Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 19-martga o’tar kechasi Ukrainadan tortib olingan Mariupol shahriga bordi. Undan avvalroq Qrimga tashrif buyurgan. Qrimning rusparast aholisi hududning anneksiya qilinganining to‘qqiz yilligini nishonladi. Putin Qrimdagi san’at maktabi, bolalar markaziga borgan.
Undan bir kun avval Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Rossiya rahbarini hibsga olish uchun order bergan edi. XJS Putinga urush jinoyatlari, ukrainalik bolalarni tortib olish ayblovlarini qo’ygan.
AQSh Prezidenti Jo Bayden fikricha, Putin harbiy jinoyatlar sodir etgan va sud orderi asoslidir. @voauzbek
“Qrim ozod etilsagina, to’liq g’alaba haqida gapirish mumkin” (Video)
2014-yilda Rossiya tomonidan ishg’ol qilingan Qrim aholisining taxminan 15 foizini qrim-tatarlar tashkil etadi. “Human Rights Watch” tashkilotiga ko’ra, yarimorol Rossiya nazoratiga o’tganini bosqin deb baholagan bu jamoa faollari tazyiq va ta’qiblar ostida.
https://www.amerikaovozi.com/a/7007127.html
🧕📖 Kobulda madrasada Qur’on o’rganayotgan qizlar.
👉 Afg’onistonda umumta’lim maktablari qizlar uchun yopilganidan beri madrasalar, unda o’qiyotgan qizlar soni ham keskin oshdi.
"Maktablar yopildi. Hech bo’lmasa shu yerda o’qiylik deb keldik”, - deydi Farah ismli 16 yoshli o’quvchi qiz.
“Shifokor bo’lishni istagandim. Lekin oq’uv dargohlari biz uchun yopiq. To'g'ri, madrasada shifokor bo’lib chiqmayman. Hech bo’lmaganda diniy bilimimizni oshiraylik deb keldik”, - deydi Yaldo ismli 16 yoshli yana bir qiz.
Kanada uyg'urlari: Millatdoshlarimizni qabul qilishga tayyormiz (Video)
Kanadaning 10 ming uyg’urga boshpana berish qarori jahon uyg’urlari jamiyati erishgan eng katta yutuqlardan biri sifatida ko’rilmoqda. Mazlum xalqni mustabid Xitoy rejimi zulmidan qutqarish bo’yicha Kanada “Katta Yigirmalik” davlatlari orasida birinchi bo’lib muhim pretsedent o'rnatdi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7005895.html
Turkiy davlatlar sammitida liderlar ona tilida so'zladi (Video)
Bugun Anqarada Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida uch masala yuzasidan kelishib olingan: serqirra hamkorlik kengayadi; fuqaro xavfsizligini mustahkamlash, ofat va tahdidlarga nisbatan choralar kuchaytiriladi va turkiy sarmoya banki ishga tushiriladi. Turkiy davlatlar tashkilotiga besh davlat a'zo - Turkiya, Ozarbayjon, O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston. Kuzatuvchi davlatlar - Turkmaniston, Vengriya va Shimoliy Kipr.
https://www.amerikaovozi.com/a/7008094.html
Bugun Anqarada Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida uch masala yuzasidan kelishib olingan: serqirra hamkorlik kengayadi; fuqaro xavfsizligini mustahkamlash, ofat va tahdidlarga nisbatan choralar kuchaytiriladi va turkiy sarmoya banki ishga tushiriladi.
Turkiy mamlakatlar aholisi qariyb 300 million, geografik jihatdan salmoqli hududni egallaydi. Yalpi mahsuloti 4 milliard dollardan oshadi.
Turkiy davlatlar tashkilotiga besh davlat a'zo - Turkiya, Ozarbayjon, O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston. Kuzatuvchi davlatlar - Turkmaniston, Vengriya va Shimoliy Kipr.
Sammitda har bir a'zo davlatning rahbari o'z ona tilida so'zladi. Mana shu yerda tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.amerikaovozi.com/a/7008094.html
BMT oliy komissari O'zbekistonga: Inson huquqlari birlamchi bo'lsin
13-15 mart kunlari O'zbekistonda bo'lgan BMT Inson huquqlari oliy komissari Volker Turk deydiki, u Toshkentda va Qoraqalpog'istonda rasmiylar va jamoatchilik bilan dangal va konstruktiv muloqotlar olib borgan.
https://www.amerikaovozi.com/a/7006877.html
Moskva "Ozodlik" radiosiga bosimni oshirmoqda
Moskva sudi "Ozodlik" radiosining Rossiyadagi faoliyatini bankrot deb e'lon qilgan. Hukumat shu tariqa bu axborot vositasini tamoman yopishga urinmoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/7006541.html
2023-yil boshidan beri Qozog'iston chetdan 3000 dan ziyod qozoqni doimiy yashash uchun qabul qilgan. Ulardan yarmi O'zbekistondan borgan, 16 foizdan oshig'i Xitoy va deyarli yana shuncha qozoq Rossiyadan, 8 foizdan oshig'i esa Turkmanistondan ko'chgan. Ularning asosiy qismi Almati va uning atrofiga joylashmoqda. Hukumatga ko'ra, 1991-yildan beri Qozog'iston maxsus dastur orqali xorijdan 1 million 110 ming etnik qozoqni qabul qilgan.
Читать полностью…AQSh davlat kotibi: Islomofobiyaga qarshi birga kurashamiz
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Islomofobiyaga qarshi kurash xalqaro kuni munosabati bilan musulmonlarning haq-huquqlarini himoya qilishga chaqirdi.
“Bu kunda biz dunyo bo‘ylab musulmonligi uchun ta’qibga uchragan, hibsga olingan yoki hatto o‘ldirilgan odamlarni yodga olamiz. BMTning Din va e'tiqod erkinligi bo'yicha maxsus ma'ruzachisi 2021-yil Inson huquqlari kengashida aytganidek, musulmonlarga nisbatan mavjud tizimli shubha-gumonlar epidemiya darajasiga ko'tarilgan, - dedi Blinken.
Uning qo’shimcha qilishicha, AQSh odamlarning o'z vijdonlari amriga muvofiq yashash qobiliyatini himoya qilishda davom etadi va bunday imkoniyatdan mahrum bo'lganlarning ovozi bo'lib gapiradi.
“Dunyoda musulmonlar o'zlarining muqaddas Ramazon oyiga, ro'za tutish va jamiyatlarga g'amxo'rlik qilish vaqtiga tayyorgarlik ko'rar ekan, keling, AQShda va xorijda bu nafratga qarshi birgalikda kurashaylik”, - dedi AQSh davlat kotibi.
@voauzbek
AQSh droni va rus samolyotlarining Qora dengiz uzra dueli
AQSh harbiy dronining havoda rus samolyotlari bilan yuzma-yuz kelishi natijasida Qora dengizga qulashi Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor AQSh va Rossiya o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri to’qnashuvga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/us-drone-vs-russian-planes/7006580.html
Xalqaro hayot - 15-mart, 2023-yil
- AQSh droni va rus samolyotlarining Qora dengiz uzra dueli
- Amerika davlat kotibi Efiopiya va Nigerga otlandi
- Bayden qurol xaridorlarini tekshirishni kuchaytirishga farmon chiqardi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-march15/7006577.html
🇵🇰 Pokistonda sobiq bosh vazir Imron Xonning uyi yaqinida uning tarafdorlari va politsiya o’rtasida to’qnashuvlar bo’lib o’tdi. Lohur, 15-mart, 2023.
Politsiya bosh vazirning uyiga uni hibsga olish uchun kelgan. Sabab – Imron Xonning sudga kelmagani. Odamlar politsiyaga to‘sqinlik qildi.
70 yoshli siyosatchi fitna, terrorizm va korrupsiya ayblovlari bilan sudlanmoqda. O’tgan hafta uchta sud bo’lib o’tgan. Sobiq bosh vazir to’rtinchisiga kelmagan. Uning ta'kidlashicha, ayblovlarning barchasi amaldagi bosh vazir Shahboz Sharifning rejasidir.
Odamlar zobitlarga tosh va g’ishtlar otgan. Yuzlab politsiyachilar jarohat olgan. Xonning tarafdorlari orasida ham jarohat olganlar ko’p.
Namoyishlar Karachi, Islomobod, Peshovar kabi boshqa bir qancha shaharlarda ham bo’lib o’tmoqda.
@voauzbek
Urushning bir yilligi: Qirg’izistondan munosabat (Video)
2022-yilning aprelida Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov Rossiya-Ukraina urushida Qirgʻiziston betaraflikni saqlab qolishini eʼlon qildi. Rasmiy Bishkek hanuz ushbu pozitsiyada. Jang maydonida to'rt qirg'izistonlik o'lgani ma'lum.
https://www.amerikaovozi.com/a/6982619.html
Qozog'istonning AQShdan mukofot olgan faoli (Video)
Oq uyda xalqaro mukofot bilan taqdirlangan huquq faoli Baxitjan Toregojina "Amerika Ovozi" bilan suhbatda deydiki, uning vatanida hukumat haqiqatga tik ko'z bilan qaray olmaydi, va'daboz va adolatsiz. Toregojina AQSh Davlat departamentining ayollarga yuksak jasorati uchun beradigan yillik xalqaro sovrinining bu safargi sohiblaridan biri. "Jasoratli ayol" mukofoti moliyaviy emas, siyosiy e'tirof.
https://www.amerikaovozi.com/a/7000144.html
Qozog'iston 19-mart kuni qonunchilik palatasi a'zolarini sayladi. Prezident Qosim-Jo'mart To'qayev deydiki, siyosiy islohotlar davom etadi.
2022-yilning boshidagi norozilik namoyishlarida 220 dan oshiq fuqaro nobud bo'lgan. Bu voqealar ketidan To'qayev xalqqa demokratik o'zgarishlar va'da bergan.
To'qayev parlamentni kuchaytirish, prezident vakolatlarini kamaytirish va uni yetti yillik bir muddatga saylash tashabbusini olg'a surgan. Konstitutsion o'zgarishlar yuzasidan referendum o'tgan yili o'tkazilgan.
98 a'zolik qonunchilik palatasining uchdan bir qismi partiya ro'yxatlariga qarab emas, yagona mandat uchun saylanadi. Bu o'rinlar uchun 400 dan ziyod nomzod kurashdi.
Xalqaro hayot - 17-mart, 2023-yil
- AQSh: Rossiya bilan to’qnashuv tarafdori emasmiz
- Si Zinpin kelasi hafta Rossiyada bo’ladi
- Blinken Nigerda. Afrikadagi mamlakatlariga yordam va’da qildi
- Janubiy Koreya rahbarining Yaponiyaga 12 yilda ilk tashrifi
- Fransiyada munozarali qonun loyihasi parlament tasdig’isiz o’tkazildi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-march17/7010107.html
Qoraqalpog'iston voqealari bo'yicha ikkinchi sudda 39 kishi aybdor deb topildi, 11 nafariga shartli jazo
Buxoro, 17-mart, 2023: Qoraqalpog'istonda 2022-yilning iyul oyidagi qonli voqealarda ayblangan 39 kishidan hammasi aybdor deb topilib, 11 nafari shartli ravishda sud zalida ozod etildi. Chiqqanlarning erkinligi bir necha yilga cheklanadi. Ayrim sudlanuvchilarga qo'yilgan ayblovlar qisman isbotlanmagani hukmda e'tirof etilgan. Bugungi majlisni O'zbekistonda biror media jonli yoritmagan. Mamlakat axborot vositalari voqeani asosan Oliy sudga tayanib, yoritmoqda.
Tafsilotlar: https://www.amerikaovozi.com/a/6989866.html
Fotolar: Ўзбекистон Республикаси Олий суди
Xalqaro hayot - 16-mart, 2023-yil
- Eron-Saudiya Arabistoni aloqalaridagi iliqlik Yaman ixtilofini tugatishga yordam bera oladimi?
- 19-mart kuni Qozog’istonda parlament saylovlari
- Qilichdoro'g'li qanday va’dalar bermoqda?
- Blinken Efiopiyaga gumanitar yordam va’da qildi, ammo savdo dasturini jonlantirmoqchi emas
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-march16/7008329.html
"O'zbekiston xalqi do'stlarimiz boshiga tushgan og'ir kunlarda "Turkiya, biz sen bilan birgamiz!" deya bir tanu bir jon bo'lib, turk birodarlarimizga yordamga shoshildi. Biz mudhish fojiada qurbon bo'lgan o'n minglab begunoh kishilar xotirasini hech qachon unutmaymiz", - deya so'zladi Turkiy davlatlar tashkilotiga raislik qilayotgan O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Anqarada.
Sammitda favqulodda vaziyatlarda o'zaro yordamni tez va samarali amalga oshirishga qaratilgan Turkiy investitsiya fondi ta'sis etildi.
"Tashkilotimiz doirasida Tabiiy ofatlar monitoringi va tahlili markazini tuzish hamda uni Toshkentda joylashtirish bo'yicha tashabbusimizni ma'qullaysiz deb ishonaman", - dedi O'zbekiston rahbari.
Sammit doirasida Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog'an hamda Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan alohida uchrashuv o'tkazdi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7008094.html
🇸🇻 Salvadorda yangi qamoqxonaga ko’chirilayotgan mahbuslar. 15-mart, 2023.
Salvadorda 2000 mahbus yangi, 40 ming kishiga mo’ljallangan “mega qamoqxonaga” ko’chirildi. Bu - yangi qamoqxonaga ko’chirilgan mahbuslarning ikkinchi guruhi. Avvalroq ham yana shuncha mahbus yangi joyga olib o’tilgan edi.
Salvadorda jinoyatchilik keskin oshishi ketidan o’tgan yili mart oyida favqulodda holat e’lon qilingan edi. O’shandan buyon 64 ming kishi hibsga olingan. Aksariyati “MS-13” va “Barrio-18” kabi jinoiy to’dalarning a’zolari.
Inson huquqlari tashkilotlari Salvador hukumatini mahbuslarga nisbatan shafqatsiz va g’ayriinsoniy munosabatda bo'layotganlikda tanqid qilmoqda, ammo jinoyatchilikka qarshi keskin choralarni aholi qo’llab-quvvatlayapti.
@voauzbek
Jurnalistlar: Qirg'iziston erkinlikni boy bergan (Video)
2009-yildan boshlab Markaziy Osiyodagi yagona “qisman erkin davlat” degan maqomga ega bo'lgan Qirgʻiziston 2021-yili “erkin boʻlmagan” davlatlar qatoriga qoʻshilgan. Qirgʻizistonda siyosiy huquqlar cheklanib, ommaviy axborot vositalariga nisbatan bosimlar kuchaygan.
https://www.amerikaovozi.com/a/7004415.html
Los-Anjelesdagi “Dolan” uyg’ur restorani (Video)
Uyg’urlar – Amerikada katta jamoa. Minglab sonda turli shtatlarda yashashadi. Xitoy zulmidan qochib, Amerikada yangi hayot qurgan, Kaliforniyada o’z biznesini yuritayotgan tadbirkor Bugra Erkin bilan tanishdik.
https://www.amerikaovozi.com/a/6990756.html
Jomboy, Samarqand shu kunlarda... Prezident Mirziyoyev bu hafta Surxondaryo viloyatida bo'lib, yo'llarda o'zi mashina haydab ko'rib, mutasaddilarga ularni ta'mirlashni buyurgan. Biroq O'zbekiston bo'ylab nafaqat avtomobilda, balki piyoda yurishga yaroqsiz yo'llar ko'p. Sizning mahallangizda vaziyat qanday?
Foto: Facebook/Abdunosir Homidov
BMT oliy komissari Qoraqalpog'istonda (Video)
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk 13-15 mart kunlari O'zbekistonda bo'lib, hukumat, inson huquqlari tashkilotlari, huquq himoyachilari va faollar bilan muloqot qildi. Turk Qoraqalpog'istonga ham borib, jamoatchilik va rahbariyat bilan so'zlashdi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7006858.html
🇹🇷 Turkiyadagi toshqin qurbonlari soni 13 kishiga yetdi. Chodir va konteyner uylarda yashayotgan odamlar oqib ketgan. Shonliurfa, 15-mart, 2023. @voauzbek
Читать полностью…BMT vakiliga arz qilmoqchi bo’lgan faollar nazoratga, hibsga olingan
Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari Volker Turk (Folker Tyurk) bilan uchrashuvi mamlakatda tazyiqlar jiddiy kuchaytirilishi bilan kuzatilmoqda.
13-mart kuni oliy komissar bilan uchrashishni rejalagan muxolif faol Sanjarali Imom hibsga olingan.
https://www.amerikaovozi.com/a/7006305.html
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk Toshkentda O'zbekiston Bosh prokurori Nig'matulla Yo'ldoshev, Adliya vaziri Akbar Toshqulov va Ichki ishlar vaziri Po'lat Bobojonov bilan ham muloqot qildi. BMT delegatsiyasi safari tafsilotlari: https://www.amerikaovozi.com/a/7003514.html
Читать полностью…O'zbekistonda referendum o'tkazishdan asosiy maqsad nima?
O’zbekistonliklar shu yil 30-aprelga belgilangan referendumda konstitutsiyaviy o’zgarishlar uchun ovoz beradi. Kuzatuvchilarga ko'ra, bu referendum Prezident Shavkat Mirziyoyev uchun uchinchi muddatga prezidentlik yo'lini ochadi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7003021.html
Ukraina urushi: Mirziyoyev kim tomonda?
Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonning Ukraina urushiga doir pozitsiyasi bo’yicha bayonot qildi. Mirziyoyevga ko’ra, u faqat O’zbekiston tomonida. Muxolif siyosatchi Xidirnazar Olloqulovning ta’kidlashicha, Mirziyoyev tanlagan tomon Putinga sodiqlikni anglatadi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7005439.html