voauzbek | Неотсортированное

Telegram-канал voauzbek - Amerika Ovozi

2412

"Amerika Ovozi" teleradiosining rasmiy kanali Sayt: www.amerikaovozi.com Facebook: https://www.facebook.com/amerikaovozi YouTube: https://www.youtube.com/c/AmerikaOvozi Odnoklassniki: ok.ru/amerikaovoziuzbek Instagram: https://www.instagram.com/ameri

Подписаться на канал

Amerika Ovozi

🇺🇦⚡️🇷🇺 Ukrainada kechgan urushning ilk yilida Rossiya quruqlikdagi harbiy texnikasining 70 foizidan ayrildi. Bu haqda "Forbes" nashri ma'lum qildi.
👉 Xabarda qayd etilishicha, Kreml urushni moliyalash uchun qariyb 115 milliard dollar sarflagan. Bundan 54 milliard dollar harbiylarga maosh va halok bo'lganlarning oilalariga kompensatsiya to'lovlari uchun ishlatilgan.
👉 Bundan tashqari, Rossiya yirik miqdorda askarlaridan, butun batalyonlar va tank diviziyalaridan ham ayrilgan.
👉 12 oy ichida Rossiyaning 3350 ta tanki yo'q qilingan. Bu Ukrainaga qarshi urush boshlangan davrda Rossiya egalik qilgan, front liniyalarida kurashga shay bo'lgan jami tanklar sonidan 20 taga ko'p.
👉 Rossiya omborlarida qo'shimcha 8-10 mingta tank saqlanishi haqida ma'lumotlar bor.

Читать полностью…

Amerika Ovozi

26-fevral kuni Istanbuldagi stadionda futbol ishqibozlarining “Hukumat, iste’fo!” degan talablari yangradi. Jamoatchilikka ko’ra, hukumat zilzila jabrdiydalariga vaqtida yetarlicha ko’mak bera olmadi, minglab odamlarning boshpana va sanitariya kabi asosiy ehtiyojlari hamon qondirilmagan.
@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Al-Saud bilan uchrashdi. 26-fevral, 2023.
@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Urushning bir yilligi: Xersondagi Pravdino qishlog’i (Video)

Hisoblarga ko'ra, Ukraina urush boshlanganidan beri Rossiya tomonidan bosib olingan yerlarining 54 foizini qaytarib olishga muvaffaq bo'lgan.

https://www.amerikaovozi.com/a/6975221.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

G’azo shahrida talabalar Iordaniya mezbonligida o’tgan Isroil-Falastin muzokaralarini qoralab, namoyishga chiqdi, 26-fevral, 2023.

Aqaba shahrida, AQSh va Misr rasmiylari ishtirokida o’tgan uchrashuvda Isroil va Falastin “zo’ravonliklarning oldini olish uchun yaqindan hamkorlik qilishga” kelishib olgan. Isroil G’arbiy Sohilda mahallalarni kengaytirish uchun ruxsat berishni olti oyga to’xtatishga rozilik bergan.
G’azoni boshqaruvchi XAMAS guruhi Falastin rasmiylarining bu uchrashuvda ishtirokini qoraladi. Keyingi tinchlik muzokaralari mart oyida Misrda o’tadi.

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Blinken Mirziyoyev va To’qayev bilan uchrashadi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken kelasi hafta Qozog'iston va O'zbekiston prezidentlari bilan uchrashadi. Avval Ostona, so'ngra Toshkent.


https://www.amerikaovozi.com/a/6978573.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Refat Chubarov: Qrim Donbassdan avval ozod qilinadi (Video)

Ukraina armiyasi ayni paytda qaysi bosqichda turibdi, nimalarga erishdi? Ishg'olda qolayotgan Qrim taqdiri nima bo’ladi? “Amerika Ovozi” bir yilligi yakunlangan Ukraina urushiga doir vaziyat bo’yicha qrim-tatarlar Milliy majlisi raisi Refat Chubarov bilan suhbatlashdi.


https://www.amerikaovozi.com/a/6978058.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Daryo.uz - "Amerika Ovozi: Blinken safaridan maqsadlar

AQSh Davlat kotibi O'zbekiston va Qozog'istonga nima maqsadda kelmoqda? Vashingtondan "Amerika Ovozi" dan Navbahor Imamova, Toshkentdan Daryo.uz axborot portalidan Islombek Umaraliyev muhokamasi.


https://www.amerikaovozi.com/a/6979384.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

https://www.amerikaovozi.com/a/6977574.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

https://www.amerikaovozi.com/a/6977391.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

https://www.amerikaovozi.com/a/6975232.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

👨‍🎨 Kashmirlik yosh rassom

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Ukraina urushining bir yilligi: Jurnalistlar xavfsizligi (Video)

Ukrainadagi urushni yoritishga borgan jurnalistlar xavf bilan yuzlashadi. O’tgan bir yilda bir nechasi halok bo’ldi, jarohatlandi. Ayrim tashkilotlar muxbirlarga trening va jihozlar taklif etmoqda.

https://www.amerikaovozi.com/a/6969861.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Turkiya zilziladan qancha zarar ko'rdi?

Turkiya tadbirkorlik va biznes uyushmasi hisobicha, fevral oyidagi tabiiy ofatlardan 80 milliard dollardan oshiq ziyon yetgan.

AQShning "Morgan Stanley" sarmoya banki 38 milliard dollarlik turar joy vayron bo'lgan deya tahlil qilsa, "JPMorgan" taxminicha, uylar va infratuzilmani qayta qurish uchun kamida 25 milliard dollar zarur.

https://www.amerikaovozi.com/a/6974475.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Xalqaro hayot - 22-fevral, 2023-yil

- AQSh rahbari Polshada Rossiya zulmiga qarshi so'zladi
- AQSh birinchi xonimining Afrikaga safari boshlandi
- Indoneziya tabiiy boyliklariga ko'z tikayotgan Xitoydan xavotirda
- Ukrainalik qochqinlarga hanuz bepul xizmat qilayotgan poyezd.

https://www.amerikaovozi.com/a/6974541.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Xalqaro hayot - 27-fevral, 2023-yil

- AQSh Ukrainaga hozircha samolyot bermoqchi emas
- Turkiyada yana zilzila. Noqonuniy qurilishlarga aloqadorlar hibsga olindi
- G’arbiy Sohilda yahudiylar falastinliklar uylariga hujum qildi
- Italiya sohiliga yaqin joyda 62 migrant cho’kib o’ldi

https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-feb27/6980885.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

🇹🇷 Turkiyada yana zilzila yuz berdi. Malatya viloyatidagi 5,6 magnitudali zilzilada bir odam halok bo’lgan, 110 kishi jarohat olgan.
👉 Zilzila episentri viloyatning Yashilyurt tumaniga to’g’ri kelgan.
👉 Rasmiylarga ko’ra, 29 ta bino qulab tushgan.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Isroil-Falastin munosabatlarida o'ch olish zanjiri hanuz davom etmoqda: Isroil kuchlari G'arbiy sohilda o'tkazgan so'nggi reydda 11 nafar falastinlik o'ldirilgan, yuzdan ziyod odam yaralangan edi.

26-fevral oqshomida falastinlik qurollangan shaxs G'arbiy sohilga ko'chib kelib o'rnashgan ikki isroillikni o'ldirgan. Isroilliklar jamiyati o'ch olish uchun Xuvara shahrida 30 dan ziyod xonadon va avtomobillarga o't qo'yib, bir falastinlikni o'ldirish bilan javob qaytargan.

Garchi Falastin va Isroil liderlari Iordaniyada uchrashib to'qnashuvlarni yil davomida to'xtatishga kelishgan edi. Isroil tomoni G'arbiy sohil bo'ylab yahudiy mahallalarining kengaytirilmasligiga so'z bergan edi. Qon to'kilishi davom etar ekan, aholi bitim amalda hech narsani o'zgartirmaganini aytmoqda.

Читать полностью…

Amerika Ovozi

BMT qarshisida namoyish: “Ukraina g'alabasi, Rossiya ozodligi” (Video)

AQShda yashaydigan, o‘zlarini Rossiyaning erkin fuqarolari deb e’tirof etayotgan faollar Nyu-Yorkda, BMT oldida Ukrainadagi urushga qarshi namoyish o'tkazdi. Ular nazarida fashizm, terrorizm kabi so'zlar bugungi Rossiya va uning siyosatiga taalluqli.

https://www.amerikaovozi.com/a/6979539.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Urushning bir yilligi: ukrainaliklar qanday yashamoqda? (Video)

Rossiya bosqinining birinchi oyida millionlab ukrainaliklar Polshaga qochdi. Oradan bir yil o’tib, chegaradagi tartibsizlik ancha tinchigan. Hatto ko’plab ukrainlar vataniga qaytmoqda. Ammo mamlakat sharqida urush qayta avj olar ekan, Polsha qochoqlarning yangi to’lqiniga bag’rini ochmoqda.


https://www.amerikaovozi.com/a/6971780.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

🛟 Migrantlarni Italiya tomon olib ketayotgan yog’och qayiq qirg’oqqa yetib ulgurmasdan parchalanib, 58 kishi, jumladan bir chaqaloq, cho’kib ketdi, 80 migrant qurqatilgan.

Italiya rasmiylarining aytishicha, 3-4 kun oldin Turkiyaning Izmir shahridan yo’lga chiqqan qayiqda kamida 140 odam bo’lgan, askariyati Afg’oniston, Pokiston, Somali va Erondan.

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Salvadorda jinoiy guruhlar a’zolarining 2000 nafari yangi, 40 ming kishiga mo’ljallangan “mega qamoqxonaga” ko’chirildi, 24-fevral, 2023.

“Bu ularning yangi uyi bo’ladi, ular endi aholiga zarar yetkaza olmaydi”, - deya yozdi mamlakat rahbari Nayib Bukele “Twitter” sahifasida.

Salvadorda jinoyatchilik keskin oshishi ketidan o’tgan yili mart oyida favqulodda holat e’lon qilingan edi. O’shandan buyon 64 ming kishi hibsga olingan. Aksariyati “MS-13” va “Barrio-18” kabi jinoiy to’dalarning a’zolari.

Inson huquqlari tashkilotlari Salvador hukumatini mahbuslarga nisbatan shafqatsiz va g’ayriinsoniy munosabatda bo'layotganlikda tanqid qilmoqda, ammo jinoyatchilikka qarshi keskin choralarni aholi qo’llab-quvvatlayapti.
@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Bayden ma'muriyati Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kengaytirish niyatida

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ostonada 28-fevral kuni Qozog'iston rahbariyati bilan uchrashadi, shuningdek, Markaziy Osiyoning besh mamlakati tashqi ishlar vazirlari bilan C5+1 formatidagi navbatdagi dialogni o'tkazadi.

https://www.amerikaovozi.com/a/6978000.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-feb24/6977617.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

https://www.amerikaovozi.com/a/6976926.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

https://projects.voanews.com/ukraine-war-rattles-energy-sector/uzbek.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Tojikiston-Qirg'iziston chegara muammosi qachon hal bo'ladi? (Video)

Tojikiston va Qirg‘iziston o’rtasidagi chegara bahslarida biror o'zgarish bormi? Rossiyalik ekspert fikriga ko’ra, bu muammo yaqin orada hal bo’lmaydi. Ikki davlat rasmiylari esa muzokaralar faollashganligini xabar qilmoqda. Shu masalada tojikistonlik tahlilchilar fikri bilan qiziqdik.

https://www.amerikaovozi.com/a/6973125.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Jurnalistlar Xalqaro Federatsiyasi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va anneksiya qilingan Ukraina hududlaridagi roli tufayli Rossiya Jurnalistlar uyushmasi a’zoligini to‘xtatdi.

Dunyo bo'ylab 600 000 dan ortiq ommaviy axborot vositalari xodimlarini o'z ichiga olgan federatsiya Rossiya jurnalistlari uyushmasi a'zoligi tergov natijasida hamda global ijroiya qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan ovoz berishdan so'ng bekor qilinganini ma’lum qildi.

Ovoz berish Rossiya jurnalistlar uyushmasi anneksiya qilingan to‘rtta hududda filiallar tashkil etish qarorini qayta ko‘rib chiqishdan bosh tortganidan keyin o‘tkazildi, deyiladi federatsiya xabarida.

Avvalroq Skandinaviya davlatlari xalqaro federatsiyasidan Rossiya a’zoligini zudlik bilan to’xtatishni talab qilgan edi. Ularning bu talabi qondirilmagach, Finlyandiya, Norvegiya, Daniya va Islandiya jurnalistlari kasaba uyushmalari Jurnalistlar Xalqaro Federatsiyasini tark etishga qaror qilganini e’lon qildi.

@voauzbek

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Turkiya elchisi: Amerikadagi o'zbekistonliklardan minnatdormiz (Video)

Nyu-Yorkdagi o’zbekistonliklarning “Mahalla USA” tashkilotida Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlarini xotirlash, jabrlanganlarga ko’maklashishga bag’ishlangan “Xotirlash va hamjihatlik” kechasi o’tkazildi. Unda Turkiya elchisi ham ishtirok etdi.

https://www.amerikaovozi.com/a/6973099.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

🇮🇱⚠🇵🇸 Isroil harbiylarining Nablusdagi reydi natijasida falastinliklar bilan to’qnashuv boshlanib, oqibatda 10 odam halok bo’ldi, 102 kishi jarohat oldi. G’arbiy sohil, 22-fevral, 2023.

Isroil kuchlari oldingi otishmalarda gumon qilingan va qidiruvda bo‘lgan uch falastinlikni hibsga olish uchun shaharga kirganini bildirgan.

👉 Bu yilning o’zida G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda kamida 55 falastinlik halok bo‘ldi. (AP)

Читать полностью…
Подписаться на канал