Rossiya Qrim mudofaasiga shaylanmoqda (Video)
Ukraina qarshi hujumga tayyorlanayotganiga doir ma'lumotlar manzarasida Rossiya Qrim mudofaasini jiddiy kuchaytirmoqda. Qrimning Moskva tomoni tayinlangan rahbari Sergey Aksenov kuni kecha yarimorol Ukrainaning qarshi hujumiga tayyor ekanligini aytdi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7049429.html
Samarqandda Afg'onistonning qo'shnilari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari vaziyatni muhokama qildi
O'zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Eron, Pokiston, Rossiya va Xitoy tashqi ishlar vazirlari 13-aprel kuni Samarqandda uchrashib, xavfsizlik va gumanitar yordam masalalarini muhokama qildi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7049045.html
Qirg'izistonda jurnalistika: muammo va imkoniyatlar (Video)
So'nggi yillarda Qirg'izistonda so'z erkinligi bilan bog'liq vaziyat yomonlashib borayotgani aytiladi. Mamlakat ommaviy axborot vositalari bugun qanday ishlamoqda? Jurnalistlar qanday muammolar bilan yuzlashyapti? Shu savollar bilan ekspert va jurnalistlarga bog'landik.
https://www.amerikaovozi.com/a/7045029.html
Tolibonning xabar qilishicha, Afg‘oniston shimolida qurolli muxolifatning kamida sakkiz nafar jangchisi o'ldirilgan.
Kobuldan 120 kilometr shimolda, Parvon viloyatida kechgan janglar Tolibon kuchlari va Milliy qarshilik fronti vakillari o‘rtasida oxirgi bir necha oy ichida yuz bergan birinchi yirik to‘qnashuv ekani aytilmoqda.
Tolibon boshchiligidagi Afg‘oniston Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, o'ldirilganlar orasida Milliy qarshilik frontining asosiy qo‘mondoni Akmal Amiriy ham bor.
@voauzbek
Ijtimoiy sahifaga tarqalgan AQSh maxfiy hujjatlarida qanday ma'lumotlar bor?
Ushbu hujjatlarda AQShning ittifoqchi va g’anim davlatlarni kuzatib yurgani ta’riflanadi. Xususan Janubiy Koreya, Isroil va Ukraina rasmiylari, jumladan Prezident Vladimir Zelenskiyning suhbatlariga yashirincha quloq solingani ma’lum.
https://www.amerikaovozi.com/a/leaked-documents-content/7045706.html
Tolibon Afg‘onistonning shimoli-g‘arbidagi Hirot viloyatida oilalar va ayollarga bog‘lari yoki yashil maydonlari bo‘lgan restoranlarga kirishni taqiqladi.
Rasmiylarning aytishicha, bu chora diniy arboblar va jamoatchilik vakillarining bunday joylarda qarama-qarshi jinslar aralashib ketayotgani haqidagi shikoyatlaridan keyin qabul qilingan.
@voauzbek
🛶🛥 Italiya sohil qo’riqchilari Yevropaga qayiqda yo’l olgan migrantlarning navbatdagi guruhini qutqarib oldi. Ikki qayiqda jami 1200 kishi bo’lgan. O’rta dengiz, 10-aprel, 2023.
👉 7-apreldagi qutqaruv ishlarida esa 2000 kishiga yordam berilgan edi.
AQSh razvedkasining oshkor bo’lgan Ukrainaga doir maxfiy hujjatlari soxtami?
G’arbdagi ayrim kuzatuvchilar ijtimoiy sahifalarda tarqalgan Ukrainadagi urushga aloqador AQSh razvedkasi maxfiy hujjatlarining soxta ekanini, urushdagi talafotlarini kamroq qilib ko’rsatmoqchi bo’lgan Rossiya tomonidan soxtalashtirilganini aytmoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/leaked-docs-ukraine/7044130.html
Meksikaning Tixuana shahrida yer ko'chishi oqibatida bino qulab tushdi. Jarohatlanganlar yoki qurbonlar haqida ma'lumot yo'q. Tabiiy ofat natijasida kamida ikkita bino qulagani xabar qilinmoqda.
@voauzbek
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar so‘nggi oylarda Afg‘onistonda o‘zboshimchalik bilan hibsga olishlar ko‘paygani haqida xavotir bildirayotgan bir paytda Tolibon ikki afg‘on faolini ozod qildi.
Ayollar huquqlari himoyachisi Nargis Sadat va universitet o‘qituvchisi va yozuvchi Zakariya Osuli Tolibon tomonidan ikki oydan ortiq hibsda saqlanayotgan edi. Ular dushanba kuni qo‘yib yuborilgan.
Tolibon bu faollar nima uchun hibsga olingani va keyinroq qo‘yib yuborilgani haqida izoh bermagan.
@voauzbek
Jahon bankidan O'zbekistonga 296 mln dollar qarz
O'zbekiston hukumati va Jahon banki orasida imzolangan to'rt qarz bitimiga asosan mamlakat 296 million dollar miqdorida qarz oladi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7049143.html
AQSh maxfiy hujjatlarini sizdirishda ayblangan shaxs hibsga olindi
AQSh Federal qidiruv byurosi Milliy gvardiyaning 21 yoshli xizmatchisini AQSh hukumati va harbiylariga aloqador yuzlab sahifalik maxfiy hujjatlarning sizdirilishi bilan bog’liq ish bo’yicha hibsga oldi.
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/7049661.html
Zelenskiydan orden olgan "Qrim" batalyoni qo'mondoni o'zbek safdoshlarini xotirladi
"Qrim" batalyoni qo’mondoni Isa Akayev yaqinda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan "Matonat" ordeni bilan taqdirlandi. Isa Akayev Ukraina urushi faxriylaridan, birinchi jangavor tajribani 2014-yillarda Qrim ishgʼol qilinishi ortidan Donbassdagi janglarda olgan.
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/7046295.html
Ukrainaning jangchi ayollari (Video)
Ukraina qurolli kuchlarida 60 mingga yaqin ayol xizmat qilmoqda. O‘tgan yili ularning 100 dan oshig‘i frontda halok bo‘ldi, 50 nafari bedarak yo‘qoldi. Rossiya Ukarinaga urush boshlashi ortidan o‘n minglab ukrain ayollari ko‘ngilli tarzda Ukraina qurolli kuchlari safiga qo‘shilgan.
https://www.amerikaovozi.com/a/7046202.html
Afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan kiygan bir juft krossovka auksionda 2,2 million dollarga sotildi. Bu sotilgan sport kiyimlari tarixida rekord ko'rsatkich. Jordan bu poyafzalni 1998-yilgi NBA musobaqasi finalida kiygan.
Bu sportchi uchun oltinchi va so‘nggi chempionlik o'yini edi.
@voauzbek
O'zbekistonda zo'ravonlikka qarshi yangi qonun
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 16 yoshga to‘lmagan bola bilan jinsiy aloqa qilganlikda aybdor deb topilganlar soni 2019-yilda 99 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020-yilda 153 nafar, 2021-yilda 216 nafar, 2022-yilda 238 nafarni tashkil etgan.
https://www.amerikaovozi.com/a/7046722.html
Jahon banki, XVF Vashingtonda yillik majlisda
Yig'inlarda Markaziy Osiyodan ham tegishli vazirlar, vazirlarning o'rinbosarlari va boshqa yuqori lavozimli rasmiylar qatnashmoqda. Mintaqa uchun alohida ochiq anjumanlar rejalanmagan, ammo delegatsiyalar yopiq eshiklar ortida muloqotda.
https://www.amerikaovozi.com/a/7044640.html
Xitoy-Markaziy Osiyo aloqalari AQShdan qanday ko'rinmoqda?
Amerika ekspertlari Xitoyning Markaziy Osiyodagi bugungi kuchiga AQSh qanday javob berishi kerakligi xususida turlicha fikrda. Ayrimlariga ko'ra, bellashish shart emas. Ba'zilari ta'biricha esa tenglashib ham bo'lmaydi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7045026.html
Dushanba kuni e'lon qilingan xabarga ko'ra, Rossiya va Ukraina o'rtasidagi so'nggi mahbus almashishda 200 dan ortiq askar o'z uyiga qaytgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi 106 nafar askar Ukraina hibsxonasidan ozod etilganini maʼlum qilgan boʻlsa, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma'muriyati rahbari Andrey Yermak Rossiya 100 nafar ukrainalik mahbusni ozod qilganini aytdi.
Mahbuslar almashinuvi qanday amalga oshirilgani tafsilotlari oshkor etilmagan. Yermakning Telegram kanalida aytishicha, ukrainalik askarlarning bir qismi og‘ir jarohatlar va kasalliklarga ega.
@voauzbek