Turkiyadagi O’zbekiston madaniyat, tadqiqot va birdamlik jamiyati (O’zkad) zilzila oqibatida uy-joysiz qolgan aholiga har kuni 3000 kishilik palov tarqatmoqda. Doshqozonlar yuk mashinasiga o’rnatilgan. Uyushma Hatay va Iskenderun viloyatlariga qidiruv-qutqaruv guruhlarini ham safarbar etgan.
Manba: https://ozkad.org.tr/
Termal kameralardan foydalanayotgan qutqaruv guruhlari zilziladan besh kun o’tib ham omon qolganlarni vayronalar ostidan qidirib topmoqda, Kahramanmarash, Turkiya, 10-fevral, 2023.
Читать полностью…Zilzilada uy-joyidan ayrilganlar uchun palatkalar shaharchasi, Kahramanmarash, Turkiya, 11-fevral, 2023.
📷 Amerika Ovozi/Aziz Karimov
Afg'oniston xususiy maktablari qay ahvolda? (Video)
Afg’onistonda Tolibon joriy etgan cheklovlar va og’ir iqtisodiy vaziyat bois ayrim xususiy maktablar yopilgan. Ba’zilari qiyin ahvolda bo’lsa-da, faoliyatini davom ettirmoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/6945587.html
AQSh qutqaruv-yordam ishlarida ko'maklashish uchun Turkiyaga qo'shimcha kuchlar jo'natdi. Shu maqsadda 85 million dollar yordam ajratilgan.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenga ko'ra, zilzila oqibatlarini bartaraf etishda AQSh Turkiyaga ham, Suriyaga ham yordam ko'rsatadi.
@voauzbek
Nabi Razzoqov: Shermuhammadbek qo'rboshi filmi ustida to'rt yil ishladim (Video)
O’zbekistonlik rejissor Nabi Razzoqov 2022-yil navbatdagi ijod mahsulini tomoshabinlar e’tiboriga havola qildi. Film kim va nima haqida? Uning bugungi avlodlar uchun qanday ahamiyati bor? Bugun Nyu-Yorkda yashayotgan o'zbekistonlik san'at arbobi bilan shu va boshqa savollar ustida suhbatlashdik.
https://www.amerikaovozi.com/a/6942668.html
O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabariga ko'ra, O‘zbekiston Qurolli kuchlari xizmatchilari Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgan hududlarida ko'chma shifoxonalar qurmoqda. Ular, shuningdek, odamlarni qutqarish va zilziladan aziyat chekkanlarga yordam mahsulotlarini tarqatish bilan shug'ullanmoqda.
@voauzbek
Turkiya o'zbeklari zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun jo'natgan yordami uchun O'zbekiston xalqiga minnatdorlik bildirdi.
@voauzbek
AQSh poytaxti Vashingtonning “Dupont Circle” mahallasida odamlar sham yoqib, shu hafta Turkiya va Suriyada dahshatli zilzila oqibatida halok bo’lganlarni yodga olishdi.
@voauzbek
Suriyada vayronalar tagidan tirik topilgan bola. Salqin, 7-fevral, 2023.
👉 Zilziladan halok bo’lganlar soni soat sayin oshmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra, Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari soni jami 20 700 nafardan ziyod.
@voauzbek
Hatay shahrida yetti oylik go’dak zilziladan 68 soat o’tib, vayronalar tagidan tirik topildi. Qizaloqning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Bola davolanish uchun mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Turkiya, 9-fevral, 2023.
@voauzbek
Yangilandi: Turkiya: Gaziantep yaqinidagi hudud zilziladan so’ng. 8-fevral, 2023.
👉 Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo’lganlarning soni jami 19 800 nafardan oshdi.
👉 Zilzila oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish uchun O’zbekistondan ham bir necha guruh qutqaruvchilar Turkiyaga yuborilgan.
@voauzbek
Yangilandi: Suriyada vayronalar ostida bir kun qolib ketgan oila - ota va uning ikki farzandi qutqarildi. Bisina, 7-fevral, 2023.
👉 Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo’lganlarning soni jami 19 800 nafardan oshdi.
@voauzbek
Turkiyaning Antakya shahrida zilziladan so’ng 45 soat vayronalar ostida qolgan bola qutqarib olindi.
@voauzbek
Zilzila qurbonlari ommaviy qabrlarga qo’yilmoqda, Hatay, Turkiya, 11-fevral, 2023.
Xabarlarga ko’ra, Hatayda no’ma’lum guruhlar o’rtasida to’qnashuvlar ro’y bergani tufayli germanyalik va avstriyalik qutqaruvchilar ishini to’xtatishga majbur bo’lgan.
Turkiyaning Hatay shahrida omon qolganlarni qidirayotgan qutqaruvchilar guruhi ustiga bino parchalari to’kilib tushdi, 11-fevral, 2023. Guruhning aksariyat a’zolari qochishga ulgurgan, biri vayronalar ostidan qutqarildi.
Читать полностью…O’zbekistonliklar: Qardoshlarimizning dardi bizning ham dardimiz (Video)
O’zbekiston hukumati va o’zbekistonliklar turk xalqi boshiga tushgan musibatga hamdard bo’lib, yordamga oshiqmoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/6959687.html
AQShdagi o'zbek ziyolisi: Shermuhammadbek qo'rboshini endi taniyapmiz (Video)
AQShda yashayotgan o’zbekistonlik rejissor Nabi Razzoqov yaqinda Shermuhammadbek qo'rboshi hayoti haqida olgan hujjatli filmini taqdim etdi. Film tomoshabinlar tomonidan qanday kutib olindi? Nyu-Yorkda yashayotgan taniqli o'zbek musavviri Xurshid Nazirovning film haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
https://www.amerikaovozi.com/a/6944344.html
Qoraqalpoq ona: Nurlan Sultamuratov taqdiri, "nega o'g'lim chiqmadi?" (Video)
24 yoshli Nurlan Sultamuratovga 2022-yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog'istondagi g'alayonlarda ishtiroki uchun prokuror 5 yil so'ragan edi. Sud uni 3 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Onasi Almagul Seytimbetova fikricha esa o'g'liga qo'yilgan ayb isbotlanmagan, u ozod etilishi kerak. Shikoyat qilmoqchi.
https://www.amerikaovozi.com/a/6951129.html
"Yo’l" - qrim-tatar madaniyati, tarixiga doir ko'rgazma (Video)
Kiyevdagi “Qrim uyida” qrim-tatar tarixi, madaniyati va davlatchiligiga oid ko’rgazma tashkil etilgan. “Yo’l” deb nomlangan bu loyiha ustida bir guruh faollar, jumladan rassom Rustem Skaybin bir yildan oshiq vaqt mehnat qilishgan.
https://www.amerikaovozi.com/a/crimea-exhibition/6949333.html
Dauletmurat Tajimuratov: Hukm, Qoraqalpog'iston, Mirziyoyev (Video)
31-yanvar kuni 16 yillik qamoqqa loyiq topilgan Dauletmurat Tajimuratov hukmdan norozi. Ukasi Renat Tajimuratov "Amerika Ovozi" bilan suhbatda deydiki, akasining sud jarayoni va sudyadan shikoyati yo'q, ammo apellyatsiya tartibida yuqori sudga murojaat qilishga bel bog'lagan. Dauletmurat Tajimuratov u qatorda sudlanib, endilikda shartli ravishda ozod etilganlar haqida nima deydi? Davlat va bosh qomusga qarshi harakat qilmaganini aytib kelayotgan Tajimuratovning asl maqsadi nima edi? 2022-yilning iyul voqealarida u kimni ayblaydi? Prezident Mirziyoyev, "tashqi kuchlar" va kelajak. Tomosha qiling.
https://www.amerikaovozi.com/a/6953571.html
Polat Shamshetov hukmdan keyin: O'zbekistonga qarshi chiqmaganman (Video)
Ozod etilganlar sud adolatli o’tdi desa, qamoqda qolayotgan qoraqalpoqlarning yaqinlari "qani adolat", deya nola qiladi. 31-yanvar kuni Buxorodagi sud zalida olti yilga hukm qilingan Po’lat Dauletbayevich Shamshetov 4-fevral kuni vafot etdi. Shamshetov o’pka arteriyasi trombemboliyasi, o’tkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida jon bergan. Bu – sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasi. Hukmga ko'ra, Shamshetov odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, o‘zi ham ularda faol ishtirok etganlikda aybdor deb topilgan. U va uning advokati sud davomida bu ayblovni inkor etgan. Bu kun biz sud zalida ozod etilganlardan to’rt nafari, panjara ortida qolayotganlardan esa uch nafari bilan gaplashishga muvaffaq bo’ldik. Shamshetov - ulardan biri. Suhbatning biror joyi qirqilmasdan, boricha havola etilmoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/6950566.html
Xalqaro hayot - 9-fevral, 2023-yil
- Turkiya va Suriyada zilzila qurbonlari 20000 kishidan oshdi
- Suriyaning Idlib viloyatida zilziladan so’ng holat o’ta ayanchli
- Zelenskiy Bryusselda Yevropa Ittifoqi rahbarlari bilan uchrashdi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-feb9/6955695.html
🇺🇦🤝🇪🇺 Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi sammitida qatnashish uchun Bryusselga bordi. 9-fevral, 2023.
Zelenskiy Yevropa parlamentida ham nutq so‘zlab, Rossiyaga qarshi kurash - Yevropa erkinligi uchun kurash ekanini ta’kidladi.
Blok va unga a'zo davlatlar Kiyevga shu kungacha 50 milliard yevro (53,6 milliard dollar) miqdorida yordam berdi, Kremlga qarshi to‘qqizta sanksiya paketini joriy qildi.
@voauzbek
“Powerball” lotereyasining 754,6 million dollarlik jekpoti vashingtonlik bir odamga nasib qildi. Agar g‘olib yutuqni bir martalik to‘lov shaklida olishni istasa, unga 407,2 million dollar beriladi.
@voauzbek
O'zbekiston zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordamlashish uchun Turkiyaga qutqaruv-yordam guruhini jo'natdi.
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlogʻida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik oʻzbeklar istiqomat qiladi.
Vazirlikka ko'ra, 2023-yil 7-fevral (Toshkent vaqti bilan) soat 10.00 holatiga koʻra, zilzila oqibatida Malatya provinsiyasida bir nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgan.
@voauzbek