O'zbekistonlik hofiz Abdulaziz Jo'rayev AQShda muhojirlikda hayot kechirmoqda. Uning boshdan o'tkazganlarini tez kunda "Amerika Ovozi"da tomosha qiling.
@voauzbek
Xalqaro hayot - 31-yanvar, 2023-yil
- AQSh davlat kotibi Isroil rahbari bilan uchrashdi
- AQSh bosh diplomati Falastin rahbari huzurida
- AQSh va Janubiy Koreya harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda
- Hindiston aholi soni bo'yicha Xitoyni ortda qoldirmoqda
https://www.amerikaovozi.com/a/6941919.html
Jonli efir: Qoraqalpog’iston bo’yicha hukm
https://www.youtube.com/watch?v=GGzYL6Ihpyc&t=141s
AQSh siyosatini aks ettiruvchi lavha:
"AQSh-Yaponiya ittifoqi Hind-Tinch okeani mintaqasidagi tinchlik va barqarorlikning asosidir. Ikki davlat Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Rossiya tomonidan kuchayib borayotgan xavfsizlik muammolari oldida o‘z ittifoqini mustahkamlamoqda".
@voauzbek
📷 Nyu-Yorkda BMT bosh qarorgohi qarshisida Markaziy Osiyo, Ukraina va Rossiyadan kelgan bir guruh muhojirlar Ukrainadagi urushga qarshi namoyishga chiqdi. Ular, shuningdek, siyosiy mahbuslar ozodligini ham talab qildi.
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/z/2110
Quddusda uyi buzib tashlangan falastinliklar. 29-yanvar, 2023.
Bugun AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga bordi. Vashington rasmiysi Quddus va Falastin rasmiylari bilan uchrashib, o'zaro ziddiyat, zo'ravonliklarni yumshatish uchun "shoshilinch choralar" ko'rishga chaqirmoqchi.
@voauzbek
YUNESKO chorshanba kuni Rossiyaning qarshiligiga qaramay, Ukrainaning “Qora dengiz durdonasi” deb nomlanuvchi port shahri Odessa markazini Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Ta'lim, fan va madaniyat tashkilotining Jahon merosi qo'mitasiga a'zo davlatlarning oltitasi shaharning yangi maqomini yoqlab ovoz bergan. Rossiya unga qarshi chiqqan va 14 davlat betaraf qolgan.
@voauzbek
🇺🇦🤝🇫🇮 Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinisto Kiyevga bordi. Ukraina, 24-yanvar, 2023.
@voauzbek
Xalqaro hayot - 23-yanvar, 2023-yil (Video)
- Germaniyani Ukrainaga tank berishga qaratilgan da’vatlar kuchaymoqda
- Yevropa Ittifoqining Eronga qarshi yangi sanksiyalari
- Amerikaliklar Baydenning maxfiy hujjatlar bilan muomalasini tanqid qilmoqda
- Somalida al-Shabab hujumida 5 odam o’lgan
- McDonalds Qozog’istondan ketdi. Kafelar yangi nom bilan qayta ochildi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-jan23/6930434.html
AQSh senatorlari Bob Menendes hamda Jim Rish Qirg'iziston hukumatiga maktub yo'llab, "Yolg'on xabar tarqatish to'g'risida"gi qonunning xato qo'llanilayotganini qoraladi. Xususan, hukumat ushbu qonunni ro'kach qilib mustaqil ommaviy axborot vositalariga bosim qo'llayotganini, "Ozodlik" radiosi qirg'iz xizmati saytlarini bloklab, bankdagi hisob raqamlari muzlatilganini tanqid qildi.
Qirg'iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi sudga ariza kiritib, mamlakatda "Ozodlik"ning qirg'iz xizmati faoliyatini taqiqlashni so'ragan. Da'vogar idoraga ko'ra, bu xizmat qirg'iz-tojik chegarasidagi nizolar bo'yicha tayyorlagan video materiallarini saytdan olib tashlamagan. Urush, zo'ravonlik, milliy va diniy adovatni targ'ib qilib kelmoqda.
"Ozodlik" prezidenti Jeymi Flay xizmat faqat haqiqatni yoritganini aytib, sud da'vosini inkor etgan. Faoliyatni davom ettirish uchun lozim bo'lgan barcha huquqiy asoslar ishga solinishini bildirgan.
@voauzbek
Narkologiya markazida davolanayotgan giyohvandlar. Hirot, Afg'oniston, 19-yanvar, 2023.
Afg'onistonda ayni damda 3,5 milliondan ziyod odam giyohvandlik domida. Tolibon giyohvandlik epidemiyasiga qarshi keskin kurashishga urinmoqda. Biroq mamlakatda asosan xalqaro fondlar hisobidan faoliyat yuritgan yuzga yaqin narkologiya markazlarining ko'pi ayni damda ishlamayapti.
Xalqaro hayot - 20-yanvar, 2023-yil
- Turkiya Ukrainani energetik inqirozdan qutqarishi mumkin
- Ilon Mask va Starlink Ukraina mudofaasiga hissa qo'shmoqda
- Yevropa Ittifoqi migratsiya inqirozidan chiqishga urinmoqda
https://www.amerikaovozi.com/a/6927145.html
🌽 Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messining surati tushirilgan makkajo’xori dalasi. Kordoba, Argentina.
Dalada makkajo’xori urug’lari ba’zi joylarda siyrakroq, ba’zi joylarda zichroq ekilgan. Qishloq xo'jaligi muhandislari suratni shu tariqa hosil qilgan.
@voauzbek
AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) Samarqandda Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha quyi komissiya va “Istiqlol avlod” nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda migrantlar va migrantlar oilalari uchun ikkinchi axborot-maslahat markazini ochdi.
Markaz mehnat muhojirlarini chet elda odam savdosi qurboni bo‘lishning oldini olish uchun axborot bilan ta’minlaydi. Shuningdek, qaytib kelgan muhojirlar va ularning oila a’zolariga huquqiy maslahatlar, kasb-hunar o‘rgatish va psixologik xizmat ko‘rsatadi.
@voauzbek
Blinkenning Xitoyga safari qoldirildi
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyga tegishli havo shari Amerika havo hududida uchayotgani aniqlanganidan keyin Pekinga safarini qoldirdi.
Blinken juma kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yiga telefon orqali AQSh havo hududida kuzatuv sharining mavjudligi "AQSh suvereniteti va xalqaro qonunchilikni ochiqdan-ochiq buzish" ekanligini aytib, buni "mas'uliyatsiz harakat" deb atagan.
Matbuot anjumanida soʻzga chiqqan Blinken “Xitoyning rejalashtirilgan tashrifim arafasida bunday chora koʻrish qarori biz tayyorlagan mazmunli muzokaralar uchun zararli” ekanligini ta’kidladi.
Ammo u Qo'shma Shtatlar Xitoy bilan hamkorlik qilishda davom etish ahdiga sodiqligini va imkoniyat bo’lganda Pekinga tashrif buyurishini qo'shimcha qildi.
Xitoy havo shari o’zlariga qarashli ekanini tan oldi, lekin uni ob-havo shari deb atab, noto’g’ri yo’nalishga ketib qolganini da’vo qildi.
AQSh Mudofaa vazirligi esa uni "razvedka ma'lumotlarini to'playdigan shar" deb ta'rifladi.
@voauzbek
Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida jamoat avtobusi haydovchisi aylanma yo‘ldan yurishdan voz kechib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri odam bo’yi keladigan suv toshqinidan kechib o’tishga qaror qildi.
Oklend va Yangi Zelandiyaning shimoliy qismlarida so'nggi haftada rekord darajada yomg’ir yog’di.
@voauzbek
Jonli efir: Dauletmurat Tajimuratovning ukasi Renat bilan suhbat
https://www.youtube.com/watch?v=K30ZKts68lE&t=622s
Nyu-York: Markaziy Osiyoliklar Ukrainadagi urushga qarshi namoyishda (Video)
Nyu-Yorkda BMT bosh qarorgohi oldida Rossiyaning Ukrainadagi urushini to’xtatish va siyosiy mahbuslar ozodligi uchun namoyish tashkil etildi. Namoyishda Qozog’iston, Turkmaniston, Ukraina va Rossiyadan kelgan muhojirlar ishtirok etdi.
https://www.amerikaovozi.com/a/6940410.html
Karimov xotirasiga bag’ishlangan tadbirlar nimalarga ishora?
Mirziyoyev mamlakatning og’riqli muammolari sobiq tuzum davridan meros ekanligi haqida, “yangi O’zbekiston” mutlaqo boshqa, demokratik tamoyillarga asoslangan marralarga intilayotgani haqida ko’p gapirgan.
https://www.amerikaovozi.com/a/6940592.html
Xalqaro hayot - 30-yanvar, 2023-yil
- Pokiston masjidlaridan birida terakt sodir bo'ldi
- AQShda politsiyachilar yana bir afro-amerikalikni o'ldirib qo'ydi
- Turkiyada muxolif partiyalar norozilik bildirmoqda
https://www.amerikaovozi.com/a/6940219.html
🕌💣 Pokistonda xudkush-terrorchi masjidda portlash sodir etib, kamida 47 odamning umriga zomin bo’ldi, yana 140 kishi jarohat olgan. Peshovar, 30-yanvar, 2023.
@voauzbek
24-yanvar kuni Vashingtonda AQSh va Qozogʻiston Inson huquqlari va demokratik islohotlar boʻyicha ikkinchi yillik muloqotni o’tkazdi. Unda AQSh va Qozog’istondan yuqori darajali rasmiy delegatsiyalar qatnashdi.
“Qo'shma Shtatlar va Qozog'iston Respublikasi qonun ustuvorligi, demokratik boshqaruv va inson huquqlarini ilgari surish yo'lida o'zaro manfaatlar va umumiy qadriyatlarga asoslangan hamkorlikka sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezident Qosim-Jo’mart To’qayevning Qozogʻiston xalqi uchun umumiy inson huquqlari va demokratik tamoyillar va institutlarga asoslangan keng koʻlamli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni toʻliq amalga oshirishini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor taʼkidladi”, deyiladi AQSh Davlat departamenti e’lon qilgan bayonotda.
Delegatsiyalar siyosiy islohotlar va hamkorlikni davom ettirish, adliya sektorini isloh qilish, korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashish kabi mavzularini muhokama qildi.
@voauzbek
Kaliforniyaning San-Mateo okrugida otishma sodir etib, yetti kishining hayotiga zomin bo’lganlikda gumon qilingan shaxs qo’lga olindi. 23-yanvar, 2023.
Otishma qishloq xo'jaligi obyektlarida sodir etilgan. 67 yoshli Chunli Jao politsiya idorasining mashinalar to'xtash joyida hibsga olingan. Mashinasidan qurol topilgan.
Rasmiylarga ko’ra, u politsiyaga o’zini topshirish uchun borgan bo’lishi mumkin.
Kaliforniyada 21-yanvar kuni ham ommaviy otishma sodir etilgan edi. Unda 11 odam halok bo’lgan.
@voauzbek
Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson Ukrainaga bordi. Buchadagi Rossiya hujumiga uchragan obyektlarni ko’zdan kechirdi. Mamlakat rahbari Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Borodyanka, 22-yanvar, 2023.
@voauzbek
Ukraina mudofaasi timsoliga aylangan Baxmut taqdiri
Frontda Soledar shahri boy berildi, Baxmut qurshovi kuchaymoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/6929219.html
Kusherboyev: Hokimlarni saylashga xalqimizning qurbi, malakasi yetadi
Kusherboyevga ko’ra, O’zbekistondagi hozirgi vaziyatda hokim bo’lish har qanday vijdonli kadrni “sindiradi”, chunki hokimlar tepadagilarning noqonuniy buyruqlarini bajarishga majbur.
https://www.amerikaovozi.com/a/6927539.html
Kramatorskdagi bog’cha hududiga Rossiya raketasi kelib tushdi. Ukraina, 20-yanvar, 2023.
@voauzbek
Markaziy Osiyo Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo'shiladimi?
Ammo Rossiya va Markaziy Osiyo munosabatlarida zimdan tarangliklar kuzatiladi. Ayniqsa agar Vladimir Putin tomonidan olg’a surilgan “uch tomonlama gaz ittifoqi” tashabbusini O’zbekiston va Qozog’iston inobatsiz qoldirgani, Moskvaning “gaz ittifoqi” doirasidagi shartlari rad etilgani nazarda tutilsa.
https://www.amerikaovozi.com/a/6924709.html
Xalqaro hayot - 19-yanvar, 2023-yil
- G’arb davlatlari Ukrainaga tank berish masalasida Germaniyaga bosim qo’ymoqda
- G’arbiy Sohilda yana aza. Baydenning yordamchisi Isroilda
- AQShda COVIDning yangicha ko’rinishi keng tarqalmoqda
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-jan19/6925417.html