Markaziy Osiyoning so‘nggi chegara bahsi qachon hal bo’ladi?
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonning bahsli hududlari kesishgan Farg‘ona vodiysi mintaqadagi eng murakkab hududi hisoblanib kelgan.
https://www.amerikaovozi.com/a/6961497.html
Turkiyadagi uyg'urlar Xatay viloyatida zilziladan jabr ko'rganlarga taom ulashmoqda.
@voauzbek
O’zbekistonliklar Turkiyaning zilzila yuz bergan hududlarida doshqozonlarda osh pishirib, mahalliy aholiga tarqatmoqda.
Suratlar O’zbekistonning Istanbuldagi konsulligi sahifasidan olindi.
@voauzbek
Xalqaro hayot - 15-fevral, 2023-yil
- Turklar suriyalik qochqinlarni talon-tarojda ayblayapti
- AQSh va G’arb Ukrainaga harbiy yordamni susaytirmoqchi emas
- Dunyoda badavlat insonlar yana bittaga ko’paydi
https://www.youtube.com/watch?v=hsdREIPOv0c
🇰🇬⚖️🇰🇬 Qirg'izistonning qamoqdan ozod etilgan sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 15-fevral kuni davolanish uchun Ispaniyaga uchib ketdi.
Shu kuni jurnalistlar bilan suhbatlashgan Qirg'izistonning amaldagi rahbari Sadir Japarov hukmni sud chiqargan ekan, unga amal qilishimiz lozim, deya ta'kidladi.
Qirg'iziston Oliy sudi 13-fevral kuni "kriminal avtoritet" Aziz Batukayevning qamoqdan muddatidan avval ozod etilgani munosabati bilan Atambayevga o'qilgan hukmni bekor qilishga qaror qilgan.
Prezident Japarov Atambayevning ozod etilishiga to'xtalar ekan, sud o'tgan yil oktabr voqealari, maktab qurilishi va chet el fuqarolariga pasport berish bilan bog'liq jinoiy ishlar bo'yicha sobiq rahbarni oqlaganiga urg'u berdi.
Shu tariqa, 11 yillik qamoq jazosiga tortilgan Atambayev uch yarim yilda 27-sonli koloniyadan 14-fevral kuni ozodlikka chiqdi.
Sobiq prezident endi siyosatga aslo qaytmasligini, muolajasi tugagach, Qirg'izistonga qaytishini ma'lum qildi.
Turkiyada qurilish nazorat qilinmagani keskin tanqid ostida
Mutaxassislar fikricha esa ayb avvalo poytaxt Anqaradagi rahbarlarda. Mahalliy mutassaddilarni va tadbirkorlarni sudlash yoki ularga jarima solish bilan adolat ta'minlanmaydi, deydi ekspertlar.
https://www.amerikaovozi.com/a/6957909.html
O’zbekiston: islohotlar davri tugadimi?
Jurnalistlar Xurshid Daliyev, Mavjuda Mirzayeva, Abduqodir Mo’minovlarlarning hibsga olinishi so’nggi yillarda jurnalistlar ustidan ochilgan yirik jinoiy ishlar ekanligi bilan diqqatli.
https://www.amerikaovozi.com/a/6956411.html
Xalqaro hayot - 14-fevral, 2023-yil
- Turkiyada zilziladan salkam 32000, Suriyada esa 5800 dan ortiq odam o’ldi
- NATO mudofaa vazirlari Ukrainaga o’q-dori, samolyot berishni muhokama qildi
- Nikki Xeyli - Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka da’vogar
- Yevropa Ittifoqi elektromobillarga o’tish tomon muhim qadam qo’ydi
https://www.youtube.com/watch?v=NydBvfmBjH8
Suriyaning shimoli-sharqidan birinchi yordam karvoni kirdi. Manbij, 13-fevral, 2023.
O’nlab yillik urush natijasida parchalangan, hududlarini turli guruhlar nazorat qiluvchi Suriyada zilzila jabrdiydalariga xalqaro ko’mak yetib borishi qiyin kechmoqda. @voauzbek
🇹🇷🤝🇰🇬 Qirg'iziston hukumati Turkiyada zilziladan talafot ko'rgan Qahramonmarash shahriga yordam yukini yo'lladi.
Turkiyada istiqomot qilayotgan etnik qirg'izlar yordami bilan uysiz qolgan aholi uchun o'tovlar o'rnatildi. Bu haqda Qirg'iz turklari madaniyati va yordam assotsiatsiyasi o'zining "Facebook" sahifasida xabar berdi.
@voauzbek
Yevropa Rossiya axborot xurujiga qarshi kurashmoqda, Markaziy Osiyoda vaziyat qanday?
Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan solishtirganda Yevropa Ittifoqi Rossiya OAV ta’sir doirasidan ancha uzoqda. Yevropa ahli uchun Rossiya matbuoti asosiy manba emas va rus tili ham asosiy axborot tili emas.
Xo'sh, informatsion makon hamon rus tilida qolayotgan Markaziy Osiyodagi vaziyat qanday?
https://www.amerikaovozi.com/a/6953891.html
Kaliforniya: Bolalar bog’chasi ochgan o’zbekistonlik (Video)
Kamola Zaynitdinova AQShga ko’chib kelganiga 10 yildan oshgan. Kaliforniya shtatida bolalar bog’chasini ochib, uni muvaffaqiyatli yuritmoqda. Biznesni kengaytirish payida.
https://www.amerikaovozi.com/a/6950526.html
AQSh Isroil hukumatining G’arbiy Sohilda noqonuniy yahudiy posyolkalarini kengaytirish va qonuniylashtirish qarorini tanqid qildi.
“Kecha Isroilning 10 000 ga yaqin aholi punkti hisobiga yahudiy posyolkalarini kengaytirish va G'arbiy Sohilda Isroil qonunlariga ko'ra noqonuniy hisoblanadigan to'qqizta hududni retroaktiv tarzda qonuniylashtirish jarayonini boshlash haqidagi qaroridan qattiq tashvishdamiz”, - dedi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken.
Oldingi ma'muriyatlar kabi biz keskinlikni kuchaytiruvchi va muzokaralar yo'li bilan ikki davlatchilik yechimi istiqbollariga putur yetkazadigan bunday bir tomonlama choralarga keskin qarshimiz, deya qo’shimcha qildi Blinken.
Unga ko’ra, ikki xalq uchun ikki davlatchilik yechimidan uzoqlashtiradigan har qanday narsa Isroilning uzoq muddatli xavfsizligiga, uning yahudiy va demokratik davlat sifatidagi o'ziga xosligiga, shuningdek, xavfsizlik va erkinlikni ta'minlash bo'yicha AQSh qarashiga zarar keltiradi.
@voauzbek
Xalqaro hayot - 13-fevral, 2023-yil
- Zilzila Turkiyaga qanchaga tushdi? BMT vakillari Suriyada
- AQSh qonunchilari noma’lum uchar jismlar bo’yicha Oq uydan ma’lumot kutyapti
- Bayden Amerika iqtisodiyotiga umid bilan qarayapti
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-feb13/6961048.html
Turkiyada zilziladan jabr ko'rgan 10 viloyat va tumanda o'g'rilik hamda talonchilik holatlari ko’paygan. Xavfsizlik bosh boshqarmasi talon-taroj ishlarining oldini olish maqsadida uchuvchisiz dronlar yordamida havodan hududlarni kuzatishni boshladi.
@voauzbek
Tolibon bir-birini ochiqchasiga tanqid qila boshlagan, ichki ziddiyat avjidami?
Rahbarlar bir-birini ochiqchasiga tanqid qila boshlagan va kelishmovchiliklarni ommadan yashirmayapti, jumladan qizlarning bilim olish masalasi yuzasidan.
https://bit.ly/3xnM215
Turkiyada turli mamlakatlardan borgan qutqaruvchilar insonlar hayotini qutqarishdek oliyjanob ish bilan shug’ullanayotgan bir paytda itjimoiy sahifalarda talon-taroj aks etgan videolar ham tarqalmoqda. Ayrim turklar buni suriyalik qochqinlardan ko’rarkan, mamlakatda ularga nisbatan salbiy munosabat kuchaymoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/turkey-quake-looting/6964478.html
Hataydagi 65 yoshli suriyalik erkak zilziladan 208 soat o’tib, vayronalar tagidan qutqarildi. Turkiya, 14-fevral, 2023.
👉 Ayni damda Turkiya va Suriyada zilzila qurbonlari soni 41 mingdan oshdi.
🇹🇷💔🇹🇷 Turkiyaning Antakya shahrida uzoq ishlab toliqqan qutqaruvchilar shunday dam olmoqda.
👉 Ayni damda Turkiya va Suriyada zilzila qurbonlari soni 41 mingdan oshdi.
👉 Turkiyada kamida 35 418 kishining jasadi vayronalar ostidan olib chiqilgan. Suriyada zilzila 5800 dan ziyod odamni hayotdan olib ketgan.
👉 Turkiyada Qahramonmarash shahrida zilziladan 220 soat o'tib, ikki ayol vayronalar ostidan qutqarib olindi.
👉 Suriyada zilziladan 208 soat o'tib 65 yoshli ota va uning qizi ham qutqarildi.
O'zbekiston gaz sanoati to'liq Rossiya ixtiyoridami?
Bungacha ham O’zbekiston energetik qazilmalari asosan Rossiyaga qarashli kompaniyalarga tegishli ekanligi inobatga olinsa, O’zbekiston hukumati Moskva uchun jiddiy bosim vositasiga aylanuvchi energetik qaramlikka tushayotgani aniq ko’rinadi.
https://www.amerikaovozi.com/a/6958099.html
Moldova rahbari: "Rossiya hukumatimizni ag'darmoqchi"
"Kreml shu tariqa davlatimizning Yevropa Ittifoqiga qo'shilishiga yo'l qo'moqchi emas", - deydi Prezident Maya Sandu 13-fevral kungi murojaatida.
https://www.amerikaovozi.com/a/6962504.html
🧌🎭 Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin “Internet tadqiqot agentligi”ning asoschisi ekanini ochiq tan oldi.
Buni u Germaniyaning “Der Spiegel” nashri jurnalistlari so’roviga javoban ma’lum qilgan.
2013-yilda Sankt-Peterburgda asos solingan tashkilot "Trollar fabrikasi"
sifatida tanilgan.
“Nafaqat moliyalashtirgan, balki uni yaratgan va uzoq vaqt boshqargan ham men bo’laman”, - deb aytgan Prigojin.
Prigojin tashkilotni "Rossiya axborot makonini G'arbning agressiv targ'ibotidan himoya qilish uchun" asos solganini bildirgan.
AQSh Moliya vazirligi 2018-yilda agentlikka sanksiya joriy etgan. Agentlik ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkauntlar yaratishda, saylovlarga aralashishda ayblangan. @voauzbek
Zilziladan 162 soat o’tib, vayronalar ostidan omon chiqqan 16 yoshli qiz. Hatay, Turkiya. 13-fevral, 2023.
@voauzbek
Qamoqdagi qoraqalpoq: O'zi nima bo'lgan edi? (Video)
22 qoraqalpoq yurtidagi qonli voqealarda aybdor deb topilgan kun biz panjara ortida qolayotganlardan uch nafari bilan gaplashdik. Ikkisi bilan suhbatni allaqachon ko’rgan bo’lishingiz kerak. Uchinchisi – 43 yoshli Seyipnazar Kalimov, 2022-yilning 1-iyulidagi tartibsizliklarda ayblanib sudlangan. Xo’sh, u vaziyatni qanday ko’radi?
https://www.amerikaovozi.com/a/6958434.html
AQSh siyosatini aks ettiruvchi lavha:
AQSh Ukrainani Rossiya bosqinidan himoya qilish uchun 2,5 milliard dollarlik yangi yordam paketini e'lon qildi.
“Putin Ukraina xalqining jasoratini hisobga olmadi. Ukraina harbiylarning mahoratini ham yodidan chiqardi”, - dedi AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin.
@voauzbek
Mirziyoyevdan afv so'rayotgan qoraqalpoq (Video)
37 yoshli Baxtiyar Kadirbergenov Qoraqalpog'istonda "Ayama" veb-sayti ma’muri va bloger bo'lgan. Hukumat uni 2022-yilning 1-2 iyul kunlari odamlarni ommaviy tartibsizlikka jalb qilib, Jo‘qorg‘i Kenges va Nukus xalqaro aeroporti binolarini bosib olishga da’vat qilganlikda ayblagan. 2023-yilning 31-yanvarida sud uni 7 yillik qamoq jazosiga loyiq deb topdi. Hukmdan keyin "Amerika Ovozi" bilan suhbatda Kadirbergenov o'z dardi va xulosalarini bayon etdi. Sudlanuvchi O'zbekiston rahbaridan afv so'ramoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/6957614.html
O'zbekiston: Neftegaz mashmashasiga G'arb munosabati?
Dekabr-yanvar oylaridagi energetik inqiroz ketidan "Ozodlik" radiosi chiqargan maxsus surishtiruv natijalariga ko'ra, O'zbekistonda gaz sektori misli ko'rilmagan darajada korrupsiyalashgan. O'zbekiston ommasi g'azabda, hukumatga nisbatan ishonchsizlik keng. Xalqaro hamjamiyat munosabat bildirishga shoshmayapti, nega? Bu va boshqa masalalar sharhi bugungi jonli efirda. Vashingtondan Navbahor Imamova.
https://www.amerikaovozi.com/a/6961183.html
Turkiya: Bugungi Qahramonmarash.
👉 Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo'lganlarning soni 35 mingdan oshdi.
AQShdan Turkiyaga yordam yo'llayotgan vatandoshlar (Video)
Zilziladan jabr ko’rganlarga yordam to’plashda AQShdagi vatandoshlar jamiyatlari ham faol. “Samarqandlik amerikaliklar forumi” tashkiloti Filadelfiyadadan Turkiyaga yuklarni tayyorlamoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/6960756.html