🇺🇳💧🇺🇿 22-mart - Butunjahon Suv kuni. Shu munosabat bilan, BMT 1977-yildan buyon ilk bor suv muammolari bo’yicha konferensiyani tashkil etgan.
Tashkilotning Nyu-yorkdagi bosh qarorgohida o'tayotgan uch kunlik xalqaro anjumanda O'zbekiston delegatsiyasi nomidan Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo'yicha sho'ba mudiri Saida Mirziyoyeva so'zladi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi suv muammolari bo'yicha kurashda dunyo mamlakatlarini birlashtirish.
2050-yilga qadar sayyoraning 5 milliard aholisi suv tanqisligidan aziyat chekishi mumkin. BMT insoniyatni ogohlikka chaqirar ekan, ehtimoliy fojialarning oldini olish uchun oldindan choralar ko'rishga undamoqda.
Mirziyoyeva o'z nutqida asosiy e'tiborni Orol dengizi muammosiga qaratdi. O'z vaqtida kattaligi bo'yicha to'rtinchi o'rinda bo'lgan yirik orolning qanday fojiaga uchragani, talafotlar, ayanchli oqibatlar va mintaqadagi joriy holat haqida ma'lumot berdi.
Tojikiston: Afg’on qochoqlar Navro’zni nishonladi (Video)
Tojikistonda turli shahar va tumanlarida 10 mingdan ortiq afgʼon qochoqlari yashaydi. Qochqinlar huquqlarini himoya qilish boʼyicha xalqaro va mahalliy tashkilotlar ular uchun Navroʼz bayrami tashkil etdi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7018133.html
Xalqaro hayot - 23-mart, 2023-yil
- Blinken: Xitoy tinchlik rejasi Ukrainada Rossiya bosqiniga chek qo’ymaydi
- Hindiston sudi Raxul Gandini 2 yilga qamashni buyurdi
- Isroil parlamenti Netanyahuni lavozimidan olish ehtimolini cheklovchi qonun qabul qildi
- AQSh bank tizimidagi inqiroz global muammolarga olib keladimi?
- Uganda LGBTQ vakillarini jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonun qabul qildi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-march-23/7018516.html
🇺🇦 Ukraina: nishonga olinayotgan uy. Chasov Yar, 22-mart, 2023.
👉 Baxmut va uning atrofidagi hududlarda ashaddiy janglar davom etmoqda.
🐋🐳 Ispaniya sohillarida odamlar skolioz kasalligi mavjud bo’lgan kitga duch keldi. Okeanografiya fondi mutaxassislarning fikricha, 40 tonnalik jonzot biror narsaga bog’lanib yoki tiqilib qolgan emas, shunchaki skoliozning og’ir ko’rinishidan aziyat chekmoqda.
Читать полностью…Afg’oniston: Ayol jurnalistlar uchun maydon torayib borayapti (Video)
Vatanini tark etishga majbur bo’lgan afg’onistonlik jurnalist Ozito Nozimiy mamlakatda yashayotgan ayollar hayotini yoritish imkoniyatiga ega emasligidan afsusda.
https://www.amerikaovozi.com/a/7011351.html
Rossiyaga olib ketilgan ukrain bolalari taqdiri BMTda muhokamada
BMT — rossiya hukumati ukrainalik bolalarni qanday qilib vatanidan olib ketgani haqida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashida hisobot berishi kutilmoqda. Aprel oyida Rossiya bu kengashga raislik qiladi.
Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud aynan shu masala yuzasidan Prezident Vladimir Putinni qamoqqa olishni buyurgan.
https://www.amerikaovozi.com/a/7016281.html
🇺🇦 Zaporojyeda Rossiya hujumiga uchragan uy. Rasmiylarga ko’ra, binoga ketma-ket ikki raketa kelib tushgan. 18 odam jarohat olgan. Ukraina, 22-mart, 2023.
@voauzbek
🌸🌷 AQSh poytaxtidagi Milliy diplomatiya muzeyida Markaziy Osiyo davlatlarining elchixonalari va boshqa diplomatik vakolatxonalar bilan hamkorlikda Navro'z ayyomi nishonlandi. Tadbirdan parcha. @voauzbek
Читать полностью…💧🚰🚿 22-mart - Butunjahon suv resurslari kuni. AQSh: Suv isrofgarchiligi.
@voauzbek
Xalqaro hayot - 21-mart, 2023-yil
- Si Zinpinning Rossiyaga tashrifi. 2-kun
- Xitoy Tayvan rahbarining AQShda to’xtab o’tish rejasini qoralamoqda
- AQSh Ukrainaga “Abrams” tanklarini shu yozda yuborishi mumkin
- Fransiya parlamenti hukumatni iste’foga chiqara olmadi
- Xalqaro valyuta jamg’armasi Shri-Lankaga yordam paketining 1-qismini bermoqda
- Bayden COVID-19 kelib chiqishiga doir razvedka ma’lumotini oshkor etish haqidagi qonun loyihasini imzoladi
https://www.youtube.com/watch?v=r4pvFotG06g
🇷🇺🤝🇨🇳 Xitoy Prezidenti Si Zinpin uch kunlik tashrif bilan Moskvada. 21-mart, 2023.
@voauzbek
🌸🌷 Amerikada Navro'z tantanalari
“Turkiston-Amerika” uyushmasi hamda “Amerika o'zbeklar jamiyati" tashkiloti hamkorligida o'tkazilgan Navro'z tantanalari. Dover shahri, 18-mart, 2023.
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/z/2110
Ko'plab mojaro zonalarida bolalar o'g'irlanmoqda; mehnat va jinsiy aloqaga, urushga majburlanmoqda; uysiz qolib, o'ldirilmoqda va mayib bo'lmoqda.
@voauzbek
Xalqaro hayot - 20-mart, 2023-yil
- Xitoy prezidenti Moskvada. Si va Putinning 40-muloqoti
- Putin kutilmaganda Ukrainadan tortib olingan Mariupolga bordi
- Tramp hibsga olinishi mumkinligini taxmin qildi
- AQSh Iroqni istilo qilganiga 20 yil to’ldi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-march-20/7013279.html
Ukrainadagi qozoq yurtalari (Video)
Ukrainaning Kiyev va boshqa shaharlarida ukrainaliklarga yordam berish uchun o’rnatilgan qozoq yurtalarini ko’rasiz. Rossiya armiyasining hujumlari tufayli elektrsiz qolgan ukrainlar bu yurtalarda isinishi, qahva, choy ichishi, internet xizmatidan foydalanish mumkin.
https://www.amerikaovozi.com/a/7010584.html
🇺🇦 Ukrainalik askar Andrey Babichev Baxmutning bugungi ko’rinishi aks etgan video taqdim etdi. Video dron orqali olingan.
@voauzbek
Peruda ko’chki qurbonlarini qidirayotgan qutqaruvchining ustiga muzlatgich qulab tushdi. 21-mart, 2023.
Daryo yoqasida joylashgan uylarning aholisi evakuatsiya qilingan.
Limada siklon va tinimsiz shiddatli yomg’irlar natijasida daryo oqimi kuchayib, ko’chki kuzatilmoqda.
Shu kungacha kamida 50 nafar odam ko’chki qurboni bo’ldi, yana shuncha odam jarohat olgan. 1300 danziyod uylar vayron bo’lgan. Shuningdek, ko’prik va yo’llar, ekin maydonlari, fermalarni suv bosgan.
O’zbekistonda prezident muddatini “nollashtirish” kampaniyasi boshlandimi? (Video)
30-aprel kuni O’zbekistonda Konstitutsiyani o'zgartirishga oid referendum o’tkaziladi. Undan asosiy maqsad amaldagi prezidentning avvalgi muddatlarini nollashtirish ekani aytilmoqda. Yangi konstitutsiya Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2040-yilgacha hokimiyatda qolish imkonini berishi mumkin.
https://www.amerikaovozi.com/a/7015136.html
“Yangi O’zbekiston”ning hibsdagi faollari (Video)
Sanjarali Imom - dramaturg, yozuvchi, muxolifat faoli.
Abduqodir Mo’minov - “Ko’zgu” nashri rahbari.
Mo’minov “Ko’zgu” nashri orqali keskin tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan.
Xurshid Daliyev - Human.uz sayti bosh direktori.
Mavjuda Mirzayeva - hozirda nomi o'zgargan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining matbuot xizmati rahbari.
https://www.amerikaovozi.com/a/7013039.html
Xalqaro hayot - 22-mart, 2023-yil
- Si Zinpinning Rossiyaga safari yakunlandi
- Turkiyadagi zilzilalar Istanbulda imoratlar xavfsizligi bo’yicha xavotir uyg’otmoqda
- Britaniyada inflyatsiya 10,4% ga chiqib ketdi
- Baydenning hamshaharlari yoshroq nomzodlarga yo’l berilishini xohlaydi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-march-22/7016638.html
Afg’oniston va Pokistonda 21-martdagi 6,5 balli zilzilada jami 12 nafar odam halok bo’ldi. Yana o’nlab odam jarohat oldi. Lag’mon, Afg’oniston.
Episentri Afg'onistonda qayd etilgan zilzila Pokiston, Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham yer silkinishiga sabab bo'ldi.
@voauzbek
🌸🌷 Vashingtonda Navro'z ohangi (Video)
AQSh poytaxtidagi Milliy diplomatiya muzeyida Markaziy Osiyo davlatlarining elchixonalari va boshqa diplomatik vakolatxonalar bilan hamkorlikda Navro'z ayyomi nishonlandi. Tadbirdan parcha. Qozog'istonning "Turan" etno-folklor ansambli ijro etmoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/7015470.html
22-martga o’tar kechasi Afg’oniston, Pokiston, Hindistonda 6,5 balli zilzila qayd etildi. Talofotlar haqida hozircha aniq ma’lumot yo’q. Islomobod, 21-mart, 2023.
Zilzila markazi Afg’onistonning shimoli-sharqidagi hududlarga to’g’ri kelgan.
Zilzila O'zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog'istonda o'rtacha besh ball atrofida qayd etilgan. Tebranish episentri poytaxt Toshkentdan 561 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
@voauzbek
YXHT Qozog'istondagi parlament saylovga past baho berdi
Biroq fundamental huquqlar hamon cheklangan, chunki saylovda qatnashishga harakat qilgan siyosiy guruhlarning hammasi ham ruxsat ololmagan, ularga to’siqlar qo’yilgan. Shularni hisobga olib, xalqaro kuzatuvchilar Qozog’istonga yana bir bor past baho qo’ymoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/7014187.html
🌸🌷 AQShning Toshkentdagi elchisi Jonatan Henik O'zbekiston xalqini Navro'z ayyomi bilan tabrikladi
@voauzbek
Florida: Navro’z kubogi qanday o'tdi? (Video)
An’anaviy ko’chma futbol turniri 2023-yil musobaqalariga Orlando O’zbek-Amerika uyushmasi mezbonlik qildi. O’yingohda futbolga ishqiboz jamoalar, uning chetida esa vatandoshlar tashkilotlari atrofida birlashgan faollar yuzlashdilar.
https://www.amerikaovozi.com/a/7014191.html
AQSh Prezidenti Jo Bayden rafiqasi Jill Bayden bilan birga Navro'z bayramini nishonlayotgan amerikaliklar va dunyo ahlini bahor ayyomi bilan qutladi.
"Navro‘z bayrami yaqinlarni dasturxon atrofiga yig‘ib, o‘tgan yil haqida tafakkur qilish va kelgusi yildan umidvor bo'lish fursatidir", - dedi Bayden.
Prezident o'z bayonotida bu yilgi Navro'z ko'plab oilalar, xususan, Eron ayollari uchun og'ir davrga to'g'ri kelganini ham qayd etdi.
Biz inson huquqlari va fundamental haq-huquqlar uchun kurashayotgan Eron ayol-qizlari bilan birgamiz, dedi AQSh rahbari.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ham Navro'z tabrigini e'lon qildi.
"Navro'z va uning yangilanishga oid mujdasi ko'plab madaniy, til va siyosiy chegaralarni kesib o'tadi. Qayerda nishonlasangiz ham, yangi yil kirib kelishi bilan baraka topasiz va yasharasiz, degan umiddamiz. Navro'z muborak!" - dedi AQSh davlat kotibi.
@voauzbek
🇷🇺🤝🇨🇳 Xitoy Prezidenti Si Zinpin Moskvaga bordi. 20-mart, 2023.
Ikki davlat rahbarlari Ukrainadagi vaziyat va Xitoyning Rossiyaga yordamini muhokama etishi kutilmoqda.
Ayrim kuzatuvchilar nazarida, Moskva va Pekin aloqalari silliq emas, jumladan, ikki yirik davlat Markaziy Osiyoda raqobatlashmoqda. Ammo, deydi ular, umumiy dushman taraflarni yaqinlashishga majburlamoqda.
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/xi-visits-moscow/7013284.html