Afg'oniston - Markaziy Osiyo uchun "doimiy boshog'riq"
Qo'shnilar esa doimiy xavotirda. Afg'oniston bilan chegaradosh davlatlar o'z manfaatlarini ko'zlab, qisqa va uzoq muddatli qarorlar qilaveradi, deydi tahlilchilar, bu mamlakat har jihatdan "boshog'riq" va muammo sifatida qolmoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/7027133.html
29-mart kuni Toshkentda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati Kommunistik partiyasi bosh kotibi Ma Sinjuy bilan muloqot qilgan.
Ma boshchiligidagi delegatsiya bu hafta Markaziy Osiyo bo'ylab safarda. Dushanba kuni Ostonada Qozog'iston Prezidenti Qozsim-Jo'mart To'qayev bilan uchrashgan.
O‘zbekiston-Xitoy savdo aylanmasi o'tgan yili 9 milliard dollarni tashkil etgan. Shu kungacha qayd etilgan eng yuqori ko'rsatkich.
Ma ta’kidlashicha, tomonlar - "ishonchli strategik hamkorlardir". O‘zbekiston, deya bildiradi delegatsiya, “yagona Xitoy" siyosatini quvvatlaydi va “uch yovuz kuch” – terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi qat’iy choralar ko'rishda hamfikr.
Uyg'ular Ma va uni boshqaradigan Xitoy hukumatini zulm va haqsizliklarda ayblaydi. Qardosh turkiy davlatlar bu borada lom-mim demaydi.
Foto: O'zbekiston Milliy Axborot Agentligi
❗️ Poytaxt Kobulda 29-mart tongida 4,3 balli zilzila qayd etildi. Episentr Afg'onistonning Pokiston va Tojikistonga chegaradosh Badaxshon viloyatidagi Jurm hududi ekani ma'lum qilingan.
👉 Zilzila Afg'onistonda kamida to'rt kishining o'limiga sabab bo'lgan. 50 dan ziyod odam jarohat olgan.
👉 Pokiston rasmiylariga ko'ra, mamlakatning shimoli-g'arbiy hududida kamida to'qqiz kishi halok bo'lgan, 44 kishi jarohat olgan.
👉 Bir hafta avval yuz bergan 6,6 balli zilzila Afg'oniston va Pokistonda jami 21 kishini hayotdan olib ketgan edi.
👉 Geologik nuqtai nazardan hali yosh sanaladigan Hindiqush tog' tizmasida hanuz balandlik o'sishi jarayoni davom etmoqda. Hind va Yevrosiyo tektonik plitalari to'qnashadigan bu seysmik hudud dunyoning zilzila ko'p qayd etiladigan xavfli zonalaridan sanaladi.
👉 Bu zonada ikki tektonik plita bir-biriga yiliga 40-50 millimetr tezlikda yaqinlashayotgani ma'lum qilingan.
@voauzbek
Rossiya hujumlarni kuchaytirar ekan, protez klinikalari og'ir jarohat olgan harbiylar va tinch aholi vakillari bilan to'lmoqda. Kiyev, 28-mart, 2023.
Mamlakat bo'ylab ayni damda 80 ga yaqin protez klinikalari ishlab turibdi. Jarohatlar soni ortar ekan, qo'shimcha protez va mutaxassislarga jiddiy ehtiyoj sezilmoqda.
Ana shunday klinikalarning to'qqiztasiga egalik qilayotgan Nagendar Parasher jami 25 nafar mutaxassis bilan ishlaydi. Yana 75 nafar mutaxassis yetishmayapti, deydi u. Avval uning klinikalariga oyiga 20-30 nafar bemor kelgan bo'lsa, ayni damda bu ko'rsatkich uch barobar oshgan.
@voauzbek
Neshvill politsiyasi maktabdagi otishmaga doir videoni taqdim etdi.
AQShning Tennessi shtati janubida 28 yoshli shaxs nasroniylar o'rta maktabiga qurol bilan bostirib kirib, uch o'quvchi va yana uch maktab xodimini o‘ldirgan.
Politsiya otishmani sodir etganlikda gumon qilingan ayolni otib o'ldirgan. Otishmaga qo'l urgan odam maktabning sobiq o‘quvchisi bo’lgan. Uning qo'lida ikkita yarim avtomat qurol va bitta to'pponcha bo'lgan.
Tolibon Afg’onistonda “PenPath” ta’limni qo’llab-quvvatlash tarmog’i asoschisi Matiulloh Vesani namozdan so'ng Kobuldagi masjidda hibsga olgan.
Faolning qarindoshlari va BMT vakillari xabarni tasdiqladi.
Tolibon uning ikki aka-ukasini ham uydan kuch bilan olib ketgan.
Tolibon rasmiylari holatga izoh bermadi.
Vesa “PenPath” tarmog’ini 2009-yilda tashkil etgan. Shundan beri qishloq joylarida darslar tashkillashtirib keladi. Mahalliy aholi o'rtasida odamlarni qizlarning maktabga borishiga ruxsat berishi uchun targ’ibot ishlarini olib borgan. Tarmoq yuzlab ko'ngillilarga ega bo'lib, ular mahalliy maktablar tashkil etishda, o'qituvchilar, kitob va boshqa resurslar topishda xizmat qilgan.
Ukraina qudrati timsoliga aylangan Baxmut tuzi (Video)
Ukrainaning Baxmut hududi 140 yil davomida ukrainlar, shuningdek, boshqa xalqlar dasturxoniga osh tuzi yetkazib berishi bilan tanilgan. Bugun Baxmutda ishlab chiqarish korxonalari vayron qilingan, ammo "Baxmut tuzi" jangovarlik timsoliga aylandi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7022805.html
Qoraqalpog'istonlik faollar vatanda sudga tortilmoqda
Norvegiyada qochqin maqomiga ega 56 yoshli Amanbay Sagidullayev va Qozog'istonda yashovchi 54 yoshli Niyetbay Urazbayev Nukusda Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan "Jinoyat kodeksining 28-104, 158, 159, 244 va 244-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda" ayblanmoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/7024467.html
Marokash jahon chempionatiga mezoblik qilish niyatida
Marokash o'tgan yili futbol bo'yicha jahon chempionatida penaltilar seriyasi orqali dramatik tarzda Ispaniya ustidan g'alaba qozonib, dunyoni hayratda qoldirgan edi.
Marokash, shuningdek, musobaqaning yarim finaliga chiqqan birinchi Afrika davlati bo'lib tarix yaratdi.
Chempionat ovozasi hali tinib ulgurmasdan, Marokash 2030-yilda xuddi shu musobaqaga Ispaniya va Portugaliya bilan birgalikda mezbonlik qilish niyatini bildirmoqda.
@voauzbek
Xalqaro hayot - 27-mart, 2023-yil
- Isroilda hukumatga qarshi namoyish
- Rossiya bosqini Ukrainada atrof-muhitni zaharlamoqda
- Myanma Qurolli kuchlar kunini nishonladi
- Tayvanning sobiq rahbari Xitoyga safar qildi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7024022.html
⚽️ Indoneziyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi Isroilga qarshi norozilik tufayli qoldirildi. Marosim 31-martda o’tkazilishi kerak edi.
Bali gubernatori Isroil terma jamoasini qabul qilishdan bosh tortgan.
Gubernator Vayan Koster Yoshlar va sport vazirligiga Falastin bilan mojaro tufayli "Isroil terma jamoasini Bali shahridagi musobaqalarda qatnashishni taqiqlovchi qaror qabul qilishni" iltimos qilib, ariza yozgan.
Falastin masalasi tufayli ikki davlat oʻrtasida rasmiy diplomatik aloqalar yoʻq.
24 jamoa ishtirokidagi chempionat 20-maydan 11-iyungacha o’tishi rejalashtirilgan.
Unda Osiyo kubogida chempionlikni qo’lga kiritgan O‘zbekiston termasi ham ishtirok etadi. @voauzbek
💣 Afg‘onistonda 27-mart kuni Tashqi ishlar vazirligi binosi yonida xudkush terrorchi portlash sodir etdi. Kamida olti kishi halok bo‘ldi. O’nlab odamlar, jumladan, bir bola ham jarohat oldi.
Voqea xavfsizlik nazorati punkti yaqinida yuz bergan.
Yaralanganlar orasida uch nafar xavfsizlik xodimi ham bor.
Hozircha hech bir guruh portlash uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olmadi.
IShIDning mahalliy bo‘limi bo‘lmish “Islomiy davlat-Xuroson” guruhi mamlakatda faol. @voauzbek
Markaziy Osiyo festivali, Vashingtonda Navro'z (Video)
Amerika poytaxtida Navro'z Jorj Vashington universitetida Markaziy Osiyo festivali demakdir. Yillik tadbir vatandoshlarni bir joyga yig'adi. Shuningdek, mintaqa xalqlari madaniyati va san'atini targ'ib qiladi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7021868.html
Xalqaro hayot - 24-mart, 2023-yil
- Kongressdagi respublikachilar Afg’onistondan 2021-yil evakuatsiyasini tergov qilmoqda
- Kongressning Xitoy bo’yicha qo’mitasida uyg’urlar masalasi ko’rilmoqda
- “TikTok” rahbari AQSh kongressida hisobot berdi
- Fazo yangiliklari: 3d printerda chiqarilgan raketa
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-march-24/7020126.html
Ishg'oldagi Qrim qiyofasini chizayotgan rassom (Video)
Qrimlik Rustem rassom, kulol va dizayner. U ayni paytda qrim-tatarlar faoli. U o'z asarlari orqali ishg'oldagi Qrim qiyofasini yaratishga urinmoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/7025843.html
O'zbekiston BMT maxsus vakili tavsiyalarini qanchalik bajara oldi?
2017-yilning kuzida O'zbekistonni kezib, e'tiqod erkinligi qay ahvolda ekani bilan tanishgan Ahmad Shahid o'sha paytda BMTning bu boradagi maxsus vakili sifatida o'z hisobotini taqdim etib, qator tavsiyalar bergan edi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7024815.html
Xalqaro hayot - 29-mart, 2023-yil
- AQSh ikkinchi "Demokratiya sammiti"ni o'tkazyapti
- Netanyaxu muxolifat bilan kelisha oladimi?
- Shotlandiyada musulmon arbob davlat rahbari bo'ldi
- Kreml: G'arb bilan ixtilof uzoq davom etadi.
- Zelenskiy Si Zinpinni Ukrainaga taklif qildi
- Fransiyadagi namoyishlarda yoshlar ham qatnashmoqda
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-march-29/7027465.html
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Chelyabinsk va Kirov viloyatlaridagi qurol-yarog‘ ishlab chiqarish zavodlariga bordi. Ma’lum qilinishicha, yil oxirigacha qurol-yarog‘ ishlab chiqarish yetti-sakkiz barobarga oshiriladi.
@voauzbek
Xalqaro hayot - 28-mart, 2023-yil
- Xavfsizlik Kengashida Rossiya taklif etgan hujjat qabul qilinmadi
- Rossiya Yapon dengizi tomon raketa otdi
- Tayvan sobiq prezidentining Xitoyga tarixiy tashrifi
- AQSh Kongressi prezidentni urush vakolatlaridan ayirishga urinmoqda
- Netanyaxu adliya tizimi islohoti rejasini bir oyga qoldirdi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-march-28/7025646.html
👶 2021-yilda Afg’onistondagi evakuatsiya vaqtida aeroportda portlash yuz berib, ota-onasidan ajralib qolgan bir haftalik go’dak Qatarda qarindoshlari bilan birlashtirildi. Maryam ismli qizaloq hozir deyarli ikki yoshda. Doha, 28-mart, 2023.
Aeroportdagi portlashda Maryamning ota-onasi halok bo’ladi. Oilaning to’rt bolasi omon qoladi. Bir o’smir bola go’dakni topib olib, AQSh askarlariga olib boradi. Shu tariqa, chaqaloq Qatarga kelib qoladi. Go’dakning aka va opalari esa Afg’onistonda qolib ketadi.
Maryamning qarindoshlari DNK testi orqali topilgan.
Qizning amakisi Yor Muhammad Niyoziy Maryamning tug’ishganlari, shuningdek o’zining to’rt farzandi va rafiqasini ham Qatarga olib keldi. Niyoziy endi oilani AQShga olib ketishini aytadi.
Maryam - aeroportdagi to’palonda oilasidan ajralib qolgan ko’plab bolalarning biri xolos. Qatardagi yetimxonaga olib kelingan boshqa afg’on bolalari ham qarindoshlariga topshirildi. Ba’zilari AQSh, Kanada va Yevropadagi oilalar tomonidan asrab olindi.
Kongo Demokratik Respublikasida kuchli yomg’ir oqibatida oltin konida ko’chki yuz berib, ishchilar tuproq ostida qoldi. Baxtga, konchilar tuproq ostidan tirik chiqdi. @voauzbek
Читать полностью…Turkmanistonda yana bir nodemokratik, muxolifatsiz saylov
Mustaqil davlatga aylanganidan beri, ya'ni 1991-yildan buyon erkin va adolatli saylov o'tkazmagan Turkmanistonda 26-mart kuni yangi parlament a'zolari saylandi. 125 o'rin uchun 258 fuqaro nomzodini qo'ygan. Ularning birortasi amaldagi siyosatni savolga tutmaydi. Barchasi Prezident Serdar Berdimuhamedovga bosh egadi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7023632.html
AQShning Tennessi shtati janubida 28 yoshli shaxs nasroniylar o'rta maktabiga qurol bilan bostirib kirib, uch o'quvchi va yana uchta katta yoshli maktab xodimini o‘ldirgan.
Politsiya otishmani sodir etganlikda gumon qilingan shaxsni otib o'ldirgan. Otishmaga qo'l urgan odam maktabning sobiq o‘quvchisi ekani aytilmoqda. Uning qo'lida ikkita yarim avtomat qurol va bitta to'pponcha bo'lgan.
Ayni paytda voqea sabablari va tafsilotlari o'rganilmoqda.
@voauzbek
Rossiyaning Kireyevsk shaharchasida uylar ustiga dron quladi. Tula, 27-mart, 2023.
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko’ra, Ukrainaning uchuvchisiz uchog’i urib turshirilgan. Dron aholining uylari ustiga qulagan.
Aholi esa g’azabda. "Nega uylar ustida urib tushirishadi? Bu yerdan atigi 500 metr narida dala bor. O’sha yerda urib tushirishlari mumkin edi-ku? Yashashga boshqa joyimiz yo’q. Tovon to’lashadimi endi?!” , - deydi bir mahalliy aholi vakili.
"Agar bolalar uyda bo'lganida nima bo'lardi? Halok bo'lardi!", - deydi yana boshqasi.
👉 Ukrainada esa Rossiya hujumlari oqibatida shu kungacha kamida 8000 tinch aholi, jumladan, 487 bola halok bo’lgan. 13 mingdan ziyod odam jarohat olgan.
👉 14 millionga yaqin odam o'z uyini tark etishga majbur bo’lgan.
👉 Hozirda 18 million aholi insonparvarlik yordamiga muhtoj.
Mashhur aktyor va UNICEFning “yaxshi niyat elchisi” Orlando Blum Ukrainaga bordi. Kiyevda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi. UNICEFning Ukraina bo’ylab tashkil etilgan “Spilno” markazlarini borib ko’rdi. 26-mart, 2023.
👉 “Spilno” markazlari ko'chirilgan bolalar, oilalarni qo'llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan.
👉 Ukraina Bosh prokuraturasiga ko‘ra, shu kungacha urush tufayli kamida 465 nafar bola halok bo‘lgan.
@voauzbek
🇺🇦🚑 Urush sharoitida xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlari. Chasov-Yar, Ukraina.
Baxmut uchun ashaddiy janglar davom etmoqda.
Urushda jarohat olgan askarlar avvaliga frontga yaqin joyda vaqtinchalik tashkil etilgan tibbiyot markaziga yetkaziladi. Yaradorning holati bir oz barqarorlashgandan so’ng Kramatorskdagi katta kasalxonaga olib ketiladi.
@voauzbek
🇹🇲 Turkmanistonda bir palatali parlamentga saylovlar bo’lib o’tdi. 26-mart, 2023.
👉 Hokimiyat otadan o‘g’ilga meros qoldirilgan mamlakatda ikki palatali tizimdan voz kechib, yana bir palatali parlamentga qaytishga qaror qilingan edi.
👉 Qurbonguli Berdimuhammedov tashabbusi bilan ikki yil muqaddam mamlakatda ikki palatali parlament tashkil etilgan edi. Bu demokratik islohotlar hamda zamon talabi bilan izohlangan.
Joriy yilning 11-yanvar kuni Turkmaniston parlamentida chiqish qilgan Qurbonguli Berdimuhammedov ikki palatali parlamentdan voz kechish ham zamon talabiga bog’liq ekanini aytib o’tgan edi.
@voauzbek
AQSh Javlon Vahobovni kuzatmoqda (Video)
2017-yildan beri O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov shu kunlarda vatanga qaytadi. O'rniga Furqat Sidiqov kelishi kutilmoqda. Vahobov davrida elchixona faoliyati Kanada, Meksika va Braziliyaga kengaydi. Amerika siyosiy va ilmiy ahli uning elchiligini yuqori baholaydi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7020721.html
🇺🇦 Konstantinovka shahridagi Gumanitar yordam markazi Rossiya raketalari zarbasi ostida qoldi. Uch kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi. 24-mart, 2023.
Konstantinovka Baxmutdan 25 kilometr g'arbda joylashgan.
Mahalliy rasmiylarga ko’ra, rus qo'shinlari shaharga S-300 raketalarini uchirgan.
@voauzbek