🇺🇦 Zaporojyeda Rossiya hujumiga uchragan uy. Kamida uch odam halok bo’lgan, yetti kishi jarohat olgan. Ukraina, 2-mart, 2023. @voauzbek
Читать полностью…🇺🇦 Rossiya hujumida ruhiyatini tushirmaslikka urinayotgan kiyevliklar. 1-mart, 2023.
👉 Hujumdan ogohlantiruvchi sirena yangraganida kiyevliklar yer osti yo’li va metrolarda jon saqlashga urinmoqda.
Nyu-York: Sayfullo Soyipovning yaqinlari sudda so'zladi (Video)
Terrorizmda aybdor deb topilgan Sayfullo Soyipovga jazo belgilash mahkamasida onasi va singlisi ham ko’rindi.
2023-yilning 26-yanvaridagi hukmga ko'ra, Sayfullo Soyipov Nyu-York shahrida 2017-yilning 31-oktabrida terroristik xuruj uyushtirib, 8 kishini o’ldirganlikda va 20 ga yaqin odamni jarohatlaganlikda aybdor deb topilgan.
Jazo tayinlash yuzasidan mahkamada 1-mart kuni Soyipovning onasi Muqaddas Soyipova va singlisi Munisabonu G’ulomova guvohlik berishdi. Ularni Soyipovning advokatlari O’zbekistondan maxsus chaqirtirishgan.
https://www.amerikaovozi.com/a/6986594.html
Xalqaro hayot - 1-mart, 2023-yil
- AQSh davlat kotibi O'zbekistonda
- AQShda Ukrainaga yordam samarasi muhokamada
- Rossiya poytaxtida iqtisodiy ahvol qanday?
https://www.amerikaovozi.com/a/6985505.html
Blinken on Uzbekistan, Karakalpakstan, Mirziyoyev
Press conference with US Secretary of State Anthony Blinken in Tashkent, Uzbekistan, March 1, 2023
https://www.amerikaovozi.com/a/6985036.html
🇺🇦 Baxmutda o‘qqa tutilgan uylar. Donetsk, 28-fevral, 2023.
👉 Baxmutda vaziyat qaltisligicha qolmoqda. Rossiya qo'shinlari hujumlarni kuchaytirgan. Moskva kuchlari Baxmutga olib boradigan ta’minot yo’llarini to’sib, shaharni qo’lga olishga urinmoqda.
👉 Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya har kuni yuzlab askarlarini yo'qotayotganini bildirgan.
@voauzbek
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Toshkentda Jahon tillari universitetida ingliz tili markaziga tashrif buyurib, talabalar bilan gaplashgan.
Davlat kotibining aytishicha, AQShning O'zbekistondagi elchixonasi respublikada 15 ming ingliz tili o'qituvchisi tayyorlash, 10 ming maktabni kitoblar bilan ta'minlash va umuman, ingliz tilini o'rgatish dasturlari uchun 25 million dollardan oshiq mablag' sarflagan. @voauzbek
Toshkentda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va boshqa rasmiylar bilan muloqot qilalayotgan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ikki davlat orasidagi aloqani "dinamik" deb atab, Mirziyoyev ma'muriyatini Markaziy Osiyoda birdamlikni ta'minlash yo'lida qilayotgan ishlari uchun maqtadi.
Amerika Prezident Shavkat Mirziyoyev boshlagan islohotlarni olqishlaydi, deydi Blinken, demokratik va'dalar amalga oshishi kerak.
Saidov Blinkenga AQSh hukumati Prezident Mirziyoyevning islohot dasturini quvvatlab kelayotgani uchun rahmat aytdi.
"Bu islohotlar samarali boshqaruv va qonun ustuvorligiga erishish, inson huquqlarini himoya qilish kabi maqsadlarni ko'zlaydi, shuningdek, qo'shnilarimiz bilan do'stona aloqalarni mustahkamlashni", - deydi vazir.
Saidov qayd etishicha, tomonlar Markaziy Osiyo tinch, barqaror va farovon bo'lishidan manfaatdor.
https://www.amerikaovozi.com/a/6984658.html
Afg'onistonda qizlar o'qish imkoniyatidan mahrum (Video)
Sumayra Saidiy afg’onistonlik ayollarning ovozi bo’lish orzusida edi. U mamlakatning sharqiy qismidagi Nangarhor universitetining talabasi edi. O’qishning 3-yilida Tolibon u kabi qizlarga o’qishni man etdi. “Maqsadlarimga erishishimga juda oz qolgan edi”,- deydi Sumayra.
https://www.amerikaovozi.com/a/6982207.html
Peruda politsiya taom tarqatish uchun mo’ljallangan sovutgich qutida mo’miyolangan jasad topdi.
Politsiya tabiat qo’ynida spirtli ichimlik ichib, dam olib o’tirgan bir guruh odamlarga duch keladi. Shaxslarning sumkalari ko’zdan kechirilganda, 800 yillik qadimiy artifakt topilgan.
Erkaklardan biri - Xulio Sezar degan shaxs mo’miyo uning oilasiga tegishli ekanini bildirgan. @voauzbek
Xalqaro hayot - 28-fevral, 2023-yil
- Blinken Qozog’iston va O’zbekistonda. Mintaqani Rossiyadan uzoqlashtirmoqchi
- AQSh Moliya vazirasi Kiyevda. Ukrainaga qo’shimcha yordam haqida e’lon qildi
- Baydenning rafiqasi Afrikada ocharchilikka e’tibor qaratmoqda
- Nigeriyada prezident saylovlari
- Xitoy shimoli-sharqida aholi tez qarimoqda
- Amerikada davlat ishchilariga xizmat telefonidan “TikTok”ni o’chirish buyurildi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-feb28/6982544.html
🇺🇦 Bugungi Baxmut. Ukraina, 27-fevral, 2023.
Baxmut uchun ashaddiy janglar davom etmoqda. Rossiya hujumlarni kuchaytirgan. Moskva kuchlari Baxmutga olib boradigan ta’minot yo’llarini to’sib, shaharni qo’lga olishga urinmoqda.
🇦🇿🇷🇺 Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ozarbayjonga bordi. Prezidenti Ilhom Aliyev va mamlakat tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan uchrashdi. Boku, 28-fevral, 2023.
Читать полностью…AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bugun Ostonada Qozog'iston rahbariyati bilan uchrashmoqda, xususan Prezident Qosim-Jo’mart To’qayev va Tashqi ushlar vaziri Muxtor Tileuberdi bilan.
Davlat kotibi bugun bu yerda, shuningdek, Markaziy Osiyoning besh respublikasi tashqi ishlar vazirlari bilan mintaqaviy masalalarni muhokama qilmoqda. Bu - C5+1 formatidagi navbatdagi muloqot. Keyin esa Blinken Toshkentga yo'l oladi. O'zbekistonda ham yuqori darajadagi uchrashuvlar rejalangan.
Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlaganidan bir yil o'tib, Ostona va Toshkentga borayotgan Blinken avvalo AQShning bu boradagi pozitsiyasini muhokama qilishi kutilmoqda. Mustaqillik, suverenitet va hududiy yaxlitlik xalqaro qonunlarda kafolatlangan va BMT a'zolari bu talabga bosh egishi shart. Blinken Amerikaning Markaziy Osiyodagi strategik sheriklariga Vashington ularni bu borada doimo quvvatlashini eslatadi.
🇺🇦 Bugungi Baxmut.
Ukraina o’zini Rossiyadan himoya qilishda G’arbdan qiruvchi samolyotlar olishga ehtiyoji borligini ta’kidlashda davom etayotganiga qaramay, Qo’shma Shtatlar hozircha bunga tayyor emasligini bildirmoqda.
Oq uy milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, AQSh F-16 qiruvchi samolyotlari va uzoq masofaga otuvchi artilleriya tizimlarini Ukrainaga berishni hozirda muhokama qilmayapti.
“Hozirgi bosiqchda quruqlikda manevr qilish salohiyati muhimroqdir. Buning uchun tanklar, zirhli transport vositalari, piyoda askarlarga qarshi jang qiluvchi texnika kerak. F-16 samolyotlari keyinroq ko’rib chiqiladi”, - dedi u.
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com
Xalqaro hayot - 2-mart, 2023-yil
- Rossiyaning “Yangi START” bitimi bo’yicha qarori izohlandi
- Dehlida “Katta Yigirmalik” tashqi ishlar vazirlari majlis boshladi
- Blinken Toshkentda Qoraqalpog’iston, Ukraina haqida so’zladi
- G’arb Xitoy Rossiyaga qurol uzatishi ehtimolidan xavotirda
- Italiyada mafiya a’zosi uyidan ko’plab qurol chiqdi
- Eronda yuzlab o’quvchi qiz sirli tarzda zaharlangan
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-march2/6986968.html
Shaxsini ma'lum qilmagan AQSh rasmiylariga ko'ra, davlat kotibi Entoni Blinken va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovlarning uchrashuvi taxminan 10 daqiqa davom etgan.
AQSh va Rossiya diplomatlari 2-mart kuni Delida o'tayotgan. "Katta yigirmalik" sammiti doirasida uchrashgan.
AQSh rasmiysining bildirishicha, Blinken qisqa muloqot chog'ida uch masalaga alohida urg'u bergan:
AQSh Ukrainani qancha kerak bo'lsa, shuncha vaqt qo'llab-quvvatlashini ta'kidlagan.
Rossiyani yadroviy qurollanishni nazorat qilishga qaratilgan START bitimiga qaytishga chaqirgan.
Rossiya qamoqxonasida qolayotgan AQSh fuqarosi Pol Vilannni ozod etishni so'ragan.
“Ukrainadagi urushda Markaziy Osiyo taqdiri ham hal bo’lyapti”, - deydi siyosatshunos Farhod Tolipov. Siz qanday fikrdasiz? Fikrlaringizni qoldiring.
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/6980756.html
Faol: Rossiya Qozog'istonga ham ko'z tikkan
Erjan Turg’unboy “Amerika Ovozi” bilan suhbatda deydiki, Ukraina urushidan so’ng agressiya navbati Qozog’istonga kelishiga shubha yo'q.
https://www.amerikaovozi.com/a/6985380.html
🇧🇾🇨🇳 Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Xitoyga borib, mamlakat rahbari Si Zinpin bilan uchrashdi. Pekin, 1-mart, 2023.
👉 AQSh Davlat departamenti Lukashenkoning Xitoyga tashrifini Moskvaning Ukraina masalasida Pekin bilan aloqalarini yanada mustahkamlayotganiga ishora, deb baholadi.
Blinken O'zbekistonda demokratik yangilanishlardan umidvor
Mirziyoyev-Blinken uchrashuvida Rossiyaning Ukrainadagi urushi, Bayden ma'muriyatining yondashuvi, O'zbekistonning betaraf pozitsiyasi, bunday siyosat ortidagi omillar ham muhokama qilingan. Biroq Mirziyoyev ma'muriyati bu masalalarni ochiq tilga olmaydi.
https://www.amerikaovozi.com/a/6984880.html
AQSh Davlat kotibi Blinken Toshkentda Hazrati Imom islomiy majmuasini kezdi. Blinken O'zbekistonning o'ziga xos tarixini o'rgana boshlagani va qadrlashini aytdi.
https://www.amerikaovozi.com/a/6984691.html
@voauzbek
"Ukrainadagi urushda Markaziy Osiyo taqdiri ham hal bo'lyapti", - deydi siyosatshunos Farhod Tolipov. Siz qanday fikrdasiz?
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/6980756.html
"Ukrainadagi urushda Markaziy Osiyo taqdiri ham hal bo'lyapti" (Video)
O‘tgan yilning fevralida Rossiya Ukrainaga qarshi "qisqa muddatli maxsus amaliyot" sifatida boshlagan urush davom etmoqda. Tahlilchilar deydiki, bu ikki davlat orasidagi mojarogina emas, xalqaro ziddiyat.
https://www.amerikaovozi.com/a/6980756.html
Ukraina urushidan Markaziy Osiyo qanday saboq chiqarishi kerak? (Video)
Rossiya-Ukraina urushi Ikkinchi yilga o’tdi. Aksariyat mamlakatlar Rossiya bosqinini qoralab chiqqan. BMTda bu urushni to’xtatish, Rossiya qo’shini Ukrainadan chiqishini talab qiluvchi rezolyutsiyani 141 davlat quvvatladi. Betaraflar qatorida Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O’zbekiston ham bor.
https://www.amerikaovozi.com/a/6981042.html
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Toshkentda. Ertaga u O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, shuningdek, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan muloqot qiladi. Blinkenning talabalar va jamoatchi faollar bilan uchrashishi rejalangan.
Vashington va Toshkent 2002-yildan beri strategik sheriklar. Ikki davlat xavfsizlik va mintaqaviy masalalar yuzasidan birga ishlaydi. 2021-yilda O'zbekiston va AQSh orasidagi savdo aylanmasi 425 million dollarni tashkil etgan. Amerika respublikaning biznes hamkorlari orasida 16-o'rinda.
C5+1 diplomatik dialogi Ostonada qanday kechgani haqida konkret bayonot yo'q
2015-yildan beri muntazam ravishda uchrashib turadigan Markaziy Osiyo davlatlarning besh tashqi ishlar vaziri - Qirg'izistondan Jeyenbek Kulubayev, Tojikistondan Sirojiddin Muhriddin, Qozog'istondan Muxtor Tileuberdi, Turkmanistondan Rashid Meredov, O'zbekistondan Baxtiyor Saidov va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken 28-fevral kuni Qozog'iston poytaxtida aynan nimalarni muhokama qildi? Bu savolga hozircha biror tomon aniq javob bermadi.
https://www.amerikaovozi.com/a/6982335.html
Ostonada bugun C5+1 diplomatik dialogining navbatdagi yig’inj o’tdi. Markaziy Osiyoning besh davlatining tashqi ishlar vazirlari va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken mintaqaviy masalalar xususida gaplashib oldi.
Bu dialogga 2015-yilda asos solingan. Ilk sammit o’sha yili Samarqandda kechgan.
Vashington uchun C5+1 mintaqa bilan asosiy dialog platformasidir. Unda AQSh o'zining mintaqaga nisbatan siyosatini tushuntiradi, Markaziy Osiyo hukumatlari pozitsiyalari va dardi bilan tanishadi, o'zaro fikr almashiladi.
O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbariyatlari ham bu formatni qadrlashini bildirib, unga "effektiv davra" deb qarab keladi.
Yiliga kamida ikki bor o'tkaziladigan yig'inlar, deydi AQSh diplomatlari, mintaqa va Vashingtonni bir-biriga yaqinlashtirib, o'zaro ishonchni oshirgan.
Qozog'iston AQShdan quvvatlov uchun minnatdor
28-fevral kuni Ostonada AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muloqot qilgan Prezident Qosim-Jo'mart To'qayev Qozog'iston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini quvvatlab kelayotgani uchun Vashingtonga minnatdorchilik bildirdi. Blinkenning tashrifi, uning nazarida, hamkorlikning yangi sahifasini ochadi. Blinken uchrashuvda o'zaro manfaatlarga urg'u berdi. Muloqotda siyosiy-iqtisodiy hamkorlik, mintaqaviy masalalar hamda Rossiyaning Ukrainadagi urushi haqida gaplashilgan. (Rasmiy video)
https://www.amerikaovozi.com/a/6982131.html
C5+1 nima, qanday maqsadlarni olg'a suradi?
2015-yilning sentabrida BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasi paytida Markaziy Osiyo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va AQShning o'sha paytdagi Davlat kotibi Jon Kerri uchrashib, muntazam muloqotni yo'lga qo'yishga kelishib olgan.
https://www.amerikaovozi.com/a/6980650.html