandiya Rossiya bilan eng uzun, 1340 kilometrlik chegaraga ega. Shuning 200 kilometrlik qismida uch metrli panjara o’rnatilmoqda. Loyiha 380 million yevroga tushadi.
Asosiy maqsad, deydi rasmiylar, Rossiyadan gibrid tahdid sifatida ko’riladigan keng ko’lamli noqonuniy migratsiyaning oldini olish.
@voauzbek
🇯🇵 Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida Vakayama shahridagi ommaviy tadbir paytida evakuatsiya qilindi, u tomon tutunli bomba uloqtirilgani taxmin qilinmoqda, 15-aprel, 2023.
Voqea joyida “qattiq portlash” yangragan, 24 yoshli erkak qo’lga olingan.
O’tgan yili yozda Yaponiya sobiq bosh vaziri Shinzo Abe saylovchilar bilan uchrashayotgan paytda qo’lbola to’pponcha bilan otib o’ldirilgan edi.
@voauzbek
Sigir so'yib, aybni musulmonlarga to'nkashga uringan o'ng qanot hindu faollari hibsga olindi
Uttar-Pradesh shtatida o'ng qanot hind guruhi a'zolari sigir so’yib, aybni musulmonlarga to’nkash orqali ularga nisbatan dushmanlikni qo'zg'atishga uringan.
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/7051336.html
AQSh Federal qidiruv byurosi Milliy gvardiyaning 21 yoshli xizmatchisini AQSh hukumati va harbiylariga aloqador yuzlab sahifalik maxfiy hujjatlarning sizdirilishi bilan bog’liq ish bo’yicha hibsga oldi. Oshkor qilingan hujjatlar AQSh razvedkasining Ukrainadagi urush va boshqa oʻta nozik masalalarga oid maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan.
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/7049661.html
Missuri shtatidagi islomiy maktab (Video)
AQShda akkreditatsiyadan o’tgan 140 ga yaqin islomiy maktablar faoliyat yuritadi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7051324.html
Markaziy Osiyo bugun kimga yaqin? Jorjtaun universitetida muhokama (Video)
Jorjtaun universiteti, Vashington: Markaziy Osiyoda energetika va suv tanqisligi, agressiv Rossiya, Afg'oniston va terrorizm tahdidi, shuningdek, ochilayotgan biznes imkoniyatlar, g'arb va sharq bilan aloqalar xususida gap ketdi. Amerika hozir mintaqada qanchalik faol? Bu ham muhokamada bo'ldi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7052046.html
🕶 Arnold Shvarsenegger Los-Anjelesda, o’z mahallasidagi yo’lda uni haftalardan buyon bezovta qilgan “bahaybat chuqurlik” borligini aytib, bir qop asfalt olib keldi va uni tekislab tashladi.
“Har doim aytaman, shikoyat qilib o’tirmasdan ishni bajaraylik”, - deya yozdi mashhur aktyor “Twitter” sahifasida.
“SoCalGas” gaz kompaniyasining bildirishicha, yo’ldagi chuqurlik aslida quvurlarni yangilash uchun yanvarda qazilgan xandaq bo’lgan, uni asfaltlash ishlari yomg’irlar sababli qoldirilgan.
Chuqurlikmi, xandaqmi, uni tuzatish buncha vaqt olmasligi kerak, deya javob qaytardi “Terminator”.
“Isroilga o’lim” va "AQShga o'lim" kabi shiorlar bilan minglab eronliklar Quds kunini nishonladi, Tehron, 14-aprel, 2023.
Rasmiylar, jumladan, Prezident Ibrohim Raisiy ishtirok etgan bunday marsh Isroilni la’natlab, falastinliklar bilan birdamlik izhor qilish uchun har yili o’tkaziladi.
🇮🇳 Hindistonning Assam shtatida 11 304 raqqos va 2 548 barabanchi ishtirokida “Rongali Bihu” raqsining eng yirik jonli ijrosi Ginness rekordlar kitobiga kirdi.
Shtat poytaxtidagi stadionda o’tgan tadbirda Bosh vazir Narendra Modi ham qatnashgan.
@voauzbek